1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagoglar uchun dual taʼlim shaklida (bir kun pedagogika oliy taʼlim tashkilotida, besh kun maktabgacha taʼlim tashkilotida) (keyingi oʻrinlarda — dual taʼlim shakli) hududlardagi ehtiyojdan kelib chiqib, qabul parametrlarini shakllantirish. | 1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar tarkibini tahlil qilish. 2. Dual taʼlim shaklida oʻqish istagini bildirgan pedagoglar soni va maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash. 3. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga qabul parametrlarini shakllantirish boʻyicha taklif kiritish. | 2026-yil iyul | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |
Oliy taʼlim tashkilotlariga qabul jarayonida dual taʼlim shaklidagi maktabgacha taʼlim yoʻnalishiga faqat tegishli hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida kamida uch yil davomida faoliyat yuritayotgan pedagoglar qabul qilinishini abituriyentlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish shartlariga kiritish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy veb-saytining texnik imkoniyatlarini kengaytirish. 2. Kamida uch yil davomida faoliyat yuritayotgan pedagoglar qabul qilinishini abituriyentlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish shartlariga kiritish. | 2026-yil avgust | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi | |
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlari uchun dual taʼlim shaklida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibini ishlab chiqish. | 1. Oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun dual taʼlim shaklida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibini ishlab chiqish. Bunda pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻqitishning masofaviy va muqobil shakllaridan keng foydalanishni nazarda tutish. 2. Dual taʼlim shaklida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibini tasdiqlash. | 2026-yil avgust | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi | |
Pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarida dual taʼlim shaklida oʻqitishning toʻlov-shartnoma miqdorlarini belgilash. | 1. Dual taʼlim shaklida oʻqitishning toʻlov-shartnoma miqdorlarini hisob-kitob qilish. 2. Toʻlov-shartnoma miqdorlarini tasdiqlash. | 2026-yil avgust | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | |
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun dual taʼlim shaklida bakalavrlar tayyorlashning oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlash. | 1. Dual taʼlim shaklida bakalavrlar tayyorlashning oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish. Bunda maktabgacha taʼlim bakalavriat taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash jarayonida maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida zamonaviy koʻnikmalarni shakllantirish bilan birga jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini oʻtkazish hamda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarga ega pedagoglarni tayyorlashni nazarda tutish. 2. Oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish. | 2026-yil avgust | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | |
Dual taʼlim shaklida oʻquv jarayonlarini tashkil etishda talabalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi amaliy faoliyatini metodik taʼminlash, muvofiqlashtirish va baholash mexanizmlarini ishlab chiqish. | 1. Dual taʼlim shaklida talabalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi amaliy faoliyatini metodik taʼminlash, muvofiqlashtirish va baholash tartibini ishlab chiqish. 2. Ishlab chiqilgan tartibni tasdiqlash va amaliyotga joriy etish. | 2026-yil avgust | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
2-ILOVA
T/r | Oliy taʼlim tashkiloti nomi | Oliy taʼlim tashkiloti joylashgan hudud |
1. | Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti | Toshkent shahri |
2. | Nukus davlat pedagogika instituti | Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
3. | Andijon davlat pedagogika instituti | Andijon viloyati |
4. | Buxoro davlat pedagogika instituti | Buxoro viloyati |
5. | Jizzax davlat pedagogika universiteti | Jizzax viloyati |
6. | Shahrisabz davlat pedagogika instituti | Qashqadaryo viloyati |
7. | Namangan davlat pedagogika instituti | Namangan viloyati |
8. | Navoiy davlat universiteti | Navoiy viloyati |
9. | Samarqand davlat pedagogika instituti | Samarqand viloyati |
10. | Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti | Samarqand viloyati |
11. | Guliston davlat pedagogika instituti | Sirdaryo viloyati |
12. | Termiz davlat pedagogika instituti | Surxondaryo viloyati |
13. | Chirchiq davlat pedagogika universiteti | Toshkent viloyati |
14. | Urganch davlat pedagogika instituti | Xorazm viloyati |
15. | Qoʻqon davlat universiteti | Fargʻona viloyati |
3-ILOVA