Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017 01.12.1998 yildagi 504-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017
Hujjat 20.08.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AHOLINI ISh BILAN TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UChUN JARIMALAR SOLISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 34-son, 333-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PF–4782-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ–2498-son qarori”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1998-yil 1-maydagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 34-son, 333-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarima solish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2-ilova) tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 13-maydagi 235-son qaroriga 3-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 5-son, 18-modda) va Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan oʻzgartirish va qoʻshimchalar 1-bandining “d” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 1-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
504-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 34-son, 333-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oila manfaatlarini taʼminlash borasida 1998-yilda amalga oshiriladigan tadbirlar Davlat dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 27-yanvardagi 45-son qaroriga muvofiq va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun talablari ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizom aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga jarimalar solish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun talablarini buzganlik uchun, idoraviy boʻysunishi, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, barcha ish beruvchilar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazorat va ularning bajarilishini huquqiy vositalar bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, Bandlikka koʻmaklashish tuman (shahar) markazlari davlat mehnat huquq inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 195-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat mehnat huquq inspektorlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan muvofiqlashtirish rejalari asosida soliq (moliya) organlari oʻtkazadigan ayni bir vaqtdagi rejali kompleks tekshirishlar davomida, qoidaga koʻra, “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning bajarilishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda, nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyalari bilan kelishilgan tartibda va muddatlarda nazorat tekshirishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan tekshirish oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlarni va boshqa axborotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini bartaraf etish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxslar bajarishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda jarimalar solish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasiga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 50, 51 va 229-moddalariga muvofiq ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga quyidagi hollarda va quyidagi miqdorlarda jarimalar solinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga eng kam miqdordagi ish joylarini barpo etish yuzasidan joylardagi davlat hokimiyati organlari qarorlarini bajarmaganlik uchun — har bir barpo etilmagan ish joyi uchun xodimning yillik oʻrtacha ish haqi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avval buyurtmanoma berilgan, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim olgan, shuningdek kasb tayyorgarligi olishga va qayta tayyorgarlik koʻrishga, malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishdan bosh tortganlik uchun — ushbu xodim uchun moʻljallangan ish joyi boʻyicha yillik oʻrtacha ish haqi miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Bandlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga yuborilgan fuqarolarni u yerda boʻsh ish joylari (boʻsh lavozimlar) boʻlgani holda ishga olishdan asossiz bosh tortganlik uchun — eng kam oylik ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda;
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 195-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majbur qilganlik uchun, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, — eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) boʻsh ish joylari (boʻsh lavozimlar)ni yashirganlik uchun — eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) har bir xodimning oʻrni boʻshayotganligi toʻgʻrisidagi (uning kasbi, mutaxassisligi, malakasi va mehnat haqi miqdorini koʻrsatgan holda) axborotlarni oʻz vaqtida Bandlikka koʻmaklashish markaziga taqdim etmaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda;
(6-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 195-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga ajratmalarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatib oʻtilgan undirilgan jarima mablagʻlari Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasini toʻldirish uchun yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat mehnat huquq inspektorlari “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga jarima solishda quyidagi harakatlarni amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonun buzilganligi haqida bayonnoma tuzadilar. Bayonnomada uning tuzilgan sanasi va joyi, davlat mehnat huquq inspektorining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, ish joyining nomi, qonun buzilishi holatlarining mazmuni, bunga aybdor boʻlgan shaxslarning tushuntirishlari va ushbu tushuntirishlarni koʻrib chiqish natijalari, tekshirish davomida oʻrganilgan hujjatlar, aybdor shaxs qabul qilingan qaror bilan tanishtirilganligi haqidagi maʼlumotlar hamda unga qaror ustidan shikoyat qilish tartibi toʻgʻrisida tushuntirish berilganligi koʻrsatiladi. Bayonnoma davlat mehnat huquq inspektori tomonidan imzolanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qonunni buzganlik uchun jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar. Qarorda u qabul qilingan sana, qonun buzilishi sodir etilgan korxona (tashkilot, muassasa)ning nomi hamda ish beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, qonun talablari buzilgan holatlar, jarima solish uchun asos boʻlgan qonun va meʼyoriy hujjat nomi, jarima solinayotgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, solinayotgan jarima miqdori, jarima oʻtkazilishi lozim boʻlgan bank muassasasi va hisob raqami, qaror bajarilganligi toʻgʻrisida Davlat mehnat huquq inspeksiyasiga maʼlumot berish lozimligi koʻrsatiladi. Qaror davlat mehnat huquq inspektori tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qonun buzilganligi haqida bayonnoma va jarima solish toʻgʻrisidagi qaror uch nusxada tuziladi. Ularning birinchi nusxalari —jarima solingan shaxsga, ikkinchi nusxalari — ish beruvchiga, agar jarima ish beruvchiga solinayotgan boʻlsa — u boʻysunadigan yuqori tashkilotga beriladi. Uchinchi nusxalari davlat mehnat huquq inspektorida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jarima solish jarayonida paydo boʻladigan huquqiy munosabatlar, shu jumladan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish (protest berish), shikoyat (protest)ni koʻrib chiqish, chiqarilgan qaror ijrosini toʻxtatib turish, qaror ijrosi boʻyicha ish yuritish va boshqalar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.