29.06.2026 yildagi PQ-243-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashabbusli budjet jarayonlari doirasida mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda xalq vakillari va jamoatchilik uchun qoʻshimcha imkoniyatlarni yaratish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari imkoniyatlarini kengaytirish, aholi va davlat oʻrtasida sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish orqali jamoatchilik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda xalq vakillari va jamoatchilik uchun qoʻshimcha imkoniyatlarni yaratish boʻyicha asosiy vazifalar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining (keyingi oʻrinlarda — deputatlar) tashabbusli budjet jarayonlari doirasida saylov okruglarida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishdagi imkoniyatlarini yanada kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tashabbusli budjet jarayonlari doirasida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni aholi va davlat oʻrtasida sheriklik asosida moliyalashtirish tartibini soddalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) loyihalarni aholi va davlat oʻrtasida sheriklik asosida moliyalashtirish (keyingi oʻrinlarda — sheriklik loyihalari) jarayonlarini raqamlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Deputatlarning tashabbusli budjet jarayonlari doirasida saylov okruglarida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishdagi imkoniyatlarini yanada kengaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2026-yil 1-avgustdan boshlab tashabbusli budjet jarayonida deputatlar tomonidan loyihalarni qoʻshimcha ravishda gʻolib deb eʼlon qilish uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) har bir deputat tomonidan “Ochiq budjet” axborot portalida (keyingi oʻrinlarda — portal) bir mavsum uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida bir yoki bir nechta loyihalar tanlanib, qoʻshimcha ravishda gʻolib deb eʼlon qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) deputat vakolati muddatidan ilgari tugatilgan hollarda Tashabbusli budjet jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha komissiya qaroriga koʻra boshqa deputatlar tomonidan tashabbusli budjet jarayonlarining tegishli saylov okrugidagi qoʻshimcha gʻoliblari aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tashabbusli budjet jarayonlari doirasida sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2027-yil 1-yanvardan boshlab sheriklik loyihalarini qoʻshimcha ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, toʻlov tashkilotlari va tijorat banklarining mobil ilovalari (keyingi oʻrinlarda — mobil ilovalar) orqali moliyalashtirish imkoniyatlari yaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mobil ilovalarda portal bilan integratsiya taʼminlangan holda barcha sheriklik loyihalarining roʻyxati va tashabbusli budjet jarayonining onlayn statistikasi aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mobil ilovalar orqali moliyalashtiriladigan sheriklik loyihalari mablagʻlari toʻgʻridan-toʻgʻri tegishli fuqarolar tashabbusi jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) sheriklik loyihalarining 50 foiz qiymati aholi tomonidan mobil ilovalar orqali ixtiyoriy ravishda yigʻilgan taqdirda, qolgan 50 foiz qiymati avtomatik tarzda belgilangan tartib boʻyicha moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun yetarli darajada mablagʻ yigʻilmagan taqdirda, 10 ish kuni davomida fuqarolar tomonidan yigʻilgan mablagʻlar mobil ilovalar orqali tegishli foydalanuvchilar soʻroviga koʻra qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) portal va mobil ilovalarning elektron bazalari oʻrtasida integratsiya yoʻlga qoʻyilishini tashkillashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) sheriklik loyihalari uchun toʻlovlarni mobil ilovalar orqali xavfsiz amalga oshirish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) moliyalashtirilgan sheriklik loyihalarini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuzaga keladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi, buyurtmachi korxonalarni saqlash va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar aholidan jalb etiladigan mablagʻlar hisobidan qoplanmaydi va toʻliqligicha Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Davlat budjetidan sheriklik loyihalarini moliyalashtirish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar sarflanmagan yoki oʻzlashtirilmagan hollarda ular kelgusi yillardagi sheriklik loyihalari uchun qoʻshimcha mablagʻlar sifatida oʻtkaziladi, bundan tegishli moliya yilida yakunlanmay qolgan sheriklik loyihalari uchun ajratilgan mablagʻlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming baravarigacha boʻlgan ichki yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha sheriklik loyihalarini tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshirish tartibi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, ushbu qarorning 7-bandida nazarda tutilgan tartib boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyiha tashkilotlari tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari buyurtmasiga koʻra qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib asosida aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlari Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Yuksalish” harakatiga sheriklik loyihalarini amalga oshirishda faol fuqarolarni har yili “Fuqarolik jamiyati haftaligi”da oʻtkaziladigan tadbirlarga keng jalb qilish va ularning jamiyatdagi faolligini eʼtirof etish ishlarini tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil 1-iyulga qadar Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ushbu qaror asosida tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Oliy Majlis Senatiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tashabbusli budjet jarayonlari doirasida deputatlar tomonidan loyihalarni gʻolib deb eʼlon qilish, aholi va davlat oʻrtasida sheriklik loyihalarini birgalikda moliyalashtirish ishlari boʻyicha maʼlumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazishni tashkillashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etish uchun masʼul etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 29-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-243-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2026-y., 07/26/243/0652-son)