1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Toshkent davlat yuridik universitetining maxsus uch yillik taʼlim dasturlariga oʻqishga qabul qilishga oid nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-son Farmoniga muvofiq Toshkent davlat yuridik universitetiga iqtidorli yoshlarni saralab olish hamda huquq taʼlim tizimining uzluksizligi va izchilligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universitetiga (keyingi oʻrinlarda — Universitet) belgilangan tartiblar asosida qabul qilinadigan Universitet huzuridagi akademik litseylar, yuridik texnikumlar bitiruvchilari hamda oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar uchun ular tanloviga koʻra kirish mumkin boʻlgan bakalavr taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik taʼlim dasturi joriy etilishi, ularni qabul qilish va oʻqitish alohida qabul kvotasi va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo yuridik texnikumi negizida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif maʼqullangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) talabalarga yoʻnaltirilgan taʼlim jarayoni orqali ularning ijodiy salohiyatini doimiy rivojlantirish hamda ijtimoiy masalalarni yechishga qodir boʻlgan mutaxassislar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Universitetda tajriba tariqasida amaliy oʻqitish hamda klinik va dual taʼlim tamoyili asosida taʼlim olish tizimi joriy etilgani, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi kurs talabalari uchun yuridik taʼlim dasturlarining 50 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 50 foizi (amaliyot qismi) sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura, konsalting va sohaga doir boshqa tashkilotlarda, shuningdek, yuridik klinikada klinik seminarlar oʻtkazish orqali olib borilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim dasturlarining nazariy qismlarini amaliy misollar asosida oʻqitish (problem-based learning) orqali talabada muammoli vaziyatni tahlil va xulosa qilish kabi “yumshoq” koʻnikmalar (soft skills) va nazariy bilimlarni shakllantirishga eʼtibor qaratilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik texnikumlar bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Adliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Qashqadaryo viloyati akademik litseyiga (keyingi oʻrinlarda — akademik litsey) qabulni 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litsey tegishlicha Qashqadaryo yuridik texnikumining huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo yuridik texnikumining amaldagi oʻquv dasturlari boʻyicha oʻqitish yakunlanguniga qadar ilgari belgilangan tartibda akademik litseyda davom ettiriladi, texnikum oʻquvchilariga nisbatan ilgari belgilangan imtiyozlar saqlab qolinadi hamda bitiruvchilarga tegishli mutaxassislik boʻyicha diplom beriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo yuridik texnikumi xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda akademik litseydagi mavjud shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash miqdorlari doirasida ishga qabul qilinadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida oʻqishni tashkil qilish choralari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litsey direktori litseyning faoliyatiga oid barcha masalalar, jumladan, moliyaviy masalalar, maʼmuriy boshqaruv va oʻquv jarayonini tashkil etish uchun javobgar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseyning oʻquv-uslubiy jarayoni yuridik taʼlimning uzluksizligi va izchilligini taʼminlashni hisobga olgan holda, Universitet tomonidan muvofiqlashtiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseyni budjet mablagʻlari hisobidan saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Adliya vazirligiga ajratilgan mablagʻlar va Toshkent davlat yuridik universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi, 2027-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
350-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning (keyingi oʻrinlarda — akademik litseylar) iqtidorli bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) maxsus uch yillik taʼlim dasturiga 2-kursdan kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

abituriyent — Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga kirish test sinovlarisiz, suhbat asosida oʻqishga qabul qilinadigan akademik litsey bitiruvchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya komissiyasi — yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha abituriyentlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun tashkil etiladigan komissiya;

maxsus komissiya — har yili Universitet rektori buyrugʻi bilan akademik litseylarda tashkil etiladigan bitiruvchilarga tavsiyanomalar berish masalasini koʻrib chiquvchi komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul komissiyasi — har yili Universitet rektori buyrugʻi bilan tashkil etiladigan Universitetga qabul jarayonlarini tashkil etuvchi, shu jumladan abituriyentlar hujjatlarini qabul qiladigan va ularga maslahat beruvchi komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suhbat komissiyasi — Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga qabul qilish uchun abituriyentlar bilan yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish maqsadida Universitet taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri buyrugʻi bilan tashkil etiladigan komissiya;

yakka tartibdagi suhbat — Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga oʻqishga qabul qilish uchun suhbat komissiyasi tomonidan abituriyentga mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlardan kelib chiqqan holda savol-javob oʻtkazish jarayoni.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Abituriyentlar qabul parametrlaridan tashqari Universitet tomonidan ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, belgilangan oʻrinlar soniga mos ravishda toʻlov-kontrakt asosida Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga muvofiq bakalavriatning kunduzgi, kechki, masofaviy taʼlim shakllariga oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qabul parametrlaridan tashqari oʻrinlar soni haqidagi maʼlumotlar har yili 10-iyunga qadar Universitetning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga oʻqishga qabul qilish suhbat natijalariga koʻra reyting tizimi boʻyicha toʻplangan ballar asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Abituriyentlar quyidagi mezonlar asosida suhbatdan oʻtkaziladi:

akademik litseylar dasturlari doirasida huquqiy fanlar boʻyicha bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik mutaxassislikni tanlashdagi motivatsiyasi (yuridik mutaxassislikning mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunishi hamda unga doimiy qiziqishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nutq madaniyatining shakllanganligi, oʻz fikrini ravon ifoda etishi va tanqidiy fikrlash salohiyatiga egaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy dunyoqarashning shakllanganligi, muntazam ravishda oʻz ustida ishlashi va ijodkorlik qobiliyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Abituriyentlar Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maxsus komissiyani tashkil etish va bitiruvchilarni tavsiya qilish tartibi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har yili 10-iyunga qadar 7 kishidan iborat tarkibda har bir akademik litsey uchun alohida maxsus komissiya tashkil etiladi. Maxsus komissiya tarkibiga adliya organlari va muassasalari, akademik litseylar xodimlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlar vakillari ham kiritilishi mumkin.

Maxsus komissiya oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik tamoyillari asosida amalga oshiradi.

Maxsus komissiyaga uning boshqa aʼzolari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi rais rahbarlik qiladi. Maxsus komissiya faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash uning kotibiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya kotibi bir vaqtning oʻzida komissiya aʼzosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet rektorining buyrugʻi bilan Universitet shoʻba mudirlari orasidan maxsus komissiya raislari belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bitiruvchilar har yili 20-iyunga qadar Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilishni soʻrab maxsus komissiyaga ariza beradi. Bunda ariza maxsus komissiya kotibiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya faqat komissiya tashkil etilgan tegishli oʻquv yilidagi bitiruvchilarning arizalarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchining xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat;

bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik litseyning ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokini (maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, jamoat ishlari, loyihalar, tanlovlar, olimpiadalar va boshqa tadbirlar) tasdiqlovchi hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus komissiyaning majlislar oʻtkazish jadvali va majlisga taklif etilgan bitiruvchilar roʻyxati komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Majlislarni oʻtkazish jadvali majlis boshlanishidan kamida bir hafta avval akademik litseylarning rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maxsus komissiya har yili 20-iyundan boshlab besh ish kuni ichida bitiruvchilarning hujjatlarini komissiya majlisida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maxsus komissiya majlisi komissiya aʼzolarining uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maxsus komissiya quyidagi minimal talablarni inobatga olgan holda, Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchining akademik litseydagi umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi reyting natijalari boʻyicha 71 foiz va undan yuqori foizni tashkil qilishi, shuningdek, 5 baholik tizimda 4 baho va undan yuqori boʻlishi kerak. Bunda maxsus komissiyaga bitiruvchining umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi toʻgʻrisidagi maʼlumot akademik litsey tomonidan taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchining xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga egaligi;

bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik litseyning ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, jamoat ishlari, loyihalar, tanlovlar, olimpiadalar va boshqa tadbirlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchining akademik litseydagi oʻqish davrida unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda maxsus komissiya mazkur minimal talablarga tegishli masalalarni koʻrib chiqishda bitiruvchining akademik litseydagi butun oʻqish davrini hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Zarurat boʻlganda, taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida bitiruvchi maxsus komissiya yigʻilishiga chaqirilishi hamda u bilan suhbat oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borish imkoniyatiga ega xonada oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Majlisda ishtirok etgan maxsus komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan bitiruvchini Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilish yoki tavsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi hamda komissiya har bir aʼzosining bitiruvchi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan fikri majlis bayonnomasida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bitiruvchi ushbu Nizomning 14-bandida belgilangan minimal talablarga javob bermagan taqdirda, maxsus komissiya uni Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maxsus komissiya majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanib, rais tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Maxsus komissiyaning qarori asosida Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilingan bitiruvchilar roʻyxati qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida akademik litsey direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi hamda bitiruvchiga buyruqdan koʻchirma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur buyruq nusxasi akademik litseylar tomonidan bir ish kuni ichida Universitetning qabul komissiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiya qilingan bitiruvchilarga Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish huquqi dastlabki ikki yil uchun amal qiladi.

3-bob. Qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish tartibi

19. Qabul komissiyasi tomonidan abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalari har yili 25-iyundan 5-iyulga qadar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Abituriyent mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq Universitet rektori nomiga maxsus uch yillik taʼlim dasturiga oʻqishga qabul qilish haqida Internet jahon axborot tarmogʻi orqali elektron shaklda ariza yuboradi. Bunda bitiruvchining diplomi (ilovasi bilan birga) pdf shaklda (portable document format) arizaga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qabul komissiyasi arizani kelib tushgan vaqtdan boshlab yetmish ikki soat ichida koʻrib chiqadi va hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, arizani noyob raqam berish orqali roʻyxatdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar qabul qilingani elektron platformadagi shaxsiy kabinetlari orqali maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizasi qabul qilinmagan abituriyentlarga arizani qabul qilishni rad etish sababi koʻrsatilgan holda elektron platformadagi shaxsiy kabinetlari orqali maʼlum qilinadi.

Abituriyent tomonidan belgilangan muddatda roʻyxatdan oʻtishda elektron platformaga talab etilgan maʼlumotlar va hujjatlar asliga mos hamda toʻliq belgilangan talablarga muvofiq kiritilganda, qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Abituriyent yigirma toʻrt soat ichida bildirishnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi va hujjatlarni mazkur Nizomning 20-bandida belgilangan tartibda takroran topshirishi mumkin. Bunda ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan muddat arizani takroran topshirishga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Suhbat komissiyasini tashkil etish va yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish tartibi

22. Har yili 1-iyulga qadar 7 kishidan iborat Universitetning taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri buyrugʻi bilan suhbat komissiyasi tashkil etiladi. Suhbat komissiyasi tarkibiga vazirlik va Universitet xodimlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi suhbatda koʻzi ojiz abituriyent qatnashayotgan taqdirda, suhbat komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati vakili kiritiladi. Bunda koʻzi ojiz abituriyentlar bilan suhbat oʻtkazish jarayoni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Abituriyentlar soni 200 nafardan ortiqni tashkil etganda, qoʻshimcha suhbat komissiyasi tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Maxsus komissiya tarkibiga kiritilgan shaxslarning suhbat komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Suhbat komissiyasi oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Suhbat komissiyasiga uning boshqa aʼzolari faoliyatini oʻzaro umumiy muvofiqlashtiruvchi rais rahbarlik qiladi. Suhbat komissiyasi faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash uning kotibiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat komissiyasi kotibi bir vaqtning oʻzida komissiya aʼzosi hisoblanadi.

26. Suhbat komissiyasi suhbat boshlanishidan kamida uch kun oldin yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish jadvalini tasdiqlaydi hamda Universitet rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Suhbat komissiyasi har yili 10-iyuldan 10-avgustga qadar abituriyentlar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazilgunga qadar abituriyentlar uchun qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida maslahatlar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qabul komissiyasi kotibi yakka tartibdagi suhbat oʻtkaziladigan bino va auditoriyalarni tayyorlash uchun masʼul hisoblanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yakka tartibdagi suhbat Universitetdagi taʼlim tillarida oʻtkaziladi. Bunda yakka tartibdagi suhbat tili abituriyent tomonidan tanlanadi va uning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizasida koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Abituriyent suhbat oʻtkaziladigan auditoriyaga yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish jadvaliga muvofiq biometrik pasporti (ID-kartasi) bilan navbatma-navbat kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Abituriyentning yakka tartibdagi suhbatga uyali telefon hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lugʻat, kitob va shpargalkalar olib kirishi, ulardan foydalanishi yoki ularni boshqa abituriyentga berishi, shuningdek, boshqa abituriyentga yordam berishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talabni buzgan abituriyent yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtiriladi. Suhbat komissiyasi kotibi mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda abituriyentni yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtirish haqida dalolatnoma rasmiylashtiradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish davomida suhbat komissiyasi aʼzolari abituriyentga mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlardan kelib chiqqan holda savollar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi mezon boʻyicha beriladigan savollar roʻyxati akademik litseylar oʻquv dasturlari asosida shakllantiriladi hamda Universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savollar roʻyxati Universitet rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida yakka tartibdagi suhbat boshlanishidan kamida oʻn besh kun avval eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi suhbat har bir abituriyent uchun 30 daqiqagacha davom etishi mumkin. Mazkur Nizomning 5-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi mezonlar boʻyicha savollar abituriyent tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda maxsus elektron dastur orqali tasodifiy ravishda tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent tomonidan tasodifiy ravishda tanlangan savollar suhbat komissiyasi kotibi tomonidan qogʻozga chop etilib, abituriyentga taqdim qilinadi.

Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 balli tizimda ballar qoʻyish yoʻli bilan baholanadi. Mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan har bir mezon boʻyicha maksimal ball 25 ballni tashkil etadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Abituriyentlar bilan oʻtkazilgan yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha suhbat komissiyasining har bir aʼzosi boshqa aʼzolardan mustaqil ravishda mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda baholash varaqasini toʻldiradi va uni suhbat komissiyasi kotibiga taqdim etadi. Suhbat komissiyasi kotibi komissiya aʼzolari tomonidan abituriyentga qoʻyilgan oʻrtacha ballni hisoblab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi suhbat natijalari reyting tizimi boʻyicha abituriyentga qoʻyilgan 0 dan 100 gacha oraliqdagi ballar asosida aniqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Yakka tartibdagi suhbat natijasi boʻyicha suhbat komissiyasining bayonnomasi rasmiylashtiriladi. Bayonnoma yakka tartibdagi suhbatda ishtirok etgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentlar roʻyxati suhbat komissiyasi bayonnomasida eng yuqori ball olgan abituriyentdan boshlab, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda, kamayib borish tartibida joylashtiriladi.

Yakka tartibdagi suhbat jarayoni videoyozuvlarda qayd etiladi hamda Internet jahon axborot tarmogʻi orqali onlayn rejimda translyatsiya qilinadi.

36. Yakka tartibdagi suhbat natijalari suhbat jarayoni yakunlangandan soʻng bir ish kuni ichida Universitet rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Abituriyent quyidagi hollarda oʻqishga qabul qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish jadvaliga muvofiq suhbatga kelmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 56 foizidan kam ball toʻplanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 56 foizi va undan yuqori ball toʻplagan, biroq, Universitet tomonidan belgilangan oʻrinlar doirasiga kirmagan abituriyentlar oʻqishga qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbatni qayta oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha abituriyentning shikoyatini koʻrib chiqish uchun har yili 1-iyulga qadar 7 kishidan iborat tarkibda Universitet taqdimnomasiga asosan Adliya vaziri buyrugʻi bilan apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga vazirlik va Universitet xodimlari kiritilishi mumkin.

Maxsus komissiya va suhbat komissiyasi aʼzolari apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilmaydi.

Apellyatsiya komissiyasi oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi.

Apellyatsiya komissiyasiga komissiyaning boshqa aʼzolari faoliyatini oʻzaro umumiy muvofiqlashtiruvchi rais rahbarlik qiladi. Apellyatsiya komissiyasi faoliyatini tashkiliy taʼminlash uning kotibiga yuklanadi.

Apellyatsiya komissiyasi kotibi bir vaqtning oʻzida komissiya aʼzosi hisoblanadi.

Zarurat boʻlganda, suhbat komissiyasi aʼzosi apellyatsiya jarayonida qatnashishi va oʻz fikrini bildirishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Abituriyent yakka tartibdagi suhbat natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda, suhbat natijasi eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga yozma yoxud elektron tarzda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida koʻrib chiqadi. Apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqiladigan kun haqida abituriyentga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Apellyatsiya shikoyati abituriyent ishtirokida koʻrib chiqiladi va ushbu jarayon videoyozuvlarda qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha quyidagi mazmundagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eʼtiroz asossiz boʻlgan taqdirda, apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish va yakka tartibdagi suhbat natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida;

eʼtiroz asosli boʻlgan taqdirda, apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish va yakka tartibdagi suhbat natijalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar oʻquv yili boshlanishiga qadar diplomi (ilovasi bilan birga) va xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatining asl nusxalarini qabul komissiyasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarda, shu jumladan, elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlarda soxtalashtirish va qalbakilashtirish yoki yolgʻon maʼlumot taqdim etilganligi aniqlangan taqdirda, abituriyent yakka tartibdagi suhbatdan yoxud universitet talabalari safidan chetlashtiriladi, hujjatlari esa belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

45. Universitet har yili 15-avgustga qadar yakka tartibdagi suhbat natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Adliya vazirligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oʻqishga qabul qilish tartibi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Har yili 25-avgustga qadar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining abituriyentlarni maxsus uch yillik taʼlim dasturiga oʻqish uchun tavsiya etish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilinib, Universitetga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻiga asosan har yili 30-avgustga qadar universitet rektorining abituriyentlarni darslarga qatnashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Universitet rektorining abituriyentlarni maxsus uch yillik taʼlim dasturiga darslarga qatnashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilinganidan soʻng Universitet hamda abituriyentlar oʻrtasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus platformasi orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar qonunchilik hujjatlari va shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda toʻlovlarni amalga oshiradi.

49. Har yili 30-sentabrga qadar universitet rektorining shartnomada koʻrsatilgan toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga oʻqishga qabul qilingan talabalarning yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlaridan koʻchirmalar ularning shaxsiy yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetining maxsus uch yillik taʼlim dasturiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Toshkent davlat yuridik universiteti
(TDYU)
Akademik litseylar bitiruvchilarini TDYUning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha maxsus komissiya tashkil etadi.
Har yili 10-iyunga qadar
Akademik litseylarning bitiruvchilari
TDYUning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilishni soʻrab maxsus komissiyaga ariza beradi.
Har yili 20-iyunga qadar
Maxsus komissiya
1. Majlislarni oʻtkazish jadvalini akademik litseylarning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qiladi.
Majlis boshlanishidan kamida bir hafta oldin
2. Bitiruvchilarning hujjatlarini komissiya majlisida koʻrib chiqadi.
3. Majlisda ishtirok etgan maxsus komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan bitiruvchini TDYUning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilish yoki tavsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Har yili 20-iyundan boshlab besh ish kuni ichida
2-bosqich
Akademik litseylar
1. Maxsus komissiyaning qarori asosida TDYUning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilingan bitiruvchilar roʻyxatini buyruq bilan tasdiqlaydi hamda bitiruvchiga buyruqdan koʻchirma beradi.
Qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida
2. Buyruq nusxasini TDYU qabul komissiyasiga yuboradi.
Bir ish kuni ichida
3-bosqich
Abituriyent
TDYU rektori nomiga TDYUning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga oʻqishga qabul qilish haqida Internet jahon axborot tarmogʻi orqali elektron shaklda ariza yuboradi.
Har yili 25-iyundan 5-iyulga qadar
4-bosqich
Qabul komissiyasi
1. Arizani koʻrib chiqadi va hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, arizani noyob raqam berish orqali roʻyxatdan oʻtkazadi hamda abituriyentlarga maxsus platformadagi shaxsiy kabinetlari orqali maʼlum qiladi.
Kelib tushgan vaqtdan boshlab yetmish ikki soat ichida
2. Agar taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanib arizalar qabul qilinmagan taqdirda abituriyentlarga arizani qabul qilishni rad etish sababi koʻrsatilgan holda elektron platformadagi shaxsiy kabinetlari orqali maʼlum qiladi.
Kamchilik aniqlangan vaqtdan boshlab bir soat ichida
Abituriyent
Bildirishnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etadi va hujjatlarni belgilangan tartibda takroran topshiradi.
Yigirma toʻrt soat ichida
5-bosqich
Adliya vazirligi
Suhbat komissiyasini tashkil etadi.
Har yili 1-iyulga qadar
Suhbat komissiyasi
1. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish jadvalini tasdiqlaydi TDYUning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qiladi.
Suhbat boshlanishidan kamida uch kun avval
2. Abituriyentlar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazadi.
Har yili 10-iyuldan 10-avgustga qadar
3. Yakka tartibdagi suhbat natijalarini TDYUning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qiladi.
Suhbat jarayoni yakunlangandan soʻng bir ish kuni ichida
6-bosqich
Adliya vazirligi
Yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha abituriyentning shikoyatini koʻrib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasini tashkil etadi.
Har yili 1-iyulga qadar
7-bosqich
Abituriyent
Diplom (ilovasi bilan birga) va xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatning asl nusxalarini qabul komissiyasiga taqdim etadi.
Oʻquv yili boshlanishiga qadar
8-bosqich
TDYU
Yakka tartibdagi suhbat natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Adliya vazirligiga yuboradi.
Har yili 15-avgustga qadar
9-bosqich
Adliya vazirligi
Abituriyentlarni TDYUning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga oʻqish uchun tavsiya etish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.
Har yili 25-avgustga qadar
10-bosqich
TDYU va abituriyent
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus platformasi orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtiradi.
Oʻqishga tavsiya etish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinganidan soʻng
Abituriyent
Toʻlovni amalga oshiradi.
Qonunchilik hujjatlari va shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda
TDYU
1. Abituriyentlarni darslarga qatnashishga ruxsat berish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.
Har yili 30-avgustga qadar
2. Shartnomada koʻrsatilgan toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.
Har yili 30-sentabrga qadar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori
__________________________ga
(F.I.O.)
____________________________
_________________________dan
(abituriyentning F.I.O (toʻliq yoziladi)
Toshkent davlat yuridik universitetining maxsus uch yillik taʼlim dasturiga qabul toʻgʻrisida
ARIZA
Menga __________________________________________ yoʻnalishida taʼlim olish uchun suhbatdan
Xalqaro yoki milliy olimpiadalarda, tanlovlarda hamda sport musobaqalarida qatnashganligi haqida maʼlumot (agar qatnashgan boʻlsa) ___________________________________
tanlov fani (ixtisosligi), sport musobaqasi turi, oʻtkazilgan vaqti, egallangan oʻrin)
Nogironligi haqida maʼlumot ___________________________________________________________
(nomi va guruhi, hujjat rekvizitlari)
Suhbat oʻtkazish qoidalari bilan tanishdim.
_____________________
________
_________________
(abituriyentning F.I.O.)
(imzo)
(ariza berish sanasi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA
Yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtirish haqida
DALOLATNOMA
___________________shahri
20____ yil “____” __________
Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, abituriyent ___________________________
Abituriyent tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning _____ bandlari talablari buzilgan.
Komissiya kotibi
______________________
______________
(F.I.O.)
(imzo)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA
Toshkent davlat yuridik universitetining maxsus uch yillik taʼlim dasturiga qabul qilish boʻyicha yakka tartibdagi suhbatdan oʻtgan abituriyentning javoblarini

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik texnikumlar bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom yuridik texnikumlarning iqtidorli bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) maxsus uch yillik taʼlim dasturiga 2-kursdan kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyent — Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga 2-kursdan yuridik texnikum tavsiyasi boʻyicha test sinovlarisiz, suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilinadigan yuridik texnikum bitiruvchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus komissiya — har yili yuridik texnikum direktori buyrugʻi bilan yuridik texnikumlarda tashkil etiladigan bitiruvchilarga tavsiyanomalar berish masalasini koʻrib chiquvchi komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul komissiyasi — Universitet rektori buyrugʻi bilan tashkil etiladigan Universitetga qabul jarayonlarini tashkil etuvchi, shu jumladan abituriyentlar hujjatlarini qabul qiladigan va ularga maslahat beruvchi komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suhbat komissiyasi — Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga qabul qilish uchun abituriyentlar bilan yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish maqsadida Universitet taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri buyrugʻi bilan tashkil etiladigan komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi suhbat — Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga qabul qilish uchun suhbat komissiyasi tomonidan abituriyentga mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlardan kelib chiqqan holda savol-javob oʻtkazish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya komissiyasi — yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha abituriyentlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun tashkil etiladigan komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy adliya organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Abituriyentlar Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuridik texnikumlardagi taʼlim shaklidan qatʼi nazar, Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga muvofiq bakalavriatning kunduzgi, kechki, masofaviy taʼlim shakllariga oʻqishga qabul qilish suhbat natijalariga koʻra reyting tizimi boʻyicha toʻplangan ballar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Abituriyentlar quyidagi mezonlar asosida suhbatdan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish (davlat va jamiyat qurilishi, qonun ustuvorligini taʼminlash, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, shuningdek, ijtimoiy soha va boshqa sohalardagi islohotlar haqida tasavvur va fikrlash qobiliyatining mavjudligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslikni tanlashda motivatsiya (huquqshunos kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish bildirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (oʻqishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, masʼuliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shuningdek, oʻz ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yurisprudensiya sohasidagi bilim va kasbiy koʻnikmalarning mavjudligi (professional taʼlimi darajasida yurisprudensiya sohasida oʻz fikrini bayon qilish va tahlil qilish koʻnikmalarining mavjudligi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maxsus komissiyani tashkil etish va bitiruvchilarni tavsiya qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har yili 10-iyunga qadar 7 kishidan iborat tarkibda har bir yuridik texnikum uchun alohida maxsus komissiya tashkil etiladi. Maxsus komissiya tarkibiga kelishuvga koʻra universitet, hududiy adliya organlari va yuridik texnikum xodimlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlar vakillari ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiyaga koʻzi ojiz abituriyent murojaat etganida, maxsus komissiya tarkibiga Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati vakili kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiyaga uning boshqa aʼzolari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi rais rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet bilan kelishilgan holda Maxsus komissiya raisi oʻrinbosari Universitet professor-oʻqituvchilari orasidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash uning kotibiga yuklanadi. Maxsus komissiya kotibi bir vaqtning oʻzida komissiya aʼzosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bitiruvchilar har yili 20-iyunga qadar Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilishni soʻrab maxsus komissiyaga ariza beradi. Bunda ariza maxsus komissiya kotibiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya faqat komissiya tashkil etilgan tegishli oʻquv yili bitiruvchilarining arizalarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchining xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, yuridik texnikumning ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokini (maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, jamoat ishlari, loyihalar, tanlovlar, olimpiadalar va boshqa tadbirlar) tasdiqlovchi hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maxsus komissiya har yili 20-iyundan 30-iyunga qadar yuridik texnikumlar bitiruvchilarining arizalarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar Maxsus komissiya majlislarida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus komissiyaning majlislar oʻtkazish jadvali yuridik texnikum direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Majlisga taklif etilgan yuridik texnikumlar bitiruvchilari roʻyxati buyruqqa ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Majlislar oʻtkazish jadvali yuridik texnikumning rasmiy veb-saytida, qoida tariqasida, majlis boshlanishiga kamida bir hafta qolganda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maxsus komissiya majlisi, qoida tariqasida, yuridik texnikum binolarida oʻtkaziladi. Maxsus komissiya majlisi komissiya aʼzolarining barchasi ishtirok etgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maxsus komissiya quyidagi minimal talablarni inobatga olgan holda, Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchining yuridik texnikumdagi umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi reyting natijalari boʻyicha 71 foiz va undan yuqori foizni tashkil qilishi, shuningdek, 5 baholik tizimda 4 baho va undan yuqori boʻlishi kerak. Bunda maxsus komissiyaga bitiruvchining umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi toʻgʻrisidagi maʼlumot yuridik texnikum tomonidan taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchining xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga egaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, yuridik texnikumning ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, jamoat ishlari, loyihalar, tanlovlar, olimpiadalar va boshqa tadbirlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchining yuridik texnikumdagi oʻqish davrida unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda maxsus komissiya mazkur minimal talablarga tegishli masalalarni koʻrib chiqishda bitiruvchining yuridik texnikumdagi butun oʻqish davrini hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Zarurat boʻlganda, taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida bitiruvchi maxsus komissiya yigʻilishiga chaqirilishi hamda u bilan suhbat oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borish imkoniyatiga ega xonada oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Majlisda ishtirok etgan maxsus komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan bitiruvchini Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilish yoki tavsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi hamda komissiya har bir aʼzosining bitiruvchi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan fikri majlis bayonnomasida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bitiruvchi ushbu Nizomning 13-bandida belgilangan minimal talablarga javob bermagan taqdirda, maxsus komissiya uni Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maxsus komissiya majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanib, rais tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maxsus komissiyaning qarori asosida Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilingan bitiruvchilar roʻyxati qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida yuridik texnikum direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi hamda bitiruvchiga buyruqdan koʻchirma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yuridik texnikum bitiruvchisiga tavsiya berish haqida qabul qilingan qaror xolisligi uchun shaxsiy javobgarlik yuridik texnikum direktori zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur buyruq nusxasi yuridik texnikum tomonidan bir ish kuni ichida Universitetning rasmiy pochtasiga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiya qilingan bitiruvchilarga Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish huquqi dastlabki ikki yil uchun amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Abituriyentlarni qabul qilish parametrlari haqidagi maʼlumot Universitetning rasmiy veb-saytiga qabul parametrlariga oid hujjat qabul qilinganidan keyin besh kundan kechikmasdan joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qabul komissiyasi tomonidan abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalari har yili 5-iyuldan 25-iyulga qadar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq Universitet rektori nomiga maxsus uch yillik taʼlim dasturiga oʻqishga qabul qilish haqida Internet jahon axborot tarmogʻi orqali elektron shaklda ariza yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bitiruvchining diplomi (ilovasi bilan birga) pdf (portable document format) shaklda arizaga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hujjatlar Universitet qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan vaqt ariza uchun noyob raqam olingan vaqt hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentlarning hujjatlari qabul komissiyalari tomonidan koʻrib chiqiladi va ularning arizalari qabul qilingani elektron platformadagi shaxsiy kabinetlari orqali maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizasi qabul qilinmagan abituriyentlarga arizani qabul qilishni rad etish sababi koʻrsatilgan holda elektron platformadagi shaxsiy kabinetlari orqali maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent tomonidan belgilangan muddatda roʻyxatdan oʻtishda elektron platformaga talab etilgan maʼlumotlar va hujjatlar asliga mos hamda toʻliq belgilangan talablarga muvofiq kiritilganda, qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Abituriyent elektron platformada bildirishnomani olganidan boshlab yigirma toʻrt soat ichida kamchiliklarni bartaraf etishi va hujjatlarni mazkur Nizomning 19-bandida belgilangan tartibda takroran topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan muddat arizani takroran topshirishga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Suhbat komissiyasini tashkil etish va yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Har yili 1-iyulga qadar 7 kishidan iborat Universitetning taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri buyrugʻi bilan suhbat komissiyasi tashkil etiladi. Suhbat komissiyasi tarkibiga Adliya vazirligi va Universitet xodimlari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi suhbatda koʻzi ojiz abituriyent qatnashayotgan taqdirda, suhbat komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati vakili kiritiladi. Bunda koʻzi ojiz abituriyentlar bilan suhbat oʻtkazish jarayoni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya tarkibiga kiritilgan shaxslarning suhbat komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat komissiyasi oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat komissiyasiga uning boshqa aʼzolari faoliyatini oʻzaro umumiy muvofiqlashtiruvchi rais rahbarlik qiladi. Suhbat komissiyasi faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash uning kotibiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat komissiyasi kotibi bir vaqtning oʻzida komissiya aʼzosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Suhbat komissiyasi suhbat boshlanishidan kamida besh kun oldin yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish jadvalini tasdiqlaydi hamda Universitet rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Suhbat komissiyasi har yili 10-avgustdan 25-avgustga qadar abituriyentlar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xolisona sabablarga koʻra ushbu muddatlarda suhbat oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, suhbat komissiyasi yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish muddatini oʻzgartirishi mumkin. Bunda abituriyentlar belgilangan muddatdan kamida bir hafta oldin yakka tartibdagi suhbat va uni oʻtkazish jadvali haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazilgunga qadar abituriyentlar uchun qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida maslahatlar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qabul komissiyasi kotibi yakka tartibdagi suhbat oʻtkaziladigan bino va auditoriyalarni tayyorlash uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yakka tartibdagi suhbat Universitetdagi taʼlim tillarida oʻtkaziladi. Bunda yakka tartibdagi suhbat tili abituriyent tomonidan tanlanadi va uning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizasida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Abituriyent suhbat oʻtkaziladigan auditoriyaga yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish jadvaliga muvofiq biometrik pasporti (ID-kartasi) bilan navbatma-navbat kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Abituriyentning yakka tartibdagi suhbatga uyali telefon hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lugʻat, kitob va shpargalkalar olib kirishi, ulardan foydalanishi yoki ularni boshqa abituriyentga berishi, shuningdek, boshqa abituriyentga yordam berishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talabni buzgan abituriyent yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtiriladi. Suhbat komissiyasi kotibi mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda abituriyentni yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtirish haqida dalolatnoma rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish davomida suhbat komissiyasi aʼzolari abituriyentga mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlardan kelib chiqqan holda savollar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi mezon boʻyicha beriladigan savollar roʻyxati yuridik texnikumlar oʻquv dasturlari asosida shakllantiriladi hamda Universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan savollar roʻyxati Universitetning rasmiy veb-saytiga yakka tartibdagi suhbat boshlanishidan kamida bir oy oldin joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish davomida abituriyentga qoʻshimcha savollar berilishi mumkin. Bitta abituriyent bilan yakka tartibdagi suhbat 30 daqiqagacha davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 5-bandidagi mezonlar boʻyicha savollar abituriyent tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda maxsus elektron dastur orqali tasodifiy ravishda tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent tomonidan tasodifiy ravishda tanlangan savollar suhbat komissiyasi kotibi tomonidan qogʻozga chop etilib, abituriyentga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 ballik tizimda ballar qoʻyish yoʻli bilan baholanadi. Mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan har bir mezon boʻyicha maksimal ball 25 ballni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Abituriyentlar bilan oʻtkazilgan yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha suhbat komissiyasining har bir aʼzosi boshqa aʼzolardan mustaqil ravishda mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda baholash varaqasini toʻldiradi va uni suhbat komissiyasi kotibiga taqdim etadi. Suhbat komissiyasi kotibi komissiya aʼzolari tomonidan abituriyentga qoʻyilgan oʻrtacha ballni hisoblab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi suhbat natijalari reyting tizimi boʻyicha abituriyentga qoʻyilgan 0 dan 100 gacha oraliqdagi ballar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yakka tartibdagi suhbat natijasi boʻyicha suhbat komissiyasining bayonnomasi rasmiylashtiriladi. Bayonnoma yakka tartibdagi suhbatda ishtirok etgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentlar roʻyxati suhbat komissiyasi bayonnomasida eng yuqori ball olgan abituriyentdan boshlab, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda, kamayib borish tartibida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi suhbat jarayoni videoyozuvlarda qayd etiladi hamda Internet jahon axborot tarmogʻi orqali onlayn rejimda translyatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yakka tartibdagi suhbat natijalari suhbat jarayoni yakunlangandan soʻng bir ish kuni ichida Universitetning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Abituriyent quyidagi hollarda oʻqishga qabul qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jadval boʻyicha yakka tartibdagi suhbatga kelmaganda (0 ball qoʻyiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 70 foizi va undan kam ball toʻplanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 71 foizi va undan yuqori ball toʻplagan, biroq, Universitet tomonidan belgilangan oʻrinlar doirasiga kirmagan abituriyentlar oʻqishga qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbatni qayta oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha abituriyentning shikoyatini koʻrib chiqish uchun Universitet taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri buyrugʻi bilan 7 nafar aʼzodan iborat apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga tegishli fanlar boʻyicha ekspertlar, shikoyat koʻzi ojiz abituriyent tomonidan berilganda esa Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati vakili ham kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga vazirlik va Universitet xodimlari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya va suhbat komissiyasi aʼzolari apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi uning aʼzolarining uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasiga komissiyaning boshqa aʼzolari faoliyatini oʻzaro umumiy muvofiqlashtiruvchi rais rahbarlik qiladi. Apellyatsiya komissiyasi faoliyatini tashkiliy taʼminlash uning kotibiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi kotibi bir vaqtning oʻzida komissiya aʼzosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda, suhbat komissiyasi aʼzosi apellyatsiya jarayonida qatnashishi va oʻz fikrini bildirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Abituriyent yakka tartibdagi suhbat natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda, suhbat natijasi eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga yozma yoxud elektron ravishda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida koʻrib chiqadi. Apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqiladigan kun haqida abituriyentga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Apellyatsiya shikoyati abituriyent ishtirokida koʻrib chiqiladi va ushbu jarayon videoyozuvlarda qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha quyidagi mazmundagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eʼtiroz asossiz boʻlgan taqdirda, apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish va yakka tartibdagi suhbat natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eʼtiroz asosli boʻlgan taqdirda, apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish va yakka tartibdagi suhbat natijalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar qabul komissiyasiga yakka tartibdagi suhbat oʻtkazilgan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida diplomi (ilovasi bilan birga) va xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatining aslini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarda, shu jumladan, elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlarda soxtalashtirish va qalbakilashtirish yoki yolgʻon maʼlumot taqdim etilganligi aniqlangan taqdirda, abituriyent yakka tartibdagi suhbatdan yoxud universitet talabalari safidan chetlashtiriladi, hujjatlari esa belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Universitet har yili 30-avgustga qadar yakka tartibdagi suhbat natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Adliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oʻqishga qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga tavsiya etish va darslarga qatnashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi rektor buyrugʻi, qoida tariqasida, 5-sentabrdan kechiktirmasdan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Universitet rektorining abituriyentlarni maxsus uch yillik taʼlim dasturiga oʻqishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilinganidan soʻng Universitet hamda abituriyentlar oʻrtasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus platformasi orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar qonunchilik hujjatlari va shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda toʻlovlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Har yili 30-sentabrga qadar Universitet rektorining shartnomada koʻrsatilgan toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga oʻqishga qabul qilingan talabalarning yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlaridan koʻchirmalar ularning shaxsiy yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik texnikumlar bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik texnikumlar bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetining maxsus uch yillik taʼlim dasturiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Yuridik texnikumlar
Yuridik texnikumlar bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha maxsus komissiya tashkil etadi.
Har yili 10-iyunga qadar
Yuridik texnikumlarning bitiruvchilari
TDYUning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilishni soʻrab maxsus komissiyaga ariza beradi.
Har yili 20-iyunga qadar
Maxsus komissiya
1. Majlislarni oʻtkazish jadvalini yuridik texnikumlarning rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qiladi.
Majlis boshlanishidan kamida bir hafta oldin
2. Bitiruvchilarning hujjatlarini komissiya majlisida koʻrib chiqadi.
3. Majlisda ishtirok etgan maxsus komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan bitiruvchini TDYUning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilish yoki tavsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Har yili 20-iyundan 30-iyunga qadar
2-bosqich
Yuridik texnikumlar
1. Maxsus komissiyaning qarori asosida TDYUning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga kirish uchun tavsiya qilingan bitiruvchilar roʻyxatini buyruq bilan tasdiqlaydi hamda bitiruvchiga buyruqdan koʻchirma beradi.
Qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida
2. Buyruq nusxasini TDYUning qabul komissiyasiga yuboradi.
Bir ish kuni ichida
3-bosqich
Abituriyent
TDYU rektori nomiga universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga oʻqishga qabul qilish haqida Internet jahon axborot tarmogʻi orqali elektron shaklda ariza yuboradi.
Har yili 5-iyuldan 25-iyulga qadar
4-bosqich
Qabul komissiyasi
1. Abituriyentning hujjatlarini koʻrib chiqadi va uning arizalari qabul qilinganini elektron platformadagi shaxsiy kabineti orqali maʼlum qiladi.
Qabul muddati davomida
2. Agar taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, TDYUning elektron platformadagi shaxsiy kabineti orqali bu haqida maʼlum qiladi.
Kamchilik aniqlangan vaqtdan boshlab 1 soat ichida
Abituriyent
Bildirishnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etadi va hujjatlarni belgilangan tartibda takroran topshiradi.
24 soat ichida
5-bosqich
Adliya vazirligi
Suhbat komissiyasini tashkil etadi.
Har yili 1-iyulga qadar
Suhbat komissiyasi
1. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish jadvalini tasdiqlaydi, TDYUning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qiladi.
Suhbat boshlanishidan kamida besh kun avval
2. Abituriyentlar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazadi.
Har yili 10-avgustdan 25-avgustgacha
3. Yakka tartibdagi suhbat natijalarini TDYUning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qiladi.
Suhbat jarayoni yakunlangandan soʻng bir ish kuni ichida
6-bosqich
Adliya vazirligi
Yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha abituriyentning shikoyatini koʻrib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasini tashkil etadi.
Har yili 1-iyulga qadar
7-bosqich
Abituriyent
Diplom (ilovasi bilan birga) va xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatning asl nusxalarini qabul komissiyasiga taqdim etadi.
Oʻquv yili boshlanishiga qadar
8-bosqich
TDYU
Abituriyentlarni universitetning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga tavsiya etish va darslarga qatnashishga ruxsat berish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.
Har yili 5-sentabrdan kechiktirmasdan
9-bosqich
TDYU,
abituriyent
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus platformasi orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtiradi.
Oʻqishga tavsiya etish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinganidan soʻng
Abituriyent
Toʻlovni amalga oshiradi.
Qonunchilik hujjatlari va shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda
TDYU
Shartnomada koʻrsatilgan toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.
Har yili 30-sentabrga qadar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik texnikumlar bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori
___________________________ga
(F.I.O.)
____________________________
_________________________dan
(abituriyentning F.I.O (toʻliq yoziladi)
Toshkent davlat yuridik universitetining maxsus uch yillik taʼlim dasturiga qabul toʻgʻrisida
ARIZA
Menga ________________________________________ yoʻnalishida taʼlim olish uchun suhbatdan
(taʼlim yoʻnalishining nomi) (oʻzbek, rus)
oʻtishimga ruxsat berishingizni soʻrayman.
Maʼlumotim
___________________
___________________________________________
(oʻrta maxsus)
(taʼlim muassasasining nomi)
_____________________________________________ni _________ yilda tugatganman.
Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (diplom): seriya ____________ № __________________________________
Suhbatdan ______________ tilida oʻtaman.
(oʻzbek, rus)
Tugʻilgan vaqtim va joyim:
_______ ________ _______ yil,
____________________________
(kun) (oy) (yil)
(tugʻilgan joyi)
Doimiy yashash manzilim: __________________________________________________________________
(mamlakat, viloyat, shahar, tuman, qishloq, koʻcha, uy raqami toʻliq)
Xalqaro yoki milliy olimpiadalarda, tanlovlarda hamda sport musobaqalarida qatnashganligi haqida maʼlumot (agar qatnashgan boʻlsa) ________________________________________
Abituriyent tomonidan Yuridik texnikumlar bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning _____ bandlari talablari buzilgan.
Komissiya kotibi
____________________
_______________
(F.I.O.)
(imzo)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik texnikumlar bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA
Toshkent davlat yuridik universitetining maxsus uch yillik taʼlim dasturiga qabul qilish boʻyicha yakka tartibdagi suhbatdan oʻtgan abituriyentning javoblarini
Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish (davlat va jamiyat qurilishi, qonun ustuvorligini taʼminlash, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, shuningdek, ijtimoiy soha va boshqa sohalardagi islohotlar haqida tasavvur va fikrlash qobiliyatining mavjudligi)
2.
Ixtisoslikni tanlashda motivatsiya (huquqshunos kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish bildirish)
3.
Shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (oʻqishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, masʼuliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shuningdek, oʻz ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari)
4.
Yurisprudensiya sohasidagi bilim va kasbiy koʻnikmalarning mavjudligi (professional taʼlimi darajasida yurisprudensiya sohasida oʻz fikrini bayon qilish va tahlil qilish koʻnikmalarining mavjudligi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishining maxsus uch yillik taʼlim dasturi doirasida test sinovlari asosida oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — abituriyentlar) Universitetda “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlimni olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Universitet oʻzining mavjud quvvatlari, moddiy-texnika bazasi, professor-oʻqituvchilari tarkibi hamda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari xususiyatidan kelib chiqib, qabul parametrlaridan tashqari kvota doirasida “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi va oʻqitishning kunduzgi, kechki, masofaviy taʼlim shakllarida tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Universitet “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishining maxsus uch yillik taʼlim dasturiga qabul qilish ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim olishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Universitet “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishining maxsus uch yillik taʼlim dasturiga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilishni tashkil etish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni maxsus uch yillik taʼlim dasturiga qabul qilishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar uchun qabul parametrlari Universitetning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda, Universitet kengashi tomonidan belgilanadi hamda har yili 1-iyulga qadar Universitet rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Universitetda oʻquv yili uchun tashkil etiladigan qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — qabul komissiyasi) mazkur toifadagi qabulni amalga oshirishga masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustga qadar (shu kuni ham) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maxsus elektron tizimi orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda maxsus elektron tizimga oʻzining shaxsiy maʼlumotlarini kiritadi va quyidagi hujjatlarni yuklaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi (yoki diplomdan koʻchirma — Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti asosida oʻqib tugatganlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat ilovasining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan oʻtkazilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning maxsus elektron tizimiga yuklangan hujjatlarning haqiqiyligi boʻyicha abituriyent shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Test sinovlarida ishtirok etishi uchun abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida toʻlov undiriladi. Toʻlovni amalga oshirmagan abituriyentlarga test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnoma shakllantirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni Universitetning “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishining maxsus uch yillik taʼlim dasturiga oʻqishga qabul qilish Agentlik tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha test topshiriqlari soni, baholash mezonlari va javoblar varaqasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga joriy oʻquv yili qabuli uchun tasdiqlangan test topshiriqlari soni, baholash mezonlari va javoblar varaqasi namunasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishining faqat mutaxassislik fanlari va chet tili doirasida test jarayonlariga qatnashadi. Bunda umumiy tartibdagi kirish imtihonlarida qoʻllaniladigan imtiyozlar (xorijiy tilni bilish boʻyicha sertifikatlar bundan mustasno) maxsus uch yillik taʼlim dasturiga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Abituriyentning fanlar majmuasida chet tili fanidan test sinovini ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, turk, xitoy, koreys, yapon, arab, fors, dariy, urdu, uygʻur va hindiy tillaridan birida topshirishi mumkin. Bunda mazkur chet tillaridan biri abituriyent tomonidan roʻyxatdan oʻtish bosqichida tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlangan chet tili boʻyicha V2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Test topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlimning oʻquv dasturlari asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Test sinovlari Agentlik tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori talablari asosida har yili avgust-sentabr oylarida Agentlik tomonidan belgilanadigan sanalar va binolarda oʻtkaziladi. Koʻzi ojiz abituriyentlarni imtihondan oʻtkazish jarayonlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Test sinov natijalari qaydnomasi, qoida tariqasida, test sinovlari toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Agentlik tomonidan Universitetga yetkaziladi va natijalar Agentlik hamda universitetning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish, oʻqish uchun toʻlov tartibi va miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Abituriyentlarni Universitetga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish belgilangan kvota doirasida test sinovlarining ballar ketma-ketligi boʻyicha Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabalikka qabul qilingan abituriyentlar qabul komissiyasiga ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlarning aslini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maxsus uch yillik taʼlim dasturida oʻqish uchun talabalikka tavsiya etilgan shaxslar va Universitet oʻrtasida shartnomalar rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalar yuridik shaxslar uchun uch nusxada, jismoniy shaxslar uchun ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlari, ularni amalga oshirish tartibi hamda tomonlarning huquqlari va majburiyatlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Belgilangan namunadagi shartnomalar Vazirlikning “kontrakt.edu.uz” platformasi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Shartnoma shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularning amalga oshirilishi tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Universitet oʻzining mavjud ilmiy-pedagogik salohiyati va talabalar uchun sifatli taʼlim jarayonini tashkil etish imkonini beradigan moddiy-texnik bazasidan hamda toʻplangan ballar miqdoridan kelib chiqib, umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari qoʻshimcha (keyingi oʻrinlarda — qoʻshimcha qabul) va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida bakalavriatga qoʻllaniladigan tartibga asosan oʻqishga qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qoʻshimcha qabul va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori Universitet tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov-kontrakt (qoʻshimcha va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) miqdorlari va toʻlash muddatlari Universitet kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oʻquv jarayonlarini tashkil etish, talabalar oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Universitetga oʻqishga qabul qilingan talabalar alohida oʻquv rejasiga asosan maxsus uch yillik taʼlim dasturi asosida tahsil oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur bakalavriat taʼlim yoʻnalishining oʻquv rejasi va fan dasturlari Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 10-iyundagi 359-son qaroriga muvofiq ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Maxsus uch yillik taʼlim dasturi asosida tahsil olayotgan talabalar oʻqishini Universitetning hamda boshqa oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat tayyorlashning 4 yillik taʼlim dasturiga koʻchirilishiga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Maxsus uch yillik dasturda tahsil olayotgan talabalarning taʼlim shakli va taʼlim tilini oʻzgartirilishiga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Maxsus uch yillik dastur asosida tahsil olayotgan talabalarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Maxsus uch yillik taʼlim dasturi asosida tahsil olgan shaxslarga, davlat attestatsiyasi yakunlari boʻyicha, davlat namunasidagi hujjat (diplom va uning ilovasi) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishining maxsus uch yillik taʼlim dasturiga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU)
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar uchun qabul parametrlarini oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Har yili 1-iyulga qadar
2-bosqich
Abituriyent
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Har yili 10-iyuldan 10-avgustga qadar
3-bosqich
Bilim va malakalarni baholash agentligi
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni TDYUning “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishining maxsus uch yillik taʼlim dasturiga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari shaklida amalga oshiriladi.
Har yili avgust-sentabr oylarida
4-bosqich
Bilim va malakalarni baholash agentligi, TDYU
Test sinov natijalari Agentlik hamda TDYUning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Test sinovlari toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda
5-bosqich
TDYU va abituriyent
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus platformasi orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtiriladi.
Oʻqishga tavsiya etish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinganidan soʻng
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-son qaroriga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-maydagi PF-5441-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-avgustdagi 675-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-ilovaning 2-bandi toʻrtinchi xatboshisi “oliy yuridik maʼlumotga” soʻzlaridan keyin “yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tugatib belgilangan namunadagi diplomga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yuridik maslahatchilarning oliy yuridik maʼlumot yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarida taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi diplom nusxasi (agar yuridik maslahatchi Oʻzbekiston Respublikasi huquqi boʻyicha maslahat beradigan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi oliy yuridik taʼlim muassasasi tomonidan berilgan oliy maʼlumot yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarida taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi diplomi nusxasi yoxud xorijiy oliy oʻquv yurtida olingan oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning ekvivalentligini eʼtirof etish boʻyicha vakolatli davlat organining guvohnomasi)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-avgustdagi 513-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga kunduzgi, kechki va masofaviy taʼlim shakllari boʻyicha oʻqishga qabul qilish tartibini nazarda tutuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “kirish test sinovlarisiz” soʻzlari “tanlovsiz” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“bazaviy oliy yuridik maʼlumotga hamda davlat hokimiyati va markaziy boshqaruv organlarida yuridik yoʻnalish boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar xodimlarni Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda — TDYU) magistraturasiga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy va kechki oʻqitish dasturlari boʻyicha oʻqishi uchun qabul qilish tegishli davlat organining birinchi rahbari tavsiyasiga koʻra, toʻlov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “test sinovlarisiz”, “qoshidagi” va “litseyda” soʻzlari tegishlicha “tanlovsiz”, “huzuridagi” hamda “litseylarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “kirish test sinovlarisiz” soʻzlari “tanlovsiz” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-279-son qaroriga muvofiq, TDYU magistraturasiga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi hamda qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 3-banddagi “Davlat test markazining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda — TDYU) magistraturasiga kunduzgi, kechki va masofaviy taʼlim shakllari boʻyicha oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari)ni mutaxassisliklar boʻyicha TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan qabul parametrlariga muvofiq davlat granti va TDYU tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan toʻlov-kontrakt, shu jumladan TDYU tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan qoʻshimcha qabul va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyent — TDYU magistraturasiga oʻqishga kirish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan va tanlovda ishtirok etuvchi jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul komissiyasi — TDYU rektorining buyrugʻi bilan har yili tashkil etiladigan TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilishni tashkil etadigan, shuningdek, abituriyentlarga maslahat xizmatlari koʻrsatadigan komissiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish tegishli oʻquv yili uchun tasdiqlanadigan qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish abituriyentlar uchun teng huquqlilik, qabulning yagona qoidalari va tanlov prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda, qolganlar toʻplangan ballarning reyting tizimi asosida toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqishga qabul qilish parametrlari, shu jumladan belgilangan tartibda qoʻshimcha qabul va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tanlov magistratura mutaxassisliklari, taʼlim shakli va oʻqitish tillariga koʻra alohida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. TDYU magistraturasiga qabul “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) tomonidan belgilangan turdosh (magistraturaga qabul boʻyicha) oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlgan shaxslar oʻrtasida tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. TDYU magistraturasiga quyidagi parametrlar asosida oʻqishga qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari bilan tasdiqlangan davlat grantlari asosidagi qabul parametrlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan tasdiqlangan oliy taʼlim tashkilotlari va tillar kesimidagi magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qabul parametrlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. TDYU magistraturasida oʻqitish tili belgilangan qabul parametrlari doirasida hujjatlar qabul qilingunga qadar vazirlik va idoralar takliflariga muvofiq Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Magistraturaga oʻqishga qabul qilish jarayonlari TDYU qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — qabul komissiyasi) tomonidan muvofiqlashtiriladi. Bunda magistraturaga oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasi masʼul kotibining oʻrinbosari tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Abituriyent tamomlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos yoki turdosh magistratura mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yurisprudensiya” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi negizidagi magistratura mutaxassisligi mos mutaxassislik hisoblanadi. “Yurisprudensiya” bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tamomlagan abituriyentlar uchun TDYU magistraturasida oʻqish muddati bir yilni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik har yili 1-iyulga qadar oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul qilish boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxatini tasdiqlaydi hamda vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turdosh taʼlim yoʻnalishlarini tamomlagan abituriyentlar uchun TDYU magistraturasida oʻqish muddati ikki yilni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qabul komissiyasi, qoida tariqasida, magistraturaga tanlovlar boshlanishidan bir oy oldin magistraturaga qabul qilish muddatlari, mutaxassisliklar nomlari va oʻqishga qabul qilish parametrlari haqidagi axborotni TDYUning rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Abituriyentlar TDYU magistraturasiga oʻqishga kirish uchun vazirlikning rasmiy veb-sayti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan biri (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentlar har yili 1-iyuldan 30-iyulgacha (30-iyul kuni ham) roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi hujjatlarni YIDXPga yuklaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi (yoki diplomdan koʻchirma nusxa — oliy taʼlim tashkilotlarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilova nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim tashkiloti tomonidan berilgan diplom maʼlumotlari (oʻrtacha balli bilan) vazirlikning “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — HEMIS” axborot tizimida avtomatik ravishda shakllantirilishi sababli ushbu toifadagi diplom va uning ilovasini YIDXP ga yuklash talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida V2 darajasidagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat nusxasi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tanlovdan tashqari magistraturaga kirish boʻyicha imtiyozga ega abituriyentlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtish YIDXP yoki vazirlikning veb-sayti orqali amalga oshirilganda maʼlumotlar abituriyent tomonidan mustaqil ravishda elektron shaklda yuklanadi va hujjatlar hamda maʼlumotlarning haqqoniyligi va toʻgʻriligi uchun abituriyent shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtishning belgilangan muddati tugagandan soʻng maʼlumotlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Magistraturaga qabul boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarning hujjatlari har yili 10-avgustgacha qabul komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va ularning arizalari qabul qilingani YIDXPdagi shaxsiy kabinetlari orqali maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizasi qabul qilinmagan abituriyentlarga arizani qabul qilishni rad etish sababi koʻrsatilgan holda YIDXPdagi shaxsiy kabinetlari orqali maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP orqali roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar arizasi holatini oʻzlarining shaxsiy kabineti orqali kuzatib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent tomonidan belgilangan muddatda roʻyxatdan oʻtishda YIDXPga talab etilgan maʼlumotlar va hujjatlar asliga mos hamda toʻliq belgilangan talablarga muvofiq kiritilganda, qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tanlovni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Magistraturaga davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida, abituriyentlarning bakalavriat diplomi boʻyicha toʻplagan ballari oʻrtacha koʻrsatkichining ketma-ketligiga koʻra Davlat komissiyasi tomonidan oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistraturaga qabul tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va vazirlik tomonidan belgilangan turdosh (magistraturaga qabul boʻyicha) oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati boʻyicha bakalavr darajasiga hamda xorijiy tilni bilish boʻyicha belgilangan darajadagi sertifikatga ega boʻlgan shaxslar oʻrtasida tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov “Yurisprudensiya” bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tamomlagan abituriyentlar uchun alohida, shuningdek turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tamomlagan abituriyentlar uchun alohida har bir magistratura mutaxassisligi, oʻqitish tili va taʼlim shakli kesimida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Magistraturaga qabul barcha uchun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, bakalavriat diplomi boʻyicha toʻplagan ballari oʻrtacha koʻrsatkichi eng yuqori boʻlgan abituriyentlarning davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda qabul qilinishi taʼminlanadi. Qolgan abituriyentlar bakalavriat diplomi boʻyicha toʻplagan ballari oʻrtacha koʻrsatkichi ketma-ketligiga koʻra belgilangan toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari doirasida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan qabul parametrlari doirasida eng oxirgi abituriyentning tanlov balliga teng koʻrsatkichga ega abituriyent (abituriyentlar) ham mos ravishda qoʻshimcha oʻrin asosida talabalikka tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻyicha I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni magistraturaga qabul qilishda ularning xorijiy tilni bilish toʻgʻrisida milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Magistraturaga oʻqishga qabul qilishda koʻzi ojiz abituriyentlar toifasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) koʻzi boʻyicha 1-guruh nogironligi toʻgʻrisida belgilangan shakldagi maʼlumotnomaga ega boʻlgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) koʻzi boʻyicha 2-guruh nogironligi toʻgʻrisida belgilangan shakldagi maʼlumotnomaga ega boʻlgan quyidagi shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus maktab-internatlar tomonidan koʻzi ojizlar uchun berilgan oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yetuklik attestatiga ega boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan boshlangʻich kasbiy taʼlim tashkilotlari (kasb-hunar kollejlari) tomonidan koʻzi ojizlar uchun berilgan diplomga ega boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9 yillik koʻzi ojizlar maxsus maktab-internatida oʻqigan va oʻrta maxsus yoki kasb-hunar yoxud boshlangʻich kasbiy taʼlim tashkilotlari diplomiga ega boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Koʻzi ojiz abituriyentlarning bakalavriat diplomi boʻyicha toʻplagan ballari oʻrtacha koʻrsatkichi 100 ballik reyting tizimi boʻyicha 71 ball va undan yuqori yoki “5” balli baholash tizimi boʻyicha “4” va undan yuqori boʻlganda, ular qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tanlov natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun TDYUda qabul komissiyasi aʼzolari, fakultetlar dekanlari va tajribali professor-oʻqituvchilardan iborat tarkibda apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent tanlov natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, natijalar eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida ariza bilan apellyatsiya komissiyasiga murojaat etishi mumkin. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish muddati ikki kundan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqiladigan kun va joyi haqida qabul komissiyasi tomonidan abituriyentga kamida bir kun oldin xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻqishga qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat komissiyasining TDYU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori har yili 25-avgustgacha qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan koʻchirmaning asl nusxasi — oliy taʼlim tashkilotlarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tilni bilish boʻyicha belgilangan darajadagi sertifikat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatning elektron nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda hujjatlarning asl nusxalari talab qilib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent tomonidan taqdim etilgan (topshirilgan) hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, abituriyent talabalikka qabul qilinmaydi (talabalikka qabul qilingan boʻlsa, TDYU talabalari safidan chetlashtiriladi) hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlari xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat komissiyasining qarori asosida yetti ish kunida abituriyentlarni davlat grantlari boʻyicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi TDYU rektorining buyruqlari rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida magistratura mutaxassisliklariga tavsiya etish toʻgʻrisida Davlat komissiyasining qarori qabul qilingandan soʻng TDYU bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻrtasida belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi tomonidan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun toʻlov har yili shartnomada yoki Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularni amalga oshirish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentlarni magistraturaga toʻlov-kontrakt (shu jumladan, qoʻshimcha qabul va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) asosida oʻqishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan oʻqish uchun belgilangan toʻlov miqdori toʻlangandan soʻng, TDYU rektorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Abituriyent tomonidan ushbu Nizomning 16-bandida qayd etilgan hujjatlar qabul komissiyasiga taqdim etilmasligi TDYUning uni oʻqishga qabul qilmasligiga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Tegishli davlat organi birinchi rahbarining (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli maslahatchilari va departament rahbarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi ham) tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik maʼlumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlari hamda boshqa markaziy davlat organlarining markaziy apparatida yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar xodimlar TDYU magistraturasiga masofaviy va kechki taʼlim shakllari asosida tanlovsiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqishga qabul qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandning birinchi xatboshisidagi “test sinovlarisiz”, “qoshidagi” va “litseyda” soʻzlari tegishlicha “tanlovsiz”, “huzuridagi” hamda “litseylarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseylarda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar TDYU magistraturasiga masofaviy va kechki taʼlim shakllari asosida, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tanlovsiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseylarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Respublikadagi oliy taʼlim muassasasining buyurtmasiga koʻra bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar TDYU magistraturasiga kunduzgi, shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy va kechki taʼlim shakllarida, tanlovsiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng buyurtma bergan oliy taʼlim muassasasida kamida uch yil toʻliq stavkada uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda oʻqishga qabul qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bandning uchinchi xatboshisidagi “litseyda” va “litsey” soʻzlari tegishlicha “litseylarda” va “litseylar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizomga ilovadagi “sirtqi” soʻzi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi 189-son qarorining 3-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, belgilangan namunadagi diplomni olgan oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar yuridik xizmatlarda, davlat xizmatlari markazlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, shuningdek, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik maʼlumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash, yuridik maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi tijorat tashkilotlarida yuridik maslahat xizmati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-iyundagi 359-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universitetida taʼlimning kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. TDYU oʻquv jarayonida kredit-modul tizimi Kredit toʻplash va koʻchirishning Yevropa modeli (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS)ga muvofiq tashkil qilinadi. Shu jumladan, amaliy oʻqitish hamda klinik va dual taʼlim tamoyili asosida taʼlim olish tizimi joriy etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“klinik va dual taʼlim tamoyili asosida taʼlim olish tizimi — ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi kurs talabalari uchun yuridik taʼlim dasturlarining 50 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 50 foizi (amaliyot qismi) sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa yuridik sohaga oid tashkilotlarda oʻtkazish jarayoni”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bakalavriat taʼlim yoʻnalishining 2, 3 va 4-kurslarida oʻquv jarayoni nazariya va amaliyot uygʻunligini taʼminlash maqsadida klinik va dual taʼlim tamoyili asosida taʼlim olish tizimi tashkil etilishi mumkin. Bunda, talabalar oʻquv yuklamasining 50 foizi auditoriyada nazariy mashgʻulotlar hamda 50 foizi sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa korxonalarda amaliy mashgʻulotlar shaklida taqsimlanadi. Amaliy mashgʻulotlar kredit yuklamasining tarkibiy qismi hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda oraliq va yakuniy nazorat turlari sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalariga asoslangan avtomatlashtirilgan baholash tizimlari hamda inson omilisiz nazorat qilish (proktoring) tizimi orqali oʻtkazilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshisi “oliy harbiy taʼlim muassasalariga” soʻzlaridan keyin “hamda Toshkent davlat yuridik universitetiga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son qarorining 3-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “litseyga” va “litsey” soʻzlari tegishlicha “litseylarga” va “litseylar”, “Davlat test markazi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Nizom oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universiteti va boshqa oliy taʼlim tashkilotlarining “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Samarqand viloyat akademik litseyining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 12-oktabrdagi 672-son qarorining 1-bandidagi “5 va 5 A-uylar” va “oʻquv va yotoqxona binolarini (keyingi oʻrinlarda — obyekt)” soʻzlari tegishlicha “5 A-uy” va “oʻquv, sport zali, oshxona va faollar zali binolarini (keyingi oʻrinlarda — obyekt) qurish,” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Loyihalarni ilmiy ekspertizadan oʻtkazish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalari boʻyicha — tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan begʻaraz hamda davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan kelishuv asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunosti hujjatlari loyihalari boʻyicha — tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan kelishuv asosida amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-martdagi 171-son qarorining 7-bandi ikkinchi xatboshisi “lavozimlarda ishlash” soʻzlaridan keyin “, yuridik maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi tijorat tashkilotlarida yuridik maslahat xizmati bilan shugʻullanish” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 374-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yoʻnalishi mavjud oliy taʼlim tashkilotlariga suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Jamoat xavfsizligi universiteti,” soʻzlaridan keyin “Toshkent davlat yuridik universiteti,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-bandning birinchi xatboshisidagi hamda 37-bandning birinchi xatboshisidagi “TDYU boʻyicha Adliya vazirligi hamda boshqa oliy taʼlim tashkilotlari uchun” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Ayrim bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar hamda IQ test sinovi oʻtkaziladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati tizimida oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar takliflari asosida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universitetining “Raqamli huquq” hamda “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilishda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda IQ test sinovi oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil boʻlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi hamda taʼlim shakllarini tanlash huquqi beriladi. Bunda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud boʻlganda, abituriyentlar muayyan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha beshtagacha oliy taʼlim tashkilotini tanlashi mumkin boʻladi, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universitetining “Raqamli huquq” hamda “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” taʼlim yoʻnalishlarini tanlash imkoniyati IQ testdan oʻtgan abituriyentlarga taqdim etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 111-bob bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“111-bob. Toshkent davlat yuridik universitetining “Raqamli huquq” hamda “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” xalqaro taʼlim yoʻnalishlariga qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
851. Toshkent davlat yuridik universitetining “Raqamli huquq” hamda “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” xalqaro taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish tanlovlari xalqaro standartlarga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda IQ test tartibida oʻtkaziladi va tanlovda chet tillari boʻyicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
852. Toshkent davlat yuridik universitetining “Raqamli huquq” hamda “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” xalqaro taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlar test sinovlarini oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birida topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
853. Abituriyentlarning roʻyxatdan oʻtishi mazkur nizomning 3-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlardan qoʻshimcha ravishda xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida B2 darajasidagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
854. “Raqamli huquq” hamda “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” xalqaro taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirmoqchi boʻlgan abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida IQ testdan oʻtishni hamda taʼlim yoʻnalishlariga mos fanlar majmuasini, taʼlim tili va test topshirish hududini tanlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
855. Roʻyxatdan oʻtish jarayoni toʻliq yakunlanganidan soʻng IQ testdan oʻtishni tanlagan abituriyentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uch kun muddatda Agentlik tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
856. Taqdim etilgan roʻyxatdagi abituriyentlar uchun Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan IQ test oluvchi hamkor xorijiy tashkilot bilan oʻzaro shartnomaga asosan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, “Raqamli huquq” hamda “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha IQ test tartibida test sinovlari har yili 10-iyulga qadar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IQ test sinovlarini oʻtkazish va natijalarni baholash xorijiy tashkilot talablariga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IQ test sinovlari natijalari apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
857. IQ test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar roʻyxati jarayonlar yakunlanganidan soʻng Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan besh kun muddatda Agentlikka taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
858. IQ test sinovlarini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar Agentlik tomonidan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
859. Test sinovi toʻliq yakunlangandan soʻng 15 kun davomida IQ test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar oliy taʼlim tashkiloti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishi, taʼlim shakli va tanlov ustuvorligini tanlash jarayonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Raqamli huquq” hamda “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” xalqaro taʼlim yoʻnalishlarini, shuningdek, fanlar majmuasiga mos qoʻshimcha 3 tagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tanlash huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar abituriyent “Raqamli huquq” yoki “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” xalqaro taʼlim yoʻnalishidan faqat bittasini tanlash istagini bildirgan taqdirda, unga fanlar majmuasiga mos qoʻshimcha 4 tagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tanlash huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8510. IQ test sinovlaridan oʻta olmagan abituriyentlar “Raqamli huquq” hamda “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” xalqaro taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8511. Tanlov natijalariga koʻra “Raqamli huquq” hamda “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” xalqaro taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish mazkur nizomning 10-bobida belgilangan tartibga asosan amalga oshiriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)