11.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3855
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI EKOLOGIYA VA IQLIM OʻZGARISHI MILLIY QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Nobud boʻlgan hayvonlarning jasadini krematsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 11-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3855]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-161-son “Islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning masʼuliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-noyabrdagi 736-son “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nobud boʻlgan hayvonlarning jasadini krematsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais A. ABDUXAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 8-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-son

Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 26-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAXMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 25-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 23-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 17-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining 2026-yil 8-iyundagi 3-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobud boʻlgan hayvonlarning jasadini krematsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom nobud boʻlgan hayvonlarning jasadini krematsiya qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobud boʻlgan hayvon — kasallik, baxtsiz hodisa, tabiiy yoki boshqa omillar taʼsiri natijasida oʻlgan hayvon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
krematsiya — nobud boʻlgan hayvonlarning jasadini maxsus texnik uskunalar (krematoriy) yordamida yuqori haroratda yondirish orqali uning biologik qoldiqlarini toʻliq yoʻq qilish usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul shaxs — nobud boʻlgan hayvonlarning jasadini qabul qilish, krematsiya qilish va hisobini yuritish uchun tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmasining qarovsiz qolgan hayvonlarni tutishga masʼul xodimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha saqlash joyi — krematsiyaga qadar hayvonlarning jasadi saqlanadigan maxsus ajratilgan, yopiq va sanitariya talablariga javob beradigan joy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nobud boʻlgan hayvonlarning jasadi ekologiya va qishloq xoʻjaligi sohasidagi xodimlar ishtirokida masʼul shaxs tomonidan krematsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Nobud boʻlgan hayvonlarning jasadini koʻzdan kechirish, vaqtincha saqlash va krematsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hayvon nobud boʻlgani aniqlanishi bilan hayvon egasi yoki jasadni koʻrgan shaxs shu kunning oʻzida yozma, ogʻzaki yoki elektron shaklda masʼul shaxsga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Masʼul shaxs xabar kelib tushgan kundan eʼtiboran bir kun ichida hayvon nobud boʻlgan joyni koʻzdan kechiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻzdan kechirish jarayonida tuziladigan qaydnomada hayvonning turi, zoti, identifikatsiya raqami (mavjud boʻlsa), jinsi, taxminiy yoshi, soni, nobud boʻlganligi aniqlangan sana va vaqt hamda boshqa muhim maʼlumotlar toʻliq va aniq qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, hayvonning oʻlim sababini joyida aniqlash imkoni boʻlmagan holda qaydnomaga “aniqlanmoqda” degan belgi qoʻyiladi. Hayvon yuqumli kasallikka chalinganligi aniqlanganda uning jasadi darhol izolyatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nobud boʻlgan hayvonning jasadi krematsiya qilish joyiga (krematoriyga) maxsus transport vositasida yoki shu maqsad uchun ajratilgan yopiq konteynerda masʼul shaxs tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobud boʻlgan hayvonning jasadi germetik yopiladigan qop, konteyner yoki suyuqlik oʻtkazmaydigan maxsus idishga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobud boʻlgan hayvonning jasadini tashish vaqtida tashqi muhitga oqindi chiqishi, biologik material sochilishi yoki noxush hid tarqalishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Krematsiya qilinguniga qadar nobud boʻlgan hayvonning jasadi maxsus ajratilgan, yopiq, yaxshi shamollatiladigan va begona shaxslar kirishi taqiqlangan vaqtincha saqlash joyida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobud boʻlgan hayvonning jasadini vaqtincha saqlash muddati, qoidaga koʻra 24 soatdan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vaqtincha saqlash joyi yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi mumkin boʻlgan sirtlarga ega boʻlishi, oqindi chiqishiga yoʻl qoʻymasligi hamda noxush hidlar chiqishining oldini olish choralari bilan taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nobud boʻlgan hayvonning jasadi quyidagi hollarda faqat maxsus uskuna (krematoriy)da krematsiya qilinishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-oktabrdagi 361-son “Davlat veterinariya xizmati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida keltirilgan kasalliklar aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlim sababini aniqlash imkoniyati boʻlmagan holatlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda biotermik oʻralar mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik xavf yuqori boʻlgan holatlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Krematsiya faqat maxsus uskunalarda (krematoriy) harorat 800 °C — 1200 °C oraligʻida masʼul shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Krematsiyadan oldin ekologiya va qishloq xoʻjaligi sohasidagi xodimlar qaydnoma maʼlumotlari, qabul qilish hujjatlari va veterinariya qaydlarining mavjudligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maxsus uskuna (krematoriy) ishga tushirilishidan oldin uning texnik sozligi, xavfsizlik tizimlari va ish rejimi masʼul shaxs tomonidan koʻzdan kechiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Krematsiya jarayonida uskunadan foydalanish boʻyicha texnik yoʻriqnomaga, mehnatni muhofaza qilish va yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Krematsiya tugagandan keyin hosil boʻlgan kul va boshqa qoldiqlar masʼul shaxs tomonidan yigʻiladi, saqlanadi va maxsus qazilgan chuqurlarga koʻmib tashlanadi va dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu dalolatnomada krematsiya qilingan sana, vaqt, hayvon turi, soni, kelib chiqqan joyi, oʻlim sababi (maʼlum boʻlsa), krematsiya joyi va masʼul shaxslarning F.I.O. koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nobud boʻlgan hayvon jasadi bilan ishlashda masʼul shaxs maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, bir martalik qoʻlqop, niqob yoki respirator, zarur hollarda himoya koʻzoynagi hamda boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Krematsiyadan keyin hayvonning jasadi saqlangan joy, tashish vositasi, konteynerlar, asbob-uskunalar va ish jarayonida foydalanilgan sirtlar masʼul shaxs tomonidan dezinfeksiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bir martalik himoya vositalari hamda ifloslangan sarf materiallari utilizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hayvonlarning jasadi bilan ishlash vaqtida begona shaxslarning kirishi, jasadni ochiq holda tashish, saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2026-y., 10/26/3855/0599-son)