Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli “Bojxona sohasidagi ayrim tartib-taomillarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2026-yil 8-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasini tashkil qilish toʻgʻrisida” 1997-yil 8-iyuldagi PF-1815-son Farmoniga muvofiq, shuningdek respublika bojxona organlari tomonidan bojxona ishlarini tashkil qilish boʻyicha ular zimmasiga yuklangan vazifalarning tezkorlik bilan va samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar davlat bojxona qoʻmitasi boshqarmalari apparatining, ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslarining, bojxona komplekslari va postlarining namunaviy tuzilmasi 1, 1a, 2, 2a, 3 va 3a ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasi tizimi xodimlarining (xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi va yordamchi xodimlardan tashqari) cheklangan soni 3277 nafar, shu jumladan Qoʻmita markaziy apparati xodimlari soni — 188 nafar etib belgilansin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisiga toʻrt nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga hamda 9 kishidan iborat hayʼatga ega boʻlishga ruxsat etilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisiga zarurat boʻlganda Qoʻmita markaziy apparatining hamda tasarrufidagi bojxona organlarining tasdiqlangan tuzilmalariga belgilangan cheklangan xodimlar soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan holda, uning oʻrinbosarlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar Davlat bojxona qoʻmitasi boshqarmalarining boshliqlari, shuningdek ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari boshliqlari Davlat bojxona qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga koʻra Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tayinlanadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki, Davlat bojxona qoʻmitasini mablagʻ bilan taʼminlash respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjetini tuzishda Davlat bojxona qoʻmitasini joriy taʼminlash va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur mablagʻlarning har yili ajratilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tugatilgan bojxona Bosh boshqarmasi boshliqlar tarkibining mansabdor shaxslarida ular ega boʻlishgan maxsus va shaxsiy unvonlar saqlab qolinsin, ularning 1994-yil 18-yanvardan 1997-yil 8-iyulgacha bojxona organlarida ishlagan vaqti ichki ishlar xodimlariga tatbiqan uzoq vaqt ishlaganlik uchun ustamalar, pensiya tayinlashda xizmat stajiga qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki, bojxona organlari mansabdor shaxslarining va ular oila aʼzolarining pensiya taʼminoti harbiy xizmatni oʻtagan yoki ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtagan shaxslar xamda ularning oila aʼzolari uchun amaldagi qonunchilik bilan belgilangan shartlarda va normalar boʻyicha amalga oshiriladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-sonli qarori tahririda)
7. Bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va ijtimoiy dasturlarni bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasida Davlat soliq qoʻmitasi bojxona Bosh boshqarmasining moddiy yordam va bojxona organlarini rivojlantirish maxsus jamgʻarmasi negizida moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi tuzilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan maxsus jamgʻarma bojxona organlari tomonidan musodara qilingan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotish summasining 10 foizi, bojxona qonunchiligini buzganlik uchun undirilgan jarimalar summasining 15 foizi, shuningdek bojxona yigʻimlari va xizmatlar koʻrsatganlik uchun toʻlovlar tarzidagi rejadan tashqari daromatlardan tushumlarning 100 foizi hisobiga shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasini tashkil etish hamda undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1998-2000yillarda bojxona nazoratini yanada takomillashtirish va bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish Dasturini ishlab chiqsin va 1997-yil 1-dekabrgacha Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda bojxona organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Markaziy banki soʻrovlariga koʻra bojxona statistikasi boʻyicha hisobot maʼlumotlarini taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi yillik investitsiya dasturlarini tuzishda ularga Davlat bojxona qoʻmitasi obyektlarini qurish, kengaytirish va rekonstruksiya qilishni kiritishni nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi shaxsiy tarkibiga va ularning oila aʼzolariga tibbiy xizmat koʻrsatishning amaldagi tartibini saqlab qolsin.
12. Bojxona organlari uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning kasb saviyasini oshirish boʻyicha ishlarni yaxshilash, shuningdek bojxona rasmiylashtirishlari boʻyicha mutaxassislarni oʻqitish maqsadida Davlat soliq qoʻmitasi bojxona Bosh boshqarmasining Viloyatlararo oʻquv markazi Davlat bojxona qoʻmitasi xodimlarining umumiy soni doirasida shtatdagi xodimlari soni (xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi xodimlardan tashqari) 20 nafar boʻlgan Davlat bojxona qoʻmitasi oʻquv markaziga aylantirilsin.
Toshkent shahar hokimligi davlat bojxona qoʻmitasi oʻquv markazini joylashtirish masalasini ikki oy muddatda hal qilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati 1997-yildan boshlab Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Milliy xavfsizlik xizmati Instituti bazasida bojxona organlarining tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha maxsus kurslar tashkil qilsinlar.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 4-martdagi 114-son qarorining bojxona organlari faoliyatini tashkil etishga taalluqli qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 30-iyul,
374-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati
TUZILMASI
Rais
1. Bojxona organlarining oʻz xavfsizligi boshqarmasi
2. Kontrabandaga va bojxona qoidalari buzilishlariga qarshi kurashish boshqarmasi
3. Bojxona tekshirishlari boshqarmasi
4. Yordamchi
5. Kotibiyat
Raisning birinchi oʻrinbosari
1. Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi
2. Huquqiy boshqarma
3. Ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi
4. Markaziy bojxona ekspert laboratoriyasi
5. Milliy kinologiya markazi
Rais oʻrinbosari
1. Bojxona nazoratini tashkil etish boshqarmasi
2. Bojxona tariflarini tartibga solish va toʻlovlar boshqarmasi
3. Bojxona statistikasi, tahlil va kompyuterlashtirish boshqarmasi
4. Valyuta nazorati boshqarmasi
Rais oʻrinbosari
1. Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi
2. Moddiy texnika taʼminoti, buyumlar bilan taʼminlash, qurol-aslahalar va transport boshqarmasi
3. Kapital qurilish va bojxona obyektlaridan foydalanish boshqarmasi
4. Nazorat va aloqaning texnik vositalari boshqarmasi
Raisning rejim va kadrlar boʻyicha oʻrinbosari
1. Kadrlar boshqarmasi
2. Oʻquv markazi
3. Tashqi aloqalar departamenti
4. Maxsus qism
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga
1a-ILOVA
1a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari apparatining va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshqarma (ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi) boshligʻi
Bojxona organlarining oʻz xavfsizligi xizmati
Kotibiyat
Kadrlar boʻlimi
Yuridik xizmat
Navbatchi qism
Ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar guruhi
Boshqarma (IBK) boshligʻining birinchi oʻrinbosari
Bojxona nazoratini tashkil etish boʻlimi
Bojxona toʻlovlari boʻlimi
Bojxona statistikasi va tahlil
Boshqarma (IBK) boshligʻining birinchi oʻrinbosari
Kontrabandaga va bojxona qoidalari buzilishlariga qarshi kurashish boʻlimi
Bojxona tekshirishlari boʻlimi
Valyuta nazorati boʻlimi
Bojxona ekspert laboratoriyasi
Boshqarma (IBK) boshligʻining birinchi oʻrinbosari
Buxgalteriya hisobi va nazorat boʻlimi
Moddiy texnika taʼminoti, buyumlar bilan taʼminlash, qurol-aslahalar va taransport boʻlimi
Kapital qurilish va bojxona obyektlaridan foydalanish boʻlimi (boʻlinmasi, guruhi)
Nazorat va aloqaning texnik vositalari boʻlimi (boʻlinmasi, guruhi)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga
2a-ILOVA
2a-ILOVA
Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari apparatining va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Davlat bojxona qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari bojxona komplekslari va postlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Bojxona kompleksi (posti) boshligʻi
Bojxona kompleksi (posti) boshligʻining oʻrinbosari-navbatchilar boshligʻi
Kontrabandaga va bojxona qoidalari buzilishlariga qarshi kurashish guruhi
Bojxona nazoratini tashkil etish guruhi
Bojxona toʻlovlari guruhi
Bojxona statistikasi va tahlil guruhi
Ekspert
Kinolog
Tezkor guruh (navbatchilar)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga
3a-ILOVA
3a-ILOVA
Bojxona kompleksi va (posti)ning
NAMUNAVIY TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — DBQ deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Davlat bojxona qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida yagona boj siyosati oʻtkazilishini, bojxona ishlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini, DBQ organlari tizimining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi.
2. Davlat bojxona qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro bitimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga amal qiladi.
3. Davlat bojxona qoʻmitasining qonunchilikka muvofiq oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, mulkchilik shartlaridan qatʼi nazar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ijro bajarilishi majburiydir.
4. Davlat bojxona qoʻmitasi organlarining tizimini quyidagilar tashkil etadi:
DBQ markaziy apparati;
DBQning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari (DBQB), ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari (IBK);
bojxona komplekslari va bojxona postlari.
Keyingi tahrirga qarang.
5. DBQ markaziy apparati, DBQB, IBK yuridik shaxs hisoblanadilar, bank muassasalarida hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlarga, shu jumladan valyuta schyotlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladilar.
6. Davlat bojxona qoʻmitasida belgilangan tartibda moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi tashkil etiladi.
II. DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI ORGANLARINING ASOSIY VAZIFALARI
7. Davlat bojxona qoʻmitasi organlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va belgilangan vakolatlar doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash;
respublika boj siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida qatnashish;
boj qonunlariga rioya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish;
boj ishlarini amalga oshirishda fuqarolarning, shuningdek yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishiga koʻmaklashish;
xorijiy davlatlarning bojxona organlari, bojxona ishi masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, xalqaro bojxona va savdo tashkilotlarida qatnashish;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalardan kelib chiquvchi bojxona ishiga oid majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash;
boj poshlinalari, soliqlar va boshqa boj toʻlovlarini undirish;
respublikaning boshqa davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, valyuta-moliyaviy munosabatlarini boj-tarif tartibga solish vositalarini ishlab chiqish va samarali qoʻllash;
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtadigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona tekshiruvini taʼminlash;
respublikaning bojxona chegarasi orqali tovar oboroti oʻtishini jadallashtirishga koʻmaklashuvchi shart-sharoitlar yaratish;
kontrabandaga, bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish, respublikaning bojxona chegarasi orqali giyohvandlik moddalari, psixotrop va portlovchi moddalar, qurol-yarogʻ, valyuta boyliklari, milliy boylik hisoblangan badiiy, madaniy-tarixiy va arxeologik meros buyumlari, intelektual mulk obyektlari gʻayriqonuniy olib oʻtilishining oldini olish;
bojxona statistikasi va maxsus bojxona tizimini yuritish, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatini, manfaatdor vazirliklar va idoralarni bojxona ishiga tegishli masalalar boʻyicha axborot bilan taʼminlash;
bojxona ishi sohasidagi faoliyat toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash va uni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish;
kadrlar toʻgʻri tanlanishi va joy-joyiga qoʻyilishini, DBQ organlari shaxsiy tarkibi xizmat tayyorgarligi va intizomi yuqori darajada boʻlishini taʼminlash, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bojxona rasmiylashtirilishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
bojxona brokerlari, bojxona tashuvchilari faoliyati, bojxona va erkin omborlar, bojsiz savdo doʻkonlari ishi, tovarlarga bojxona hududidan tashqarida, bojxona hududida va bojxona nazorati ostida qayta ishlov berilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
bojxona ishi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini va maslahatlar berishni tashkil etish;
bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, bojxona atrofi infrastrukturasini rivojlanishiga koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va tuzilgan xalqaro shartnomalar va bitimlar bilan belgilanadigan boshqa vazifalar.
III. DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI ORGANLARINING FUNKSIYALARI
8. DTQ organlari yuklangan vazifalarga muvofiq:
yagona bojxona siyosati amalga oshirilishining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy mexanizmalarini ishlab chiqadi, ularning amalda qoʻllanilishini taʼminlaydi, bojxona ishi sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalari tayyorlanishida qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari ishlab chiqilishida qatnashish, belgilangan tartibda va oʻz vakolatlari doirasida bojxona masalalari boʻyicha xalqaro bitimlar va shartnomalar tuzadi;
respublikaning bojxona hududida davlat xavfsizligini, jamoat tartibi, inson hayoti va salomatligi himoya qilinishi, hayvonlar va oʻsimliklar muhofaza qilinishi, atrof-muhit muhofazasi boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;
belgilangan tartibda bojxona nazorati amalga oshirilishini taʼminlaydi va uning shakllarini takomillashtiradi;
bojxona qonunchiligiga va oʻz vakolatlari doirasida-soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
bojxona tartibga solish vositalari qoʻllanilishini taʼminlaydi, bojxona - tarif mexanizmi ham shu jumlaga kiradi, tashqi iqtisodiy faoliyatni tarifli tartibga solish usullari, kvotalash normalari, litsenziyalash va deklaratsiya taqdim etish ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida belgilangan tartibda qatnashadi;
boj poshlinalari, soliqlar va boshqa toʻlovlar davlat budjetiga oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishini taʼminlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida valyuta nazoratini amalga oshiradi;
bojxona statistikasi metodologiyasini takomillashtiradi, bojxona ishi sohasida statistika maʼlumotlari toʻplanishi, ularga ishlov berilishi va tahlil qilinishini tashkil etadi, respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, tashqi savdo va toʻlov balansini mustahkamlash boʻyicha prognoz hisob-kitoblarni amalga oshiradi va takliflarni ishlab chiqadi;
bojxona ishi sohasidagi faoliyat toʻgʻrisida axborot toʻplanishi va ishlab chiqilishi hamda avtomatlashtirilgan tizim joriy etilishini yuritadi, shuningdek bojxona statistika maʼlumotlarini tegishli idoralar va manfaatdor organlarga taqdim etadi;
kontrabandaning, bojxona qonunchiligining, oʻz vakolatlari doirasida soliq qonunchiligi buzilishining oldini olish va ularga barham berish chora-tadbirlarini mustaqil ravishda yoki huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʻzaro hamkorlikda ishlab chiqadi va qoʻllaydi, shuningdek xalqaro terrorizmga va Oʻzbekiston aeroportlarida xalqaro fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga gʻayriqonuniy aralashishga qarshi kurashishga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qoʻllaydi;
bojxona organlari vakolatiga tegishli boʻlgan ishlar boʻyicha surishtiruv va qonunchilikka muvofiq bojxona qoidalari buzilishi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan bojxona qoidalari buzilganligi uchun taʼsir koʻrsatish choralarini belgilangan tartibda qoʻllaydi;
giyohvandlik vositalari, psixotrop va portlovchi moddalar, qurol-yarogʻ respublikaning bojxona chegarasi orqali gʻayriqonuniy olib oʻtilishining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va qoʻllaydi;
respublikaning va xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan birgalikda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar nazorat ostida yetkazib berilishini amalga oshiradi;
Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari bilan oʻzaro hamkorlikda qonunchilikda belgilangan tartibda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
aybdorlarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalan bojxona organlari vakolatlari doirasidan tashqariga chiqqanda qonun buzilishlari faktlari boʻyicha materiallarni tergov, sud organlari va boshqa organlarga topshiradi;
bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan qonuniylikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, bojxona organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari va qarorlari ustidan tushgan viloyatlar va eʼtirozlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi;
bojxona organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishini taʼminlovchi ilmiy-texnik xizmatlar, laboratoriyalar, uquv markazlari, boshqa korxonalar va tashkilotlarni tashkil etadi;
bojxona organlari xodimlarini, shuningdek davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bojxona rasmiylashtirilishi boʻyicha mutaxassislarini tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
bojxona va erkin omborlar, bojsiz savdo doʻkonlari, bojxona brokerlari va bojxona tashuvchilari, tovarlarga bojxona hududidan tashqarida, bojxona hududida yoki bojxona nazorati ostida ishlov berish ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyatning sanab oʻtilgan turlarini amalga oshirish huquqiga ruxsatnomalar beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
xalqaro bojxona va savdo tashkilotlarida qatnashadi, xorijiy davlatlarning bojxona organlari, bojxona ishi masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, qonunchilikda belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari bilan axborotni oʻzaro ayirboshlaydi;
bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi, tashqi savdo yuklarini bojxona rasmiylashtirishi uchun punktlar tarmogʻini va bojxona infrastrukturasining boshqa obyektlarini kengaytirish ham shu jumlaga kiradi;
DBQning moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasiga tushadigan mablagʻlar hisobiga respublikada bojxona ishini rivojlantirish chora-tadbirlarini mablagʻ bilan taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
xavfli yuklar, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chogʻida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-maydagi 150-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2002-y., 9-son, 66-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat bojxona qoʻmitasiga qonunchilik bilan boshqa funksiyalar ham yuklanishi mumkin.
IV. DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI ORGANLARINING HUQUQLARI
9. DBQ organlari yuklangan vazifalarni samarali bajarish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
bojxona huquq buzilishlarini aniqlashning texnik va maxsus vositalarini qoʻllash;
bojxona organlari vakolatiga tegishli boʻlgan ishlar boʻyicha surishtiruv olib borish;
Keyingi tahrirga qarang.
bojxona qoidalari buzilishi toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish, bunday ishlarni koʻrib chiqish hamda yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan bojxona qonunchiligi buzilganligi uchun taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash, ularning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va qoʻllash;
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;
bojxona nazoratidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan tovarlar va transport vositalari koʻzdan kechirilishi (qayta koʻzdan kechirilishi)ni hamda ularga hujjatlar taqdim etilishini talab etish; tovarlar va transport vositalarini koʻzdan kechirish (qayta koʻzdan kechirish), yetarlicha asoslar mavjud boʻlganda esa-jismoniy shaxslarni shaxsan koʻzdan kechirish;
bevosita bojxona huquq buzilishlari buyumlari hisoblangan tovarlar, transport vositalari va boshqa buyumlarni ushlash va olib qoʻyish;
Oldingi tahrirga qarang.
eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqarishda, shuningdek, aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirishda, transportda tashishda (xalqaro tranzitdan tashqari) va saqlashda musodara qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Keyingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qaroriga muvofiq sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
transport vositalarini majburan toʻxtatish, Oʻzbekiston Respublikasi boj hududini bojxona organlarining ruxsatisiz tark etgan dengiz, daryo va havo kemalarini qaytarish;
plombalarni ochish, bagajniklar, yuk boʻlmalari, transport vositalari kuzovlari, konteynerlar va boshqa transport tarasining tamba qurilmalarini ochish;
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yurdik va jismoniy shaxslarning bojxona nazoratidan oʻtishi kerak boʻlgan tovarlari va transport vositalari turgan hududiga va binolariga tusiqsiz kirish, shuningdek nazorat qilish bojxona organlariga yuklangan faoliyatni amalga oshirish;
tovarlar va boshqa buyumlar probalari va namunalarini olib qoʻyish ularni tadqiq (ekspertiza) qilish;
shaxsdan uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish;
vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlaridan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan yuridik va jismoniy shaxslardan (mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar) bojxona ishi (nazorati)ni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar, materiallar va hujjatlarni soʻrash va olish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisob-kitob schyotlaridan bojxona toʻlovlari va (yoki) jazo jarimalari soʻzsiz tartibda oʻtkazilishi toʻgʻrisida, bojxona toʻlovlari va (yoki) jazo jarimalari budjetdan xoʻjalik yurituvchi subyektlar schyotiga qaytarilishi toʻgʻrisida banklarga va boshqa moliya-kredit muassasalariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
koʻrsatib oʻtilgan topshiriq kechiktirilgan yoki bajarilmagan har bir kun uchun oʻtkazilishi yoki qaytarilishi kerak boʻlgan bojxona toʻlovlari va (yoki) jazo jarimalari summasidan banklardan yoki boshqa moliya-kredit muassasalaridan, shuningdek xoʻjalik subyektlaridan bojxona toʻlovlari va (yoki) jazo jarimalari toʻlash muddati kechiktirib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan tartibda 0,5 foiz miqdorida penya undirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda bojxona yigʻimlari stavkalarini belgilash;
bojxona va erkin omborlarni, bojsiz savdo doʻkonlarini ochish, bojxona hududidan tashqarida, bojxona hududida yoki bojxona nazorati ostida tovarlarni qayta ishlash huquqiga ruxsatnomalar berish, bojxona brokerlari va bojxona tashuvchilari sifatidagi faoliyatni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining tashqi iqtisodiy faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisida belgilangan sabablari koʻrsatilgan taqdimnoma kiritish;
bojxona nazoratini amalga oshirishga koʻmaklashish uchun mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilish;
oʻz vakolatlari doirasida bojxona nazorati ostidagi tovarlarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarish chogʻida tabel oʻqotor qurolini va yakka tartibda himoyalanish vositalarini olib yurish, saqlash, qoʻllash va foydalanish huquqiga ega boʻladilar.
V. DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
11. Davlat bojxona qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tayinlanadigan keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadigan Rais boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
DBQ Raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, DBQB va IBQ boshliqlari DBQ Raisining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadilar.
Rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash DBQ Raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Davlat bojxona qoʻmitasi Qoʻmita Raisi — Hayʼat Raisi, uning oʻrinbosarlari va DBQning boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda 9 kishidan iborat Hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼat aʼzolarining shaxsiy tarkibi DBQ Raisining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
DBQ Hayʼatining Ish tartibi uning Raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Hayʼat qarorlari DBQ Raisi buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Hayʼatning boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qabul qilgan qarorlari DBQ Raisi hamda tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlarining qoʻshma buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish, ularning ilmiy, ijtimoiy va moddiy-texnikaviy rivojlanishi, kadrlar bilan taʼminlash masalalarini, boshqaruv qarorlari va tavsiyalari kelishilgan holda ishlab chiqilishini kompleks hal etish uchun DBQda kengashlar va komissiyalar tashkil etiladi, ular toʻgʻrisidagi nizom DBQ Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
VI. DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI RAISINING HUQUQ VA VAZIFALARI
14. DBQ Raisi.
Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan oʻziga yuklangan vazifalarning bajarilishi va u oʻz funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi;
DBQ organlari tizimiga umumiy rahbarlikni taʼminlaydi;
DBQ markaziy apparati, DBQB va IBQ shtat jadvalini tasdiqlaydi;
DBQ, DBQB va IBQ tajribiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;
zarurat boʻlganda DBQ markaziy apparati, DBQB va IBQ ning tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
bojxona organlarining kontrabanda, bojxona qonunchiligini buzish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha surishtiruv olib boruvchi, bojxona qoidalari buzilishi toʻgʻrisidagi ishlarni olib boruvchi va ularni koʻrib chiquvchi mansabdor shaxslari roʻyxatini aniqlaydi;
DBQ mansabdor shaxslari, ishchi va xizmatchilarini ragʻbatlantirish va jazolash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
oʻz vakolatlari doirasida bojxona organlarining mansabdor shaxslariga maxsus unvonlar beradi;
oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar, yoʻriqnomalar va normativ hujjatlar chiqaradi, shu jumladan, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslar bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar yoʻriqnomalar va normativ hujjatlar chiqaradi, ularning bajarilishini tekshirishini tashkil etadi;
bojxona organlarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini va bojxona ishiga koʻmaklashgan fuqarolarni mukofotlarga va Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish, koʻkrak nishonlari, faxriy yorliqlar va ragʻbatlantirishning boshqa turlari bilan mukofotlash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
qonunchilik tomonidan oʻz vakolatiga kiritilgan boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
VII. DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI QARORLARI VA ULARNING HUQUQIY HOLATI
15. Mansabdor shaxslar, ishchi va xizmatchilar Davlat bojxona qoʻmitasining kadrlarini tashkil etadi.
16. Mansabdor shaxslarga bojxona organlarida shtatdagi lavozimni egallab turgan yoki bojxona organlarida boshliqlar tarkibi maxsus unvonlari berilgan kadrlar kiradi.
17. Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga boshliqlar tarkibining quyidagi maxsus unvonlari beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
kichik boshliqlar tarkibi:
bojxona xizmati starshinasi;
oʻrta boshliqlar tarkibi:
bojxona xizmati kichik leytenanti;
bojxona xizmati leytenanti;
bojxona xizmati katta leytenanti;
bojxona xizmati kapitani;
katta boshliqlar tarkibi:
bojxona xizmati mayori;
bojxona xizmati podpolkovnigi;
bojxona xizmati polkovnigi;
yuqori boshliqlar tarkibi:
bojxona xizmati general-mayori;
bojxona xizmati general-leytenanti;
bojxona xizmati general-polkovnigi.
Bojxona organlari mansabdor shaxslariga maxsus unvonlar berish va bu unvonlardan mahrum qilish tartibi ichki ishlar organlari xodimlariga tatbiqan belgilanadi.
18. Bojxona organlari mansabdor shaxslari maxsus unvonlari xizmat muddati ichki ishlar organlari boshliqlar tarkibi tegishli maxsus unvonlari uchun belgilangan muddatlarga tatbiqan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Bojxona organlarining maxsus unvonlari, bojxona xizmati polkovnigi ham shu jumlaga kiradi, DBQ Raisi tomonidan beriladi, bojxona xizmati general-mayoridan bojxona xizmati general-polkavnigigacha boshliqlar tarkibi maxsus unvonlari DBQ Raisi taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
20. Bojxona organlari mansabdor shaxslariga shaxsiy tartib raqamlari beriladi va xizmat guvohnomalari hamda Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan namunadagi jetonlar beriladi.
21. Bojxona organlari boshliqlar tarkibi lavozimiga tayinlangan harbiy xizmatga majburlar harbiy hisobdan belgilangan tartibda chiqadilar va davlat bojxona qoʻmitasida maxsus hisobga turadilar.
22. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari budjet mablagʻlari va qonunchilikda belgilangan boshqa manbalar hisobiga majburiy shaxsiy sugʻurta qilinishi kerak.
23. Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan barcha huquq va imtiyozlar, shu jumladan mansab okladlari, maxsus unvonlar va muddatli xizmati uchun ustamalar, boshqa toʻlovlar va ijtimoiy himoyaning oʻzga shartlari, shaxsiy va mulkiy huquqlarni qoʻriqlash tatbiq etiladi.
24. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari belgilangan normalarga muvofiq formali kiyim bilan tekin taʼminlanadi.
25. Bojxona organlari mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va ularga tanbehlar berish shartlari Ichki ishlar organlari intizomiy ustaviga tatbiqan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari tegishli vazirliklar va idoralarning roziligi boʻyicha davlat bojxona qoʻmitasining qarorlari bilan Qurolli Kuchlarga, Milliy xavfsizlik xizmati qoʻshinlari va organlariga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladigan harbiylashtirilgan tuzilmalarga, ichki qoʻshinlarga, shuningdek ichki ishlar organlariga oʻtkazilishi va ular shaxsiy tartibda haqiqiy harbiy xizmatga yoki xizmatni bundan keyin davom ettirishga yuborishlari munosabati bilan qayta oʻtkazilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Prokuratura organlari tergovchilarini tergov va surishtirish bilan bogʻliq bojxona organlariga ishga oʻtkazishda ham ana shunday tartib qoʻllanilishi mumkin.
27. Bojxona organlari mansabdor shaxslari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan notoʻgʻri undirib olingan boj toʻlovlari qaytarilishi yoki boʻlajak toʻlovlar hisobiga oʻtkazilishi kerak, bojxona organlari mansabdor shaxslarining huquqqa xilof harakatlari bilan yetkazilgan zarar esa ichki ishlar organlari xodimlari uchun qonunchilik tomonidan belgilangan tartibda undirilishi kerak.
28. DBQ ishchi va xizmatchilari mehnat sharoitlari Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonunlari bilan tartibga solinadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-y., 7-son, 26-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 9-son, 66-modda; 2003-y., 20-son, 187-modda; 2003-y., 22-son, 223-modda; 2003-y., 24-son, 241-modda; 2004-y., 43-son, 456-modda; 2006-y., 10-son, 75-modda; 2006-y., 31-32-son, 315-modda; 2006-y., 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 1-2-son, 10-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda, 23-son, 183-modda; 2011-y., 43-44-son, 467-modda; 2012-y., 15-son, 172-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; 2014-y., 35-son, 446-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son; 09.02.2018-y., 09/18/101/0684-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 19.07.2018-y., 09/18/553/1538-son; 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son, 06.08.2020-y., 09/20/463/1141-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)