24.06.2026 yildagi 323-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — reglament) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash guvohnomalarini “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash uchun (keyingi oʻrinlarda-laboratoriyani maʼqullash) arizalarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP), davlat xizmatlari markazlari yoki axborot tizimi orqali taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriyani maʼqullash boʻyicha koʻrsatiladigan davlat xizmati uchun toʻlovni “oferta” shaklida imzolanadigan shartnoma asosida toʻlash mexanizmini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2026-yil 1-iyuldan laboratoriyani maʼqullash uchun ariza yuborish ushbu reglamentga muvofiq YIDXP, Davlat xizmatlari markazlari yoki axborot tizimi orqali yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maʼqullash quyidagi sinov laboratoriyalariga nisbatan tatbiq qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy (ishlab chiqarish) ehtiyojlari uchun oʻzlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar va (yoki) import xomashyo, materiallar yoki tayyor mahsulotlarni sinovdan oʻtkazuvchi ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar laboratoriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarning majburiy muvofiqligini baholash jarayonida ishtirok etishga daʼvo qilmaydigan laboratoriyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) maʼqullangan sinov laboratoriyalari reyestri Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) maʼqullash tartibidan oʻtish laboratoriyalar uchun ixtiyoriydir, Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida majburiyligi belgilangan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan reglamentga muvofiq davlat xizmati YIDXP, Davlat xizmatlari markazlari yoki axborot tizimi orqali koʻrsatilishini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimini YIDXPga integratsiya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati YIDXP, Davlat xizmatlari markazlari yoki axborot tizimi orqali koʻrsatilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan reglament talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralarini qoʻllasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 24-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
323-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 323-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan sinov laboratoriyalarining (keyingi oʻrinlarda — laboratoriya) texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash (keyingi oʻrinlarda — maʼqullash) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vakolatli organ tomonidan maʼqullash ishlarini bajarishda va uning natijalari boʻyicha qaror qabul qilishda xolislik hamda betaraflik taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — laboratoriyaning texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash uchun vakolatli organga murojaat qilgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼqullash — yuridik shaxslar laboratoriyalarining muayyan sohada sinovlarni oʻtkazishga texnik jihatdan malakaliligini vakolatli organ tomonidan rasman tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼqullangan laboratoriya hujjatlarini dolzarblashtirish — laboratoriyani maʼqullash sohasiga va (yoki) texnik pasportiga laboratoriya tomonidan oʻzgartirishlar kiritish hamda belgilangan tartibda vakolatli organga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼqullash sohasi — laboratoriya faoliyatining maʼqullash soʻralayotgan yoki maʼqullash taqdim etilgan aniq sohasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnoma — vakolatli organ tomonidan maʼqullashning belgilangan sohasida ishlarni bajarish uchun laboratoriyaning texnik jihatdan malakaliligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan malakalilikni baholash — maʼqullash soʻralayotgan faoliyat sohasida sinov yoki oʻlchashlarni oʻtkazish uchun laboratoriyada shart-sharoitlarning va malakali xodimlarning mavjudligini aniqlash maqsadida vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladigan jarayon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik ekspert — baholash sohasidagi ishlarni tashkil etish, shu sohadagi jarayon yoki faoliyat xususida maxsus bilim va tajribaga ega boʻlgan, shartnoma asosida laboratoriyada baholash oʻtkazish uchun vakolatli organ tomonidan jalb qilinadigan jismoniy shaxs yoki ekspert tashkilotining vakili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼqullashning talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼqullash tartibidan oʻtishga qoʻyiladigan talablarni belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy, shuningdek, normativ hujjatlarga majburiy rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya faoliyatini samarali amalga oshirish uchun zarur boʻlgan egalik yoki boshqa mulkiy huquq, shuningdek, ijara huquqi asosida bino va inshootlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlgan ishlab chiqarish binolari va atrof-muhit shart-sharoitlarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralayotgan maʼqullash sohasiga muvofiq sinovlar oʻtkazilishini taʼminlaydigan sinash, oʻlchash vositalari va standart namunalarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼqullash jarayonida vakolatli organ tomonidan baholanadigan hamda soʻralayotgan maʼqullash sohasida malakaga ega boʻlgan xodimlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralayotgan maʼqullash sohasiga muvofiq sinash usullariga doir amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriyalar tomonidan ushbu reglamentning 9 va 21-bandlarida, shuningdek, 5-bobida belgilangan majburiyatlarga rioya qilinishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maʼqullangan laboratoriyalar, shuningdek, akkreditatsiyadan oʻtgan sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriyalar (markazlar), metrologiya xizmatlari amaldagi maʼqullash yoki akkreditatsiya sohalariga muvofiq oʻzlari qoʻllayotgan sinash, oʻlchash vositalaridan, standart namunalardan, sinash asbob-uskunalaridan foydalanish va (yoki) ularni qoʻllash huquqi maʼqullash tartib-taomilidan oʻtishga talabgor boʻlgan ariza beruvchi foydasiga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maʼqullash boʻyicha davlat xizmati ushbu reglamentga 1-ilovada keltirilgan Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullashdan oʻtkazish sxemasiga muvofiq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi maʼqullash va reyestrda roʻyxatga olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP yoki axborot tizimidan elektron shaklda roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi axborot tizimida joylashtirilgan ushbu reglamentga 2-ilovaga muvofiq Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash boʻyicha soʻrovnomani toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi hamda imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etganda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Arizaga quyidagilardan iborat boʻlgan laboratoriya hujjatlari ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼqullash soʻralayotgan maʼqullash sohasini aniqlovchi sinash usullari (metodikalari) va (yoki) oʻlchash turlarining roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriyaning tartib-taomil hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriyaning texnik pasporti (laboratoriya, jihozlar, qoʻllanadigan sinash va oʻlchash vositalari toʻgʻrisida maʼlumot).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjat va maʼlumotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi oʻz xohishiga koʻra laboratoriyaga tegishli qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza va unga ilovalar avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vakolatli organ ariza tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan laboratoriya hujjatlari va maʼlumotlarining toʻliqligini oʻrganadi. Oʻrganish natijasi ijobiy boʻlsa, ariza roʻyxatdan oʻtkaziladi va laboratoriyada baholashni oʻtkazish uchun ariza beruvchiga toʻlov miqdori koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organning rasmiy veb-sahifasida joylashtirilgan shaklga muvofiq laboratoriya hujjatlari taqdim etilmagan taqdirda, vakolatli organ bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarishi haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatining toʻlov miqdori laboratoriyani maʼqullash sohasidan kelib chiqqan xolda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun ushbu reglamentga 3-ilovada keltirilgan Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash xizmatlarini koʻrsatish narxlari kalkulyatsiyasiga asosan toʻlov toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlov oʻn ish kuni ichida ariza beruvchi tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlov toʻlangani axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlari toʻlov miqdori koʻrsatilgan xabarnomaga (invoysga) asosan toʻlovni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi maʼqullash ishlarini bajarish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni, shu jumladan, xizmat safari xarajatlarini ularning natijalaridan qatʼi nazar toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda maʼqullash ishlari toʻlov toʻlangandan soʻng bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼqullash ishlarini amalga oshirishda laboratoriyada baholash oʻtkazish va maʼqullash sohasini dolzarblashtirish uchun toʻlov undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ tomonidan maʼqullash ishlarini amalga oshirishda quyidagi xizmat turlari uchun toʻlov undirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomani koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldin berilgan (amaldagi) maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash) yoki tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼqullash sohasini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼqullangan laboratoriya texnik pasportida keltirilgan maʼlumotlarni dolzarblashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza beruvchi tomonidan maʼqullash ishlarini oʻtkazish uchun ariza elektron tarzda Davlat xizmatlari markazlari, YIDXP yoki axborot tizimi orqali yuborilganda yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undirilgan toʻlov quyidagicha taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochiladigan maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻ vakolatli organning shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi shaxsiy hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻ — vakolatli organning hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) axborot tizimi orqali murojaat etilganda, koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlov toʻliqligicha vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, mazkur reglamentning 9-bandida koʻrsatilgan yigʻimlar toʻlanadigan summadan 90 foiz miqdorda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati uchun toʻlovlar toʻlanmagani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizada notoʻgʻri, shu jumladan, asoslantirilmagan yoki qalbaki maʼlumotlar koʻrsatilgani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ariza beruvchi maʼqullash rad etilgan kundan boshlab oʻttiz ish kuni mobaynida davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamasdan, koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda laboratoriyani maʼqullash uchun takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼqullashni takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Oldin koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchi tomonidan mazkur oʻttiz ish kunlik muddat oʻtkazib yuborilgan holda berilgan arizalar birinchi marta taqdim etilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishda uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab uni real vaqt rejimida vakolatli organga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP yoki axborot tizimi orqali murojaat qilinganda, soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza beruvchi tomonidan toʻlov toʻlangach, vakolatli organ ikki ish kunidan kechiktirmay laboratoriyada baholash ishlarini amalga oshirish uchun vakolatli organ xodimlaridan va (yoki) texnik ekspertlardan iborat baholash komissiyasini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibi, laboratoriyada baholash ishlarini amalga oshirish sanasi va vaqti vakolatli organ rahbari yoki uning oʻrinbosari buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda laboratoriyada baholash ishlarini amalga oshirish sanasi ariza beruvchi bilan uning asoslangan takliflarini inobatga olgan holda oldindan kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Baholash komissiyasiga maʼqullash jarayoniga rahbarlik qilish uchun umumiy masʼuliyat yuklangan va vakolatli organ tomonidan vakolat berilgan baholash komissiyasining raisi rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Laboratoriyada baholash ishlarini amalga oshirish muddatlari uning faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda vakolatli organ tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Laboratoriyada baholash ishlarini amalga oshirish muddati oʻn ish kunidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Laboratoriyada baholash ishlari vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Baholash komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi, maʼqullash talablariga va shartlariga, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqlikni hamda laboratoriya tomonidan soʻralayotgan maʼqullash sohasiga kiritilgan har bir sinash usullari (metodikalari) va (yoki) oʻlchash turlarini bajara olish imkoniyatini joyiga chiqqan holda baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ariza beruvchi laboratoriyada baholash ishlarini amalga oshirish, shu jumladan, baholash komissiyasining zarur maʼlumotlar, yozuvlar va hujjatlarning oʻrganishiga, binolarga kirishiga, shuningdek, laboratoriya xodimlarining malakasini baholashiga zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar malakasi ularning shaxsiy kartalarini oʻrgangan holda soʻralgan sohadagi malakasi, tayyorgarligi, maʼlumoti, muvofiqlikni baholash boʻyicha koʻnikmalarini namoyish qilishini kuzatish orqali baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash komissiyasi soʻralgan maʼqullash sohasida nazorat sinovlari, oʻlchashlar oʻtkazilishini talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agar laboratoriyada baholash uchun shart-sharoitlar taʼminlanmasa, baholash komissiyasining raisi vakolatli organga tegishli hisobotni taqdim qilishi kerak, uning asosida vakolatli organ maʼqullash jarayoni ikki oydan oshmagan muddatga toʻxtatilgani toʻgʻrisida ariza beruvchiga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza beruvchi belgilangan muddatda laboratoriyada baholash ishlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratib bermasa, maʼqullash uchun berilgan arizani koʻrib chiqish toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vakolatli organ laboratoriyada baholash natijalari davomida aniqlangan nomuvofiqliklarni (agar mavjud boʻlsa) oʻz ichiga qamrab oluvchi baholash komissiyasining dalolatnomasini (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma barcha komissiya aʼzolari, shuningdek, oʻzining alohida fikrini zarurat boʻlganda ifodalashga haqli boʻlgan ariza beruvchining vakolatli vakili tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi ariza beruvchining vakolatli vakiliga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Baholash komissiyasi rasmiylashtirgan ijobiy dalolatnomani bir ish kunidan kechikmay vakolatli organga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Baholash komissiyasi tomonidan laboratoriyaning belgilangan talablarga nomuvofiqligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma rasmiylashtirilgan holatlarda, ariza beruvchi ushbu dalolatnomada koʻrsatilgan nomuvofiqliklarni uch oydan oshmagan muddatda bartaraf etishi, nomuvofiqliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni (hisobot) vakolatli organga yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatlarda ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf qilinib, vakolatli organga taqdim etilmagan holatlarda vakolatli organ laboratoriyani maʼqullashni rad etish toʻgʻrisida ariza beruvchiga elektron xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vakolatli organ hisobot olingan kundan eʼtiboran uning besh ish kunida koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash komissiyasi ariza beruvchi tomonidan baholash jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilgani boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini oʻrganadi. Agar hisobotda keltirilgan maʼlumotlar nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun yetarli boʻlmasa, komissiya qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Baholash komissiyasi nomuvofiqliklarni bartaraf etish holatini oʻrganish natijalari boʻyicha yakuniy dalolatnomani bir ish kunidan kechikmay vakolatli organga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Vakolatli organ bir ish kuni mobaynida yakuniy dalolatnoma asosida quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriyaning texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼqullash sohasini qisqartirgan holda laboratoriyaning texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriyaning texnik jihatdan malakaliligini maʼqullashni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalolatnoma xulosalariga qoʻshilmagan taqdirda — laboratoriyaning maʼqullash talablari va shartlariga muvofiqligini haq olmasdan qoʻshimcha baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Quyidagilar laboratoriyani maʼqullashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash vaqtida zarur maʼlumotlarni taqdim etishdan bosh tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriyaning maʼqullash talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslar boʻyicha maʼqullashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Laboratoriyani maʼqullash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda vakolatli organ tomonidan bir ish kunidan kechikmay, laboratoriyaga axborot tizimi orqali ikki yil muddatga laboratoriyani maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnoma tasdiqlanadi va avtomatik tarzda reyestrga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar laboratoriyani maʼqullashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, vakolatli organ bir ish kunidan kechikmay, ariza beruvchiga elektron xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Vakolatli organ tomonidan maʼqullangan laboratoriyalarning axborot tizimida reyestri yuritiladi. Reyestr tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Agar laboratoriyani maʼqullash toʻgʻrisida guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin takroriy maʼqullash uchun ariza taqdim etilganda, vakolatli organ ilgari berilgan maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini tegishli qaror qabul qilingan kungacha uzaytirish huquqiga ega, bunda uzaytirish muddati uch oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Takroriy maʼqullash tartibi ushbu bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Yuridik shaxs ushbu reglamentning 4-bandida belgilangan talablar va shartlarga, maʼqullash sohasiga rioya qilishga hamda oʻtkazilgan sinashlar yoki oʻlchashlarning ishonchligiga javobgar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ariza beruvchi kamida bir yilda bir marta maʼqullashning talab va shartlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Agar vakolatli organga maʼqullash talab va shartlari buzilgani toʻgʻrisida murojaat tushsa, murojaatda keltirilgan vajlarning haqqoniyligini oʻrganish uchun aynan ushbu vajlar boʻyicha laboratoriyani qayta baholashga (keyingi oʻrinlarda — qayta baholash) haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Laboratoriya faoliyati ushbu reglamentning 17 — 21, 23 — 27-bandlariga muvofiq qayta baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Vakolatli organ uch ish kunidan kechikmay laboratoriya faoliyatini qayta baholash dalolatnomasi koʻrib chiqilishini taʼminlaydi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼqullash sohasini qisqartirgan holda, maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organning qarori toʻgʻrisida laboratoriyaga qaror qabul qilinganidan keyin bir ish kunidan kechikmay elektron xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati mazkur reglamentning 3 va 4-boblarida belgilangan tartibda toʻxtatib turiladi (tiklanadi) yoki tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Yuridik shaxs vakolatli organning maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan vakolatli organ huzuridagi apellyatsiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida yozma murojaat qilganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya tomonidan maʼqullash talablari va shartlari buzilgani aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi vakolatli organ yoki sud tomonidan toʻxtatib turiladi. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi vakolatli organ tomonidan oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga, sud tomonidan esa oʻn kundan ortiq, lekin ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddat ichida maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan talablar va shartlar bartaraf qilinmasa, vakolatli organ maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnoma amal qilishini toʻxtatib turish muddatini uzaytirish boʻyicha sudga daʼvo ariza kiritishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnoma amal qilishi tiklangunga qadar laboratoriya tomonidan oʻtkaziladigan oʻlchashlar yoki sinashlar natijalarini rasmiylashtirishda maʼqullash jarayonidan oʻtganlik maqomiga havola qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnoma amal qilishi ushbu reglamentning 41-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatda toʻxtatilgan boʻlsa, yuridik shaxs vakolatli organga tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan nomuvofiqliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi. Bunda hisobotni taqdim etish muddati vakolatli organning qarori qabul qilingan sanadan boshlab ikki oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar belgilangan muddatda yuridik shaxs tomonidan vakolatli organga nomuvofiqliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida hisobot taqdim etilmasa, maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Nomuvofiqliklar bartaraf etilgani holati ushbu reglamentning 26 va 27-bandlariga muvofiq oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Vakolatli organ baholash komissiyasi tomonidan yakuniy dalolatnoma taqdim etilganidan soʻng bir ish kunidan kechiktirmay tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Maʼqullash toʻgʻrisida guvohnomaning amal qilishi axborot tizimida real vaqt rejimida toʻxtatib turiladi va qayta tiklanadi hamda elektron reyestrda uning holati yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maʼqullash toʻgʻrisida guvohnomaning amal qilishini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Quyidagi hollarda maʼqullash toʻgʻrisida guvohnomaning amal qilishi tugatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs maʼqullash toʻgʻrisida guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs (huzurida faoliyat koʻrsatayotgan laboratoriya) tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma amal qilishining toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar vakolatli organ belgilagan muddatda yuridik shaxs tomonidan bartaraf etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼqullash sohasi buzilganda (maʼqullash jarayonidan oʻtganlik maqomini belgilovchi matnli havolani koʻrsatgan holda maʼqullash taqdim etilgan sohadan tashqari oʻlchash yoki sinashlarni oʻtkazish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnomani olishda soxta hujjat va asoslanmagan maʼlumotlardan foydalangani aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi vakolatli organning qarori bilan tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror axborot tizimida qabul qilinadi va real vaqt rejimida elektron reyestrda uning holati yangilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi vakolatli organ tomonidan qabul qilingan qarorda koʻrsatilgan sanadan boshlab tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnoma ushbu reglamentning 47-bandi toʻrtinchi — oltinchi xatboshilariga muvofiq tugatilganda, maʼqullash uchun takroriy soʻrovnoma uch oydan keyin taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnoma bekor qilinganda maʼqullash uchun takroriy soʻrovnoma taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Maʼqullash sohasini kengaytirish va qisqartirish, shuningdek, maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Maʼqullash sohasi yuridik shaxsning soʻrovnomasiga asosan ushbu reglamentning 16 — 29-bandlarida nazarda tutilgan tartibda kengaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Laboratoriyaning maʼqullash sohasini kengaytirish toʻgʻrisidagi vakolatli organ tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganda, maʼqullash sohasi yangi tahrirda tasdiqlanadi, agar rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, vakolatli organ bir ish kunidan kechikmay, ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga elektron xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Laboratoriyaning maʼqullash sohasi vakolatli organning qarori bilan quyidagilar asosida qisqartiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriyaning maʼqullash sohasini qisqartirish toʻgʻrisidagi arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya faoliyatini qayta baholash natijalariga koʻra.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Maʼqullash sohasi qisqartirilganda, vakolatli organ tomonidan laboratoriyaning maʼqullash sohasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilib, yangi tahrirda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼqullash sohasini qisqartirish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Laboratoriya qayta tashkil etilgan, uning nomi, yuridik manzili yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, mazkur maʼlumotlar vakolatli organning axborot tizimida avtomatik ravishda aniqlanadi hamda monitoring qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Laboratoriya joylashgan joy oʻzgarganda, ushbu reglamentning 2-bobida belgilangan tartibda takroran maʼqullanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Agar yuridik shaxs ilgari maʼqullangan laboratoriyaning vorisi boʻlmasa, hujjatlar keyinchalik ushbu reglamentning 2-bobida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Maʼqullangan laboratoriya hujjatlarini dolzarblashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Quyidagi hollarda maʼqullangan laboratoriyaning hujjatlari dolzarblashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriyani maʼqullash sohasida koʻrsatilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar oʻrniga yangi hujjatlar amalga kiritilganda, shuningdek, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilganda (qabul qilingan normativ hujjatda mahsulotlarning yangi turlari, sinash (oʻlchash) usullari koʻrsatilgan hollar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik pasportda keltirilgan maʼlumotlar oʻzgarganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Maʼqullash boʻyicha hujjatlar dolzarblashtirilsa, laboratoriya buning sabablarini koʻrsatgan holda oʻzgartirishlar kiritilgan hujjatlarni, shu jumladan, kiritilayotgan oʻzgartishlar yuzasidan qiyosiy tahlilni ilova qilib axborot tizim orqali soʻrovnoma taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Vakolatli organ taqdim etilgan hujjatlarni oʻn besh ish kuni ichida koʻrib chiqadi va ushbu reglamentning 8-bandiga asosan taqdim etilgan hujjatlar toʻplamiga qoʻshimcha sifatida kiritadi. Ushbu reglamentning 57-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq laboratoriyaning maʼqullash sohasi dolzarblashtirilgan taqdirda, u yangi tahrirda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Apellyatsiyani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Baholash natijalari boʻyicha vakolatli organning salbiy qaror qabul qilinganda, yuridik shaxs qaror qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz kalendar kun mobaynida vakolatli organga yozma shaklda apellyatsiya berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organning qarori qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz kalendar kundan ortiq muddatda berilgan apellyatsiya koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Apellyatsiya komissiyasi har bir aniq apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun zaruratga koʻra shakllantiriladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi vakolatli organ rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash muddatlari apellyatsiya olingan kundan boshlab uch kundan ortiq boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi vakolatli organ vakillaridan, apellyatsiya bergan yuridik shaxsni baholashda ishtirok etmagan, qoʻshimcha jalb qilinadigan malakali mutaxassislardan shakllantiriladi. Bunda apellyatsiya komissiyasi tarkibida vakolatli organning xodimlari soni apellyatsiya komissiyasi aʼzolari umumiy sonining yarmidan kam boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Apellyatsiya komissiyasi berilgan apellyatsiyani koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yuridik shaxsga yozma ravishda maʼlum qiladi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish muddati u berilgan sanadan boshlab oʻn kalendar kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiyani qanoatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiyani qisman qanoatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Vakolatli organ ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnomani apellyatsiya bergan yuridik shaxsga yozma shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Aynan bir masalada takroran apellyatsiya berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olgan maʼlumotlarining sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Ushbu reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullashdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Sinov laboratoriyasini maʼqullashdan oʻtkazish uchun:

Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib;

Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali soʻrovnoma toʻldiradi.

Ariza beruvchining xohishiga koʻra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi,

YIDXP,

axborot tizimi

Maʼqullash uchun soʻrovnomani Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organga) yuboradi.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

Vakolatli organ

Taqdim etilgan hujjat va maʼlumotlar toʻliqligini oʻrganadi hamda ariza beruvchiga toʻlov invoysini yuboradi.

Uch ish kuni mobaynida

4-bosqich

Vakolatli organ

Taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda, ularni qaytaradi.

Bir ish kuni mobaynida

5-bosqich

Ariza beruvchi

Invoysda koʻrsatilgan toʻlovni toʻlaydi.

Oʻn ish kuni mobaynida

6-bosqich

Vakolatli organ

Laboratoriyada baholash uchun vakolatli organ xodimlaridan va (yoki) texnik ekspertlardan iborat baholash komissiyasini shakllantiradi.

Ikki ish kuni mobaynida

7-bosqich

Baholash komissiyasi

Laboratoriyani baholaydi va natijalari boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiradi.

Un ish kunidan oshmagan muddatda

8-bosqich

Vakolatli organ

Laboratoriyani baholash uchun shart-sharoitlar bilan taʼminlanmasa, maʼqullash ishini toʻxtatadi.

Shart-sharoitlar taʼminlanmagan kundan boshlab ikki oygacha

9-bosqich

Baholash komissiyasi

Ijobiy dalolatnoma rasmiylashtirgan taqdirda, dalolatnomani qaror qabul qilish uchun vakolatli organga beradi.

Bir ish kunidan kechikmay

10-bosqich

Ariza beruvchi

Nomuvofiqlik toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtirilgan holatlarda, ushbu dalolatnomada koʻrsatilgan nomuvofiqlikni bartaraf etadi va nomuvofiqlik bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni (hisobot) vakolatli organga yuboradi.

Uch oydan oshmagan muddatda

11-bosqich

Vakolatli organ

Laboratoriya hisobotini koʻrib chiqadi.

Hisobot olingan kundan boshlab besh ish kunidan kechikmay

12-bosqich

Baholash komissiyasi

Oʻrganish natijalari boʻyicha yakuniy dalolatnomani rasmiylashtiradi hamda vakolatli organga taqdim etadi.

Bir ish kunidan kechikmay

13-bosqich

Vakolatli organ

Dalolatnomani koʻrib chiqib, qaror qabul qiladi.

Bir ish kunidan kechikmay

14-bosqich

Axborot tizimi

1. Laboratoriyani maʼqullash toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilinganda, laboratoriyani maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomani tasdiqlaydi.

2. Laboratoriyani maʼqullashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, laboratoriyaga maʼqullash rad etilishi toʻgʻrisida ariza beruvchiga elektron xabarnoma yuboradi.

Bir ish kunidan kechikmay

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullashdan oʻtkazish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. STIRi:

2. Yuridik shaxsning nomi:

3. Yuridik shaxsning manzili:

4. Telefon raqami:

5. Yuridik shaxs rahbarining yoki vakili JSHSHIR maʼlumoti, pasporti (ID-kartasi) seriyasi va raqami:

6. Sinov laboratoriyasining manzili:

7. Sinov laboratoriyasining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash uchun soʻralayotgan sohada malakaga ega boʻlgan xodimning JSHSHIR maʼlumoti, pasporti (ID-kartasi) seriyasi va raqami:

8. Xizmatdan foydalanish sababi:

Sinov laboratoriyasini texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash

Maʼqullash sohasini kengaytirish

Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish

Maʼqullash sohasini qisqartirish

Ilova qilinadigan hujjatlar:

maʼqullash soʻralayotgan maʼqullash sohasini aniqlovchi sinash usullari (metodikalari) va (yoki) oʻlchash turlarining roʻyxati;

sinov laboratoriyasining tartib-taomil hujjatlari;

sinov laboratoriyasining texnik pasporti (laboratoriya, jihoz, qoʻllanadigan sinash va oʻlchash vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumot)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullashni shakllantirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash xizmatlarini koʻrsatish narxlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KALKULYATSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Maʼqullash uchun sinash koʻrsatkichlari soni

Bazaviy hisoblash miqdori baravari

1 — 10

25

11 — 20

35

21 — 30

47

31 — 40

59

41 — 50

72

51 — 60

85

61 — 70

97

71 — 80

110

81 — 90

123

91 — 100

136

101 — 110

144

111 — 120

152

121 — 130

160

131 — 140

168

141 — 150

176

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 323-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 28-iyuldagi 456-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 9-martdagi 125-son qaroriga 2-ilovaning 18-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2022-yil 11-martdagi 114-son qaroriga 3-ilovaning 36-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 869-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 1-iyuldagi 371-son qaroriga ilovaning 12-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2025-yil 8-apreldagi 211-son qaroriga 1-ilovaning 13-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/323/0627-son)