Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.05.1994 yildagi 268-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VISA” DEBET VA KREDIT KARTOChKALARINI MUOMALAGA ChIQARIShNI JADALLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmonining Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining oʻzining “VISA” debet va kredit kartochkalarini muomalaga chiqarishni jadallashtirishga doir qismini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1994-yilning 25-aprelida respublikada xorijiy banklarning “VISA” kartochkalariga xizmat koʻrsatish dasturi boshlanganligi, 14-iyundan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi hududida hamda xorijiy mamlakatlarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining “VISA” kartochkalarining muomalaga chiqarilishi va ularga xizmat koʻrsatilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chet el valyutalarining soxta banknotlari kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekistonda “VISA” kartochkalarining muomalaga kiritilishi munosabati bilan mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, respublika korxona va tashkilotlari, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasidagi naqd pulli toʻlov-hisob-kitob operatsiyalari asosan “VISA” kartochkalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari, konsernlar, uyushmalar, bank muassasalari, korxonalar va tijorat tuzilmalari chet mamlakatlarga doimiy ravishda borib turadigan xodimlar uchun, belgilangan limitlar doirasida, xizmat safarlari xarajatlari mablagʻlaridan foydalanishning Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan chiqarilgan “VISA” kartochkalari yordamida naqd pulsiz tizimiga oʻtishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va erkin muomaladagi valyutada xizmat koʻrsatuvchi boshqa tuzilmalar tasarruflaridagi ilovaga* muvofiq korxona va tashkilotlar bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki hamda xorijiy banklar tomonidan chiqarilgan “VISA” kartochkalarini muomalaga kiritish boʻyicha shartnomalar tuzishni 1994-yilning 10-iyunigacha taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, xalqaro normalarga muvofiq, tashkilot va korxonalar “VISA” kartochkalari boʻyicha xizmat koʻrsatishni xizmatlar va tovarlar narxlariga operatsiyalarni bajarganlik uchun vositachilik xarajatlarini qoʻshmasdan amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki manfaatdor idoralar bilan birgalikda ilovada koʻrsatilgan tashkilot va korxonalarni hamda “VISA” kartochkalari boʻyicha xizmat koʻrsatishda qatnashuvchilarni zarur asbob-anjomlar, jihozlar bilan taʼminlasin, ularning xodimlarini oʻqitishni tashkil etsin. Natijalari 1994-yilning 1-avgustigacha Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aloqa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki talabnomalariga binoan tegishli tur va sifatdagi aloqa kanallari berishni, shuningdek, “VISA” kartochkalari boʻyicha xizmat koʻrsatishni tashkil etish uchun telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki xorijiy mamlakatlardagi savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalariga “VISA” kartochkalari egalariga ular boʻyicha xizmat koʻrsatish qoidalarini tushuntirishga doir zarur chora-tadbirlarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 26-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268-son