29.07.2026 yildagi 416-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Tarif kvotalarini joriy etish va maʼmuriy boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 2-iyundagi PQ-181-son qarori ijrosini taʼminlash hamda ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan toʻldirish, ichki talabni qondirish, talab va taklif oʻrtasidagi muvozanatni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Tarif kvotalarini joriy etish va maʼmuriy boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilinayotgan mahsulotlarga nisbatan tarif kvotalarini joriy etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif kvotalarini importchilar oʻrtasida taqsimlash usullari va mexanizmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 246-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga Qishloq xoʻjaligi bitimi doirasida bildirishnoma taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tarif kvotalari toʻgʻrisidagi bildirishnomalarni Jahon savdo tashkilotiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi oʻzi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Jahon savdo tashkilotiga rasman aʼzo boʻlgan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 29-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
416-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 416-son qaroriga
1-ILOVA

Tarif kvotalarini joriy etish va maʼmuriy boshqarish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan mahsulotlarga nisbatan tarif kvotalarini joriy etish va maʼmuriy boshqarish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tarif kvotalari ichki bozorni zarur mahsulotlar bilan barqaror taʼminlash, qoplanmagan ichki talabni qondirish, talab va taklif oʻrtasidagi nomutanosibliklarni yumshatish hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish maqsadida joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizom miqdoriy cheklovlar sifatida qoʻllanadigan import kvotalariga hamda muhofaza choralariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Miqdoriy cheklovlar sifatida qoʻllanadigan import kvotalari hamda muhofaza choralari alohida qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarif kvotalari joriy etilishi va qoʻllanishi amaldagi antidemping va kompensatsiya bojlari mavjud boʻlgan hollarda, bunday bojlarning amal qilishini bekor qilmaydi hamda ular tarif kvotasi qoʻllanadigan davrda ham qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anʼanaviy import qiluvchilar — oldingi davr maʼlumotlari asosida aniqlanadigan hamda tarif kvotasi joriy etiladigan mahsulot importining jami hajmida kamida 5 foiz ulushga ega boʻlgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“aralash taqsimot” usuli — tarif kvotasi umumiy hajmining bir qismini anʼanaviy import qiluvchilar oʻrtasida oldingi davrdagi import ulushlariga mutanosib ravishda, qolgan qismini esa “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli — bojxona yuk deklaratsiyalari Bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — YAAAT) tomonidan qabul qilingan kalendar kunlar xronologik ketma-ketligi asosida tarif kvotasi hajmini taqsimlash usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yuk deklaratsiyasi — mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish (IM-40) rejimida rasmiylashtiriladigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy rezerv — talabgorning soʻrovi YAAAT tomonidan qabul qilingan paytdan boshlab ushbu soʻrov boʻyicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar tarif kvotasi doirasida vaqtincha hisobga olinadigan, biroq tarif kvotasi hajmining yakuniy ajratilishini anglatmaydigan hajm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot — xorijiy davlat hududida ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol va tijorat maqsadlarida olib kiriladigan mahsulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul organ — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldingi davr — Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahsulotning ishlab chiqarish, isteʼmol va import hajmlarini tahlil qilish va tarif kvota hajmlarini taqsimlash uchun asos sifatida olinadigan, qoida tariqasida, soʻnggi 3 yillik davr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tarif kvotasi joriy etilgan mahsulotni olib kirish maqsadida tarif kvotasidan foydalanish boʻyicha soʻrov yuboruvchi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif kvotasi — belgilangan import hajmi doirasidagi importga amaldagi bojxona boji stavkasiga nisbatan pasaytirilgan (imtiyozli) stavkani, belgilangan import hajmidan oshgan importga amaldagi stavkani qoʻllashni nazarda tutuvchi tashqi savdoni tartibga solish chorasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif kvotasi hajmi — muayyan davrda imtiyozli import bojining stavkasi qoʻllanadigan mahsulotning fizik yoki qiymat jihatidan miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tarif kvotasini joriy etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tarif kvotalarini joriy etish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarif kvotasini joriy etish boʻyicha tashabbus bozor ehtiyojlari, ichki taʼminot holati hamda kelib tushgan murojaat va takliflar asosida tegishli vazirlik, idora yoki tadbirkorlik subyekti tomonidan masʼul organga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul organ besh ish kuni ichida tarif kvotasini joriy etish boʻyicha taklifni ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan birlamchi va tahliliy maʼlumotlarni yigʻishni boshlaydi hamda zarur hollarda boshqa davlat organlari va tashkilotlardan tegishli maʼlumotlarni soʻrab oladi. Shuningdek, bir ish kuni ichida kiritilgan tashabbus haqida vakolatli organni yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul organ tegishli maʼlumotlarni yigʻib olgandan soʻng tarif kvotasini joriy etish boʻyicha taklifni uch ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur vazirliklar masʼul organning murojaatiga asosan besh ish kuni ichida tarif kvotasini joriy etish boʻyicha oʻz xulosalarini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan xulosalar asosida masʼul organ besh ish kuni ichida tarif kvotasini joriy etish boʻyicha konsolidatsiyalashgan takliflarni ishlab chiqadi va vakolatli organga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur taklif quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif kvotasi joriy etiladigan mahsulot nomi, TIF TN kodi, tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif kvotasining umumiy hajmi va amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif kvotasi doirasida qoʻllanadigan bojxona boji stavkasi;

tarif kvotasidan foydalanish uchun zarur boʻlgan mahsulotga oid identifikatsiya qiluvchi texnik-parametrik koʻrsatkichlar, agar bunday koʻrsatkichlar talab etilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarif kvotasi hajmini belgilashda uning miqdori qoplanmagan ichki isteʼmol talabi hajmidan oshmasligi inobatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ masʼul organ tomonidan kiritilgan konsolidatsiyalashgan taklifni oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqadi va yakuniy takliflarni shakllantirgan holda tarif kvotasini joriy etish yoki rad etish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tarif kvotasini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror tarif kvotasi kuchga kiradigan sanadan kamida oʻttiz kalendar kun oldin qabul qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul organ tarif kvotasini joriy etish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror yuzasidan belgilangan tartibda va xalqaro majburiyatlarga muvofiq ikki ish kuni ichida tegishli bildirishnomani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarif kvotasini joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida ushbu qaror toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bojxona qoʻmitasi tarif kvotalari joriy etilgan mahsulotlarga oid umumlashtirilgan maʼlumotlarni bojxona yuk deklaratsiyalari kesimida doimiy ravishda masʼul organga taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur maʼlumotlar masʼul organ tomonidan, tarif kvotasidan foydalanish boʻyicha kelib tushgan soʻrovlar, ularning qanoatlantirilgani yoki rad etilganidan qatʼi nazar, eʼtiborga olinishi va keyingi kvota hajmlarini belgilash uchun xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul organ har bir tarif kvotasi amal qilish davri yakunlari boʻyicha ushbu Nizomni qoʻllash amaliyotini, kvotalardan foydalanish darajasini, raqobat muhitini va bozor taʼminotiga taʼsirini tahlil qiladi hamda zarurat boʻlganda, keyingi tarif kvotalari davri uchun ushbu Nizomni qoʻllashning alohida parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni vakolatli organga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Nizomni qoʻllash doirasida masʼul organ, vakolatli organ hamda maʼlumot taqdim etuvchi tegishli vazirlik va idoralar oʻzlariga taqdim etilgan tijorat, soliq va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday maʼlumotlardan faqat tarif kvotalarini joriy etish, oʻzgartirish, uzaytirish, bekor qilish, kvotalar hajmini taqsimlash hamda tegishli bildirishnomalarni tayyorlash maqsadlarida foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlariga yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga muvofiq oshkor etilishi lozim boʻlgan hollardan tashqari, mazkur maʼlumotlar uchinchi shaxslarga berilmaydi hamda ochiq manbalarda eʼlon qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tarif kvotalarini taqsimlash qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tarif kvotalari hajmlari talabgorlar oʻrtasida, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mahsulotning kelib chiqish mamlakatidan qatʼi nazar, taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarif kvotalarini talabgorlar oʻrtasida taqsimlash kvota olishda ularning teng huquqliligi va mulk shakli hamda roʻyxatdan oʻtgan joyi boʻyicha kamsitilmaslik tamoyillariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarif kvotalarining amal qilish muddati davomida mahsulot yetkazib berishda ajratilgan tarif kvotasi hajmidan toʻliq foydalanishga toʻsqinlik qiluvchi shartlar, cheklovlar, ortiqcha talablar yoki ushbu Nizomda nazarda tutilmagan qoʻshimcha rasmiylashtirish talablari belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish yoki bankrotlik jarayonlari boshlangan talabgorlarga kvotalar ajratilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tarif kvotalarini taqsimlash usullari va mexanizmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Taqsimlash usulini aniqlash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tarif kvotalarini taqsimlash usuli vakolatli organ qaroriga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarif kvotalari, qoida tariqasida, oldingi davr maʼlumotlari anʼanaviy import qiluvchilarning ulushini aniqlash hamda ularga ajratiladigan kvota hajmini oylar kesimida taqsimlash imkonini beradigan darajada yetarli va reprezentativ deb topilgan hollarda, “aralash taqsimot” usuli asosida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi davr maʼlumotlarining yetarliligi va reprezentativligi vakolatli organ tomonidan baholanadi. Vakolatli organ oldingi davr maʼlumotlarining yetarliligi va reprezentativligini baholashda quyidagi mezonlarni inobatga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import hajmlarining oylar va yillar boʻyicha barqarorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotga boʻlgan talabning mavsumiy xususiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldingi davrlarda yuz bergan bir martalik yirik yetkazib berishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berish zanjiridagi uzilishlar, vaqtincha cheklovlar yoki favqulodda holatlar taʼsiri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIF TNdagi oʻzgarishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vakolatli organ oldingi davr maʼlumotlari bozorning odatdagi holatini, tegishli mahsulot importi tarkibini hamda talab yoki taklif dinamikasini yetarli darajada aks ettirmaydi deb topsa, muayyan davr uchun belgilangan tarif kvotasining umumiy hajmi faqat “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. “Aralash taqsimot” usuli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Aralash taqsimot” usulida tarif kvotasining muayyan davr uchun belgilangan umumiy hajmining 50 foizi “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida, qolgan 50 foizi esa oldingi davrdagi import koʻrsatkichlari asosida aniqlangan anʼanaviy import qiluvchilar oʻrtasida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarif kvotasining umumiy hajmi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kum — muayyan davr uchun belgilangan tarif kvotasining umumiy hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kf — tarif kvotasining “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ka — anʼanaviy import qiluvchilar oʻrtasida taqsimlanadigan tarif kvotasi qismi.

Tarif kvotasining “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan qismi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kf = 0,5 × Kum.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anʼanaviy import qiluvchilar oʻrtasida taqsimlanadigan tarif kvotasi qismi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ka = 0,5 × Kum.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan tarif kvotasi qismi tarif kvotasining butun amal qilish davri uchun yagona hajm sifatida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Anʼanaviy import qiluvchilar oʻrtasida tarif kvotasi hajmi oldingi davrdagi import hajmlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I — mahsulotning tegishli oldingi davrdagi barcha anʼanaviy import qiluvchilar tomonidan amalga oshirilgan jami import hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ii — “i” anʼanaviy import qiluvchining tegishli oldingi davrdagi import hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“i” indeksi — tegishli hisob-kitobda ishtirok etuvchi anʼanaviy import qiluvchini ifodalovchi shartli belgi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ui — “i” anʼanaviy import qiluvchining import ulushi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“i” anʼanaviy import qiluvchining import ulushi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ui = Ii / I.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“i” anʼanaviy import qiluvchiga ajratiladigan tarif kvotasi hajmi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ki = Ka × Ui, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ki — “i” anʼanaviy import qiluvchiga tarif kvotasining amal qilish davri uchun ajratiladigan tarif kvotasi hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ka — anʼanaviy import qiluvchilar oʻrtasida taqsimlanadigan tarif kvotasi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarif kvotasining amal qilish muddati bir oydan ortiq boʻlganda, anʼanaviy import qiluvchiga ajratilgan tarif kvotasi hajmi tarif kvotasi amal qiladigan oylar oʻrtasida teng ulushlarda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli oy uchun ajratilgan hajm quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kioy = Ki / M, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M — tarif kvotasining amal qilish davridagi oylar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kioy — “i” anʼanaviy import qiluvchi uchun tegishli oy boʻyicha ajratilgan tarif kvotasi hajmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oylar boʻyicha ajratilgan hajmlarni hisoblashda yuzaga keladigan kasr koʻrsatkichlari belgilangan oʻlchov birligining eng kichik qiymatigacha yaxlitlanadi. Yaxlitlash natijasidagi farq tarif kvotasining amal qilish davrining oxirgi oyida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anʼanaviy import qiluvchilar uchun oylar kesimidagi ajratilgan hajmlar tarif kvotasini joriy etish toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anʼanaviy import qiluvchi tarif kvotasining amal qilish davri uchun oʻziga ajratilgan umumiy hajm doirasida mahsulotni tegishli oy uchun belgilangan hajmdan ortiq miqdorda olib kirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“i” anʼanaviy import qiluvchi uchun tegishli oy boshida foydalanish mumkin boʻlgan qoldiq hajm quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aioy = Ki — Kifaktcum — Kioqcum, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aioy — “i” anʼanaviy import qiluvchi uchun tegishli oy boshida foydalanish mumkin boʻlgan tarif kvotasi qoldigʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kifaktcum — tegishli oy boshiga qadar “i” anʼanaviy import qiluvchi tomonidan amalda foydalanilgan tarif kvotasining jami hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kioqcum — tegishli oy boshiga qadar “i” anʼanaviy import qiluvchining “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan hajm tarkibiga oʻtkazilgan tarif kvotasining jami hajmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anʼanaviy import qiluvchi oʻziga tarif kvotasining amal qilish davri uchun ajratilgan umumiy hajmdan toʻliq foydalangandan soʻng, tarif kvotasining “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan qismi doirasida boshqa talabgorlar bilan teng asoslarda ushbu Nizomning 15 — 18-bandlarida belgilangan tartibda ishtirok etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar anʼanaviy import qiluvchi tomonidan muayyan oy yakuniga qadar tarif kvotasining ushbu oyga toʻgʻri keladigan jamgʻarma hajmi toʻliq foydalanilmasa, foydalanilmagan hajm “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan hajm tarkibiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“i” anʼanaviy import qiluvchining muayyan oy yakuniga koʻra oʻtkazilishi lozim boʻlgan foydalanilmagan hajmi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kioq = max [0; Kioycum — Kifaktcum — Kioqcum], bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kioq — “i” anʼanaviy import qiluvchining tegishli oy yakuniga koʻra avtomatik tarzda “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan hajm tarkibiga oʻtkaziladigan tarif kvotasining foydalanilmagan hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kioycum — “i” anʼanaviy import qiluvchiga tarif kvotasining amal qilish davri boshidan tegishli oy yakuniga qadar oylar kesimida ajratilgan tarif kvotasining jami hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kifaktcum — “i” anʼanaviy import qiluvchi tomonidan tarif kvotasining amal qilish davri boshidan tegishli oy yakuniga qadar amalda foydalanilgan tarif kvotasining jami hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kioqcum — “i” anʼanaviy import qiluvchining tegishli oy boshiga qadar “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan hajm tarkibiga oʻtkazilgan tarif kvotasining jami hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kioycum = Kioy1 + Kioy2 + ... + Kioym, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kioy1, Kioy2, ... Kioym — “i” anʼanaviy import qiluvchi uchun tarif kvotasining amal qilish davrining birinchi oyidan tegishli “m” oyiga qadar ajratilgan tarif kvotasi hajmlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan oy yakuniga koʻra barcha anʼanaviy import qiluvchilar boʻyicha “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan hajmga oʻtkaziladigan umumiy qoʻshimcha hajm quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kqf = Σkioq, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kqf tegishli oy yakunlariga koʻra “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan hajmga avtomatik tarzda qoʻshiladigan umumiy qoʻshimcha hajm hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilgan avtomatik tarzda aniqlanadigan foydalanilmagan hajm tegishli oy yakunlari boʻyicha “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan qismning umumiy hajmiga qoʻshiladi va talabgorlar oʻrtasida ushbu Nizomning 15 — 18-bandlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Anʼanaviy import qiluvchi oʻziga ajratilgan tarif kvotasi hajmidan umuman foydalanishni rejalashtirmagan taqdirda, tarif kvotasini joriy etish toʻgʻrisidagi eʼlon rasmiy eʼlon qilinganidan soʻng imkon qadar tezroq, biroq tarif kvotasining amal qilish muddati boshlanishidan kamida uch kalendar kun oldin Bojxona qoʻmitasini yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qoʻmitasi mazkur xabarnomani olgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida tegishli anʼanaviy import qiluvchiga ajratilgan tarif kvotasining toʻliq hajmini “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan tarif kvotasi qismi tarkibiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hajm anʼanaviy import qiluvchi uchun oylar kesimida ajratilgan tarif kvotasi hajmlaridan chiqariladi, ushbu bandda nazarda tutilgan foydalanilmagan hajmlarni hisoblashda qaytadan inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur oʻzgarishlar Bojxona qoʻmitasining tegishli axborot tizimlarida aks ettiriladi hamda ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. “Birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. YAAAT tarif kvotalari hajmlarini bojxona yuk deklaratsiyalari qabul qilingan sanalarning xronologik ketma-ketligiga muvofiq “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Talabgor toʻgʻridan-toʻgʻri deklarant sifatida yoki bojxona brokeri vositasida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali taqdim etadigan bojxona yuk deklaratsiyasida tarif kvotasidan foydalanish huquqini olish toʻgʻrisida soʻrov yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarif kvotasidan foydalanish uchun bojxona yuk deklaratsiyasidagi soʻrov YAAAT tomonidan ushbu Nizom va qonunchilik hujjatlariga muvofiq dastlabki avtomatlashtirilgan tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bojxona yuk deklaratsiyasi va unga ilova qilingan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq deb topilsa, soʻrov YAAAT tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi. Bunda bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilingan sana, vaqt hamda talab etilgan hajm qayd etiladi va kvota taqsimotidagi navbat shu sana va vaqt asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YAAAT tomonidan qabul qilingan, bojxona yuk deklaratsiyalari boʻyicha soʻrovlar ular qabul qilingan kalendar kun yakunlari boʻyicha koʻrib chiqiladi. Bunda mazkur kun davomida soat 00:00 dan 23:59 gacha qabul qilingan va belgilangan tartibda roʻyxatga olingan barcha soʻrovlar aynan shu kun yakuni boʻyicha inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar bir xil kalendar kunda YAAAT tomonidan qabul qilingan bojxona yuk deklaratsiyalari boʻyicha tarif kvotasidan foydalanish toʻgʻrisidagi soʻrovlarning jami hajmi tegishli tarif kvotasining mazkur kun boshiga qolgan hajmidan oshib ketsa, qolgan kvota hajmi ushbu kun doirasida soʻrov yuborgan talabgorlar oʻrtasida soʻralgan hajmga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir talabgorga ajratiladigan tarif kvotasi hajmi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qi = Q × Si / S, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Q — tegishli kalendar kun boshiga qolgan tarif kvotasi hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Si — “i” talabgorning hisob-kitobda inobatga olinadigan soʻrov hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — mazkur kalendar kunda YAAAT tomonidan qabul qilingan barcha soʻrovlar boʻyicha jami hajm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qi — “i” talabgorga ajratiladigan tarif kvotasi hajmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitob natijasida yuzaga keladigan kasr koʻrsatkichlari belgilangan oʻlchov birligining eng kichik qiymatigacha YAAAT tomonidan yaxlitlanadi. Yaxlitlash natijasida umumiy ajratilgan hajm tegishli tarif kvotasi qismining qolgan hajmidan oshib ketmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda, kalendar kun yakunlari boʻyicha hisob-kitob amalga oshirilgandan soʻng talabgorning joriy rezerv qilingan hajmi unga ajratiladigan Qi hajmiga muvofiqlashtiriladi. Soʻrovda koʻrsatilgan hajmning Qi hajmidan ortiq qismi avtomatik ravishda joriy rezervdan chiqariladi va erkin qoldiq hajmi tarkibiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. YAAAT tomonidan qabul qilingan bojxona yuk deklaratsiyasi va unga ilova qilingan hujjatlar Bojxona qoʻmitasi tomonidan keyingi bosqichda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur tekshiruv natijasida kamchiliklar aniqlansa, talabgorga ularni bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi hamda kamchiliklar va ularning mazmuni haqida batafsil maʼlumot taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddati Bojxona qoʻmitasi tomonidan kamchiliklarning xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi, biroq ushbu muddat xabarnoma yuborilgan kundan eʼtiboran bir ish kunidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YAAAT tomonidan soʻrov qabul qilinganidan keyin Bojxona qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladigan keyingi tekshiruv kalendar kun yakunidan soʻng ham davom ettirilishi mumkin. Bojxona qoʻmitasi YAAAT tomonidan qabul qilingan soʻrov boʻyicha, kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, yakuniy qarorni imkon qadar tezroq, biroq keyingi ish kunidan kechiktirmay qabul qiladi. Kamchiliklar aniqlangan taqdirda, yakuniy qaror ularni bartaraf etish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyingi ish kunidan kechiktirmay qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aniqlangan kamchiliklar ushbu Nizomning 22-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan ahamiyatsiz buzilishlar jumlasiga kirsa va ular belgilangan muddatda bartaraf etilsa, soʻrov YAAAT tomonidan qayd etilgan dastlabki qabul qilingan sana va vaqtga muvofiq kvota taqsimotidagi oʻz navbatini saqlab qoladi, ajratilgan yoki joriy rezervga qoʻyilgan kvota hajmi esa saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa yoki ular ushbu Nizomning 22-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan qoʻpol buzilishlar hisoblansa hamda bojxona yuk deklaratsiyasi rad etilsa, mazkur deklaratsiya asosida taqdim etilgan soʻrov kvota taqsimotidagi ustuvorligini yoʻqotadi. Bunday hollarda ajratilgan yoki joriy rezervga qoʻyilgan kvota hajmi avtomatik ravishda bekor qilinadi va tegishli hajm erkin qoldiqqa qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Tarif kvotalari boʻyicha eʼlon, rezerv va axborotni yangilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tarif kvotasini joriy etish boʻyicha eʼlonda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif kvotasi joriy etiladigan mahsulotlarning nomi, TIF TN kodi, tavsifi hamda zarur hollarda ayrim mahsulotlarga oid identifikatsiya qiluvchi texnik-parametrik koʻrsatkichlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif kvotasining umumiy hajmi va amal qilish davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif kvotasi doirasida qoʻllanadigan bojxona boji stavkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif kvotasini taqsimlash usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovlarni YAAAT orqali qabul qilish boshlanadigan sana va vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrov yuborish tartibi va unga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aralash taqsimot” usuli qoʻllanganda, tarif kvotasini joriy etish toʻgʻrisidagi eʼlonda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq anʼanaviy import qiluvchilar roʻyxati, ular kesimida ajratilgan umumiy hamda oylar boʻyicha taqsimlangan tarif kvotasi hajmlari, shuningdek, “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan qismning dastlabki umumiy hajmi koʻrsatiladi. Zarur hollarda ushbu Nizomning 13 va 14-bandlariga muvofiq anʼanaviy import qiluvchilarga ajratilgan tarif kvotasi hajmlarida oʻzgarish yuz berganda, tegishli maʼlumotlar yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan tarif kvotasi qismiga oid maʼlumotlar YAAATda shakllantiriladi va Bojxona qoʻmitasining “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali ochiq foydalanish uchun real vaqt rejimida yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarif kvotasining umumiy hajmi faqat “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanganda, tarif kvotasini joriy etish toʻgʻrisidagi eʼlonda ushbu usul asosida taqsimlanadigan tarif kvotasining dastlabki umumiy hajmi koʻrsatiladi hamda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq maʼlumotlar YAAATda shakllantirilib, Bojxona qoʻmitasining “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali ochiq foydalanish uchun real vaqt rejimida yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar oshkor etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Joriy rezerv faqat “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan tarif kvotasi qismidan foydalanish uchun soʻrov yuborgan talabgorlarga nisbatan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tarif kvotasidan foydalanish boʻyicha bojxona yuk deklaratsiyasidagi soʻrov YAAAT tomonidan qabul qilingan paytdan boshlab, soʻrovda koʻrsatilgan hajm “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan tegishli tarif kvotasi qismi doirasida joriy rezerv sifatida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anʼanaviy import qiluvchilarga ajratilgan tarif kvotasi hajmlaridan foydalanish uchun alohida soʻrov yuborish va joriy rezerv yuritish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy rezerv axborot va navbatni yuritish maqsadida amalga oshiriladi hamda u talabgorga tarif kvotasining tegishli hajmi yakuniy ravishda ajratilganini anglatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan tarif kvotasi qismi boʻyicha YAAATda quyidagi maʼlumotlar real vaqt rejimida shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan tarif kvotasi qismining hisob-kitob vaqtidagi umumiy hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilgan hajm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy rezerv qilingan (koʻrib chiqilayotgan) hajm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin qoldiq hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovlar navbati toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan axborot (soʻrov qabul qilingan sana, vaqt va hajm), tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar oshkor etilmagan holda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin qoldiq hajmi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qe = Qu — Qf — Qj, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qe — erkin qoldiq hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qu — “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan tarif kvotasi qismining hisob-kitob vaqtidagi umumiy hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qf — foydalanilgan hajm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qj — joriy rezerv qilingan hajm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qe manfiy qiymatga ega boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qu = Kf + Kx + Kqfcum, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif kvotasining umumiy hajmi faqat “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlangan hollarda, Kf = Kum deb qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kx — anʼanaviy import qiluvchilar tomonidan tarif kvotasi hajmidan umuman foydalanmaslik toʻgʻrisidagi xabarnomalar asosida tarif kvotasi amal qilish muddati boshlanguniga qadar “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan qismga oʻtkazilgan tarif kvotasining jami hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kqfcum — tarif kvotasining amal qilish davri boshidan hisob-kitob vaqtiga qadar tegishli oylar yakunlari boʻyicha aniqlangan Kqf koʻrsatkichlarining jami hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kqfcum = Kqf1 + Kqf2 + ... + Kqfm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qanoatlantirilgan soʻrov boʻyicha tegishli hajm joriy rezervdan chiqarilib, foydalanilgan hajm tarkibiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etilgan soʻrov boʻyicha joriy rezerv avtomatik ravishda bekor qilinadi va tegishli hajm erkin qoldiqqa qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Soʻrovlarni rasmiylashtirish va qoidabuzarlik holatlarida choralar qoʻllash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Soʻrovga majburiy tarzda quyidagi hujjatlar elektron shaklda ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo shartnomasi (kontrakt);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-faktura (invoys) va (yoki) yuk hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovga kiritilgan mahsulotlar nomi, ularning TIF TN kodi va tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif kvotasi mahsulotning maʼlum turiga yoki subkategoriyasiga nisbatan qoʻllangan hollarda ushbu subkategoriyani tasdiqlovchi texnik-parametrik koʻrsatkichlar, jumladan, markasi, tarkibi, oʻlchami, qalinligi, standarti va boshqalar (tarif kvotalarini joriy etish toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar mavjud boʻlmaganda, soʻrov rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. YAAAT tomonidan roʻyxatga olingan va koʻrib chiqishga qabul qilingan soʻrovlar boʻyicha talablarni buzgan talabgorlarga nisbatan quyidagi choralar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) talabgor tomonidan talablar ahamiyatsiz darajada buzilgan taqdirda, yozma ogohlantirish beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahamiyatsiz buzilishlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovga ilova qilingan hujjatlar, soʻrovning oʻzi yoki bojxona yuk deklaratsiyasida texnik xatolar (imzo, rekvizitlar, miqdor, format, oʻlchov birligi) mavjud boʻlib, biroq mahsulotning TIF TN kodi va tavsifi toʻgʻri koʻrsatilgan, mazkur xatolar mahsulotni identifikatsiya qilishga va tarif kvotasi qoʻllanishiga bevosita taʼsir koʻrsatmagan hamda ular qisqa muddatda talabgor tomonidan bartaraf etilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“my.gov.uz” tizimiga hujjatlarning notoʻgʻri formatda yoki sifatsiz skan koʻrinishda yuklanishi, biroq mazkur hujjatlar mazmuni oʻzgarmagan holda qayta taqdim etilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yuk deklaratsiyasida aniqlangan kamchiliklar talabgorga (yoki brokerga) maʼlum qilinganidan soʻng, ularni belgilangan muddatda bartaraf etish boʻyicha bir martalik kechikish, biroq bu holat kvotani asossiz band qilish yoki ataylab notoʻgʻri maʼlumot taqdim etish alomatlarini oʻz ichiga olmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) talabgor tomonidan talablar qoʻpol ravishda buzilgan taqdirda, vakolatli organ bunday talabgorni 12 oygacha boʻlgan muddatga keyingi tarif kvotalari taqsimotlarida ishtirok etishdan cheklash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talablarning qoʻpol buzilishlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ketma-ket ikki marta yoki turli vaqtlarda ikki martadan ortiq hollarda notoʻgʻri maʼlumot taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni soxtalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif kvotasi hajmini haqiqiy ehtiyoj va mahsulotni olib kirish maqsadisiz band qilib olish, shu jumladan, buning natijasida boshqa talabgorlarning tarif kvotasidan foydalanish imkoniyatini cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif kvotasi doirasida ajratilgan hajm boʻyicha mahsulotni asosli sabablarsiz belgilangan muddatlarda olib kirmaslik, shuningdek, kvotadan foydalanish niyati yoki imkoni mavjud emasligi haqida belgilangan muddatda Bojxona qoʻmitasini xabardor qilmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Cheklov muddati talablar buzilishining xususiyati va ogʻirlik darajasidan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bojxona qoʻmitasi kvota soʻrovlari boʻyicha xavf tahlilini oʻtkazadi. Kvota hajmidan foydalanish jarayonida asossiz rezerv qilish, takroran bajarilmaydigan yoki rad etiladigan soʻrovlar yuborish, qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻzaro bogʻliq shaxslar tomonidan kvotani egallashga urinish, shuningdek, ayrim TIF TN kodlari boʻyicha qisqa muddat ichida noodatiy talab yuzaga kelishi alomatlarini aniqlaydi va ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan choralarni qoʻllash boʻyicha vakolatli organga taklif kiritadi yoki vakolatli organni xabardor qilgan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizomni qoʻllash jarayonida yuzaga keladigan nizolar amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarif kvotalarini joriy etish va maʼmuriy boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Tarif kvotalarini joriy etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tegishli vazirlik, idora yoki tadbirkorlik subyekti

Tarif kvotasini joriy etish boʻyicha tashabbusni kiritish

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Masʼul organ

Tashabbus haqida vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilish hamda tarif kvotasini joriy etish boʻyicha taklifni ishlab chiqish uchun birlamchi va tahliliy maʼlumotlarni yigʻishni boshlash

1 ish kunida xabardor qilish 5 ish kunida maʼlumotlarni yigʻishni boshlash

3-bosqich

Masʼul organ

Tegishli maʼlumotlarni yigʻib olgandan soʻng taklifni Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishish uchun yuborish

3 ish kunida

4-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Tarif kvotasini joriy etish boʻyicha xulosalarni taqdim etish

5 ish kunida

5-bosqich

Masʼul organ

Olingan xulosalar asosida konsolidatsiyalashgan takliflarni ishlab chiqish va vakolatli organga kiritish

5 ish kunida

6-bosqich

Vakolatli organ

Konsolidatsiyalashgan taklifni koʻrib chiqish va tarif kvotasini joriy etish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish

10 ish kunida

7-bosqich

Masʼul organ

Qabul qilingan qaror yuzasidan tegishli bildirishnomani taqdim etish

2 ish kunida

8-bosqich

Bojxona qoʻmitasi

Qaror toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish

2 ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.

Tarif kvotasini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror tarif kvotasi kuchga kiradigan sanadan kamida 30 kalendar kun oldin qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarif kvotalarini joriy etish va maʼmuriy boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

“Aralash taqsimot” usuli qoʻllanganda anʼanaviy import qiluvchilar roʻyxati, umumiy hajmlari va oylar boʻyicha ajratilgan hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tashqi savdo faoliyati ishtirokchisining nomi

Mahsulot nomi va TIF TN kodi

Ajratilgan umumiy tarif kvotasi hajmi*

Oylar boʻyicha taqsimlangan tarif kvotasi hajmlari*

1.

……

……

1-oy — ……, 2-oy — ……, 3-oy — ……, 4-oy — ……, 5-oy — ……, 6-oy — ……,

7-oy — ……, 8-oy — ……, 9-oy — ……, 10-oy — …, 11-oy — ……, 12-oy — …

2.

3.

4.

……

……

1-oy — ……, 2-oy — ……, 3-oy — ……, 4-oy — ……, 5-oy — ……, 6-oy — ……,

7-oy — ……, 8-oy — ……, 9-oy — ……, 10-oy — …, 11-oy — ……, 12-oy — …

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Tarif kvotasining amal qilish muddatiga qarab tegishli oylar boʻyicha ustunlar toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Anʼanaviy import qiluvchi tarif kvotasining amal qilish davri uchun oʻziga ajratilgan umumiy hajm doirasida mahsulotni tegishli oy uchun koʻrsatilgan hajmdan ortiq miqdorda olib kirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarif kvotalarini joriy etish va maʼmuriy boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan qism boʻyicha umumiy hajm va foydalanish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mahsulot nomi va TIF TN kodi

Hisob-kitob vaqtidagi umumiy hajm*

Foydalanilgan hajm

Joriy rezerv qilingan hajm

Erkin qoldiq hajmi

……

……

……

……

……

……

……

……

……

……

……

……

……

……

……

……

……

……

……

……

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* “Aralash taqsimot” usuli qoʻllanganda, ushbu hajmga anʼanaviy import qiluvchilar tomonidan foydalanilmaganligi sababli “birinchi kelgan — birinchi oladi” usuli asosida taqsimlanadigan qismga oʻtkazilgan qoʻshimcha hajmlar ham kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 416-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan tarif kvotalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 2-dekabrdagi 728-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Rasmiy statistika faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 6-oktabrdagi 627-son qaroriga 3-ilovaning 66-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2026-y., 09/26/416/0799-son)