Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OZARBOYJON RESPUBLIKASIDA (BOKU SHAHRI) OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ELCHIXONASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarboyjon Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1995-yil 2-oktabrdagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ozarboyjon Respublikasida (Boku shahri) Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasi taʼsis etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlar tarkibining butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1998-yil uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
* 2-ilova berilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan taklif kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Ozarboyjon Respublikasidagi Elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 25-avgust,
365-son
Ozarboyjon Respublikasidagi (Boku shahri) Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining
shtat jadvali
|
hisob-kitoblar AQSH dollarida | |||||
|
T/r |
Lavozimi |
Shtatdagi xodimlar soni |
Xodimlarining maoshi elchining maoshi (700)ga nisbatan foizlarda |
Oylik maosh |
1998-yil uchun ish haqi fondi |
|
Diplomatik tarkib | |||||
| 1. | Elchi | 1 | 100 % | 700 | 8400 |
| 2. | Maslahatchi | 1 | 85 % | 595 | 7140 |
| 3. | Birinchi kotib | 1 | 75 % | 525 | 6300 |
| 4. | Uchinchi kotib | 1 | 65 % | 455 | 5460 |
| | Jami: | 4 | | 2275 | 27300 |
|
Maʼmuriy-texnik xodimlar tarkibi | |||||
| 1. | Katta buxgalter | 1 | 65 % | 455 | 5460 |
| 2. | Xoʻjalik mudiri, ayni paytda kassir | 1 | 50 % | 350 | 4200 |
| 3. | Joyning oʻzida yoki xodimlarning oila aʼzolaridan yollanadigan xodimlar: kotiba-referent, haydovchi-mexanik, farrosh, qorovul, bogʻbon va boshqalar (soatbay haq toʻlanadi) | | | 1200 | 14400 |
| | Jami: | 2 | | 2005 | 24060 |
| | Hammasi: | 6 | | 4280 | 51360 |