Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA YOʻL JAMGʻARMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 361-son “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi huzuridagi respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi 58-son qarori asosida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, qayta qurish, tuzatish, saqlashni mablagʻ bilan taʼminlash, shuningdek, respublika yoʻl tarmoqlarining samarali ishlashini taʼminlash maqsadida “Oʻzavtoyoʻl” konserni tarkibida mustaqil moliya-kredit davlat muassasasi — Respublika yoʻl jamgʻarmasi, avtomobil yoʻllari hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari va tuman boshqarmalarida esa — tegishli ravishda viloyat va mahalliy yoʻl jamgʻarmalari tashkil etilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi avtomobil yoʻllari tarmoqlarini saqlash va rivojlantirish uchun mablagʻlarni shakllantirish va ulardan foydalanish Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi.
2. Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
a) yoʻl jamgʻarmalari quyidagi manbalardan shakllanadi:
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini tuzatish va saqlashga mablagʻlar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan, shu jumladan xorijiy investitsiyalar jalb qilingan korxonalar va tashkilotlar tomonidan quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalar, xoʻjaliklar, tashkilotlar (ushbu kichik bandning toʻrtinchi—oltinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshida koʻrsatilgan korxonalar, xoʻjaliklar va tashkilotlardan tashqari) tomonidan ajratiladigan mablagʻlar — mahsulotlar sotish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda — 1,5 foizi miqdorida;
(qaror 3-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
tayyorlovchi, vositachi korxonalar, savdo korxonalari, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari, taʼminot-sotish tashkilotlari tomonidan mablagʻlar ajratish — qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda tovar aylanmasidan, ulgurji va chakana dorixona muassasalari tomonidan esa yalpi daromaddan — 1,0 foiz miqdorida;
(qaror 3-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
banklar (Markaziy bankdan tashqari), sugʻurta tashkilotlari, videosalonlar (videokoʻrsatuv punktlari), kimoshdi savdolari, kazinolar, nusxa koʻchirishdan, video va audiokassetalarni prokatga berishdan, pul yutuqli oʻyin avtomatlaridan foydalanishdan, lotereya yutuqlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar oʻtkazishdan, shuningdek ommaviy konsert-tomosha tadbirlari oʻtkazilishidan daromad oluvchi korxonalar tomonidan ajratiladigan mablagʻlar — daromadning 1,5 foizi miqdorida;
(qaror 3-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
avtotransport korxonalari tomonidan ajratiladigan mablagʻlar-mahsulotlar sotish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda 2,5 foiz miqdorida;
(qaror 3-bandning “a” kichik bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
sotib olingan avtotransport vositalarining, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xaridorlari tomonidan toʻlanadigan ushbu vositalar qiymatidan yigʻimlar:
sotib olingan yengil avtomobil narxidan — 6 foiz miqdorida;
boshqa avtotransport vositalari: yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar narxidan — 20 foiz miqdorida;
“Oʻzavtoyoʻl” konserni korxonalari va tashkilotlari mol-mulkini sotib olishdan budjetga tushadigan mablagʻlar umumiy miqdoridan ajratmalar — 50 foiz miqdorida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasida yonilgʻi-moylash materiallari sotish hajmidan ajratmalar — 7 foiz miqdorida;
xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi uchun toʻlovlar, bitta avtotashuvchi kirganligi uchun AQSh dollarida — 400 AQSh dollari miqdorida;
tushumlarning boshqa manbalari — lotereyalar, zayomlar va xayriya badallari, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalar.
(qaror 3-bandining “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish, qurilish-montaj, tuzatish-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan oʻz kuchi bilan bajarilgan ishlar hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda mablagʻlar ajratish — 1,5 foiz miqdorida.
(qaror 3-bandning “a” kichik bandi oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
b) yoʻl jamgʻarmalari mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi bank muassasalarida: Respublika jamgʻarmasi mablagʻlari — “Oʻzavtoyoʻl” konserni schyotida, viloyat va mahalliy yoʻl jamgʻarmalari avtomobil yoʻllari hududiy davlat aksionerlik birlashmalarining va tuman boshqarmalarining schyotlarida saqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) yoʻl jamgʻarmalari mablagʻlari respublika davlat budjetining, boshqa jamgʻarmalarning tarkibiga kirmaydi va musodara qilinishi mumkin emas. Joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlar keyingi yillarga oʻtkaziladi va ular maqsad boʻyicha sarflanadi.
(qaror 3-bandining “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qarori tahririda — OʻR HQT, 1998-y., 2-son, 6-modda)
4. Vazirliklar, konsernlar va idoralarga, mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar, xoʻjalik tashkilotlariga Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish ulardan foydalanish toʻgʻrisida Nizomga muvofiq barcha korxonalar tomonidan tegishli yigʻimlar, ajratmalar oʻtkazilishini taʼminlash majburiyati yuklatilsin.
5. “Oʻzavtoyoʻl” konserniga Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarini tasarruf etish, hududiy davlat aksionerlik birlashmalariga va tuman avtomobil yoʻllari boshqarmalariga viloyat va mahalliy yoʻl jamgʻarmalarni tasarruf etish;
tuman avtomobil yoʻllari boshqarmalariga, davlat hududiy aksionerlik birlashmalariga, “Oʻzavtoyoʻl” konserniga, muddati oʻtib ketgan toʻlovlar boʻyicha mablagʻlarni yoʻl jamgʻarmalariga shak-shubhasiz undirib olish huquqi berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat avtomobil nazorati organlariga xarid qilingan avtotransport vositalari qiymatidan yigʻimlar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyasiz transport vositalarini roʻyxatdan, qayta roʻyxatdan va texnik koʻrikdan oʻtkazmaslik yuklatilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralariga “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va mazkur qarorga zid boʻlgan idoraviy normativ hujjatlarni (yoʻriqnomalar, qoidalar, buyruqlarni) qayta koʻrib chiqish va bekor qilish topshirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining avtomobil yoʻllari masalalari boʻyicha qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari yoʻl organlariga yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarini yigʻishda hamma joyda yordam koʻrsatsinlar. Bunda yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlaridan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllariga taalluqli boʻlmagan maqsadlarga ajratish man etilsin.
(qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-dekabrdagi 466-son qaroriga muvofiq 9-band bilan toʻldirilgan — OʻR HQT, 1996-y., 12-son, 39-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 5-iyul,
334-son
Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida
NIZOM
1. Umumiy qoidalar
1. “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq, yoʻl ishlarini (umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, qayta qurish, tuzatish va saqlash) mablagʻ bilan taʼminlash yoʻl jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari yoʻl organlari tomonidan avtomobil yoʻllarining ahamiyatiga bogʻliq ravishda respublika, viloyat va tuman yoʻl jamgʻapmalapiga oʻtkaziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qarori tahririda — OʻR HQT, 1998-y., 2-son, 6-modda)
3. Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari respublika yoʻl xoʻjaligini rivojlantirish davlat dasturini va fan texnika taraqqiyotini, xodimlar malakasini oshirishni, yoʻl xoʻjaligini oshirishni mablagʻ bilan taʼminlashga sarflanadi. Respublika yoʻl jamgʻapmacidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari tarmoqlarining rivojlanish darajasini tenglashtirish va tabiiy ofatlarni bartaraf etish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasiga va viloyatlarga subvensiya va dotatsiyalar ajratilishi mumkin.
4. Viloyat va tuman yoʻl jamgʻarmalari mablagʻlari umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, tuzatish, qayta qurish va saqlashni mablagʻ bilan taʼminlashga sarflanadi.
5. Yoʻl jamgʻarmalari mablagʻlari musodara qilinishi va umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, tuzatish, qayta qurish va saqlash bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun sarflanishi mumkin emas. Joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlar zaxira jamgʻarmasiga oʻtkaziladi va ular kelgusi davrda maqsadga muvofiq sarflanadi.
6. Quyidagilar yoʻl jamgʻarmalarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalar, xoʻjaliklar, tashkilotlar (mazkur bandning uchinchi—beshinchi va oʻn ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan korxonalar, xoʻjaliklar va tashkilotlardan tashqari) tomonidan ajratiladigan mablagʻlar — mahsulotlar sotish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda — 1,5 foiz miqdorida;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
tayyorlovchi, vositachi korxonalar, savdo korxonalari, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari, taʼminot-sotish tashkilotlari tomonidan mablagʻlar ajratish — qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda tovar aylanmasidan, ulgurji va chakana dorixona muassasalari tomonidan esa yalpi daromaddan — 1,0 foiz miqdorida;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
banklar (Markaziy bankdan tashqari), sugʻurta tashkilotlari, videosalonlar (videokoʻrsatuv punktlari), kimoshdi savdolari, kazinolar, nusxa koʻchirishdan, video va audiokassetalarni prokatga berishdan, pul yutuqli oʻyin avtomatlaridan foydalanishdan, lotereya yutuqlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar oʻtkazishdan, shuningdek ommaviy konsert-tomosha tadbirlari oʻtkazilishidan daromad oluvchi korxonalar tomonidan ajratiladigan mablagʻlar — daromadning 1,5 foizi miqdorida;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
avtotransport korxonalari tomonidan ajratiladigan mablagʻlar—mahsulotlar sotish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan xolda — 2,5 foiz miqdorida;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
sotib olingan avtotransport vositalarining, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xaridorlari tomonidan toʻlanadigan ushbu vositalar qiymatidan yigʻimlar:
sotib olingan yengil avtomobil narxidan — 6 foiz miqdorida;
boshqa avtotransport vositalari: yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar narxidan — 20 foiz miqdorida;
“Oʻzavtoyoʻl” konserni korxonalari va tashkilotlari mol-mulkini sotib olishdan budjetga tushadigan mablagʻlar umumiy miqdoridan ajratmalar — 50 foiz miqdorida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasida yonilgʻi-moylash materiallari sotish hajmidan ajratmalar — 7 foiz miqdorida;
xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi uchun toʻlovlar, bitta avtotashuvchi kirganligi uchun AQSh dollarida — 400 AQSh dollari miqdorida.
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish, qurilish-montaj, tuzatish-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan oʻz kuchi bilan bajarilgan ishlar hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda mablagʻlar ajratish — 1,5 foiz miqdorida.
(6-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Yoʻl jamgʻarmalariga ixtiyoriy badallar, respublika budjetidan ajratmalar va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa manbalardan ham mablagʻlar yoʻnaltirilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-son qarori tahririda)
7. Respublika yoʻl jamgʻarmasiga Toshkent shahrida toʻlanadigan:
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalar, xoʻjaliklar, tashkilotlar (mazkur bandning uchinchi—beshinchi va yettinchi xatboshida koʻrsatilgan korxonalar, xoʻjaliklar va tashkilotlardan tashqari) tomonidan ajratiladigan mablagʻlar mahsulotlar sotish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan xolda — 1,5 foiz miqdorida;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
tayyorlovchi, vositachi korxonalar, savdo korxonalari, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari, taʼminot-sotish tashkilotlari tomonidan ajratiladigan mablagʻlar — qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda tovar aylanmasidan, ulgurji va chakana dorixona muassasalari tomonidan esa yalpi daromaddan — 1,0 foiz miqdorida;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
banklar (Markaziy bankdan tashqari), sugʻurta tashkilotlari, videosalonlar (videokoʻrsatuv punktlari), kimoshdi savdolari, kazinolar, nusxa koʻchirishdan, video va audiokassetalarni prokatga berishdan, pul yutuqli oʻyin avtomatlaridan foydalanishdan, lotereya yutuqlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar oʻtkazishdan, shuningdek ommaviy konsert-tomosha tadbirlari oʻtkazilishidan daromad oluvchi korxonalar tomonidan ajratiladigan mablagʻlar— daromadning 1,5 foizi miqdorida;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
avtotransport korxonalari tomonidan ajratiladigan mablagʻlar — mahsulotlar sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan xolda — 2,5 foiz miqdorida;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
“Oʻzavtoyoʻl” konserni korxonalari va tashkilotlari mol-mulkini sotib olishdan budjetga tushadigan mablagʻlar umumiy miqdoridan ajratmalar — 50 foiz miqdorida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish, qurilish-montaj, tuzatish-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan oʻz kuchi bilan bajarilgan ishlar hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda mablagʻlar ajratish — 1,5 foiz miqdorida.
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Bundan tashqari, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi uchun toʻlovlar, bitta avtotashuvchi kirganligi uchun AQSh dollarida — 400 AQSh dollari miqdorida oʻtkaziladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-son qarori tahririda)
8. Viloyatlar va tumanlar yoʻl jamgʻarmalariga tegishli hududdagi:
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalar, xoʻjaliklar, tashkilotlar (mazkur bandning uchinchi—beshinchi va oʻninchi xatboshida koʻrsatilgan korxonalar, xoʻjaliklar va tashkilotlardan tashqari) tomonidan ajratiladigan mablagʻlar mahsulotlar sotish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda — 1,5 foiz miqdorida;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
tayyorlovchi, vositachi korxonalar, savdo korxonalari, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari, taʼminot-sotish tashkilotlari tomonidan ajratiladigan mablagʻlar — qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan xolda tovar aylanmasidan, ulgurji va chakana dorixona muassasalari tomonidan esa yalpi daromaddan — 1,0 foiz miqdorida;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
banklar (Markaziy bankdan tashqari), sugʻurta tashkilotlari, videosalonlar (videokoʻrsatuv punktlari), kimoshdi savdolari, kazinolar, nusxa koʻchirishdan, video va audiokassetalarni prokatga berishdan, pul yutuqli oʻyin avtomatlaridan foydalanishdan, lotereya yutuqlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar oʻtkazishdan, shuningdek ommaviy konsert-tomosha tadbirlari oʻtkazilishidan daromad oluvchi korxonalar tomonidan ajratiladigan mablagʻlar — daromadning 1,5 foizi miqdorida;
avtotransport korxonalari tomonidan ajratiladigan mablagʻlar—mahsulotlar sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan xolda — 2,5 foiz miqdorida;
(8-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
sotib olingan avtotransport vositalarining, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xaridorlari tomonidan toʻlanadigan ushbu vositalar qiymatidan yigʻimlar:
sotib olingan yengil avtomobil narxidan — 6 foiz miqdorida;
boshqa avtotransport vositalari: yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar narxidan — 20 foiz miqdorida;
“Oʻzavtoyoʻl” konsernining viloyat, tuman hududida joylashgan korxonalari va tashkilotlari mol-mulkini sotib olishdan budjetga tushadigan mablagʻlar umumiy miqdoridan 50 foiz ajratmalar oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish, qurilish-montaj, tuzatish-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan oʻz kuchi bilan bajarilgan ishlar hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda mablagʻlar ajratish — 1,5 foiz miqdorida.
(8-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoʻl jamgʻarmasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasida yonilgʻi-moylash materiallari sotish hajmidan ajratmalar — 7 foiz miqdorida oʻtkaziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-son qarori tahririda)
9. Yigʻimlar va ajratmalarni turi hisoblash va ularning oʻz vaqtida toʻlanishi uchun javobgarlik soliq toʻlovchilarga yuklatiladi, ular quyidagilarga majburdirlar:
yigʻim va toʻlovlarning mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda va muddatlarda toʻgʻri hisoblab chiqilishini va oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash;
toʻlov hujjatlarida yigʻim va ajratmalarning turini koʻrsatish;
toʻlangan yigʻimlar va ajratmalar hisobini olib borish;
avtomobil yoʻllari hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari va tuman boshqarmalarining xodimlarini, shuningdek, “Oʻzavtoyoʻl” konserni vakillarini ajratmalar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqilishi va toʻlanishini tekshirish uchun yoʻl jamgʻapmaciga kiritish va ularning talablariga koʻra bu yigʻimlar va ajratmalarni hisoblab chiqish hamda toʻlash bilan bogʻliq zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻzi joylashgan joy boʻyicha yoʻl organlariga (kichik va oʻrta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno) yigʻimlar va ajratmalarning summalari toʻgʻpicidagi hisob-kitoblarni “Oʻzavtoyoʻl” konserni tomonidan belgilangan hamda Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan muddatlarda va shakllar boʻyicha taqdim etish;
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 193-son qarori tahririda)
mazkur Nizomga muvofiq yoʻl jamgʻarmasiga mablagʻ toʻplash bilan shugʻullanuvchi organlarga bank rekvizitlarini maʼlum qilish.
II. Yoʻl jamgʻarmasiga mablagʻ toʻplashni amalga oshiruvchi organlarning vakolatlari
10. Avtomobil yoʻllari, hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari, avtomobil yoʻllari tuman boshqarmalari, “Oʻzavtoyoʻl” konserni;
yigʻimlar va ajratmalar tushishi kerak boʻlgan bank rekvizitlari va schyotlarning nomyerlarini xat yoki ommaviy axborot vositalari orqali maʼlum qilishga;
yigʻim va ajratmalarni hisoblab chiqish tartibi va toʻlash muddatlari boʻyicha oʻzgarishlar toʻgʻrisida yigʻim va ajratmalar toʻlovchilarni xabardor qilishga;
yigʻimlar va ajratmalarning oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilishga;
yoʻl jamgʻarmalariga tushuvchi yigʻimlar, ajratmalar va boshqa mablagʻlarning hisobini yuritishga majburdirlar.
11. Yigʻimlar va ajratmalarni belgilangan muddatlarda yoʻl jamgʻarmasiga toʻlashdan bosh tortilgan hollarda bu mablagʻlap avtomobil yoʻllari hududiy davlatga aksionerlik birlashmalari yoki tuman boshqarmalari, “Oʻzavtoyoʻl” konserni tomonidan shak-shubhasiz undirib olinadi. Muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun toʻlanmagan summaning 0,2 foizi miqdorida penya toʻlanadi.
12. Yigʻim va ajratmalarni toʻlovchilar bilan avtomobil yoʻllari hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari, tuman boshqarmalari oʻrtasida paydo boʻladigan nizolar xoʻjalik sudi tomonidan hal etiladi.
13. Yigʻimlar va ajratmalarni valyuta oʻrniga soʻmlarda toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan belgilanadigan chet el valyutasining amaldagi kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
III. Yoʻl jamgʻarmasiga mablagʻlar ajratish
14. Yoʻl jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratish summasi, keyinchalik buxgalteriya va statistika maʼlumotlari boʻyicha oʻsib boruvchi yakun bilan haqiqatda bajarilgan hajm yuzasidan yilning xar choragida qayta hisob-kitob qilingan holda, rejalashtirilayotgan yil uchun nazarda tutilgan mahsulotlar sotish, bajarilgan ishlar, xizmatlar hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda, oborot hajmiga, daromadga nisbatan hisoblab chiqish orqali belgilanadi.
Rejali toʻlovlar avtomobil yoʻllari hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari, tuman boshqarmalari schyotlariga har oyining 15-kunidan kechikmay yil choragi summasining uchdan bir miqdori hajmida oʻtkaziladi.
Ajratmalar summasini haqiqatda bajarilgan hajmlarga nisbatan qayta hisoblab chiqish natijasida aniqlangan qoʻshimcha toʻlov hisobot choragidan keyingi oyning 15-kuniga qadar boʻlgan muddatda toʻlanadi. Ortiqcha toʻlangan summa toʻlovchiga qaytariladi yoki navbatdagi toʻlovlar oʻrniga hisobga olinadi.
Toʻlash, subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyati natijalaridan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
15. Korxonalar va tashkilotlarning yuridik shaxs hisoblanmagan, ammo mustaqil hisob-kitob schyotiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmalari pul mablagʻlapini oʻzlari joylashgan joydagi hududiy yoʻl jamgʻapmaciga oʻtkazadilar bunday boʻlinmalarning bank muassasalarida schyotlari mavjud boʻlmagan taqdirda pul mablagʻlari oʻtkazishni ularning yuqori tashkilotlari amalga oshiradilar.
16. Xorijiy firmalar bilan birgalikda tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar yoki ularning filiallari, vakolatxonalari hamda hisob-kitoblarni erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiruvchi ularga tenglashtirilgan tashkilotlar, mulkchilik shaklidan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashganliklaridan qatʼi nazar, ajratmalarni 14-bandda koʻrsatilgan muddatlarda soʻmlarda yoki erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiradilar.
17. Yigʻim va ajratmalarni toʻlovchilarning pul mablagʻlari mavjud boʻlmagan taqdirda ular avtomobil yoʻllari hududiy davlat-aksionerlik birlashmalarining, tuman boshqarmalarining roziligi bilan ajratmalarni ishlar hajmini bajarish, binokorlik materiallari, konstruksiyalar, detallar, mashina va mexanika jismlarni, ularni mahsulotlar (ishlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibiga kiritgan holda, ekvivalent qiymati boʻyicha tayyorlash va yetkazib berish bilan almashtirishlari mumkin.
18. Quyidagilar korxonalar va xoʻjalik tashkilotlari tomonidan yoʻl jamgʻarmalariga mablagʻ ajratishdan ozod qilinadilar:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat budjetida boʻlgan tashkilotlar va muassasalar, tomosha korxonalari, sanatoriylar, dam olish uylari va pansionatlar umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, tuzatish, qayta qurish va saqlashni amalga oshiruvchi yoʻl xoʻjaligi tashkilotlari uy-joylardan foydalanish idoralari va uy boshqarmalari, boshqarmalari, Markaziy bank, Moliya vazirligi huzuridagi Qishloqni qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlashni davlat tomonidan ragʻbatlantirish jamgʻarmasi, davlat sugʻurta organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga qarashli boʻlinmalar, “Oʻzmarkazimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzsanoatmashimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Markazsanoateksport” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzinterimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻztashqitrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻrta Osiyo Trans” xalqaro avtotransportda yuk tashish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, davlat, kooperativ va jamoat tashkilotlarining respublika va mahalliy boshqaruv organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligining korxonalari va tashkilotlari (ularga boʻysunuvchi xoʻjalik hisobidagi xoʻjalik tashkilotlaridan tashqari).
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-yanvardagi 17-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 11-modda)
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, tuzatish va saqlashni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlarga ixtisoslashtirilgan yoʻl korxonalari va tashkilotlaridan tashqari avtomobil yoʻllari hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari, avtomobil yoʻllari tuman boshqarmalari, shuningdek, “Oʻzavtoyoʻl” konserni bilan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari qurish, tuzatish va saqlashga ular tomonidan bajariladigan qurilish-montaj ishlari umumiy hajmining kamida 75 foizi summasida bajarish uchun shartnoma (kontrakt) tuzgan yuridik shaxslar ham tegishli boʻladi.
IV. Sotib olingan avtotransport vositalari qiymatidan olinadigan yigʻimlar
19. Sotib olingan avtotransport vositalari qiymatidan olinadigan yigʻimlarni bu vositalarni sotib oluvchilar (mulkchilik shaklidan qatʼi nazar) roʻyxatga olingunga qadar, avtotransport vositasi egasi oʻzgargan holda esa avtotransport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish chogʻida sotib olingan yengil avtomobil (avtomobil — pikaplar, yengil furgonlar, tirkama va yarimtirkamalar ham shu jumlaga kiradi) narxining 6 foizi ularning qayerda sotib olinganligidan qatʼi nazar, boshqa avtotransport vositalari (yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar) narxining, 20 foizi miqdorida toʻlaydilar, tekin berilgan hollarda esa — qoldiq balans qiymatdan mana shu stavka boʻyicha toʻlanadi.
Sotib olingan avtotransport vositalari qiymatidan olinadigan yigʻimlar summasi yigʻimlarni toʻlovchi korxonalar tomonidan mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-son qarori tahririda)
20. Avtotransport vositalari, ularni sotib olganlik yoki qayta sotganlik yigʻimi toʻlanganligi haqidagi hujjat taqdim etilmasa, roʻyxatga, qayta roʻyxatga olinmaydi va texnik nazoratdan oʻtkazilmaydi.
21. Quyidagilar yigʻimdan ozod qilinadilar:
motokolyaskalar va avtomobillarga ega boʻlgan hamda ularni sotib oluvchi barcha guruhlarga tegishli nogironlar;
Oldingi tahrirga qarang.
ixtisoslashtirilgan tarmoqdan “OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilgan avtomobillarni sotib oluvchi fuqarolar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-maydagi 184-son qaroriga muvofiq uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR HQT, 1996-y., 5-son, 16-modda)
transport vositalari orqali yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi umumiy foydalanishdagi avtotransport korxonalari (taksidan tashqari);
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, qayta qurish, tuzatish va saqlashni amalga oshiruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar;
40 tonnadan ortiq yuk koʻtaradigan, kon ishlarida foydalaniladigan avtosamosvallarni sotib oluvchi korxonalar.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq yoʻlovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega boʻlgan avtokorxonalar umumiy foydalanishdagi yoʻlovchilar tashish transporti korxonalariga tegishli boʻladi. Litsenziyalashtirish joriy etilgunga qadar “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi va “Toshshahartranskorxona” uyushmasining yoʻlovchilar tashish transporti korxonalari mana shunday korxonalar jumlasiga tegishli boʻladi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash, tuzatish, qayta qurish va qurishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlarga ixtisoslashtirilgan yoʻl korxonalari va tashkilotlaridan tashqari avtomobil yoʻllar hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari, avtomobil yoʻllari tuman boshqarmalari, shuningdek, “Oʻzavtoyoʻl” konserni bilan ana shu ishlarni ular tomonidan bajariladigan ishlar umumiy hajmining kamida 75 foizi summasida bajarish uchun shartnoma (kontrakt) tuzadigan yuridik shaxslar ham tegishli boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
V. Avtomobil transporti daromadlaridan 2,5 foiz miqdorida mablagʻ ajratish
(V boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha avtotransport korxonalari mahsulotlar sotish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda, 2,5 foiz miqdorida yoʻl jamgʻarmasiga mablagʻ ajratadilar, koʻrsatib oʻtilgan ajratma transportda tashish tarifiga kiritiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Oʻz avtotransportini saqlash xarajatlarini tannarxga yoki muassasa smetasi hisobiga kiritish avtotransport korxonasini koʻrsatib oʻtilgan ajratmalarni toʻlashdan ozod qilmaydi
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
24. Rejali toʻlovlar, shuningdek, ajratmalar va qoʻshimcha toʻlovlarni qayta hisoblab chiqish mazkur Nizomning III boʻlimida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
25. Xorijiy firmalar bilan birgalikda tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yoki ularning filiallari va vakolatxonalari, hisob-kitoblarni erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiruvchi ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlar, boshqa davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yuridik shaxslari ajratmalarni soʻmlarda yoki erkin almashtiriladigan valyutada toʻlaydilar.
26. Quyidagilar mahsulotlar sotish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda 2,5 foizli ajratmalar toʻlashdan ozod qilinadilar:
davlat budjetida boʻlgan tashkilotlar va muassasalar;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini, shu jumladan, mahalliy yoʻllarni qurish, qayta qurish, tuzatish va saqlashni amalga oshiruvchi, yoʻl tashkilotlari bilan ular tomonidan bajariladigan ishlar umumiy hajmining kamida 75 foizi miqdorida qurish, qayta qurish, tuzatish va saqlash ishlarini bajarishga shartnoma (kontrakt) tuzgan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga qarashli boʻlinmalar, “Oʻzmarkazimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzsanoatmashimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Markazsanoateksport” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzinterimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻztashqitrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻrta Osiyo Trans” xalqaro avtotransportda yuk tashish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 11-modda)
VI. “Oʻzavtoyoʻl” konserni korxonalari, birlashmalari va tashkilotlari daromadlaridan mablagʻ ajratish
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR HQT, 1998-y., 2-son, 6-modda)
28. Yoʻl jamgʻarmasining boʻsh mablagʻlari yoʻl jamgʻarmasiga qoʻshimcha mablagʻ olish uchun mazkur Nizomda nazarda tutilgan faoliyat bilan bogʻliq tadbirkorlikka shu jumladan, yoʻl xoʻjaligini rivojlantirishda qatnashuvchi korxonalar va boshqa yuridik shaxslarning xarajatlari uchun qarz berishga sarflanishi mumkin.
29. “Oʻzavtoyoʻl” konserni yoʻl jamgʻarmasining yillik budjetidan foydalanilganligi toʻgʻrisida har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi. Yoʻl jamgʻapmasi mablagʻlaridan foydalanish mazkur Nizomga muvofiq kelmay qolgan taqdirda Vazirlar Mahkamasi ularning gʻayriqonuniy sarflanishini toʻxtatib qoʻyadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining avtomobil yoʻllari masalalari boʻyicha oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “1959-1965-yillarda Oʻzbekiston SSR avtomobil yoʻllari qurilishi rejasi toʻgʻrisida” 1959-yil 5-maydagi 320-son qarorining 7-bandi.
2. “KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “SSSRda yoʻl qurilishini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 1968-yil 5-avgustdagi 599-0014-son qarori” yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1968-yil 14-oktabrdagi 453-son qarori 7-bandining “b” kichik bandi (OʻzSSR QT, 1968-y.,7-son, 56-modda).
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “1986—1990-yillarda avtomobil yoʻllari qurilishiga maqsadli ajratmalar toʻgʻrisida” 1985-yil 22-iyuldagi 381-son qarori.
4. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy avtomobil yoʻllarini qurish va remont qilishga kolxozlar, sovxozlar, sanoat, transport, qurilish va boshqa korxonalar hamda xoʻjalik tashkilotlari tomonidan mablagʻlar ajratish tartibi toʻgʻrisida” 1989-yil 7-avgustdagi 250-son qarori.
5. “Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashining “Mahalliy avtomobil yoʻllarini qurish va remont qilishga kolxozlar, sovxozlar, sanoat, transport, qurilish va boshqa korxonalar hamda xoʻjalik tashkilotlari tomonidan mablagʻlar ajratish tartibi toʻgʻrisida” 1989-yil 7-avgustdagi 250-son qaroriga oʻzgartishlar kiritish haqida” Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashining 1990-yil 17-avgustdagi 295-son qarori.
6. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kengashining “Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashining 1989-yil 7-avgustdagi 250-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1991-yil 8-yanvardagi 1-son qarori.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 7-avgustdagi 250-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida 1991-yil 5-noyabrdagi 281-son qarori.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1985-yil 22-iyuldagi 381-son qarorining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida” 1992-yil 6-apreldagi 180-son qarori.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini tuzatish va saqlashni mablagʻ bilan taʼminlash tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1992-yil 31-oktabrdagi 504-son qarori.