26.05.2026 yildagi KQ-346/1-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash, jamiyat hayotining barcha sohalarida gender tenglik tamoyillarini qaror toptirish va mazkur sohada davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishning muhim dasturiy asosi boʻlib xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro standartlarga mos milliy qonunchilik bazasi shakllantirilib, sohaga oid 110 dan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, davlat tomonidan xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat hayotining barcha sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlash majburiyati mustahkamlanib, xotin-qizlarni mehnat sohasida kamsitishning oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha huquqiy kafolatlar Konstitutsiya darajasida belgilab qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat munosabatlarida teng imkoniyatlarni taʼminlash maqsadida muayyan soha va kasb turlarida xotin-qizlar mehnatidan foydalanishga qoʻyilgan cheklovlar bekor qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, jins boʻyicha kamsitishni targʻib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan ochiq inkor etganlik, shu mazmundagi gʻoyalar va chaqiriqlarni tarqatganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy hayotda xotin-qizlar ishtirokini kengaytirish maqsadida siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka koʻrsatiladigan nomzodlarning kamida 40 foizini ayollar tashkil etishi haqidagi norma qonunchilikda mustahkamlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida bolani parvarishlash taʼtilida boʻlgan davrni ish stajiga qoʻshib hisoblashning maksimal muddati 3 yildan 6 yilgacha oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona yondashuv asosida vazirlik va idoralar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarida gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha Maslahat kengashlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni gender ekspertizasidan oʻtkazish, gender statistikasini yuritish, gender audit hamda genderga yoʻnaltirilgan budjetlashtirish kabi zamonaviy mexanizmlar joriy etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan islohotlar xalqaro reyting va indekslarda ham oʻz aksini topmoqda. Jumladan, 2026-yilda Jahon bankining “Ayol, biznes va qonun” indeksida Oʻzbekiston 190 ta davlat orasida 48-oʻrinni egalladi, Gender tenglik va boshqaruv indeksida 51 pogʻonaga yuqorilab, 52-oʻringa koʻtarildi. Parlamentlararo ittifoqning “Parlamentdagi ayollar” reytingida esa mamlakatimiz 193 ta davlat orasida 35-oʻrinni qayd etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, jahonda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va demografik oʻzgarishlar, raqamli transformatsiya jarayonlarining jadallashuvi, mehnat bozorida yuzaga kelayotgan yangi tendensiyalar hamda gender tenglik sohasidagi xalqaro standart va yondashuvlarning takomillashib borishi strategiyada belgilangan maqsadlarga erishish darajasini baholashning aniq, oʻlchanadigan va zamonaviy koʻrsatkichlar tizimini shakllantirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya (CEDAW) va uning monitoring organi tavsiyalarida ham gender tenglik sohasidagi davlat siyosati samaradorligini oʻlchash mumkin boʻlgan va taqqoslanadigan koʻrsatkichlar asosida baholash muhimligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-21-sonli Farmonida 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini qayta koʻrib chiqish vazifasi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur vazifalardan kelib chiqib, davlat boshqaruvida xotin-qizlar ishtirokini kengaytirish, ularning iqtisodiy faolligi va bandligini oshirish, ilm-fan, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar va sport sohalaridagi ishtirokini ragʻbatlantirish, genderga yoʻnaltirilgan budjetlashtirish amaliyotini kengaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategiyani amalga oshirish jarayonida toʻplangan tajriba, erishilgan natijalar va mavjud muammolarni hisobga olgan holda, gender tenglikka erishish boʻyicha ustuvor maqsadlarning bajarilishini baholash imkonini beruvchi maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash hamda ularni hozirgi zamon talablariga muvofiq takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli koʻrsatkichlari (bundan buyon matnda Maqsadli koʻrsatkichlar deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 28-maydagi SQ-297-IV-sonli qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Milliy statistika qoʻmitasi bilan birgalikda Maqsadli koʻrsatkichlar boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirish va taqdim etish masalalari yuzasidan vazirlik va idoralarga uslubiy koʻmak koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xalqaro tashkilotlarga, reyting va indekslarni yurituvchi tashkilotlarga muntazam taqdim etib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi bilan birgalikda ushbu Qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi oʻrtasida keng koʻlamli huquqiy targʻibot-tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi Maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yilida kamida ikki marta masʼul vazirlik va idoralarning axborotlarini eshitib, tanqidiy muhokama qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari Maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishi holati toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha hududiy choralarni belgilasin va ularning bajarilishini muntazam monitoring qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi Maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi yangilangan maʼlumotlarni har yili kamida ikki marta gender.stat.uz axborot platformasiga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy media birlashmasiga Maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi O. Kozixonova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 26-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-346/1-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 26-maydagi KQ-346/1-V-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amaldagi koʻrsatkichlar nomi

2026-yil

2027-yil

2028-yil

2029-yil

2030-yil

Masʼullar

1.

Siyosiy partiyalarda xotin-qizlarning ulushi (foizda)

49

49,2

49,5

50

50

Siyosiy partiyalarning markaziy kengashlari

2.

Siyosiy partiyalarning rahbarlik lavozimlarida xotin-qizlarning ulushi (foizda)

40

41

41,5

42

42,5

Siyosiy partiyalarning markaziy kengashlari

3.

Vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda xotin-qizlar ulushi (sonda)

2

3

4

5

6

Vazirlar Mahkamasi

4.

Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarida rahbarlik (hokimlar) lavozimidagi xotin-qizlar ulushi (sonda)

6

6

7

7

8

5.

Boshqaruv lavozimlarida ishlovchi xotin-qizlar ulushi (foizda)

30,2

31

32

33

35

Vazirlar Mahkamasi,

Boshqaruv samaradorligi agentligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi,

vazirlik va idoralar

6.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlari tarkibida xotin-qizlar ulushi (foizda)

7

7,5

8

8,5

9

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi,

Vazirlik va idoralar,

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi

7.

Milliy kadrlar zaxirasidagi xotin-qizlar ulushi (foizda)

27

30

35

37

40

Boshqaruv samaradorligi agentligi,

Vazirlik va idoralar,

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi

8.

Milliy kadrlar zaxirasidagi xotin-qizlardan rahbarlik lavozimiga tayinlanganlar ulushi (foizda)

10

11

13

15

22

Vazirlar Mahkamasi,

Boshqaruv samaradorligi agentligi,

Vazirlik va idoralar

9.

Sudyalar orasida xotin-qizlar ulushi (foizda)

15,4

16

19

25

30

Sudyalar oliy kengashi,

Oliy sud

10.

Yetakchi xotin-qizlarni tayyorlash boʻyicha amalga oshirilgan dasturlar soni

2

3

3

4

4

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi,

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi

11.

Davlat boshqaruvi akademiyasining oʻquv dasturlarini tugatgan xotin-qizlar ulushi (foizda)

32

33

34

35

36

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi,

Boshqaruv samaradorligi agentligi,

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi

12.

Oʻzbekistonning chet mamlakatlardagi elchilari orasida xotin-qizlarning ulushi (sonda)

1

1

2

2

2

Tashqi ishlar vazirligi

13.

Shaharlarda taʼlim olishi lozim boʻlgan imkoniyati cheklangan qizlarning umumiy sonidan maktab taʼlimiga qamrab olingan ushbu toifadagi qizlar ulushi (foizda)

81

82

82,5

83

84

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

14.

Shaharlarda taʼlim olishi lozim boʻlgan imkoniyati cheklangan oʻgʻil bolalarning umumiy sonidan maktab taʼlimiga qamrab olingan shu toifadagi oʻgʻil bolalar ulushi (foizda)

82

82,5

83

84

84,5

15.

Qishloqlarda taʼlim olishi lozim boʻlgan imkoniyati cheklangan qizlarning umumiy sonidan maktab taʼlimiga qamrab olingan shu toifadagi qizlar ulushi (foizda)

82

83

83,5

84

85

16.

Qishloqlarda taʼlim olishi lozim boʻlgan imkoniyati cheklangan oʻgʻil bolalarning umumiy sonidan maktab taʼlimiga qamrab olingan shu toifadagi oʻgʻil bolalar ulushi (foizda)

80

81

81,5

82

83,5

17.

Ilmiy, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish sohalari bitiruvchilari orasida xotin-qizlar ulushi (foizda)

8,7

8,9

10

11

12

Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi

18.

Xotin-qizlarning ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi loyihalarda ishtiroki (foizda)

22

25

27

28

30

Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi

19.

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirilgan loyihalarda olima ayollar rahbarligidagi ilmiy loyihalarning ulushi (foizda)

25

28

32

36

40

Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi,

20.

“InnoX” biznes-inkubator dasturi doirasida oʻqitilgan startapchi xotin-qizlar soni

90

110

140

160

200

Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi

21.

Xorijiy ilmiy va oliy taʼlim tashkilotlariga ilmiy stajirovkaga yuborilgan xotin-qizlar ulushi (jami ilmiy stajirovkaga yuborilganlar soniga nisbatan)

23

25

27

30

32

Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi

22.

1 — 4-sinflarda bolalarda oʻqish va matematikani oʻzlashtirish darajasi (foizda)

98

99

99,3

99,5

100

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

23.

5 — 9-sinflarda oʻquvchilarda adabiyot va matematikani oʻzlashtirish darajasi (foizda)

97

97,5

98

99

99,2

24.

Umumiy oʻrta taʼlim sohasidagi oʻqituvchilar orasida xotin-qizlar ulushi (foizda)

70

69

68

67

66

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

25.

Umumiy oʻrta taʼlim sohasidagi oʻqituvchilar orasida erkaklar ulushi (foizda)

30

31

32

33

34

26.

Kasbiy, professional taʼlim sohasidagi oʻqituvchilar orasida xotin-qizlar ulushi (foizda)

53

52,5

52

51,5

51

Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

27.

Kasbiy, professional taʼlim sohasidagi oʻqituvchilar orasida erkaklar ulushi (foizda)

47

47,5

48

48,5

49

28.

Oliy taʼlim sohasidagi oʻqituvchilar orasida xotin-qizlar ulushi (foizda)

43

43,5

44

44,5

46

29.

Oliy taʼlim sohasidagi oʻqituvchilar orasida erkaklar ulushi (foizda)

57

56,5

56

55,5

55

30.

Nodavlat taʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilar orasida xotin-qizlar ulushi (foizda)

73

72

71

70

69

Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

31.

Nodavlat taʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilar orasida erkaklar ulushi (foizda)

27

28

30

31

32

32.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega ayollar soni

5182

5200

5250

5300

5400

Oliy attestatsiya komissiyasi,

Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

tasarrufida OTM va ITM mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

33.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega erkaklar soni

9732

9800

9850

9900

10000

34.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega ayollar soni

783

788

820

980

1000

35.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega erkaklar soni

1 974

2050

2100

2150

2300

36.

Fertil yoshdagi ayollarni zamonaviy kontratseptiv vositalar bilan qamrab olish darajasi (foizda)

55

55,5

56

56,5

57

Sogʻliqni saqlash vazirligi

37.

Ommaviy sportga jalb qilingan xotin-qizlar ulushi (foizda)

40

41

42

44

45

Sport vazirligi

38.

Trenerlar orasida xotin-qizlar ulushi (foizda)

22

23

24

25

26

Sport vazirligi, sport federatsiyalari, Olimpiya va paralimpiya qoʻmitalari

39.

Professional sport bilan shugʻullanuvchilar orasida xotin-qizlar ulushi (foizda)

38

38,5

39

39,5

40

Sport vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, sport federatsiyalari

40.

100 000 nafar xotin-qizlar orasida OIV infeksiyasi yuqqan ayollar intensiv koʻrsatkichi

6,4

6,3

6

5,8

5,5

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Respublika OITSga qarshi kurash markazi

41.

100 000 nafar oʻgʻil bolalar (erkaklar) orasida OIV infeksiyasi yuqqan erkaklar intensiv koʻrsatkichi yuqqanlar soni

11,2

11

10,5

10

9

42.

Retrovirus terapiyadan foydalanayotgan OIV infeksiyali ayollar (foizda)

91

91,7

92

93

94

43.

Retrovirus terapiyadan foydalanayotgan OIV infeksiyali erkaklar (foizda)

86

87

88

89

90

44.

Gender jihatlarni hisobga olingan holda ijtimoiy sohadagi ilmiy tadqiqotlar soni (foizda)

45

46

48

50

51

Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oliy attestatsiya komissiyasi,

Fanlar akademiyasi,

tasarrufida OTM va ITM mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

45.

Yuridik shaxs tashkil etib, unga rahbarlik qilayotgan xotin-qizlar ulushi (foizda)

13

13,5

14

14,5

15

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

46.

Respublika boʻyicha xotin-qizlarning iqtisodiy faolligi (foizda)

66

67

68

69

70

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Migratsiya agentligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

47.

Qishloq joylaridagi mahsulot ishlab chiqaruvchi ayollar ulushi (foizda)

15

15,5

16

18

20

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

48.

Agrosanoat yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan xotin-qizlar ulushi (foizda)

20

25

27

29

30

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

49.

Shaxsiy yeriga (uy-joyiga) ega boʻlgan aholi orasida xotin-qizlarning ulushi (foizda)

28,0

28,7

29

30

31

Kadastr agentligi

50.

Shaxsiy yeriga (uy-joyiga) ega boʻlgan aholi orasida erkaklarning ulushi (foizda)

72

71,3

71

70

69

Kadastr agentligi

51.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar orasida xotin-qizlar ulushi (foizda)

43

44

45

46

47

Soliq qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Davlat xizmatlari agentligi

52.

Kiberxavfsizlik va AI sohasida tahsil olgan xotin-qizlar ulushi (foizda)

35

40

42

43

45

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

53.

Rasman ishsiz deb hisoblanuvchi xotin-qizlarning ulushi (foizda)

6,5

6,3

6,1

6

5,8

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

54.

Rasman ishsiz deb hisoblanuvchi erkaklarning ulushi (foizda)

4

3,7

3,5

3

2,8

55.

Erkaklar va ayollar mehnatiga haq toʻlashdagi farq (foizda)

29

28,5

28

27,5

27

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

56.

Genderga budjetlashtirishni qoʻllagan vazirlik va idoralar ulushi (sonda)

7

7

10

12

15

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

57.

Xotin-qizlar, gender tenglik boʻyicha fuqarolik jamiyati tashkilotlariga ajratilgan grantlar soni

20

22

24

25

26

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi

58.

OAVda chop etilgan oilaviy munosabatlarda xotin-qizlar va erkaklarning oʻrnini oshirishga qaratilgan materiallar soni

1190

1480

2000

2500

3500

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

OʻzA, MTRK,

Milliy media birlashmasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 26-maydagi KQ-346/1-V-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 28-maydagi SQ-297-IV-sonli qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 28-maydagi “2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida”gi SQ-297-IV-sonli Qarori quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshisidagi “2-ilovaga” degan soʻzlar “2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 3-bandining beshinchi xatboshisidagi “hamda Maqsadli koʻrsatkichlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 4-bandining ikkinchi xatboshisidagi “hamda Maqsadli koʻrsatkichlarga erishish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.