01.06.2026 yildagi 2143-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining 2025-yildagi va 2026-yil birinchi choragidagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2025-yildagi va 2026-yil birinchi choragidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, hisobot davrida Qoʻmita tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish kabi muhim yoʻnalishlarning huquqiy asoslarini mustahkamlashga hamda qonunchilikda belgilangan vakolatlarga muvofiq nazorat-tahlil tadbirlarini tashkil etishga ustuvor ahamiyat qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2025-yilda Qoʻmita 14 ta qonun loyihasiga masʼul boʻlgan. Ulardan 13 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilgan, 1 tasi rad etilgan. 2026-yil birinchi choragi davomida Qoʻmita 4 ta qonun loyihasiga masʼul boʻlgan va ularning barchasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qonunlar fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlarini kengaytirish, homiylik faoliyatini tartibga solish, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning bolalari ijtimoiy himoya qilinishini yanada kuchaytirish, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyatida yangi nazorat shakllarini joriy etish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining va Bola huquqlari boʻyicha vakilining faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslarini yanada takomillashtirish kabi muhim masalalarga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan 39 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan. Ulardan 31 tasi davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitishga, 6 tasi qonunlarning ijro etilish holatini oʻrganishga, 2 tasi Qonunchilik palatasi qarorining ijrosini monitoring qilishga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi hamda qator boshqa tashkilotlar mutasaddilarining axboroti eshitilib, Qoʻmita majlislarida muhokama qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolari tomonidan saylovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan mansabdor shaxslarga jami 15 ta deputat soʻrovi yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan joylarda oʻtkazilgan oʻrganishlar, tegishli sohalar vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlar hamda nazorat-tahlil tadbirlari yakunlari boʻyicha “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi, “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqilib, vakolatli organlarga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun ijodkorligi jarayonini va parlament nazoratini huquqiy, tashkiliy va amaliy jihatdan takomillashtirish maqsadida ilmiy-tadqiqot muassasalarining va sohaviy tashkilotlarning 5 tasi, xususan “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi, “Yuksalish” harakati, Barqaror rivojlanish markazi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi bilan hamkorlik memorandumlari tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida oʻrganishga hamda ularni hal etishga alohida eʼtibor qaratgan. Oʻtgan davrda jismoniy va yuridik shaxslardan Qoʻmita nomiga kelib tushgan jami 613 ta murojaat belgilangan tartibda koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, sohaga oid qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish maqsadida Qoʻmita ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Qoʻmitaning hisobot davridagi faoliyati ommaviy axborot vositalarida jami 2 091 marotaba yoritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Qoʻmitaning oʻtgan davrdagi faoliyati tahlili kelgusidagi ishlarni tashkil etishda bir qator jihatlarga eʼtiborni yanada kuchaytirish lozimligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, qonunlarning joylarda ijro etilish holatini oʻrganish yakunlari boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish borasida Qoʻmitaning tashabbuskorligini yanada kuchaytirish zarurati mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek qonun loyihalarini ishlab chiqish va nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazish chogʻida Qoʻmita huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining 2025-yildagi va 2026-yil birinchi choragidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturining hamda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, demokratik qadriyatlarni himoya qilishga doir boshqa vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini olib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi masʼul boʻlgan qonun loyihalarini Qoʻmita huzuridagi Jamoatchilik kengashi yigʻilishlarida muntazam ravishda muhokama qilib borishga, keng jamoatchilikning takliflari va fikr-mulohazalarini inobatga olishga hamda nazorat-tahlil tadbirlariga soha mutaxassislarini va ekspertlarni kengroq jalb etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament nazorati tadbirlari yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosini tizimli ravishda monitoring qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz muddatida koʻrib chiqishga va fuqarolardan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha kelib tushgan takliflarni ular ishtirokida Qoʻmita majlislarida muhokama qilib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatiga doir qonun hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini taʼminlab borishga hamda ularning mazmuni va mohiyatini aholiga yetkazish ishlarini yanada jonlantirishga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari M. Xodjayeva zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2143-V-son