30.06.2026 yildagi 343-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayvonot dunyosi yoʻqotishlarining oʻrnini qoplash hamda kamyob va yoʻqolib ketish xavfi yuqori boʻlgan yovvoyi hayvonlarni himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, hayvonot dunyosi yoʻqotishlarining oʻrnini qoplash choralarini kuchaytirish hamda ekotizimlar barqarorligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga muvofiq ayrim hududlarda va (yoki) yoʻqolib ketish xavfi yuqori boʻlgan hayvonlarni ov qilishga cheklov joriy qilish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-avgustdan 2028-yil 1-yanvarga qadar 1-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida kamyob va yoʻqolib ketish xavfi yuqori boʻlgan yovvoyi hayvonlarni ov qilish taqiqlanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu cheklov fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xoʻjaliklarida saqlanayotgan va (yoki) yetishtirilayotgan yovvoyi hayvonlarni ov qilish, shuningdek, ilmiy va tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun ov qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni shakllantirish va taqsimlashda ov qilish taqiqlangan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi yuqori boʻlgan yovvoyi hayvonlar turlariga nisbatan kvota ajratilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mudofaa vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustdan boshlab ovchilar uchun muqobil mashgʻulot sifatida oʻq otish sportiga ixtisoslashtirilgan mashq poligonlarida tasdiqlangan reja-jadval asosida masʼul shaxslar hamda instruktorlar ishtirokida mashgʻulotlar oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mashgʻulotlarda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ov quroli yoki mashq poligonlari tomonidan ijara asosida taqdim etilgan sport qurollaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-avgustga qadar Fanlar akademiyasi hamda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda daryo va soylardagi ixtiofauna holatini puxta oʻrgangan holda, ularda koʻpaytirish tavsiya etiladigan baliqlarning turlari roʻyxatini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026 — 2030-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2-ilovaga muvofiq roʻyxatdagi respublikaning markaziy shaharlaridan oqib oʻtuvchi daryo va soylarni har yili jami 15 tonnadan kam boʻlmagan miqdorda chavoqlantirish orqali ularning ixtiofauna populyatsiyasini qayta tiklash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda daryo va soylarni chavoqlantirish bilan bogʻliq xarajatlar Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har yili moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, 2026-yil 1-avgustdan boshlab 2030-yil 1-yanvarga qadar respublikaning markaziy shaharlaridan oqib oʻtuvchi daryo va soylar har yili jami 15 tonnadan kam boʻlmagan miqdorda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan tuziladigan roʻyxat asosida chavoqlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy ov qilish va brakonyerlik holatlarining oldini olish hamda ularga qarshi kurashish boʻyicha nazorat tadbirlarini kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniya va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlarda keng yoritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
343-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 343-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ov qilish taqiqlangan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi yuqori boʻlgan yovvoyi hayvonlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Yovvoyi hayvonlarning turlari

Davlat tilidagi nomi

Rus tilidagi nomi

Lotin tilidagi nomi

I. Qushlar

1.

Oqqush-klikun

Lebed-klikun

Cygnus cygnus

2.

Oqqush-shipun

Lebed-shipun

Cygnus olor

3.

Jingalak saqoqush

Kudryaviy pelikan

Pelecanus crispus

4.

Qora laylak

Chyorniy aist

Ciconia nigra

5.

Oqbosh oʻrdak

Savka

Oxyura leucocephala

6.

Qiziltomoq gʻoz

Krasnozobaya kazarka

Branta ruficollis

7.

Qizil gʻoz

Flamingo

Phoenicopterus roseus

8.

Oq peshonali kichik gʻoz

Gus-piskulka

Anser erythropus

9.

Bizgʻaldoq

Strepet

Tetrax tetrax

10.

Turkiston oq laylagi

Turkestanskiy beliy aist

Ciconia ciconia ssp. asiatica

11.

Qoravoy

Karavayka

Plegadis falcinellus ssp. falcinellus

12.

Qoshiqburun

Kolpitsa

Platalea leucorodia

13.

Targʻoq

Krechyotka

Chettusia gregaria

14.

Osiyo moki loyxoʻragi

Aziatskiy bekasovidniy veretennik

Limnodromus semipalmatus

15.

Oqbovur

Belobryuxiy ryabok

Pterocles alchata ssp. caudacutus

16.

Kichik qoravoy

Maliy baklan

Phalacrocorax pygmaeus

17.

Marmar churrak

Mramorniy chirok

Marmaronetta angustirostris

18.

Ola qanotli oʻrdak

Beloglaziy nirok

Aythya nyroca

19.

Qizilbosh oʻrdak

Krasnogoloviy nirok

Aythya ferina

20.

Qora kaptar

Buriy golub

Columba eversmanni

21.

Gʻurrak

Obiknovennaya gorlitsa

Streptopelia turtur ssp. arenicola ssp. turtur

22.

Kichik turna

Juravl- krasavka

Grus virgo

23.

Kulrang turna

Seriy juravl

Grus grus

24.

Toʻxta tuvaloq

Drofa (Dudak)

Great Bustard

Otis tarda ssp. tarda

25.

Katta koʻlbuqasi

Bolshaya vip

Botaurus stellaris

26.

Himolay ulari

Gimalayskiy ular

Tetraogallus himalayensis

27.

Suv buldurugʻi

Sadja

Syrrhaptes paradoxus

28.

Qorabovur

Chernobryuxiy ryabok

Pterocles orientalis

29.

Zarafshon qirgʻovuli

Zarafshanskiy fazan

Phasianus colchicus

30.

Xiva qirgʻovuli

Xivinskiy fazan

Phasianus colchicus chrysomelas

31.

Zax loyxoʻrak

Kulik-soroka

Naematopus ostralegus

32.

Bigiz tumshuq

Shiloklyuvka

Recurvirostra avosetta

33.

Qoya kaptari

Skalniy golub

Columba rupestris

34.

Yilqichi

Lugovoy konek

Anthus pratensis

35.

Jannat pashshaxoʻri

Rayskaya muxolovka

Terpsiphone paradisi

36.

Oq tomoqli bulbul

Solovey-belosheyka

Irania gutturalis

II. Sut emizuvchilar

37.

Qoplon

Peredneaziatskiy leopard

Panthera pardus ssp. saxicolor

38.

Sirtlon

Polosataya giyena

Nyaena hyaena ssp. hyaena

39.

Qor qoploni

Snejniy bars

Panthera uncia

40.

Oʻrta Osiyo qunduzi

Sredneaziatskaya vidra

Lutra lutra ssp. seistanica

41.

Turkiston silovsini

Turkestanskaya ris

Lynx lynx ssp. isabellinus

42.

Qoraquloq

Turkmenskiy karakal

Caracal caracal ssp. michaelis

43.

Hind asalxoʻri

Indiyskiy medoyed

Mellivora capensis ssp. buechneri

44.

Saygʻoq

Saygak

Saiga tatarica

45.

Koʻk sugʻur

Surok menzbira

Marmota menzbieri

46.

Qum mushugi

Barxanniy kot

Felis margarita ssp. thinobia

47.

Qorsak

Turkmenskiy korsak

Vulpes corsac ssp. turcmenicus

48.

Olakoʻzan

Perevyazka

Vormela peregusna

49.

Sariq sassiqkoʻzan

Stepnoy xor

Mustela eversmanni ssp. talassica

50.

Yelik

Yevropeyskaya kosulya

Capreolus capreolus

51.

Tyan-Shan togʻ qoʻyi

Tyan-Shanskiy gorniy baran

Ovis ammon ssp. karelini

52.

Oq latcha

Gornostay

Mustela erminea

53.

Qizil sugʻur

Krasniy surok

Marmota caudata

54.

Boʻrsiq

Barsuk

Meles meles

55.

Jayra

Dikobraz

Nystrix leucura

56.

Xongul (Buxoro bugʻusi)

Buxarskiy olen

Cervus elaphus (hanglu) bactrianus

III. Baliqlar

57.

Orol moʻylabdori

Aralskiy usach

Luciobarbus brachycephalus

58.

Orol bahrisi

Aralskiy ship

Acipenser nudiventris

59.

Amudaryo kichik kurakburuni

Maliy amudarinskiy lopatonos

Pseudoscaphirhynchus hermanni

60.

Amudaryo katta kurakburuni (qilquyruq)

Bolshoy amudarinskiy lopatonos

Pseudoscaphirhynchus kaufmanni

61.

Choʻrtansifat oqqayroq

Shukovidniy jerex

Aspiolucius esocinus

62.

Amudaryo gulbaligʻi

Amudarinskaya forel

Salmo oxianus

IV. Sudralib yuruvchilar

63.

Boʻz echkemar

Sredneaziatskiy seriy varan

Varanus griseus

64.

Qum boʻgʻma iloni

Peschaniy udavchik

Eryx miliaris

65.

Sharq boʻgʻma iloni

Vostochniy udavchik

Eryx tataricus ssp. tataricus ssp. speciosus

V. Umurtqasizlar

66.

Turkiston qisqichbaqasi

Turkestanskiy rak

Pontastacus kessleri

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 343-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yildan boshlab har yili chavoqlantirish orqali ixtiofauna populyatsiyasini qayta tiklash choralari koʻriladigan respublikaning markaziy shaharlaridan oqib oʻtuvchi daryo va soylar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Daryo va soylar nomlari

Shahar nomi

Hudud nomi

Bir yil davomida chavoqlantirish miqdori

(tonna)

I. Daryolar

1.

Amudaryo

Nukus shahri

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

5,2

2.

Sirdaryo

Guliston shahri

Sirdaryo viloyati

4,9

3.

Sangzor

Jizzax shahri

Jizzax viloyati

1,14

4.

Qoradaryo

Samarqand shahri

Samarqand viloyati

0,68

5.

Qashqadaryo

Qarshi shahri

Qashqadaryo viloyati

0,5

6.

Tanxoz

Shahrisabz shahri

0,1

7.

Surxondaryo

Termiz shahri

Surxondaryo viloyati

0,02

Jami

12,54

II. Soylar

1.

Margʻilonsoy

Fargʻona shahri

Fargʻona viloyati

0,63

2.

Margʻilon shahri

0,63

3.

Besholishsoy

Fargʻona shahri

0,5

4.

Naymansoy

Qoʻqon shahri

0,2

5.

Namangansoy

Namangan shahri

Namangan viloyati

0,5

Jami

2,46

Hammasi

15,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ushbu roʻyxatdagi daryo va soylarni chavoqlantirish bilan bogʻliq xarajatlar Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/343/0658-son)