Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.03.2018 01.12.1998 yildagi 506-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.03.2018
Hujjat 01.12.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOJIKISTON RESPUBLIKASI YuK AVTOTRANSPORT VOSITALARINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA ChEGARASI ORQALI OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-sonli “Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqiqlangan tovarlar va yuklarning Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali noqonuniy olib kelinishini va tranzit qilinishini bartaraf etish, yuk transport vositalarining kirib kelishi va chiqib ketishini, tranziti va harakat qilishini tartibga solish, yoʻl, maishiy xizmat va servis xizmati koʻrsatish tizimini tashkil qilish, shuningdek avtotransport vositalari harakati ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, Tojikiston Respublikasining yuk avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtkazish Bekobod, Andarxon, Panjikent, Uzun, Gʻishtkoʻprik, Olot, Xoʻjayli, Xoʻjaobod nazorat-oʻtkazish punktlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tojikiston Respublikasining bitta yuk avtotransport vositasining (yuksizidan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali kirib kelishi va tranziti uchun toʻlov 130 AQSh dollari miqdorida yoki toʻlov kunidagi ekvivalentdagi erkin almashtiriladigan valyutada belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov bevosita bojxona postlaridagi bank boʻlimlari tomonidan undiriladi va olingan mablagʻlar AQSh dollarida Respublikasi yoʻl jamgʻarmasining valyuta schyotiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish, yigʻimlar toʻlanishini nazorat qilish bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tojikiston Respublikasining yuk avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali tranzit bilan oʻtayotganda bir avtotransport vositasi uchun 200 EKYu miqdorida yoxud toʻlov kunidagi ekvivalentdagi erkin almashtiriladigan valyutada bojxona yigʻimlari undirilgan holda aksiz soligʻi solinadigan tovarlarning majburiy bojxona kuzatuvi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona kuzatuvi uchun yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha soʻmlarda undiriladi, bunda erkin almashtiriladigan valyuta bank boʻlimlarida almashtirilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi. Olingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasining 4-moddasiga muvofiq MDP daftarchasi (MDP konvensiyasi)ni qoʻllagan holda oʻtib ketayotgan avtotransport vositalariga nisbatan bojxona kuzatuvi yigʻimlar undirilmasdan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Almatov) respublika hududi orqali kelayotgan tranzit transport vositalari kirib kelgan kundan boshlab koʻpi bilan uch sutka mobaynida ularning chiqib ketishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bojxona jihatidan rasmiylashtirilmagan yukli avtotransport vositalari aniqlangan hollarda ular bojxona qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar koʻrish uchun eng yaqin oradagi bojxona organiga topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali Tojikiston Respublikasi yuk transport vositalarining kirib kelishi, chiqib ketishi va tranziti hamda harakat qilishining qabul qilingan tartibi toʻgʻrisida diplomatik yoʻllar bilan Tojikiston Respublikasi elchixonasiga xabar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 1-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
506-son