11.12.1998 yildagi PF-2154-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKNEFTGAZ NEFT VA GAZ SANOATI MILLIY KORPORATSIYASINI “O‘ZBEKNEFTGAZ” MILLIY XOLDING KOMPANIYASIGA AYLANTIRISH TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neft va gaz qazib chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, yangi neft va gaz konlari o‘zlashtirilishini jadallashtirish, neft va gazni qayta ishlash hamda tashish samaradorligini oshirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish borasidagi ishlarni faollashtirish, respublikaning neft va gaz sanoatida bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda neft-gaz tarmog‘ini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining, “O‘zbekneftgaz” neft va gaz sanoati Milliy korporatsiyasi korxonalari va tashkilotlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “O‘zbekneftgaz” Milliy korporatsiyasini “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zneftgazqurilish” va “O‘zdavneftmahsulot” davlat aksiyadorlik birlashmalarini tegishli ravishda “O‘zneftgazqurilish” va “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyalariga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ztransgaz” va “O‘zneftniqaytaishlash” ishlab chiqarish birlashmalarini “O‘ztransgaz” va “O‘zneftniqaytaishlash” aksiyadorlik kompaniyalariga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zneftgazta’minot” savdo ishlab chiqarish aksiyadorlik birlashmasini “O‘zneftgazishchita’minot” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish to‘g‘risidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “O‘zneftgazqazibchiqarish” davlat aksiyadorlik birlashmasi hamda “O‘zbekgeofizika” davlat geologiya korxonasi negizida “O‘zgeoneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zneftqazibchiqarish” davlat aksiyadorlik birlashmasi hamda “O‘zneftgazgeologiya” davlat geologiya korxonasining pudrat burg‘ulash tashkilotlari negizida “O‘zburg‘uneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqning hamda “O‘zmashsanoat” uyushmasiga qarashli “O‘zbekkimyomash” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining mashinasozlik korxonalari negizida “O‘zneftgazmash” aksiyadorlik kompaniyasini tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “O‘zbekneftgaz” xolding kompaniyasining ustav jamg‘armasiga o‘tkazilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Farmonga muvofiq o‘zgartirilgan yoki tashkil qilingan aksiyadorlik kompaniyalari aksiyalari paketining 51 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita xolding kompaniyasiga hisob beradigan davlat korxonalarining mulki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xolding kompaniyasiga uyushgan qatnashchilar — aksiyadorlik jamiyatlarida davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalarning paketlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xolding kompaniyasi hamda uning aksiyadorlik kompaniyalarining ustav jamg‘armalariga o‘tkazilgan aksiyalarning paketlarini va davlatga tegishli mulkni samarali boshqarish uchun javobgarlik “O‘zbekneftgaz” xolding kompaniyasi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekneftgaz” xolding kompaniyasida va xolding aksiyadorlik kompaniyalarida davlatga tegishli aksiyalarni, shuningdek tarmoqning davlat korxonalaridagi mulkini fond bozorlarida sotish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi yuridik shaxs bo‘lib, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida ta’sis etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekneftgaz” xolding kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi tomonidan tuzilgan shartnomalar va majburiyatlar bo‘yicha huquqiy voris ekanligi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zbekiston neft va gaz sanoati davlat konsernini “O‘zbekneftgaz” neft va gaz sanoati Milliy korporatsiyasiga aylantirish to‘g‘risida” 1992-yil 23-dekabrdagi PF-518-son Farmon o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda mazkur Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 11-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2154-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 12-son, 228-modda)