17.08.2026 yildagi O‘RQ-1168-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlarini mustahkamlashga hamda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 14-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 8-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga tadbirkorlik subyektlarining samarali faoliyat yuritishi uchun qoʻshimcha kafolatlarni, shuningdek davlat tomonidan taqdim etilayotgan qoʻllab-quvvatlash choralari va mexanizmlarining huquqiy asoslarini qonun darajasida belgilash zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari uchun qoʻshimcha kafolatlarni belgilash, ularni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan zamonaviy shakllar va usullarning huquqiy asoslarini qonun darajasida belgilash maqsadida ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlarini yanada kengaytirishga, tadbirkorlarga davlat tomonidan taqdim etiladigan qoʻllab-quvvatlash choralarining huquqiy asoslarini aniq belgilashga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan OʻRQ-328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 384, 385-moddalar; 2018-yil, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 3, 166-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda, № 11, 652-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 6, 577-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 8, 830-modda, № 9, 964-modda, № 10, 1080-modda; 2025-yil, № 12, 1324-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) quyidagi mazmundagi 31 — 38-moddalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlarining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikning erkinligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining tengligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchning himoya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyadan xolilik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy mulkning daxlsizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikka oid qonunchilikning barqarorligi va aniqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Qonuniylik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solishda, tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotganda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Tadbirkorlikning erkinligi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har kim tadbirkorlik bilan Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida va uning tashqarisida erkin shugʻullanish, shuningdek oʻz mol-mulkidan har qanday qonuniy tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Tadbirkorlik subyektlarining tengligi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari oʻzining mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan hamda boshqa har qanday holatlardan qatʼi nazar, qonun va sud oldida tengdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Ishonchning himoya qilinishi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vijdonan harakat qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qabul qilingan hujjatga boʻlgan ishonchi qonunchilikka asosan qoʻriqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining yuzaga kelgan amaliyot bilan bogʻliq qonuniy kutilgan natijalarini hurmat qilishi shart. Yuzaga kelgan amaliyotning oʻzgartirilishi, bekor qilinishi jamoat manfaatlari bilan oqlangan boʻlishi, umumiy xususiyatga ega va barqaror boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Korrupsiyadan xolilik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlikni amalga oshirish va davlat tomonidan tartibga solish jarayoni korrupsiyaning har qanday koʻrinishlaridan, shu jumladan manfaatlar toʻqnashuvidan va huquqning tanlab qoʻllanilishidan xoli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish jarayonida tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan munosabatlarida inson omilining korrupsiya holatini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarini cheklashga qaratilgan tizimli choralar qoʻrilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Xususiy mulkning daxlsizligi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining mulki daxlsizdir va u davlat himoyasidadir. Tadbirkorlik subyektlari oʻz mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Tadbirkorlikka oid qonunchilikning barqarorligi va aniqligi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining oʻz huquqlarini va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishida huquqiy muhitning izchil, barqaror va oldindan bashorat qilinadigan boʻlishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilining murakkablashtirilishini va tadbirkorlik subyektlarining zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan, shuningdek ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur hujjatlarning asossiz ravishda tez-tez oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari oʻz faoliyatini rejalashtirishda va amalga oshirishda barqaror huquqiy muhit bilan taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normalar oʻxshash huquqiy vaziyatlarda bir xil, izchil va adolatli tarzda qoʻllanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy aniqlik va asoslanganlik talablariga qatʼiy rioya etilishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 5-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Tadbirkorlik subyektlarining toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari kalendar yil davomidagi jami daromadining miqdoriga qarab quyidagi toifalarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik tadbirkorlik subyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik tadbirkorlik subyektlari toifalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrofirmalar — taʼsischilari (ishtirokchilari) jismoniy shaxslar boʻlgan va kalendar yil davomidagi jami daromadi bir milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik korxonalar — kalendar yil davomidagi jami daromadi bir milliard soʻmdan oʻn milliard soʻmgacha boʻlgan va (yoki) ushbu qismning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan taʼsischilari (ishtirokchilari) tarkibida yuridik shaxslar mavjud boʻlgan tadbirkorlik subyektlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta tadbirkorlik subyektlari toifasiga kalendar yil davomidagi jami daromadi oʻn milliard soʻmdan yuz milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik tadbirkorlik subyektlari toifasiga kalendar yil davomidagi jami daromadi yuz milliard soʻm va undan yuqori boʻlgan tadbirkorlik subyektlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarini ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan toifalarga ajratish ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va rasmiy statistika maʼlumotlarini shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 9-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“buxgalteriya hisobini va tezkor hisobni qonunchilik talablariga muvofiq yuritishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 17-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisob va hisobotni qonunchilikka muvofiq yuritadi. Hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali elektron shaklda taqdim etiladi. Tadbirkorlik subyektlarining elektron shaklda taqdim etilgan hisoboti tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Davlat tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron shaklda hisob yuritilishi uchun dasturiy taʼminotni imtiyozli shartlarda yoki bepul taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik tadbirkorlik subyektlari faqat statistika organlariga va davlat soliq xizmati organlariga, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa, davlat soliq xizmati organlariga belgilangan shakllarda hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika maʼlumotlarining yagona roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Bunda yagona roʻyxatga kiritilmagan hisobotlarni va statistika maʼlumotlarini tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan avval taqdim etilgan hisobotni va statistika maʼlumotlarini qayta talab qilishga haqli emas. Bunda hisobot va statistika maʼlumotlari davlat organlari oʻrtasida elektron axborot tizimlari orqali almashilishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) quyidagi mazmundagi 182-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182-modda. Tadbirkorlik subyektlarining oʻz huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ishlab chiqilishida ishtirok etishi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yangi majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlar yuklatilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va tartibga solish taʼsirini baholash hisoboti bevosita tadbirkorlik subyektlarining hamda ular birlashmalarining ishtirokida muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yangi majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlar yuklatilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tartibga solish taʼsiri boʻyicha baholashdan oʻtkaziladi. Bunda ushbu hujjatlarning qabul qilinishiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha tartibga solish taʼsirini baholash natijalari yuzasidan xulosa beruvchi organlarning xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tegishli loyihani ishlab chiquvchi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilishi kerak, bundan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi loyihalar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ularning huquqiy ekspertizasi oʻtkazilishidan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi muhokamasidan oʻtkazilishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 22-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) quyidagi mazmundagi 231-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231-modda. Tadbirkorlik subyektlarining energiya manbalariga ulanish va ulardan belgilangan tartibda foydalanish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda energiya manbalariga ulanish va ulardan foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika korxonalari tadbirkorlik subyektlarining energiya manbalariga boʻlgan ehtiyojlarini xavfsiz, ishonchli, barqaror va uzluksiz ravishda taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlarining energiya manbalari taʼminotini vaqtincha toʻxtatib turish yoki cheklash jamoat manfaatlarini himoya qilish maqsadida, shu jumladan avariya vaziyatlari yuzaga kelganda energiya tizimining muvozanatini saqlab turish yoki energiya taʼminoti tizimiga texnik xizmat koʻrsatish uchun amalga oshirilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 24-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Tadbirkorlik subyektlarining yer va suvdan foydalanish huquqi hamda xususiylashtirish natijalarining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda yer uchastkalariga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishga faqat olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining bozor qiymati, yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati, koʻp yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati, koʻchish, shu jumladan boshqa koʻchmas mulk obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlarning, yer uchastkasidan va unda joylashgan koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin boʻlgan boy berilgan foydaning (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari boʻshatib qoʻyilgan paytdan eʼtiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar boʻlgan, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin boʻlgan foyda hisobga olinadi) oʻrni, huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlarining va zararlarning oʻrni qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda toʻla hajmda qoplanganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan obyektlarning qiymatini baholash hamda baholashga oid hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalarini qayta koʻrib chiqish, haqiqiy emas deb topish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish xususiy mulkning daxlsizligini buzish deb baholanadi hamda bunday ishlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga muvofiq oʻz faoliyati yoʻnalishlarini, ishlab chiqarish tuzilmasi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda belgilangan tartibda muhofaza zonalari belgilanishi munosabati bilan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari cheklanganda ularga yetkazilgan zararning oʻrni (shu jumladan boy berilgan foyda) toʻla hajmda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining suvdan foydalanish huquqi ajratilgan suv olish kvotasi va kutilayotgan suv taʼminoti hajmidan kelib chiqqan holda, ajratilgan suv olish limiti doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvdan foydalanuvchilarning huquqlari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda aholining sogʻligʻini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, milliy xavfsizlikni taʼminlash maqsadida, shuningdek suv tanqisligida, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda cheklanishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 25-modda chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 27, 28 va 29-moddalar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) 301-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonunchilikda belgilangan soliq, bojxona imtiyozlarining, moliyaviy va boshqa turdagi imtiyozlarning (davlat tomonidan moddiy shakldagi qoʻllab-quvvatlash chorasining) hamda preferensiyalarning (davlat tomonidan nomoddiy shakldagi qoʻllab-quvvatlash chorasining) tadbirkorlik subyektlariga nisbatan toʻliq hajmda qoʻllanilishi davlat tomonidan kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanishni davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan asossiz ravishda rad etish, ulardan foydalanishga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan maxsus platformada tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan imtiyozlar va preferensiyalarning turlari, muddatlari hamda tartibini oʻz ichiga olgan alohida reyestr yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning reyestrini shakllantirish hamda doimiy ravishda yangilab borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar individual tarzda emas, balki iqtisodiyot tarmoqlari, sohalar yoki hududlar kesimida belgilanadi. Bunda imtiyozlar va preferensiyalar barcha tadbirkorlik subyektlariga nisbatan teng shart-sharoitlarda, ochiq hamda shaffof mexanizmlar asosida tatbiq etilishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) 31-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik faoliyati subyektlari davlat organlariga yoki xoʻjalik boshqaruvi organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda xolisona, toʻliq hamda asosli tarzda koʻrib chiqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan arizalar, shikoyatlar yoki takliflar berilganligi uchun ularni taʼqib qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday hollar aniqlangan taqdirda, tegishli shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 39-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni tekshiruvlar toʻgʻrisida xabardor qilish hamda tekshiruv boshlanganidan keyin xabardor qilish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni tashabbus qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimining natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq fakt va hollar boʻyicha fuqarolarning hayotiga va (yoki) sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga, atrof-muhitga, jismoniy va yuridik shaxslarning hamda davlatning manfaatlariga zarar yetkazilishi xavfining oldini olish yoki bartaraf etish uchun jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlari, ommaviy axborot vositalaridan va boshqa axborot manbalaridan olingan maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimining natijalari va qonunchilik buzilishlari toʻgʻrisida boshqa davlat organlari tomonidan taqdim etilgan axborot asosida tadbirkorlik subyektlari faoliyatining tekshiruvlarini oʻtkazish tashabbusi qonunchilik buzilishlarining oldini olish va ularni bartaraf etish yuzasidan tadbirkorlik subyektlari uchun profilaktika tadbirlari oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi, bundan soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) holatlari boʻyicha oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida huquqbuzarlikning sodir etilishi xavfi past, oʻrta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilishga vakolatli organlar va ularning nazorat sohalari roʻyxati qonunchilik hujjatlarida tasdiqlanadi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini nazorat qilishga doir tadbirlarning nazorat qilishga vakolatli organlar va ularning nazorat sohalari roʻyxatiga kiritilmagan organlar hamda tashkilotlar tomonidan oʻtkazilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning nazorat sohalari roʻyxatiga kiritilmagan tekshiruvlarni, shuningdek boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga doir tekshiruvlarni oʻtkazish qonunga xilof deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruv Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestasiyadan oʻtgan va tekshiruvlarni oʻtkazish uchun ruxsat berilganligi toʻgʻrisida maxsus guvohnoma olgan nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirishga xizmat guvohnomasi, tekshiruvlarni oʻtkazish uchun ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma va qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga doir tekshiruvlarni va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi qonun bilan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) 40-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlar natijalari boʻyicha koʻrsatmalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararning oʻrnini belgilangan muddatlarda va toʻla hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penya toʻlagan taqdirda, ularga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi. Mazkur norma soliqqa oid huquqbuzarliklar sababli moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlarning moliyaviy sanksiya qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori tadbirkorlik subyektlarining tanloviga koʻra quyidagi shakllardan biri orqali ixtiyoriy ravishda ijro etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlarning moliyaviy sanksiya qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori topshirilgan kundan eʼtiboran bir oy muddatda jarima miqdorining ellik foizini ixtiyoriy ravishda toʻlash sharti bilan jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarima summasini olti oy davomida teng miqdorlarda boʻlib-boʻlib toʻlash. Bunda tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning moliyaviy sanksiya qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori topshirilgan kundan eʼtiboran bir oy davomida jarima miqdorining kamida oltidan bir qismidan iborat dastlabki toʻlovni toʻlagan taqdirda, jarimani boʻlib-boʻlib toʻlash tartibi avtomatik ravishda amal qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) 41-modda chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy taʼsir choralari qoʻllaniladi. Bunda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy taʼsir choralari faqat sud tartibida qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatni tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatni toʻxtatib turish, bundan nazorat qiluvchi organlar tomonidan faoliyatni Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritilgan omillar asosida oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish hollari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatni cheklash va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash hollari hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash, bundan soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun penyalarni hisoblash, shuningdek sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlish va moliyaviy sanksiyalar summalarini ixtiyoriy ravishda toʻlash hollari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operasiyalarni toʻxtatib turish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun berilgan litsenziyalarning (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning) amal qilishini oʻn kundan ortiq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish yoki xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning (harakatning) amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar) mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari majburiy talablar buzilishining xususiyatiga, qonun bilan qoʻriqlanadigan moddiy va nomoddiy obyektlarga yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin boʻlgan ziyonga (zararga) mutanosib boʻlishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) 4-bob quyidagi mazmundagi 421 va 422-moddalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
421-modda. Tadbirkorlik subyektining faoliyatini toʻxtatib turish va qayta tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektining faoliyati quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining arizasiga asosan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga — nazorat qiluvchi organlar tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn ish kunidan ortiq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga — sud tomonidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini toʻxtatib turishga faqat Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritilgan omillar asosida oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga yoʻl qoʻyiladi, bundan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini sud tartibida hamda qonunda belgilanadigan asoslar boʻyicha toʻxtatib turish hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti oʻzining faoliyatini toʻxtatib turish yoki qayta tiklash toʻgʻrisida oʻz faoliyatini toʻxtatguniga yoki qayta tiklaguniga qadar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yoki Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali ariza beradi. Bunda xodimlarni yollash yoʻli bilan faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektining har bir yollangan xodimiga oid maʼlumotlar soliq organiga “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali avtomatik tarzda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektining faoliyati toʻxtatib turilganligi yoki qayta tiklanganligi toʻgʻrisidagi arizani olgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ navbatdagi ish kuni tugaguniga qadar soliq organlariga tadbirkorlik subyektining faoliyati toʻxtatib turilganligi yoki qayta tiklanganligi haqida Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektining faoliyatini toʻxtatib turish soliq va statistika hisobotlarini taqdim etishni, oʻziga va har bir xodimiga nisbatan soliq hisoblashni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektining faoliyatini oʻz arizasiga asosan toʻxtatib turish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
422-modda. Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarning yagona reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarning yagona reyestri (bundan buyon matnda Majburiy talablar reyestri deb yuritiladi) tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qoʻyiladigan talablarni, ushbu talablarning amal qilish muddatlarini, davlat nazoratini amalga oshirishga doir talablarni, majburiy talablarga muvofiqlikni tasdiqlash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, shuningdek ushbu talablarga rioya etmaganlik uchun javobgarlik choralarini hamda sohaga oid boshqa tegishli axborotni oʻz ichiga olgan ochiq maʼlumotlar bazasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun normativ-huquqiy hujjatlar va normativ-texnik hujjatlar bilan belgilangan barcha majburiy talablar ularni qayta koʻrib chiqish muddati koʻrsatilgan holda, davlat tomonidan Majburiy talablar reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy talablar reyestriga maʼlumotlar tegishli sohadagi vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Majburiy talablar reyestrining operatori hisoblanadi, uning yuritilishini uslubiy jihatdan taʼminlaydi, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari Majburiy talablar reyestriga kiritilmagan talablarni bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy talablar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy talablar reyestrida nazarda tutilgan talablar buzilgan taqdirda tadbirkorlik subyekti Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “Davlat boshqaruvi” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Davlat boshqaruvi” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “Davlat boshqaruvi” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni rivojlantirishga oid hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini himoya qilishning qoʻshimcha kafolatlari va choralarini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni rivojlantirishga oid hududiy dasturni ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda uning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) 45-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning asosiy turlari va vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy va mulkiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
infratuzilmaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlikni moliyaviy va mulkiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat subsidiyalarini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni grantlar asosida moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli kreditlar ajratilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tovarlar savdosi sohasida quyidagi moliyaviy va mulkiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport natijalariga bogʻlangan qoʻllab-quvvatlash choralarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilingan tovarlar oʻrniga mahalliy tovarlardan foydalanish talabiga bogʻlangan qoʻllab-quvvatlash choralarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy tadbirkorlik subyektlarining maʼlumotlari, tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi, Masʼuliyatli biznes yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestridagi maʼlumotlar asosida hamda tumanlar va shaharlarning toifasidan kelib chiqib taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa turlarda ham amalga oshirilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) quyidagi mazmundagi 451 — 455-moddalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
451-modda. Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat subsidiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat subsidiyalari yashil texnologiyalarni joriy etish, ijtimoiy tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, turizm sohasini rivojlantirish, taʼlimni va sogʻliqni saqlashni qoʻllab-quvvatlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga doir ragʻbatlantiruvchi mexanizmlarni joriy etish maqsadida hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
452-modda. Tadbirkorlik loyihalarini davlat grantlari asosida moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni, shu jumladan ijtimoiy tadbirkorlik faoliyati loyihalarini, innovatsion hamda novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlik subyektlariga pul mablagʻlari va moddiy resurslar tarzida davlat grantlari berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat grantlari respublika budjeti mablagʻlari va qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat grantlarini ajratish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
453-modda. Tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kreditlar ajratilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kreditlar ajratilishini taʼminlash boʻyicha davlat tomonidan quyidagi choralar amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining kreditlar boʻyicha foiz stavkasining tegishli qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli foizli kreditlar ajratish maqsadida tijorat banklariga moliyaviy resurslarni joylashtirish (kredit liniyalarini ochish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlaridan davlat kafolati ostida imtiyozli kreditlar jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovsiz ajratilgan kreditlar boʻyicha kredit tavakkalchiligini taqsimlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
454-modda. Soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida qonunlar bilan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq imtiyozlari Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan hamda ushbu Kodeksda belgilangan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona boji va bojxona yigʻimlari boʻyicha imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
455-modda. Tadbirkorlik subyektlarini infratuzilmaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarini infratuzilmaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish uchun umumiy shart-sharoitlarni taʼminlash, shu jumladan tadbirkorlikni tashkil etishga koʻmaklashish, yordam berish, huquq, marketing, muhandislik va menejment sohasida axborot taqdim etish, moddiy, texnik va boshqa resurslarni taqdim etish orqali amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) 46-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha maxsus jamgʻarmalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining tashabbuslarini davlat tomonidan moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha maxsus jamgʻarmalar (bundan buyon matnda maxsus jamgʻarma deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus jamgʻarmalarning asosiy maqsadi tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan va nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlash orqali tadbirkorlikni sifatli rivojlantirishga koʻmaklashishdan iborat”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) 47-modda chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) 5-bob quyidagi mazmundagi 481 — 484-moddalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
481-modda. Ijtimoiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining ijtimoiy, ekologik muammolarni hal etishga yoki ularning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan faoliyati ijtimoiy tadbirkorlik deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozlar va preferensiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy loyihalarga doir xarajatlarni subsidiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy buyurtmasini joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maslahat berish, uslubiy yordam koʻrsatish va axborot jihatidan qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy tadbirkorlik subyektlariga nisbatan amalga oshiriladi. Ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari deb eʼtirof etish mezonlari, ularni qoʻllab-quvvatlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlar va preferensiyalar berish soliq, bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash, soddalashtirilgan moliyaviy hisobotlarni va soliq hisobotlarini taqdim etish, davlat koʻchmas mulk obyektlarini imtiyozli asosda ijaraga berish, davlat buyurtmachilariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha ijtimoiy tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilish, ijtimoiy tovarlarni (xizmatlarni) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan toʻliq yoki qisman moliyalashtiriladigan reklama beruvchilar tomonidan reklama uchun ajratiladigan tegishli hajmda bepul reklama qilish va boshqa usullar orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun davlat subsidiyalari belgilanishi mumkin. Subsidiyalash ijtimoiy tadbirkorlik faoliyati va ijtimoiy loyihaning hajmi, u amalga oshirilayotgan hududning shart-sharoitlari, kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samara va yangi ish oʻrinlarining yaratilishi mezonlari asosida amalga oshiriladi. Davlat subsidiyalari ajratiladigan ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari tanlovlar oʻtkazish orqali vakolatli davlat organi tomonidan aniqlanadi. Ijtimoiy loyihalarni davlat subsidiyalari orqali moliyalashtirish uchun tanlovlar oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari ijtimoiy tadbirkorlik subyektlariga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berishi mumkin. Ijtimoiy tadbirkorlik subyektlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
482-modda. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirish maqsadida Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash va yuritish tartibi, ularni ragʻbatlantirish choralari qonunchilikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
483-modda. Masʼuliyatli biznes yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikka rioya etish bilan bir qatorda barqaror rivojlanishga hissa qoʻshgan hamda oʻz faoliyatining inson huquqlariga, atrof-muhitga va jamoat manfaatlariga nisbatan salbiy taʼsirining oldini olish, bunday taʼsirni kamaytirish, zarur hollarda uni bartaraf etish uchun choralar koʻrgan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish masʼuliyatli biznes yuritish deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti tomonidan masʼuliyatli biznes yuritishning asosiy mezonlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga va ishlab chiqarishga oid munosabatlar sohasida har qanday qonunga xilof amaliyotga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitni, oʻz xodimlarining va aholining sogʻligʻini muhofaza qilish, atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatilishining oldini olish hamda uni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi samarali choralarni joriy etish hamda korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatni insofli biznes, marketing va reklama qoidalariga muvofiq tashkil etish, shuningdek oʻzi taqdim etayotgan tovarlar va xizmatlarning sifatini hamda ishonchliligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etishda shaffoflikni va hisobdorlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va milliy innovasion salohiyatni rivojlantirishga hissa qoʻshish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikka va axloqiy boshqaruv prinsiplariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼuliyatli biznes yurituvchi tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda grantlar, soliq imtiyozlari, davlat xaridlarida ustuvorlik berish hamda boshqa choralar orqali davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼuliyatli biznes yurituvchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash choralari qonunchilikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda belgilangan vakolatli organ tomonidan Masʼuliyatli biznes yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestri yuritiladi. Masʼuliyatli biznes yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestri hamma tanishib chiqishi uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli mezonlarga javob bermaydigan tadbirkorlik subyektlari Masʼuliyatli biznes yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestridan chiqariladi va ularni qoʻllab-quvvatlash choralari toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼuliyatli biznes yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestrini yuritish va ularni qoʻllab-quvvatlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
484-modda. Tuman va shaharning toifasi asosida qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman va shaharning toifasidan kelib chiqqan holda, qonunchilikda tadbirkorlik subyektlari uchun soliq imtiyozlari, subsidiyalar va ushbu subyektlarni qoʻllab-quvvatlashning boshqa choralari nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini tuman va shaharning toifasidan kelib chiqqan holda qoʻllab-quvvatlash choralari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 24-sentabrda qabul qilingan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-336-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 9/2, 245-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2021-yil, № 1, 3-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar) 24-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan obyektlarning qiymatini baholash hamda baholashga oid hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalarini qayta koʻrib chiqish, haqiqiy emas deb topish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish xususiy mulkning daxlsizligini buzish sifatida baholanadi hamda bunday ishlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 463-modda, № 6, 577-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1008-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025-yil, № 3, 373-modda, № 6, 729-modda, № 9, 1042-modda, № 10, 1153-modda, № 11, 1237-modda, № 12, 1328-modda; 2026-yil, № 2, 132-modda, № 4, 360, 364, 365-moddalar) 217-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“faoliyatni toʻxtatib turish, bundan nazorat qiluvchi organlar tomonidan Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritilgan omillar asosida oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish hollari mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“faoliyatni cheklash va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash hollari hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevralda qabul qilingan “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-907-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 2, 107-modda; 2025-yil, № 1, 7-modda, № 2, 188-modda; 2026-yil, № 3, 251-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 8-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha imtiyozlar va qoʻllab-quvvatlash choralari faqat qonunga muvofiq belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 39-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan obyektlarning qiymatini baholash hamda baholashga oid hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalarini qayta koʻrib chiqish, haqiqiy emas deb topish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish xususiy mulkning daxlsizligini buzish sifatida baholanadi hamda bunday ishlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 1-moddasi 17-bandining oʻn birinchi xatboshisida nazarda tutilgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini oʻz arizasiga asosan toʻxtatib turish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 1-moddasi 24-bandining oʻn birinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari deb eʼtirof etish mezonlarini, ularni qoʻllab-quvvatlash tartibini hamda ijtimoiy tadbirkorlik subyektlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 1-moddasi 24-bandining oʻttiz toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan Masʼuliyatli biznes yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestrini yuritish va ularni qoʻllab-quvvatlash tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 17-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1168-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son)