13.06.2026 yildagi 312-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Mehmonxona xoʻjaligi sohasida xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikatlarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-noyabrdagi PQ-348-son qarori ijrosini taʼminlash, mehmonxona xizmatlari sohasida ekologik barqarorlik tamoyillarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish hamda xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikatlash tizimini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mehmonxonalarda xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini qoplash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmonxonalarga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarajatlarning 50 foizini qoplash uchun ariza berish tartibi hamda taqdim etiladigan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratiladigan mablagʻlarni tadbirkorlik subyektlarga oʻtkazish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, mazkur qaror doirasida mehmonxonalar tomonidan xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismi Turizm qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan uning mablagʻlaridan foydalanishning belgilangan tartibiga muvofiq qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Turizm qoʻmitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatini Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Adliya vazirligi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatini koʻrsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 13-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
312-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyundagi 312-son qaroriga
1-ILOVA

Mehmonxonalarda xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini qoplash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) mehmonxonalar tomonidan xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini qoplash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xarajatlar Davlat xizmatlari markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — mazkur Reglamentga 2-ilova bilan tasdiqlangan xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikat olgan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga koʻra muvofiqlik sertifikati asosida faoliyat yurituvchi mehmonxona xoʻjaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarajatlarni qoplash — xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikatni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” sertifikat — mazkur Reglamentga 1-ilovada keltirilgan roʻyxatda nazarda tutilgan xalqaro eʼtirof etilgan sertifikatlash organlari tomonidan mehmonxonalarga berilgan sertifikat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Talabgor xarajatlarni qoplash uchun hujjatlarni topshirish sanasida quyidagi talablarga javob berishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yigʻimlar boʻyicha qarzdorligi boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha toʻxtatilgan boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarori asosida toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilingan boʻlmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xarajatlar bitta mehmonxona uchun bir marta qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xarajatlarni qoplash uchun mablagʻlar ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xarajatlarni qoplash uchun ariza taqdim etish va uni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Talabgor xarajatlarni qoplash uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali Qoʻmitaga ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” sertifikatning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmonxona va xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikatlarni rasmiylashtirish uchun sertifikatlash organi bilan belgilangan tartibda tuzilgan ikki tomonlama shartnoma va toʻlov topshiriqnomasining nusxalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Talabgor arizani YIDXP orqali toʻldirganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoʻmita ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kunida uning mazkur Reglamentda belgilangan talablarga mosligini oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqishda qoʻshimcha oʻrganish oʻtkazish talab etilsa, Qoʻmita ariza beruvchini davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki YIDXP (elektron tarzda murojaat qilinganda) orqali xabardor qilgan holda, arizani koʻrib chiqish muddatini besh ish kunigacha uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoʻmita talabgorning arizasini oʻrganish davrida quyidagi hujjatlarni masʼul davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiya platformasi orqali onlayn tekshirib oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), uning roʻyxatdan oʻtgan raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi, STIRi va tijorat bankidagi hisobvaragʻi rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmonxonaga berilgan muvofiqlik sertifikati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida va boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan soliq va yigʻimlar boʻyicha qarzdorligi mavjud yoki mavjud emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoʻmita tomonidan tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushgan arizalarni Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Kengashi tomonidan koʻrib chiqilishi hamda tegishli qaror qabul qilinishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoʻmita arizani oʻrganib chiqib, bir ish kunida xarajatlarni qoplash yoki xarajatlarni qoplashni rad etish toʻgʻrisida (rad etish asoslarini koʻrsatgan holda) qaror qabul qiladi hamda qarorning elektron nusxasini qaror qabul qilingan kundan soʻng bir ish kunida Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki YIDXP (elektron tarzda murojaat qilinganda) orqali talabgorga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xarajatni qoplash toʻgʻrisidagi qarorda qoplanayotgan summa miqdori, mehmonxonaning joylashgan joyi (pochta manzili) va uning kadastr raqami, xarajatning 50 foizi qoplanayotgan tadbirkor nomi va STIRi hamda tijorat bankidagi hisobvaragʻi rekvizitlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xarajatlarni qoplash quyidagi asoslarga koʻra rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizada ushbu Reglamentga 3-ilovada nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmaganda yoki notoʻgʻri maʼlumot taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor mazkur Reglamentning 4-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiq kelmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xarajatlarni qoplashni ushbu Reglamentda nazarda tutilmagan asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Talabgor xarajatlarni qoplashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini olgan kundan boshlab koʻpi bilan bir oy davomida qarorda koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etishi hamda ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, Qoʻmitaga takroran ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab yetti ish kunida qayta koʻrib chiqiladi. Bunda xarajatlarni qoplashni yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Reglamentning 16-bandida koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng taqdim etilgan ariza yangi berilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qoʻmita xarajatlarni qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida talabgorning xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklaridagi hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jamgʻarma mablagʻi hisobidan xarajatlari qoplangan mehmonxonalar roʻyxati Qoʻmitaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Talabgor xarajatlarni qoplash uchun taqdim etilgan maʼlumotlari va hujjatlarining toʻgʻriligiga javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qoʻmita mazkur Reglamentga asosan ishlarni tashkil etish, muvofiqlashtirish hamda ajratilgan mablagʻlarning talabgorga oʻtkazilishini taʼminlash uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Talabgor Qoʻmitaning xarajatlarni qoplab berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaroridan rozi boʻlmagan taqdirda, Qoʻmitaning qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmonxonalarda xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini qoplash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

T/r

Sertifikat nomi

Mamlakat

1.

Green Key International

Daniya

2.

Green Globe

AQSH

3.

Travelife for Accommodation

Buyuk Britaniya

4.

WTTC Notel Sustainability Basics

5.

US Green Building Council (USGBC)

AQSH

6.

Earth Check Certified

Avstraliya

7.

Blue Angel

Germaniya

8.

NP “Ekologicheskiy soyuz” (Programma “Listok jizni”)

Rossiya Federatsiyasi

9.

Yashil belgi

Oʻzbekiston

10.

Nordic swan

Shimoliy Yevropa

(Daniya, Finlyandiya, Norvegiya, Islandiya, Shvetsiya)

11.

Eco mark

Turkiya

12.

Zeleniy juravl (Zelyoniy juravlik)

Ukraina

13.

Green Label

Turkiya

14.

Korean Eco-Label

Janubiy Koreya

15.

Singapore Green Labelling Scheme

Singapur

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmonxonalarda xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini qoplash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

Mehmonxonalarda xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

Turizm qoʻmitasiga Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi YIDXP orqali xarajatlarni qoplash toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Turizm qoʻmitasi

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Kengashi bilan kelishilgan holda arizani koʻrib chiqadi va xarajatlarning 50 foizini qoplash yoki qoplab berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda Davlat xizmatlari markaziga yoki talabgorning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

10 ish kunida

3-bosqich

Talabgor

Xarajatlarni qoplashni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni olganda, qarorda koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, Turizm qoʻmitasiga takroran Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.

1 oydan koʻp boʻlmagan muddatda

4-bosqich

Turizm qoʻmitasi

Ariza takroran taqdim etilganda, uni qayta koʻrib chiqadi.

7 ish kunida

5-bosqich

Turizm qoʻmitasi

Xarajatlarning 50 foizini qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, talabgorning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.

10 ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmonxonalarda xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini qoplash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Oʻzbekiston Respublikasi

Turizm qoʻmitasiga

Mehmonxonaga xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikatni rasmiylashtirish boʻyicha sarflangan xarajatlarning 50 foizini qoplash toʻgʻrisida

ARIZA

_________________________________________________________________________________________

(talabgorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining toʻliq nomi)

_________________________________________________________________________________________

(joylashgan joyi, pochta manzili)

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________ manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan,

Direktori (ishonchli vakil):

_________________________________________________________________________________ nomidan

(ariza beruvchi rahbari / ishonchli vakil F.I.O.)

______________________________________________________________________ manzilda joylashgan

(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino raqami)

xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berishni soʻrayman.

Xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikat nomi:

___________________________________________

Jami sarflangan xarajatlar miqdori:

___________________________________________

Ajratilishi soʻralayotgan mablagʻ miqdori:

___________________________________________

Bank rekvizitlari va hisobvaragʻi:

___________________________________________

___________________________________________

Aloqa maʼlumotlari

(telefon raqami, elektron pochta manzili):

___________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(ariza beruvchining lavozimi, F.I.O.)

20 ____ yil _____________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyundagi 312-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi “Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish, ushbu sohada davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 622-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Mehmon uyi xizmatlari mehmon uyini tashkil etish uchun yaroqli turar joy obyektiga ega boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor yoki oilaviy tadbirkorlik subyekti tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xostel, oʻtovli va chodirli oromgohlarda tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va qoʻshimcha xizmatlar yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxslar tomonidan koʻrsatiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tadbirkorlik subyekti faoliyati belgilangan tartibda tugatilganda yoki uning faoliyati toʻxtatilganda, bu haqida vakolatli organga xabar berilishi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14 va 15-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14. Soʻrovnomada notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, vakolatli organ ariza beruvchiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun oʻn ish kunidan oshmagan muddat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagi holatlar davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan ushbu Reglamentda belgilangan muddatda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish natijalariga koʻra obyektning mazkur Reglamentda nazarda tutilgan talablarga muvofiq emasligi aniqlansa”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“23. Reyestrdan koʻchirma elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi va vakolatli organning elektron imzosi bilan tasdiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“25. Reyestrdan koʻchirma quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt nomi oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning pochta manzili oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha joylashtirish xonalari tashkil etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy vorislik yuzaga kelganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrdan koʻchirmani qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, uch ish kuni ichida Reyestrdan koʻchirmani qayta rasmiylashtiradi yoki qayta rasmiylashtirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi “Mehmonxona xoʻjaligi faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 550-son qarorining 1-ilovasi 3-bandi yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil mehmonxona” — Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatda nazarda tutilgan xalqaro eʼtirof etilgan yoki milliy ekologik sertifikatlardan kamida biriga ega boʻlgan mehmonxona”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2026-y., 09/26/312/0602-son)