Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKNEFTGAZ” MILLIY XOLDING KOMPANIYASINI TASHKIL ETISH VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekneftgaz” neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasini “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisida” 1998-yil 11-dekabrdagi PF-2154-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish”, “Oʻzneftgazqurilish”, “Oʻzneftmahsulot”, “Oʻzneftniqaytaishlash”, “Oʻzneftgazishchitaʼminot”, “Oʻzburgʻuneftgaz”, “Oʻztransgaz”, “Oʻzneftgazmash” aksiyadorlik kompaniyalari yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi;
taʼsis etilayotgan aksiyadorlik kompaniyalari negizida aksiyadorlik kompaniyalari tashkil qilinayotgan tegishli xoʻjalik birlashmalari tomonidan tuzilgan shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha huquqiy vorislar hisoblanadilar.
2. Belgilansinki, xolding aksiyadorlik kompaniyalarining boshlangʻich ustav sarmoyasi ularga:
aksiyadorlik kompaniyalari tarkibiga kiruvchi davlat korxonalari mol-mulkini;
kompaniya shuʼba aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli nazorat paketlarini, shuningdek erkin sotishga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish uchun moʻljallangan paketlarni;
kompaniyalarning uyushgan qatnashchilari boʻlgan 1 — 8-ilovalarga* muvofiq aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatga tegishli aksiyalar paketlarini berish hisobiga shakllantiriladi.
* 1 — 8-ilovalar rus tilida berilgan.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining 9 va 10-ilovalarga* muvofiq korxona va tashkilotlarni tugatish hamda Qishloq va suv xoʻjaligi tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
* 9 va 10-ilovalar berilmaydi.
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining boshlangʻich ustav sarmoyasi unga:
xolding aksiyadorlik kompaniyalari aksiyalar paketining 51 foizini;
xolding kompaniyasiga bevosita hisobot beruvchi davlat korxonalari mol-mulkini, xolding kompaniyasining uyushgan qatnashchilari boʻlgan 11-ilovaga* muvofiq aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatga tegishli aksiyalar paketlarini berish hisobiga shakllantiriladi.
* 11-ilova matni rus tilida berilgan.
5. Belgilansinki:
“Oʻzbekneftgaz” xolding kompaniyasi hamda aksiyadorlik kompaniyalari tarkibiga kiruvchi davlat korxonalari va tashkilotlari, shuningdek shuʼba aksiyadorlik jamiyatlari yuridik shaxslar hisoblanadilar;
xolding kompaniyasi va aksiyadorlik kompaniyalari tarkibiga kiruvchi korxonalarning davlat mulki ularga xoʻjalik yuritish huquqlari bilan biriktirib qoʻyiladi.
6. Xolding aksiyadorlik kompaniyalari aksiyalari paketlarini taqsimlashning quyidagi tartibi belgilansin:
kompaniyalar aksiyalarining 51 foizi davlat mulkiga biriktiriladi va xolding kompaniyaning ustav jamgʻarmasiga qoʻshiladi;
kompaniyalar aksiyalarining koʻpi bilan 10 foizi kompaniyalar mehnat jamoalari aʼzolari oʻrtasida joylashtiriladi;
qolgan qismi fond bozorida, shu jumladan xorijiy investorlarga erkin sotiladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
davlatga tegishli aksiyalar ulushi 25 foizdan oshadigan aksiyadorlik kompaniyalari va aksiyadorlik jamiyatlarining Kuzatuvchi kengashlariga davlat vakili nomzodlari boʻyicha takliflarni ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“Oʻzbekneftgaz” xolding kompaniyasi va uning aksiyadorlik kompaniyalari tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlarini ishonchli boshqaruvga berish toʻgʻrisida bir oy muddatda shartnomalar tuzsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisiga, zarurat tugʻilganda, xolding kompaniyasi ijro etuvchi apparati va xolding aksiyadorlik kompaniyalari tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(8-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-iyundagi 233-sonli qarori bilan chiqarilgan)
9. Belgilansinki, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi, uning oʻrinbosarlari, “Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish”, “Oʻzneftgazqurilish”, “Oʻzneftmahsulot”, “Oʻzneftniqaytaishlash”, “Oʻztransgaz”, “Oʻzburgʻuneftgaz”, “Oʻzneftgazishchitaʼminot”, “Oʻzneftgazmash” aksiyadorlik kompaniyalari bosh direktorlari lavozimga “Oʻzbekneftgaz” xolding kompaniyasi taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining bosh muhandisi-bosh menejeri maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga, raisning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, rais oʻrinbosarlari — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi
(10-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-iyundagi 233-sonli qarori tahririda )
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosarida vazirlarga, boshqaruv raisi oʻrinbosarlarida hamda “Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish”, “Oʻzneftgazqurilish”, “Oʻzneftmahsulot” va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyalari bosh direktorlarida vazirning birinchi oʻrinbosarlariga, ularning oʻrinbosarlarida esa - vazir oʻrinbosarlariga belgilangan moddiy va maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari saqlab qolinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va uning boʻlinmalari xodimlarida ular uchun avvalgi ish joyi boʻyicha belgilangan moddiy taʼminot va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlariga boʻlgan huquq saqlab qolinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda:
1999-yil 1-fevralgacha “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va uning aksiyadorlik kompaniyalari taʼsis yigʻilishlari belgilangan tartibda oʻtkazilishini, rahbar organlari shakllantirilishini va ularning ustavlari tasdiqlanishini taʼminlasin;
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi ustavi loyihasini kelishish uchun uch hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
1999-yilning I choragida, xolis baholash kompaniyalarini jalb etgan holda, aksiyadorlik kompaniyalari ustav jamgʻarmasiga beriladigan korxonalar davlat mulkini hamda aksiyalar paketlari qiymatini baholasin.
12. 1999/2000-oʻquv yili boshlangungacha Buxoro neft va gaz sanoati texnikumi hamda Fargʻona neft texnikumi kasb-hunar kollejlariga aylantirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13-ilovaga* muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
* 13-ilova matni rus tilida berilgan.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 15-dekabr,
523-son