Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Qarori
RADIATSIYA NATIJASIDA KELIB CHIQISHI MUMKIN BOʻLGAN KASALLIKLAR ROʻYXATINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 19-aprelda 1340-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Radiatsiyadan zarar koʻrgan fuqarolarga tibbiy yordamni tashkil etish va ulardagi rivojlangan kasalliklarni radiatsiyaga bogʻliqligini aniqlash masalalarini takomillashtirishda, Xalqaro qoʻmitalarning, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlaridagi hamda Oʻzbekiston Respublikasidagi bir qator ilmiy tashkilotlarning tadqiqotlariga asoslangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:
1. Radiatsiya natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan kasalliklar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan kundan boshlab 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-fevral,
4-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-fevral,
75-son
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
2004-yil 27-fevral 4-son, 75-sonli qaroriga
ILOVA
2004-yil 27-fevral 4-son, 75-sonli qaroriga
ILOVA
Radiatsiya natijasida kelib chiqadigan kasalliklar roʻyxati
1. Turli darajadagi oʻtkir va surunkali nur xastaligi.
2. Xavfli oʻsma kasalliklarning (saraton) barcha turlari.
3. Leykoz.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 16-con, 191-modda)