03.08.2026 yildagi PF-146-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni aniqlash va ularni jamiyatga integratsiya qilish tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odam savdosiga qarshi kurashish bilan shugʻullanuvchi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish, odam savdosidan jabrlangan yoki jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlash va ularni ijtimoiy hamda boshqa xizmatlar bilan qamrab olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) odam savdosidan jabrlangan yoki jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — odam savdosidan jabrlangan shaxslar)ni aniqlash bilan bir vaqtda ularni ijtimoiy xizmatlarga yoʻnaltirish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) odam savdosidan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy va boshqa xizmatlardan toʻlaqonli foydalanish imkoniyatini yaratish hamda qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) odam savdosi bilan bogʻliq jinoiy harakatlarni sodir etganlik uchun taʼsirchan javobgarlik choralarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) odam savdosidan jabrlangan shaxslarga xizmat koʻrsatadigan ixtisoslashgan muassasalar faoliyatini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tashkiliy-huquqiy islohotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya (keyingi oʻrinlarda — Milliy komissiya), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining odam savdosidan jabrlangan shaxslarni identifikatsiya qilish, ijtimoiy va boshqa xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi) va Agentlik tizimidagi odam savdosidan jabrlangan shaxslarga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan muassasalar (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashgan muassasalar)ga, shuningdek, oʻzlarining taʼsis hujjatlariga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarga odam savdosidan jabrlangan shaxslarni dastlabki identifikatsiya qilish vakolatini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) odam savdosidan jabrlangan shaxslarni dastlabki identifikatsiya qilish bilan bir vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholash orqali ijtimoiy va boshqa xizmatlar bilan qamrab olish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) dastlabki identifikatsiya natijasida shaxsga odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs maqomini bir oygacha, yakuniy identifikatsiya qilish natijasida beriladigan odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan shaxs maqomini esa koʻpi bilan bir yilgacha boʻlgan muddatga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar tomonidan odam savdosidan jabrlangan shaxslarni yakuniy identifikatsiya qilish muddatini oʻn sutka etib belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) odam savdosidan jabrlangan shaxslarni Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, “Saxovat va koʻmak” va Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy, huquqiy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi moliyaviy koʻmak choralarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan repatriantlarni ularning holati va ehtiyojlarini inobatga olgan holda alohida maxsus dasturlar asosida ixtisoslashgan muassasalarga joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar va nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki identifikatsiya qilish natijasida shaxslar odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilingan hamda ular tomonidan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagi bildirilgan taqdirda, ushbu shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Inson” markaziga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs va uning oila aʼzolarining ijtimoiy-iqtisodiy holati hamda ijtimoiy xizmatlarga muhtojligi “Inson” markazi tomonidan baholanadi hamda baholash natijasi asosida ular tegishli xizmatlarga yoʻnaltiriladi. Bunda odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarga ijtimoiy va iqtisodiy holatidan qatʼi nazar tarkibi va taqdim etish shartlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan minimal xizmatlar paketiga kiritilgan xizmatlar bepul asosda koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) fuqarolar odam savdosidan jabrlanganlik holati boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri ixtisoslashgan muassasaga murojaat qilgan taqdirda yoki dastlabki identifikatsiya yakuni boʻyicha odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs ixtisoslashgan muassasaga joylashtirilgan taqdirda, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati va ijtimoiy xizmatlarga muhtojligini baholash hamda ijtimoiy xizmatlarga yoʻnaltirish mazkur ixtisoslashgan muassasa tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) odam savdosidan jabrlanganlik holati boʻyicha murojaat qilgan shaxsning yashash joyi mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu shaxs va uning voyaga yetmagan farzandlari (agar mavjud boʻlsa) tegishli ixtisoslashgan muassasaga vaqtinchalik joylashtiriladi. Bunda ixtisoslashgan muassasa tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ushbu shaxs uch sutka ichida dastlabki identifikatsiya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) dastlabki identifikatsiya natijasida shaxsga odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs maqomi berilgan taqdirda, mazkur bandning “v” kichik bandida belgilangan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) dastlabki identifikatsiya natijasida shaxsga odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs maqomini berish rad etilgan taqdirda, ushbu shaxs ixtisoslashgan muassasadan chiqariladi. Bunda ushbu shaxslar belgilangan tartibda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar uchun moʻljallangan markazlarga joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolarning odam savdosidan jabrlanishining oldini olish, odam savdosidan jabrlangan shaxslarni aniqlash hamda oʻz vaqtida tegishli xizmatlar va maʼlumotlar bilan taʼminlash maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Agentlikning “1146” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali odam savdosidan jabrlangan shaxslarning murojaatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida qabul qilish, mutaxassislar tomonidan ularga ijtimoiy, psixologik, huquqiy hamda boshqa masalalarda maslahat berish va axborot taqdim etish xizmatlari koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari (keyingi oʻrinlarda — diplomatik vakolatxonalar)da odam savdosidan jabrlanganlik holati boʻyicha murojaatlarni qabul qilish, ularga ijtimoiy, psixologik, huquqiy va moddiy hamda boshqa masalalarda maslahat berish va axborot taqdim etish xizmatlari koʻrsatiladigan ishonch telefonlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tashqi mehnat migratsiyasiga ketayotgan shaxslar uchun borayotgan davlatidagi diplomatik vakolatxona va Migratsiya agentligining hududiy vakilining aloqa maʼlumotlari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi. Bunda Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti va “Samarqand” xalqaro aeroportlarida Migratsiya jamgʻarmasi hisobidan sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanilgan holda Migratsiya maslahat byurolari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Odam savdosidan jabrlangan bolalarning oila muhitida yoki oilaviy muhitga yaqin sharoitlarda reabilitatsiya qilinishini taʼminlash maqsadida, shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) dastlabki yoki yakuniy identifikatsiya qilish jarayonida odam savdosidan jabrlanganligi aniqlangan bolani oilasiga qaytarish choralari koʻriladi hamda “Inson” markazlari tomonidan bola va uning oila aʼzolari reabilitatsiya qilishga qaratilgan ijtimoiy xizmatlarga jalb etiladi. Bunda odam savdosidan jabrlangan bola yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola boʻlsa, unga nisbatan qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda muqobil joylashtirish shakllari belgilanib, tegishli ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) dastlabki yoki yakuniy identifikatsiya qilish jarayonida bolaga nisbatan odam savdosi bilan bogʻliq gʻayrihuquqiy xatti-harakatlar uning oila aʼzolari tomonidan sodir etilganligi aniqlangan taqdirda, ushbu bola u aniqlangan vaqtda eʼtiboran bir sutka ichida professional tutingan oilaga yoki kichik hajmli ijtimoiy koʻmak markazlariga joylashtiriladi hamda tegishli ijtimoiy xizmatlarga jalb etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) odam savdosidan jabrlangan bolalarni ularning xohishi va qonuniy vakillarining murojaatiga asosan ixtisoslashgan muassasalarga ham joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq odam savdosidan jabrlangan shaxslarni ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish orqali ijtimoiylashtirish maqsadida quyidagi yangi qoʻllab-quvvatlash choralari joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) odam savdosidan jabrlangan, biroq ixtisoslashgan muassasalarga joylashishni istamagan shaxslarga ularning murojaatiga asosan “Inson” markazi xizmatlaridan kunduzgi qatnov asosida foydalanish huquqi beriladi. Bunda odam savdosidan jabrlangan shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar mazkur Farmon 3-bandining “b” kichik bandiga muvofiq amalga oshiriladigan baholash natijasi boʻyicha belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mazkur Farmon 3-bandining “b” kichik bandiga muvofiq amalga oshiriladigan baholashda odam savdosidan jabrlangan shaxs va uning oilasi Ijtimoiy reyestrga kiritish uchun belgilangan talablarga toʻgʻri kelgan taqdirda, ushbu shaxs alohida murojaat talab etilmagan holda Ijtimoiy reyestrga kiritilib, tegishli xizmatlar bilan qamrab olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ixtisoslashgan muassasalarga joylashtirilgan odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda kasb-hunarga oʻqitish kurslari tashkil etiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ixtisoslashgan muassasalar tomonidan odam savdosidan jabrlangan shaxslarning mehnat faoliyati va kasbga qiziqishiga doir maʼlumotlar asosida ularning har biri uchun shaxsiy kasbga yoʻnaltirish tavsiyasi ishlab chiqiladi hamda unga asosan odam savdosidan jabrlangan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga elektron buyurtma beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan ixtisoslashgan muassasaning buyurtmasiga asosan odam savdosidan jabrlangan shaxslarni oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) ixtisoslashgan muassasalarning talabnomasiga muvofiq Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan uch oy ichida kasb-hunarga oʻqib, tegishli diplom (sertifikat) olgan odam savdosidan jabrlangan shaxslarning bandligi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, qonunchilikka muvofiq odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish holatlaridan qatʼi nazar, ixtisoslashgan muassasalarda reabilitatsiya qilinayotgan davrda Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlish huquqi beriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ushbu muddat davomida odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ixtisoslashgan muassasalarda vaqtinchalik turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda ularga nisbatan mamlakatdan chiqarib yuborish bilan bogʻliq chora-tadbirlar amalga oshirilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ularga Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlish huquqini beruvchi yashash guvohnomasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Milliy komissiya, Agentlik, Oliy sud, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) turizm va tashqi mehnat migratsiyasi yoʻnalishlarida fuqarolarni xorijga sayohat yoki mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborish bilan shugʻullanuvchi mansabdor shaxslar tomonidan odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etilganda, sudlar tomonidan ularga asosiy jazoga qoʻshimcha jazo sifatida tegishli faoliyat bilan shugʻullanishni cheklash tarzidagi jazo tayinlash tartibini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) bolalarga nisbatan, shu jumladan, ularni fohishalik bilan shugʻullanishga jalb etish maqsadida sodir etilgan odam savdosi bilan bogʻliq jinoiy harakatlar (harakatsizlik) uchun alohida jinoiy javobgarlik joriy etish hamda ushbu jinoyat boʻyicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni prokuratura organlari tomonidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) bolalarni fohishalik bilan shugʻullanishga jalb etish maqsadida odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatni sodir etganlik uchun sudlangan shaxslarni manzil-koloniyalarga oʻtkazilmaydigan mahkumlar toifasiga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ichki ishlar vazirligi Bosh prokuratura, Oliy sud va Agentlik bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur Farmonning 8-bandida nazarda tutilgan yangi tartiblarni tegishli qonun hujjatlariga kiritish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Ixtisoslashgan muassasalar faoliyatini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik va Milliy komissiyaning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va uning hududiy markazlarini Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazi (keyingi oʻrinlarda — Respublika markazi) va uning hududiy markazlari deb qayta nomlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Respublika markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyati hududiy markazlariga (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashgan hududiy markazlar) qoʻshimcha 17 ta tarbiyachi shtat birligi ajratgan holda odam savdosidan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini qabul qilish hamda xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) odam savdosidan jabrlangan erkaklar, chet el fuqarolari va maxsus dasturlar asosida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan repatriantlar faqat Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markaziga (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashgan markaz) qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ixtisoslashgan hududiy markazlarning odam savdosidan jabrlangan shaxslarni qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyati ixtisoslashgan markaz tomonidan muvofiqlashtirib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslar — bir oy davomida, odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan shaxslar esa koʻpi bilan olti oy davomida ixtisoslashgan markaz yoki ixtisoslashgan hududiy markazlar xizmatidan foydalanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) shaxslar ularga odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs maqomi berilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida, odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan shaxs maqomi berilgan kundan eʼtiboran esa bir yil ichida ixtisoslashgan markaz yoki ixtisoslashgan hududiy markazlar xizmatlaridan foydalanish yuzasidan murojaat qilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ixtisoslashgan markaz yoki ixtisoslashgan hududiy markazlar xizmatlaridan foydalangan bir shaxs dastlabki identifikatsiya qilinganligi holati boʻyicha takroran ushbu markazlarga joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ixtisoslashgan markaz va ixtisoslashgan hududiy markazlarga odam savdosidan jabrlangan shaxslarni dastlabki identifikatsiya qilish vakolati beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ixtisoslashgan markaz yoki ixtisoslashgan hududiy markazlarga kelib-ketishi bilan bogʻliq transport xarajatlari tegishli markazning tavsiyasiga asosan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorlarda qoplab beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ixtisoslashgan markazga kelib-ketish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ixtisoslashgan hududiy markazlarga kelib-ketish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi yoki tuman (shahar) markaziy shifoxonasi tomonidan odam savdosidan jabrlangan shaxslar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlarida yuqumli kasalliklar mavjudligi hamda ularning statsionar yoxud ambulator davolanishga muhtojligi oʻrganiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) odam savdosidan jabrlangan shaxslar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari ixtisoslashgan markaz yoki ixtisoslashgan hududiy markazlar joylashgan hududdagi tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi yoki tuman (shahar) markaziy shifoxonasiga biriktiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ushbu oʻrganish tegishli markaz tomonidan tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi yoki tuman (shahar) markaziy shifoxonasiga kiritilgan talabnoma asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) oʻrganish yakuni boʻyicha odam savdosidan jabrlangan shaxslar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlariga tegishli tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi yoki tuman (shahar) markaziy shifoxonasida belgilangan tartibda statsionar yoki ambulator tibbiy yordam koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Odam savdosiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining odam savdosidan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish holati oʻrganib boriladi hamda oʻrganish yakuni boʻyicha maʼlumotlar Milliy komissiya muhokamasiga kiritib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Milliy komissiya tomonidan har yarim yilda bir marotaba respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar tomonidan odam savdosiga qarshi kurashish hamda undan jabrlangan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi tahlil qilinib, ularning bu boradagi faoliyati samaradorligini oshirish choralari koʻrib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ichki ishlar vazirligi uch oy muddatda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Agentlik bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Ichki ishlar vazirligi hamda Agentlik ushbu Farmonning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 3-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-146-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-avgustdagi PF-146-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odam savdosiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼullar

1.

Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning ijtimoiy va boshqa xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini kompleks baholash tartibini ishlab chiqish.

Ichki buyruq

2026-yil sentabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2.

Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning murojaatlarini qabul qilish imkoniyatini kengaytirish maqsadida:

(a) Ijtimoiy himoya milliy agentligining “1146” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali quyidagi imkoniyatlarga ega koll-markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish:

(i) odam savdosidan jabrlangan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, ularga koʻrsatiladigan xizmatlar va qonunchilikda mavjud imtiyozlar yuzasidan maʼlumot berish;

(ii) odam savdosidan jabrlangan shaxslarning murojaatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida qabul qilish;

(iii) mutaxassislar tomonidan ularga ijtimoiy, psixologik, huquqiy hamda boshqa masalalarda maslahat berish;

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil sentabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(b) Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari hamda konsullik muassasalarida shaxslarning odam savdosidan jabrlanganligi holati boʻyicha murojaatlarini qabul qilish, ularga ijtimoiy, psixologik, huquqiy va moddiy hamda boshqa masalalarda maslahat berish va axborot taqdim etish xizmatlari koʻrsatiladigan ishonch telefonlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Bunda diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarida mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun masʼul etib tayinlangan xodimlarning mansab yoʻriqnomalari hamda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga odam savdosidan jabrlangan shaxslarning murojaatlari asosida ularga zarur xizmatlarni tashkil etishga oid mezonlar kiritiladi.

Tashqi ishlar vazirligi

3.

Qonunchilik hujjatlariga odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlash, identifikatsiya qilish, ularni ijtimoiy xizmatlarga yoʻnaltirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

4.

Dastlabki va yakuniy identifikatsiya natijasida odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan yoki odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan shaxslar ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagini bildirgan taqdirda, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markaziga hamda Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining tegishli hududiy markazlariga yuborish tartibini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

5.

Odam savdosidan jabrlanish xavfining oldini olish, jabrlangan shaxslarni oʻz vaqtida aniqlash hamda ularni mavjud yordam va reabilitatsiya xizmatlari haqida xabardor qilish maqsadida tashqi mehnat migratsiyasiga ketuvchi shaxslar, xotin-qizlar, yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalari oʻrtasida tizimli axborot-tushuntirish va targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil sentabrdan boshlab doimiy

Ichki ishlar vazirligi,

Migratsiya agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

6.

Qonunchilik hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish:

(a) odam savdosidan jabrlangan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlish huquqini beruvchi yashash guvohnomasini (ID-karta) rasmiylashtirish;

(b) Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlish huquqini beruvchi yashash guvohnomasini (ID-karta) rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirish;

(v) odam savdosidan jabrlangan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya davrida ular joylashgan ixtisoslashgan muassasaga vaqtincha roʻyxatga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil sentabr

Ichki ishlar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Adliya vazirligi

7.

Odam savdosiga qarshi kurashish faoliyatining takomillashtirilishi munosabati bilan ushbu yoʻnalishga doir Oliy sud Plenumi qarorlarini qayta koʻrib chiqish.

Bunda odamni olish-sotish bilan bogʻliq odam savdosi jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun sanksiyasida nazarda tutilgan ogʻirroq jazoni tayinlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Oliy sud Plenumi qarori

2026-yil oktabr

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

8.

Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga davlat hisobidan malakali yuridik yordam koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Qonun loyihasi

2026-yil sentabr

Adliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

9.

Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar tarkibiga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari vakillarini kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil sentabr

Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya

10.

Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni aniqlash va ularga ijtimoiy xizmatlarni tashkil etishga masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlash va ularga erishilishini taʼminlash. Bunda:

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil oktabr

Ichki ishlar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Migratsiya agentligi,

masʼul vazirlik va idoralar

(a) vazirlik va idoralar tomonidan odam savdosidan jabrlangan shaxslarni aniqlash va ularga ijtimoiy va boshqa xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI)ni belgilash yuzasidan takliflar Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiyaga kiritiladi;

 

2026-yil dekabr

(b) Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiya yigʻilishlarida vazirlik va idoralarning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatining samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) bajarilishi holati muhokama qilib boriladi;

 

2027-yildan boshlab,

har oyda

Ichki ishlar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

masʼul vazirlik va idoralar

(v) Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiyada har yarim yilda bir marotaba masʼul vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlangan samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI)ga erishilishi holati muhokama qilib boriladi.

 

2027-yildan boshlab,

har yarim yilda

Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya

11.

Odam savdosidan jabrlanganlarni aniqlash va ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi barcha masʼul tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish. Bunda:

Amaliy chora-tadbirlar

 

Ichki ishlar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Migratsiya agentligi

(a) har bir masʼul vazirlik va idora tomonidan tizim xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlari va malaka oshirish seminarlari grafigi ishlab chiqiladi;

 

2026-yil sentabr

(b) ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari va grafik asosida oʻquv seminarlari tashkil etiladi

 

Grafik asosida

12.

Bolalar savdosi bilan bogʻliq jinoiy xatti-harakatlarni sodir etgan ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan tuzatish dasturlarini amalga oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Axborot-tahliliy maʼlumotnoma

2026-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Bosh prokuratura,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-avgustdagi PF-146-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “2026 — 2030-yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-256-son Farmoni 3-bandining “v” kichik bandidagi “Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining” soʻzlari “Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi “Ruhiy holati buzilgan nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-69-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 5-band “g” kichik bandining “ii” xatboshisidan “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 13-band “a” kichik bandining “ii” xatboshisidan “oʻzgalar parvarishiga muhtoj” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5116-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Markazlar boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarining cheklangan soni 94 nafar, shu jumladan, markaziy apparatda 7 nafar etib belgilansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-175-son qarori 4-bandining “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining” soʻzlari “Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-330-son qaroriga 6-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 6-pozitsiyaning “Shtat birliklari soni” ustunidagi “4 540” raqami “4 529” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) quyidagi mazmundagi 8-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

8.

Ichki ishlar vazirligi

11

shundan:

Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlari uchun ijtimoiy xodimlar

11

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi “Aholining ehtiyojmand qatlamlariga hududlarda kompleks ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-383-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 3-banddagi “20” raqami “21” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “a” kichik bandning “i” xatboshisidagi “konsepsiya” soʻzi “dastur” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) “b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“(b) 2026-yil yakuniga qadar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida hududiy markazlar faoliyatini monitoring qilish imkoniyatini yaratsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2a-ilova quyidagi mazmundagi 91-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

91.

Toshkent shahri

Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Baynalmilal koʻchasi, 24-uy

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2026-y., 06/26/146/0811-son)