20.08.2026 yildagi 450-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son va “Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son qarorlari ijrosini taʼminlash hamda kasbiy taʼlim tizimida davlat xizmatlarini koʻrsatishning sifati hamda samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi joriy etiladigan, shuningdek, kompozit shaklda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatida kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishni joriy etish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Maʼmuriy reglament) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchilar tomonidan oʻqishni koʻchirish yoki tiklash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash boʻyicha xulosa berish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, ushbu qarorga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlarini YIDXP orqali joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Adliya vazirligi ushbu qaror bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglament talablari buzilgani uchun davlat xizmatlarini koʻrsatishda ishtirok etuvchi tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jazo choralarini belgilangan tartibda qoʻllasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 20-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
450-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 450-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirish uchun arizalarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Reglament qoidalari nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotlari uchun tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — ushbu Reglamentga muvofiq oʻqishini davlat kasbiy taʼlim tashkilotlaridan boshqa kasbiy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish yoki qayta tiklash hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilaridan oʻqishini texnikumlarga koʻchirish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organ — kasbiy taʼlim tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash boʻyicha davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati 2-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmatlari belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali xulosalarni berishga masʼul boʻlgan vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchilar oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun har yili 1-avgustdan 20-avgustga qadar (shu kuni ham), umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirish uchun esa har yili 28-dekabrdan 17-yanvargacha (shu kuni ham) Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va ishlamaydigan bayram kunlarida tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi shaxsan oʻzi yoki uning nomidan murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3, 4, 5, 6 yoki 7-ilovalarda koʻrsatilgan soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi hamda unga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Arizaga ayrim hujjatlar ilova qilinishi lozimligi koʻrsatilishi mumkin. Ilova qilinadigan hujjatlar PDF, PNG yoki JPEG formatda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchidan tegishli maʼlumotnoma turi boʻyicha soʻrovnomalarning 4-bandida koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, ERI, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi ariza topshirish muddatlari yakunlangunga qadar rad qilingan arizalarni qayta yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada nazarda tutilgan hujjatlar yoki maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmaganda, soʻrovnomada notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, ushbu holatlar arizalarni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻquvchilardan, ularning ota-onalari (yoki qonuniy vakillari)dan oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash boʻyicha koʻrsatilgan xizmatdan foydalanganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etganda, tegishli soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqada, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatli organ ariza topshirish muddati tugagandan soʻng 10 kun muddat ichida soʻrovnomani koʻrib chiqib, tegishli hujjatlar (maʼlumotlar) ushbu Reglament va soʻrovnomaga muvofiq boʻlgan taqdirda, oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash toʻgʻrisida xulosani YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kasbiy taʼlim tashkiloti miqyosida bir darajadagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqishni koʻchirish yoki taʼlim shaklini oʻzgartirish masalasi mazkur kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan, oʻqishni koʻchirish hudud (viloyat) miqyosida tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Boshqa taʼlim shaklidan hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga dual taʼlim shakliga koʻchirishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagi hollarda oʻquvchilar oʻqishi texnikumlarga vakolatli organ xulosasi bilan koʻchiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hududdagi kasbiy taʼlim tashkilotidan boshqa hududdagi kasbiy taʼlim tashkilotiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hududdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining 10-sinf oʻquvchisini ikkinchi hududdagi texnikumga oʻqishini koʻchirish (yashash manzili oʻzgarganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchining ota-onasi davlat xizmatchisi yoki harbiy xizmatchi boʻlsa hamda davlat organlari xodimlarining ish joyi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan oʻzgartirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning sport turlariga tayyorlash markazlari, harbiy yoki harbiylashtirilgan maktablardan oʻqishdan chetlashtirilgan oʻquvchining oʻqishini texnikumga koʻchirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha murojaatlar oʻquvchi taʼlim olgan tegishli kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻquvchi oldin oʻqigan kasb yoki mutaxassislik toʻxtatilgan boʻlsa, uning xohishiga koʻra turdosh kasbga (mutaxassislikka) yoki mazkur kasbiy taʼlim tashkilotida tegishli kasb yoki mutaxassislik boʻlmasa, uning oʻqishi hududiy boshqarma tomonidan boshqa kasbiy taʼlim tashkilotiga tiklanishi boʻyicha xulosa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat xizmatlari markazi oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash toʻgʻrisida xulosa kelib tushgandan soʻng 10 daqiqada uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash toʻgʻrisida xulosani ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron yoki qogʻoz shaklda berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vakolatli organ tomonidan rasmiylashtirilgan xulosada notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ariza beruvchi 15 kun ichida belgilangan tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlar va xulosalar sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari bajarilishi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan davlat xizmatlarini koʻrsatish davomida, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.

Har yili 1-avgustdan 20-avgustga qadar (shu kuni ham)

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi xodimi

2. Ariza beruvchi

1. Markaz xodimi ariza beruvchining yoki uning nomidan murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxsning shaxsiga doir maʼlumotlarini tekshirgach, soʻrovnomani toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.

2. Tegishli soʻrovnomani toʻldirgan holda ariza yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada

2. Real vaqt rejimida

3-bosqich

Vakolatli organ

(Kasbiy taʼlim agentligi)

Arizaga asosan oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash boʻyicha xulosa beradi hamda natijasini YIDXPga elektron tarzda yuboradi.

Ariza berish yakunlangandan soʻng 10 kun ichida

4-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi xodimi

2. Ariza beruvchi

1. Vakolatli organ tomonidan oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash boʻyicha berilgan xulosa ariza beruvchilarga taqdim etadi.

2. Vakolatli organ tomonidan oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash boʻyicha berilgan xulosa bilan maxsus platforma yoki YIDXP orqali shaxsiy kabinetida tanishadi.

Real vaqt rejimida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.

Har yili

28-dekabrdan

17-yanvargacha

(shu kuni ham)

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi xodimi

2. Ariza beruvchi

1. Markaz xodimi ariza beruvchining yoki uning nomidan murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxsning shaxsiga doir maʼlumotlarini tekshirgach, soʻrovnomani toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.

2. Tegishli soʻrovnomani toʻldirgan holda ariza yuboradi

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada

2. Real vaqt rejimida

3-bosqich

Vakolatli organ (Kasbiy taʼlim agentligi)

Arizaga asosan maktablarning 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirish boʻyicha xulosa beradi va maʼlumotnomani tasdiqlagan holda YIDXPga elektron tarzda yuboradi.

Maʼmuriy reglamentda belgilangan muddatlarda

4-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi xodimi

2. Ariza beruvchi

1. QR-kod qoʻyilgan maʼlumotnomani ariza beruvchilarga taqdim etadi.

2. Ariza yuborilgan platforma orqali QR-kod qoʻyilgan maʼlumotnomani yuklab oladi.

Real vaqt rejimida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish boʻyicha

SOʻROVNOMA

1.

Davlat xizmati nomi

Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish

2.

Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Oʻqishini kasbiy taʼlim tashkilotlaridan boshqa kasbiy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar

3.

Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar)

Kasbiy taʼlim agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalari, kasbiy taʼlim tashkilotlari

4.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar

1. Soʻrovnomada ariza beruvchi haqidagi shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi);

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR);

fuqaroligi;

yashash manzili;

telefon raqami;

elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa).

2. Ariza beruvchi tahsil olayotgan kasbiy taʼlim tashkiloti boʻyicha maʼlumotlar:

kasbiy taʼlim tashkilotining joylashgan hududi (tumani (shahri);

kasbiy taʼlim tashkilotining nomi;

kasb (mutaxassislik) nomi va kodi;

taʼlim shakli;

taʼlim tili;

taʼlim kursi.

3. Ariza beruvchining oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizasi maʼlumotlari:

akademik maʼlumotnoma (transkript);

oʻqishni koʻchirish sababi;

oʻqishni koʻchirish uchun asos boʻluvchi hujjat.

5.

Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori

Bepul

6.

Davlat xizmatini koʻrsatish muddati

Har yili 1-avgustdan 20-avgustga qadar (shu kuni ham)

7.

Izoh

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA

Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini qayta tiklash boʻyicha

SOʻROVNOMA

1.

Davlat xizmati nomi

Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini qayta tiklash

2.

Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Oʻqishini kasbiy taʼlim tashkilotlariga qayta tiklash istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi
va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar

3.

Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar)

Kasbiy taʼlim agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalari, kasbiy taʼlim tashkilotlari

4.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar

1. Soʻrovnomada ariza beruvchi haqidagi shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi);

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR);

fuqaroligi;

yashash manzili;

telefon raqami;

elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa).

2. Ariza beruvchining tahsil olayotgan kasbiy taʼlim tashkiloti boʻyicha maʼlumotlar:

kasbiy taʼlim tashkilotining joylashgan hududi (tumani (shahri);

kasbiy taʼlim tashkilotining nomi;

kasb (mutaxassislik) nomi va kodi;

taʼlim shakli;

taʼlim tili;

taʼlim kursi.

3. Ariza beruvchining oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizasi maʼlumotlari:

kasbiy taʼlim tashkilotining joylashgan hududi (tumani (shahri);

kasbiy taʼlim tashkilotining nomi;

kasb (mutaxassislik) nomi va kodi;

taʼlim shakli;

taʼlim tili.

5.

Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori

Bepul

6.

Davlat xizmatini koʻrsatish muddati

Har yili 1-avgustdan 20-avgustga qadar (shu kuni ham)

7.

Izoh

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA

Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash boʻyicha

SOʻROVNOMA

1.

Davlat xizmati nomi

Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirib qayta tiklash

2.

Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

qishini kasbiy taʼlim tashkilotlaridan kasbiy taʼlim tashkilotlariga koʻchirib qayta tiklash istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar

3.

Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar)

Kasbiy taʼlim agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalari, kasbiy taʼlim tashkilotlari

4.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar

1. Soʻrovnomada ariza beruvchi haqidagi shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi);

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR);

fuqaroligi;

yashash manzili;

tyelefon raqami;

elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa).

2. Ariza beruvchining tahsil olayotgan kasbiy taʼlim tashkiloti boʻyicha maʼlumotlar:

kasbiy taʼlim tashkilotining joylashgan hududi (tumani (shahri);

kasbiy taʼlim tashkilotining nomi;

kasb (mutaxassislik) nomi va kodi;

taʼlim shakli;

taʼlim tili;

taʼlim kursi.

3. Ariza beruvchining oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizasi maʼlumotlari:

kasbiy taʼlim tashkilotining joylashgan hududi (tumani (shahri);

kasbiy taʼlim tashkilotining nomi;

kasb (mutaxassislik) nomi va kodi;

taʼlim shakli;

taʼlim tili;

akademik maʼlumotnoma (transkript);

qishni koʻchirish sababi;

qishni koʻchirib tiklash boʻyicha asos boʻluvchi hujjat.

5.

Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori

Bepul

6.

Davlat xizmatini koʻrsatish muddati

Har yili 1-avgustdan 20-avgustga qadar
(shu kuni ham)

7.

Izoh

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA

Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishining taʼlim shaklini oʻzgartirish boʻyicha
SOʻROVNOMA

1.

Davlat xizmati nomi

Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishining taʼlim shaklini oʻzgartirish

2.

Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Oʻqishini kasbiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim shaklini oʻzgartirish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar

3.

Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar)

Kasbiy taʼlim agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalari, kasbiy taʼlim tashkilotlari

4.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar

1. Soʻrovnomada ariza beruvchi haqidagi shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi);

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR);

fuqaroligi;

yashash manzili;

telefon raqami;

elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa).

2. Ariza beruvchining tahsil olayotgan kasbiy taʼlim tashkiloti boʻyicha maʼlumotlar:

kasbiy taʼlim tashkilotining joylashgan hududi (tumani (shahri);

kasbiy taʼlim tashkilotining nomi;

kasb (mutaxassislik) nomi va kodi;

taʼlim shakli;

taʼlim tili;

taʼlim kursi.

3. Ariza beruvchining oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizasi maʼlumotlari:

kasbiy taʼlim tashkilotining joylashgan hududi (tumani (shahri);

kasbiy taʼlim tashkilotining nomi;

kasb (mutaxassislik) nomi va kodi;

taʼlim shakli;

taʼlim tili;

akademik maʼlumotnoma (transkript);

taʼlim shaklini oʻzgartirish uchun asos boʻluvchi hujjat.

5.

Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori

Bepul

6.

Davlat xizmatini koʻrsatish muddati

Har yili 1-avgustdan 20-avgustga qadar
(shu kuni ham)

7.

Izoh

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini
texnikumlarga koʻchirish boʻyicha

SOʻROVNOMA

1.

Davlat xizmati nomi

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarning 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirish

2.

Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-sinf oʻquvchilari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar

3.

Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar)

Kasbiy taʼlim agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalari

4.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar

1. Soʻrovnomada ariza beruvchi haqidagi shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi);

pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi (Pasport yoki ID-kartasi mavjud boʻlmaganda tugʻilganlik haqidagi guvohnoma) maʼlumotlari (JSHSHIR);

fuqaroligi;

yashash manzili;

telefon raqami;

elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa).

2. Ariza beruvchining tahsil olayotgan umumtaʼlim maktabi boʻyicha maʼlumotlar:

umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti joylashgan hududi (tumani (shahri);

Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti nomi yoki raqami;

sinfi;

taʼlim tili;

shahodatnoma maʼlumotlari.

3. Ariza beruvchining oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizasi maʼlumotlari:

kasbiy taʼlim tashkilotining joylashgan hududi (tumani (shahri);

kasbiy taʼlim tashkilotining nomi;

kasb (mutaxassislik) nomi va kodi;

taʼlim shakli;

taʼlim tili;

oʻqishni koʻchirish sababi;

oʻqishni koʻchirish uchun asos boʻluvchi hujjat.

5.

Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori

Bepul

6.

Davlat xizmatini koʻrsatish muddati

Har yili 28-dekabrdan 17-yanvargacha (shu kuni ham)

7.

Izoh

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/450/0865-son)