Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.08.2003 yildagi 348-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA “KICHIK VA MIKRO MOLIYALASHTIRISHNI RIVOJLANTIRISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznes subyektlariga kredit va moliya xizmati koʻrsatishni kengaytirish, mikro moliyalashtirishni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kichik va mikro moliyalashtirishni rivojlantirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun besh yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga 20 mln AQSH dollari miqdorida qarz berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmalari faoliyati ustidan nazorat tizimini institutsional mustahkamlash boʻyicha texnik koʻmaklashish maqsadida 400 ming AQSH dollari miqdorida grant berilishini maʼqullaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga Osiyo taraqqiyot bankining qarzi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan Qarz bitimi asosida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qarz oluvchi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzning 5 mln AQSH dollari miqdoridagi qismi kredit uyushmalarini rivojlantirishni moliyalashtirishga, shuningdek Loyihani amalga oshirish davrida (2003—2010-yillar) Qarz bitimida nazarda tutilgan foizlar va vositachilik haqining bir qismini qoplashga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzning qolgan 15 mln AQSH dollari miqdoridagi qismi kichik biznesni, shuningdek kredit uyushmalarini kreditlash boʻyicha liniyalar ochish uchun Moliya vazirligi tomonidan “Asaka” banki va “Agrobank” ATBga qayta moliyalashtiriladi;
(2-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz bitimi shartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Moliya sektorini rivojlantirish agentligi, “Asaka” banki va “Agrobank” ATB Loyiha ayrim komponentlarining ijro etuvchi agentliklari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asaka” banki va “Agrobank” ATBga qayta moliyalashtiriladigan qarz mablagʻlarini, shuningdek ular boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash banklar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(2-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani moliyalashtirish sxemasi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, unga Loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish hamda Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi Qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2008-yildan boshlab, har yilgi Davlat budjetini shakllantirishda Osiyo taraqqiyot bankining koʻrsatib oʻtilgan qarzi boʻyicha asosiy qarzni, foizlar va vositachilik haqini toʻlash uchun tijorat banklarining ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlariga qoʻshimcha ravishda mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Asaka” banki, “Agrobank” ATB va Moliya sektorini rivojlantirish agentligi Osiyo taraqqiyot banki bilan Loyiha bitimlarini imzolasinlar hamda oʻz zimmalariga koʻrsatib oʻtilgan Loyiha bitimlari shartlariga muvofiq Loyihani ijro etish majburiyatini qabul qilsinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan Qarz bitimiga, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Bojxona kodeksiga muvofiq Loyiha doirasida uni amalga oshirish davrida import boʻyicha olib kelinayotgan tovarlar, ishlar (xizmatlar) bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari), Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida xarid qilinadigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) esa koʻrsatib oʻtilgan Loyihani amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ulushi sifatida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kredit uyushmalarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish va moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmalari, boʻshab qoladigan mablagʻlar sarmoyani koʻpaytirishga va ustav faoliyatini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan holda 2006-yil 1-yanvargacha daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilansinki, kredit uyushmalarining kreditlashi uchun banklar tomonidan naqd mablagʻlar berish kredit uyushmalari hisob raqamlaridagi mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki bilan birgalikda kredit uyushmalarini soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 11-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
348-son