Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2004 15.12.1993 yildagi 600-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2004
Hujjat 24.04.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YoVVOYI HAYVONLAR VA OʻSIMLIKLARNI MUHOFAZA
QILIShNI KUChAYTIRISh HAMDA ULARDAN FOYDALANIShNI
TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son “Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Qimmatli va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklar va hayvonlar turlarini muhofaza etishni kuchaytirish hamda ularni foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1993-yil 3-sentabrdagi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Yovvoyi hayvonlarni (shu jumladan zaharlilarini) koʻpaytirish va ulardan mahsulot olish maqsadida tutqunlikda saqlash tartibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklarni ovlash (otish, terish va respublika tashqarisiga olib chiqib ketish) uchun toʻlovlar miqdori, ularni undirish va budjetga oʻtkazish tartibi 2-ilovaga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda yovvoyi hayvonlarni ovlashga litsenziyalar berish qiymatini va qonunsiz ov qilish va baliq tutish tufayli yetkazilgan zararning undirib olinadigan miqdorini hisoblab chiqish uchun qatʼiy belgilangan toʻlovlar miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi hududida narxlarning oshishiga muvofiq indeksatsiya qilish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, yovvoyi xolda oʻsuvchi dorivor, ovqatbop va manzarali oʻsimliklarni terish (tayyorlash) korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar tomonidan faqat Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi beriladigan litsenziyalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklarni terish (tayyorlash)ga litsenziyalar berish tartibi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatini muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan amaldagi qonunchilikka xilof ravishda terilgan (tayyorlangan) yoki keltirilgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining qizil kitobiga kiritilganlari ham, shuningdek, ushbu oʻsimliklarning qismlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan, keyinchalik ularni sotish huquqiga ega boʻlgan vositachi savdo tashkilotlariga berish sharti bilan olib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qoʻyilgan mahsulotlarni sotishdan tushgan mablagʻlar, belgilangan tartibda savdo tashkilotlariga ajratiladigan ajratmalar chegirib tashlangan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi “Davbionazorat”ning maxsus mablagʻlari joriy schyotiga oʻtkaziladi, ulardan Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni sotishdan tushgan mablagʻlarning 75 foizi “Davbionazorat” tomonidan respublika budjeti daromadiga va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning boshqa turlarini sotishdan tushgan mablagʻlarning 50 foizi mahalliy budjetlar daromadiga oʻtkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-apreldagi 145-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirildi)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon.fondi yerlarida ovlovchi xoʻjaligini tashkil etish va yuritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 12-oktabrdagi 469-sonli qarori 1-bandining beshinchi xatboshi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat tabiatini muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida oʻrmon fondi hududida ovlanadigan hamda boshqa hayvon turlarini ovlash va tutishga ruxsatnomalar berish” tarzidagi tahrirda bayon qilinib, unga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining dehqonchilik sanoati kompleksi boʻlimiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 15-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
600-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 15-dekabrdagi 600-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi hayvonlarni (shu jumladan, zaharlilarini) koʻpaytirish
va ulardan mahsulot olish maqsadida tutqunlikda saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlashga ularni saqlab qolish, keyinchalik tabiat qoʻyniga qoʻyib yuborib koʻpaytirish, sonini qayta tiklash va hayvonot dunyosini boyitish uchun koʻpaytirish va genetik fondlar yaratish maqsadida, shuningdek ilmiy, madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy va boshqa maqsadlarda ulardan mahsulot olish uchun yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi hayvonlarni, shu jumladan zaharli va Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni koʻpaytirish va ulardan mahsulot olish maqsadida tutqunlikda saqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi Hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish respublika inspeksiyasi (“Davbionazorat”) tomonidan tasdiqlanadigan yoʻriqnomalar, meʼyorlar va qoidalar, mulkchilik shaklidan, xoʻjalik faoliyati turidan va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, barcha korxonalar va tashkilotlar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi hayvonlarning barcha turlari faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi “Davbionazorat” tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha tutqunlikda saqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi hayvonlarni koʻpaytirish va ulardan mahsulot olish maqsadida zaharli hayvonlar (ilonlar, boʻgʻimoyoqlilar)ni tutqunlikda saqlash huquqi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat oʻrmon qoʻmitasi va “Oʻzzoobirlashma” tashkilotlariga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va Davlat oʻrmon qoʻmitasi tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan pitomniklardagina tutqunlikda saqlashga yoʻl qoʻyiladi. Bunday pitomniklarda koʻpaytirilgan yovvoyi hayvonlardan tijorat maqsadlarida faqat ikkinchi va undan keyingi avlodlardan boʻlgan bosh sonlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslarga zoologik doʻkonlardan sotib olingan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlarining ruxsatnomalari boʻyicha tabiatdan ovlangan yovvoyi hayvonlarni saqlashga, zaharli va Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlardan tashqari, ularni ovlashning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan yoʻriqnomalar, meʼyorlar va qoidalar bajarilmagan taqdirda, shuningdek, hayvonlar oʻlimi yuqori boʻlgan yoki ular samarasiz koʻpaytirilgan hollarda yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash huquqidan mahrum etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zoologik kolleksiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi “Davbionazorat”da albatta roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 15-dekabrdagi 600-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi
hayvonlar va oʻsimliklarni ovlash (otish), terish va respublika
tashqarisiga olib chiqib ketish uchun toʻlovlar miqdori, ularni
undirish va respublika budjetiga oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni va oʻsimliklarni ovlash (otish), terish va respublika tashqarisiga olib chiqib ketish haq toʻlangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday hayvonlarni ovlaganlik (otganlik) uchun toʻlanadigan haq miqdori narxlarning umumiy oshishiga muvofiq amalga oshirilgan indeksatsiya hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-son qarori (1-ilova) bilan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida yovvoyi hayvonlarni tutish uchun berilgan litsenziyalar (ruxsatnomalar) qiymati bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni terganlik uchun haq toʻlash miqdori (litsenziya qiymati) oʻsimlik turining maqomiga bogʻliq ravishda belgilanadi va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklar uchun — oʻsimliklarning bir donasi uchun eng kam ish haqi miqdorining 20 foizini, noyob oʻsimliklar uchun 10 foizini, kamayib borayotgan oʻsimliklar uchun 2 foizini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 kg urugʻlik terish uchun litsenziyaga haq toʻlash oʻsimlikning ushbu turini terganlik uchun belgilangan litsenziya qiymatining oʻn baravari miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklarni Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketish uchun haq toʻlash quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan bir bosh yovvoyi hayvon (shu jumladan, tulum, oʻlja, teri, shox) uchun belgilangan litsenziya qiymatining 5 foizi, boshqa turlari uchun ushbu turdagi hayvonni tutish uchun belgilangan litsenziya qiymatining 1 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimlikning bir donasi uchun — bu oʻsimlikni terish uchun belgilangan litsenziya qiymatining 5 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 kg urugʻ uchun — ushbu turdagi oʻsimlik urugʻini terish uchun belgilangan litsenziya qiymatining 10 foizi miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ajnabiy fuqarolardan yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklarni ovlash (otish), terish va respublika tashqarisiga olib chiqib ketish uchun haq amaldagi kurs boʻyicha almashtiriladigan valyutada undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklarni ovlash (otish), terish va respublika tashqarisiga olib chiqib ketish uchun haq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari tomonidan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haq undirishdan olingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi “Davbionazorat” maxsus mablagʻlarining joriy schyotiga oʻtkaziladi, ulardan “Davbionazorat” tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklarni tutish, terish va tashqariga chiqarish uchun olingan mablagʻlarning 75 foizi respublika budjeti daromadiga, yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklarning boshqa turlarini tutish, terish va tashqariga chiqarish uchun olingan mablagʻlarning 50 foizi mahalliy budjetlar daromadiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 456-modda)