Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.03.2018 01.12.1998 yildagi 506-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.03.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOJIKISTON RESPUBLIKASI YuK AVTOTRANSPORT VOSITALARINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA ChEGARASI ORQALI O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-sonli “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqiqlangan tovarlar va yuklarning O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali noqonuniy olib kelinishini va tranzit qilinishini bartaraf etish, yuk transport vositalarining kirib kelishi va chiqib ketishini, tranziti va harakat qilishini tartibga solish, yo‘l, maishiy xizmat va servis xizmati ko‘rsatish tizimini tashkil qilish, shuningdek avtotransport vositalari harakati ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, Tojikiston Respublikasining yuk avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tkazish Bekobod, Andarxon, Panjikent, Uzun, G‘ishtko‘prik, Olot, Xo‘jayli, Xo‘jaobod nazorat-o‘tkazish punktlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. To‘lov bevosita bojxona postlaridagi bank bo‘limlari tomonidan undiriladi va olingan mablag‘lar AQSh dollarida O‘zbekiston Respublikasi yo‘l jamg‘armasining valyuta schyotiga o‘tkaziladi.
(2-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-sentabrdagi 429-sonli qarori bilan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Tojikiston Respublikasi avtotransport vositalaridan yig‘imlar to‘lovchilar tomonidan bevosita bojxona postlaridagi tijorat banklari bo‘limlari orqali erkin muomaladagi valyutada to‘lanadi, olingan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining valyuta hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tojikiston Respublikasining yuk avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali tranzit bilan o‘tayotganda bir avtotransport vositasi uchun 200 EKYu miqdorida yoxud to‘lov kunidagi ekvivalentdagi erkin almashtiriladigan valyutada bojxona yig‘imlari undirilgan holda aksiz solig‘i solinadigan tovarlarning majburiy bojxona kuzatuvi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona kuzatuvi uchun yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha so‘mlarda undiriladi, bunda erkin almashtiriladigan valyuta bank bo‘limlarida almashtirilganligi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi. Olingan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining maxsus jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona konvensiyasining 4-moddasiga muvofiq MDP daftarchasi (MDP konvensiyasi)ni qo‘llagan holda o‘tib ketayotgan avtotransport vositalariga nisbatan bojxona kuzatuvi yig‘imlar undirilmasdan qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Almatov) respublika hududi orqali kelayotgan tranzit transport vositalari kirib kelgan kundan boshlab ko‘pi bilan uch sutka mobaynida ularning chiqib ketishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona jihatidan rasmiylashtirilmagan yukli avtotransport vositalari aniqlangan hollarda ular bojxona qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar ko‘rish uchun eng yaqin oradagi bojxona organiga topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali Tojikiston Respublikasi yuk transport vositalarining kirib kelishi, chiqib ketishi va tranziti hamda harakat qilishining qabul qilingan tartibi to‘g‘risida diplomatik yo‘llar bilan Tojikiston Respublikasi elchixonasiga xabar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 1-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
506-son