12.06.2026 yildagi 307-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning jazoni oʻtash davrida toʻgʻri maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlarni oʻqiganligi faktini tasdiqlash boʻyicha komissiya faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarni axloqan tuzatish, ularda qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, jamiyatga, mehnatga, jamiyat qoidalari va anʼanalariga hurmat munosabatini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarda toʻgʻri maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — adabiyotlar roʻyxati) har yili 1-yanvarga qadar tasdiqlanib, bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning jazoni oʻtash davrida toʻgʻri maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlarni oʻqiganligi faktini tasdiqlash boʻyicha imtihon maxsus dasturiy taʼminot orqali inson omilini istisno etgan holda, test sinovlari shaklida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi har yili Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi bilan birgalikda adabiyotlar roʻyxati asosida test topshiriqlarini shakllantiradi va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan maxsus dasturiy taʼminotga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning jazoni oʻtash davrida toʻgʻri maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlarni oʻqiganligi faktini tasdiqlash boʻyicha komissiya faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining “E-mahkum” axborot tizimi doirasida mahkumlarni test sinovlaridan oʻtkazish boʻyicha alohida modul yaratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 307-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning jazoni oʻtash davrida toʻgʻri maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlarni oʻqiganligi faktini tasdiqlash boʻyicha komissiya faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — muassasalar) mahkumlarning jazoni oʻtash davrida toʻgʻri maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlarni oʻqiganligi faktini tasdiqlash boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) faoliyatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus dastur — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining “E-mahkum” axborot tizimi doirasida mahkumlarni test sinovlaridan oʻtkazish boʻyicha alohida modul;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 73-moddasi toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan toifadagi (umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar bundan mustasno) mahkum;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test sinovi — talabgorda toʻgʻri maʼnaviy va axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlar roʻyxatidagi kitoblarni oʻzlashtirganlik darajasini aniqlash maqsadida komissiya nazoratida maxsus dastur orqali oʻtkaziladigan imtihon.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Talabgorning test sinovi topshirishini nazorat qilib borish va natijalarini xulosa asosida tasdiqlash uchun muassasalarda muassasa xodimlari hamda jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibi 7 nafar aʼzo, komissiya raisi va kotibdan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiya tarkibiga muassasa xodimlari, hududiy faol jamoatchilik vakillari, jumladan, Xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda jamoat tashkilotlarining hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan vakillari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya tarkibi muassasa boshligining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga kiritilgan hududiy faol jamoatchilik vakillari, Xalq deputatlari mahalliy kengashi deputatlari yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillari orasidan komissiya raisi saylanadi hamda muassasa masʼul xodimi komissiya kotibi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yigʻilishi, komissiya raisi va uning aʼzolarining ellik foizidan ortigʻi qatnashgandagina vakolatli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlarni jazoni oʻtash davrida toʻgʻri maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlarni oʻqiganligi faktini tasdiqlash boʻyicha zarur hujjatlarni tayyorlash va komissiya aʼzolariga taqdim etish komissiya kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya yigʻilishi, qoida tariqasida, yiliga kamida ikki marta, har yil fevral va avgust oylarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Imtihon natijalari boʻyicha test sinovi oʻtkazilgan kunning oʻzida komissiya tomonidan yigʻilish bayoni rasmiylashtiriladi. Yigʻilish bayonini komissiya raisi, uni aʼzolari hamda kotib imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovi natijalari toʻgʻrisida komissiya tomonidan xulosa rasmiylashtiriladi hamda komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiya xulosasi talabgorga imzo qoʻydirib, tanishtiriladi hamda uning shaxsiy yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosaning koʻchirma nusxasi prokurorga yuboriladi, shuningdek, mahkumning himoyachisiga uning soʻroviga koʻra beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Talabgor test sinovi natijalari unga tanishtirilgan kundan boshlab, besh ish kuni ichida test oʻtkazilish jarayoni yoki natijalari boʻyicha shaxsan oʻzi yoki himoyachisi orqali sudga shikoyat yoʻllashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan koʻrsatilgan dalillar tasdiqlanmasa, test sinovi natijalarini oʻzgarishsiz, shikoyatni esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan koʻrsatilgan dalillar asosli deb topilsa, shikoyatni qanoatlantirish va test sinovi natijalarini bekor qilish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan test sinovi natijalarini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda sud qarori chiqqan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida komissiya tomonidan qayta test sinovi oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mahkumning adabiyotni oʻzlashtirganligi faktini tasdiqlash haqida xulosa qabul qilinganda, oʻn besh kun muddatda muassasa maʼmuriyati tomonidan mahkumning tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan mahkumning oʻtalmagan jazo muddatini qisqartirish toʻgʻrisidagi taqdimnoma sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Test sinovlari natijalari boʻyicha testologiya meʼyorlarining buzilish holati aniqlanganda, uch ish kunida komissiya tomonidan test sinovi natijalari bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagi holatlarda testologiya meʼyorlari buzilgan deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test materiallari xavfsizligi va maxfiyligini taʼminlash qoidalari buzilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar tomonidan test materiallarini oldindan qoʻlga kiritish holati aniqlansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar videokuzatuv orqali talabgorning shpargalkalar yoki ishoralardan foydalanganligi fakti qayd etilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Test sinovi natijalari bekor qilingan holatlarda, talabgorning xohishiga koʻra, qayta test sinovlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Komissiya aʼzolarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Komissiya aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasa boshligʻining komissiya tarkibini tasdiqlash boʻyicha buyrugʻi bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test sinovi topshiruvchi talabgorlar roʻyxatini test sinovi boshlanishidan oldin olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarning test sinovi topshirish jarayonini toʻliq kuzatib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test sinovi oʻtkazish qoidalarini buzgan talabgorlarni test sinovidan chetlashtirish hamda natijasi boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiya aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasalarda tashkil etiladigan test sinovlari boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test sinovi jarayonini uyushqoqlik bilan tartibli tashkil etish, talabgorlarga ularning test sinovlari jarayonidagi vazifalari, huquq va majburiyatlarini tushuntirish, test sinovlari jarayoni boʻyicha maslahatlar, koʻrsatmalar berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarni test sinovlari qoidalari bilan toʻliq tanishtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarning test sinovi jarayoniga qatnashishini nazoratga olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test sinovi natijalarini bir ish kuni ichida koʻrib chiqib, talabgorlarning belgilangan adabiyotni oʻzlashtirganligi fakti tasdiqlangan yoki tasdiqlanmaganligi toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar tomonidan test sinovini topshirish va baholash natijalari boʻyicha eʼtirozlarini qabul qilish va iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga haqli ekanligini tushuntirishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Talabgorlarni test sinovlaridan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Talabgorlar test sinovlaridan maxsus dastur orqali oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Talabgor maxsus dasturda roʻyxatdan oʻtayotganida oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (ID-karta raqami) yoki verifikatsiya qilish vositalari (“Face-ID” tizimi) orqali tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Talabgorning jazo muddati har bir oʻqigan kitobi uchun uch kunga, biroq bir yilda koʻpi bilan oʻttiz kungacha qisqartiriladi. Bunda talabgor oʻqigan kitobi boʻyicha test sinovini bir yilda ikki marotaba topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Har bir adabiyot boʻyicha 25 tadan iborat test topshirigʻi shakllantiriladi hamda har bir test topshirigʻi uchun ikki daqiqa vaqt ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Maxsus dastur orqali har bir adabiyot boʻyicha test sinovi jami 100 ballik tizim asosida hisoblanib, har bir test savoli uchun 4 ball beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Talabgor tomonidan har bir adabiyot boʻyicha 70 va undan yuqori ball toʻplangan taqdirda, test sinovi muvaffaqiyatli topshirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Test sinovi oʻtkazilishi rejalashtirilgan xonalar quyidagi talablar asosida jihozlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarning sonidan kelib chiqib, test sinovini oʻtkazish uchun stol-stul bilan jihozlangan xona ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xonalar alohida joylashgan, yorugʻ, kirish uchun faqat bitta eshik va derazalarini yopish imkoniyati mavjud boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshik va derazalardan uchinchi shaxslarning talabgorlar bilan aloqa qilishni istisno etishga qaratilgan choralar koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test sinovlarini oʻtkazishga moʻljallangan xonalar videokuzatuv vositalari bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2026-y., 09/26/307/0601-son)