11.06.2026 yildagi O‘RQ-1150-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 10-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 8-aprelda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida mehnat munosabatlarini zamonaviy talablar asosida tartibga solishga, har bir fuqaroga munosib mehnat sharoitlarini yaratishga, mehnat huquqlarini toʻlaqonli taʼminlashga va samarali himoya qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga milliy qonunchilikni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish, jumladan jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) hamda xodimlar tomonidan oʻz ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari ifoda etilishi va himoya qilinishining huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, shuningdek ayrim toifadagi shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishga oid normalardagi noaniqliklarni bartaraf etish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xodimlarning ish tashlash huquqini belgilashga, ish tashlashni amalga oshirish tartibi va mexanizmini huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining homilador ayollarga va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul shaxslarga toʻliqsiz ish vaqtini belgilashga doir normalari aniqlashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun xodimlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga hamda jamoaviy mehnat nizolarini hal etishni (tartibga solishni) samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi 223-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda; 1992-yil, № 9, 363-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 330-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 464-modda) 6-moddasining birinchi qismidagi “uch ming” degan soʻzlar “besh yuz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 466-moddalar, № 6, 575-modda, № 10, 981-modda; 2023-yil, № 3, 185, 187, 188-moddalar, № 4, 265-modda, № 5, 319-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 111-modda, № 3, 245-modda, № 8, 818-modda, № 9, 954, 964-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1079, 1083-moddalar, № 11, 1186-modda, № 12, 1280, 1287-moddalar; 2025-yil, № 2, 196-modda, № 3, 376, 377-moddalar, № 5, 643, 647-moddalar, № 8, 968-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 218-moddaning nomi va dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
218-modda. Favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga toʻsqinlik qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga toʻsqinlik qilish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagi mazmundagi 2181-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2181-modda. Ish tashlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noqonuniy ish tashlashga rahbarlik qilish, shuningdek ish tashlashda qatnashishga yoki unda qatnashmaslikka majbur qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) odam oʻlishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat qonunchiligi bilan ish tashlash taqiqlangan hollarda unda ishtirok etishga majbur qilish va (yoki) unga rahbarlik qilish, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) odam oʻlishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda, № 7, 828, 829, 832-moddalar, № 8, 968, 971-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) quyidagi mazmundagi 2012-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-modda. Ish tashlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat qonunchiligi bilan ish tashlash taqiqlangan hollarda ish tashlashda ishtirok etish, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noqonuniy ish tashlashga rahbarlik qilish, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik mulkiy manfaatdor boʻlish evaziga yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlashda qatnashishga yoki unda qatnashmaslikka majbur qilish, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan aybdorga qaram boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etish, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 245-moddaning birinchi qismi “2011” raqamidan keyin “2012” raqami bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 255-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Kodeksning 2012-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, mehnat boʻyicha davlat inspektorlari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi hamda uni ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 305-moddaning ikkinchi qismi “201” raqamidan keyin “2012” raqami bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1007-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 8, 827-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025-yil, № 1, 8-modda, № 3, 373-modda, № 6, 729-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 50-moddaning birinchi qismi “davlat budjetidan undiruvlar” degan soʻzlardan keyin “eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish, ish tashlashni toʻxtatib turish, ish tashlashni noqonuniy deb topish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 266-modda quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41) eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish, ish tashlashni toʻxtatib turish, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) quyidagi mazmundagi 233-bob bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233-bob. Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish, ish tashlashni toʻxtatib turish, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27011-modda. Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish, ish tashlashni toʻxtatib turish, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish, ish tashlashni toʻxtatib turish, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi ishlar fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27012-modda. Daʼvo arizasini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi sudga ish beruvchi yoxud prokuror tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi tegishincha mazkur ish tashlash amalga oshiriladigan, amalga oshirilayotgan, amalga oshirilgan joydagi sudda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27013-modda. Daʼvo arizasining shakli hamda mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 189-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasida quyidagilar ham koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ish tashlash oʻtkazilayotgan tashkilotning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sana, ish tashlash amalga oshiriladigan (amalga oshirilayotgan, amalga oshirilgan) sana va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) daʼvogarning fikriga koʻra, ish tashlash tufayli buzilayotgan huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) daʼvogarning fikriga koʻra, ish tashlash qaysi qonun hujjatlariga zid boʻlsa, oʻsha qonun hujjatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi daʼvo arizasida ish tashlashni kechiktirish yoki toʻxtatib turish muddati ham koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qaror ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27014-modda. Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasining xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi ishlar daʼvo arizasi berilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda sud tomonidan ish beruvchi, ish tashlashga rahbarlik qiluvchi, shuningdek prokuror ishtirokida koʻrib chiqiladi. Uchinchi shaxslar sud majlisiga chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud majlisiga kelmasa, ish ularning yoʻqligida koʻrilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish chogʻida sud ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorning qonuniyligini, ish tashlashni amalga oshirishning qonunda belgilangan talablariga rioya etilganligini tekshiradi, shuningdek ish tashlash tufayli huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlar buzilgan-buzilmaganligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27015-modda. Sudning hal qiluv qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi, ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlash noqonuniy deb topilgan taqdirda, sud tegishli javobgarlik masalasini hal etish toʻgʻrisida prokurorga xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorning va ish tashlashning qonunga muvofiq ekanligini hamda ish tashlash tufayli huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlar buzilmayotganligini aniqlasa, arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish toʻgʻrisidagi yoki ish tashlashni toʻxtatib turish haqidagi daʼvo arizasini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida eʼlon qilingan ish tashlashni kechiktirish yoki ish tashlashni toʻxtatib turish muddati koʻrsatiladi va u eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-588-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 882-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 464-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 8, 822-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 44-moddaning birinchi qismidagi “tegishli inspektorlari faoliyat koʻrsatadigan inspeksiyalar” degan soʻzlar “tegishli maʼmuriy vakolatga ega boʻlmagan inspektorlari faoliyat koʻrsatadigan inspeksiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagi mazmundagi 451-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
451-modda. Kasaba uyushmalari inspeksiyalarining Davlat mehnat inspeksiyasi bilan oʻzaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasaba uyushmalarining inspeksiyalari, shuningdek Davlat mehnat inspeksiyasi oʻz faoliyatlarini oʻzaro hamkorlikda amalga oshirishlari mumkin. Buning uchun istalgan taraf ikkinchi tarafga hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv, memorandum va boshqa bitim tuzish toʻgʻrisida taklif bilan chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasida imzolangan kelishuv, memorandum va boshqa bitim uni imzolagan tarafning ichki faoliyatiga aralashishni, shuningdek uning faoliyatini biror-bir tarzda cheklovchi normani oʻz ichiga olishi mumkin emas”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrda qabul qilingan OʻRQ-798-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, 10-songa ilova; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 7, 627-modda, № 9, 964-modda; 2025-yil, № 2, 193-modda, № 6, 730-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 36-moddaning oltinchi qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ish tashlashga oid masalalar toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshisi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 186-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ushbu Kodeksning 398-moddasiga muvofiq”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 398-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ish beruvchi quyidagi shaxslarga ularning iltimosiga koʻra toʻliqsiz ish vaqti belgilashi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homilador ayolga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolaning (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning) ota-onasidan biriga (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xulosaga muvofiq oilaning betob aʼzosini parvarishlashni amalga oshirayotgan shaxsga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 570-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ish tashlash — bu xodimlarning mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ish beruvchi bilan jamoaviy mehnat nizosini hal etish usuli sifatida mehnat majburiyatlarini vaqtincha, ixtiyoriy va birgalikda toʻliq yoki qisman bajarishni toʻxtatishdir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 576-modda quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar ushbu Kodeks 589-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga binoan jamoaviy mehnat nizosini hal qilish uchun ish tashlash oʻtkazib boʻlmaydigan boʻlsa, jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida koʻrib chiqish majburiy hisoblanadi va mehnat arbitrajining qarori taraflar uchun, ularning ushbu masala boʻyicha kelishuvi mavjudligidan qatʼi nazar, majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taraflar vaqtincha mehnat arbitrajini tuzish, uning tarkibi va qoidalari toʻgʻrisida yoki jamoaviy mehnat nizosini doimiy mehnat arbitrajiga oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvga erishmasa, ushbu masalalar yuzasidan qaror jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish boʻyicha davlat organlari tomonidan qabul qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 577-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish boʻyicha davlat organlarining vakolatli xodimlari tashkilotdagi jamoaviy mehnat nizosi toʻgʻrisida xabar olingan paytdan boshlab ish beruvchining ish joyiga jamoaviy mehnat nizosini hal qilish, nizoning sabablarini aniqlash va hal qilishga koʻmaklashish uchun xizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda moneliksiz tashrif buyurish huquqiga ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 581-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
581-modda. Ish tashlash huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu Kodeksda belgilangan yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari orqali jamoaviy mehnat nizosini hal qilishning iloji boʻlmasa, shuningdek ish beruvchi yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillaridan bosh tortgan yoki jamoaviy mehnat nizosini hal qilish paytida erishilgan kelishuvni bajarmagan boʻlsa, mehnat jamoasi jamoaviy mehnat nizosini hal qilishning usuli sifatida ish tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlashda qatnashish ixtiyoriydir. Hech kim ish tashlashda qatnashishga yoki unda qatnashmaslikka majbur qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlash, qoida tariqasida, xodimlarning doimiy ish joyida amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) quyidagi mazmundagi 582 — 593-moddalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
582-modda. Ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qaror tashkilot (filial, vakolatxona yoki boshqa alohida tarkibiy boʻlinma) xodimlarining umumiy yigʻilishida (konferensiyasida) qatnashayotgan xodimlarning (delegatlarning) ellik foizidan koʻprogʻi yoqlab bergan ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot (filial, vakolatxona yoki boshqa alohida tarkibiy boʻlinma) xodimlarining umumiy yigʻilishi (konferensiyasi) tomonidan ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish ish tashlash boshlanishidan kamida bir oy oldin ushbu Kodeksning 36-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish tashlashni eʼlon qilish va oʻtkazish uchun asos boʻlgan jamoaviy mehnat nizosi taraflarining kelishmovchiliklari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish tashlash boshlanadigan sana, vaqt va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish tashlashga rahbarlik qiluvchi va uning ish tashlash chogʻidagi vakolatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillarida ishtirok etuvchi vakillari roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
583-modda. Ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qaror haqida xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasaba uyushmasi qoʻmitasi ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qaror haqida ish beruvchini ushbu qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi boʻlajak ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisida yozma xabarnomani olgan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay bu haqda jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish boʻyicha davlat organlarini yozma ravishda ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan vaqtda ish tashlash boshlanmagan boʻlsa, jamoaviy mehnat nizosini hal qilish ushbu Kodeksning 573-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
584-modda. Ish tashlashga rahbarlik qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlashga kasaba uyushmasi qoʻmitasining vakolatli vakili rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlashga rahbarlik qiluvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar umumiy yigʻilishlarini (konferensiyalarini) chaqirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchidan xodimlarning manfaatlariga daxldor masalalar boʻyicha maʼlumot olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish tashlashni eʼlon qilish va oʻtkazish uchun asos boʻlgan kelishmovchiliklarni hal qilishda xodimlar nomidan ish yuritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishib olinishi zarur boʻlgan masalalar boʻyicha fikrlarni tayyorlash uchun mutaxassislarni jalb qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish tashlashda ishtirok etayotgan xodimlarning ellik foizidan koʻprogʻining roziligi bilan ish tashlashni toʻxtatib qoʻyishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlashga rahbarlik qiluvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish tashlash amalga oshirilayotgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoaviy mehnat nizosini tinch yoʻl bilan hal etish uchun barcha zarur choralarni koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan ish tashlash boshlanadigan sana, vaqt va joyga doir talablarga amal qilinishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoaviy mehnat nizosi taraflariga, davlat organlari va tashkilotlariga yolgʻon yoki buzib koʻrsatilgan axborot taqdim qilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
585-modda. Xodimlarga ish tashlash munosabati bilan beriladigan kafolatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning ish tashlash bilan bogʻliq jarayonda ishtirok etgani uni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos sifatida koʻrib chiqilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlash paytida unda ishtirok etadigan xodimning ish joyi va lavozimi saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi xodimga u ish tashlashda qatnashgan vaqtida ish haqini toʻlamaslik huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlashda ishtirok etmagan, biroq ish tashlash oʻtkazilayotganligi sababli bekor turib qolgan xodimlarga haq toʻlash ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ish tashlashda ishtirok etmagan xodimlar bekor turib qolish munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
586-modda. Ish tashlashning borishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlash paytida jamoaviy mehnat nizosi taraflari nizoni yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari orqali hal qilishda davom etishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi ish tashlash paytida jamoat tartibini, ish beruvchining va xodimlarning mol-mulki xavfsizligini, shuningdek toʻxtatilishi inson hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻdiradigan uskunalarning ishlashini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 589-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan xizmatlarda (sohalarda) minimal zarur ishlar (xizmatlar) taʼminlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
587-modda. Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlash vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlash insonlarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqarsa, tinchlik va xavfsizlikka, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga, ekologik barqarorlikka tahdid solsa, sudning qaroriga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqti oʻttiz kalendar kundan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish tashlash oʻttiz kalendar kundan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudning qarori toʻgʻrisida xodimlar ish tashlashga rahbarlik qiluvchi orqali darhol xabardor qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudning qarori darhol ijro etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
588-modda. Ish tashlashni qayta tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi tomonidan jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) jarayonida mehnat jamoasi bilan erishilgan kelishuvlarda belgilangan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda tugatilgan ish tashlash qayta tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlashni qayta tiklash uchun jamoaviy mehnat nizosini yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari asosida qayta koʻrib chiqish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasaba uyushmasi qoʻmitasi ish beruvchini va jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish boʻyicha davlat organini ish tashlash qayta tiklanishi toʻgʻrisida kamida yetmish ikki soat oldin yozma ravishda ogohlantirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
589-modda. Ish tashlashga oid cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holat yoki favqulodda vaziyatlar paytida, urush holatida, umumiy safarbarlik eʼlon qilingan davrda ish tashlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlashda quyidagilarning qatnashishi mumkin emas hamda ular ishtirokidagi ish tashlash taqiqlangan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organining vakolatlarini amalga oshirish uchun Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar, sudyalar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning maxsus (harbiy) unvonlarga yoki martaba (malaka, mansab) darajalariga ega xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya va suv taʼminoti tizimi tashkilotlari xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa tizimi xodimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va shaxsiy xavfsizligi uchun faoliyati hayotiy muhim boʻlmagan, biroq aholining kundalik hayotini taʼminlashda muhim oʻrin tutadigan tashkilotlarda, shuningdek ish tashlash davomiyligi va koʻlami tufayli aholining odatdagi turmush sharoitlariga tahdid soluvchi xizmatlarda (sohalarda) minimal zarur ishlar (xizmatlar) majburiy joriy etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan minimal zarur ishlar (xizmatlar) va ular amalga oshirilishi lozim boʻlgan tashkilotlar (xizmatlar, sohalar) roʻyxati Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
590-modda. Noqonuniy ish tashlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda ish tashlash amalga oshirilgan (amalga oshirilayotgan, amalga oshiriladigan) yoki ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, bu noqonuniy ish tashlash deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlash sud tomonidan noqonuniy deb topilganda, mazkur masala boʻyicha sudning qarori toʻgʻrisida xodimlar ish tashlashga rahbarlik qiluvchi orqali darhol xabardor qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi sudning qarori darhol ijro etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
591-modda. Ish tashlashni tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlash quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoaviy mehnat nizosi taraflari tomonidan oʻzaro yozma kelishuvga erishilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi tomonidan ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorda ish tashlashni eʼlon qilish va oʻtkazish uchun asos boʻlgan kelishmovchiliklar bartaraf etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda noqonuniy deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish tashlashda ishtirok etayotgan xodimlarning ellik foizidan koʻprogʻining roziligi bilan ish tashlashdan voz kechilganida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar ish tashlash tugatilgandan keyingi ish kunidan kechiktirmay mehnat shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarini davom ettirishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
592-modda. Ish tashlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tashlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
593-modda. Daʼvo xususiyatiga ega jamoaviy mehnat nizolarini sudda koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikni, jamoa kelishuvlarini va jamoa shartnomasini, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan ichki hujjatlarni qoʻllash xususidagi jamoaviy mehnat nizolari sud tomonidan koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jamoaviy mehnat nizolarini sudlarda koʻrib chiqish hamda sud qarorlarini ijro etish chogʻida ushbu Kodeksda yakka tartibdagi mehnat nizolari uchun belgilangan tegishli qoidalar va muddatlar qoʻllaniladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va shaxsiy xavfsizligi uchun faoliyati hayotiy muhim boʻlmagan, biroq aholining kundalik hayotini taʼminlashda muhim oʻrin tutadigan tashkilotlarda, shuningdek ish tashlash davomiyligi va koʻlami tufayli aholining odatdagi turmush sharoitlariga tahdid soluvchi xizmatlarda (sohalarda) minimal zarur ishlar (xizmatlar) va ular amalga oshirilishi lozim boʻlgan tashkilotlar (xizmatlar, sohalar) roʻyxatini Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1150-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 03/06/1150/0587-son)