Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QIShLOQ XOʻJALIGI TOVAR IShLAB ChIQARUVChILARI UChUN YAGONA YER SOLIGʻINING MUVAQQAT BAZAVIY STAVKALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻini joriy etish toʻgʻrisida” 1998-yil 10-oktabrdagi PF-2086-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999-yilga:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekinzorlariga yagona yer soligʻining muvaqqat bazaviy stavkalari 1-ilovaga muvofiq;
tumanlar va shaharlar boʻyicha sugʻoriladigan yerlarga yagona yer soligʻining muvaqqat bazaviy stavkalari 2-ilovaga muvofiq;
yagona yer soligʻining muvaqqat bazaviy stavkalariga tuproq unumdorligiga bogʻlik ravishda tuzatish koeffitsiyentlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, yagona yer soligʻi:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻrmonchilik, baliq ovlash, ovchilik xoʻjaliklariga;
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 13-son, 86-modda)
ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va ilmiy muassasalarning tajriba, eksperimental va oʻquv-tajriba xoʻjaliklariga;
Keyingi tahrirga qarang.
ular uchun soliq solishning amaldagi tartibi saqlanib qoladigan mustaqil yuridik shaxslar hisoblanmagan yordamchi qishloq xoʻjaliklariga;
“Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan nazarda tutilgan soliq solish shartlari saqlanib qoladigan dehqon xoʻjaliklariga tatbiq etilmaydi.
3. Yagona yer soligʻi toʻlovchilar quyidagi tartibda budjetga bir yilda 2-marta soliq toʻlaydi:
hisobot yilining 1-iyuligacha — yillik soliq summasining kamida 30 foizini;
hisobot yilining 1-dekabrigacha — soliqning qolgan summasini toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bir hafta muddatda Yagona yer soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi sugʻoriladigan yerlarda tuproq kartalariga tuzatish kiritish, tuproq bonitirovkasini aniqlash va yerni qiymat jihatidan baholash boʻyicha dala ishlarini 1999-yilda yakunlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuproq kartalariga tuzatish kiritish, tuproq bonitirovkasini aniqlash va sugʻoriladigan yerlarni qiymat jihatidan baholash boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasining hisob-kitoblariga muvofiq mablagʻ bilan taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 26-dekabr,
539-son
1999-yilga qishloq xoʻjaligi ekinzorlariga yagona yer soligʻining
muvaqqat bazaviy stavkalari
|
Mintaqalar |
Sugʻoriladigan yerlar (1 klass) |
Lalmi yerlar (tekislik zona) |
Pichanzorlar va yaylovlar (“Choʻl”poyasi) |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 375,1 | — | 10,6 |
| Andijon viloyati | 569,2 | 68,4 | 14,4 |
| Buxoro viloyati | 493,4 | — | 14,4 |
| Jizzax viloyati | 429,6 | 64,6 | 13,3 |
| Qashqadaryo viloyati | 415,7 | 71,4 | 17,1 |
| Navoiy viloyati | 400,0 | 64,6 | 14,4 |
| Namangan viloyati | 586,7 | — | 14,4 |
| Samarqand viloyati | 596,6 | 64,6 | 13,3 |
| Surxondaryo viloyati | 640,0 | 86,1 | 9,5 |
| Sirdaryo viloyati | 343,1 | 64,6 | 13,3 |
| Toshkent viloyati | 598,7 | 68,4 | 13,3 |
| Fargʻona viloyati | 528,9 | — | 13,3 |
| Xorazm viloyati | 456,0 | — | 10,6 |
| Toshkent shahri | 1471,2 | — | — |
Keyingi tahrirga qarang.
Tumanlar va shaharlar boʻyicha sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekinzorlari uchun yagona yer soligʻining
bazaviy stavkalari
|
Tuman, shahar |
I klass 1 gektar yerga soliqning bazaviy stavkalari, soʻm |
Tuman, shahar |
I klass 1 gektar yerga soliqning bazaviy stavkalari, soʻm |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | |||
| Amudaryo | 430,5 | Nukus | 364,0 |
| Beruniy | 430,5 | Taxtakoʻpir | 370,5 |
| Boʻzatov | 364,0 | Toʻrtkoʻl | 430,5 |
| Qonlikoʻl | 345,0 | Xoʻjayli | 364,0 |
| Qoraoʻzak | 361,5 | Chimboy | 345,0 |
| Kegeyli | 364,0 | Shumanay | 378,1 |
| Qoʻngʻirot | 337,4 | Ellikqalʼa | 411,5 |
| Moʻynoq | 337,4 | Nukus shahri | 423,5 |
|
Andijon viloyati | |||
| Oltinkoʻl | 602,3 | Izboskan | 631,9 |
| Andijon | 580,3 | Qoʻrgʻontepa | 620,5 |
| Asaka | 602,3 | Marhamat | 609,1 |
| Baliqchi | 562,4 | Paxtaobod | 579,5 |
| Boʻz | 405,8 | Ulugʻnor | 411,5 |
| Buloqboshi | 614,8 | Xoʻjaobod | 626,2 |
| Jalolquduq | 585,2 | Shahrixon | 590,9 |
|
Buxoro viloyati | |||
| Olot | 501,6 | Qorakoʻl | 506,5 |
| Buxoro | 551,7 | Qorovulbozor | 506,5 |
| Vobkent | 417,2 | Peshku | 512,2 |
| Gʻijduvon | 501,6 | Romitan | 516,8 |
| Jondor | 481,8 | Shofirkon | 467,4 |
| Kogon | 501,6 | Buxoro shahri | 557,3 |
|
Jizzax viloyati | |||
| Arnasoy | 414,2 | Zarbdor | 372,4 |
| Baxmal | 418,0 | Zafarobod | 393,3 |
| Gʻallaorol | 497,0 | Mirzachoʻl | 430,5 |
| Jizzax | 505,8 | Paxtakor | 435,1 |
| Doʻstlik | 451,4 | Forish | 451,4 |
| Zomin | 372,4 | Jizzax shahri | 505,7 |
|
Qashqadaryo viloyati | |||
| Dehqonobod | 303,2 | Nishon | 319,2 |
| Qamashi | 522,5 | Usmon Yusupov | 295,6 |
| Qarshi | 425,6 | Chiroqchi | 498,9 |
| Kosonsoy | 307,0 | Shahrisabz | 790,4 |
| Kasbi | 399,0 | Yakkabogʻ | 538,8 |
| Bahoriston | 295,6 | Kitob | 495,1 |
| Gʻuzor | 411,5 | Muborak | 255,7 |
|
Navoiy viloyati | |||
| Konimex | 379,2 | Nurota | 318,4 |
| Qiziltepa | 424,8 | Tomdi | 323,0 |
| Navbahor | 533,0 | Uchquduq | 323,0 |
| Navoiy | 533,0 | Xatirchi | 461,7 |
|
Namangan viloyati | |||
| Kosonsoy | 673,0 | Uychi | 645,2 |
| Mingbuloq | 399,4 | Uchqoʻrgʻon | 640,0 |
| Namangan | 764,2 | Chortoq | 546,8 |
| Norin | 639,9 | Chust | 535,4 |
| Pop | 546,8 | Yangiqoʻrgʻon | 546,8 |
| Toʻraqoʻrgʻon | 584,8 | | |
|
Samarqand viloyati | |||
| Oqdaryo | 605,3 | N�robod | 499,7 |
| Bulungʻur | 599,6 | Payariq | 599,6 |
| Goʻzalkent | 566,2 | Pastdargʻom | 566,2 |
| Jomboy | 582,5 | Paxtachi | 499,7 |
| Ishtihon | 571,9 | Samarqand | 640,8 |
| Kattaqoʻrgʻon | 591,5 | Toyloq | 576,8 |
| Qoʻshrabot | 554,8 | Urgut | 1110,0 |
| Narpay | 504,6 | Chelak | 582,5 |
|
Surxondaryo viloyati | |||
| Oltinsoy | 712,5 | Qumqoʻrgʻon | 706,8 |
| Angor | 712,5 | Muzraobod | 546,4 |
| Boysun | 398,2 | Sariosiyo | 603,4 |
| Bandixon | 642,2 | Termiz | 655,5 |
| Denov | 628,9 | Uzun | 603,4 |
| Jarqoʻrgʻon | 571,9 | Shumanay | 378,1 |
| Qiziriq | 770,6 | Shoʻrchi | 789,6 |
|
Sirdaryo viloyati | |||
| Oqoltin | 387,6 | Sirdaryo | 418,0 |
| Boyovut | 408,5 | Xovos | 248,9 |
| Guliston | 396,3 | Sharof Rashidov | 339,3 |
| Mehnatobod | 200,6 | Guliston shahri | 396,3 |
| Mirzaobod | 293,7 | Yangiyer shahri | 362,9 |
| Sayxunobod | 411,5 | | |
|
Toshkent viloyati | |||
| Oqqoʻrgʻon | 600,0 | Parkent | 498,2 |
| Ohangaron | 551,8 | Piskent | 594,3 |
| Bekobod | 546,1 | Toshkent | 617,5 |
| Boʻstonliq | 570,4 | Oʻrta Chirchiq | 611,8 |
| Boʻka | 600,0 | Chinoz | 623,9 |
| Zangiota | 751,3 | Yuqori Chirchiq | 617,5 |
| Qibray | 745,2 | Yangiyoʻl | 629,3 |
| Quyi-Chirchiq | 617,5 | Bekoobod shahri | 600,0 |
|
Fargʻona viloyati | |||
| Oltinariq | 479,9 | Toshloq | 584,4 |
| Oxunboboyev | 459,0 | Oʻzbekiston | 547,2 |
| Bagʻdod | 475,0 | Uchkoʻprik | 558,6 |
| Beshariq | 526,3 | Fargʻona | 563,5 |
| Buzayda | 500,8 | Furqat | 521,7 |
| Dangʻara | 516,8 | Yozyovon | 521,7 |
| Quva | 610,0 | Quvasoy shahri | 580,5 |
| Rishton | 521,7 | Fargʻona shahri | 642,9 |
| Soʻx | 495,9 | | |
|
Xorazm viloyati | |||
| Bogʻot | 456,0 | Xiva | 487,2 |
| Qoʻshkoʻpir | 428,6 | Shovot | 483,4 |
| Gurlan | 478,8 | Yangiariq | 456,0 |
| Urganch | 516,6 | Yangibozor | 456,0 |
| Xazorasp | 410,4 | Doʻstlik shahri | 406,9 |
| Xonqa | 487,2 | Urganch shahri | 516,6 |
Keyingi tahrirga qarang.
Yagona yer soligʻining muvaqqat bazaviy stavkalariga
tuzatish koeffitsiyentlari
|
Koʻrsatkichlar |
Koeffitsiyentlar |
|
Sugʻoriladigan yerlar | |
|
Ball-boniteta 0—10 |
(bazaviy stavka) |
| 11—20 | 1,50 |
| 21—30 | 2,25 |
| 31—40 | 3,29 |
| 41—50 | 4,67 |
| 51—60 | 6,54 |
| 61—70 | 9,00 |
| 71—80 | 11,68 |
| 81—90 | 14,55 |
| 91—100 | 17,50 |
| Narxlanmagan yerlar | 4,67 |
| Lalmi yerlar | |
| Tekis zona | (bazaviy stavka) |
| Tekis-past-baland yerlar | 1,19 |
| Togʻli va togʻ oldi zona | 1,67 |
| Pichanzorlar va yaylovlar | |
| “Choʻl” poyasi | (bazaviy stavka) |
| “Adir” poyasi | 1,51 |
| “Togʻ” poyasi | 2,05 |
| Jamoat imoratlari va hovlilar joylashgan yerlar | |
| Sugʻoriladigan yer stavkasi (1 klass) bazaviy stavka | 20,44 |
| Suv havzalari, kanallar, kollektorlar va yoʻllar band qilgan yerlar | |
| Sugʻoriladigan yer stavkasi (1 klass) bazaviy stavka | 0,04 |
| Qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar | |
| Sugʻoriladigan yer stavkasi (1 klass) bazaviy stavka | 0,004 |
Keyingi tahrirga qarang.