Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TIBBIY-MEHNAT EKSPERT KOMISSIYALARI (TMEK) HAMDA MEHNATDA MAYIBLANGANLIK YOKI KASB KASALLIGI TUFAYLI TAYINLANGAN PENSIYALARNI BOShQA DAVLATLARGA OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning Davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda TMEK ishini yaxshilash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-mart 103-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda;)
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlangan pensiyalarni boshqa davlatlarga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti va Oʻzbekiston kasaba soyuzlari respublika Sovetining 1985-yil 4-martdagi 121-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-mart 103-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda;)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 23-iyun,
317-son
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 23-iyundagi 317-son qaroriga
1-ILOVA
1994-yil 23-iyundagi 317-son qaroriga
1-ILOVA
Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati (TME) Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligining mustaqil tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va yagona markazlashtirilgan tizimga ega boʻladi.
2. Tibbiy-mehnat ekspertiza tizimiga quyidagilar kiradi:
Ijtimoiy taʼminot vazirligining TME boʻyicha inspeksiyasi — yuqori boʻgʻin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar markaziy tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) — oʻrta boʻgʻin;
tuman, tumanlararo, shahar (umumiy sohadagi) va markazlashtirilgan TMEKlar — boshlangʻich boʻgʻin;
Ijtimoiy taʼminot vazirligining Oʻzbekiston nogironlarni ekspertiza qilish va ularning mehnat qobiliyatini tiklash ilmiy-tadqiqot instituti — maslahat beruvchi boʻgʻin, uning faoliyati oʻz nizomi bilan tartibga solinadi.
3. Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
respublikada nogironlikning ahvolini oʻrganish;
fuqarolarning mehnat qobiliyatini ekspertiza qilish va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining faoliyatini takomillashtirish, nogironlikning oldini olish va nogironlarni reabilitatsiya qilish;
vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining, mahalliy hokimiyat organlarining (oʻz huquqlari doiralarida) nogironlarga nisbatan xatti-harakatlarining qonuniyligini taʼminlash;
nogironlarga ularning hayot kechirishida, oʻqishida va mehnat faoliyatida teng imkoniyatlarga ega boʻlishlariga yordam berish;
nogironlikning oldini olish va nogironlarni reabilitatsiya qilishga oid ilmiy asoslangan tavsiyanomalarni ishlab chiqish va joriy etish;
nogironlarga oʻz vaqtida va mukammal tibbiy, ijtimoiy va maishiy yordam koʻrsatuvchi nogiroklik muammolariga aloqador barcha muassasalar va tashkilotlarning kuch-gʻayratlarini muvofiqlashtirish;
Ijtimoiy taʼminot vazirligini, u orqali esa respublikaning yuqori rahbarlarini nogironlikning ahvoli va uning sabablari hamda uning oldini olish va kamaytirish uchun koʻrilayotgan zarur chora-tadbirlar toʻgʻrisida muntazam xabardor qilib turish.
4. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining ishiga umumiy rahbarlikni Ijtimoiy taʼminot vazirligining tibbiy-mehnat ekspertizasi inspeksiyasining boshligʻi amalga oshiradi.
5. Joylarda TME xizmatini tashkil etish va uni boshqarish uchun TME boʻyicha bosh ekspert tayinlanadi. Bosh ekspert 10 dan ortiq boshlangʻich TMEK yoki yuqori TMEKning 2 va undan ortiq tarkiblari boʻlganda tayinlanadi. Boshqa hollarda tashkiliy vazifalar yuqori TMEK raisiga yuklanadi.
6. Ijtimoiy taʼminot vazirligining tibbiy-mehnat ekspertizasi inspeksiyasi boshligʻi ijtimoiy taʼminot vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Bosh ekspertlar va markaziy TMEK raislari inspeksiya boshligʻining mintaqaviy hokimliklar bilan kelishilgan taqdimnomasiga koʻra ijtimoiy taʼminot vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Markaziy TMEK ikkinchi tarkiblarining raislari mintaqaning bosh eksperti tomonidan tanlanadilar.
Tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan TMEKning raislari tibbiy-mehnat ekspertiza boʻyicha inspeksiya boshligʻi va mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda bosh ekspert tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
7. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari oʻz ishlarini hududiy prinsiplar boʻyicha olib boradilar va oʻz faoliyatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlariga va boshqa qarorlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligining normativ hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladilar.
8. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining faoliyati kengashib ishlash asosida amalga oshiriladi. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining nogironlarning mehnat sharoitlari va xususiyatlari haqidagi xulosalari mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning maʼmuriyatlari uchun majburiy hisoblanadi.
9. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini joylashtirish yoki davolash muassasalarining bazalarida yoki shu maqsadlar uchun maxsus ajratilgan binolarda mahalliy hokimliklar bilan kelishgan holda, shu jumladan, shartnoma asosida amalga oshiriladi. Hokimliklar bilan TMEK oʻrtasidagi shartnomalar TMEKni xoʻjalik asbob-uskunalari, elektr energiyasi, issiqlik, transport, yonilgʻi-moylash materiallari va boshqa narsalar bilan taʼminlash uchun asos boʻla oladi.
10. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini asbob-uskunalar va zarur ashyolar bilan jihozlash mahalliy hokimliklar yordamida sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot muassasalari, mazkur mintaqaning korxonalari, tashkilotlari va muassasalari bilan toʻgʻridan toʻgʻrishartnomalar tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
TMEK bilan sogʻliqni saqlash muassasalari oʻrtasidagi shartnomalar TMEK tibbiy asbob-uskunalar va zarur ashyolar bilan taʼminlash uchun asos boʻlib hisoblanadi.
11. TMEKni jihozlash tabeli tibbiy-mehnat ekspertiza inspeksiyasi tomonidan tuziladi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
12. TMEK faoliyati uchun zarur boʻlgan blanklar Ijtimoiy taʼminot vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. TMEK maʼlumotnomalari blanklari faqat Vazirlik tomonidan taqsimlanadi.
13. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini saqlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetida nazarda tutilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi tomonidan taqsimlanadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
14. Barcha darajalardagi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari shtamp va muhrlarga ega boʻladilar.
15. Mintaqaning bosh ekspertlari boshchilik qiladigan Markaziy tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari yuridik shaxs hisoblanadilar va mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob (shu jumladan, valyuta) schyotlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida qayd etilgan muhrga ega boʻladilar, sud yoki xoʻjalik sudida daʼvogar va javobgar boʻlishlari mumkin, pul mablagʻlarini tasarruf qiladilar, ulardan toʻgʻri foydalanilishi uchun bosh ekspert javobgardir.
II. Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati tarkibiy boʻlinmalarining tarkibi
16. Tibbiy-mehnat ekspertiza inspeksiyasi 6 mutaxassisdan iborat boʻladi:
inspeksiya boshligʻi;
TME boʻyicha bosh mutaxassislar — 3 kishi;
TME boʻyicha yetakchi mutaxassislar — 2 kishi.
17. Mintaqa bosh eksperti boshqaruv apparatiga:
buxgalter;
kassir;
kadrlar masalasi boʻyicha mutaxassis kiradi.
18. Markaziy TMEKning har bir tarkibi 4 nafar shifokordan iborat boʻladi.
Markaziy TMEK tarkibiga terapevt, jarroh va nyevropatolog kiradi. Toʻrtinchi vrachning ixtisosi mintaqa xususiyatlari, kasallanish va nogironlik tuzilmasidan kelib chiqib aniqlanadi. Zarur hollarda koʻrsatib oʻtilgan vrach oʻrniga TMEK tarkibiga psixolog, sotsiolog va boshqa mutaxassislar kiritilishi mumkin. Markaziy TMEKda ishlash uchun mehnatga soatbay haq toʻlash sharti bilan tibbiyot, texnika va boshqa masalalar boʻyicha maslahatchilar jalb qilinishi mumkin. Vrachlardan biri TMEK rais etib tayinlanadi.
Komissiya shtatiga, shuningdek, tibbiy hamshira, tibbiy roʻyxatga oluvchi, sanitarka, avtomobil boʻlsa, haydovchi kiradi.
19. Tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari uch vrachdan tashkil etiladi.
Umumiy sohadagi komissiya tarkibiga terapevt, jarroh, nyevropatolog kiradi.
Ixtisoslashgan sohadagi komissiya tarkibiga ixtisosi komissiya sohasiga muvofiq keluvchi ikki vrach va terapevt yoki nyevropatolog kiradi.
Umumiy soha TMEKga uch vrachdan biri, ixtisoslashgan soha TMEKga ixtisosi komissiya sohasiga muvofiq keluvchi ikki vrachdan biri rais qilib tayinlanadi.
Komissiya shtatiga, shuningdek, katta tibbiyot hamshirasi, tibbiy roʻyxatga oluvchi, sanitarka, avtomobil boʻlsa, haydovchi kiradi.
20. Barcha darajadagi TMEKlarda ishlash uchun ixtisosi boʻyicha kamida 3 yil mehnat stajiga ega boʻlgan vrachlar jalb etiladilar.
21. Vrach-ekspertlar kamida 5 yilda bir marta malaka oshirish va ixtisoslashtirishdan oʻtishga majburdirlar.
III. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini tashkil etish
22. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish Ijtimoiy taʼminot vazirligi ixtiyorida boʻlib, TME inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Markaziy TMEKlari boshlangʻich boʻgʻin beshta komissiyasiga bitta tarkib hisobida tashkil etiladi.
24. Umumiy soha boshlangʻich tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (tuman, tumanlararo, shahar) yuz-yuz yigirma ming katta yoshli aholiga bitta komissiya hisobidan tashkil etiladi.
Geografik, demografik va boshqa xususiyatlar (aholining zichligi, kasallanish, nogironlik darajasi, katta yoshli aholining salmogʻi)ni hisobga olib istisno tarzida 80—100 ming katta yoshli aholiga bitta komissiya hisobidan komissiyalar tashkil etilishi mumkin.
Aholining soni va zichligi yuqori boʻlmagan choʻl va togʻli joylarda yarim stavkali (ish kuni toʻliq boʻlmagan) TMEKlar tashkil etilishi mumkin.
25. Ixtisoslashgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari mintaqadagi kasallanish va nogironlik darajasi va tarkibiga koʻra tashkil etiladi.
26. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari yigʻilishlarida davolash-profilaktika muassasalarining tibbiy-maslahat komissiyalari (TMK) raislari, davolovchi vrachlar, ijtimoiy taʼminot boʻlimlari, maʼmuriyat va korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar kasaba uyushmalari qoʻmitalari, mudofaa ishlari, nogironlar jamiyatlari boʻlimlarining vakillari ishtirok etishlari mumkin.
27. Barcha darajadagi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari yuqori turuvchi boʻgʻin rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan reja va jadval boʻyicha ishlaydilar.
28. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari uchun 7 soatlik ish kuni belgilangan. Komissiya yigʻilishi 5,5 soat davom etadi. Bir yigʻilishda har bir kishiga 20—30 minut sarflab 10—12 kishini tekshiruvdan oʻtkazish nazarda tutiladi. Bir kasalni uyda yoki statsionarda tekshiruvdan oʻtkazish uchun shaharda 2 soat, qishloq joylarda 3 soat ajratiladi.
IV. Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati tarkibiy boʻlinmalarining vazifalari
29. Tibbiy-mehnat ekspertiza inspeksiyasi zimmasiga quyidagilar yuklanadi.
TME xizmati ishini tashkil etish va TMEKning barcha darajadagi hokimliklar boshqaruv organlari va oʻzlariga qarashli muassasalar bilan birgalikdagi ishni kelishib olish;
respublikada tibbiy-mehnat ekspertizasining sifatini va ilmiy asoslanganligini taʼminlash, TMEK faoliyatining yangi shakllarini joriy qilish;
TME xizmatini malakali kadrlar bilan butlash;
TMEK vrachlarining egallab turgan lavozimlariga muvofiqligi va ularga malaka toifasini berish attestatsiyasini oʻtkazishni tashkil qilish;
respublikada nogironlikning ahvoli va sabablarini oʻrganish hamda tahlil qilish, nogironlikning oldini olish va nogironlarni reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
TME muammolari boʻyicha respublika hamda tegraviy ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil qilish hamda oʻtkazish;
TME xizmati faoliyati, respublikada nogironlikning ahvoli va sabablari toʻgʻrisida Ijtimoiy taʼminot vazirligiga muntazam axborot berib turish;
TME masalalariga oid xatlar, shikoyatlar va arizalarni koʻrib chiqish, ularning sabablarini oʻrganish;
tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga joylar, zarur uskuna va asboblar bilan taʼminlashda yordam berish;
Oʻzbekiston nogironlarni ekspertiza qilish va ularning mehnat qobiliyatini tiklash ilmiy-tadqiqot institutiga amaliy yordam koʻrsatish;
TMEKlarni ularning faoliyati uchun zarur hujjatlar blanklari bilan oʻz vaqtida taʼminlash;
ommaviy axborot vositalarida TME masalalarini yoritish.
30. Mintaqa bosh eksperti zimmasiga quyidagilar yuklanadi:
mintaqa TMEK ishini tashkil qilish;
TMEK faoliyatining yangi shakllarini, ilgʻor tajriba va fan yutuqlarini joriy qilish;
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning oʻz vaqtida malaka toifasi olishlari uchun attestatsiyalarini, oʻz vaqtida malaka oshirishlarini tashkil etish;
mintaqada nogironlikning ahvoli va sabablarini tahlil qilish, nogironlikning oldini olish va nogironlarni reabilitatsiya qilish choralarini ishlab chiqish, bu haqda mintaqadagi hokimliklarga axborot berish;
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK)ning sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot muassasalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar maʼmuriyati, kasaba uyushmalari qoʻmitalari, mehnat birjalari bilan birga nogironlikning oldini olish, nogironlarni reabilitatsiya qilish hamda ularga tibbiy va maishiy yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
TMEK va tibbiy maslahat komissiyasi (TMK) shifokorlari viloyat jamiyati ishini tashkil etish va unga rahbarlik qilish;
sogʻliqni saqlash muassasalari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda seminarlar oʻtkazish;
tibbiy-mehnat ekspertizasi (TME) masalalari boʻyicha xatlar, shikoyatlar va arizalarni koʻrib chiqish hamda ularning sabablarini tahlil qilish;
TMEKni joylashtirishni tashkil etish, zarur asbob-uskunalar va anjomlar bilan jihozlash, hujjatlar ish qogʻozlari bilan oʻz vaqtida taʼminlash.
TMEK faoliyati, mintaqada nogironlikning ahvoli va sabablari toʻgʻrisida TMZ boʻyicha inspeksiyaga oʻz vaqtida hisobotlar taqdim etish;
ommaviy axborot vositalarida TME masalalarini yoritishni tashkil etish;
barcha darajalardagi hokimliklar, shuningdek, mintaqadagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan TMEKni joylashtirish hamda jihozlash masalalari boʻyicha shartnomalar tuzish.
31. Markaziy TMEKlar zimmasiga quyidagilar yuklanadi:
oʻzlariga qarashli TMEKlar ishlarini tashkil qilish, ular faoliyatiga ilgʻor tajriba va fan yutuqlarini joriy etish;
xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida nogironlikning ahvolini va uning sabablarini tahlil qilish, nogironlikning oldini olish va nogironlarni reabilitatsiya qilish choralarini ishlab chiqish;
tasarrufidagi TMEKlarning manfaatdor tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
sogʻliqni saqlash muassasalari bilan birgalikda seminarlar oʻtkazish;
tasarrufidagi TMEKlarga ularni joylashtirish va jihozlashda yordam berish;
tasarrufidagi TMEKlarga hamda davolash-kasallikning oldini olish muassasalariga TME masalalari boʻyicha maslahatlar berish, shu jumladan, ularning yoʻllanmalariga binoan nogironlar va bemorlarni tekshiruvdan oʻtkazish;
shifokorlarni, masʼul xodimlarni, Ichki ishlar vazirligi (IIV) va Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) xodimlarini, shuningdek, ixtisoslashtirilgan transport bilan taʼminlashga daʼvogar shaxslarni bevosita tekshiruvdan oʻtkazish;
TMEK faoliyati, xizmat koʻrsatish tegrasidagi nogironlikning ahvoli va ularning sabablari toʻgʻrisida mintaqaning bosh ekspertiga oʻz vaqtida hisobotlar taqdim etish;
xizmat koʻrsatish tegrasidagi aholi oʻrtasida TME masalalarini yoritishni tashkil etish;
mintaqada markaziy TMEKning faqat bitta tarkibi mavjud boʻlgan hollarda mintaqaning bosh eksperti huquq doirasiga kiradigan tadbirlarni bajarish.
32. Boshlangʻich (tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashgan) TMEKlar zimmasiga quyidagilar yuklanadi:
mehnatga layoqatlilik ahvolini, uni uzoq vaqt yoki doimiy yoʻqotganlikni, nogironlikning guruhini, sabablarini, boshlanish vaqti va muddatlarini aniqlash;
oʻz mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq ravishda mayib boʻlib qolgan yoki boshqacha tarzda kasallangan ishlovchilarning mehnatga layoqatliligini yoʻqotganlik darajasini hamda ularning qoʻshimcha yordam turlariga muhtojligini aniqlash;
nogironlar salomatligini tibbiy va ijtimoiy-mehnat boʻyicha tiklash choralarini belgilash hamda davolash-kasallikning oldini olish muassasalarida va korxonalarida tavsiyalarning bajarilishini nazorat qilish;
koʻchma majlislar oʻtkazish, ogʻir kasallarni uyida yoki statsionarlarda tekshiruvdan oʻtkazish;
davolash-kasallikning oldini olish muassasalari va boshqa manfaatdor muassasalar bilan birgalikda nogironlikning oldini olish va nogironlarni reabilitatsiya qilishga doir tadbirlarni oʻtkazish;
xizmat koʻrsatish tegrasida nogironlikning ahvolini va uning sabablarini oʻrganish hamda bu haqda markaziy TMEKga hisobotlar taqdim etish;
xizmat koʻrsatish tegrasidagi davolash-kasallikning oldini olish muassasalari shifokorlari uchun TMEK masalalari boʻyicha seminarlar oʻtkazish;
TMEK faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish,
V. Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati tarkibiy boʻlinmalarining huquqlari
33. Ijtimoiy taʼminot vazirligining TME boʻyicha inspeksiyasi quyidagi huquqlarga egadir:
joylarda bevosita tekshirish yoʻli bilan mintaqa bosh ekspertlari va barcha darajadagi TMEKlar, shu jumladan, Oʻzbekiston tibbiy mehnat ekspertiza inspeksiyasi ilmiy-tadqiqot instituti (OʻzTMEIITI) faoliyatini nazorat qilish, tekshirishlar natijalari boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
Vazirlikning roziligi bilan TMEKni tashkil etishni, qayta tashkil etishni va tugatishni amalga oshirish;
bosh ekspertning va barcha darajalardagi TMEK raislarining lavozimlariga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish, ushbu masala yuzasidan Ijtimoiy taʼminot vazirligiga takliflar kiritish;
TME xizmati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga nogironlikning oldini olish va nogironlarni reabilitatsiya qilish masalalari boʻyicha tavsiyalar berish, barcha darajalardagi hokimliklarga ularni bajarish yuzasidan takliflar kiritish;
nogironlikning oldini olish va nogironlarni reabilitatsiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlari va boshqa hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligining normativ hujjatlarida hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni bajarmayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining xatti-harakatlari yuzasidan, Vazirlikning roziligi bilan, davlat boshqaruv va nazorat organlariga murojaat qilish;
TME tizimi xodimlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazolash boʻyicha ijtimoiy taʼminot Vaziriga iltimosnomalar kiritish;
OʻzTMEIITI ilmiy kengashi ishida qatnashish;
attestatsiya komissiyalari ishida qatnashish;
nogiron markaziy TMEK va OʻzTMEIITI qarorlaridan norozi boʻlgan yoki ushbu qarorlarni asoslanmagan deb hisoblagan hollarda nogironlarni xolis yoki ushbu maqsad uchun maxsus tuzilgan mustaqil komissiyalarda takroriy tekshiruvdan oʻtkazish.
34. Mintaqaning bosh eksperti quyidagi huquqlarga egadir:
mintaqa TMEKning ishlarini, shu jumladan, ekspert xulosalarining sifati va asoslanganligini nazorat qilish;
TME boʻyicha inspeksiyaga mintaqa TMEKni tashkil etish, qayta tashkil qilish va tugatish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
markaziy TMEKlarning ikkinchi tarkiblari raislari lavozimlariga talabgorlarni tanlash;
mintaqaning TMEKlariga nogironlikning oldini olish va nogironlarni reabilitatsiya qilish masalalari boʻyicha tavsiyalar berish, mintaqa hokimliklariga ularni amalga oshirish boʻyicha takliflar kiritish;
barcha darajalardagi mintaqa TMEKlari majlislarida qatnashish;
TMEKni mablagʻ bilan taʼminlash xarajatlari smetasini tuzish;
nogironlikning oldini olish va nogironlarni reabilitatsiya qilish boʻyicha TMEK tavsiyalarini bajarmayotgan mintaqa korxonalari, muassasalari va tashkilotlari rahbarlarining xatti-harakatlari yuzasidan mintaqa boshqaruv va nazorat organlariga murojaat qilish;
mintaqa TMEK xodimlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazolash, shuningdek, ularni ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazolash toʻgʻrisida Ijtimoiy taʼminot vazirligiga iltimosnoma kiritish;
mintaqa shifokorlari attestatsiyadan oʻtkaziladigan hollarda attestatsiya komissiyalari ishida qatnashish;
nogiron markaziy TMEKlarning ekspert qarorlaridan norozi boʻlgan yoki ushbu qarorlarni asoslanmagan deb hisoblagan hollarda nogironlarni xolis yoki maxsus tuzilgan komissiyalarda takroriy tekshirishdan oʻtkazish;
sud-tibbiyot masalalarini hal etishda qatnashish;
respublika va tegra konferensiyalarida hamda boshqa mintaqalarda oʻtkaziladigan seminarlarda qatnashish.
35. Markaziy TMEKlar quyidagi huquqlarga egadirlar:
xizmat koʻrsatish tegrasidagi boshlangʻich TMEKlarning faoliyatini va tibbiy mehnat ekspertizasi sifatini, shu jumladan, birinchi marta tekshirishdan oʻtkazilganlardan 25 foizining hamda takroriy tekshirishdan oʻtkazilganlardan 15 foizining tibbiy-ekspert hujjatlarini tekshirib koʻrish yoʻli bilan, zarurat boʻlganda nogiron deb topilganlarni yuzma-yuz tekshirib koʻrgan holda, nazorat qilib borish;
tasarrufidagi boshlangʻich TMEKlarning nogironlarni korxonalarda ishga joylashtirish, nogironlarni davolash-kasalliklarning oldini olish muassasalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va salomatligini tiklash boʻyicha faoliyatini nazorat qilish;
nogironlarni shikoyatlar va arizalar boʻyicha tekshirishdan oʻtkazish;
boshlangʻich TMEKlarning qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, asoslanmagan taqdirda ularni bekor qilish;
xizmat koʻrsatish tegrasida TMEKlarni tashkil etish, qayta tashkil qilish va tugatish toʻgʻrisida mintaqa bosh ekspertiga takliflar kiritish;
markaziy TMEK aʼzolari, tasarrufidagi boshlangʻich TMEKlar raislari va aʼzolari lavozimlariga talabgorlarni tanlash hamda ularni mintaqa bosh ekspertiga tavsiya etish;
nogironlar kasalligining oldini olish va ularning salomatligini tiklash masalalari boʻyicha mahalliy hokimliklarga takliflar kiritish;
tasarrufidagi TMEKlar xodimlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazolash boʻyicha mintaqa bosh ekspertiga iltimosnoma taqdim etish;
attestatsiya komissiyalari ishida, sud-tibbiyot masalalarini hal etishda, respublika tegraviy konferensiyalarda va seminarlarda qatnashish.
36. Boshlangʻich (tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashgan) TMEKlar quyidagi huquqlarga egadirlar:
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot muassasalaridan, korxonalar maʼmuriyatidan, davlat boshqaruv organlaridan, boshqa tashkilot va muassasalardan komissiyalar ishi uchun zarur boʻlgan, shu jumladan, tekshirishdan oʻtadigan shaxslarning mehnat turi va sharoitlari haqidagi maʼlumotlarni olish;
sogʻliqni saqlash muassasalaridan TMEKga joʻnatiladigan tibbiy hujjatlarning sifatli rasmiylashtirilishini talab etish, ularning xolisonaligini nazorat qilish;
tekshirishdan oʻtayotgan shaxslarning kasalligini aniqlash va salomatligini tiklash uchun ularni davolash muassasalariga yuborish. Shubha tugʻilganda tekshirilayotganlarni OʻzTMZIITIga tekshiruvga yuborish;
xizmat koʻrsatish tegrasidagi muassasalar, tashkilotlar va korxonalarga nogironlikning oldini olish, nogironlarni tibbiy va ijtimoiy mehnat boʻyicha reabilitatsiya qilish masalalariga oid tavsiyalar berish;
xoʻjalik yuritish faoliyati shakllaridan va qaysi idoraga qarashliligidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga borish, ish oʻrinlarini, ishlab chiqarish va xizmat binolarini koʻzdan kechirish, komissiyalar faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha, chunonchi, nogironlarni ishga joylashtirishning TMEK tavsiyanomalariga muvofiqligi, shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan nogironlarni ishga joylashtirish uchun 3 foizli kvotalarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi boʻyicha hisobotlar, statistik va boshqa materiallar bilan tanishish, kamchiliklar aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etishni talab qilish, ushbu talablar yoki tavsiyalar bajarilmagan taqdirda esa, sanitariya epidemiya stansiyasi koʻmagida, rahbarlarga jarima solish;
TMEKlarning nogironlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va ularning salomatligini tiklash masalalari boʻyicha faoliyatini nazorat qilish;
mahalliy hokimliklarga, markaziy TMEK raisiga va mintaqa bosh ekspertiga TMEKlar ishini yaxshilash, nogironlikning oldini olish, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ularni ishga joylashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
markaziy TMEK raisiga, u orqali esa yuqori tashkilotlarga oʻz xodimlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazolash toʻgʻrisida iltimosnoma taqdim etish.
37. Tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatining yuqori tarkibiy boʻlinmalari quyi boʻlinmalarning, oʻz huquqlari roʻyxatida qayd etib oʻtilmagan, huquqlariga ega boʻladilar.
VI. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida fuqarolarni tibbiy tekshirishdan oʻtkazish tartibi
38. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida fuqarolarni tibbiy tekshirishdan oʻtkazish yashash joyidagi yoki biriktirilgan davolash-kasallikning oldini olish muassasasida, mazkur TMEKga biriktirilgan tegishli davolash muassasasining yoʻllanmasiga binoan oʻtkaziladi.
Tibbiy tekshirishdan oʻtkazish sifati, bemorlarni TMEKga oʻz vaqtida yuborilganligi va uning asoslanganligi uchun javobgarlik davolash-kasallikning oldini olish muassasasi rahbari zimmasiga yuklanadi.
39. TMEKlar tibbiy tekshirishga 16 va undan katta yoshdagi fuqarolarni, ularda pasport yoki ularning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat, davolash muassasasining yoʻllanmasi (88u-shakl), kasallik tarixidan koʻchirma, mehnat tusi va sharoitlari haqidagi maʼlumotnoma boʻlgan taqdirda, qabul qiladilar.
Mehnatga layoqatini qancha foiz yoʻqotganlik darajasini aniqlash uchun komissiyaga birinchi marta yuborilgan shaxslar baxtsiz hodisa yoki mehnat vazifasini bajarish bilan bogʻliq holda salomatlikka boshqa xilda putur yetishi toʻgʻrisidagi dalolatnomani (N-1-shakl) ham taqdim etadilar.
Baʼzi hollarda TMEKlar, ijtimoiy taʼminot organlarining maqsadi koʻrsatilgan holdagi yoʻllanmasi boʻyicha, 16 yoshdan kichik shaxslarni tekshirishdan oʻtkazishlari mumkin.
40. Fuqarolarni tibbiy tekshirish asosiy bazada, shuningdek, davolash-kasallikning oldini olish muassasalarida koʻchma majlislarda, korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda jadval boʻyicha; davolash-kasallikning oldini olish muassasasi tavsiyanomasi boʻyicha — uyda yoki statsionarda; istisno hollarda, fuqarolarning roziligi bilan — sirtdan oʻtkaziladi.
41. Mehnatga layoqatni yoʻqotganlik darajasiga koʻra nogironlik 3 guruhga boʻlinadi.
Quyidagilar nogironlik sabablari hisoblanadi;
umumiy kasallanish:
mehnatda shikastlanish;
kasb kasalligi;
harbiy xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan jarohatlanish, kontuziya, shikastlanish, kasallanish;
harbiy xizmatni oʻtash davrida duchor boʻlingan kasallik;
harbiy xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan baxtsiz hodisa natijasida olingan mayiblik, shikastlanish, kontuziya;
fuqarolik burchini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan holda olingan kontuziya, shikastlanish.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan nogironlikning boshqa sabablari ham belgilanishi mumkin.
42. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari majlislarni faqat toʻliq tarkibda oʻtkazadilar.
Ekspert tibbiy tekshirish maʼlumotlari va qarori TMEK tekshirish dalolatnomasiga va majlis bayoniga kiritiladi. Ular shu kunning oʻzida toʻldiriladi, komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Komissiyaning xulosasi rais tomonidan shu zahoti tekshiriluvchiga maʼlum qilinadi.
Agar tekshiriluvchiga nogironlik guruhi tayinlansa, bu haqda kasallik varaqasiga yoziladi hamda tekshirilganda shu kuniyoq rais tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan mehnatga layoqatni yoʻqotganlik darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma beriladi.
Hujjatlar TMEKga topshirilgan va roʻyxatdan oʻtkazilgan kun nogironlik belgilangan sana hisoblanadi.
Agar nogironlik mehnatda shikastlanganlik yoki kasb kasalligi bilan bogʻliq boʻlsa, tekshiriluvchiga mehnatga layoqatni yoʻqotganlik foizlari va qoʻshimcha yordam turlari toʻgʻrisida tibbiy tekshirish dalolatnomasidan koʻchirma beriladi.
TMEKga yuborilgan bemorlarni davolashni davom ettirish zarur boʻlganda komissiya kasallik varaqasi muddatini uzaytirishni tavsiya qilish huquqiga egadir.
Komissiya xulosasi bemorni yuborgan sogʻliqni saqlash muassasasiga joʻnatiladi.
Bemor komissiyaga yetarli asoslanmagan klinik diagnoz bilan yuborilgan hollarda komissiya uni OʻzTMENIITIga yoki boshqa davolash muassasalariga yuboradi. TMEK tomonidan yuborilgan bemorlar davolash muassasalariga navbatdan tashqari qabul qilinadilar.
43. Agar komissiya raisi yoki uning ayrim aʼzolari qabul qilingan qarordan norozi boʻlishsa, u holda tibbiy tekshirish dalolatnomasiga ularning alohida fikri yozib qoʻyiladi hamda dalolatnoma takroriy tibbiy tekshirish uchun 3 kun muddatda markaziy TMEKga taqdim etiladi.
Markaziy TMEKlarda qarorlar komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Komissiyaning qabul qilingan qaroridan norozi aʼzosi oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qiladi va u yigʻma jildga qoʻshib qoʻyiladi.
VII. Qayta tibbiy tekshirishdan oʻtkazish muddatlari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari qarorlari yuzasidan norozilik bildirish tartibi
44. Nogironlarni, shu jumladan, kasb boʻyicha mehnatga layoqatni yoʻqotganlikning foizlar boʻyicha darajasini aniqlash uchun qayta tibbiy tekshirish 6 oyda bir yoki ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.
Nogironlik navbatdagi qayta tibbiy tekshirish tayinlangan oyning birinchi kunigacha belgilanadi. Qayta tibbiy tekshirishni belgilangan muddatlardan oldin oʻtkazish salomatlik va mehnatga layoqat darajasi oʻzgargan yoki TMEK qarorining asoslanmaganligi hollari aniqlangan taqdirda amalga oshiriladi. Muddatsiz nogiron deb hisoblangan shaxslar ham koʻrsatib oʻtilgan muddatlarda qayta tibbiy tekshirishdan oʻtkazilishi mumkin.
Tekshiriluvchida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 17-iyuldagi 328-son qaroriga ilovada koʻrsatilgan kasalliklarning mavjudligi yoki erkaklarning 60, ayollarning 55 yoshga toʻlganligi muddatsiz nogironlik guruhini belgilash uchun asos boʻlib hisoblanadi.
60 yoshdan katta erkak va 55 yoshdan katta ayol nogironlarni qayta tibbiy tekshirishdan oʻtkazish faqat ularning arizasiga binoan yoki TMEK qarori qalbaki hujjatlar asosida chiqarilgan taqdirda amalga oshiriladi. Kasb boʻyicha mehnatga layoqatni yoʻqotganlikning foizlar boʻyicha muddatsiz darajasi mehnatda jarohatlanish yoki salomatlikka boshqacha turda putur yetishi oqibatida muddatsiz nogiron deb eʼtirof etilgan shaxslarga, shuningdek, 60 yoshga toʻlgan erkaklarga va 55 yoshga toʻlgan ayollarga belgilanadi.
45. Tekshiriluvchi boshlangʻich (tuman, tumanlararo, shahar, ixtisoslashgan) TMEK qaroridan norozi boʻlgan taqdirda u bir oy mobaynida markaziy TMEKga murojaat qilishi mumkin. Boshlangʻich TMEK ariza tushgandan keyin 3 kun mobaynida tekshirish dalolatnomasini markaziy TMEKga beradi, markaziy TMEK shundan keyin 15 kun mobaynida arizachini qayta tibbiy tekshirishdan oʻtkazadi va oʻz xulosasini chiqaradi.
Fuqaro yuqori TMEK xulosasidan norozi boʻlgan taqdirda u mintaqaning bosh ekspertiga yoki Ijtimoiy taʼminot vazirligining TME boʻyicha inspeksiyasiga murojaat qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiy-mehnat ekspertizasini oʻtkazgan muassasaning xulosasi ustidan fuqaroning oʻzi tomonidan yoki uning qonuniy vakili tomonidan ham sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-yanvar 56-son qarori asosida xatboshi bilan toʻldirilgan)
VIII. TME xizmatini mablagʻ bilan taʼminlash tartibi
46. TME xizmati tarkibiy boʻlinmalarini mablagʻ bilan taʼminlash xarajatlar smetasiga koʻra quyidagi moddalar boʻyicha amalga oshiriladi:
ish haqi;
ish haqiga qoʻshimcha xarajatlar;
xizmat safari xarajatlari;
ish yuritish boʻlinmasi va xoʻjalik tovarlari xarajatlari;
tibbiyot asbob-uskunalari, qattiq va yumshoq anjomlar sotib olish xarajatlari;
asosli va joriy tuzatish xarajatlari;
boshqa xarajatlar.
47. Mablagʻ bilan taʼminlash moliya vazirligining roziligi bilan Ijtimoiy taʼminot vazirligining reja-moliya boʻlimi orqali TMEKning bankdagi hisob-kitob schyotiga pul oʻtkazgan holda amalga oshiriladi.
48. TMEKni taʼminlashga qilinadigan qoʻshimcha xarajatlar TME muassasalari bilan mahalliy hokimliklar yoki ularning tasarrufidagi muassasalar oʻrtasida tuzilgan kontraktlar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 23-iyundagi 317-son qaroriga
2-ILOVA
1994-yil 23-iyundagi 317-son qaroriga
2-ILOVA
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlangan pensiyalarni boshqa davlatlarga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom doimiy yashash uchun chet elga joʻnab ketgan va “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” 1993-yil 3-sentabrdagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiya olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlagan pensiyalarni oʻtkazish tartibini belgilab beradi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomning amal qilishi mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli pensiya tayinlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet elliklarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, ular doimiy yashash uchun chet elga joʻnab ketgan taqdirda, tatbiq etiladi.
II. Pensiyalarni Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga oʻtkazish va ularni mablagʻ bilan taʼminlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ushbu Nizomning 1-bandida sanab oʻtilgan shaxslarga pensiya oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvar 35-son qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 5-6-son , 32-modda)
4. Pensiya quyidagi hujjatlar asosida oʻtkaziladi:
pensiyani oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
pensiya oluvchi turgan mamlakatdagi Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasining pensiya oluvchining doimiy yashash joyi koʻrsatilgan maʼlumotnomasi.
5. Tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimi pensiya oluvchi chet elga doimiy yashash uchun joʻnab ketgandan keyin uning pensiya ishini respublika Ijtimoiy taʼminot vazirligiga topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-mart 103-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda;)
7. Pensiyalarni chet elga oʻtkazish tomonlarning savdoga bogʻliq boʻlmagan operatsiyalar toʻgʻrisidagi Hukumatlararo bitimiga muvofiq tomonlarning banklari tomonidan belgilanadigan korrespondentlik schyotlari orqali vazirliklar va idoralarning ikki tomonlama bitimlarida qayd etilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Pensiyalarni milliy valyutada qayta hisoblab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, operatsiyalar bajarilgan kunda amalda boʻlgan kurs boʻyicha amalga oshiriladi.
8. Pensiyalarni oʻtkazish chet elga joʻnab ketishgacha pensiya toʻlangan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.
9. Chet elga oʻtkaziladigan pensiyalar summasi Oʻzbekiston Respublikasi pensiya qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda, agar davlatlararo bitimlar (shartnomalar) bilan oʻzgacha qoida belgilanmagan boʻlsa, qayta hisoblab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlangan hamda chet elga oʻtkazilishi kerak boʻlgan pensiya pullarining oʻz vaqtida erkin muomaladagi valyutaga almashtirilishini va joʻnatilishini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali taʼminlaydi. Erkin muomaladagi valyutaga almashtirish uchun resurslar Respublika valyuta jamgʻarmasi tomonidan taqdim etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-mart 103-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
Keyingi tahrirga qarang.