Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021 04.08.1998 yildagi 332-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARI TOʻGʻRILIGINI TEKShIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublikaning barcha mintaqalarida debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini yoppasiga solishtirib chiqish ishlari tashkil etilganligi, ularning natijalari belgilangan muddatlarga muvofiq Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasiga taqdim etilishi kerakligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini tekshirish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini tekshirish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi, tijorat banklari va tegishli tarmoq idoralari rahbarlaridan iborat 2-ilovaga* muvofiq tarmoq ekspert komissiyalari tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tarmoq ekspert komissiyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovada koʻrsatib oʻtilgan vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar va kompaniyalar, tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlariga qarashli xoʻjalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini 1998-yil 1-iyuldagi holatiga koʻra tasdiqlangan tartibga muvofiq tarmoqlar boʻyicha tekshirib chiqsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan tekshirishlarning yakuniy materiallarini va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish boʻyicha takliflari Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasiga 1998-yil 1-sentabrgacha taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzlariga qarashli xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida va toʻliq tekshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik vazirliklar, idoralar, tarmoq konsernlari, korporatsiyalar, uyushmalar va xolding kompaniyalari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 4-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
4-avgustdagi 332-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini oʻzaro tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini tekshirish xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan 1998-yil 1-iyuldagi holatiga koʻra xizmat koʻrsatuvchi banklar, soliq va moliya organlari, statistika organlari mutaxassislari bilan birgalikda bir oy muddatda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotni toʻplash va uni taqdim etish uchun javobgarlik Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va xolding kompaniyalarining debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini oʻzaro tekshirish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish va ushbu ish yakunlari boʻyicha takliflar kiritishni tarmoq ekspert komissiyalari amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar tarmoq ekspert komissiyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻliq qamrab olinishi hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini tekshirish sifatli oʻtkazilishi taʼminlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini tekshirish natijalarini umumlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasining koʻrib chiqishi uchun bajarilgan ish yakunlari boʻyicha va undirib olinishi gumon boʻlgan oʻzaro qarzdorlik miqdorlari toʻgʻrisida takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, vazirliklar va idoralar rahbarlari qarzdorlik toʻgʻriligini tekshirish oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishi hamda muddatni va toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari amalda aks ettirilishi, shuningdek oʻzaro qarzlar boʻyicha solishtirib chiqish dalolatnomalari tuzilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzaro qarzdorlik toʻgʻriligini tekshirishni jadallashtirish va solishtirib chiqish dalolatnomalarini tuzish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar joyning oʻziga borib kreditorlik qarzi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan oʻz qarzlarini solishtirib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari va bosh buxgalterlari bosh daftar bilan solishtirib chiqilgan dalolatnoma jurnallar yoki kundalik kirim-chiqim dalolatnomalari asosida schyotlar boʻyicha (09, 19, 45, 60, 61, 62, 63, 64, 65, 67, 68, 69, 70, 71, 73, 75, 76, 78) debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻldiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligi uzil-kesil tekshirib chiqilgandan keyin mazkur Tartibga ilova* boʻyicha maʼlumotlar toʻldiriladi. Ushbu maʼlumotlarda tizim ichki qarzdorligi, respublika doirasida va uning tashqarisidagi qarzdorlik (MDH mamlakatlari va olis xorij mamlakatlari boʻyicha) alohida satrda koʻrsatiladi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan gʻayriqonuniy ravishda undirilganligi tufayli paydo boʻlgan debitor qarzdorlik miqdori ham alohida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, kreditorlik qarzlari boʻyicha maʼlumotlarda Hukumat qarorlariga koʻra muddati kechiktirilgan kreditorlik qarzlari ajratib koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha debitorlik va kreditorlik qarzlariga solishtirib chiqish dalolatnomalari nusxalari maʼlumotlarda koʻrsatib qoʻyilgan mablagʻni tekshirish va umumlashtirish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman statistika organlari, xizmat koʻrsatuvchi banklar va soliq organlari debitorlik va kreditorlik qarzlarining umumiy miqdorini buxgalteriya balansi maʼlumotlari va solishtirib chiqish dalolatnomalarini maʼlumotlarda keltirilgan miqdorlar bilan solishtirib chiqadilar hamda maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlaydilar. Shundan keyin solishtirib chiqish dalolatnomalari nusxalari xizmat koʻrsatuvchi banklarda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xoʻjalik yurituvchi subyektda buxgalteriya hisobi va hisoboti oʻz holiga tashlab qoʻyilgan boʻlsa yoki komissiyaga taqdim etilgan hisobga olishda, maʼlumotlarda qoloqlikka yoʻq qoʻyilgan boʻlsa, bu haqda qayt etib qoʻyiladi. Bundan tashqari, buxgalteriya hisobi va hisobotida yoʻl qoʻyilgan qoidani buzishlar, hujjatlar yoʻqolib qolishi hollari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soliq organlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatuvchi banklar va soliq organlari joyning oʻziga borib maʼlumotlar toʻgʻri toʻldirilganligini oralatib tekshiradilar, bu haqda maʼlumotnoma yoki dalolatnoma tuziladi. Zaruriyat boʻlganda taʼsir koʻrsatishning tegishli chora-tadbirlari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har bir debitor yoki kreditor boʻyicha qarzdorlik miqdori solishtirib chiqish dalolatnomalari yoki debitor (kreditor)ning oʻz qarzlarini kelishilgan miqdorda tan olganligi toʻgʻrisidagi boshqa rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Hujjatni tuzishda debitor yoki kreditorga tegishli soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agar debitor (kreditor) tugatilgan boʻlsa yoki uning joylashgan joyi aniqlanmagan taqdirda, bu haqda dalolatnoma tuziladi, u soliq organlariga taqdim etiladi, dalolatnoma nusxasi xizmat koʻrsatuvchi bank muassasasiga taqdim etiladi. Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Har bir debitor (kreditor) boʻyicha qarzdorlik miqdori izchil ravishda ular hosil boʻlishi muddatlari boʻyicha (60 kungacha, 60 kundan 1 yilgacha, 1 yildan 3 yilgacha, 3 yildan ortiq) guruhlarga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qarzdorlikning toʻgʻriligini oʻzaro tekshiruvchi korxonalar va tashkilotlarga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari 2-kartotekadagi toʻlov hujjatlarini solishtirib chiqish dalolatnomalariga muvofiq takroran taqdim etish uchun qaytaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligi uzil-kesil tekshirib chiqilganidan keyin xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ilova qilinayotgan jadvallar toʻldiriladi. Jadvallarda xoʻjalik yurituvchi subyektga tegishli soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, shuningdek uning kreditorlari va debitorlariga tegishli soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamlari yozib qoʻyilishi shart. Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalteri imzosi qoʻyilgan jadvallar yuqori turuvchi tashkilotga, jadvallarning nusxalari bankning xizmat koʻrsatuvchi muassasasiga taqdim etiladi. Jadvallar ham qogʻozda, ham kompyuter fayllari shaklida (Microsoft Excel elektron jadvallari) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Toʻplangan jadvallar tarmoqning bosh tashkiloti tomonidan Microsoft Excel elektron jadvallari shaklida umumlashtiriladi. Ayni vaqtda toʻplangan maʼlumotlar umumlashtirish uchun Markaziy bankning mintaqaviy bosh boshqarmalariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xizmat koʻrsatuvchi banklarning boʻlimlari xoʻjalik yurituvchi subyektlardan olingan maʼlumotlarni vazirliklar boʻyicha umumlashtiradilar va xizmat koʻrsatuvchi banklarning viloyatlar boshqarmalariga yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xizmat koʻrsatuvchi banklarning viloyatlar boshqarmalari maʼlumotlarning tumanlar boʻyicha tuzilishi toʻgʻriligini tekshiradilar, umuman viloyat hamda vazirliklar boʻyicha solishtirib chiqadilar hamda tahlil qilish va jamlash uchun Markaziy bankning bosh boshqarmalariga va xizmat koʻrsatuvchi banklarning respublika boshqarmalariga yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xizmat koʻrsatuvchi banklarning respublika muassasalari axborotni vazirliklar va idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar va kompaniyalar bilan birgalikda solishtirib chiqadilar va tahlil qiladilar hamda uni qisqartirish boʻyicha takliflar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligini tekshirish boʻyicha tarmoq ishchi komissiyalariga yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tarmoq ekspert komissiyalari taqdim etilgan materiallarni tahlil qiladilar, umumlashtiradilar hamda Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish yuzasidan takliflar kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
4-avgustdagi 332-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻriligi tekshiriladigan iqtisodiyot tarmoqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Vazirlik (idora)

Xizmat koʻrsatuvchi bank

1‎ “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi “Oʻzsanoatqurilishbank”
2‎ “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Paxta-bank”
3‎ “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi “Oʻzsanoatqurilishbank”
4‎ Energetika vazirligi “Oʻzsanoatqurilishbank”
5‎ Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”
6‎ “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi “Asakabank”
7‎ “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi (qishloq xoʻjaligi korxonalari boʻyicha Oʻzmevasabzavotbank, “Paxta-bank”
8‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Paxta-bank”
9‎ “Qishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi “Paxta-bank”
10‎ “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”
11‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki