26.06.2026 yildagi 330-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.06.2026 02 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va aholi hayot maromini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida” 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-son Farmoniga muvofiq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va aholi hayot maromini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-son Farmonida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va aholi hayot maromini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash tartibini takomillashtirish nazarda tutilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va aholi hayot maromini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va aholi hayot maromini taʼminlash uchun moddiy resurslar zaxiralarini shakllantiradigan organlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy resurslar zaxiralarini miqdor va sifat jihatidan saqlashning talablari, ularni saqlash muddatlari hamda nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tajribalar asosida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy resurslar zaxiralarining namunaviy nomenklaturasini bir oy muddatda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy resurslar zaxiralarini shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirsin va uslubiy rahbarlik qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy resurslar zaxiralarining namunaviy nomenklaturasi roʻyxatiga muvofiq roʻy berishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning koʻlami, shuningdek, hududning tabiiy, iqtisodiy va boshqa oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy resurslar zaxiralari hajmi, nomenklaturasi hamda kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2028-yilgacha boʻlgan davrda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini bosqichma-bosqich shakllantirish boʻyicha tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlarda belgilangan zaxira mol-mulklarni xarid qilish ishlari amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va favqulodda vaziyatlar vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 26-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
330-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 26-iyundagi 330-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va aholi hayot maromini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va aholi hayot maromini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — zaxira yaratuvchi organlar) tomonidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun shoshilinch tarzda foydalanish maqsadida oldindan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxiradagi moddiy resurslarni almashtirish — standartlar va tayyorlash texnologiyalarining oʻzgarishi munosabati bilan zaxiradagi moddiy boyliklarni chiqarish va bir vaqtning oʻzida ularning oʻrnini shunga oʻxshash va shunga teng miqdordagi moddiy boyliklar bilan toʻldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy resurslar zaxirasini yangilash va qayta tiklash — moddiy zaxiralar, ularning idishi va qadogʻining belgilangan saqlash muddati tugagan, saqlash muddati tugamagan holda idishi buzilishi yoki boshqa sabablarga koʻra mahsulotning yaroqsiz holga kelishi, sifati buzilishi natijasida mahsulotning roʻyxatdan chiqarilishi va bir vaqtning oʻzida uning miqdoriga teng boʻlgan xuddi shunday moddiy boylikni uning oʻrniga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy resurslarni zaxiradan chiqarish — zaxiradagi moddiy boyliklarni muayyan shartlar asosida yoki begʻaraz tarzda oluvchiga (isteʼmolchiga) berish yoki ularni bozorda sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy resurslarni zaxiradan olib turish — moddiy zaxiralarni keyinchalik ularning oʻrniga shunga oʻxshash boʻlgan teng miqdordagi moddiy boylikni qaytarish sharti bilan olib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy resurslar zaxiralarini saqlash — saqlanayotgan moddiy resurslarning birlamchi holatda saqlanishini, shu bilan birga, ularga xizmat koʻrsatish, ularni yangilash, almashtirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan kompleks tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy resurslarni masʼuliyatli saqlash — tomonlardan biri (saqlab beruvchi) ikkinchi tomon bergan moddiy resurslarni saqlash va talab qilinganda but holda qaytarish majburiyatini olishni taʼminlaydigan shartnomaviy munosabatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy resurslar zaxirasi — favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga moʻljallangan oziq-ovqat mahsulotlarining maxsus zaxiralari, kiyim-kechaklar, dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, qurilish materiallari, neft mahsulotlari, umumiy va yakka muhofazalanish vositalari hamda boshqa moddiy resurslarning maxsus zaxiralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun moliyaviy resurslar zaxirasi — tegishli zaxira shakllantiruvchi organlar tasarrufidagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish vaqtida kutilmagan xarajatlarning oʻrnini toʻldirish uchun moʻljallangan mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun davlat moddiy va moliyaviy resurs zaxiralaridan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun quyidagi turdagi moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy moddiy resurslar zaxiralari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan respublika favqulodda vaziyatlarini bartaraf etish va 500 dan ortiq odamning hayoti va faoliyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy moliyaviy resurslar zaxiralari — bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 ming baravaridan kam boʻlmagan miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari, shuningdek, bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 ming baravaridan kam boʻlmagan miqdorda shahar va tuman hokimliklarining mahalliy budjetlari hisobidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish vaqtidagi kutilmagan xarajatlarning oʻrnini toʻldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy (shahar va tuman hokimliklari) moddiy resurslar zaxiralari — shahar va tuman hokimliklarining mahalliy budjeti hisobidan, shahar va tuman hududlarida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va 500 dan kam boʻlmagan odamlarning hayoti va faoliyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning moddiy resurslar zaxiralari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda budjet, budjetdan tashqari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan, boshqa tashkilotlarda esa oʻz mablagʻlari hisobidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, 100 kishidan ortiq boʻlmagan va lekin ishchi xizmatchilarning sonidan kam boʻlmagan odamlarning hayoti va faoliyatini taʼminlash uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va aholi hayot maromini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini shakllantiradigan tashkilotlar roʻyxati ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy (shahar va tuman hokimliklari) hamda obyektlar (tashkilot) roʻyxatlari tegishligicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining qarorlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va aholi hayot maromini taʼminlash uchun moddiy resurslar zaxiralarining namunaviy nomenklaturasi roʻyxati ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi. Ushbu nomenklatura roʻyxati favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga moʻljallangan oziq-ovqat mahsulotlarining maxsus zaxiralarini, kiyim-kechaklarni, dori vositalarini, tibbiy buyumlarni, tibbiy texnikani, qurilish materiallarini, neft mahsulotlarini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalarini hamda boshqa moddiy resurslarni, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish chogʻidagi kutilmagan xarajatlarning oʻrnini toʻldirish uchun moʻljallangan mablagʻlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Obyektlarning moddiy resurslar zaxiralari fuqaro muhofazasi boʻyicha toifaga ega boʻlgan hamda xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda majburiy tarzda, boshqa tashkilotlarda esa sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar xavfi va manbalarini, shuningdek, oʻzining ishchi va xizmatchilari sonini hisobga olgan holda ushbu tashkilotlarning rahbarlari ixtiyoriga koʻra shakllantirilaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy resurslar zaxiralarining nomenklaturasi va hajmi roʻy berishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning koʻlamidan, shuningdek, hududning tabiiy, iqtisodiy va boshqa oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, zaxirani shakllantiruvchi organlar tomonidan ishlab chiqiladi va quyidagilar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika miqyosidagi vazirlik va idoralar uchun — Favqulodda vaziyatlar vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy hokimliklar va mahalliy obyektlar uchun — Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat mahsulotlarining zaxiralari faqat mahalliy (shahar va tuman) moddiy resurslar zaxirasi tarkibida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat moddiy zaxirasini shakllantirish vazifasi yuklangan tashkilotlar tomonidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy resurslar zaxiralarining nomenklaturasini ishlab chiqishda, takrorlanishning oldini olish maqsadida ularga topshiriqda belgilangan moddiy boyliklarni kiritmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ayrim moddiy resurslarni (oziq-ovqat mahsulotlari, neft mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqalarni) sotib olish va saqlash oʻrniga ular doimo mavjud yoki muomalada boʻlgan korxonalar bilan shoshilinch yetkazib berish (sotish) yuzasidan tegishli shartnomalar tuzilishi mumkin. Bunda ushbu moddiy resurslarni sotib olish, saqlash va ushlab turishga moʻljallangan mablagʻlar zarur boʻlgan holatlarda foydalanish uchun maxsus bank hisob varaqlarida tashkil etiladigan moliyaviy resurslar zaxirasiga maqsadli yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Moddiy resurslar zaxiralarini saqlash, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy resurslar zaxiralari ushbu resurslarni saqlashga moʻljallangan, favqulodda vaziyat hududiga tezkor yetkazib berish imkoni mavjud boʻlgan obyektlarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Moddiy resurslar zaxiralarini saqlashning asosiy vazifasi ularni butun saqlash muddati davomida miqdor va sifat jihatidan saqlab turish hamda ularning maqsadli foydalanish uchun doimiy tayyorligini taʼminlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Moddiy resurslar zaxiralarini miqdor va sifat jihatidan saqlab turishni taʼminlash masʼul tashkilotlarga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Avval foydalanilgan, biroq soz va butlovchi qismlari toʻliq boʻlgan maxsus jihozlarni moddiy resurslar zaxirasiga toʻplashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Moddiy resurslar zaxiralari ular qayerga joylashtirilganidan qatʼi nazar, davlat yoki ularni tashkil etgan (sotib olgan) yuridik shaxsning mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Barcha turdagi moddiy resurslar zaxiralari saqlash joylarida (keyingi oʻrinlarda — omborlar) ularni saqlash uchun belgilangan talablarga muvofiq holda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Zaxira shakllantiruvchi organlarga boʻysunadigan tashkilotlarda moddiy resurslarning ayrim turlarini saqlashni tashkil etishning iloji boʻlmasa (maqsadga muvofiq boʻlmasa), moddiy resurslar zaxiralarini tezkor yetkazib berishni taʼminlash maqsadida boshqa tashkilotlarning omborlarida kelishuv shartnomalari asosida saqlash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Moddiy resurslar zaxiralarini miqdor va sifat jihatdan saqlanishi quyidagi talablar asosida taʼminlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy resurslarni toʻgʻri joylashtirish, jihozlash, omborlarni saqlab turish va ulardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omborga kirim qilinadigan moddiy resurslarni sinchiklab qabul qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash uchun moddiy resurslarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash joylarini tayyorlash va moddiy resurslar sifatiga salbiy taʼsir etadigan omillarning oldini olish va saqlash uchun kerakli sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy resurslarning har bir turi (harorat, nisbiy namlik, ventilyatsiya) uchun zarur saqlash sharoitlarini yaratish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlanayotgan moddiy resurslarning sifat holatini doimiy nazorat qilish va ularning sifatli saqlanishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish (tozalash, quritish, konservatsiyalash, texnik koʻrikdan oʻtkazish va tekshirish, qayta taxlash, laboratoriya sinovlaridan oʻtkazish, zararkunandalarga qarshi kurash va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy resurslarning saqlash sharoitlari va joylarini davriy tekshiruvdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy resurslarni fizik-kimyoviy xossalarga qarab saqlash tartibiga qatʼiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy resurslarni zaxiraga qabul qilish, saqlash, zaxiradan chiqarish va qayta ishlash jarayonida yuklash-tushirish va ombor ichidagi ishlarni imkon qadar mexanizatsiyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ombor ishchilarini toʻgʻri tanlash va oʻqitish, ombor uchun zarur shtat birliklarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ombor xavfsizligini ishonchli tashkil etish va yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan saqlash muddatlariga muvofiq moddiy resurslarni oʻz vaqtida almashtirish va yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sutka va mavsumning istalgan vaqtida omborlar va yuklash joylariga kirish yoʻllarini yaxshi holatda saqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Moddiy resurslar zaxiralarining barcha turlari uchun saqlash (yaroqlilik) muddatlari ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan saqlash muddatlariga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Moddiy resurslarning belgilangan talablarga muvofiq saqlanishini taʼminlanmagani natijasida moddiy resurslar zaxiralari yoʻqotilgan yoki shikastlangan taqdirda, ular ushbu moddiy resurslarni saqlaydigan tashkilotlar hisobidan tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Moddiy resurslar zaxiralarini saqlaydigan tashkilotlar rahbarlari ularning miqdori, sifati, saqlash sharoitlari, hisobi va foydalanishga tayyorligini tizimli ravishda tekshirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Moddiy resurslarni saqlash uchun moʻljallangan inshootlar tashkilot omborxonalarining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning tarkibi (saqlash joylarining soni va texnik joylashuvi) saqlanadigan moddiy resurslarning nomenklaturasi va hajmiga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Moddiy resurslarning turidan kelib chiqqan holda miqdor va sifat jihatidan saqlanishi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq belgilangan milliy standartlar, meʼyorlar, talablar, yoʻriqnomalar va boshqa qoidalar asosida taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Moddiy resurslar quyidagi holatlarda zaxiradan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflarni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularni yangilash yoki almashtirish munosabati bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Chegaradosh yoki boshqa hududlarda va obyektlarda sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy resurslar ulardan vaqtincha foydalanish sharti bilan, agar boshqa tartib belgilanmagan boʻlsa, zaxira yaratuvchi organ va oluvchi oʻrtasida olti oygacha boʻlgan muddatga tuziladigan shartnoma asosida zaxiradan chiqariladi. Shartnomada vaqtincha foydalanish uchun olingan vositalarni qaytarish tartibi, muddati va shartlari hamda shartnoma talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun sarflangan moddiy resurslar tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar hisobidan qayta tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxiradan ishlatilgan barcha turdagi resurslar uch oydan koʻp boʻlmagan muddatda qayta tiklanadi. Moddiy resurslarni qayta tiklash muddati ularni yetkazib berish shartlarini hisobga olgan holda uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Saqlash muddati tugashi munosabati bilan moddiy resurslar zaxirasi, ushbu zaxirani shakllantiruvchi organ tomonidan har yili ishlab chiqiladigan jadval asosida saqlash muddati tugagan moddiy resurslarni tashkilotlar ehtiyoji uchun berish yoki sotuvga chiqarish yoʻli bilan qayta tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Moddiy resurslarni zaxiradan chiqarish, ularni vaqtincha foydalanish sharti bilan olish, qayta tiklash va almashtirish, shuningdek, moliyaviy resurslar zaxirasidan foydalanish tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining — fuqaro muhofazasi boshliqlarining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun ushbu obyektning va yuqori turuvchi organlarning moddiy resurslar zaxirasi, mahalliy favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mahalliy moddiy resurslar zaxirasi, respublika favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun — tegishli hududlarning mahalliy moddiy resurslar zaxirasidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mahalliy moddiy resurslar zaxirasidan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Moddiy resurslar zaxiralarni yangilash va almashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Moddiy resurslar zaxiralarni almashtirish — moddiy resurslar zaxirasi (mahsulot) nomenklaturasi yoki standartlar va ishlab chiqarish texnologiyalarining oʻzgarishi munosabati bilan bir vaqtning oʻzida bir xil miqdordagi shunga oʻxshash yoki shu turdagi (toifadagi) boshqa moddiy resurslarni yetkazib berish va ularni jamgʻarish uchun zaxiralardan moddiy resurslarni chiqarish yoʻli bilan amalga oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Moddiy resurslar zaxiralarini tegishli standartlar va texnik shartlarda belgilangan saqlash muddati tugaganidan keyin saqlash muddatini uzaytirish yoki moddiy resurslarni yangilash (almashtirish) toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun ularning holati nazorat qilinadi. Moddiy resurslarning holati tahlil va sinovlardan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Agar saqlash muddati tugagandan soʻng moddiy resurslarning sifatiga koʻra asosan ulardan maqsadli foydalanishga yaroqli boʻlsa, dastlabki belgilangan saqlash muddatining yarmidan koʻp boʻlmagan davrgacha saqlash muddati uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yaroqlilik muddati uzaytirilgan materiallarning sifat darajasining pasayish (buzilish, ishdan chiqish) belgilari mavjud boʻlsa, ularni zudlikda yangilash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Agar moddiy resurslarni saqlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishning iloji boʻlmasa, ular yangilanadi (almashtiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Zaxiralar har yili zaxira shakllantiruvchi organlar tomonidan ishlab chiqilgan yangilash rejalariga muvofiq oʻzlarining moliyalashtirish manbalari hisobidan yangilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Zaxiralarni yangilash muddatlarini aniqlash uchun moddiy resurslarning ishlab chiqarilgan sanasi va saqlash muddati asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Moddiy resurslarni yangilashda, birinchi navbatda, ularning asosiy texnik koʻrsatkichlari oʻzgargani yoki ishlab chiqarishdan toʻxtatilgani (bekor qilingan), shuningdek, saqlash muddatlari uzaytirilganini hisobga olish kerak. Moddiy resurslarning ayrim turlari uchun ularni yangilash va almashtirishning boshqa tartibi belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini shakllantirishni moliyalashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini shakllantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda Davlat budjeti, budjetdan tashqari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan, boshqa turdagi tashkilotlarda esa — ularning oʻz mablagʻlari yoki qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Moliyaviy resurslar Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, tumanlar va shaharlar hokimliklari budjetlarining zaxira jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda — zaxira jamgʻarmasi) hisobidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasi yetarli boʻlmagan taqdirda vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻ ajratilishi yuzasidan asoslantirilgan talabnoma bilan Vazirlar Mahkamasiga murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini shakllantirilishi ustidan davlat nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Moliyaviy va moddiy resurslarni shakllantirilishi ustidan davlat nazorati aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasi sohasida davlat nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasida davlat nazoratini amalga oshirish uchun masʼul organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Nazorat qiluvchi organlarning masʼul xodimlari zaxira shakllantiruvchi organlar tomonidan moliyaviy va moddiy resurslarni shakllantirishni tekshirish davriyligi bir yilda bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Davlat nazorati subyektlari tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilinishini tekshirish natijalari Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 744-son qarori bilan tasdiqlangan Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Davlat nazoratidagi subyektlar tomonidan moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarining shakllantirish sohasida qonunchilik hujjatlari talablari buzilgan holatlar aniqlanganda, davlat nazorati natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnoma asosida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Moddiy resurslar zaxiralari bilan ishlashda hisobga olish va hisobotni yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Moddiy resurslar zaxiralarini hisobga olishning asosiy maqsadi ularning miqdor va sifat jihatdan saqlab turishni taʼminlash, lozim boʻlgan vositalarni aniqlash, mavjud qoldiq toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarni olishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Moddiy resurslar zaxiralarini hisobga olish, ular toʻgʻrisida birlamchi hujjatlarni talab darajasida rasmiylashtirish (nomi, soni, navi, markasi va oʻlchami) hamda moddiy resurslarning harakati va sifat (texnik) holatining oʻzgarishlari bilan bogʻliq barcha qaydlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida amalga oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy zaxiralarning mavjudligi, ulardan foydalanilgani va qayta toʻldirilgani toʻgʻrisidagi hisobotlar ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema asosida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy va mahalliy zaxiralarni shakllantiruvchi tashkilotlar tomonidan har chorakda keyingi oyning 3-sanasiga favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy zaxiralarning mavjudligi, ulardan foydalanilgani va ularning qayta toʻldirilgani toʻgʻrisida hisobot (keyingi oʻrinlarda — hisobot) tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot har chorakda keyingi oyning 3-sanasidan kechikmasdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy zaxiralarni shakllantiruvchi tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari har chorakda keyingi oyning 5-sanasidan kechikmasdan Favqulodda vaziyatlar vazirligiga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligi hisobotlarni har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevralidan kechikmasdan Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mablagʻlar ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasidan budjet mablagʻlarini ajratish va oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zaxira jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan takliflar tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratish yuzasidan qarorda ajratilayotgan mablagʻlarning umumiy miqdori hamda tadbirlar turlariga koʻra taqsimlanishi koʻrsatiladi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyat hududida qutqaruv ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyat oqibatida shikastlangan obyektlarda avariya-qutqaruv ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
evakuatsiya qilingan fuqarolarning kerakli, biroq bir oydan ortiq boʻlmagan muddatgacha vaqtincha yashashi va ovqatlanishi uchun punktlarni tashkil etish va saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jabrlanganlar va halok boʻlganlarning oila aʼzolariga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jabrlanganlarni favqulodda vaziyatning zararli omillaridan muhofaza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyat hududidan aholini evakuatsiya qilish va ularni doimiy yashash joylariga qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud va obyektlarni muhofaza qilish uchun vaqtincha qurilmalarni tashkil etish va qurish, ularni demontaj qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxira jamgʻarmasi mablagʻlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda zaxira jamgʻarmasidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun ajratilgan mablagʻlarning hisobi yuritilishini tashkil etadi hamda ulardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlarni oluvchilar Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga zaxira jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlar ishlatilgani toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va aholi hayot maromini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va aholi hayot maromini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini shakllantiradigan tashkilotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

FVDT tarkibida tashkil etiladigan xizmatlar va tuzilmalar nomi

Xizmat tashkil etadigan tashkilotlar

Xizmat tashkil etadigan tizim tashkilotlari

 

FVDT tarkibiga kiruvchi xizmatlar

 

1.

Favqulodda vaziyatlarda harakatlanish faoliyatini boshqarish xizmati

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalari

 

2.

Aloqa, xabar berish va AKTni joriy etish xizmati

Raqamli texnologiyalar vazirligi

“Oʻzbektelekom” AK

 

3.

Tibbiy xizmat

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmalari

 

4.

Ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy yordam xizmati

Respublika shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish ilmiy markazi

 

5.

Tez tibbiy yordam xizmati

Respublika tez tibbiy yordam markazi

 

6.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tuzilmalari

 

7.

Xavfli yuklar (tovarlar) olib kirilishi va olib chiqilishi ustidan bojxona nazoratini amalga oshirish xizmati

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi

 

8.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, oziq-ovqat bilan taʼminlashni tashkil etish xizmati

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oziq-ovqat xavfsizligi qoʻmitasi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oziq-ovqat xavfsizligi qoʻmitasi tuzilmalari

 

9.

Hayvonlarni muhofaza qilish va veterinariya nazorati xizmati

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oziq-ovqat xavfsizligi qoʻmitasi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi tuzilmalari va Oziq-ovqat xavfsizligi qoʻmitasi tuzilmalari

 

10.

Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy nazorat xizmati

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oziq-ovqat xavfsizligi qoʻmitasi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oziq-ovqat xavfsizligi qoʻmitasi tuzilmalari

 

11.

Aholi punktlari va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhandislikka doir muhofaza qilish xizmati

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tuzilmalari

 

12.

Ichimlik suv taʼminoti xizmati

“Oʻzsuvtaʼminoti” AJ,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari

 “Oʻzsuvtaʼminoti” AJ tuzilmalari, tuman (shahar) hokimliklari

 

13.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish xizmati

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tuzilmalari

 

14.

Suv xoʻjaligi xizmati

Suv xoʻjaligi vazirligi

Suv xoʻjaligi vazirligi tuzilmalari

 

15.

Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish xizmati

Suv xoʻjaligi vazirligi

Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

 

16.

Avtomobil yoʻllari xizmati

Transport vazirligi

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

 

17.

Aviatsiya parvozlari xavfsizligini taʼminlash xizmati

Transport vazirligi

Transport vazirligi huzuridagi “Uzbekistan Airpots” AJ,

“Uzbekistan Airways” AJ

 

18.

Temir yoʻl xizmati

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

 “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

 

19.

Elektr taʼminoti xizmati

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,

“Milliy elektr tarmoqlari” AJ

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hududiy tuzilmalari,

“Milliy elektr tarmoqlari” AJ hududiy tuzilmalari

 

20.

Gaz taʼminoti xizmati

“Hududgaztaʼminot” AJ,

“Oʻztransgaz” AJ

“Hududgaztaʼminot” AJ hududiy tuzilmalari, “Oʻztransgaz” AJ hududiy tuzilmalari

 

21.

Yonilgʻi-moylash materiallari taʼminoti xizmati

“Oʻzbekneftgaz” AJ

“Oʻzbekneftgaz” AJ hududiy tuzilmalari

 

22.

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gaz tarmogʻi obyektlarida xavfsizlikni nazorat qilish xizmati

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tuzilmalari

 

23.

Atrof tabiiy muhitni muhofaza hamda ekologik xavfsizlik boʻyicha nazorat qilish xizmati

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

 

24.

Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmati

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

“Oʻzbekgidrogeologiya” DM

 

25.

Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligi xizmati

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

 

FVDT tarkibiga kiruvchi tashkilotlar

 

26.

Favqulodda vaziyatlar uchun moliyaviy resurslarni shakllantirishni tashkil etish organi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tuzilmalari

 

27.

Oʻrmon yongʻinlaridan muhofaza qilish boʻyicha boshqaruv organlari va tuzilmalari

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

 

28.

Obyektlar darajasidagi boshqaruv organlari va qutqaruv tuzilmalari

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

“Oʻzbekgidroenergo” AJning tashkilotlari va obyektlari

 

29.

Obyektlar darajasidagi boshqaruv organlari va qutqaruv tuzilmalari

“Oʻzkimyosanoat” AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJning korxonalari

1. “Ammofos-Maksam” AJ,

2. “Maksam-Chirchiq” AJ

 

30.

Issiqlik elektr stansiyalari barqarorligini taʼminlash tuzilmalari

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

 

31.

Atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini taʼminlash tuzilmasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi tuzilmalari

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va aholi hayot maromini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va aholi hayot maromini taʼminlash uchun moddiy resurslar zaxiralarining namunaviy nomenklaturasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Moddiy boyliklar nomi

1

Oziq-ovqat taʼminoti (mahsulotlari) va oshxona anjomlari

2

Dori-darmon, gigiyena va boshqa tibbiyot vositalari

3

Qurilish materiallari

4

Yoqilgʻi-moylash mahsulotlari

5

Avariya-qutqaruv, qidiruv va yongʻin oʻchirish mulklari

6

Kiyim-kechaklar

7

Hayot maromini taʼminlash mol-mulklari

8

Aloqa va xabar berish vositalari

9

Suzish asbob va anjomlari

10

Transport vositalari (yuqori oʻtuvchanlik qobiliyatiga ega)

11

Suv toshqinlariga qarshi texnik vositalar

12

Elektr va isitish taʼminoti vositalari

13

Uy-joy kommunal xoʻjaligi resurslari

14

Oʻrmon yongʻinlarida ishtirok etuvchi shaxsiy tarkib uchun shaxsiy himoya vositalari

15

Xabar berish va yongʻin oʻchirish vositalari, shuningdek, oʻrmon yongʻinlari uchun (mobil yongʻin oʻchirish vositalari, yongʻin oʻchirish anjomlari va jihozlari, yongʻin oʻchirish mulki)

16

Veterinariya mol-mulklari (chorvachilik mollarini himoya qilish vositalari)

17

Maxsus himoya kiyimlari toʻplami

18

Nafas olish organlarini himoyalovchi vositalar

19

Terini himoyalovchi shaxsiy himoya vositalari

20

Kimyoviy razvedka va dozimetr anjomlari

21

Muhandislik texnika va vositalari

22

Tashkilotlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, boshqa turdagi moddiy resurslar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Zaxira shakllantiruvchi organlar oʻz funksiyalari hamda ishlab chiqarishning oʻziga xos-xususiyatlarini inobatga olgan holda moddiy resurslar zaxiralarini nomenklaturasi va hajmi ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy resurslar zaxiralari kamida uch sutkalik davriylikni hisobi olingan holda ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlarining zaxiralari faqat mahalliy moddiy resurslar zaxirasi tarkibida yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va aholining hayot maromini taʼminlash uchun moddiy resurslar zaxiralarining nomenklaturasi va hajmi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tavsiya etilgan moddiy resurslar zaxiralari nomenklaturasini ishlab chiqish metodikasi asosida ishlab chiqiladi va zaxira shakllantiruvchi organlar tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning koʻlamidan kelib chiqib, nomenklaturadagi mol-mulklarni roʻyxati oʻzgarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va aholi hayot maromini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy zaxiralarning mavjudligi, ulardan foydalanilgani va ularning qayta toʻldirilgani yuzasidan hisobotlarni taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Tadbirlar

Masʼul ijrochilar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari mavjudligi, ulardan foydalanilgani va ularni qayta toʻldirilgani toʻgʻrisidagi hisobotlarni (keyingi oʻrinlarda — hisobot) shakllantirish

Idoraviy, mahalliy va obyektning zaxiralarini shakllantiruvchi tashkilotlar

Har chorakda keyingi oyning
3-sanasidan kechikmasdan

2-bosqich

Hisobotni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga taqdim etish

Mahalliy va obyektning zaxiralarini shakllantiruvchi tashkilotlar

Har chorakda keyingi oyning
3-sanasidan kechikmasdan

3-bosqich

Hisobotni Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etish

Idoraviy zaxiralarni shakllantiruvchi tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari

Har chorakda keyingi oyning
5-sanasidan kechikmasdan

4-bosqich

Hisobotni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Har yili, hisobot yilidan keyingi yilning
1-fevralidan kechikmasdan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 26-iyundagi 330-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 15-fevraldagi 137-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 271-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 570-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026-y., 09/26/330/0638-son)