Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025 07.04.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1335
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTI (14-SON BHMS)
“XUSUSIY KAPITAL TOʻGʻRISIDA HISOBOT”NI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 7-aprel 1335-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 130-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) “Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati”ni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3544, 06.08.2024-y.) asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (14-son BHMS) “Xususiy kapital toʻgʻrisida hisobot” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri M. NURMUROTOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 1-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TASDIQLAYMAN”
moliya vaziri 2004-yil 1-martdagi 36-son buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (14-sonli BHMS) “Xususiy kapital toʻgʻrisida hisobot”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur standartning maqsadi, xususiy kapital bilan bogʻliq axborotni aks ettirishni tartibga solish, shuningdek, xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot mazmunini belgilash hisoblanadi. Standart moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi sifatida xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etishda yoritib berilishi lozim boʻlgan axborotlarga qoʻyiladigan talablardan tarkib topgan. Ushbu talablar boshqa standartlarda mavjud boʻlgan va xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobotning oʻziga xos muammolarini qamrab oladigan yoritib berish talablariga muvofiq toʻldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan (budjet tashkilotlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) xususiy kapital toʻgʻrisidagi axborotni tayyorlash va yoritib berish jarayonida mazkur standart talablari rioya etishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobotni tuzishning maqsadi boʻlib, xususiy kapitalning hisobot davri boshiga va oxiriga boʻlgan holati va hisobot davri mobaynida uning tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotni yoritib berish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Axborotni yoritib berishning asosiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xususiy kapital tushunchasi Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos (roʻyxat raqami 475, 1998-yil 14-avgust) va Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-son BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobotlar” (roʻyxat raqami 474-son, 1998-yil 14-avgust) da keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobotning manzilli qismida hisobot sanasi, xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi, tarmogʻi, mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy shakli va toʻliq yuridik manzili, xoʻjalik yurituvchi subyekt uning egaligida boʻlgan organning nomi, xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlash vaqtida foydalanilgan oʻlchov birligi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hisobotda xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari toʻgʻrisida, ustav kapitali, qoʻshilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), sotib olingan xususiy aksiyalar va boshqa xususiy kapital elementlari toʻgʻrisidagi axborot yoritib berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot davri boshiga va oxiriga boʻlgan tegishli axborotni yoritib berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hisobotda hisobot davridagi xususiy kapital tarkibida boʻlgan oʻzgarishlar haqidagi axborot yoritib berilgan boʻlishi kerak. Buning uchun quyidagilar toʻgʻrisidagi axborotlarni yoritib berish kerak: qimmatli qogʻozlar emissiyasi, uzoq muddatli aktivlarning qayta baholanishi, ustav kapitalini shakllantirishdagi valyuta kursidagi farqlar, rezerv kapitalga ajratmalar, joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari), tekinga olingan mol-mulk, pul dividendlari va aksiyalar koʻrinishida toʻlanadigan dividendlar, shuningdek, xususiy kapitalni shakllantirishning boshqa manbalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobotda quyidagilar toʻgʻrisidagi axborot ham yoritib berilishi kerak: chiqarilgan aksiyalar soni, aksiyalarning nominal qiymati, muomaladagi aksiyalar soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ikki hisobot davri oʻrtasida xususiy kapital tarkibidagi oʻzgarishlar moliyaviy hisobotlarda qabul qilingan va yoritib beriladigan baholashning aniq prinsipidan kelib chiqqan holda hisobot davri davomidagi sof aktivlarning koʻpayishi yoki kamayishini aks ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur standartda sof aktivlar deganda xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻz mablagʻlari bilan taʼminlangan uzoq muddatli va joriy aktivlarning qiymati, yaʼni xoʻjalik yurituvchi subyektning qarz majburiyatlaridan ozod boʻlgan mol-mulk qiymati tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot qismiga tushuntirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobotga tushuntirishda ishtirokchining chiqib ketishi, aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyalarning sotib olinishi yoki sotib olingan aksiyalarning bekor qilinishi, aksiyalar nominal qiymatining pasayishi yoki boshqa sabablarga koʻra xoʻjalik yurituvchi subyekt xususiy kapitalining kamayib ketganligi haqidagi maʼlumotlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Aksiyadorlik jamiyatlari xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobotga tushuntirishda quyidagilar haqidagi axborotlarni keltiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) obuna amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan aksiyalarning umumiy soni va nominal qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) nazarda tutilgan miqdorlar bilan taqqoslaganda obuna amalga oshirilgan aksiyalarning umumiy miqdori va nominal qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aksiyalarga obunaning borishida olingan mablagʻlarning umumiy summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ayrim turlar va toifalar boʻyicha ustav kapitali tarkibidagi aksiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanmagan jamlangan dividendlar summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) aksiyalar koʻrinishida toʻlanadigan dividendlar, xususan, toʻlanadigan aksiyalarning soni va qiymati, shuningdek, ularning turlari yoki toifalari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) hisobot davrida yuz bergan maydalash yoki qoʻshib yuborishlar va aksiyalarning maydalanishi yoki qoʻshib yuborilishigacha va undan keyingi aksiyalarning nominal qiymati toʻgʻrisidagi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Aksiyalarga obuna boʻlishdan olingan mablagʻlarning umumiy summasi, tushuntirish qismida quyidagilar kesimida keltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aksiyalar uchun toʻlov sifatida kiritilgan barcha pul mablagʻlari, aksiyalar sonini koʻrsatgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aksiyalar uchun toʻlov sifatida kiritilgan mol-mulkning qiymat bahosi, aksiyalar sonini koʻrsatgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aksiyalar uchun toʻlov sifatida kiritilgan chet el valyutasining umumiy summasi, aksiyalar soni va valyuta hisobga kiritilgan kursni koʻrsatgan holda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ustav kapitali tarkibidagi aksiyalar toʻgʻrisidagi axborotlar tushuntirishda alohida turlari va toifalari boʻyicha keltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chiqarilgan aksiyalar soni, ustav kapitalining toʻlanmagan qismini koʻrsatgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aksiyaning nominal qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) hisobot davri mobaynida muomalada boʻlgan aksiyalar sonidagi oʻzgarishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) aksiyalar bilan bogʻliq huquqlar, imtiyozlar va cheklashlar, shu jumladan dividendlarning taqsimlanishi va kapitalning qaytarib berilishi boʻyicha cheklashlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) jamiyatning oʻziga, uning shuʼba va uyushgan korxonalariga tegishli aksiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) taʼsischilar roʻyxati va ular egalik qilayotgan aksiyalar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ijroiya organ aʼzolarining mulki boʻlgan aksiyalar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) opsionlar va boshqa shartnomalarga muvofiq chiqarish uchun zaxiralashtirilgan aksiyalar, ularning muddatlari va summalarini koʻrsatgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) konvertatsiya qilinadigan (aksiyalarga yoki obligatsiyalarga) aksiyalarning soni va nominal qiymati hamda ushbu aksiyalarning qarzga oid qimmatli qogʻozlarga konvertatsiya qilingan hollarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan majburiyatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Boshqa barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlar izohlarida quyidagilar axborotlarni keltiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mulk egalari oʻrtasida ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu ulushlarga tegishli huquqlar, imtiyozlar yoki cheklashlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ustav kapitalidagi mulk egalari ulushi tarkibidagi oʻzgarishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot qismiga tushuntirish xati Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-son BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” (roʻyxat raqami 474, 1998-yil 14-avgust)da belgilangan talablarga muvofiq tuziladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 14-son, 174-modda)