20.07.2026 yildagi F-40-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Parlamentlararo ittifoq oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, global miqyosda yoshlar parlamentarizmini rivojlantirish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda qonun chiqaruvchi organlarning rolini kuchaytirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Parlamentlararo ittifoqning Yosh parlament aʼzolarining XII butunjahon konferensiyasini (keyingi oʻrinlarda — Konferensiya) 2026-yil 4 — 6-sentabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining tashabbusi Parlamentlararo ittifoq tomonidan qoʻllab-quvvatlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasining Konferensiya doirasida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik boʻyicha III global forumi (keyingi oʻrinlarda — Forum) va 2026-yil avgust oyida Barqaror rivojlanish oyligini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkiliy qoʻmita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha masʼul davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Konferensiya va Forumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishda yuzaga keladigan tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Samarqand shahrida tadbir oʻtkaziladigan joylarning zamonaviy texnika va telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) tadbirga oid axborot-tahliliy va boshqa hujjatlarning oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Konferensiya va Forum boʻlib oʻtadigan hududlarni obodonlashtirish ishlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini, obyektlar va mehmonxona fondining tayyorligini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Konferensiya va Forum ishtirokchilarining kelishi va ketishi, ularga kirish vizalarini rasmiylashtirish, transport va tibbiy xizmatlar koʻrsatish masalalari samarali hal qilinishini muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) Konferensiya va Forumning Samarqandda oʻtkazilishining ahamiyati haqida yuqori sifatli mediamahsulotlar hamda audiovizual asarlar yaratib, ularni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida efirga berib borish, internet va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish orqali keng targʻib qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) zaruratga koʻra, Konferensiya va Forum doirasida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar mohiyatini xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga yetkazishga qaratilgan qoʻshimcha tadbirlarni (side events) oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) zaruratga koʻra, Oʻzbekistonning diqqatga sazovor joylari boʻylab madaniy tadbirlar va xorijiy mehmonlarning tashriflarini tashkil etsin hamda Konferensiya va Forumni yuqori saviyada oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa tezkor choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Konferensiya va Forum “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Yoshlar ishlari agentligi Tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “InterForum” davlat unitar korxonasi Konferensiya va Forumni tashkil etishga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha bosh operator hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) vazirliklar va idoralarning birinchi rahbarlari ushbu farmoyishda nazarda tutilgan topshiriqlar, shuningdek, Tashkiliy qoʻmitaning tezkor koʻrsatmalari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Transport vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda barcha xorijiy ishtirokchilarni aeroport (vokzal)da kutib olish va kuzatish hamda tadbir dasturi asosida harakatlanishi uchun transport vositalarini ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashqi ishlar vazirligi Oliy Majlis Senati devonining viza talabnomalariga binoan Konferensiya va Forumda ishtirok etadigan xorijiy ishtirokchilarga kirish vizalarini konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirmasdan, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi Toshkent hamda Samarqand xalqaro aeroportlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Milliy gvardiya bilan birgalikda Konferensiya va Forum oʻtkaziladigan hududlarda, ishtirokchilar va mehmonlar toʻplanadigan joylarda, mehmonxonalarda hamda ularning atrofida jamoat tartibini saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Konferensiya va Forumga tashrif buyuradigan delegatsiya aʼzolari xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoʻl harakati qoidalariga muvofiq hamrohlik qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Konferensiya va Forum oʻtkaziladigan obyektlar hamda ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi Konferensiya va Forum oʻtkaziladigan joylarda tez tibbiy yordam brigadalari faoliyati tashkil etilishini, tadbir oʻtkaziladigan joyda sogʻliqni saqlash hamda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil 1-avgustga qadar tadbirda ishtirok etish talablarini, xorijiy ishtirokchilarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazishni hamda Konferensiya va Forum doirasida boʻlib oʻtadigan barcha tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi veb-saytni yaratish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oliy Majlis Senati va Yoshlar ishlari agentligining murojaatiga asosan belgilangan tartibda tadbir oʻtkaziladigan konferensiya va koʻrgazma zallari, matbuot xonalarini zarur texnika vositalari, sinxron tarjima jihozlari va internet xizmati bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tashkiliy qoʻmita talabnomasiga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Uzbekistan Airways” AJga xorijiy ishtirokchilar uchun xalqaro va mahalliy aviaqatnovlarga joylar belgilangan tartibda band qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga xorijiy ishtirokchilar uchun qatnovdagi poyezdlarning barcha turlariga belgilangan tartibda temir yoʻl chiptalarini zaxiraga olish tavsiya etilsin. Bunda ishtirokchilar uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tarkibiy boʻlinmalari bilan shartnoma asosida chiptalar xarid qilinishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Turizm qoʻmitasi tadbirlar oʻtadigan hududlarda ishtirokchilarga yashash uchun qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent va Samarqand shaharlarida yetarli mehmonxona fondi shakllantirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Moliyaviy resurslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilansinki, Konferensiya va Forumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Tashkiliy qoʻmita tomonidan ishlab chiqiladigan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan smeta asosida quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Samarqand viloyatining zaxira jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F-40-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-iyuldagi F-40-son farmoyishiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

T.K. Narbayeva

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Tashkiliy qoʻmita hamraisi

2.

N.M. Ismoilov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri, Tashkiliy qoʻmita hamraisi

3.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita hamraisi

4.

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri

5.

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

6.

A.A. Tashpulatov

ichki ishlar vaziri

7.

B.X. Tashmatov

Milliy gvardiya qoʻmondoni

8.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

9.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

10.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

11.

E.T. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori

12.

A.M. Boboyev

Samarqand viloyati hokimi

13.

Sh.B. Umurzakov

Toshkent shahar hokimi

14.

A.A. Djurabayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

15.

B.M. Bekmurodov

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi

16.

A.Z. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

17.

T.T. Shamsibayev

“InterForum” DUK direktori

18.

A.M. Muminov

Yoshlar ishlari agentligi direktorining oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-iyuldagi F-40-son farmoyishiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha dastlabki chora-tadbirlar

1.

Parlamentlararo ittifoq (keyingi oʻrinlarda — PI) vakillarining Konferensiya va Global forumga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazish uchun Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish.

1. Delegatsiya tarkibi va tashriflar kun tartiblarini ishlab chiqish.

2026-yil iyul

Tashkiliy qoʻmita,

Oliy Majlis Senati,

Tashqi ishlar vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. PI vakillarining tashriflari bilan bogʻliq tashkiliy, logistika va boshqa masalalarni hal qilish.

3. Tashriflarni tashkiliy jihatdan yuqori darajada va mazmunli oʻtkazish.

Kelishilgan muddatlarda

2.

Parlamentlararo ittifoq kotibiyati (keyingi oʻrinlarda — PIK) bilan birgalikda Konferensiya va Global forumni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar smetasi va budjetini tayyorlash.

1. PIK bilan maslahatlashuvlarni inobatga olib, Oliy Majlis Senati va PI oʻrtasida imzolangan bitimdan kelib chiqqan holda xarajatlar smetasi loyihasini tayyorlash.

PIK bilan kelishilgan muddatda

Tashkiliy qoʻmita,

Oliy Majlis Senati,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Turizm qoʻmitasi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

“InterForum” DUK,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Konferensiya va Global forum bilan bogʻliq tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan xarajatlar smetasini tasdiqlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini tayyorlash.

2026-yil iyul

3.

Konferensiya va Global forumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha masalalarni tezkor hal qilish boʻyicha shtab (keyingi oʻrinlarda — Shtab) tashkil etish.

Bunda Shtab rahbari Ishchi organga hisobdor boʻladi hamda vazirlik, idora va tashkilotlardan xodimlarni qoʻshimcha ravishda jalb qilishga haqli.

1. Tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Shtab tarkibini shakllantirish, tasdiqlash hamda uning faoliyatini muntazam yoʻlga qoʻyish.

2026-yil iyul

Tashkiliy qoʻmita

2. Mavjud masalalarni tezkorlik bilan hal qilish uchun PIK bilan aloqalar oʻrnatish va yaqin hamkorlikni amalga oshirish.

Muntazam ravishda

Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi

3. Tadbir ishtirokchilarini roʻyxatga olish uchun dasturiy taʼminot (maʼlumotlar bazasi) yaratish va Konferensiya hamda Global forum dasturi loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy Majlis Senati,

“InterForum” DUK

4. Taklifnomalarni tayyorlash va ularni tadbirlar ishtirokchilariga yuborish.

PIK bilan kelishilgan muddatda

Oliy Majlis palatalari,

Yoshlar ishlari agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi

5. Tadbirlarning rasmiy veb-sahifasini ishlab chiqish (oʻzbek, rus va ingliz tillarida), uni doimiy yangilab turish va keng jamoatchilikka yetkazish.

2026-yil iyul — sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy Majlis Senati

4.

Barqaror rivojlanish oyligini tashkil etish.

1. Barqaror rivojlanish oyligining maqsad va vazifalarini belgilash, yagona konsepsiya, respublika miqyosidagi tadbirlar rejasi va xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil iyul

“Yuksalish” umummilliy harakati,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy Majlis Senati,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

2. Respublika va hududlarda oʻtkaziladigan tematik tadbirlarni tashkil etish, ularni yoritishni taʼminlash va axborot kampaniyasini kuchaytirish.

2026-yil iyul-avgust

3. Barqaror rivojlanish oyligi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijalarini umumlashtirish hamda tahliliy maʼlumotnomani tayyorlash.

2026-yil sentabr

II. Infratuzilma obyektlarini tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar

5.

Samarqand shahridagi obyektlarni Konferensiya hamda Global forum va ular doirasidagi tadbirlar, sessiyalar va uchrashuvlarni yuqori darajada oʻtkazish uchun tayyorlash.

1. “Silk Road Samarkandmajmuasini tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

2026-yil iyul-avgust

Tashkiliy qoʻmita,

Silk Road Samarkand” majmuasi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

“InterForum” DUK,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Samarqand shahrida Konferensiya va Global forum ishtirokchilari borishi mumkin boʻlgan obyektlarni tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

2026-yil iyul-avgust

Tashkiliy qoʻmita,

Samarqand viloyati hokimligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

“InterForum” DUK,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3. Samarqand shahridagi tadbirlar davomida tashrif buyuriladigan barcha obyektlarni (moddiy, madaniy meros obyektlari bundan mustasno) tayyorlash, qurish va bezash (protokol atributlari, bannerlar, kutib olish shiorlari, LED-ekranlar, yoritish uskunalari, bayroq, mebel va boshqalarni xarid qilish va ijaraga olish).

Kelishuvga binoan

Tashkiliy qoʻmita,

Samarqand viloyati hokimligi,

“InterForum” DUK,

manfaatdor vazirlik va idoralar

4. Konferensiya va Global forum oʻtkaziladigan joylarni ovoz kuchaytirgichlar hamda BMTning oltita tili (arab, xitoy, ingliz, fransuz, rus va ispan), oʻzbek va boshqa tillarga tarjima qilish uchun zarur jihozlar bilan oʻrnatilgan tartibda taʼminlash.

2026-yil avgust-sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“InterForum” DUK,

Silk Road Samarkand” majmuasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

5. “Silk Road Samarkand” majmuasi binosining yalpi majlis, sessiyalar va barcha tegishli yigʻilishlarga tayyorligini taʼminlash, delegatsiyalar uchun ofis va muzokaralar xonalarini, shuningdek, boshqa zarur binolarni oldindan tayyor holga keltirish. Konferensiya va Global forum boʻlib oʻtadigan joylar va yoʻnalishlarda bannerlar oʻrnatish va gullar bilan bezash.

PIK bilan kelishilgan muddatlarda

“InterForum” DUK,

Silk Road Samarkand” majmuasi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

6. Konferensiya va Global forum boʻlib oʻtadigan joyni PI talablari asosida barcha zamonaviy va zarur boʻlgan texnik jihozlar, shu jumladan, yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan oʻrnatilgan tartibda taʼminlash.

2026-yil avgust-sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Silk Road Samarkand” majmuasi,

“InterForum” DUK,

Yoshlar ishlari agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

7. Konferensiya va Global forumda BMTning oltita tili (arab, xitoy, ingliz, fransuz, rus va ispan), oʻzbek va boshqa tillariga tarjima qilish uchun tarjimonlarni yollash va ularning ishi bilan bogʻliq barcha xarajatlarni qoplash.

2026-yil sentabr

“InterForum” DUK,

Turizm qoʻmitasi,

Yoshlar ishlar agentligi,

Tashkiliy qoʻmita

6.

Mehmonlarni qabul qilish va ularning harakatlanishi uchun Samarqand shahri transport infratuzilmasini oldindan tayyorlash.

1. Samarqand shahridagi transport infratuzilmasini takomillashtirish, shu jumladan, aeroport va temir yoʻl vokzalini mehmonlarni qabul qilish va harakatlanishi uchun tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

2026-yil iyul-avgust

Transport vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Toshkent shahri hokimligi,

“Uzbekistan Airports” AJ,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Samarqand shahridagi aeroport va temir yoʻl vokzalida Konferensiya va Global forum ishtirokchilari uchun alohida “yashil yoʻlaklar”, pasport nazorati uchun qoʻshimcha kabinalar va boshqalarni tashkil etish.

2026-yil avgust-sentabr

3. Tashkiliy masalalarni tezroq hal qilish uchun aeroport va temir yoʻl vokzali kelish va ketish zallarida maxsus joylarni tayyorlash.

Tadbir ochilishidan ikki hafta oldin

4. Konferensiya va Global forum ishtirokchilarining Samarqand shahridagi aeroport va temir yoʻl vokzalidagi “VIP”, “CIP”, “Business Lounge” zallari orqali pasport va bojxona nazoratidan belgilangan tartibda tezkorlik bilan oʻtishini taʼminlash.

2026-yil avgust-sentabr

Transport vazirligi,

Bojxona qoʻmitasi,

DXX Chegara qoʻshinlari,

Toshkent shahri hokimligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

“Uzbekistan Airports” AJ,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

manfaatdor vazirlik va idoralar

5. Toshkent va Samarqand shaharlaridagi aeroportlar, temir yoʻl vokzallari, koʻchalar va boshqa jamoat joylarining bezatilishi, shuningdek, “Silk Road Samarkand” majmuasi hududida va Samarqand shahrida joylashgan mehmonxonalar, ekspomarkazda ofislar, keytering hududlar va sessiya uchun zallar qurish va bezatish.

2026-yil avgust-sentabr

Transport vazirligi,

Toshkent shahri hokimligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

“InterForum” DUK,

Turizm qoʻmitasi

III. Tadbirlar ishtirokchilarining Oʻzbekistonda boʻlishi bilan bogʻliq masalalarni hal qilish boʻyicha chora-tadbirlar

7.

Konferensiya va Global forumda ishtirok etadigan chet ellik ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalarini konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirmasdan, zarur hollarda, I. Karimov nomidagi Toshkent hamda Samarqand xalqaro aeroportlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirish.

1. Tadbir delegatlari uchun kirish vizalari va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq masalalarni hal etish.

2. Viza anketalarini tayyorlash va rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash.

2026-yil iyul — sentabr

Tashqi ishlar vazirligi,

Yoshlar ishlar agentligi,

“InterForum” DUK,

Tashkiliy qoʻmita

8.

Delegatsiyalar aʼzolarini Samarqand shahridagi mehmonxonalarga joylashtirish.

1. “Silk Road Samarkand” majmuasi va Samarqand shahridagi boshqa mehmonxonalardagi boʻsh oʻrinlar va xonalar soni hamda xonalar toifasini tadbir tashkilotchilariga taqdim etish.

2026-yil iyul-avgust

Turizm qoʻmitasi

2. Xorijiy delegatsiyalar (500 ga yaqin delegatlar) tomonidan band qilish uchun Samarqand shahrida tayyorlangan asosiy va zaxira roʻyxatini shakllantirish, uni Parlamentlararo ittifoq kotibiyatiga taqdim etish.

2026-yil iyul

Turizm qoʻmitasi

3. Tadbir tashkilotchilari tomonidan ishtirokchilar soni va tarkibidan kelib chiqib, Parlamentlararo ittifoqning talablari asosida “Silk Road Samarkand” majmuasi va Samarqand shahridagi boshqa mehmonxonalarni mehmonlar darajasidan kelib chiqqan holda xonalarga joylashtirish boʻyicha reja ishlab chiqish.

2026-yil iyul-avgust

Turizm qoʻmitasi,

Oliy Majlis Senati,

Yoshlar ishlari agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

4. Xarajatlari Oʻzbekiston tomonidan qoplanadigan ishtirokchilar sonidan kelib chiqib (PI rahbariyati, xalqaro ekspertlar va mutaxassislar), mehmonxona xonalarini band qilish boʻyicha tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish.

2026-yil iyul-avgust

Turizm qoʻmitasi,

Oliy Majlis Senati,

“Silk Road Samarkand” majmuasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Konferensiya va Global forum ishtirokchilarini transport bilan taʼminlash.

1. Samarqand boʻylab Konferensiya va Global forum ishtirokchilari harakatlanishini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish (xarajatlar Oʻzbekiston tomonidan qoplanadi).

2026-yil iyul

Transport vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Toshkent shahri hokimligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Delegatsiyalarni avtotransport vositalari bilan taʼminlash uchun avtomobillar parkini shakllantirish, shuningdek, qoʻshimcha transport vositalarini sotib olish va ijaraga olish boʻyicha takliflar kiritish.

2026-yil iyul

3. Delegatsiyalarga ajratilgan avtotransport vositalari haydovchilarining xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv treninglar tashkil etish.

Tadbir ochilishidan bir oy oldin

4. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalarni tezkor hal etish uchun Shtabda hamda Samarqand va Toshkent shahridagi kelish va chiqish nuqtalarida (aeroport va vokzalda) avtotransport vositalarini tarqatish punktlarini tashkil etish.

Tadbir ochilishidan ikki hafta oldin

5. Mehmonxonalar va tadbirlar oʻtkaziladigan joy oʻrtasida ishtirokchilar harakatlanishi uchun “yashil yoʻlak” yaratish.

Tadbirlarni oʻtkazish kunlarida

6. Yuqori martabali ishtirokchilar, shu jumladan, PI rahbariyatiga alohida avtomashinalar biriktirish.

Soʻrovga binoan

10.

Samarqand shahrida, kelish va ketish punktlarida mehmonlar va delegatsiyalar uchun ovqatlanishni tashkil etish.

1. Ishtirokchilarning ovqatlanishi boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish (mehmonlarning ovqatlanish xarajatlari Oʻzbekiston tomonidan qoplanadi).

2026-yil iyul

Tashkiliy qoʻmita,

Samarqand viloyati hokimligi,

“InterForum” DUK,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Samarqand shahrida talabga javob beradigan ovqatlanish nuqtalari roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil avgust

3. Konferensiya va Global forum ishtirokchilari uchun tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda bepul ovqatlanishni tashkil etish (tushlik, kechki ovqat va kofe-breyklar).

2026-yil sentabr

4. Konferensiya va Global forumga tayyorgarlik koʻrish va ular boʻlib oʻtadigan kunlarda tegishli joy va hududlarda xizmat olib borish uchun jalb qilingan volontyorlar, shtab aʼzolari, xavfsizlik tashkilotlari, haydovchilar va boshqa xizmat koʻrsatuvchilar uchun nonushta, tushlik va kechki ovqatlarni tashkil etish.

2026-yil avgust-sentabr

11.

Tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Konferensiya va Global forum davomida jamoat tartibi va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha harakatlar rejasini tayyorlash va tasdiqlash.

2026-yil iyul

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

“Kiberxavfsizlik markazi” DM,

Silk Road Samarkand” majmuasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. PI talablarini hisobga olgan holda xavfsizlik bayonini PIK bilan kelishish.

Kelishuvga binoan

3. Jamoat tartibi va xavfsizlikni taʼminlash choralarini koʻrish.

Tadbir davomida

4. Konferensiya va Global forum oʻtkaziladigan joylarda lokal tarmoqlarda kiberxavfsizlikni taʼminlash.

Tadbir davomida

12.

Konferensiya va Global forum ishtirokchilariga tibbiy va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish.

1. Tadbirlar ishtirokchilariga tibbiy va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish rejasini ishlab chiqish.

2026-yil iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Silk Road Samarkand” majmuasi

2. “Silk Road Samarkand” majmuasi hududida, Samarqand shahrida, kelish-ketish nuqtalarida (aeroport, vokzal) ishtirokchilarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha tibbiyot punktlarini tashkil etish.

2026-yil sentabr

3. Ishtirokchilarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun Samarqand viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida zaxira oʻrinlarini yaratish.

2026-yil sentabr

13.

Delegatsiya rahbarlariga vazirlik va idoralar vakillarini, shuningdek, volontyorlarni biriktirish.

1. PI rahbariyati, xorijiy parlamentlar delegatsiya rahbarlariga hamrohlik qilish uchun vazirlik va idoralar vakillarini biriktirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2026-yil iyul

Tashkiliy qoʻmita,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Delegatsiya rahbarlariga biriktiriladigan vazirlik va idoralar vakillarining maxsus maʼlumotlar bazasini yaratish.

2026-yil iyul

3. Volontyorlarning yagona roʻyxatini shakllantirish, kelish-ketish nuqtalari, mehmonxonalar, tadbir oʻtadigan joylarda, xorijiy delegatsiyalarni kuzatib borishda yordam berish uchun ularni taqsimlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2026-yil iyul

4. Xorijiy ishtirokchilarga biriktirilgan gid-tarjimon hamda volontyor kuzatuvchilar uchun tushlik va kechki ovqatni tashkil etish.

2026-yil sentabr

InterForum” DUK,

Samarqand viloyati hokimligi

5. Anjuman davomida xorijiy mehmonlarga hamrohlik qiluvchi volontyorlarni va olib yurishga biriktirilgan haydovchilarni tadbir jarayonida bir xil kiyim (uniforma) va poyabzallar bilan taʼminlash.

2026-yil avgust

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

IV. Madaniy dastur va suvenir mahsulotlarini tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar

14.

Konferensiya va Global forum ishtirokchilari uchun belgilangan tartibda madaniy tadbirlar tashkil etish.

Konferensiya va Global forum ishtirokchilari uchun Samarqand shahrida madaniy tadbirlarni tashkil etish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil iyul-avgust

Madaniyat vazirligi,

Madaniy meros agentligi,

Turizm qoʻmitasi,

Samarqand viloyati hokimligi,

“InterForum” DUK,

manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Konferensiya va Global forum ishtirokchilari uchun ekskursiyalar tashkil etish.

1. Konferensiya va Global forum ishtirokchilari uchun Samarqand shahrida ekskursiya va koʻrgazmalar tashkil etish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Xorijiy delegatsiyalarning xohish-istagiga koʻra Oʻzbekistonning boshqa tarixiy shaharlariga ekskursiya tashkil etish.

2026-yil sentabr

Turizm qoʻmitasi,

Madaniy meros agentligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Tarqatma materiallar va esdalik sovgʻalarini tayyorlash.

1. Ishtirokchilar uchun tarqatma materiallar tayyorlash (portfel, papka, ruchka, bloknot, koʻkrak nishoni va boshqalar).

2026-yil iyul

“InterForum” DUK,

Oliy Majlis Senati,

Yoshlar ishlari agentligi,

Tashkiliy qoʻmita

2. Sovgʻalarda aks ettiriladigan eskiz, logotip va boshqa atributlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil iyul

3. Tarqatma materiallar, esdalik sovgʻalari, suvenirlar bilan taʼminlash.

2026-yil avgust

V. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish boʻyicha chora-tadbirlar

17.

Konferensiya va Global forumni yoritish boʻyicha keng PR-kampaniyani tashkil etish.

1. Konferensiya va Global forumni yoritish boʻyicha mediarejani tayyorlash, tasdiqlash va amalga oshirish.

2026-yil iyul

Oliy Majlis Senati,

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

“Dunyo” axborot agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Samarqand shahrida Konferensiya va Global forumni oʻtkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida videoroliklar, bosma va boshqa materiallarni tayyorlash va nashr etish.

3. Oʻzbekistonda va chet elda axborot-targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

4. Konferensiya va Global forum toʻgʻrisida axborot (anons) tayyorlash va eʼlon qilish.

2026-yil avgust-sentabr

18.

Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish.

1. Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish boshlanganligi toʻgʻrisidagi xabarni eʼlon qilish.

Kelishuvga binoan

Tashqi ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi

2. Konferensiya va Global forumni yoritish uchun mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazishga koʻmaklashish.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi

3. Konferensiya va Global forumni yoritish uchun xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish.

Tashqi ishlar vazirligi

19.

Konferensiya va Forum matbuot markazi faoliyatini taʼminlash.

1. Konferensiya va Global forum matbuot markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish, uni oʻrnatilgan tartibda jihozlash.

Kelishuvga binoan

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Tashkiliy qoʻmita,

“InterForum” DUK

2. Konferensiya va Global forum matbuot markazini yuqori tezlikdagi simli va simsiz internet bilan oʻrnatilgan tartibda taʼminlash.

3. Konferensiya va Global forum matbuot markazida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tushlik, kechki ovqat va kofe-breyklar tashkil etish.

VI. Axborot-mazmuniy qism boʻyicha chora-tadbirlar

20.

Konferensiya va Global forum faoliyatini axborot-tahliliy taʼminlash boʻyicha axborot guruhini (keyingi oʻrinlarda — axborot guruhi) tashkil etish. Bunda:

axborot guruhi tarkibi Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi;

axborot guruhi tadbirlar va unda koʻtarilayotgan masalalar mazmun-mohiyatini toʻgʻri va oʻz vaqtida yetkazish boʻyicha materiallarni tayyorlaydi;

axborot guruhi amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Tashkiliy qoʻmitaga doimiy axborot berib boradi.

1. Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari vakillaridan (Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Parlament tadqiqotlari instituti, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va b.) iborat axborot guruhi tarkibini shakllantirish, tasdiqlash hamda uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil iyul

Tashkiliy qoʻmita

2. Axborot guruhi tomonidan Konferensiya va Global forum faoliyatini yoritish boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlash va Shtabga taqdim etib borish.

2026-yil avgust-sentabr

Axborot guruhi

21.

Konferensiya va Global forum dasturi va kun tartibini shakllantirish.

1. PIK bilan birgalikda Konferensiya va Global forum, ular doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar reglamenti, dastlabki dasturi, kun tartibini shakllantirish.

2026-yil iyul

Tashkiliy qoʻmita,

Oliy Majlis Senati,

Yoshlar ishlari agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Konferensiya va Global forum, ular doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil iyul-avgust

3. Konferensiya va Global forum, ular doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarning yakuniy dasturi va ssenariysini ishlab chiqish.

2026-yil iyul

4. Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi rahbarining tadbirlar ishtirokchilari bilan uchrashuvlariga oid materiallarini tayyorlash va kelishish.

2026-yil iyul-avgust

22.

“Samarqand — yoshlar diplomatiyasi maydonida” mavzusida maxsus kitob-albomini tayyorlash va chop etish.

1. Kitob-albomning mualliflar (ijodiy guruh) aʼzolarini shakllantirish.

2026-yil iyul

Tashkiliy qoʻmita,

Yoshlar ishlari agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Kitob-albom loyihasini tayyorlash va Tashkiliy qoʻmita bilan kelishish.

2026-yil iyul

3. Kitob-albomni nashr etish.

2026-yil avgust

23.

Oliy Majlis Senati devonining PI huzuridagi Parlamentlar bosh kotiblari assotsiatsiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Assotsiatsiya) aʼzoligi doirasidagi faoliyatni tashkil etish va Assotsiatsiyaga aʼzolik badalini oʻz vaqtida toʻlab borish.

1. Assotsiatsiya bilan hamkorlikni rivojlantirish.

2. Assotsiatsiya tadbirlarida muntazam ishtirok etishni taʼminlash.

3. Har yillik aʼzolik badali miqdorini aniqlash.

Doimiy ravishda

Oliy Majlis Senati,

Tashqi ishlar vazirligi

4. Toʻlovlarni belgilangan tartibda amalga oshirish.

Har yili 1-martga qadar

Oliy Majlis Senati,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

VII. Tadbirlarni oʻtkazish va uning yakunlarini keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha chora-tadbirlar

24.

Samarqand shahrida Konferensiya va Global forumni oʻtkazish.

1. Protokol atributlarini (bayroqlar, flagshtoklar, koʻrsatkichlar, beyjiklar, belgilar va b.) hamda Oliy Majlis Senati va Parlamentlararo ittifoq oʻrtasida imzolangan bitimda koʻrsatilgan barcha zarur jihozlarni oldindan tayyorlash.

2026-yil iyul-avgust

Oliy Majlis Senati,

Bojxona qoʻmitasi,

Soliq qoʻmitasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

“InterForum” DUK,

Tashqi ishlar vazirligi,

Silk Road Samarkand” majmuasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Konferensiya va Global forum, ularning doirasidagi tadbirlarni yuqori darajada oʻtkazish.

2026-yil sentabr

3. Konferensiya va Global forum tadbirlari doirasida foydalanish va tarqatish uchun respublikaga olib kelinadigan va olib chiqib ketiladigan texnik vositalar, tovarlar, buyumlar va boshqalarni QQS, bojxona toʻlovlari va yigʻimlaridan ozod etgan holda qisqa muddatlarda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish.

25.

Konferensiya va Global forum natijalarini yoritish.

1. Konferensiya va Global forum yakunlari haqida maxsus hujjatli film tayyorlash.

2. Konferensiya va Global forum natijalarini maxsus risola shaklida nashr etish.

Tadbirlardan keyin bir oy mobaynida

Oliy Majlis Senati,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

26.

Konferensiya va Global forumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha batafsil maʼlumotlarni Tashkiliy qoʻmitaga kiritib borish.

1. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan oʻzlariga yuklangan vazifalar yuzasidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni Tashkiliy qoʻmitaga kiritish.

2026-yil iyul — sentabr

Ishchi organ

(Yoshlar ishlari agentligi),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Ishchi organ tomonidan bu borada umumlashtirilgan axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil iyul — sentabr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Tashkiliy qoʻmita ushbu chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning ijro muddatiga Ishchi organ kiritgan taklifga muvofiq oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.