29.06.2026 yildagi PQ-246-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta-toʻqimachilik sohasida moliyaviy barqarorlikni oshirish hamda tolani chuqur qayta ishlashni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda paxta-toʻqimachilik sohasi korxonalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, tolani chuqur qayta ishlash asosida qoʻshilgan qiymatni kengaytirish, fermer xoʻjaliklari va klasterlarning oʻzaro manfaatdorligini taʼminlash hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) paxta xomashyosi yetishtiruvchi xoʻjalik subyektlari uchun bir xil moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish orqali ularning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) toʻqimachilik ishlab chiqarish zanjirlarida ip-kalavani chuqur qayta ishlashga qaratilgan loyihalarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash va eksport hajmlarini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Paxta-toʻqimachilik sohasi korxonalarini yanada qoʻllab-quvvatlash choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Savdo-sanoat palatasining paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda toʻqimachilik korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirishga qaratilgan quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yilda oʻziga biriktirilgan yer maydonlarida (ikkilamchi ijaraga berilgan yer maydonlari bundan mustasno) paxta yetishtirgan paxta-toʻqimachilik klasterlari va ular taʼsischi boʻlgan korxonalarga Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan konturlarda paxta xomashyosi yetishtirilganligi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzbekkosmos” agentligi) tomonidan tasdiqlangan hollarda har bir gektar yer uchun Agrar sohada toʻlovlar agentligi tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 3 million soʻmdan subsidiyalar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) korxonalarning 2026-yil 1-iyunga qadar amalga oshirilgan boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-53-son Farmonida belgilangan miqdorlarda Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan boʻyash uskunalari xaridini subsidiyalash uchun nazarda tutilgan mablagʻning qoldiq qismi hisobidan subsidiya ajratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) oqartirilgan trikotaj mato (TIF TN kodi 6006 21 000 0) uchun alohida subpozitsiya belgilash va unga belgilangan eksport boji stavkalarini 2027-yil 1-yanvarga qadar bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) paxta tolasi chiqindilariga (TIF TN kodi 5202) eksport boji stavkasini 2027-yil 1-yanvarga qadar 5 foiz stavkada belgilash yuzasidan takliflarni Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyaga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki 2027-yil 1-iyulga qadar tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi boʻyicha “A” va undan yuqori toifaga kiritilgan klasterlar va toʻqimachilik korxonalari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy farq summasi tekshiruvlarsiz ikki kun muddatda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qoʻmitasi ikki hafta muddatda tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi boʻyicha “A” va undan yuqori toifaga kiritilgan klasterlar va toʻqimachilik korxonalari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy farq summasini tekshiruvlarsiz ikki kun muddatda qaytarish tizimini joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Savdo-sanoat palatasi va “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ korxonalarning 2026-yil 1-iyunga qadar amalga oshirilgan boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida korxonalarga, mazkur loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda subsidiya ajratilishini taʼminlasin. Bunda subsidiya uskunalarni xarid qilish boʻyicha kontraktlar “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DMdan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan subsidiyalarni ajratish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi taqdim etgan konturlarda paxta-toʻqimachilik klasterlari va ular taʼsischi boʻlgan korxonalar oʻziga biriktirilgan yer maydonlarida 2025-yil hosili uchun paxta xomashyosi (30 sentnerdan yuqori) yetishtirilganligi “Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan kosmik monitoring maʼlumotlari asosida bir oy muddatda oʻrganib chiqiladi va haqiqatda ekilgan maydonlar boʻyicha tasdiqlangan maʼlumotlar asosida Qishloq xoʻjaligi vazirligi subsidiya miqdorini hisoblab chiqadi hamda mablagʻ ajratish boʻyicha hisob-kitoblarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq subsidiyalarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni 2026-yil uchun respublika budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan Agrar sohada toʻlovlar agentligiga ajratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Agrar sohada toʻlovlar agentligi respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan hisoblangan subsidiya miqdori boʻyicha tasdiqlangan roʻyxat asosida paxta-toʻqimachilik klasterlari va ular taʼsischi boʻlgan korxonalarning hisobvaraqlariga belgilangan tartibda oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hisob palatasi Agentlik hamda tijorat banklari bilan birgalikda toʻqimachilik korxonalarining investitsiya loyihalariga jalb qilingan kreditlar shartlarini qayta koʻrib chiqishga oid vazifalar ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi ustidan nazorat oʻrnatsin hamda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori N.Q. Xolmurodov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 29-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-246-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2026-y., 07/26/246/0656-son)