Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 28.11.1998 yildagi 500-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 28.11.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KAPITAL QURILIShNI BOShQARISh TAShKILIY TUZILMASINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 18-noyabrdagi PF-2111-son Farmonini bajarish va 1998 — 2000-yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, pudrat qurilish idoralari va tashkilotlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkentuyjoyinvestqurilish” Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi, “Oʻzbektransqurilish” davlat uyushmasi, “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining “Oʻzbekgidroenergiyaqurilish” tresti boshqaruv tizimining boʻgʻinliligini 1 — 8-ilovalarga* muvofiq takomillashtirish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsuvqurilish” davlat konsernini boshqarishning 9-10-ilovalarga* muvofiq ikki boʻgʻinli tizimga bosqichma-bosqich oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilgan “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” korporatsiyasi, “Oʻzagroqurilish” birlashmasi va “Oʻzjamoaqurilish” tarkibiga kirgan pudrat qurilish trestlari, boshqarmalar, birlashmalar, sanoat va transport korxonalari hamda boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tizimi va tuzilmasi 11-ilovaga* muvofiq takomillashtirish boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish trestlari va qurilish industriyasi korxonalarini kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarni qurishga va rekonstruksiya qilishga, ushbu maqsadlar uchun qurilish konstruksiyalari va buyumlari ishlab chiqarishga 12-ilovaga* muvofiq hududlar boʻyicha ixtisoslashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1, 3, 5, 7, 9, 11, 12-ilovalar berilmaydi. 2, 4, 6, 8, 10, 13-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining uslubiy rahbarligi va texnikaviy koʻmagida, kasb-hunar kollejlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasini, “Oʻzagroqurilish” birlashmasini, “Oʻzjamoaqurilish” uyushmasini tugatish boʻyicha tugatish komissiyalari bilan birgalikda 13-ilovaga* muvofiq respublika qurilish tashkilotlarini qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000/2001-oʻquv yilining boshlanishigacha respublikaning har bir tumanida va viloyat markazida bittadan kasb-hunar kolleji foydalanishga topshirilishini taʼminlasinlar, bunda obod qilish, arxitektura-rejalashtirish yechimlari, quriladigan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining qurilishi va jihozlanishi jahonning eng yaxshi namunalari va standartlariga javob beruvchi namunaviy loyihalariga muvofiqlashtirish masalalariga alohida eʼtibor bersinlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab turgan pudrat qurilish tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasini maʼqullangan namunaviy tuzilmaga muvofiqlashtirish, ish hajmlarini maqbullashtirish, maʼmuriy boshqaruv xodimlari sonini qisqartirish, ularning tarkibiga kiruvchi ijtimoiy va uy-joy kommunal obyektlarini mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari balansiga berish zaruriyatidan kelib chiqqan holda, ortiqcha boʻgʻinlar va boʻlinmalarni tugatish boʻyicha amaliy ishlarni tashkil qilsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligining hududiy organlari, statistika, soliq va moliya xizmatlari bilan birgalikda pudrat qurilish tashkilotlari va korxonalarini keng aksiyalashtirishni taʼminlagan holda ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish ishlarini tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, qurilish kompleksi korxonalari va tashkilotlariga hududlar boʻyicha aksiyalashtirilgan birlashmalar va ixtiyoriy xoʻjalik hamkorligining boshqa shakllarini, shuningdek bozor infratuzilmasi tashkilotlarini tashkil etishda har tomonlama koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish yakunlari boʻyicha boʻshab qoladigan binolar, ishlab chiqarish quvvatlari va davlat mulkiga tegishli boʻlgan boshqa asosiy vositalar Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi bilan kelishgan holda keyinchalik asosan ishlab turgan va yangidan tashkil etilayotgan mustaqil xususiy korxonalar, mustaqil konsalting, injiniring tashkilotlarining hamda bozor infratuzilmasi qurilish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlarining moddiy bazasini mustahkamlash uchun foydalanilishi yoki belgilangan tartibda xususiylashtirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻshab qolayotgan davlat mulki ustun darajada pudrat qurilish tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning ustav jamgʻarmasiga davlat ulushi sifatida yoki lizing shartlarida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, kapital qurilishni isloh qilish boʻyicha hududiy komissiyalar bilan birgalikda ikki oy muddatda qurilish tashkilotlari va korxonalarini qayta tashkil etish va tugatish yakunlari boʻyicha boʻshab qolayotgan binolar, ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa asosiy vositalar roʻyxatini aniqlasin hamda uni koʻrib chiqish uchun Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablarini va ilgʻor jahon tajribasini hisobga olgan holda, 1999-yilda oʻquv yurtlarining asosiy koʻrsatkichlarini tartibga soluvchi mavjud meʼmorchilik-shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlarini qayta koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Davlat mulki qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga tender buyurtmalarini taʼminlash uchun pudrat va subpudrat qurilish tashkilotlariga kafillik va bank kafolatlari berish shartlari va tartibi toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda obyektni muddatidan ilgari foydalanishga topshirganlik va shartnoma qiymatiga nisbatan mablagʻlarni tejaganlik uchun pudrat tashkilotlarini buyurtmachi tomonidan mukofotlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mukofotlash summasi pudrat va subpudrat tashkilotlarining soliq solinadigan bazasiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tugatilayotgan “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasining 22-son Mehribonlik uyi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufiga berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzagroqurilish” respublika ishlab chiqarish davlat-kooperativ qurilish birlashmasining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1992-yil 6-martdagi 100-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston sanoat va xoʻjalik qurilishi (“Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish”) davlat korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari” toʻgʻrisida 1993-yil 14-yanvardagi 33-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent moliya-qurilish “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 27-dekabrdagi 622-son qaroriga 1, 2 va 2a-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxatidan (Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qaroriga 5-ilova) “Oʻzjamoaqurilish” kooperativ va aksionerlik qurilish korxonalari uyushmasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 28-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
500-son