O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Parvoz xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi tashkil etilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 14-avgust,
349-son
Vazirlar Mahkamasining o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladigan ayrim qarorlari
ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Ustavi 8-bandining:
to‘rtinchi xatboshidan “va boshqa foydalanuvchilar” va “davlat” so‘zlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaro aviatsiyasi” so‘zlari “aviakompaniya” so‘zi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2003-y., 15-16-son, 131-modda)