10.06.2026 yildagi 297-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual faoliyat natijalarini ragʻbatlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 27-noyabrdagi PQ-358-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiroga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seleksiya yutugʻiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlariga oid patentlarni oʻz kuchida saqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlarining dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 10-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 297-son qaroriga
1-ILOVA

Ixtiroga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda — Qonun) muvofiq ixtiroga patent berish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.

3. Ixtiroga patent berish haqidagi talabnomani (keyingi oʻrinlarda — talabnoma) topshirish va davlat xizmatidan foydalanish boʻyicha boshqa harakatlar roʻyxatdan oʻtkazilishi soʻralayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda — talabnoma beruvchi) tomonidan bevosita yoxud oʻz vakili (patent vakili yoki ishonchli shaxs) orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.

2-bob. Ixtironing patentga layoqatlilik shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qonunning 6-moddasiga muvofiq, agar ixtiro sifatida koʻrsatilgan obyekt yangi, ixtirochilik darajasiga ega va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, huquqiy muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan maʼlum boʻlmasa, yangi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi maʼlumotlardan yaqqol ayon boʻlmasa, u ixtirochilik darajasiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʻlgan har qanday maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ixtirodan sanoat, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda foydalanish mumkin boʻlsa, u sanoatda qoʻllash mumkin deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qonunning 6-moddasi sakkizinchi qismiga muvofiq har qanday sohada mahsulot yoki usulga taalluqli boʻlgan texnik yechim ixtiro sifatida eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ixtiro sifatida mahsulotga qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, oʻsimlik yoki hayvon hujayralarining turlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qurilmalarga konstruksiyalar, konstruktiv elementlar yoki konstruktiv elementlar majmui boʻlgan hamda funksional-konstruktiv birlikni tashkil qilgan buyumlar, mashinalar, asboblar, apparatlar, uskunalar, mahkamlovchi buyumlar, mashina detallari, aloqa vositalari, qurilish konstruksiyalari va boshqalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Moddalarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy birikmalar, shuningdek, shartli ravishda yuqori molekulyar birikmalar va gen injeneriyasi mahsulotlari boʻlgan rekombinant nuklein kislotalar, vektorlar va boshqalar;

kompozitsiyalar (tarkiblar, aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va boshqalar);

yadroviy parchalanish mahsulotlari kiradi.

14. Mikroorganizmlar shtammlari, oʻsimlik yoki hayvon hujayralarining turlariga (liniyalariga):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakteriyalar, viruslar, bakteriofaglar, mikrosuvoʻtlari, mikroskopik zamburugʻlar va boshqalarning shtammlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlik yoki hayvon hujayralarining turlari (liniyalari), shu jumladan, hujayralarning klonlari;

mikroorganizmlar, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlarining (liniyalarining) konsorsiumlari;

mikroorganizmlar, oʻsimlik yoki hayvonning plazmidlari, vektorlari, barqaror transformatsiyalangan hujayralarini oʻz ichiga olgan genetik konstruksiyalar, transgen oʻsimliklar va hayvonlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ixtiro sifatida usulga moddiy vositalar yordamida moddiy obyekt boʻyicha bajariladigan oʻzaro bogʻlangan harakatlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagilar ixtiro sifatida eʼtirof etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy nazariyalar va matematika usullari;

tashkil etish va boshqarish usullari;

shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;

aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;

elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;

binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma tarhlari;

estetika talablarini qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan, buyumlarning faqat tashqi koʻrinishiga oid yechimlar;

integral mikrosxemalarning topologiyalari;

oʻsimlik navlari va hayvon zotlari;

jamoat manfaatlari, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.

3-bob. Talabnomaga doir talablar

17. Qonunning 15-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta ixtiroga yoki yagona ixtirochilik fikrini (ixtiro birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy bogʻlangan ixtirolar guruhiga taalluqli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ixtiro formulasida bitta ixtiro tavsiflanganda, ixtiro birligi talabiga rioya etilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ixtiro formulasida quyidagi bir guruhdagi ixtirolar tavsiflanganda, ixtiro birligi talabiga rioya etilgan deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro formulasida bir turdagi (bir qancha qurilmalar, bir qancha turlar va boshqalar), bir xil maqsadda foydalanishga moʻljallangan, tubdan aynan bir xil yoʻl (variantlar) bilan aynan bir xil texnik natijani olishni taʼminlaydigan obyektlarga taalluqli ixtirolar guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biri ikkinchisini olish (tayyorlash) uchun moʻljallangan ixtiro (masalan, qurilma yoki modda va qurilma yoki moddani butunlay yoki ularning bir qismini olish usuli);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biri ikkinchisini amalga oshirish uchun moʻljallangan ixtiro (masalan, usul va usulni butunlay yoki uning harakatlaridan birini amalga oshirish uchun qurilma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biri ikkinchisidan yoki birini ikkinchisida foydalanish uchun moʻljallangan ixtiro (masalan, usulda foydalanish uchun moʻljallangan usul va qurilma, usul yoki qurilma va uning bir qismi, qurilma yoki moddani ulardan yangi maqsadda foydalanish uchun qoʻllash va ushbu maqsadga muvofiq ulardan foydalanish usuli, qurilma yoki moddadan yangi maqsadda foydalanish va tarkibiy qismi boʻlgan qurilma yoki kompozitsiya).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Talabnoma quyidagi hujjatlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiroga patent berish haqida ariza (keyingi oʻrinlarda — ariza);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtironing muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish soʻralayotgan boʻlsa, ana shu shaxs, shuningdek, ularning turar joyi yoki joylashgan manzili koʻrsatilgan patent berish haqidagi arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtironing uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq ochib berilgan tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan ixtiro formulasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlganda chizmalar va boshqa materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referat.

21. Boshqa tilda topshirilgan hujjatlar ularning tarjimalari boshqa tilda topshirilgan hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida topshirilganda, vakolatli organga kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi, aks holda hujjatlar ularning tarjimalari kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Konvensiya ustuvorligi soʻrab topshirilgan talabnomaga (keyingi oʻrinlarda — konvensiya talabnomasi) talabnoma beruvchi tomonidan Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasi (1883-yil) (keyingi oʻrinlarda — Parij konvensiyasi) qatnashchisi boʻlgan davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusxasi va uning tarjimasi ilova qilinadi. Ular konvensiya talabnomasi vakolatli organga kelib tushgan sanadan boshlab uch oy muddatdan kechiktirilmay topshiriladi. Birinchi talabnoma nusxasining tarjimasi talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi talabnoma topshirilgan sanadan oʻn ikki oy oʻtgandan keyin, lekin ikki oydan kechiktirmay topshirilgan talabnoma boʻyicha konvensiya ustuvorligi soʻralganda tegishli patent boji toʻlanadi.

23. Konvensiya ustuvorligini belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma topshirishda (arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki vakolatli organga talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat davomida erkin shaklda topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yangi mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralarining turlariga (liniyalari) oid patent berish haqidagi talabnomaga shtammning rasmiy vakolatga ega boʻlgan depozitariyda saqlanayotgani toʻgʻrisidagi hujjat ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxatini oʻz ichiga olgan talabnomaga aynan ushbu roʻyxat yozilgan va Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — BIMT) tegishli standarti talablariga muvofiq tayyorlangan axborot (.pdf va .docx formatlarida) ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ixtiroga patent olish uchun ariza mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Arizaning 21-kodli “Talabnomaning qayd raqami”, 22-kodli “Talabnomaning kelib tushgan sanasi”, 85-kodli “Xalqaro talabnomani milliy fazaga oʻtkazish sanasi” grafalari ariza vakolatli organga kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Arizaning “Yozishmalar uchun manzil” grafasida xat oluvchining nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki ismi (jismoniy shaxslar uchun), shuningdek, joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochtasidan kamida biri koʻrsatiladi. Ushbu maʼlumotlar uchinchi shaxslar huquq egasi bilan bogʻlanishi uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Arizaning 86-kodli va 87-kodli grafalari Patent kooperatsiyasi toʻgʻrisidagi shartnomaga (Patent Cooperation Treaty) (Vashington, 1970-yil) (keyingi oʻrinlarda — RST) muvofiq topshirilgan ixtiro uchun xalqaro talabnoma (keyingi oʻrinlarda — xalqaro talabnoma) Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro talabnomani koʻrib chiqish jarayoniga (keyingi oʻrinlarda — milliy faza) oʻtkazilgan hollarda talabnoma beruvchi tomonidan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86-kodli grafada ixtiroga xalqaro talabnomaning qabul qiluvchi idora tomonidan belgilanadigan qayd raqami va xalqaro topshirish sanasi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87-kodli grafada ixtiroga xalqaro talabnomaning xalqaro eʼlon qilish raqami va sanasi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Arizaning 54-kodli “Ixtironing nomi” grafasida talabnoma berilgan ixtironing (ixtirolar guruhining) nomi keltiriladi va ushbu nom ixtironing tavsifidagi nomga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Arizaning 71-kodli “Talabnoma beruvchi” grafasida talabnoma beruvchi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar keltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning rasmiy nomi (taʼsis hujjati boʻyicha) yoki jismoniy shaxsning toʻliq ismi, shuningdek:

rezidentlar uchun STIR yoki JSHSHIR, joylashgan joyi yoki turar joyi manzili;

norezidentlar uchun ism va nomlarning transliteratsiyasi hamda BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa).

Patent bir necha shaxs nomiga soʻralayotganda, yuqorida keltirilgan maʼlumotlar ularning har biri uchun alohida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Arizaning ustuvorlikni belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnoma koʻrsatilgan grafasi vakolatli organga talabnoma kelib tushgan sanadan oldinroq ustuvorlik soʻralayotganda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya ustuvorligi soʻralayotganda arizaning 33-kodli “BIMT ST.3 standarti boʻyicha talabnoma topshirilgan mamlakat kodi” grafasida birinchi talabnoma topshirilgan mamlakat kodi koʻrsatiladi.

33. Talabnoma beruvchi tomonidan ish olib borish uning vakili orqali amalga oshirilganda, arizaning 74-kodli “Vakil” grafasida quyidagi maʼlumotlar keltiriladi: vakilning toʻliq nomi yoki ismi, roʻyxat raqami (patent vakili boʻlsa), joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Arizaning “Ilova qilingan hujjatlar” grafasida talabnomaga aloqador hujjatlar biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro tavsifida “Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati” boʻlimi mavjud boʻlganda, tegishli grafalarda sahifalarning umumiy miqdori koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomada koʻrsatilgan nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati mazkur Reglamentning 25-bandiga muvofiq taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Arizaning 72-kodli “Muallif” grafasida quyidagi maʼlumotlar keltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi va fuqaroligi, shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar uchun JSHSHIR, ish joyi, lavozimi va ilmiy darajasi, BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi;

norezidentlar uchun BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar kod belgilangan boʻlsa).

36. Ixtiro nomi aniq va qisqa boʻlib, ixtiro mohiyatiga mos kelishi, ixtiro tegishli boʻlgan obyektning umumiy tushunchasini aniqlashi va obyektning vazifasini tavsiflashi (uning bajaradigan funksiyasini yoki texnikaning qaysi sohasiga oid ekanligini koʻrsatishi) kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ixtiro nomi, qoida tariqasida, Xalqaro patent tasnifining (keyingi oʻrinlarda — XPT) maʼlum rubrikasiga mos kelishi kerak. Ixtiro mohiyatiga mos rubrikasi aniqlash mumkin boʻlmaganda, ixtironing nomi umumqabul qilingan terminologiyaga muvofiq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ixtiro nomida “masalan” va “xususan” kabi soʻzlar qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ixtiro nomi atamaga xos yoki tavsiflovchi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atamaga xos nomlash texnikaning shu soha mutaxassisiga maʼlum boʻlgan obyektning muhim belgilari majmuini ular sanab oʻtilgani yoki sanab oʻtilmaganidan qatʼi nazar tavsiflashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiflovchi nom obyektning vazifasi va uning texnikaga oid bir yoki turli xil sohalarda bajaradigan funksiyasi haqida tasavvur berishi kerak.

40. Ixtiro nomi birlikda ifodalanadi, birlikda ishlatilmaydigan nomlar, umumiy tuzilish formulasi bilan aniqlanadigan kimyoviy birikmalarga oid ixtirolarning nomlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Alohida kimyoviy birikmaga oid ixtiro nomiga kimyoda qabul qilingan nomenklatura boʻyicha nomi kiritiladi, shuningdek, uning qanday aniq vazifada ishlatilishiga doir koʻrsatmasi, biologik faol birikmalar uchun biologik faollik turi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzilishi aniqlanmagan yuqori molekulyar birikmalarni olish usullariga oid ixtiro nomiga birikmaning nomi va zarur boʻlganda uning vazifasi toʻgʻrisida koʻrsatma kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanmagan tarkibli modda-aralashmani olish usuliga oid ixtiro nomiga vazifasi toʻgʻrisida koʻrsatma yoki ushbu moddaning biologik faollik xususiyatlarini koʻrsatuvchi tushunchalar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mikroorganizm shtammi, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlariga (liniyalari) oid ixtirolar nomiga biologik obyektning lotin tilidagi oila turkumi va turiga oid nomi, shtamm turi va vazifasi koʻrsatilgan holda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genetik konstruksiyaga taalluqli ixtiro nomiga uning vazifasi koʻrsatilgan holda nomlanishi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Avvaldan maʼlum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllanishga oid boʻlgan ixtiro nomi tegishli obyekt uchun qabul qilingan qoidalarga binoan tuziladi va avvaldan maʼlum boʻlgan obyektning yangi vazifasini tavsiflaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Biri ikkinchisini olish (tayyorlash), amalga oshirish yoki foydalanish uchun moʻljallangan obyektlarga oid ixtirolar guruhining nomi bitta ixtironing toʻliq nomi va ikkinchisining qisqartirilgan nomini oʻz ichiga oladi. Biri boshqasida foydalanish uchun moʻljallangan obyektlarga oid ixtirolar guruhining nomi guruhga kirgan ixtirolarning toʻliq nomi bilan ataladi. Variantlarga oid ixtirolar guruhining nomi bitta ixtironing nomidan iborat boʻlib, “variantlar” degan soʻz bilan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ixtiro nomi zarur boʻlganda, lotin alifbosi belgilarini va arab raqamlarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro nomiga atoqli otlar, norasmiy iboralar, qisqartma soʻzlar, reklama, tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari, geografik koʻrsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, firma nomlari, geografik nomlar, “va boshqalar” soʻzlari hamda ixtironi aniqlash maqsadlariga xizmat qilmaydigan boshqa soʻzlar kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tavsif ixtiro nomini keltirish bilan boshlanadi. Talabnoma berilayotgan ixtiro tegishli boʻlgan XPT amaldagi tahriri rubrikasi belgilanganda, ushbu rubrikaning indeksi ixtiro nomi oldida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsif quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:

ixtiro oid boʻlgan texnika sohasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika darajasi;

ixtiro mohiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chizmalar va boshqa materiallar roʻyxati (agar ular boʻlsa);

ixtironi amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati (agar ixtironi tavsiflash uchun bunday ketma-ketlikdan foydalanilgan boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsif boʻlimi oʻrniga manbalarda (adabiyot, avval topshirilgan talabnomadagi ixtiro tavsifi, muhofaza hujjatidagi ixtiro tavsifi va boshqalarda) keltirilgan maʼlumotlarga havola qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Tavsifning “Ixtiro oid boʻlgan texnika sohasi” boʻlimida ixtiro qoʻllanadigan soha koʻrsatiladi. Bunday sohalar bir nechta boʻlganda, ular orasidan qaysi birida koʻproq qoʻllanilishi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Tavsifning “Texnika darajasi” boʻlimida talabnoma beruvchiga maʼlum boʻlgan ixtiro analoglari keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtironing analogi sifatida ixtironing ustuvorlik sanasigacha ommaviy tarzda oshkor etilgan axborot manbaidan maʼlum boʻlgan, ixtironing muhim belgilari majmuiga oʻxshash belgilar bilan tavsiflangan va ixtiro bajaradigan vazifani amalga oshiradigan vosita koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Analogni taʼriflashda uni ochib beradigan axborot manbalarining bibliografik maʼlumotlari, analogning belgilari talabnoma berilayotgan ixtironing muhim belgilari bilan mos keladiganlari ajratib koʻrsatilgan holda keltiriladi, shuningdek, texnik natija olishga toʻsqinlik qiluvchi sabablar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ixtiro analoglari orasidan ixtiroga muhim belgilar majmui boʻyicha eng yaqin boʻlgan analog ajratib koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ixtiro aniq vazifaga yoki biologik faol xususiyatlarga ega boʻlgan, aniqlanmagan tarkibli aralashmani olish usuliga oid boʻlganda analog sifatida xuddi shunday vazifaga va biologik faol xususiyatga ega boʻlgan aralashmalar olish usuli koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro yangi alohida kimyoviy, shuningdek, yuqori molekulyar birikma olish usuliga yoki gen injeneriyasi obyektiga oid boʻlganda, unga oʻxshash analogni olish usuli haqida maʼlumotlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Modda produtsentiga (mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turlari (liniyalari)) oid boʻlgan ixtironing eng yaqin analogini tavsiflashda hosil boʻladigan modda haqida maʼlumotlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro avval maʼlum boʻlgan mahsulot yoki usulni yangi maqsadda qoʻllashga oid boʻlganda, uning analoglariga xuddi shu vazifada ishlatiladigan maʼlum mahsulot yoki usul kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtirolar guruhini tavsiflashda analoglar haqidagi maʼlumotlar har bir ixtiro uchun alohida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. “Ixtiro mohiyati” boʻlimida ixtiro texnik natijaga erishish uchun muhim boʻlgan belgilar majmui orqali ifodalanib, uni amalga oshirish yetarli ravishda toʻliq ochib berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilar erishiladigan texnik natijaga taʼsir koʻrsatadigan (texnik natija bilan sabab-oqibat bogʻlanishiga ega) boʻlganda muhim belgilar hisoblanadi.

Ushbu boʻlimda ixtiro hal qilishi kerak boʻlgan vazifa ixtiro amalga oshirilganda erishiladigan texnik natija koʻrsatilgan holda ochib beriladi, shuningdek ixtironi tavsiflovchi barcha muhim belgilar keltiriladi, eng yaqin analogdan farqlanuvchi belgilar ajratiladi, bunda soʻralayotgan huquqiy muhofaza hajmi tatbiq qilinadigan barcha holatlarda texnik natijani olishni taʼminlaydigan belgilar yigʻindisi va ixtironi faqat aniq holatlarda, bajarilishining aniq shakllarida yoki undan foydalanishning alohida sharoitlarida tavsiflovchi belgilar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligidan belgini tavsiflash uchun foydalanilganda, ularning ketma-ketliklari “SEQ ID NO …”ning roʻyxatidagi raqami koʻrinishida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Belgining tavsifini ushbu belgi ochib berilgan axborot manbaiga havola qilingan holda almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Texnik natija oʻzi bilan ixtironi namoyon qiluvchi vositani amalga oshirishda (tayyorlashda) yoki undan foydalanishda olinishi mumkin boʻlgan texnik samara, xususiyat, hodisalar va boshqalarning tavsifini ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro bir necha texnik natijani olishni taʼminlaganda ularni koʻrsatish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik natija, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishqalanish koeffitsiyentini kamaytirish (oshirish);

qisilib qolishning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vibratsiyani kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biror organda qon aylanishini yaxshilash;

dori-preparat taʼsirini toʻplash yoki uning zaharliligini kamaytirish;

ishchi organning muhit bilan aloqasini yaxshilash;

signal shaklining oʻzgarishini kamaytirish;

suyuqlik sizib oʻtib ketishini kamaytirish;

yorilishning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaksinaning immunogenligini oshirish orqali ifodalanishi mumkin.

56. Ixtiro yaratilishida maʼlum vazifaga ega boʻlgan texnik vositalar koʻlamini kengaytirish yoki birinchi marta shunday texnik vositalar olish vazifasi hal qilinayotganda texnik natija shu vazifani amalga oshirishdan iborat boʻladi va buni maxsus taʼkidlash talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Ixtirolar guruhi uchun mazkur Reglamentning 52, 53 va 55-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar har bir ixtiro uchun alohida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turlarini (liniyalari) tavsiflashda ularning oʻzlari kelib chiqqan yoki eng yaqin shtammdan farq qiluvchi belgilari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Avval maʼlum boʻlgan mahsulot yoki usulni yangi maqsadda qoʻllashga oid ixtironi tavsiflashda maʼlum obyektning tavsifi keltiriladi va ular koʻrsatilgan adabiyotning bibliografik maʼlumotlari beriladi hamda uning maʼlum boʻlgan va yangi vazifasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Qurilmani tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konstruktiv element mavjudligi;

elementlar orasidagi bogʻliqlik mavjudligi;

elementlarning oʻzaro joylashganligi;

elementning yoki umuman qurilmaning bajarilish shakli, xususan, geometrik shakli;

elementning parametrlari va boshqa tavsiflari hamda ular oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik;

element yoki umuman qurilma tayyorlangan material;

element funksiyasini bajaruvchi muhit.

Qurilmani taʼriflash uchun qurilmada yoki uning biror elementida qurilmaning ishlashi yoki vazifasini bajarishi uchun taʼsir etmaydigan (soʻzli, tasviriy yoki aralash) belgilardan foydalanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Usulni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakat yoki harakatlar majmuining mavjudligi;

harakatlarni vaqt boʻyicha bajarish tartibi (ketma-ket, bir vaqtda, har xil kombinatsiyalarda va shu kabilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlarning bajarilish shartlari, rejimi, moddalar, birlamchi xomashyo, reagentlar, katalizatorlar, qurilmalar, mikroorganizm shtammlari, oʻsimlik va hayvon hujayralarining turlari (liniyalari) va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Kimyoviy birikmalarni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tuzilmaga ega boʻlgan quyi molekulyar birikmalar uchun sifat jihatidan tarkibi (maʼlum elementlar atomlari), miqdoriy tarkibi (har bir elementning atomlar soni), atomlar orasidagi bogʻlanish va ushbu atomlarning kimyoviy tuzilish formulasi koʻrinishida ifodalangan molekuladagi oʻzaro joylashgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tuzilmaga ega boʻlgan yuqori molekulyar birikmalar uchun kimyoviy tarkibi va makromolekulaning bir boʻgʻimining tuzilishi, makromolekulaning umumiy tuzilishi, boʻgʻimlarning davriyligi, molekulyar massa, molekulyar massaning taqsimlanishi, makromolekulaning geometriya va stereometriyasi, uning uchidagi va yonidagi guruhlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlanmagan tuzilishga ega boʻlgan alohida birikmalar uchun fizik-kimyoviy xususiyatlar, olish usuli va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa tavsiflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gen injeneriyasi mahsulotlariga taalluqli boʻlgan alohida birikmalar uchun nukleotidlar ketma-ketligi (nuklein kislotalar fragmentlari hollarida) yoki tabiiy xaritasi (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar hollarida), aminokislotalar ketma-ketligi hamda ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa fizik-kimyoviy tavsiflari.

63. Kompozitsiyalarni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifat jihatidan tarkibi (ingrediyentlar);

miqdoriy tarkib (ingrediyentlar miqdori);

kompozitsiya tuzilishi;

ingrediyentlar tuzilishi.

Tarkibi aniqlanmagan kompozitsiyalarni tavsiflash uchun ularning fizik-kimyoviy va foydalilik koʻrsatkichlari hamda ularni olish usulining belgilari ishlatilishi mumkin.

64. Yadroviy parchalanish yoʻli bilan olingan moddalarni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifat jihatidan tarkibi (element izotopi), miqdoriy tarkib (proton va neytronlar soni);

asosiy yadroviy tavsiflar, yaʼni yarim parchalanish davri, nurlanish energiyasi va koʻrinishi (radioaktiv izotoplar uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Mikroorganizm shtammlarini tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtamm oilasi va turining nomi (lotin tilida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib chiqishi (ajratib olinish manbai, nasli);

genotaksonomik va xemotaksonomik tavsiflari;

morfologik, fiziologik, shu jumladan madaniy yetishtirish jihatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biotexnologik tavsifi (yetishtirish sharoitlari, shtammdan hosil qilinadigan foydali moddaning nomi va xususiyati, faollik (mahsuldorlik) darajasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot va veterinariya sohasidagi mikroorganizmlar shtammlari uchun virulentlik, antigen tuzilishi, serologik xususiyatlari;

gibrid mikroorganizmlar shtammlari uchun gibridlash prinsipi.

66. Oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlarini (liniyalari) tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
passajlar miqdori;

kariologik tavsifi;

oʻsish (kinetik) tavsiflari;

hayvon organizmida oʻstirish tavsifi (gibridlar uchun);

morfogenezga qobiliyati (oʻsimlik hujayralari uchun).

67. Mikroorganizmlar, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari (liniyalari) konsorsiumlarini tavsiflash uchun mazkur Reglamentning 65 va 66-bandlarida qayd etilgan belgilarga qoʻshimcha ravishda quyidagi belgilar ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya va moslashtirish omillari va sharoitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taksonomik tarkibi, miqdori va ustun boʻlgan komponentlar;

umuman konsorsiumning turi va fiziologik xususiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu konsorsiumni boshqasidan farqlash uchun imkonini beradigan boshqa belgilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Genetik konstruksiyalarni tegishli ravishda tavsiflash uchun mazkur Reglamentning 60-bandida nazarda tutilgan belgilardan foydalaniladi, bunda konstruktiv elementlar boʻlib enxanser, promotor, terminator, tashabbuskor kodon, linker, oʻzga gen fragmenti, marker, flankirlovchi qism boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Transformatsiyalangan hujayrani tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transformatsiyalovchi element;

hujayra tomonidan oʻzlashtirib olinadigan belgilar (xususiyatlar);

hujayra kelib chiqishiga doir maʼlumotlar (prokariotik hujayra uchun urugʻ, oila turkumi va turi);

taksonomiyaga xos belgilar;

tabiiy genom mutatsiyasi;

hujayrani madaniylashtirish sharoitlari va ushbu hujayrani boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa tavsiflari.

70. Transgen oʻsimlikni tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genomda modifikatsiyalangan elementning mavjudligi;

oʻsimlik tomonidan oʻzlashtirib olinadigan belgilar;

oʻsimlikning kelib chiqishi;

taksonomiyaga tegishliligi va ushbu oʻsimlikni boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa tavsiflari.

71. Transgen hayvonni tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvon genomiga transformatsiyalangan gen va DNK hamda kodlovchi yoki ekspress maqsadli mahsulot;

hayvon tomonidan oʻzlashtirib olinadigan belgilar (xususiyatlar);

hayvon tomonidan hosil qilinadigan modifikatsiyalangan mahsulot;

hayvonning tegishliligi (turi, zoti va boshqalar) va ushbu hayvonni boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa tavsiflari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Avval maʼlum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllashni tavsiflash uchun yangi maqsadda qoʻllanayotgan obyektning identifikatsiyalash uchun yetarli boʻlgan qisqa tavsifi va uning yangi vazifasiga doir koʻrsatmasidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Tavsifning “Chizmalar va boshqa materiallar roʻyxati” boʻlimida tasvirlangan chizma figuralari va boshqa materiallarning qisqacha taʼrifi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. “Ixtironi amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi maʼlumotlar” boʻlimida ixtironi talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vazifada amalga oshirish mumkinligi ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mohiyati umumiy tushuncha bilan ifodalangan, xususan, funksional umumlashtirish darajasida keltirilgan belgidan foydalanish bilan tavsiflanuvchi ixtironi amalga oshirish imkoniyati bevosita talabnoma materiallarida bunday belgini hosil qilish uchun vositalarni yoki uni olish usullari yoxud bunday vosita va usullarning maʼlum ekanligi toʻgʻrisidagi koʻrsatmani ifodalash bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsifning ushbu boʻlimida ixtironi amalga oshirganda olinishi mumkin boʻlgan, hal qilinayotgan vazifa tavsiflanayotganda “Ixtiro mohiyati” boʻlimida koʻrsatilgan texnik natijaga erishish imkoniyatini tasdiqlovchi maʼlumotlar ham keltiriladi. Ixtironi tavsiflash uchun miqdorlar oraligʻi koʻrinishida ifodalangan miqdoriy belgilardan foydalanilganda texnik natijaga shu oraliqda erishish mumkinligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Qurilmaga oid ixtiroga uning konstruksiyasining (statik holatdagi) tavsifi chizma figuralariga izoh berilgan holda keltiriladi. Konstruktiv elementlarning tavsifdagi raqamli belgilari chizma figuralaridagi raqamli belgilariga mos kelishi kerak va ularni ketma-ket taʼriflash davomida birdan boshlab oʻsish tartibida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilma konstruksiyasini tavsiflashdan keyin uning harakati yoki undan foydalanish usuli konstruktiv elementlar va chizma figuralariga, zarur hollarda esa boshqa izoh beruvchi materiallarga (epyuralar, vaqt boʻyicha diagrammalar va boshqalar) raqam bilan izoh berilgan holda beriladi.

Qurilma funksional darajada tavsiflangan boʻlib, koʻrsatilgan amalga oshirish shakli dasturlangan koʻp funksiyali moslamadan foydalanishni nazarda tutganda unda qurilmadagi aniq biriktirilgan funksiyani bajarishi mumkinligini tasdiqlovchi maʼlumotlar beriladi. Bunday maʼlumotlar sifatida algoritm, xususan, hisoblash algoritmi keltirilganda uni koʻpincha bloksxema yoki agar mumkin boʻlsa, tegishli matematik ifoda koʻrinishida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Usulga oid ixtironi tavsiflash uchun moddiy obyekt boʻyicha bajariladigan harakatlar ketma-ketligi, shuningdek, harakatlar olib boriladigan shart-sharoitlar, agar zarur boʻlsa, aniq rejimlar (harorat, bosim va boshqalar) ishlatiladigan qurilmalar, moddalar, shtammlar koʻrsatiladi. Usul biror ustuvorlik sanasigacha maʼlum boʻlgan vositalar — qurilma, modda va shtammlardan foydalanish orqali tavsiflanganda ixtironi amalga oshirish mumkin boʻlgan holda ushbu vositalarni izohlash yetarlidir. Nomaʼlum vositalardan foydalanilganda ularning tavsiflari keltiriladi, zarur hollarda grafik tasvirlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Usulda yangi moddalardan foydalanilganda ularni olish usuli ochib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Umumiy tuzilish formulasi bilan tavsiflangan kimyoviy birikmalar guruhini olish usuliga oid ixtirolar uchun shu usul bilan guruhdagi birikmalarni olish misollari keltiriladi. Guruh kimyoviy bogʻlanish tabiati har xil radikallardan iborat birikmalarni oʻz ichiga olganda, ushbu birikmalarni olishni tasdiqlash uchun yetarli boʻlgan misollar keltiriladi. Guruhga kirgan birikmalarni olish uchun maʼlum usullar bilan tasdiqlangan tuzilish formulalari va fizik-kimyoviy tavsiflari keltiriladi. Tavsifda yangi birikmalarning vazifasi va biologik faol xususiyatlari haqida maʼlumotlar ham keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzilishi aniqlanmagan kimyoviy birikmalarni, tarkibi va tuzilishi aniqlanmagan aralashmalarni olish usuliga oid ixtirolar uchun ushbu birikma yoki aralashmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar keltiriladi. Birikma yoki aralashmalarni olish uchun boshlangʻich reagentlar haqida maʼlumotlar, shuningdek, birikma yoki aralashmaning talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vazifasini amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi maʼlumotlar, xususan, bu vazifani keltirib chiqaruvchi xususiyatlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Inson yoki hayvonlardagi kasalliklarni davolash, ularga tashxis qoʻyish yoki oldini olish usuliga oid ixtirolar uchun kasallik etiopatogeneziga taʼsir koʻrsatadigan aniqlangan omillar yoki etiopatogenez va tashxis koʻrsatkichlari orasidagi bogʻlanishni keltirib chiqaruvchi omillar haqida maʼlumotlar keltiriladi. Bunday maʼlumotlar boʻlmaganda, usulning koʻrsatilgan holat yoki kasallikni davolash, tashxis qoʻyishni yoki oldini olishga yaroqliligini tasdiqlovchi haqiqiy maʼlumotlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Tuzilishi aniqlangan yangi alohida kimyoviy birikmaga oid ixtiro uchun maʼlum uslublar bilan isbotlangan tuzilish formulasi, fizik-kimyoviy konstantalar keltiriladi va yangi birikma birinchi marta olingan usul ochib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Gen injeneriyasi mahsulotlariga taalluqli boʻlgan alohida birikmalar uchun ketma-ketliklar roʻyxatidagi nukleotidlar ketma-ketligining raqamiga doir koʻrsatma (nuklein kislotalar fragmentlarida) yoki tabiiy xarita (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar holatida), ketma-ketliklar roʻyxatidagi aminokislotalar ketma-ketligining raqamiga doir koʻrsatma hamda ushbu birikmani boshqalaridan farqlash uchun zarur boʻlgan fizik-kimyoviy va boshqa tavsiflar keltiriladi. Yangi birikma birinchi marta olingan usul tavsiflanadi va ushbu birikmadan maʼlum vazifa boʻyicha foydalanish imkoniyati koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligidan belgini tavsiflash uchun foydalanilganda ularning ketma-ketliklari roʻyxatidagi raqami “SEQ ID NO …” koʻrinishida erkin matnda taqdim etiladi.

81. Biologik faol birikma uchun faollik va zaharlilik miqdori tavsiflarining koʻrsatkichlari, zarur boʻlganda esa tanlab taʼsir qilish va boshqa koʻrsatkichlari keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Ixtiro insonlar yoki hayvonlardagi maʼlum holatlar yoki kasalliklarni davolash, tashxis qoʻyish yoki profilaktika qilish vositasiga oid boʻlganda, tavsifda uning ishlatilishi natijasida kasallik etiopatogeneziga koʻrsatadigan taʼsirini tushuntiradigan omillar haqida maʼlumotlar keltiriladi. Bunday maʼlumotlar boʻlmaganda koʻrsatilgan kasalliklarni davolash, tashxis qoʻyish yoki profilaktika qilish uchun yaroqliligini tasdiqlovchi maʼlumotlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Ixtiro tuzilishi aniqlangan kimyoviy birikmaga taalluqli boʻlganda maʼlum boʻlgan uslublar bilan isbotlangan tuzilish formulasi, fizik-kimyoviy konstantalar keltiriladi, birikma olingan usul tavsiflanadi va ixtirodan koʻrsatib oʻtilgan vazifasi boʻyicha foydalanish imkoniyati keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Yangi kimyoviy birikma mikroorganizmlar shtammi, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlaridan (liniyalari) foydalanish orqali olinganda ushbu shtamm va tur (liniya) ishtirokida yangi kimyoviy birikmani olish usuli, shtamm va tur (liniya) haqida maʼlumot, shuningdek shtamm va tur (liniya) saqlash uchun topshirilganligi haqida maʼlumotnoma taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Ixtiro oraliq birikmaga oid boʻlganda uni avvaldan maʼlum boʻlgan oxirgi mahsulotga aylantirish uchun qayta ishlash imkoniyati yoki undan aniq vazifada ishlatiladigan yoki biologik faol xususiyatga ega boʻlgan yangi mahsulot olish mumkinligi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Ixtiro nuklein kislotalar yoki oqsillarga taalluqli boʻlganda ketma-ketlik roʻyxatidagi ketma-ketlik raqami (nuklein kislotalar uchun — nukleotidlar, oqsillar uchun — aminokislotalar) hamda ushbu mahsulotni boshqalardan farqlashga imkon beradigan fizik-kimyoviy va boshqa tavsiflar keltiriladi. Bunda mahsulot olingan usul bayon qilinadi va ushbu mahsulotdan belgilangan vazifa boʻyicha foydalanish imkoniyati koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Ixtiro kompozitsiyaga (tarkiblar, aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va boshqalarga) oid boʻlganda kompozitsiya tarkibiga kirgan ingrediyentlar, ularning xususiyatlari va miqdoriy nisbatlari koʻrsatilgan misollar keltiriladi. Bunda kompozitsiyani olish usuli tavsiflanadi. Kompozitsiyada biror ingrediyent sifatida yangi modda qoʻllanilganda uni olish usuli ham tavsiflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keltirilgan misollarda har bir ingrediyentning miqdori ixtiro formulasida keltirilgan chegaralarda boʻlgan birliklarda beriladi (ixtiro formulasida ingrediyentlar nisbati foizlarda ifodalanganda (massa yoki hajmi boʻyicha) koʻrsatilgan barcha ingrediyentlar yigʻindisi 100 foizga teng boʻladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Shtammga taalluqli boʻlgan ixtiro uchun shtammning nomenklatura maʼlumotlari va kelib chiqishi, ozuqa (ekiladigan va fermentatsiyalanadigan) muhitining miqdoriy va sifat jihatidan tarkibi, madaniy yetishtirish sharoitlari (harorat, pH, O2 ning solishtirma massa oʻtkazilishi, yoritilganligi va boshqalar), fermentatsiya vaqti, biosintez tavsifi, foydali (maqsadli) mahsulot, mahsulot chiqishi, shtammning faollik (mahsuldorlik) darajasi va uni aniqlash usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi. Maqsadli mahsulotni (yangi maqsadli mahsulot produtsentlari, masalan, antibiotiklar, fermentlar, monoklonal antitanachalar va boshqalar uchun) ajratib olish va tozalash usuli ochib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Mikroorganizmlar konsorsiumlari, oʻsimlik va hayvon hujayralari uchun quyidagi maʼlumotlar koʻrsatib oʻtiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komponentlar mavjudligini tekshirish usuli;

ajratib olish (seleksiya) usuli va seleksiya olib borilgan belgilar;

uzoq muddat davomida yetishtirilayotganda konsorsiumning barqarorligi;

oʻzga mikroorganizmlar tomonidan zararlanishga chidamliligi.

90. Shtamm, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlariga (liniyalari) yoxud ular ishlatiladigan usulga taalluqli ixtironi amalga oshirish imkoniyati shtamm yoki turni (liniya) olish usulini tavsiflash bilan tasdiqlanganda, agar shtammni olish usulining tavsifi yetarli boʻlmasa, shtamm yoki turning (liniya) saqlash uchun topshirilganligi (depozitariy nomi va obyektni roʻyxatdan oʻtkazish raqami) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda saqlash uchun topshirish sanasi ixtiro ustuvorligi sanasigacha boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Shtamm, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turi (liniya) yoki konsorsium obyekti eng kamida patent amal qilishi muddati ichida hayotiyligini taʼminlashni kafolatlaydigan xalqaro depozitariyga yoki milliy depozitariyga joylashtirilganda patentlash jarayoni uchun saqlash uchun topshirilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati toʻrtta va undan koʻp aminokislotalardan iborat yoki oʻnta va undan koʻp nukleotidlardan iborat tarmoqlangan boʻlmaganda tavsifning “Ixtiro mohiyati” boʻlimida ushbu ketma-ketliklar batafsil ochib beriladi. Bunda har bir ketma-ketlikka alohida raqam beriladi. Ketma-ketliklar raqamlari birdan boshlanishi va tartib bilan butun songa oshib borishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxatidagi har bir ketma-ketlikning raqami ixtiro tavsifi, formulasi yoki grafik tasvirlarda koʻrsatilgan uning raqamiga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi hech boʻlmaganda quyidagi imkoniyatlarning biri yordamida taqdim etilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat nukleotidlar ketma-ketligi bilan;

faqat aminokislotalar ketma-ketligi bilan;

nukleotidlar ketma-ketligining tegishli aminokislotalar ketma-ketligi bilan.

Mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda aminokislotalar ketma-ketligi alohida raqamga ega boʻlgan aminokislotalarning alohida ketma-ketligi sifatida taqdim etilishi kerak. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligining roʻyxati oʻzi bilan ixtiro tavsifining bevosita tarkibiy qismini namoyon qilganligi bois mazkur ketma-ketliklar tavsifning biron-bir joyida batafsil keltirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati oʻzining bayon qismida erkin matn — neytral til leksikasi foydalanilmagan ketma-ketliklar tavsifini bayon qiluvchi jumlalarni oʻz ichiga olganda, ushbu erkin matn ixtiro tavsifining ketma-ketliklar roʻyxatidagi ketma-ketlik raqamini aynan oʻsha koʻrinishda oʻz ichiga olgan boshqa boʻlimlarida takrorlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Avval maʼlum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtamm va hujayralar turini (liniyasi) yangi vazifada qoʻllanilishiga taalluqli ixtiroda ushbu vazifani amalga oshirish imkoniyatlarini tasdiqlovchi maʼlumotlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Ixtironing formulasi tavsif va chizmalarga toʻliq asoslangan boʻlishi kerak, yaʼni ixtiro uning tavsifida mavjud boʻlgan va chizmalarda keltirilgan tushunchalar bilan taʼriflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Ixtironing formulasi uning mohiyatini ifodalashi kerak, yaʼni talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnik natijaga erishish uchun yetarli darajada ixtironing muhim belgilari majmuini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Ixtiro belgilarining ixtiro formulasida ifoda etilishi ularni identifikatsiya qilishi, yaʼni maʼlum boʻlgan texnika taraqqiyoti darajasi asosida ularning maʼnosi va mazmunini mutaxassislar bir xil maʼnoda tushunish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Ixtiro formulasidagi belgi taʼrifini axborot manbaiga havola qilish bilan almashtirish mumkin emas. Belgini tavsif yoki chizmalarga havola qilmasdan taʼriflashning imkoni boʻlmaganda va mazkur Reglamentning 97-bandi talablariga rioya etilganda belgi taʼrifi bunday havola qilish bilan almashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Nukleotidlar va aminokislotalarning ketma-ketligidan ixtiro formulasidagi belgini tavsiflash uchun foydalanilganda ketma-ketliklar roʻyxatidagi uning raqami “SEQ ID NO...” koʻrinishida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Ixtiro formulasi umumiy tushunchadagi belgilar bilan taʼriflanganda ushbu belgilar doirasidagi aniq hollarda koʻrsatilgan texnik natijani berganda, ixtironing belgisi umumiy tushunchalar bilan tavsiflanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan muqobilidan tanlab olingan har bir belgi ixtironing boshqa belgilari bilan birgalikda bir xil texnik natijani olishni taʼminlaganda belgi muqobil tushunchalar koʻrinishida ifoda etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Ixtironing formulasi bir zvenoli va koʻp zvenoli boʻlishi hamda tegishlicha bir yoki bir necha bandlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Bir zvenoli formula ixtironing tayyorlanishi yoki undan foydalanishning aniq hollarida rivojlantirishlar va aniqlashtirishlarga ega boʻlmagan muhim belgilar majmui bilan bitta ixtironi tavsiflash uchun qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Ixtironing koʻp zvenoli formulasi ixtironing tayyorlanishi va undan foydalanishning aniq holatlarida rivojlantirishlar hamda aniqlashtirishlarga ega boʻlgan muhim belgilar majmui bilan bitta ixtironi yoki ixtirolar guruhini tavsiflash uchun qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta ixtironi tavsiflovchi koʻp zvenoli formula bir mustaqil bandga va undan keyin keluvchi unga bogʻliq bandlarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtirolar guruhini tavsiflovchi koʻp zvenoli formula bir necha mustaqil bandlarga ega boʻlib, ulardan har biri guruhning ixtirolaridan birini tavsiflaydi. Shu bilan birga guruhning har bir ixtirosi tegishli mustaqil bandga boʻysunuvchi bogʻliq bandlarni jalb etish bilan tavsiflangan boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp zvenoli formula bandlari birdan boshlab ularni bayon etish tartibida ketma-ket arab raqamlari bilan raqamlanadi.

104. Ixtirolar guruhini tavsiflovchi formulani bayon etishda quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ixtirolarni tavsiflovchi mustaqil bandlarda odatda formulaning boshqa bandlariga havola qilinmaydi, agar bandga havola qilinsa, havola qilinayotgan bandning mazmuni toʻliq takrorlanmasdan bayon etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bogʻliq bandlar oʻzlari boʻysungan mustaqil bandlar bilan birga guruhlarga birlashtiriladi, shu jumladan, guruhdagi turli ixtirolarni taʼriflash uchun bir xil mazmundagi bogʻliq bandlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Formulaning bandi odatda eng yaqin analogning belgilari bilan mos keluvchi, jumladan, ixtironing vazifasini koʻrsatuvchi umumlashtiruvchi tushunchani oʻz ichiga oladigan muhim belgilarga ega boʻlgan cheklovchi qismdan va ixtironi eng yaqin analogidan farqlaydigan muhim belgilarni oʻz ichiga oladigan farqlovchi qismdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Formula bandi cheklovchi va farqlovchi qismlarga boʻlib tuzilganda cheklovchi qism bayon etilgandan soʻng “shu bilan farqlanadiki” soʻz birikmasi kiritiladi va bundan keyin bevosita farqlovchi qism bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Quyidagi holatlarda ixtiro formulasi bandi cheklovchi va farqlovchi qismlarga boʻlinmasdan tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy birikma;

mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turi (liniyasi);

avval maʼlum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
analoglarga ega boʻlmagan ixtiro.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Formulaning bandi bitta jumla koʻrinishida bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Ixtiro formulasining mustaqil bandi faqat bitta ixtiroga taalluqli boʻladi va bitta jumla koʻrinishida bayon etiladi. Ixtirolar — variantlar faqat muqobil koʻrinishda ifodalangan belgilar bilan farqlanganda, formulaning bitta mustaqil bandida bir qancha ixtirolarni — variantlarni tavsiflashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Formulaning mustaqil bandida muqobil koʻrinishda faqat funksional mustaqil boʻlmagan (yaʼni qurilmaning boʻgʻimi yoki detali, usul operatsiyasi, usulda qoʻllanadigan modda, material, moslama, kompozitsiya ingrediyenti hisoblanmagan) belgilar ifodalanganda bunday mustaqil band faqat bitta ixtiroga taalluqli deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Formulaning mustaqil bandi undagi mavjud belgilar majmui turli obyektlarga yoki har biri oʻz vazifasiga ega boʻlgan vositalar majmuiga oid boʻlgan ixtirolarning tavsifining umumiy vazifadagi vositalarning koʻrsatilgan majmuini amalga oshirilmagan holda taʼrifini oʻz ichiga olganda, bir ixtiroga taalluqli deb eʼtirof etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Ixtironing bogʻliq bandi mustaqil bandda keltirilgan ixtironi faqat uni bajarish yoki foydalanishning aniq holatlarida tavsiflaydigan belgilar bilan ixtiro belgilari majmuining rivojlanishi va aniqlanishini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Ixtironing formulasidagi bogʻliq bandning cheklovchi qismi u bogʻliq boʻlgan mustaqil bandning qoʻllanilishini aks ettiruvchi umumlashgan tushunchaga nisbatan qisqartirilgan shakl bilan mustaqil va bogʻliq bandga tegishliligi boʻyicha havola qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bogʻliq band formulaning bir necha bandlariga boʻysunganda ularga havola qilish muqobilidan foydalanilgan holda koʻrsatiladi, soʻng ixtironing bajarilishi yoki undan foydalanishning aniq holatlarida ixtironi tavsiflovchi belgilar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Ixtironi tavsiflash uchun uning bajarilishi yoki undan foydalanishning aniq holatlarida bogʻliq bandning belgilari bilan bir qatorda mustaqil bandning belgilari va bu bogʻliq bandning mustaqil bandga boʻysunishidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtironi tavsiflash uchun formulaning boshqa bir yoki bir necha bogʻliq bandlarining belgilari zarur boʻlganda, ushbu bogʻliq bandning mustaqil bandga tegishli bogʻliq bandlari orqali boʻysunishidan foydalaniladi. Bunda ushbu bogʻliq bandda u bevosita boʻysungan bogʻliq bandgagina havolalar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Ixtiro formulasining bogʻliq bandi formulaning oʻzi boʻysungan oʻsha bandining belgilarini almashtiradigan yoki chiqarib tashlaydigan holda bayon etilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro formulasining bogʻliq bandi mustaqil bandning belgilari almashtirilgan yoki chiqarib tashlangan holda shakllantirilganda, ushbu bogʻliq band oʻzi boʻysungan mustaqil band bilan birga bitta ixtironi tavsiflaydi deb eʼtirof etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Qurilma belgilari formulada statik holatda tavsiflanadi. Qurilmaning konstruktiv elementi bajarilishini tavsiflashda uning harakatlanuvchanligi u tomonidan maʼlum bir funksiya (aylanish imkoniyati, siljish imkoniyati) va boshqalarni amalga oshirish imkoniyatini koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma chizmalarni oʻz ichiga olganda formulada eslatib oʻtilgan va ekvivalent konstruktiv elementlarni ifodalaydigan belgilar ularga taalluqli boʻlgan havolaki belgilar bilan birga berilishi mumkin. Havolaki belgilar soʻralayotgan huquqiy muhofaza hajmiga taʼsir etmaydi va faqat formulani toʻliqroq va aniqroq tushunish maqsadlarida keltiriladi.

115. Usul belgi sifatida harakatni (usul, operatsiya) tavsiflashda feʼllardan foydalanilganda ular aniqlik nisbatida, aniqlik maylida, uchinchi shaxsda bayon qilinadi (qizdiriladi, namlanadi, kuydiriladi va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Kelib chiqish tuzilmasi aniq boʻlgan kimyoviy birikmani tavsiflovchi ixtiro formulasiga birikmaning nomlanishi yoki belgilanishi kiritiladi. Gen injeneriya mahsulotlariga taalluqli birikmalar uchun ixtiro formulasiga ketma-ketliklar roʻyxatidagi nukleotidlar ketma-ketligi (nuklein kislotalar fragmenti holatida) raqamiga koʻrsatma va tabiiy xaritaning (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar holatida) soʻzli tavsifi, ketma-ketliklar roʻyxatidagi aminokislotalar ketma-ketligi raqamiga koʻrsatma hamda fizik-kimyoviy va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa tavsiflar kiritiladi. Tuzilmasi aniqlanmagan birikmalar uchun ixtiro formulasiga nomlanishi, fizik-kimyoviy va ushbu birikmani farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa tavsiflar, masalan uni olish usulining belgilari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Kompozitsiyani tavsiflaydigan ixtiro formulasiga kompozitsiyaga kiradigan ingrediyentlar va zarur boʻlganda ingrediyentlarning miqdoriy qiymatlariga tegishli belgilari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompozitsiyani tavsiflaydigan formulaga ingrediyentlarning miqdorini koʻrsatadigan belgilar kiritilganda ular bir xil birliklarda, odatda ikkita qiymatlarda, eng koʻp va eng kam (quyi va yuqori) miqdorlarda ifodalanadi.

Kompozitsiya elementlari bittasining miqdori bitta qiymat orqali, boshqalari esa uning qiymatiga nisbatan interval koʻrinishida berilishi mumkin (masalan, ingrediyentlar miqdori kompozitsiya asosiy ingrediyentining 100 massa qismiga yoki 1 litr eritmaga nisbatan keltiriladi).

Kompozitsiya tarkibidagi antibiotiklar, fermentlar, anatoksinlar va boshqalar miqdori kompozitsiyaning boshqa komponentlari birliklaridan oʻzgacha birliklarda koʻrsatilishi mumkin (masalan, boshqa komponentlar massa soniga nisbatan ming birliklarda).

118. Kompozitsiyaga oid ixtiro qoʻshimcha ingrediyent kiritish bilan tavsiflanganda formulaning farqlovchi belgisi “qoʻshimcha ravishda oʻz ichiga oladi” degan iborani qoʻllagan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazifasi yangi faol komponent bilan belgilanadigan boshqa komponentlar anʼanaviy qoʻllaniladigan neytral qismlar boʻlganda formulada shu faol komponentni va uning miqdorini “samarali miqdor” koʻrinishida keltirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday kompozitsiyalarni tavsiflaydigan yana bir variant — undagi faol komponentdan tashqari boshqa komponentlarni (neytral qismlarni) umumlashtirma tushuncha “maqsadli qoʻshimchalar” koʻrinishida ifodalanadi. Bunda faol komponentlar va maqsadli qoʻshimchalarning miqdoriy nisbatlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Ixtiro belgisi sifatida murakkab tarkibli maʼlum modda koʻrsatilganda shu moddaning funksiyasini va xususiyatini koʻrsatib maxsus nomini keltirish mumkin. Bunda ixtiro tavsifida shu modda tavsiflanadigan adabiyot koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turlarini (liniyalari) tavsiflaydigan formula depozitariyning bosh harflari, saqlash uchun topshirilgan obyektga berilgan roʻyxat raqami va shtamm vazifasi koʻrsatilgan holda biologik obyektning oila turkumlari va turlariga oid lotin tilidagi nomini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Ixtiro maʼlum boʻlgan ixtironi yangi maqsadda qoʻllashga oid boʻlganda quyidagi tuzilishdagi formula ishlatiladi: “(avval maʼlum boʻlgan ixtiro nomi yoki tavsifi keltiriladi) (koʻrsatilgan ixtironing yangi vazifasi keltiriladi) sifatida ishlatilishi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Ixtiro mohiyatini tushuntiradigan materiallar grafik tasvir (chizma, sxema, grafika, epyura, rasm, ossilogramma kabilar) va jadval koʻrinishida bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtironi chizma va sxemalar orqali ochib berishning iloji boʻlmaganda tasvirlar taqdim etiladi. Fotosuratlar tasvirlarga qoʻshimcha qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Referat ixtiro tavsifining qisqartirilgan bayoni boʻlib, ixtiro haqida maʼlumot olish uchun xizmat qiladi. Unda ixtiro nomi, foydalanish sohasi, quyilgan vazifa, ixtiro mohiyatining tavsifi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referatdagi ixtiro mohiyati mustaqil bandning barcha muhim belgilarini saqlab qolgan holda ixtiro formulasini erkin tarzda bayon etish orqali taʼriflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda ixtiro referatiga chizma yoki kimyoviy formula kiritilishi mumkin. Referatga kiritilayotgan chizmalar bilan tavsifga ilova qilinadigan chizmalar bir-biriga mos kelishidan qatʼi nazar alohida sahifada beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Referatda qoʻshimcha maʼlumotlar, xususan, bogʻliq bandlar, grafik tasvirlar, jadvallar mavjudligi va soni koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Referat matnining hajmi 1000 ta belgidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Talabnomaga odob-axloq va ijtimoiy tartibga zid iboralar, chizmalar, rasmlar, fotosuratlar va boshqa materiallar; oʻzga shaxslarning mahsulotlari yoki texnologik jarayonlariga, shuningdek, talabnomalari va muhofaza hujjatlariga nisbatan bayon qilingan kamsituvchi fikrlar; ixtiroga ochiqdan-ochiq taalluqli boʻlmagan yoxud talabnoma materiallarini mazkur Reglamentning talablariga muvofiq deb eʼtirof etish uchun zarur boʻlmagan maʼlumotlar va fikrlar kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnika darajasi” boʻlimida maʼlum mahsulot yoki usulni taʼriflashda uning kamchiligini koʻrsatish yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan element deb hisoblanmaydi.

127. Ixtironing formulasi, tavsifi, tushuntirib beruvchi materiallarida va referatida standartlashtirilgan atama va qisqartmalar, ular mavjud boʻlmaganda ilmiy-texnika adabiyotda umumqabul qilingan atama va qisqartmalar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnika adabiyotda keng qoʻllanilmaydigan atama va qisqartmalar ishlatilganda ularning maʼnosi matnda birinchi marta qoʻllanilganda izohlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsif va formulada atamalarning yagonaligiga rioya qilinadi. Ushbu talab fizikaviy birliklar va foydalaniladigan shartli belgilarga ham taalluqlidir.

Fizikaviy miqdorlar imkon qadar amaldagi Xalqaro birliklar tizimi birliklari bilan ifoda etiladi.

128. Barcha materiallar reproduksiya qilinib, cheklanmagan miqdorda nusxa koʻchirish imkoniyati boʻlgan tarzda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Talabnomaning har bir hujjati alohida sahifadan boshlanadi va A4 formatda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Talabnomaning har bir hujjati bir-biriga bogʻliq boʻlmagan birdan boshlanadigan raqamga ega boʻladi. Sahifalarning raqamlari ikkinchi sahifadan boshlab arab raqamlari bilan qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Hujjatda grafik belgi, lotincha nom, lotin va yunoncha harf, matematik va kimyoviy formula hamda simvollar yozilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Kimyoviy birikmaning tuzilish formulasi odatda alohida figura sifatida (grafik materiallar kabi) raqamlanib, izohli belgilar koʻrsatilgan holda alohida sahifada beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimyoviy tuzilish formulasini yozishda umumiy qoʻllanishdagi belgilar ishlatiladi, elementlar va radikallar oʻrtasidagi bogʻlanish aniq koʻrsatiladi.

Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxatini BIMTning tegishli standartiga muvofiq rasmiylashtirish kerak.

133. Ixtironing tavsifi, formulasi va referatida matematik formulalar mavjud boʻlganda barcha harfli belgilarga formulada qoʻllanilgan tartib boʻyicha izoh beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matematik belgilar matematik formulalarda qoʻllanadi, matnda esa ular soʻzlar bilan yoziladi.

134. Grafik tasvirlar (chizmalar, sxemalar, grafiklar, rasmlar va shu kabilar) chizmachilik asboblari yordamida yoki maxsus grafik chizmalar chizish dasturlarida aniq chiziqlar va shtrixlar bilan bajariladi, bunda boʻyashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Tasvirlarning masshtabi va aniqligi reproduksiya qilish paytida oʻlchamlar 2/3 gacha chiziqli kichraytirilganda hamma detallarni farqlab, aniqlash mumkin boʻladigan tarzda tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Har bir grafik tasvir arab raqamlari va “figura” soʻzi bilan (1-figura, 2-figura va boshqalar), ularning tavsif matnida keltirilishi ketma-ketligiga muvofiq alohida raqamlanadi. Grafik tasviri bitta figura bilan tavsiflanganda u raqamlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Ikki va undan ortiq sahifalarda joylashgan figuralar bitta figuraning boʻlaklarini tashkil etganda, har xil sahifalarda tasvirlangan figuralardan birortasi tushirib qoldirilmay birlashtirish mumkin boʻlgan holda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Chizmalar mazkur Reglamentning 135, 136, 141 va 142-bandlari va texnik chizmalarni tayyorlash qoidalariga muvofiq bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Chizmadagi har bir element boshqa elementlarga nisbatan mutanosib holda bajariladi, bundan elementni aniq tasvirlash uchun proporsiyalarning bir-biridan farqlanishi zarur boʻlgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140. Chizmalar yozuvlarsiz bajariladi, bundan “suv”, “bugʻ”, “ochiq”, “yopiq”, “A-A” (kesimni koʻrsatish uchun) kabi tushunish uchun oʻta zarur boʻlgan soʻzlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Chizmalarda oʻlchamlar koʻrsatilmaydi, zarur boʻlgan hollarda ular tavsifda keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. Chizmalarda tasvirlangan elementlar ixtironing tavsifiga muvofiq arab raqamlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha figuralarda keltirilgan bir element bir xil raqam bilan belgilanadi. Tavsifda keltirilmagan element chizmaga kiritilmaydi.

143. Grafik tasvir sxema shaklida keltirilganda, uni bajarishda shartli grafik belgilar qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Sxema toʻgʻri burchaklar koʻrinishida elementlarning grafik belgilanishi sifatida taqdim etilganda bevosita toʻgʻri burchakka raqamli belgidan tashqari elementning nomi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Chizma, sxema, tasvirlar ixtiro tavsifi va formulasida keltirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Axborot manbalarining bibliografiya maʼlumotlari ular boʻyicha axborot manbaini topish mumkin boʻlgan holda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. Vakil orqali topshirilgan talabnomaga unga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma ilova qilinadi. Ishonchnoma oddiy yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtning oʻzida yoki talabnoma topshirilgan sanadan ikki oydan kechiktirilmay taqdim etiladi.

4-bob. Hujjatlarni topshirish

148. Davlat xizmatidan foydalanishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar Davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning maxsus axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezidentlar davlat xizmatidan foydalanish uchun axborot tizimi orqali vakolatli organga talabnoma topshiradi.

Talabnoma vakolatli organga pochta aloqasi orqali ham topshirilishi mumkin. Bunda talabnoma vakolatli organ tomonidan zudlik bilan axborot tizimiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Talabnoma topshirilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. Axborot tizimi va YIDXP oʻrtasida axborot almashinuvi elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Arizani axborot tizimi yoki YIDXP orqali topshirishda ariza shakli toʻldirilganidan soʻng talabnoma beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, arizani tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilganda ariza uning nomidan Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldiriladi.

Yuridik shaxs nomidan ariza tashkilot rahbari yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanadi.

Arizani pochta aloqasi orqali topshirishda u imzolash yoʻli bilan tasdiqlanadi. Bunda tegishli maʼlumotlar qoʻshimcha varaqlarda keltirilganda ularning har biri imzolanadi.

152. Davlat xizmatini koʻrsatishda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan miqdorda patent boji toʻlanadi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent boji toʻlovi yagona billing tizimi orqali elektron shaklda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Talabnoma beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek, davlat xizmatini koʻrsatish uchun patent bojini toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomani qabul qilishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.

154. Vakolatli organ talabnomani qabul qilib, roʻyxatga olgandan soʻng talabnoma beruvchiga talabnomaning qayd raqami, kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan xabarnomani tegishli ravishda axborot tizimi yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda yoxud pochta aloqasi boʻyicha yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Talabnoma boʻyicha ishlarni amalga oshirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami koʻrsatilishi shart. Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. Talablarga javob bermaydigan tarzda materiallar topshirilganda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan tuzatilgan va yetishmagan materiallarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Qonunning 20-moddasiga koʻra talabnoma beruvchi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran ikki oy mobaynida talabnomada koʻrsatilgan ixtironing mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar (keyingi oʻrinlarda — tuzatishlar) kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganda talabnoma boʻyicha tuzatishlar mazkur Reglamentning 157-bandida nazarda tutilgan muddat oʻtgandan keyin ham, lekin patent berish haqidagi qaror qabul qilingunga qadar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Patent boji toʻlanmaganda tegishli harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Toʻlangan patent boji belgilangan miqdorga mos boʻlmaganda talabnoma beruvchi Markaz tomonidan bojning yetishmagan qismini toʻlash haqidagi xabarnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida kerakli summani toʻlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. Talabnoma materiallariga mazkur Reglamentning 165-bandida nazarda tutilgan oʻzgartirishlardan boshqa tuzatishlar talabnoma beruvchi tomonidan mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq ariza orqali kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Talabnoma materiallaridagi yaqqol koʻrinib turgan va texnik xatolar ixtiro roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar toʻgʻrilanishi mumkin. Taklif qilingan tuzatishdan boshqacha boʻlishi mumkin emasligi soha mutaxassisi uchun umumiy bilimlardan maʼlum boʻlganda tuzatish yaqqol koʻrinib turgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Tuzatish imloviy xatoga, bibliografiya maʼlumotini koʻrsatishdagi xatolikka va boshqa shu kabi xatolarga oid boʻlganda tuzatish kiritish zarurligi almashtiriladigan sahifani taqdim etmasdan talabnoma beruvchining xatida bayon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Mazkur Reglamentning 25-bandiga muvofiq nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati oʻzgartirilganda roʻyxat (.pdf va .docx formatlarda) qaytadan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. Belgilangan talablarga rioya qilinmaganda talabnoma beruvchi taqdim etilgan talabnoma materiallariga tuzatishlar kiritish lozimligi yoki tegishli sabablarni koʻrsatib talabnoma materiallariga tuzatish kiritish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. Talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi yozuvlar talabnoma beruvchi tomonidan ariza topshirish orqali kiritiladi. Arizada huquq oʻzga shaxsga oʻtkazilishi koʻrsatilishida mazkur Reglamentning 28 va 31-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ariza bilan birga huquqni topshiruvchi va huquqni qabul qilib oluvchi tomonidan imzolangan huquq oʻtkazilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda taqdim qilinadi.

Belgilangan talablarga rioya qilinganda talabnoma beruvchiga talabnoma materiallariga talabnoma beruvchining oʻzgartirilgani toʻgʻrisida qayd kiritilgani haqida xabar beriladi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.

Talabnoma beruvchiga talabnoma materiallariga oʻzgartirish kiritilgani toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan sana huquq yangi talabnoma beruvchiga oʻtgan sana deb hisoblanadi.

Belgilangan talablarga rioya qilinmaganda, talabnoma beruvchi va huquqni qabul qilib oluvchiga taqdim etilgan hujjatlarga tuzatishlar kiritish zarurligi yoki talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini oʻzgartirish haqidagi qaydni kiritish mumkin emasligi toʻgʻrisida tegishli sabablar koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.

166. Patent olish huquqi boshqa shaxsga oʻtkazilishi natijasida talabnoma beruvchini oʻzgartirish yoki talabnoma beruvchining nomi (ismi) ixtiro davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167. Ixtiro birligi talabi buzilganda topshirilgan talabnoma talabnoma beruvchining iltimosiga asosan ikki yoki bir necha talabnomalarga ajratilishi mumkin (keyingi oʻrinlarda — ajratilgan alohida talabnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan alohida talabnomalar boʻyicha birinchi talabnomaning topshirish sanasi, ixtiroga topshirilayotgan talabnomaning ustuvorlik sanasi yoki birinchi talabnoma boʻyicha oldinroq ustuvorlikni belgilash huquqi mavjud boʻlganda ushbu ustuvorlik saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma erkin shaklda beriladi va mazkur Reglamentning 3-bobiga muvofiq rasmiylashtirilgan materiallar ilova qilinadi va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur band talablariga rioya qilinganda, talabnomani ajratish toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantiriladi va talabnoma beruvchi bu haqida xabardor qilinadi.

168. Talabnoma haqidagi maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilingandan soʻng ixtiro tavsifi, formulasi, chizmalari va grafik materiallari tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169. Talabnoma bilan bogʻliq masalalar talabnoma beruvchi ishtirokida koʻrib chiqish, qoida tariqasida, talabnoma materiallari boʻyicha ekspertiza tomonidan qoʻshimcha tushuntirishlar olish zarurati paydo boʻlgan holatda hamda ixtironing patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozitsiyasini aniqlash uchun qoʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170. Masalalar talabnoma beruvchi ishtirokida tomonlar savollar bilan tanishib chiqqandan soʻng Markaz taklifiga yoki talabnoma beruvchining erkin shakldagi iltimosnomasiga binoan qoʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizaning savollari qoʻshimcha ravishda uchrashuvning maqsadga muvofiqligi xabar qilingan soʻrovnomada, talabnoma beruvchining savollari esa bunday koʻrib chiqishni oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnoma yuborilganda talabnoma beruvchi talabnomani koʻrib chiqishda qatnashish niyatidan qatʼi nazar, soʻrovnomaga belgilangan muddatda javob berishi shart.

171. Talabnoma beruvchi ishtirokida talabnomani koʻrib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. Talabnoma uni beruvchi ishtirokida muzokaralar yoʻli bilan yoki ekspert kengashida qoʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalalar bevosita ekspertiza va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilinishi mumkin boʻlganda, ular oʻrtasida muzokaralar olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralar Markazning tegishli tarkibiy boʻlinmasi rahbari yoki Markaz rahbari tayinlagan masʼul xodim ishtirokida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalalarni hal qilish uchun mutaxassislar ishtiroki talab qilinganda ekspert kengashi oʻtkaziladi.

173. Muzokaralar yoki ekspert kengashi natijalari boʻyicha ikki nusxada bayonnoma tuziladi va unda qatnashchilar, tomonlar keltirgan dalil va takliflar haqidagi maʼlumotlar hamda keyingi ish yuritish haqida xulosalar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalalarni koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning barchasi bayonnomani imzolaydi. Bayonnomaning bir nusxasi talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchisi talabnoma beruvchiga topshiriladi.

174. Muhokama qilinayotgan masalalar boʻyicha bir xulosaga kelinmaganda koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning alohida fikrlari bayonnomada qayd etiladi. Bayonnoma nusxasining talabnoma beruvchiga topshirilishi ish yuritish toʻxtatilgani toʻgʻrisidagi xabarnomaning (talabnoma chaqirib olinganda) yoki soʻrovnomaning oʻrnini bosishi mumkin (javob berishning belgilangan muddatlari buzilmaganda) va bu holat bayonnomada tegishli yozuv bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175. Talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza talabnomani koʻrib chiqishning istalgan bosqichida, lekin ixtiro davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar topshirilishi mumkin. Ariza inobatga olingani haqida xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176. Chaqirib olingan talabnoma boʻyicha huquqiy ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi. Boshqa talabnomalarning ekspertizasini oʻtkazishda chaqirib olingan talabnoma materiallari rasmiy axborotnomada nashr etilmaganda, ushbu chaqirib olingan talabnoma texnika darajasiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Talabnomani koʻrib chiqish

177. Talabnomaga axborot tizimida avtomatik ravishda ikki harfli va toʻqqiz xonali roʻyxat raqami beriladi, bunda harflar (IO) sanoat mulki obyekti — ixtironi, talabnoma raqamidagi dastlabki toʻrtta son — talabnoma topshirilgan yilni, keyingi beshta son — shu yildagi har yili birdan boshlanadigan tartib raqamini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178. Talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish rasmiy ekspertizadan oʻtkazish hamda ixtiroga talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizadan (keyingi oʻrinlarda — mohiyati boʻyicha ekspertiza) oʻtkazishdan iborat boʻlib, Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179. Rasmiy ekspertizaning vazifasi talabnoma materiallari tarkibi, zarur hujjatlar mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180. Rasmiy ekspertiza natijalari boʻyicha talabnoma beruvchiga Markazning talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilinganli yoki koʻrib chiqish uchun qabul qilish rad etilgani haqidagi qarori yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Rasmiy ekspertiza talabnoma axborot tizimida qabul qilingan sanadan boshlab ikki oy oʻtgandan soʻng bir oy davomida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. Talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga koʻra rasmiy ekspertiza belgilangan muddat oʻtmasdan boshlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabnoma beruvchi iltimosnoma berilgan paytdan boshlab talabnoma materiallariga belgilangan miqdorda qoʻshimcha patent boji toʻlamasdan, oʻz tashabbusiga koʻra tuzatishlar kiritish imkoniyatidan mahrum boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi tomonidan rasmiy ekspertizani belgilangan muddat oʻtmasdan boshlash haqidagi iltimosnomasi chaqirib olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183. Talabnoma kelib tushgan sanadan ikki oy oʻtgandan keyin yoki talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra talabnoma rasmiy ekspertizasini muddatidan oldin boshlash haqidagi iltimosnoma berilgandan soʻng talabnoma materiallariga tuzatish va oʻzgartirishlar kiritishda belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent boji toʻlanmagani aniqlanganda, talabnomani koʻrib chiqishda tuzatish va oʻzgartirishlar eʼtiborga olinmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

Talabnoma materiallari boshqa tilda topshirilib, talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizani muddatdan ilgari boshlash haqidagi iltimosnoma mavjud boʻlganda talabnoma beruvchi talabnoma materiallarining tarjimasi olinmagunga qadar rasmiy ekspertizani oʻtkazish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184. Rasmiy ekspertiza oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma tarkibida mazkur Reglamentning 20 — 25-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomani rasmiylashtirishga oid talablarga rioya qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 14-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda talabnoma topshirish tartibiga, jumladan, vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnomaning mavjudligi va toʻgʻri rasmiylashtirilishiga rioya qilingani;

talabnoma ixtiro sifatida muhofazalanadigan obyektlarga oid texnik yechimga berilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldinroq ustuvorlikni soʻrash asoslangani;

ixtironi XPTning amaldagi tahriri boʻyicha toʻgʻri tasniflangani (agar talabnoma beruvchi tomonidan tasniflanmagan boʻlsa, tasniflanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomani topshirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlangani.

185. Patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlanganda, talabnoma beruvchiga uch oy ichida talabnomani topshirish uchun toʻlangan patent bojini hamda formulaning mustaqil va bogʻliq bandlari sonini muvofiqlashtirish haqida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186. Belgilangan miqdordagi patent boji mazkur Reglamentning 185-bandida nazarda tutilgan muddatda toʻlanmaganda, ixtirolar guruhi uchun talabnoma yuzasidan ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan bandlar boʻyicha yoki tanlangan bandlar haqida koʻrsatilgan muddatda xabar berilmaganda formulada birinchi boʻlib koʻrsatilgan bandlar boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187. Talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazishda talabnoma hujjatlari talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgani aniqlanganda, talabnoma beruvchiga kamchiliklar koʻrsatilgan va huquqiy asoslar keltirilgan soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188. Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomada mazkur Reglamentning 20-bandida nazarda tutilgan hujjatlar yoki ulardan birining mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma vakil orqali topshirilganda ishonchnomaning mavjud emasligi yoki uni rasmiylashtirish qoidalari buzilgani;

arizani toʻldirishda mazkur Reglamentning 26 — 35-bandlari talablariga rioya etilmagani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent bojlari toʻgʻri toʻlanganligi bilan bogʻliq savollarni aniqlash zarurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa tilda topshirilgan materiallarning tarjimasi mavjud emasligi;

mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turi (liniyasi) saqlash uchun topshirilgani haqidagi hujjat mavjud emasligi;

materiallardan bevosita nusxa koʻchirishga, ularni saqlashga toʻsqinlik qiladigan va tavsifni nashr etishga tayyorlash imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar aniqlangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsifda mazkur Reglamentda nazarda tutilgan biron-bir boʻlimning mavjud emasligi (agar tegishli boʻlimda bayon qilinishi kerak boʻlgan maʼlumotlar boshqa boʻlimda keltirilgan boʻlsa, soʻrovnoma yuborilmaydi), shuningdek, formula yoki tavsifda biron-bir belgining xususiyatini ushbu belgi ochib berilgan adabiyot manbaiga havola qilish bilan almashtirilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomada hamma tanisha olmaydigan axborot manbaiga berilgan izohlar yoki undagi baʼzi maʼlumotlarni nashr etish mumkin emasligi haqida koʻrsatmalar mavjudligi;

formula bandini bitta jumla koʻrinishida bayon qilish talabi buzilgani;

formulada huquqiy muhofaza soʻralayotgan ixtiro turi koʻrsatilmagani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
formulada tegishli obyekt belgilari oʻrniga uning ishlatishdagi koʻrsatkichlari va isteʼmol xususiyatlari, uni amalga oshirish va undan foydalanishda kelib chiqadigan samara va hodisalar haqida maʼlumotlar keltirilgani;

talabnoma materiallarining bir-biriga mos emasligi;

talabnoma ixtiro sifatida eʼtirof etilmaydigan obyektlarga berilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma boʻyicha ustuvorlik soʻrash bilan bogʻliq savollar paydo boʻlgani.

189. Talabnoma beruvchi taqdim etgan javobda soʻralgan barcha hujjatlar va maʼlumotlar boʻlmaganda, soʻrovnoma takroran yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190. Rasmiy ekspertiza soʻrovnomasiga javob taqdim etilmaganda, javob berish uchun belgilangan muddat buzilganda yoki bu muddat ichida uni uzaytirish haqida iltimosnoma kelib tushmaganda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi. Bunda talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga zid emasligi haqidagi xulosaga kelinganda, talabnoma topshirilgan sanani belgilash va talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi rasmiy ekspertizaning qarori qabul qilinadi va talabnoma beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192. Rasmiy ekspertiza tomonidan talabnoma materiallarining Qonun va mazkur Reglament qoidalariga zid ekanligining aniqlanishi talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193. Talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilish yoki talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda tegishli qarorni qabul qilish asoslari keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194. Talabnoma mohiyati biron-bir texnika sohasiga oidligini aniqlash maqsadida ixtiro XPTning amaldagi tahriri boʻyicha tasniflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasniflash rasmiy ekspertiza va mohiyati boʻyicha ekspertiza oʻtkazish bosqichlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195. Formula tasnif indekslarini tanlash uchun asos boʻladi. Talabnoma XPTning turli rubrikalariga tegishli bir necha obyektlarni ichiga olganda barcha mos tasnif indekslari aniqlanadi. Bunda birinchi indeks ixtiro nomi bilan aniqlanadi. Rasmiy ekspertiza bosqichida aniqlangan tasnif indekslari mohiyati boʻyicha ekspertiza jarayonida oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196. Patent boji formuladagi bandlar uchun belgilangan miqdordan kam toʻlanganda patent boji va formulaning mustaqil bandlari sonini muvofiqlashtirish natijasida dastlab formula tarkibida boʻlgan baʼzi bandlar chiqarib tashlanishi mumkin. Bunda qarorda talabnoma faqat tuzatilgan formulaga nisbatan koʻrib chiqishga qabul qilingani koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197. Davlat ekspertizasi davomida formulaga kiritilgan tuzatishlar boshqa ixtiroga oid alohida bandlar paydo boʻlishiga olib kelmasligi kerak, talabnomaning dastlabki materiallarida mavjud ixtiro mohiyatini oʻzgartirmagan holda kiritilgan bandlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198. Mohiyati boʻyicha ekspertiza talabnoma beruvchi yoki istalgan boshqa shaxs tomonidan berilgan iltimosnomaga binoan va belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199. Mohiyati boʻyicha ekspertizani oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma bilan birga yoki talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran uch yil mobaynida topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddat ikki oyga uzaytirilishi mumkin. Ushbu muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran uch yil oʻtmasdan topshiriladi va muddatni uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200. Talabnoma beruvchi iltimosnoma kelib tushganligi va patent boji toʻlangani toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma va patent boji toʻlovi boshqa shaxs tomonidan amalga oshirilganda, bu haqida talabnoma beruvchi xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. Iltimosnoma uch yillik muddatda kelib tushmaganda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va talabnoma beruvchiga bu toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202. Mohiyati boʻyicha ekspertizani oʻtkazish uchun patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlanganda, patent bojini formulaning mustaqil va bogʻliq bandlari soniga uch oy ichida muvofiqlashtirish zarurligi haqida xabarnoma yuboriladi. Bunda talabnoma beruvchi ekspertiza oʻtkazilishi kerak boʻlgan ixtirolarga tegishli formula bandlarini koʻrsatadi yoki ekspertiza oʻtkazilmaydigan bandlar chiqarib tashlangan formulani taqdim etadi yoxud qoʻshimcha patent bojini toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma talabnoma beruvchidan boshqa shaxs tomonidan topshirilib patent boji belgilanganidan kam miqdorda toʻlanganda iltimosnoma qanoatlantirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nechta shaxsdan iltimosnoma tushganda vakolatli organ tomonidan keyinroq kelib tushgan iltimosnoma egasi oldinroq kelib tushgan iltimosnomalar haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203. Talabnoma ixtirolar guruhiga oid boʻlganda mohiyati boʻyicha ekspertiza mazkur Reglamentning 202-bandi birinchi xatboshisi boʻyicha talabnoma beruvchi tomonidan tegishli formulaning tanlangan bandlari yoki bandlar tanlanmaganda formulada birinchi boʻlib koʻrsatilgan bandlar yuzasidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204. Iltimosnoma bilan murojaat qilgan talabnoma beruvchi boʻlmagan boshqa shaxs talabnomani koʻrib chiqishda qatnashmaydi. Talabnoma boʻyicha yozishma talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma bilan murojaat qilgan shaxsga talabnomani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205. Talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganda mohiyati boʻyicha ekspertiza talabnoma topshirilgan sanadan oʻn sakkiz oy oʻtgandan soʻng olti oy davomida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206. Mohiyati boʻyicha ekspertiza doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro ustuvorligini belgilash, agar u Qonunning 18-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlariga koʻra soʻralsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro formulasining mazkur Reglament 95 — 121-bandlarida keltirilgan talablarga muvofiqligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha materiallarni mazkur Reglamentning 282 — 289-bandlariga muvofiq tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomaning dastlabki materiallarida yoki talabnomani koʻrib chiqishda eʼtiborga olingan qoʻshimcha materiallarda keltirilgan formulada taʼriflangan ixtironing patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligini tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207. Talabnomaning ustuvorligi talabnoma vakolatli organga topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomada ixtironing ustuvorligi Qonunning 18-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlariga koʻra soʻralmaganda ustuvorlik tarkibida ariza, tavsif, formula va chizma (agar ular ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa) boʻlgan talabnoma vakolatli organga topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208. Talabnoma beruvchi tomonidan konvensiya ustuvorligi soʻralayotganda quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parij konvensiyasiga aʼzo davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning nusxasi mavjudligi, agar koʻrsatilgan nusxa talabnoma vakolatli organga topshirilgan sanadan keyin topshirilgan boʻlsa, birinchi talabnomaning nusxasi taqdim etilishi kerak boʻlgan uch oylik muddatga rioya qilingani (birinchi talabnomalar bir nechta boʻlganda koʻrsatilgan shart har bir talabnomaning nusxasi uchun bajariladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvensiya ustuvorligi soʻralayotgan talabnoma birinchi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran oʻn ikki oylik muddatda topshirilishiga rioya qilingani, agar talabnoma koʻrsatilgan muddatdan kechiktirib topshirilgan boʻlsa, u tugagan sanadan boshlab ikki oylik muddatga rioya qilingani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvensiya ustuvorligini belgilash toʻgʻrisidagi ariza talabnoma vakolatli organga kelib tushgan sanadan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay taqdim etilgani;

talabnoma berilgan ixtiro birinchi talabnomada ochib berilgani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209. Talabnoma beruvchi tomonidan ixtiro ustuvorligini oʻzining oldin topshirgan talabnomasiga nisbatan berilgan qoʻshimcha materiallar boʻyicha ustuvorlikni belgilash soʻralganda quyidagi talablarga rioya qilingani tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organga talabnomada berilgan ixtiro mohiyatini oʻzgartirishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha materiallar kelib tushgani sababli eʼtiborga olinishi mumkin emasligi haqidagi xabarnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida kelib tushgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldin topshirilgan talabnomaning mazmunini hisobga olgan holda kelib tushgan sanasi boʻyicha ustuvorlik soʻralayotganda qoʻshimcha materiallarda ixtiro mohiyati ochib berilgani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210. Ixtiro ustuvorligini oldin topshirilgan talabnoma topshirilgan sanadan belgilash soʻralganda quyidagi talablarga rioya qilingani tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma xuddi oʻsha avvalgi talabnomani topshirgan talabnoma beruvchi tomonidan topshirilgani;

bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma vakolatli organga oldingi talabnoma topshirilgan sanadan 12 oy mobaynida kelib tushgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro mohiyati oldin topshirilgan talabnomada ochib berilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldin topshirilgan talabnoma boʻyicha undan ilgariroq ustuvorlik soʻralmagani.

211. Oldin topshirilgan bir nechta talabnomalar boʻyicha ustuvorlik soʻralganda mazkur Reglamentning 210-bandi talablariga rioya qilingani ularning har biriga nisbatan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212. Topshirilayotgan talabnomaga oldin topshirilgan talabnomaning ustuvorligi belgilanganda oldin topshirilgan talabnoma chaqirib olinadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213. Ixtiro ustuvorligini ajratilgan talabnoma boʻyicha belgilash soʻralganda quyidagi talablarga rioya qilingani tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan talabnoma vakolatli organga ixtiroga yoki foydali modelga birinchi talabnoma ustidan shikoyat berish imkoniyati qolmagan patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar yoxud birinchi talabnoma boʻyicha patent berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda ixtiro yoki foydali modelni Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish sanasigacha kelib tushgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan talabnomadagi ixtiro mohiyati oldingi talabnomada, agar talabnoma konvensiya talabnomasidan ajratib olingan va ustuvorlik uning ustuvorlik sanasi boʻyicha soʻralayotgan boʻlsa, birinchi talabnomada ochib berilgani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214. Mazkur Reglamentning 208 — 213-bandlariga muvofiq ixtiro ustuvorligini belgilash shartlariga rioya qilinganligini tekshirishda ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma yoki ustuvorlik soʻrash uchun asos boʻlgan qoʻshimcha materiallar berilgan talabnoma chaqirib olinmaganligiga eʼtibor qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215. Ixtironing mohiyatini ochishda oldin topshirilgan talabnoma yoki unga kelib tushgan qoʻshimcha materiallar asosida ustuvorlik soʻralganda quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu materiallarda (oldin topshirilgan talabnomaning tavsifi, formulasi, qoʻshimcha materiallarning matnli qismi) talabnoma berilgan ixtironing formulasiga kiritilgan barcha belgilar koʻrsatilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvorlik sanasi soʻralayotgan materiallarda ixtiro mohiyati uni amalga oshirish uchun yetarli darajada ochib berilgani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216. Konvensiya ustuvorligi soʻralganda mazkur Reglamentning 215-bandidagi shartlar bajarilganligini tekshirishda Parij konvensiyasiga aʼzo davlatda berilgan birinchi talabnomaning tarjimasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
217. Mazkur Reglamentning 208 — 213-bandlarida koʻrsatilgan talablar bajarilganda talabnomaning ustuvorligi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
218. Mazkur Reglamentning 208 — 213-bandlarida koʻrsatilgan talablarning birortasi bajarilmaganda talabnoma ustuvorligi Qonunning 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
219. Ustuvorlik belgilangandan soʻng ixtironing oʻzgartirilgan formulasi taqdim etilganda soʻralayotgan ustuvorlikni belgilashga asoslar mavjudligini aniqlash uchun takroran tekshirish oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220. Tekshirish ixtiro formulasining oxirgi variantiga nisbatan oʻtkaziladi. Bunda ixtiro birligi talabiga rioya etilganligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221. Ixtiro birligi talabi buzilganligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga soʻrovnomada bitta ixtiroga yoki yagona ixtirochilik fikrini tashkil etgan ixtirolar guruhiga tegishli aniqliklar kiritilgan tavsif va formulani taqdim etish taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzatilgan formula tarkibiga yangi bandlar kiritilganda qoʻshimcha patent boji toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222. Ixtiro formulasini tekshirishda talabnomadagi ixtironing muhim belgilari majmui talabnomada koʻrsatilgan texnik natijaga erishish uchun yetarli ekanligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biron-bir muhim belgi formulaga kiritilmaganda, lekin tavsifda yoki formulaning bogʻliq bandida keltirilganda va ushbu muhim belgisiz texnik natijaga erishib boʻlmasligi aniqlanganda, talabnoma beruvchiga bunday belgini formulaning tegishli mustaqil bandiga kiritish taklif etiladi. Bunda texnik natijaga erishish uchun formulaga ushbu belgini kiritish zarurligini tasdiqlaydigan dalillar keltiriladi. Bunday dalillar tavsifda ochib berilgan belgi va texnik natija orasidagi sabab-oqibat bogʻlanishiga yoki ekspertiza tomonidan oʻtkazilgan ilmiy-nazariy tahlilga asoslanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223. Ixtiro formulasini tekshirish undagi belgilarni mazkur Reglamentning 114 — 121-bandlariga muvofiq identifikatsiya qilish mumkinligini aniqlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgini identifikatsiya qilish mumkin boʻlishi uchun uning taʼrifini ixtiro tavsifiga asosan tuzatish zarur boʻlganda talabnoma beruvchiga bunday tuzatishni amalga oshirish taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
224. Belgini identifikatsiya qilish mumkin boʻlganda, lekin uni taʼriflash uchun maʼlum bir texnika sohasida qabul qilingan atamalarga mos boʻlmagan yoki eskirgan atamalar qoʻllanilganda, formulaga tegishli tuzatishlarni kiritish tavsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225. Formuladagi belgini tekshirish jarayonida texnik natijaga erishish uchun yetarli boʻlgan belgi yoki elektron hisoblash mashinalari uchun dasturni hamda bunday dasturda ishlatiladigan algoritmlarni jalb qilgan holda taʼriflanadigan ixtiro formulasining belgilari mazkur Reglamentning 52 — 59-bandlarida keltirilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Formulada texnik natijaga erishilmaydigan yoki ixtironi aks ettiradigan vositaga oid boʻlmagan belgi mavjud boʻlganda bunday belgini formuladan olib tashlash uchun tegishli tuzatishni amalga oshirish taklif etiladi. Bunda ixtirochilik darajasini tekshirishda bunday belgi eʼtiborga olinmasligi va shu bilan birga patent berilgan holatda uni formulada saqlab qolish huquqiy muhofaza hajmini qisqarishiga olib kelishi mumkinligi haqida xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
226. Tovar belgilari, geografik koʻrsatkichlar va boshqa xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalar formulaga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227. Formulada umumiy tushuncha bilan ifodalangan belgi mavjud boʻlganda mazkur Reglamentning 103-bandiga muvofiq undan foydalanish toʻgʻriligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgi funksiya va xususiyat bilan taʼriflanganda belgi formulaning mustaqil bandiga kiritilgan boshqa muhim belgilar bilan birgalikda talabnomada koʻrsatilgan texnik natijaga erishish uchun yetarliligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228. Talabnomada koʻrsatilgan texnik natijaga erishish faqatgina eksperimental maʼlumotlar bilan tasdiqlanganda, tavsifda kerakli maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan misollar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu misollar asosidagi xulosalarga tayangan ixtiro belgisini tavsiflashda aniq holatlar va umumlashtirishning oʻrinliligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229. Ekspertiza tomonidan umumiy tushunchalar bilan ifodalangan belgidagi biror aniq holatda talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnik natijaga erishilmasligi aniqlanganda tegishli dalillar keltirilib, ularni rad etish yoki tuzatish kiritish taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
230. Formulaning mazkur Reglamentning 114-bandi talabiga muvofiqligini tekshirishda ixtironi taʼriflaydigan tushuncha uning tavsifida keltirilgani yoki chizmada ifodalangani aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. Talabnomada bir zvenoli yoki bitta mustaqil bandli koʻp zvenoli formula keltirilganda bunday formulada (mazkur Reglamentning 17 — 19-bandlari talablariga muvofiq) bitta ixtiro taʼriflangani tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232. Mazkur Reglamentning 17 — 19-bandlarining talablari buzilgani aniqlanganda yuboriladigan soʻrovnomada bu haqida maʼlum qilinadi va tegishli patent bojini toʻlab, formulani tuzatish taklif qilinadi. Bunda tuzatilgan formulada ixtiro birligi talabi bajarilishi va tuzatilgan formulaga avval mustaqil band sifatida koʻrsatilmagan yangi mustaqil bandlar kiritilganda, tegishli patent bojini toʻlash yoki talabnoma beruvchi formulani tuzatishni rad etganda keyingi koʻrib chiqishda eʼtiborga olinadigan ixtironi koʻrsatish zarurligi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgini taʼriflashda talabnoma beruvchi muqobil tushunchadan nooʻrin foydalanganda yuzaga kelgan xato koʻrsatiladi.

233. Bir nechta mustaqil bandli koʻp zvenoli formula taklif qilinganda, ularning har biri mazkur Reglamentning 103-bandi talablariga muvofiqligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234. Formulani tekshirishda qoʻshimcha ravishda quyidagilar eʼtiborga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp zvenoli formulaning bogʻliq bandlarida ixtironing aniq hollarda amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
formulada mustaqil bandning belgilarini chiqarib tashlashni yoki almashtirishni nazarda tutadigan bogʻliq bandning mavjudligi.

235. Formulaning mustaqil bandlarida taʼriflangan ixtirolar oʻzaro yagona ixtirochilik fikrini tashkil qilgan holda bogʻliq boʻlganda yagona ixtirochilik fikri sharti bajarilgan deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
236. Mustaqil bandlarda taʼriflangan ixtirolarni variantlarga tegishliligini tekshirishda ixtirolarning koʻrsatilgan vazifasi va texnik natijalar mosligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237. Formulani tekshirishda uning tuzilishi va bayon qilinishi belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlanganda formulani tuzatish taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
238. Oʻzgartirilgan formulaga nisbatan mazkur Reglamentning 222 — 236-bandlariga muvofiq tekshirish oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtironing patentga layoqatliligini tekshirish uchun talabnoma beruvchi tomonidan oʻzgartirilgan formula qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239. Bir zvenoli yoki bitta mustaqil bandli koʻp zvenoli formulada bittadan ortiq ixtiro borligi aniqlanganda, talabnoma beruvchiga koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan ixtironi koʻrsatish taklif etiladi va ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan ixtironing patentga layoqatliligini tekshirishni davom ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240. Formulada muqobil tushuncha bilan ifodalangan belgi mavjud boʻlganda, patentga layoqatlilikni tekshirish bunday tushunchani ichiga olgan belgilarning har bir majmuiga nisbatan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtironing patentga layoqatli emasligi taxmin qilinganda keyingi koʻrib chiqish mazkur Reglamentning 262 — 266-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241. Muallif yoki talabnoma beruvchi oʻz ixtirosiga taalluqli axborotni oshkor etgan sanadan eʼtiboran olti oylik muddatda vakolatli organga ushbu ixtiroga talabnoma topshirganda oshkor etilgan axborot texnika taraqqiyoti darajasiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242. Texnik yechimning taʼriflanishi boʻyicha uni tushunish mumkin boʻlmaganda talabnoma beruvchiga aniqlangan kamchiliklarni koʻrsatib, huquqiy asosga ega dalillar keltirilgan, yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni taqdim etish taklif etilgan soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243. Ixtirodan foydalanish mumkinligini aniqlashda talabnoma materiallarida ixtironing vazifasi koʻrsatilgani tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244. Formula bandlaridagi taʼriflarni amalga oshirish uchun talabnomaning uning ustuvorlik sanasida topshirilgan materiallarida vositalar va usullar bayon qilingani tekshiriladi. Talabnoma materiallarida bunday vositalar va usullar boʻlmaganda, ular haqidagi maʼlumotlar ixtiro ustuvorligi sanasigacha ommaviy tarzda oshkor boʻlgan axborot manbalaridan maʼlum boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245. Formuladagi belgida keltirilgan tushunchalar ixtironi amalga oshirish va koʻrsatilgan vazifani bajarish uchun faqat eksperimental maʼlumotlar orqali tasdiqlanganda ixtiro tavsifida keltirilgan misollar yetarliligi (mazkur Reglamentning 74-bandi) tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246. Ixtironing ustuvorlik sanasiga mazkur Reglamentning 243 — 245-bandlari talablarga rioya qilinganda formulaning mustaqil bandida taʼriflangan ixtiro sanoatda qoʻllash mumkin deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan talablarning birontasi bajarilmaganda, talabnoma beruvchiga ekspertizaning tegishli dalillariga nisbatan oʻz fikrini bildirish va ixtiro formulasini tuzatish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
247. Sanoatda qoʻllash shartiga muvofiq emasligi aniqlangan ixtiroga nisbatan yangilik sharti va ixtirochilik darajasiga muvofiqligi tekshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
248. Qonunning 6-moddasi ikkinchi qismiga binoan ixtironing yangiligini tekshirish ixtiro formulasining mustaqil bandidagi barcha belgilar majmuiga nisbatan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249. Axborot izlash formula, tavsif va chizma asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250. Mohiyati boʻyicha ekspertiza oʻtkazish haqidagi iltimosnoma kelib tushgan sanagacha talabnoma beruvchi ixtiro birligi talabi buzilgani haqidagi soʻrovnomaga belgilangan muddatda javob bermaganda, axborotni izlash formulada birinchi koʻrsatilgan ixtiro (yagona ixtirochilik fikrini tashkil qilgan ixtirolar guruhi) boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251. Texnika taraqqiyoti darajasini aniqlashda ommaviy tarzda oshkor etilgan axborot manbaidagi maʼlumotlardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar axborot manbaini texnika taraqqiyoti darajasiga kiritishni belgilaydigan sana hisoblanadi:

muhofaza hujjatlariga nashr qilingan tavsiflar uchun — ularda koʻrsatilgan nashr etish sanasi;

milliy va boshqa bosma nashrlar uchun — ularda koʻrsatilgan nashr etishga imzo qoʻyilgan sana;

nashr etishga imzo qoʻyilgan sana koʻrsatilmagan milliy bosma nashrlar va boshqa bosma nashrlar uchun — ular eʼlon qilingan kun, nashr qilinishi yil va oy bilan belgilanganda — oyning oxirgi kuni, nashr qilinishi yil bilan belgilanganda — 31-dekabr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash uchun topshirilgan maqola, sharhlar, monografiya va boshqa materiallar uchun — ularni depozitariyga topshirish sanasi;

ilmiy-tadqiqot ishlari haqidagi hisobotlar, tajriba-konstruktorlik ishlariga tushuntirish xatlar va tashkilotlarda boʻlgan konstruktorlik, texnologik va loyiha hujjatlardagi axborotlar uchun — ular tegishli tashkilotlarga kelib tushgan sanasi;

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar uchun — ular vakolatli tashkilotda hisobga olingan sana;

qoʻlyozma huquqida chop etilgan dissertatsiya materiallari va dissertatsiya avtoreferatlari uchun — ularning tarqatilgan sanasi;

tanlovga qabul qilingan ishlar uchun — ular tanishish uchun ochiq namoyish qilingan va tanlov oʻtkazishga oid hujjatlar bilan tasdiqlangan sana;

Internet jahon axborot tarmogʻi maʼlumotlari, vizual axborot manbalari (plakat, model, elektron axborot tashuvchi vosita, mahsulot va shu kabilar) uchun — ularni koʻrish mumkin boʻlgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazmaga qoʻyilgan eksponatlar uchun — ularni koʻrsatish boshlangan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;

ogʻzaki maʼruzalar, soʻzga chiqishlar uchun — maʼruzalar, soʻzga chiqishlar sanasi;

radio, televideniye, kino orqali maʼlumotlar uchun — ommaga oshkor etilgan sana;

texnika vositasidan foydalanish natijasida maʼlum boʻlgan maʼlumotlar uchun — ommaga oshkor etilgan sana.

252. Ixtironing yangiligini aniqlash chogʻida birmuncha oldin ustuvorlikka ega boʻlgan holda Oʻzbekiston Respublikasida topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253. Tekshirishda aniqlangan talabnoma chaqirib olinmaganda yoki chaqirib olish muddati oʻtmaganda talabnoma beruvchiga shunday talabnoma mavjudligi haqida (talabnoma beruvchini koʻrsatmasdan va mazmunini ochmasdan) va mohiyati boʻyicha ekspertiza avvalroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma boʻyicha bir qarorga kelingunga qadar toʻxtatib turilishi haqida maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi mohiyati boʻyicha ekspertiza toʻxtatib turilishidan norozi boʻlganda ixtiro yangilik shartiga muvofiq emas deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254. Oʻzbekiston Respublikasida muhofazaga olingan barcha ixtirolar va foydali modellar ustuvorlik sanasidan eʼtiboran texnika taraqqiyoti darajasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255. Axborotni izlash jarayonida xuddi shunday vazifani bajaradigan ixtiro belgilariga oʻxshash boʻlgan belgilar bilan taʼriflanadigan vosita topilganda, axborotni izlash toʻxtatilmaydi va oxirigacha toʻliq hajmda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro boshqa ixtiro yoki foydali model formulalaridagi mustaqil bandlarning mazmunlariga mos tushganda oʻxshash deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256. Texnika taraqqiyoti darajasidan ixtiro formulasidagi barcha belgilari bilan aynan bir xil belgilardan iborat mahsulot yoki usul aniqlanganda ixtiro yangilik shartiga muvofiq emas deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan formulaning mustaqil bandida taʼriflangan ixtiro yangilik shartiga muvofiq boʻlganda bogʻliq bandlarga nisbatan texnika taraqqiyoti darajasi tahlili oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan formulaning mustaqil bandida taʼriflangan ixtironing yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlanganda, talabnoma mazkur Reglamentning 269-bandi va 272-bandining ikkinchi xatboshisiga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
259. Ixtironing yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga ekspertiza dalillari bayon qilingan va bu dalillarga nisbatan oʻz fikrini hamda zarur hollarda talabnomaning dastlabki materiallari asosida ixtironing tuzatilgan formulasini taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
260. Yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlangan ixtiroga nisbatan ixtirochilik darajasiga muvofiqligi boʻyicha tekshirish oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261. Qonunning 6-moddasi uchinchi qismiga binoan ixtirochilik darajasini tekshirish formulaning mustaqil bandida keltirilgan ixtiroga nisbatan oʻtkaziladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Reglamentning 48 — 51-bandlariga muvofiq eng yaqin analogni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma berilgan ixtiro eng yaqin analogdan farqlanadigan belgilarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika taraqqiyoti darajasidan ixtironing farqlanuvchi belgilari bilan mos boʻlgan texnik yechimlarni aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262. Ixtironing farqlanuvchi belgilari mavjud texnik yechimlar bilan mos boʻlmaganda yoki bunday yechimlar talabnomada koʻrsatilgan texnik natijaga erishishga taʼsir etishi tasdiqlanmaganda ixtirochilik darajasiga muvofiq deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263. Quyidagilar, xususan, ixtirochilik darajasiga muvofiq deb eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan strukturali yangi kimyoviy birikmani (sinf, guruh) olish usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlum kimyoviy birikmani (sinf, guruh) olish usuli u ushbu sinf yoki guruh birikmasi uchun yangi reaksiyaga yoki ushbu sinf yoki guruh birikmasi uchun maʼlum boʻlib, lekin reaksiyani oʻtkazish shartlari maʼlum boʻlmagan reaksiyaga asoslanganda texnika taraqqiyoti darajasi imkoniyatidan kelib chiqmaydigan sinergetik samarani taʼminlaydigan kamida ikkita ingrediyentdan tashkil topgan kompozitsiya (yaʼni ikkita ingrediyentning xususiyatlarini namoyon qiladigan, lekin shu xususiyatlardan kamida bittasining miqdoriy koʻrsatkichlari alohida ingrediyent xususiyatlarining koʻrsatkichlaridan yuqori boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erishish imkoniyati texnika taraqqiyoti darajasidan kelib chiqmaydigan sinergetik samarani taʼminlaydigan kamida ikkita maʼlum ingrediyentdan tashkil topgan kompozitsiya (yaʼni ikkita ingrediyentning xususiyatlarini namoyon qiladigan, lekin shu xususiyatlardan kamida bittasining miqdoriy koʻrsatkichlari alohida ingrediyent xususiyatlarining koʻrsatkichlaridan yuqori boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlum birikmalar guruhining umumiy strukturali formulasiga mos, lekin maxsus olingan va tekshirilgan hamda ushbu guruh uchun sifat va miqdoriy jihatdan yangi maʼlum boʻlmagan kimyoviy birikmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan koʻp zvenoli formula bilan taʼriflangan ixtiro mustaqil bandga nisbatan ixtirochilik darajasi shartiga muvofiq deb topilganda formulaning bogʻliq bandlariga nisbatan keyingi tekshirish oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265. Ixtiro, jumladan, quyidagilarga asoslanganda ixtirochilik darajasi shartiga muvofiq deb eʼtirof etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik natijaga erishish uchun maʼlum vosita unga maʼlum qoidalar asosida biriktiriladigan biron-bir maʼlum qism bilan toʻldirilganda va bunda ushbu natijaga nisbatan xuddi shunday toʻldirishlar taʼsiri aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik natijaga erishish uchun maʼlum vositaning biron-bir qismini boshqa maʼlum qism bilan almashtirilganda va bunda ushbu natijaga nisbatan xuddi shunday almashtirish taʼsiri aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vositaning (element, harakat) biron-bir qismini ushbu qism mavjudligi hisobiga hosil boʻladigan funksiyasi bilan bir vaqtda chiqarib tashlash va shu bilan birga bunday chiqarib tashlash uchun xos boʻlgan natijaga erishilganda (konstruksiyani soddalashtirish, massa, oʻlchamlar, material sarfini kamaytirish, ishonchlilikni oshirish, jarayon vaqtini qisqartirish kabilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vositada xuddi shunday elementlar mavjudligi hisobiga hosil boʻladigan texnik natijani kuchaytirish uchun bir xil tipdagi elementlar, harakatlar soni oʻzgartirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik natijaga erishish uchun xususiyatlari aniq boʻlgan materiallardan mavjud vositani yoki uning qismini hosil qilishda foydalanilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turi va ular orasidagi munosabatlar maʼlum qoidalar, tavsiyanomalar asosida amalga oshirilgan maʼlum qismlardan tashkil topgan vositani yaratishga bu holda texnik natija faqat ushbu vosita qismlarining maʼlum xususiyatlari va ular orasidagi munosabatlari natijasida hosil boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiyatlari maʼlum boʻlgan mavjud mahsulot yoki usul yangi vazifada qoʻllanilganda ularning xususiyatlari, tuzilishi, bajarilishi natijasida olinadigan yechimlar avvaldan maʼlum boʻlganda va erishiladigan yechimlar natijasi aniq boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
miqdoriy belgilarning oʻzgarishiga bunday belgilarni oʻzaro bogʻliqlikda taqdim etish yoki uning shaklini oʻzgartirishga asoslanganda ularning har birining texnik natijaga taʼsir etishi maʼlum boʻlib, va bu belgilarning yangi qiymatlari yoki ularning oʻzaro bogʻlanishi maʼlum bogʻlanishlar, qonuniyatlardan kelib chiqqan holda olinishi mumkin boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266. Ixtironing farqlanuvchi belgisi texnik natijaga taʼsirining maʼlumligi axborot manbai bilan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biron sohadagi umumeʼtirof etilgan bilimlarga asoslangan dalillarni axborot manbaini koʻrsatmasdan keltirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnika taraqqiyoti darajasidan ixtironing farqlanuvchi belgilari bilan mos belgilari boʻlgan yechimlar aniqlanganda, agar ular talabnoma beruvchi tomonidan aniqlanmagan boʻlsa yoki talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnik natijaga erishilmagani aniqlansa, ularning texnik natijaga taʼsiri maʼlumligini tasdiqlash talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
267. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan mustaqil bandli ixtiro ixtirochilik darajasi shartiga muvofiq emasligi aniqlanganda, talabnoma mazkur Reglamentning 274276-bandiga muvofiq qoʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268. Bogʻliq bandlarga ega boʻlmagan formula bilan taʼriflangan ixtiro ixtirochilik darajasiga ega emasligi aniqlanganda, talabnoma beruvchiga tegishli dalillar keltirilgan soʻrovnoma yuboriladi va ushbu dalillarga nisbatan oʻz fikrini bildirish taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269. Bogʻliq bandlar boʻlgan koʻp zvenoli formulaning mustaqil bandi yangilik yoki ixtirochilik darajasi shartiga javob bermasligi sababli patentga layoqatli emasligi aniqlanganda, talabnoma beruvchiga bu haqida maʼlum qilinadi va ixtironing tuzatilgan formulasini taqdim etish taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
270. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan mustaqil bandga nisbatan ixtironing patentga layoqatliligi aniqlanganda, ushbu bogʻliq bandlardagi ixtiro belgilarining taʼrifi ixtironi amalga oshirishga yoki vazifasini bajarishga toʻsqinlik qilmasligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan koʻp zvenoli formula bilan taʼriflangan ixtironi patentga layoqatlilik shartlariga nisbatan tekshirish natijasi ijobiy boʻlgan holda, u patentga layoqatli deb tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272. Ixtirolar guruhiga oid talabnoma topshirilganda patentga layoqatlilikni tekshirish guruhdagi har bir ixtiroga nisbatan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guruhning patentga layoqatliligi undagi barcha ixtirolar patentga layoqatli boʻlganda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtirolardan biri patentga layoqatli emasligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga bu haqida maʼlum qilinadi va keltirilgan dalillar haqida oʻz fikrini bildirish hamda zarur holda patentga layoqatli boʻlmagan ixtiro bandini formuladan chiqarib tashlash yoki bu bandlarni tuzatilgan holda taqdim etish taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273. Mazkur Reglamentning 272-bandiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan ixtironing oʻzgartirilgan formulasi taqdim etilganda talabnomani koʻrib chiqish ushbu formulada taʼriflangan ixtiroga nisbatan mazkur Reglamentning 219 — 239-bandlariga muvofiq davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi ekspertiza soʻrovnomasidagi fikrlarni rad etuvchi dalillarni va oʻzgartirilgan formulani keltirmasdan avvalgi formula bilan patent berishni talab qilganda patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274. Qonunning 20-moddasiga koʻra qoʻshimcha materiallarni taqdim etish soʻralgan soʻrovnoma bunday materiallarsiz mohiyati boʻyicha ekspertizani oʻtkazish mumkin boʻlmaganda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275. Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro formulasini mazkur Reglamentning 219 — 239-bandlariga muvofiq tekshirish natijalari boʻyicha aniqlash zarurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtironing patentga layoqatliligini mazkur Reglamentning 240 — 273-bandlariga muvofiq tekshirish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish zarurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir xil ustuvorlik sanasiga ega boʻlgan aynan oʻxshash sanoat mulki obyektlariga talabnomalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish zarurati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276. Talabnomani koʻrib chiqishda yuzaga keladigan boshqa turdagi masalalarni mazkur Reglamentning 275-bandidagi asoslarga qoʻshimcha ravishda yuboriladigan soʻrovnomaga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
277. Soʻrovnoma yoki xabarnomada keltiriladigan fikr va mulohazalar ilmiy-texnika yoki huquqiy tusdagi dalillar bilan asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278. Talabnoma beruvchi patentga layoqatliligi haqida xulosa olingan ixtiro formulasiga identifikatsiya qilinmagan yoki talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan belgini yoxud taʼrifi axborot manbaiga havola qilish bilan almashtirilgan belgini kiritishni yoki talabnoma topshirilgandan keyin talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan va mazkur Reglamentning 219 — 239-bandlariga muvofiq eʼtiborga olinmagan yangi mustaqil bandni kiritishni talab qilganda, talabnoma beruvchiga ushbu belgini (band) oʻz tarkibiga kiritmagan formulani taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi. Ushbu soʻrovnomada belgilangan muddatda soʻralayotgan materiallar yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish haqida iltimosnoma taqdim etilmaganda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi yuzasidan ham xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279. Soʻrovnomada axborot manbai keltirilganda ushbu manbani topish uchun zarur boʻlgan barcha bibliografik maʼlumotlar, shuningdek, talabnomani koʻrib chiqishda eʼtiborga olingan maʼlumotlar, ushbu manbadan topish uchun kerak boʻladigan boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
280. Soʻrovnomani yuborish uchun ixtironing patentga layoqatliligini tekshirish natijalari boʻyicha formula, tavsif va chizmalarga tuzatishlar kiritish orqali aniqlashtirish zarurati asos boʻlganda ularning tuzatilgan varaqlarini taqdim etish taklif qilinadi. Bunda soʻrovnomada talabnoma materiallarini tuzatishga oid toʻliq tushuntirishlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. Oʻzgartirilgan formula asosida patent berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish uchun formulani oʻzgartirish tavsifga va chizmaga tuzatishlar kiritishni taqozo etsa (shu jumladan, ekspertiza tomonidan avval koʻrsatilgan lekin tuzatilmagan kamchiliklar mavjud boʻlganda), materiallarni tuzatish toʻgʻrisidagi taklifni oʻz ichiga olgan soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282. Qoʻshimcha materiallar bilan birga tuzatilgan formula boʻlganda dastlabki formulada mustaqil band sifatida ajratib koʻrsatilmagan bir yoki bir necha mustaqil bandlarni kiritish bilan tuzatilgani va patent boji toʻlangani tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283. Qoʻshimcha materiallar tarkibida talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan va formulaga kiritish talab etilgan belgilar mavjud boʻlganda qoʻshimcha materiallar ixtiro mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284. Qoʻshimcha materiallarda keltirilgan va formulaga kiritilishi soʻralayotgan belgilar talabnoma vakolatli organga kelib tushgan sanada formulada yoki tavsifda ochib berilmaganda talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
285. Talabnomaning dastlabki materiallarida belgini bajarishning aniq holatlari ochilmasdan umumiy tushuncha bilan berilganda, formulaga kiritilishi kerak boʻlgan belgi deb hisoblangan bunday aniq holatlarning qoʻshimcha materiallarda taqdim etilishi ixtironing mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286. Quyidagi qoʻshimcha materiallar ixtiro mohiyatini oʻzgartirmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtironi amalga oshirish sharoitlari haqidagi yangi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtironi amalga oshirishdagi misollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha texnik natija olish imkoniyatlari;

aniqliklar kiritilgan grafik materiallar;

formulaga kiritilmaydigan va undagi belgilarga taalluqli boʻlmagan boshqa materiallar.

287. Qoʻshimcha materiallar ixtironing mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etilganda, talabnoma beruvchiga bunday fikr kelish uchun qoʻshimcha materiallardagi qaysi maʼlumotlar asos boʻlganligi haqida maʼlum qilinadi. Talabnomani keyingi koʻrib chiqish qoʻshimcha materiallarda berilgan ixtiro formulasiga nisbatan, lekin talabnoma topshirilgan ustuvorlik sanasidagi ixtiro tavsifida va formulasida ochib berilgan belgilar boʻyicha davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288. Ixtironing vazifasini ifodalaydigan dastlabki umumiy tushuncha formulada boshqasi bilan almashtirilganda ular bir xil maʼnoda va bir-biriga bogʻliq boʻlganda, yaʼni ular toʻliq yoki qisman mos kelganda ixtiroga tegishli deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289. Quyidagi hollarda ixtiro formulasini oʻzgartirish talabnomadagi ixtiroga taalluqli deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro obyektining turi oʻzgartirilganda, bunda yangidan koʻrsatilgan obyekt turi dastlabki formulada keltirilgan belgilarga nisbatan koʻproq mos kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi talabnomadagi ixtiro obyekti “yangi vazifada qoʻllash” koʻrsatilgan yangi vazifadagi obyekt bilan almashtirilganda, agar obyekt toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ustuvorlik sanasigacha ommaga maʼlum boʻlmagan hollarda obyektni qoʻllashga doir talabnoma berilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki koʻrsatilgan ixtiro obyektini “yangi vazifada qoʻllash” ixtiro obyektiga almashtirilganda, agar ustuvorlik sanasigacha ommaga maʼlum boʻlgan maʼlumotlardan talabnoma berilgan obyektdan faqat vazifasi bilan farqlanuvchi vosita maʼlumligi aniqlansa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290. Qonunning 19-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi mohiyati boʻyicha ekspertiza qarori qabul qilingunga qadar ixtiro talabnomasini foydali model talabnomasiga oʻzgartirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro talabnomasi foydali model talabnomasiga oʻzgartirilganda uni ixtiroga talabnoma sifatida koʻrib chiqish toʻxtatiladi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday oʻzgartirishda ixtiro talabnomasining ustuvorligi saqlab qolinadi va keyingi ish yuritish foydali modelga patent berish tartibiga muvofiq olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291. Ixtironing patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi aniqlanganda, talabnoma beruvchiga taklif qilingan formula bilan ixtiroga patent berilishi mumkinligi haqida soʻrovnoma yuboriladi va ekspertiza xulosalariga nisbatan oʻz fikrini maʼlum qilish taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oy ichida talabnoma beruvchi oʻz fikrini maʼlum qilmaganda yoki ekspertizaning fikriga roziligi kelib tushganda soʻrovnomada bayon qilingan formula bilan patent berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi va nashr etishda birinchi berilgan ixtiro tavsifidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga zid emasligi haqidagi xulosaga kelinganda ixtiroga patent berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi va talabnoma beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
293. Ekspertiza tomonidan talabnoma materiallarining Qonun va mazkur Reglament qoidalariga zid ekanligining aniqlanishi ixtiroga patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
294. Bitta mustaqil band va bogʻliq bandlarga ega boʻlgan koʻp zvenoli formulada taʼriflangan ixtironing mustaqil bandi patentga layoqatlilikning bironta shartiga muvofiq emasligi aniqlanganda, patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
295. Ixtirolar guruhidan iborat boʻlgan koʻp zvenoli formulaning mustaqil bandlarida taʼriflangan ixtirolarning biri yoki har xil muqobil belgilarni oʻz ichiga olgan belgilar majmuida patentga layoqatlilikning shartlaridan biriga muvofiq emasligi aniqlanib, talabnoma beruvchi formulani tuzatishdan yoki ushbu ixtiro belgisini formuladan chiqarib tashlashdan bosh tortganda koʻrsatilgan belgilar majmuiga patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va unda patentga layoqatli deb aniqlangan boshqa ixtirolarning patentga layoqatli ekanligi eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
296. Ixtiroga patent berish yoxud patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda tegishli qarorni qabul qilish asoslari keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297. Talabnoma beruvchining xohishiga koʻra davlat ekspertizasi Markaz tomonidan tezkor tartibda, yaʼni talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilingani toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekspertizasi talabnoma beruvchining bu haqidagi iltimosnomasiga asosan tezkor tartibda oʻtkaziladi. Bunda ekspertizani tezkor tartibda oʻtkazish haqidagi iltimosnoma vakolatli organga talabnoma bilan bir paytda yoki u topshirilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida taqdim qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
298. Davlat ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazishda axborotni izlash talabnoma beruvchi va Markaz oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
299. Davlat ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazishda axborotni izlash rasmiy ekspertiza yakunlangan kundan boshlab bir oy ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazish haqidagi iltimosnoma rasmiy ekspertiza yakunlangandan soʻng kelib tushganda axborotni izlash iltimosnoma kelib tushgan sanadan eʼtiboran bir oy ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300. Axborotni izlash natijalari boʻyicha hisobot tuziladi va hisobot quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma raqami;

talabnomaning topshirilgan sanasi;

ixtironing nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot izlash sohalarini tasniflovchi XPT rubrikasining indeksi, XPT rubrikasiga bogʻliq holda izlash koʻlamiga kiritilishi zarur boʻlgan mamlakatlar patent hujjatlarining roʻyxati, tegishli mavzu boʻyicha axborot manbalari;

axborot izlash mavzusi boʻyicha hujjatlar va ularning aniq qismlariga bibliografik maʼlumotlar koʻrinishidagi havolalar (talabnoma boʻyicha ilgariroq ustuvorlik soʻralganda talabnoma topshirish sanasidan oldin lekin talabnoma ustuvorligi sanasidan keyin nashr qilingan maʼlumotlar alohida belgilab qoʻyiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgariroq ustuvorlikka ega boʻlgan, biroq eʼlon qilinmagan talabnomalar;

axborot izlashning tugatilgan sanasi.

Axborot izlashning hajmiga hamma foydalana oladigan har qanday axborot manbalari kiritilishi mumkin.

301. Axborot izlash yakunlangandan soʻng uning natijalari asosida mazkur Reglamentning 198 — 204 hamda 206 — 296-bandlariga muvofiq ixtironing patentga layoqatliligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302. Belgilangan patent boji toʻlanganda vakolatli organ ixtironi mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakldagi Ixtirolar davlat reyestrida avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkazadi. Bunda ixtiroga berilgan patent va uning ilovasi elektron shaklda axborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro roʻyxatga olingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchining xohishiga koʻra ixtiroga berilgan patent va uning ilovasi pochta aloqasi orqali koʻrsatilgan manzilga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Xalqaro talabnomani topshirish va uni koʻrib chiqish

303. RSTga muvofiq vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro talabnomani qabul qiluvchi idora, xalqaro talabnomada koʻrsatilgan va tanlangan idora funksiyasini bajaradi. Vakolatli organ xalqaro talabnoma boʻyicha ish yuritishda RST, RSTning Yoʻriqnomasi (keyingi oʻrinlarda — Yoʻriqnoma), BIMT Xalqaro byurosi tomonidan chop etiladigan tegishli qoʻllanmalar, shuningdek, Qonun va mazkur Reglamentga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304. Xalqaro talabnomani koʻrib chiqish boshlanadigan sana sifatida xalqaro talabnomaning ustuvorlik sanasidan eʼtiboran oʻttiz bir oylik muddatdan keyingi sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro talabnomaning davlat ekspertizasini koʻrsatilgan muddatdan avval boshlash haqidagi iltimosnoma xalqaro chop etish sanasigacha berilganda talabnomaning tarjimasi bilan birga xalqaro talabnomani qabul qiluvchi idora tomonidan tasdiqlangan va xalqaro topshirish sanasi belgilangan nusxasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305. Xalqaro talabnomani milliy fazaga oʻtkazish uchun talabnoma beruvchi tomonidan xalqaro talabnomaning ustuvorlik sanasidan eʼtiboran oʻttiz bir oy muddatda boshqa tilda topshirilgan xalqaro talabnoma arizasining tarjimasi, xalqaro talabnomaning nashr varagʻi, formulaning tarjimasi taqdim etiladi va bunda patent boji toʻlanadi. Xalqaro talabnoma arizasining tarjimasi oʻrniga mazkur Reglamentda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasida ixtiroga patent berish haqidagi ariza topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
306. Xalqaro talabnoma arizasining tarjimasiga talabnoma materiallarining tarjimalari xalqaro talabnomani topshirish sanasida topshirilgan koʻrinishda ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgartirilgan formulali xalqaro talabnoma milliy fazaga oʻtkazilganda oʻzgartirilgan formulaning tarjimasi kiritilgan oʻzgartirishlarga nisbatan tushuntirishlarning tarjimasi bilan birga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307. Xalqaro talabnoma ixtiro formulasi, tavsif va chizmalarga RSTning 34(2b)-moddasiga muvofiq kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda milliy fazaga oʻtkazilganda, Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan qabul qilingan oʻzgartirishlar hisobga olingan xalqaro talabnomaning tarjimasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
308. Mazkur Reglamentning 304 — 307-bandlarida koʻrsatilgan materiallar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda xalqaro talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309. Milliy fazaga oʻtish muddati oʻtkazib yuborilgandan soʻng oʻn ikki oy ichida taqdim etilgan materiallar belgilangan patent boji toʻlanganda koʻrib chiqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
310. Xalqaro talabnomaning rasmiy ekspertizasini oʻtkazishda mazkur Reglamentning 179 — 197-bandlari talablariga rioya qilinganligi hamda quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizada keltirilgan maʼlumotlar xalqaro talabnomaning nashr varagʻida koʻrsatilgan bibliografiya maʼlumotlariga mosligi;

talabnoma beruvchining nomi oʻzgarganligi, mualliflar, soʻralayotgan ustuvorlik haqidagi hujjatlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro patent izlash hisobotining mavjudligi;

xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasining mavjudligi (agar u oʻtkazilgan boʻlsa).

311. Xalqaro patent izlash hisoboti va xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasida ixtiro birligi talabi buzilgani haqida xulosa va ularning asoslanishi berilganda hamda talabnoma beruvchi tomonidan RSTning 17(3a) va 34(3a)-moddalarida nazarda tutilgan qoʻshimcha bojlar toʻlanmagani sababli xalqaro talabnomaning biron-bir qismlari boʻyicha xalqaro patent izlash hisoboti va xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi boʻlmaganda ushbu qismlar boʻyicha patent bojini toʻlash sharti bilan ekspertiza tomonidan koʻrib chiqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent boji toʻlanmaganda, xalqaro talabnomaning faqat xalqaro patent izlash hisobotida berilgan va xalqaro dastlabki ekspertiza oʻtkazilgan qismlari koʻrib chiqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar

312. Qonunning 20-moddasiga muvofiq soʻrovnomaga talabnoma beruvchi tomonidan toʻliq javob uch oy ichida taqdim etiladi. Ushbu muddat ichida soʻralgan materiallarni taqdim etish imkoniyati boʻlmaganda, talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra javob berish oʻn ikki oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma taqdim etilganda belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi. Mazkur bandda nazarda tutilgan shartlarga rioya etilganda, muddat uzaytiriladi va bu haqida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
313. Talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilganda, tegishli ekspertiza muddati toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
314. Soʻrovnomaga belgilangan muddatda toʻliq javob berilmaganda yoki javobni topshirish muddatini uzaytirish shartlariga rioya etilmaganda, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
315. Ekspertizaning soʻrovnomasiga javob xatini taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatlari talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra tiklanishi mumkin. Iltimosnoma talabnoma chaqirib olingan sanadan boshlab oʻn ikki oy ichida topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma bilan birgalikda soʻrovnomaga toʻliq javob xati taqdim etiladi va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.

Mazkur bandning shartlariga rioya etilganda, talabnoma ish jarayoniga tiklanadi va bu haqida xabarnoma yuboriladi.

316. Talabnoma beruvchi talabnomaga aloqador ish yuritish bilan Axborot tizimi orqali tanishishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
317. Soʻrovnoma, xabarnoma, davlat ekspertizasi qarorlari va ixtiroga beriladigan patent QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyish bilan tasdiqlanib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
318. Davlat ekspertizasi qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga belgilangan tartibda apellyatsiya berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
319. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiroga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Ixtiroga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabnoma beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazi, Adliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) axborot tizimi yoki YIDXP yoxud pochta aloqasi orqali talabnoma topshiradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Talabnoma beruvchi

Talabnoma topshirish uchun patent bojini toʻlaydi.

Talabnoma topshirish bilan bir vaqtda

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Talabnomani qabul qiladi.

2. Talabnomaning qayd raqami va kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan xabarnomani tegishli ravishda vakolatli organning axborot tizimi yoki YIDXP orqali talabnoma beruvchiga yuboradi.

Patent boji toʻlanganidan soʻng avtomatik tarzda

4-bosqich

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi

1. Talabnomaning rasmiy ekspertizasini amalga oshiradi.

2. Rasmiy ekspertiza natijasi boʻyicha talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilingani toʻgʻrisidagi qarorni talabnoma beruvchiga yuboradi.

Talabnoma axborot tizimida qabul qilingan sanadan boshlab ikki oy oʻtgandan soʻng bir oy davomida

5-bosqich

Talabnoma beruvchi

Talabnomaning mohiyati boʻyicha ekspertizasini amalga oshirish uchun iltimosnoma taqdim etadi va patent bojini toʻlaydi.

Talabnoma beruvchining xohishiga koʻra talabnoma bilan bir vaqtda yoki 3 yil ichida

6-bosqich

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi

1. Talabnomaning mohiyati boʻyicha ekspertizani amalga oshiradi.

2. Ekspertiza natijasi boʻyicha soʻrovnoma yoki ixtironi roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni talabnoma beruvchiga yuboradi.

Talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab oʻn sakkiz oydan soʻng 6 oy davomida (ekspertizani tezkor tartibda oʻtkazish yuzasidan iltimosnoma kelib tushgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida)

7-bosqich

Talabnoma beruvchi

Ixtironi roʻyxatdan oʻtkazish, maʼlumotlarni eʼlon qilish, patent berish va patentning amal qilish muddati uchun patent bojini toʻlaydi.

Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror joʻnatilgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida

8-bosqich

Vakolatli organ

Ixtironi roʻyxatdan oʻtkazadi, maʼlumotlarni rasmiy axborotnomada eʼlon qiladi va muhofaza hujjatini beradi.

Patent boji toʻliq toʻlanganda avtomatik tarzda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiroga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

NAMUNA

Ixtiroga patent berish haqida

ARIZA

(21) Talabnomaning qayd raqami:

____________________________

(22) Talabnomaning kelib tushgan sanasi:

____________________________

Yozishmalar uchun manzil:

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

Telefon:

____________________________

(85) Xalqaro talabnomani milliy fazaga oʻtkazish sanasi:

____________________________

(86) _______________________________________

(xalqaro talabnomaning qabul qiluvchi idora tomonidan belgilanadigan qayd raqami va xalqaro topshirish sanasi)

(87) _______________________________________

(xalqaro talabnomani xalqaro eʼlon qilish raqami va sanasi)

Ixtiroga patent berish haqida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

(54) Ixtironing nomi:

_________________________________________________________________________________________

(71) Talabnoma beruvchi:

___________________________________________________________

(jismoniy shaxslar uchun F.I.O, yoki yuridik shaxsning taʼsis hujjati boʻyicha toʻliq nomi)

STIR yoki JSHSHIR (mahalliy talabnoma beruvchilar uchun):

____________________________

____________________________

____________________________

BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa):

____________________________

____________________________

Ixtiro ustuvorligini quyidagi sanadan belgilashingizni soʻrayman:

□ birinchi talabnoma topshirilgan sanadan (“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunning (keyingi oʻrinlarda — Qonun) 18-moddasi ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi);

□ vakolatli organga oldinroq topshirilgan talabnomaning kelib tushish sanasidan (Qonunning 18-moddasi ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi);

□ oldinroq topshirilgan talabnomaga qoʻshimcha materiallarning kelib tushish sanasidan (Qonunning 18-moddasi ikkinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi);

□ ajratilgan alohida talabnomaga birinchi talabnomaning ustuvorlik sanasidan.

(31) Birinchi (oldin topshirilgan, dastlabki) talabnoma raqami

(32) Soʻralayotgan ustuvorlik sanasi

(33) BIMT ST.3 standarti boʻyicha talabnoma topshirayotgan tomonning mamlakat kodi

(konvensiya ustuvorligi soʻralganda)

□ (74) Vakil (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining roʻyxat raqami, pochta manzili)

________________________________________________________________________________________

Telefon:____________________

Ilova qilingan hujjatlarning roʻyxati:

Sahifalar soni

□ tavsif

Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati

□ formula (mustaqil bandlar soni)

□ chizmalar va boshqa materiallar

□ referat

□ patent vakili vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma

□ birinchi talabnomaning nusxasi (konvensiya ustuvorligi soʻralganda)

□ talabnomaning tarjimasi

Boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)

(72) Muallif

(F.I.O. rezidentlar uchun ish joyi, lavozimi va ilmiy darajasi koʻrsatiladi)

Turar joy manzili, BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa)

JSHSHIR (rezidentlar uchun)

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

__________________________________________________________

QR-kod

talabnoma beruvchi yoki vakil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiroga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

Talabnomaga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

ARIZA

Kelib tushgan sanasi

_______________________________

Qayd raqami

_______________________________

Talabnomaga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

(21) Talabnomaning qayd raqami

(22) Talabnomaning kelib tushgan sanasi

Mazkur arizani taqdim etgan holda talabnoma materiallariga quyidagi tuzatish, aniqlik va qoʻshimchalar kiritishingizni soʻrayman:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Tuzatish, aniqlik va qoʻshimchalar kiritilgan maʼlumotlar:

Arizaga ilovalar:

___________________________________________________________

QR-kod

___________________________________________________________

talabnoma beruvchi yoki vakil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiroga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA

Ixtiroga patent berish haqidagi talabnomaga huquqni topshirish

DALOLATNOMASI

Talabnomaning qayd raqami

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

Quyida huquq topshirayotgan shaxs huquqni oluvchi shaxsga ixtiroga patent berish haqidagi talabnomaga boʻlgan huquqni imzo chekkan holda topshiradi.

Huquqni topshirayotgan shaxs:

STIR yoki JSHSHIR (rezidentlar uchun):

_________________________

BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa):

_________________________

Nomi (ismi):

_________________________________________________________________________________________

Pochta manzili:

Telefon: _______________________

Huquqni oluvchi shaxs:

Telefon: ________________________

Huquqni topshirayotgan shaxs imzosi*

Huquqni oluvchi shaxs imzosi*

___________________

_________________________

Imzolangan sana

Imzolangan sana

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Yuridik shaxs nomidan tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi va ismi koʻrsatilgan holda imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiroga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Ixtirolar

DAVLAT REYESTRI

(11)

Patent raqami

(12)

Hujjat turining soʻzli shakli

(13)

BIMTning ST. 16 standarti boʻyicha hujjat turining kodi

(15)

Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana

(18)

Patent amal qilish muddatining tugashi

(19)

Nashr qilayotgan davlatning kodi

(21)

Talabnomaning qayd raqami

(22)

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

(23)

Boshqa sanalar, shu jumladan, oldin topshirilgan talabnomaga qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana

(31)

Ustuvorlik soʻralgan talabnomaning qayd raqami

(32)

Ustuvorlik soʻralgan talabnomaning kelib tushgan sanasi

(33)

Ustuvorligi belgilangan davlat kodi

(45)

Eʼlon qilingan sana va rasmiy axborotnoma raqami

(51)

XPT indekslari

(54)

Ixtiro nomi

(56)

Ekspertiza jarayonida inobatga olingan manbalarga havolalar

(57)

Ixtironing referati

(62)

Ajratib olingan talabnoma boʻyicha birinchi talabnomaning qayd raqami va sanasi

(63)

Oldin topshirilgan talabnomaning qayd raqami va sanasi

(71)

Talabnoma topshiruvchilarning ismi (nomi)

(72)

Muallif

(73)

Huquq egasi

(74)

Vakil

(85)

RST shartnomasining 23 (1) yoki 40 (1)-moddalariga muvofiq xalqaro talabnoma milliy bosqichga oʻtgan sanasi

(86)

RST shartnomasi orqali topshirilgan talabnomaning maʼlumotlari, shu jumladan, xalqaro talabnoma topshirilgan sanasi, roʻyxatdan oʻtkazish raqami hamda ixtiyoriy ravishda eʼlon qilingan xalqaro talabnoma dastlab qaysi tilda topshirilgani (xalqaro talabnomalar asosida berilgan Oʻzbekiston Respublikasi patentlari uchun)

(87)

RST shartnomasi xalqaro talabnomasini nashr etishga oid maʼlumotlar, shu jumladan, xalqaro nashr sanasi, xalqaro nashr raqami va ixtiyoriy ravishda xalqaro talabnomaning nashr etilgan tili (xalqaro talabnomalar asosida berilgan Oʻzbekiston Respublikasi patentlari uchun)

(98)

Yozishmalar uchun manzil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur reyestrda ishlatilayotgan kodlar Butunjahon intellektual mulk tashkilotining standartlari bilan belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 297-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda — Qonun) asosan foydali modelga patent berish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Foydali modelga patent berish haqidagi talabnomani (keyingi oʻrinlarda — talabnoma) topshirish va davlat xizmatidan foydalanish boʻyicha boshqa harakatlar soʻralayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda — talabnoma beruvchi) tomonidan bevosita yoxud vakili (patent vakili yoki ishonchli shaxs) orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Foydali modelning patentga layoqatlilik shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qonunning 7-moddasiga muvofiq, agar foydali model sifatida koʻrsatilgan obyekt yangi va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Foydali modelning muhim belgilari majmui texnika taraqqiyoti darajasidan maʼlum boʻlmasa, u yangi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Texnika taraqqiyoti darajasi foydali model ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʻlgan har qanday maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar foydali modeldan amalda foydalanish mumkin boʻlsa, uni sanoatda qoʻllash mumkin deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qonunning 7-moddasi oltinchi qismiga muvofiq har qanday sohada mahsulot yoki usulga taalluqli boʻlgan texnik yechim foydali model sifatida eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Foydali model sifatida mahsulotga qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, oʻsimlik yoki hayvon hujayralarining turlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qurilmalarga konstruksiyalar, konstruktiv elementlar yoki konstruktiv elementlar majmui boʻlgan hamda funksional-konstruktiv birlikni tashkil qilgan buyumlar, mashinalar, asboblar, apparatlar, uskunalar, mahkamlovchi buyumlar, mashina detallari, aloqa vositalari, qurilish konstruksiyalari va boshqalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Moddalarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy birikmalar, shuningdek, shartli ravishda yuqori molekulyar birikmalar va gen injeneriyasi mahsulotlari boʻlgan rekombinant nuklein kislotalar, vektorlar va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompozitsiyalar (tarkiblar, aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy parchalanish mahsulotlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mikroorganizmlar shtammlari, oʻsimlik yoki hayvon hujayralarining turlariga (liniyalariga):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakteriyalar, viruslar, bakteriofaglar, mikrosuv oʻtlari, mikroskopik zamburugʻlar va boshqalarning shtammlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlik yoki hayvon hujayralarining turlari (liniyalari), shu jumladan, hujayralarning klonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikroorganizmlar, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlarining (liniyalarining) konsorsiumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikroorganizmlar, oʻsimlik yoki hayvonning plazmidlari, vektorlari, barqaror transformatsiyalangan hujayralarni oʻz ichiga olgan genetik konstruksiyalar, transgen oʻsimliklar va hayvonlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Foydali model sifatida usulga moddiy vositalar yordamida moddiy obyekt ustida bajariladigan oʻzaro bogʻlangan harakatlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagilar foydali model sifatida eʼtirof etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy nazariyalar va matematika usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etish va boshqarish usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma tarhlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
estetika talablarini qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan, buyumlarning faqat tashqi koʻrinishiga oid yechimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
integral mikrosxemalarning topologiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlik navlari va hayvon zotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat manfaatlari, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Talabnomaga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qonunning 16-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta foydali modelga yoki yagona ijodkorlik fikrini (foydali model birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy bogʻlangan foydali modellar guruhiga taalluqli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Foydali model formulasida bitta foydali model tavsiflanganda, foydali model birligi talabiga rioya etilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Foydali model formulasida quyidagi bir guruhdagi foydali modellar tavsiflanganda, foydali model birligi talabiga rioya etilgan deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali model formulasida bir turdagi (bir qancha qurilmalar, bir qancha turlar va boshqalar), bir xil maqsadda foydalanishga moʻljallangan, tubdan aynan bir xil yoʻl (variantlar) bilan aynan bir xil texnik natijani olishni taʼminlaydigan obyektlarga taalluqli foydali modellar guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biri ikkinchisini olish (tayyorlash) uchun moʻljallangan foydali model (masalan, qurilma yoki modda va qurilma yoki moddani butunlay yoki ularning bir qismini olish usuli);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biri ikkinchisini amalga oshirish uchun moʻljallangan foydali model (masalan, usul va usulni butunlay yoki uning harakatlaridan birini oshirish uchun qurilma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biri ikkinchisidan (ikkinchisida) foydalanish uchun moʻljallangan foydali model (masalan, usulda foydalanish uchun moʻljallangan usul va qurilma, usul yoki qurilma va uning bir qismi, qurilma yoki moddani ulardan yangi maqsadda foydalanish uchun qoʻllash va ushbu maqsadga muvofiq ulardan foydalanish usuli, qurilma yoki moddadan yangi maqsadda foydalanish va tarkibiy qismi boʻlgan qurilma yoki kompozitsiya).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Talabnoma quyidagi hujjatlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali modelga patent berish haqida ariza (keyingi oʻrinlarda — ariza);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali modelning uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq ochib berilgan tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali model mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan foydali model formulasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali model mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlganda chizmalar va boshqa materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Boshqa tilda topshirilgan hujjatlar ularning tarjimalari boshqa tilda topshirilgan hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida topshirilganda, vakolatli organga kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi, aks holda hujjatlar ularning tarjimalari kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Konvensiya ustuvorligi soʻrab topshirilgan talabnomaga (keyingi oʻrinlarda — konvensiya talabnomasi) talabnoma beruvchi tomonidan Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasi (1883-yil) (keyingi oʻrinlarda — Parij konvensiyasi) qatnashchisi boʻlgan davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusxasi va uning tarjimasi ilova qilinadi. Ular konvensiya talabnomasi vakolatli organga kelib tushgan sanadan boshlab uch oy muddatdan kechiktirilmay topshiriladi. Birinchi talabnoma nusxasining tarjimasi talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi talabnoma topshirilgan sanadan oʻn ikki oy oʻtgandan keyin, lekin ikki oydan kechiktirmay topshirilgan talabnoma boʻyicha konvensiya ustuvorligi soʻralganda tegishli patent boji toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Konvensiya ustuvorligini belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma topshirishda (arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki vakolatli organga talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat davomida topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yangi mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turlariga (liniyalari) oid patent berish haqidagi talabnomaga shtammning rasmiy vakolatga ega boʻlgan depozitariyda saqlanayotgani toʻgʻrisidagi hujjat ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxatini oʻz ichiga olgan talabnomaga aynan ushbu roʻyxat yozilgan va Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — BIMT) tegishli standarti talablariga muvofiq tayyorlangan axborot (.pdf va .docx formatlarida) ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Foydali modelga patent berish haqidagi ariza mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Arizaning 21-kodli “Talabnomaning qayd raqami”, 22-kodli “Talabnomaning kelib tushgan sanasi”, 85-kodli “Xalqaro talabnomani milliy fazaga oʻtkazish sanasi” grafalari ariza vakolatli organga kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Arizaning “Yozishmalar uchun manzil” grafasida xat oluvchining nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki ismi (jismoniy shaxslar uchun), shuningdek, joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochtasidan kamida biri koʻrsatiladi. Ushbu maʼlumotlar uchinchi shaxslar huquq egasi bilan bogʻlanishi uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Arizaning 86-kodli va 87-kodli grafalari Patent kooperatsiyasi toʻgʻrisidagi shartnomaga (Patent Cooperation Treaty) (Vashington, 1970-yil) (keyingi oʻrinlarda — RST) muvofiq topshirilgan foydali model uchun xalqaro talabnoma (keyingi oʻrinlarda — xalqaro talabnoma) Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro talabnomani koʻrib chiqish jarayoniga (keyingi oʻrinlarda — milliy faza) oʻtkazilgan hollarda talabnoma beruvchi tomonidan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86-kodli grafada foydali modelga xalqaro talabnomaning qabul qiluvchi idora tomonidan belgilanadigan qayd raqami va xalqaro topshirish sanasi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87-kodli grafada foydali modelga xalqaro talabnomaning xalqaro eʼlon qilish raqami va sanasi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Arizaning 54-kodli “Foydali modelning nomi” grafasida talabnoma berilgan foydali modelning (foydali modellar guruhining) nomi keltiriladi va ushbu nom foydali modelning tavsifidagi nomga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Arizaning 71-kodli “Talabnoma beruvchi” grafasida talabnoma beruvchi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar keltiriladi:

yuridik shaxsning rasmiy nomi (taʼsis hujjati boʻyicha) yoki jismoniy shaxsning toʻliq F.I.O, shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar uchun STIR yoki JSHSHIR, joylashgan joyi yoki turar joyi manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezidentlar uchun ism va nomlarning transliteratsiyasi hamda BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent bir necha shaxs nomiga soʻralayotganda yuqorida keltirilgan maʼlumotlar ularning har biri uchun alohida keltiriladi.

31. Arizaning ustuvorlikni belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnoma koʻrsatilgan grafasi vakolatli organga talabnoma kelib tushgan sanadan oldinroq ustuvorlik soʻralayotganda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya ustuvorligi soʻralayotganda arizaning 33-kodli “BIMT ST.3 standarti boʻyicha talabnoma topshirilgan mamlakat kodi” grafasida birinchi talabnoma topshirilgan mamlakat kodi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Talabnoma beruvchi tomonidan ishlar uning vakili orqali amalga oshirilganda, arizaning 74-kodli “Vakil” grafasida quyidagi maʼlumotlar keltiriladi: vakilning toʻliq F.I.O yoki ismi, roʻyxat raqami (patent vakili boʻlsa), joylashgan joyi oyi (pochta manzili), telefon raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Arizaning “Ilova qilingan hujjatlar” grafasida talabnomaga aloqador hujjatlar biriktiriladi.

Foydali model tavsifida “Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati” boʻlimi mavjud boʻlganda tegishli grafalarda sahifalarning umumiy miqdori koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomada koʻrsatilgan nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati mazkur Reglamentning 24-bandiga muvofiq taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Arizaning 72-kodli “Muallif” grafasida quyidagi maʼlumotlar keltiriladi:

muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar uchun JSHSHIR, ish joyi, lavozimi va ilmiy darajasi, BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezidentlar uchun BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar kod belgilangan boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Foydali model nomi aniq, qisqa boʻlib, foydali model mohiyatiga mos kelishi, foydali model tegishli boʻlgan obyektning umumiy tushunchasini aniqlanishi va obyektning vazifasini tavsiflanishi (uning bajaradigan funksiyasini yoki texnikaning qaysi sohasiga oid ekanligini koʻrsatishi) kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Foydali model nomi, qoida tariqasida, Xalqaro patent tasnifining (keyingi oʻrinlarda — XPT) maʼlum rubrikasiga mos kelishi kerak. Foydali model mohiyatiga mos rubrikani aniqlash mumkin boʻlmaganda, foydali modelning nomi umumqabul qilingan terminologiyaga muvofiq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Foydali model nomida “masalan” va “xususan” kabi iboralar qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Foydali model nomi atamaga xos yoki tavsiflovchi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atamaga xos nomlash texnikaning shu soha mutaxassisiga maʼlum boʻlgan obyektning muhim belgilari majmuini ular sanab oʻtilgani yoki sanab oʻtilmaganidan qatʼiy nazar, tavsiflashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiflovchi nom obyektning vazifasi va uning texnikaga oid bir yoki turli xil sohalarda bajaradigan funksiyasi haqida tasavvur berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Foydali model nomi birlikda ifodalanadi, birlikda ishlatilmaydigan nomlar, umumiy tuzulma formulasi bilan aniqlanadigan kimyoviy birikmalarga oid foydali modellarning nomlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Alohida kimyoviy birikmaga oid foydali model nomiga kimyoda qabul qilingan nomenklatura boʻyicha nomi kiritiladi, shuningdek, uning qanday aniq vazifada ishlatilishiga doir koʻrsatmasi, biologik faol birikmalar uchun biologik faollik turi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzilishi aniqlanmagan yuqori molekulyar birikmalarni olish usullariga oid foydali model nomiga birikmaning nomi va zarur boʻlganda, uning vazifasi toʻgʻrisida koʻrsatma kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanmagan tarkibli modda-aralashmani olish usuliga oid foydali model nomiga vazifasi toʻgʻrisida koʻrsatma yoki ushbu moddaning biologik faollik xususiyatlarini koʻrsatuvchi tushunchalar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Mikroorganizm shtammi, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlariga (liniyalari) oid foydali modellar nomiga biologik obyektning lotin tilidagi oila turkumi va turiga oid nomi, shtamm turi va vazifasi koʻrsatilgan holda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Genetik konstruksiyaga taalluqli foydali modelga uning vazifasi koʻrsatilgan holda nomlanishi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Avvaldan maʼlum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllanilishiga oid boʻlgan foydali model nomi tegishli obyekt uchun qabul qilingan qoidalarga binoan tuziladi va avvaldan maʼlum boʻlgan obyektning yangi vazifasini tavsiflaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Biri ikkinchisini olish (tayyorlash), amalga oshirish yoki foydalanish uchun moʻljallangan obyektlarga oid foydali modellar guruhining nomi bitta foydali modelning toʻliq nomi va ikkinchisining qisqartirilgan nomini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biri boshqasida foydalanish uchun moʻljallangan obyektlarga oid foydali modellar guruhining nomi guruhga kirgan foydali modellarning toʻliq nomi bilan ataladi. Variantlarga oid foydali modellar guruhining nomi bitta foydali modelning nomidan iborat boʻlib, “variantlar” degan soʻz bilan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Foydali model nomi zarur boʻlganda lotin alifbosi simvollarini va arab raqamlarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali model nomiga atoqli otlar, norasmiy iboralar, abbreviaturalar, reklama, tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari, geografik koʻrsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, firma nomlari, geografik nomlar, “va boshqalar” soʻzlari hamda foydali modelni aniqlash maqsadlariga xizmat qilmaydigan boshqa soʻzlar kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tavsif foydali model nomini keltirish bilan boshlanadi. Talabnoma berilayotgan foydali model tegishli boʻlgan XPT amaldagi tahriri rubrikasi belgilanganda, ushbu rubrikasining indeksi foydali model nomi oldida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsif quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali model oid boʻlgan texnika sohasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali model mohiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chizmalar va boshqa materiallar roʻyxati (agar ular boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali modelni amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati (agar foydali modelni tavsiflash uchun bunday ketma-ketlikdan foydalanilgan boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsif boʻlimi oʻrniga manbalarda (adabiyot, avval topshirilgan talabnomadagi foydali model tavsifi, muhofaza hujjatidagi foydali model tavsifi va boshqalarda) keltirilgan maʼlumotlarga havola qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tavsifning “Foydali model oid boʻlgan texnika sohasi” boʻlimida foydali model qoʻllanadigan soha koʻrsatiladi. Bunday sohalar bir nechta boʻlganda, ular orasidan qaysi birida koʻproq qoʻllanilishi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Tavsifning “Texnika darajasi” boʻlimida talabnoma beruvchiga maʼlum boʻlgan foydali model analoglari keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelning analogi sifatida foydali modelning ustuvorlik sanasigacha ommaviy tarzda oshkor etilgan axborot manbaidan maʼlum boʻlgan, foydali modelning muhim belgilari majmuiga oʻxshash belgilar bilan tavsiflangan va foydali model bajaradigan vazifani amalga oshiradigan vosita koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Analogni taʼriflashda ochib berilgan axborot manbalarining bibliografik maʼlumotlari, analogning belgilari talabnoma berilayotgan foydali modelning muhim belgilari bilan mos keladiganlari ajratib koʻrsatilgan holda keltiriladi, shuningdek, texnik natija olishga toʻsqinlik qiluvchi sabablar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Foydali model analoglari orasidan foydali modelga muhim belgilar majmui boʻyicha eng yaqin boʻlgan analog ajratib koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Foydali model aniq vazifaga yoki biologik faol xususiyatlarga ega boʻlgan, aniqlanmagan tarkibli aralashmani olish usuliga oid boʻlganda, analog sifatida xuddi shunday vazifaga va biologik faol xususiyatga ega boʻlgan aralashmalar olish usuli koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali model yangi alohida kimyoviy, shuningdek, yuqori molekulyar birikma olish usuliga yoki gen injeneriyasi obyektiga oid boʻlganda, unga oʻxshash analogni olish usuli haqida maʼlumotlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Modda produtsentiga (mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turlari (liniyalari)) oid boʻlgan foydali modelning eng yaqin analogini tavsiflashda hosil boʻladigan modda haqida maʼlumotlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali model avval maʼlum boʻlgan mahsulot yoki usulni yangi maqsadda qoʻllashga oid boʻlganda, uning analoglariga xuddi shu vazifada ishlatiladigan maʼlum mahsulot yoki usul kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modellar guruhini tavsiflashda analoglar haqidagi maʼlumotlar har bir foydali model uchun alohida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. “Foydali model mohiyati” boʻlimida foydali model texnik natijaga erishish uchun muhim boʻlgan belgilar majmui orqali ifodalanib, uni amalga oshirish yetarli ravishda toʻliq ochib berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilar erishiladigan texnik natijaga taʼsir koʻrsatadigan (texnik natija bilan sabab-oqibat bogʻlanishiga ega) boʻlganda muhim belgilar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu boʻlimda foydali model hal qilishi kerak boʻlgan vazifa foydali model amalga oshirilganda erishiladigan texnik natija koʻrsatilgan holda ochib beriladi, shuningdek foydali modelni tavsiflovchi barcha muhim belgilar keltiriladi, eng yaqin analogdan farqlanuvchi belgilar ajratiladi, bunda soʻralayotgan huquqiy muhofaza hajmi tatbiq qilinadigan barcha holatlarda texnik natijani olishni taʼminlaydigan belgilar yigʻindisi va foydali modelni faqat aniq holatlarda, bajarilishining aniq shakllarida yoki undan foydalanishning alohida sharoitlarida tavsiflovchi belgilar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligidan belgini tavsiflash uchun foydalanilganda ularning ketma-ketliklari “SEQ ID NO …”ning roʻyxatidagi raqami koʻrinishida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Belgining tavsifini ushbu belgi ochib berilgan axborot manbaiga havola qilingan holda almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biron-bir sohadagi umumeʼtirof etilgan bilimlarga asoslangan dalillarni axborot manbaini koʻrsatmasdan keltirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Texnik natija oʻzi bilan foydali modelni namoyon qiluvchi vositani amalga oshirishda (tayyorlashda) yoki undan foydalanishda olinishi mumkin boʻlgan texnik samara, xususiyat, hodisa va boshqalarning tavsifini ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali model bir nechta texnik natijani olishni taʼminlaganda ularni koʻrsatish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik natija, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishqalanish koeffitsiyentini kamaytirish (oshirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisilib qolishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tebranishini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biror organda qon aylanishini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori-preparat taʼsirini toʻplash yoki uning zaharliligini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organning muhit bilan aloqasini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
signal shaklining oʻzgarishini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyuqlik sizib oʻtib ketishini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yorilishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaksinaning immunogenligini oshirish orqali ifodalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Foydali model yaratilishida maʼlum vazifaga ega boʻlgan texnik vositalar koʻlamini kengaytirish yoki birinchi marta shunday texnik vositalar olish vazifasi hal qilinayotganda, texnik natija shu vazifani amalga oshirishdan iborat boʻladi va buni maxsus taʼkidlash talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Foydali modellar guruhi uchun mazkur Reglamentning 51, 52 va 54-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar har bir foydali model uchun alohida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turlarini (liniyalari) tavsiflashda ularning oʻzlari kelib chiqqan yoki eng yaqin shtammdan farq qiluvchi belgilari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Avval maʼlum boʻlgan mahsulot yoki usulni yangi maqsadda qoʻllashga oid foydali modelni tavsiflashda maʼlum obyektning tavsifi keltiriladi va ular koʻrsatilgan adabiyotning bibliografik maʼlumotlari beriladi hamda uning maʼlum boʻlgan va yangi vazifasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Qurilmani tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konstruktiv element mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elementlar orasidagi bogʻliqlik mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elementlarning oʻzaro joylashganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elementning yoki umuman qurilmaning bajarilish shakli, xususan, geometrik shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elementning parametrlari va boshqa tavsiflari hamda ular oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
element yoki umuman qurilma tayyorlangan material;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
element funksiyasini bajaruvchi muhit.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilmani taʼriflash uchun umuman qurilmada yoki uning biror elementida qurilmaning ishlashi yoki vazifasini bajarishi uchun taʼsir etmaydigan (soʻzli, tasviriy yoki aralash) belgilardan foydalanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Usulni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakat yoki harakatlar majmuining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlarni vaqt boʻyicha bajarish tartiblari (ketma-ket, bir vaqtda, har xil kombinatsiyalar va boshqalarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlarning bajarish shartlari, rejim, moddalar, birlamchi xomashyo, reagentlar, katalizatorlar, qurilmalar, mikroorganizm shtammlari, oʻsimlik va hayvonlar hujayralarining turlari (liniyalari) va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Kimyoviy birikmalarni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tuzilmaga ega boʻlgan quyi molekulyar birikmalar uchun sifat jihatidan tarkibi (maʼlum elementlar atomlari), miqdoriy tarkibi (har bir elementning atomlar soni), atomlar orasidagi bogʻlanish va ushbu atomlarning kimyoviy tuzilish formulasi koʻrinishida ifodalangan molekuladagi oʻzaro joylashganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tuzilmaga ega boʻlgan yuqori molekulyar birikmalar uchun kimyoviy tarkibi va makromolekulaning bir boʻgʻimining tuzilishi, makromolekulaning umuman tuzilishi, boʻgʻimlarning davriyligi, molekulyar massa, molekulyar massaning taqsimlanishi, makromolekulaning geometriya va stereometriyasi, uning uchidagi va yonidagi guruhlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlanmagan tuzilishga ega boʻlgan alohida birikmalar uchun fizik-kimyoviy xususiyatlari, olish usuli va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa tavsiflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gen injeneriyasi mahsulotlariga taalluqli boʻlgan alohida birikmalar uchun nukleotidlar ketma-ketligi (nuklein kislotalar fragmentlari hollarida) yoki tabiiy xaritasi (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar hollarida), aminokislotalar ketma-ketligi hamda ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa fizik-kimyoviy tavsiflari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Kompozitsiyalarni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifat jihatidan tarkibi (ingrediyentlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
miqdoriy tarkib (ingrediyentlar miqdori);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompozitsiya tuzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ingrediyentlar tuzilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibi aniqlanmagan kompozitsiyalarni tavsiflash uchun ularning fizik-kimyoviy va foydalilik koʻrsatkichlari hamda ularni olish usulining belgilari ishlatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Yadroviy parchalanish yoʻli bilan olingan moddalarni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifat jihatidan tarkibi (element izotopi), miqdoriy tarkib (proton va neytronlar soni);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy yadroviy tavsiflari, yaʼni yarim parchalanish davri, nurlanish energiyasi va koʻrinishi (radioaktiv izotoplar uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Mikroorganizm shtammlarini tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtammning oilasi va turining nomi (lotin tilida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib chiqishi (ajratib olinish manbai, nasli);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genotaksonomik va xemotaksonomik tavsiflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
morfologik, fiziologik, shu jumladan, madaniy yetishtirish jihatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biotexnologik tavsifi (yetishtirish sharoitlari, shtammdan hosil qilinadigan foydali moddaning nomi va xususiyati, faollik (mahsuldorlik) darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot va veterinariya sohasidagi mikroorganizmlar shtammlari uchun virulentlik, antigen tuzilishi, serologik xususiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gibrid mikroorganizmlar shtammlari uchun gibridlash prinsipi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Oʻsimlik yoki hayvonlar hujayralari turlarini (liniyalari) tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
passajlar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kariologik tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsish (kinetik) tavsiflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvon organizmida oʻstirish tavsifi (gibridlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
morfogenezga qobiliyati (oʻsimlik hujayralari uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Mikroorganizmlar, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari (liniyalari) konsorsiumlarini tavsiflash uchun mazkur Reglamentning 64 va 65-bandlarida qayd etilgan belgilarga qoʻshimcha ravishda quyidagi belgilar ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya va moslashtirish faktorlari va sharoitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taksonomik tarkibi, miqdori va ustun boʻlgan komponentlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umuman konsorsiumning tipi va fiziologik xususiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu konsorsiumni boshqasidan farqlash uchun imkon beradigan boshqa belgilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Genetik konstruksiyalarni tegishli ravishda tavsiflash uchun mazkur Reglamentning 59-bandida nazarda tutilgan belgilardan foydalaniladi, bunda konstruktiv elementlar boʻlib enxanser, promotor, terminator, tashabbuskor kodon, linker, oʻzga gen fragmenti, marker, flankirlovchi qism boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Transformatsiyalangan hujayrani tavsiflash quyidagi belgilardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transformatsiyalovchi element;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujayra tomonidan oʻzlashtirib olinadigan belgilar (xususiyatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujayra kelib chiqishiga doir maʼlumotlar (prokariotik hujayra uchun urugʻ, oila turkumi va turi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taksonomiyaga xos belgilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy genom mutatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujayrani madaniylashtirish sharoitlari va ushbu hujayrani boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa tavsiflari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Transgen oʻsimlikni tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
genomda modifikatsiyalangan elementning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlik tomonidan oʻzlashtirib olinadigan belgilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlikning kelib chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taksonomiyaga tegishliligi va ushbu oʻsimlikni boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa tavsiflari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Transgen hayvonni tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvon genomiga transformatsiyalangan gen va DNK hamda kodlovchi yoki ekspress maqsadli mahsulot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvon tomonidan oʻzlashtirib olinadigan belgilar (xususiyatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvon tomonidan hosil qilinadigan modifikatsiyalangan mahsulot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonning tegishliligi (tipi, zoti va boshqalar) va ushbu hayvonni boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa tavsiflari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Avval maʼlum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllashni tavsiflash uchun yangi maqsadda qoʻllanayotgan obyektning identifikatsiya qilish uchun yetarli boʻlgan qisqa tavsifi va uning yangi vazifasiga doir koʻrsatmasidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Tavsifning “Chizmalar va boshqa materiallar roʻyxati” boʻlimida tasvirlangan chizma figuralari va boshqa materiallarning qisqacha taʼrifi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. “Foydali modelni amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi maʼlumotlar” boʻlimida foydali modelni talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vazifada amalga oshirish mumkinligi ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mohiyati umumiy tushuncha bilan ifodalangan, xususan, funksional umumlashtirish darajasida keltirilgan belgidan foydalanish bilan tavsiflanuvchi foydali modelni amalga oshirish imkoniyati bevosita talabnoma materiallarida bunday belgini hosil qilish uchun vositalarni yoxud uni olish usullari yoki bunday vosita va usullarning maʼlum ekanligi toʻgʻrisidagi koʻrsatmani ifodalash bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsifning ushbu boʻlimida foydali modelni amalga oshirganda, olinishi mumkin boʻlgan va hal qilinayotgan vazifa tavsiflanayotganda “Foydali model mohiyati” boʻlimida koʻrsatilgan texnik natijaga erishish imkoniyatini tasdiqlovchi maʼlumotlar ham keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelni tavsiflash uchun miqdorlar oraligʻi koʻrinishida ifodalangan miqdoriy belgilardan foydalanilganda, texnik natijaga shu oraliqda erishish mumkinligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Qurilmaga oid foydali modelga uning konstruksiyasining (statik holatdagi) tavsifi chizma figuralariga izoh berilgan holda keltiriladi. Konstruktiv elementlarning tavsifdagi raqamli belgilari chizma figuralaridagi raqamli belgilariga mos kelishi kerak va ularni ketma-ket taʼriflash davomida birdan boshlab oʻsish tartibida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilma konstruksiyasini tavsiflashdan keyin uning harakati yoki undan foydalanish usuli konstruktiv elementlar va chizma figuralariga, zarur hollarda esa boshqa izoh beruvchi materiallarga (epyuralar, vaqt boʻyicha diagrammalar va boshqalar) raqam bilan izoh berilgan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilma funksional darajada tavsiflangan boʻlib, koʻrsatilgan amalga oshirish shakli dasturlangan koʻp funksiyali moslamadan foydalanishni nazarda tutganda unda qurilmadagi aniq biriktirilgan funksiyani bajarishi mumkinligini tasdiqlovchi maʼlumotlar beriladi. Bunday maʼlumotlar sifatida algoritm, xususan, hisoblash algoritmi keltirilganda, uni koʻpincha bloksxema yoki agar mumkin boʻlsa, tegishli matematik ifoda koʻrinishida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Usulga oid foydali modelni tavsiflash uchun moddiy obyekt ustida bajariladigan harakatlar ketma-ketligi, shuningdek harakatlar olib boriladigan shart-sharoitlar, agar zarur boʻlsa, aniq rejimlar (harorat, bosim va boshqalar) ishlatiladigan qurilmalar, moddalar, shtammlar koʻrsatiladi. Usul biror ustuvorlik sanasigacha maʼlum boʻlgan vositalar — qurilma, modda va shtammlardan foydalanish orqali tavsiflanganda foydali modelni amalga oshirish mumkin boʻlgan holda ushbu vositalarni izohlash yetarlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomaʼlum vositalardan foydalanilganda ularning tavsiflari keltiriladi, zarur hollarda grafik tasvirlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Usulda yangi moddalardan foydalanilganda, ularni olish usuli ochib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Umumiy tuzilish formulasi bilan tavsiflangan kimyoviy birikmalar guruhini olish usuliga oid foydali modellar uchun shu usul bilan guruhdagi birikmalarni olish misollari keltiriladi. Guruhning kimyoviy bogʻlanish tabiati har xil radikallardan iborat birikmalarni oʻz ichiga olganda ushbu birikmalarni olishni tasdiqlash uchun yetarli boʻlgan misollar keltiriladi. Guruhga kirgan birikmalarni olish uchun maʼlum usullar bilan tasdiqlangan tuzilish formulalari va fizik-kimyoviy tavsiflari keltiriladi. Tavsifda yangi birikmalarning vazifasi va biologik faol xususiyatlari haqida maʼlumotlar ham keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzilishi aniqlanmagan kimyoviy birikmalarni, tarkibi va tuzilishi aniqlanmagan aralashmalarni olish usuliga oid foydali modellar uchun ushbu birikma yoki aralashmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar keltiriladi. Birikma yoki aralashmalarni olish uchun boshlangʻich reagentlar haqida maʼlumotlar, shuningdek, birikma yoki aralashmaning talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vazifasini amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi maʼlumotlar, xususan, bu vazifani keltirib chiqaruvchi xususiyatlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Inson yoki hayvonlardagi kasalliklarni davolash, ularga tashxis qoʻyish yoki ularning oldini olish usuliga oid foydali modellar uchun kasallik etiopatogeneziga taʼsir koʻrsatuvchi aniqlangan omillar yoki etiopatogenez va tashxis koʻrsatkichlari orasidagi bogʻlanishni keltirib chiqaruvchi omillar haqida maʼlumotlar keltiriladi. Bunday maʼlumotlar boʻlmaganda usulning koʻrsatilgan holat yoki kasallikni davolash, tashxis qoʻyish yoki oldini olishga yaroqliligini tasdiqlovchi haqiqiy maʼlumotlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Tuzilishi aniqlangan yangi individual kimyoviy birikmaga oid foydali model uchun maʼlum uslublar bilan isbotlangan tuzilish formulasi, fizik-kimyoviy konstantalar keltiriladi va yangi birikma birinchi marta olingan usul ochib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Gen injeneriyasi mahsulotlariga taalluqli boʻlgan alohida birikmalar uchun ketma-ketliklar roʻyxatidagi nukleotidlar ketma-ketligining raqamiga doir koʻrsatma (nuklein kislotalar fragmentlarida) yoki tabiiy xarita (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar holatida), ketma-ketliklar roʻyxatidagi aminokislotalar ketma-ketligining raqamiga doir koʻrsatma hamda ushbu birikmani boshqalaridan farqlash uchun zarur boʻlgan fizik-kimyoviy va boshqa tavsiflar keltiriladi. Yangi birikma birinchi marta olingan usul tavsiflanadi va ushbu birikmadan maʼlum vazifa boʻyicha foydalanish imkoniyati koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligidan belgini tavsiflash uchun foydalanilganda ularning ketma-ketliklari roʻyxatidagi raqami “SEQ ID NO …” koʻrinishida erkin matnda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Biologik faol birikma uchun faollik va zaharlilik miqdori tavsiflarining koʻrsatkichlari, zarur boʻlganda esa tanlab taʼsir qilish va boshqa koʻrsatkichlari keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Foydali model insonlar yoki hayvonlardagi maʼlum holatlar yoki kasalliklarni davolash, tashxis qoʻyish yoki profilaktika qilish vositasiga oid boʻlganda tavsifda uning ishlatilishi natijasida kasallik etiopatogeneziga koʻrsatadigan taʼsirini tushuntiradigan omillar haqida maʼlumotlar keltiriladi. Bunday maʼlumotlar boʻlmaganda koʻrsatilgan kasalliklarni davolash, tashxis qoʻyish yoki profilaktika qilish uchun yaroqliligini tasdiqlovchi maʼlumotlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Foydali model tuzilishi aniqlangan kimyoviy birikmaga taalluqli boʻlganda, maʼlum boʻlgan uslublar bilan isbotlangan tuzilish formulasi, fizik-kimyoviy konstantalar keltiriladi, birikma olingan usul tavsiflanadi va foydali modeldan koʻrsatib oʻtilgan vazifasi boʻyicha foydalanish imkoniyati keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Yangi kimyoviy birikma mikroorganizmlar shtammi, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlaridan (liniyalari) foydalanish orqali olinganda ushbu shtamm va tur (liniya) ishtirokida yangi kimyoviy birikmani olish usuli, shtamm va tur (liniya) haqida maʼlumot, shuningdek, shtamm va tur (liniya) saqlash uchun topshirilganligi haqida maʼlumotnoma taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Foydali model oraliq birikmaga oid boʻlganda uni avvaldan maʼlum boʻlgan oxirgi mahsulotga aylantirish uchun qayta ishlash imkoniyati yoki undan aniq vazifada ishlatiladigan yoki biologik faol xususiyatga ega boʻlgan yangi mahsulot olish mumkinligi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Foydali model nuklein kislotalar yoki oqsillarga taalluqli boʻlganda ketma-ketlik roʻyxatidagi ketma-ketlik raqami (nuklein kislotalar uchun — nukleotidlar, oqsillar uchun — aminokislotalar) hamda ushbu mahsulotni boshqalardan farqlashga imkon beradigan fizik-kimyoviy va boshqa tavsiflar keltiriladi. Bunda mahsulot olingan usul bayon qilinadi va ushbu mahsulotdan belgilangan vazifa boʻyicha foydalanish imkoniyati koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Foydali model kompozitsiyaga (tarkiblar, aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va boshqalarga) oid boʻlganda kompozitsiya tarkibiga kirgan ingrediyentlar, ularning xususiyatlari va miqdoriy nisbatlari koʻrsatilgan misollar keltiriladi. Bunda kompozitsiyani olish usuli tavsiflanadi. Kompozitsiyada biror ingrediyent sifatida yangi modda qoʻllanilganda uni olish usuli ham tavsiflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keltirilgan misollarda har bir ingrediyentning miqdori foydali model formulasida keltirilgan chegaralarda boʻlgan birliklarda beriladi (foydali model formulasida ingrediyentlar nisbati foizlarda ifodalanganda (massa yoki hajmi boʻyicha) koʻrsatilgan barcha ingrediyentlar yigʻindisi 100 foizga teng boʻladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Shtammga taalluqli boʻlgan foydali model uchun shtammning nomenklatura maʼlumotlari va kelib chiqishi, ozuqa (ekiladigan va fermentatsiyalanadigan) muhitining miqdoriy va sifat jihatidan tarkibi, madaniy yetishtirish sharoitlari (harorat, pH, O2 ning solishtirma massa oʻtkazilishi, yoritilganligi va boshqalar), fermentatsiya vaqti, biosintez tavsifi, foydali (maqsadli) mahsulot, mahsulot chiqishi, shtammning faollik (mahsuldorlik) darajasi va uni aniqlash (testlash) usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi. Maqsadli mahsulotning (yangi maqsadli mahsulot produtsentlari, masalan, antibiotiklar, fermentlar, monoklonal antitanachalar va boshqalar uchun) ajratib olish va tozalash usuli ochib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Mikroorganizmlar konsorsiumlari, oʻsimlik va hayvon hujayralari uchun quyidagi maʼlumotlar koʻrsatib oʻtiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komponentlar mavjudligini tekshirish usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratib olish (seleksiya) usuli va seleksiya olib borilgan belgilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq muddat davomida yetishtirilayotganda konsorsiumning barqarorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzga mikroorganizmlar tomonidan zararlanishga chidamliligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Shtamm, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlariga (liniyalari) yoxud ular ishlatiladigan usulga taalluqli foydali modelni amalga oshirish imkoniyati shtamm yoki turni (liniya) olish usulini tavsiflash bilan tasdiqlanganda, agar shtammni olish usulining tavsifi yetarli boʻlmasa, shtamm yoki turning (liniya) saqlash uchun topshirilganligi (depozitariy nomi va obyektni roʻyxatdan oʻtkazish raqami) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda saqlash uchun topshirish sanasi foydali model ustuvorligi sanasigacha boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Shtamm, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turi (liniya) yoki konsorsium obyekti eng kamida patent amal qilishi muddati ichida hayotiyligini taʼminlashni kafolatlaydigan xalqaro depozitariyga yoki milliy depozitariyga joylashtirilganda, patentlash jarayoni uchun saqlash uchun topshirish amalga oshirilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati toʻrtta va undan koʻp aminokislotalardan iborat yoki oʻnta va undan koʻp nukleotidlardan iborat tarmoqlanmagan boʻlsa, tavsifning “Foydali model mohiyati” boʻlimida ushbu ketma-ketliklar batafsil ochib beriladi. Bunda har bir ketma-ketlikka alohida raqam beriladi. Ketma-ketliklar raqamlari birdan boshlanishi va tartib bilan butun songa oshib borishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxatidagi har bir ketma-ketlikning raqami foydali model tavsifi, formulasi yoki grafik tasvirlarda koʻrsatilgan uning raqamiga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi hech boʻlmaganda quyidagilarning biri yordamida taqdim etilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat nukleotidlar ketma-ketligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat aminokislotalar ketma-ketligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nukleotidlar ketma-ketligining tegishli aminokislotalar ketma-ketligi bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda aminokislotalar ketma-ketligi alohida raqamga ega boʻlgan aminokislotalarning alohida ketma-ketligi sifatida taqdim etilishi kerak. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligining roʻyxati oʻzi bilan foydali model tavsifining bevosita tarkibiy qismini namoyon qilganligi bois mazkur ketma-ketliklar tavsifning biron-bir joyida batafsil keltirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati oʻzining bayon qismida erkin matn — neytral til leksikasi foydalanilmagan ketma-ketliklar tavsifini bayon qiluvchi jumlalarni oʻz ichiga olganda ushbu erkin matn foydali model tavsifining ketma-ketliklar roʻyxatidagi ketma-ketlik raqamini aynan oʻsha koʻrinishda oʻz ichiga olgan boshqa boʻlimlarida takrorlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Avvaldan maʼlum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtamm va hujayralar turini (liniyasi) yangi vazifada qoʻllanilishiga taalluqli foydali model uchun ushbu vazifani amalga oshirish imkoniyatlarini tasdiqlovchi maʼlumotlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Foydali modelning formulasi tavsif va chizmalarga toʻliq asoslangan boʻlishi kerak, yaʼni foydali modelni uning tavsifida mavjud boʻlgan va chizmalarda koʻrsatilgan tushunchalar bilan taʼriflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Foydali modelning formulasi uning mohiyatini ifodalashi kerak, yaʼni talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnik natijaga erishish uchun yetarli darajada foydali modelning muhim belgilari majmuini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Foydali model belgilarining foydali model formulasida ifoda etilishi ularni identifikatsiya qilishi, yaʼni maʼlum boʻlgan texnika taraqqiyoti darajasi asosida ularning maʼnosi va mazmuni mutaxassislar tomonidan bir xil maʼnoda tushunilish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Foydali model formulasidagi belgi taʼrifini axborot manbaiga havola qilish bilan almashtirish mumkin emas. Agar belgini tavsif yoki chizmalarga havola qilmasdan taʼriflashning iloji boʻlmasa, mazkur Reglamentning 96-bandi talablariga rioya etilganda belgi taʼrifi bunday havola qilish bilan almashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Nukleotidlar va aminokislotalarning ketma-ketligidan foydali model formulasidagi belgini tavsiflash uchun foydalanilganda ketma-ketliklar roʻyxatidagi uning raqami “SEQ ID NO...” koʻrinishida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Foydali model formulasi umumiy tushunchadagi belgilar bilan taʼriflanganda ushbu belgilar doirasidagi aniq hollarda koʻrsatilgan texnik natijani berganda foydali modelning belgisi umumiy tushunchalar bilan tavsiflanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan muqobilidan tanlab olingan har bir belgi foydali modelning boshqa belgilari bilan birgalikda bir xil texnik natijani olishni taʼminlaganda, belgi muqobil tushunchalar koʻrinishida ifoda etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Foydali modelning formulasi bir zvenoli va koʻp zvenoli boʻlishi hamda tegishlicha bir yoki bir necha bandlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Bir zvenoli formula foydali modelning tayyorlanishi yoki undan foydalanishning aniq hollarida rivojlantirishlar va aniqlashtirishlarga ega boʻlmagan muhim belgilar majmui bilan bitta foydali modelni tavsiflash uchun qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Foydali modelning koʻp zvenoli formulasi foydali modelning tayyorlanishi va undan foydalanishning aniq holatlarida rivojlantirishlar hamda aniqlashtirishlarga ega boʻlgan muhim belgilar majmui bilan bitta foydali modelni yoki foydali modellar guruhini tavsiflash uchun qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta foydali modelni tavsiflovchi koʻp zvenoli formula bitta mustaqil bandga va undan keyin keluvchi unga bogʻliq bandlarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modellar guruhini tavsiflovchi koʻp zvenoli formula bir necha mustaqil bandlarga ega boʻlib, ulardan har biri guruhning foydali modellaridan birini tavsiflaydi. Shu bilan birga guruhning har bir foydali modeli tegishli mustaqil bandga boʻysunuvchi bogʻliq bandlarni jalb etish bilan tavsiflangan boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp zvenoli formula bandlari birdan boshlab ularni bayon etish tartibida ketma-ket arab raqamlari bilan raqamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Foydali modellar guruhini tavsiflovchi formulani bayon etishda quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida foydali modellarni tavsiflovchi mustaqil bandlarda, qoida tariqasida, formulaning boshqa bandlariga havola qilinmaydi, agar bandga havola qilinsa, havola qilinayotgan bandning mazmuni toʻliq takrorlanmasdan bayon etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bogʻliq bandlar oʻzlari boʻysungan mustaqil bandlar bilan birga guruhlarga birlashtiriladi, shu jumladan, guruhdagi turli foydali modellarni taʼriflash uchun bir xil mazmundagi bogʻliq bandlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Formulaning bandi, qoida tariqasida, eng yaqin analogning belgilari bilan mos keluvchi, shu jumladan, foydali modelning vazifasini koʻrsatuvchi umumlashtiruvchi tushunchani oʻz ichiga oladigan muhim belgilarga ega boʻlgan cheklovchi qismdan va foydali modelni eng yaqin analogidan farqlaydigan muhim belgilarni oʻz ichiga oladigan farqlovchi qismdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Formula bandi cheklovchi va farqlovchi qismlarga boʻlib tuzilganida cheklovchi qism bayon etilganidan soʻng “shu bilan farqlanadiki” soʻz birikmasi kiritiladi va bundan keyin bevosita farqlovchi qism bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Quyidagi holatlarda foydali model formulasi bandi cheklovchi va farqlovchi qismlarga boʻlinmasdan tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy birikma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turi (liniyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval maʼlum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
analoglarga ega boʻlmagan foydali model.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Formulaning bandi bitta jumla koʻrinishida bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Foydali model formulasining mustaqil bandi faqat bitta foydali modelga taalluqli boʻladi va bitta jumla koʻrinishida bayon etiladi. Foydali modellar — variantlar faqat muqobil koʻrinishda ifodalangan belgilar bilan farqlanganda formulaning bitta mustaqil bandida bir qancha foydali modellarni — variantlarni tavsiflashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Formulaning mustaqil bandida muqobil koʻrinishda faqat funksional mustaqil boʻlmagan (yaʼni qurilmaning boʻgʻimi yoki detali, usul operatsiyasi, usulda qoʻllanadigan modda, material, moslama, kompozitsiya ingrediyenti hisoblanmagan) belgilar ifodalanganda bunday mustaqil band faqat bitta foydali modelga taalluqli deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Formulaning mustaqil bandi undagi mavjud belgilar majmui turli obyektlarga yoki har biri oʻz vazifasiga ega boʻlgan vositalar majmuiga oid boʻlgan foydali modellarning tavsifini umumiy vazifadagi vositalarning koʻrsatilgan majmuini amalga oshirilmagan holda taʼrifini oʻz ichiga olganda, bir foydali modelga taalluqli deb eʼtirof etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Foydali modelning bogʻliq bandi mustaqil bandda keltirilgan foydali modelni faqat uni bajarish yoki foydalanishning aniq holatlarida tavsiflaydigan belgilar bilan foydali model belgilari majmuining rivojlanishi va aniqlanishini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Foydali modelning formulasidagi bogʻliq bandning cheklovchi qismi u bogʻliq boʻlgan mustaqil bandning qoʻllanilishini aks ettiruvchi umumlashgan tushunchaga nisbatan qisqartirilgan shakl bilan mustaqil va bogʻliq bandga tegishliligi boʻyicha havola qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bogʻliq band formulaning bir necha bandlariga boʻysunganda ularga havola qilish muqobilidan foydalanilgan holda koʻrsatiladi, soʻng foydali modelning bajarilishi yoki undan foydalanishning aniq holatlarida foydali modelni tavsiflovchi belgilar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Foydali modelni tavsiflash uchun uning bajarilishi yoki foydalanilishining aniq holatlarida bogʻliq bandning belgilari bilan bir qatorda mustaqil bandning belgilari va bu bogʻliq bandning mustaqil bandga boʻysunishidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelni tavsiflash uchun formulaning boshqa bir yoki bir necha bogʻliq bandlarining belgilari zarur boʻlganda shu bogʻliq bandning mustaqil bandga tegishli bogʻliq bandlari orqali boʻysunishidan foydalaniladi. Bunda ushbu bogʻliq bandda u bevosita boʻysungan bogʻliq bandgagina havolalar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Foydali model formulasining bogʻliq bandi formulaning oʻzi boʻysungan oʻsha bandining belgilarini almashtiradigan yoki chiqarib tashlaydigan holda bayon etilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali model formulasining bogʻliq bandi mustaqil bandning belgilari almashtirilgan yoki chiqarib tashlangan holda shakllantirilganda, ushbu bogʻliq band oʻzi boʻysungan mustaqil band bilan birga bitta foydali modelni tavsiflaydi deb eʼtirof etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Qurilma belgilari statik holatda tavsiflanadi. Qurilmaning konstruktiv elementi bajarilishini tavsiflashda uning harakatlanuvchanligi u tomonidan maʼlum bir funksiya (aylanish imkoniyati, siljish imkoniyati) va boshqalarni amalga oshirish imkoniyatini koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma chizmalarni oʻz ichiga olganda formulada eslatib oʻtilgan va ekvivalent konstruktiv elementlarni ifodalaydigan belgilar ularga taalluqli boʻlgan havolaki belgilar bilan birga berilishi mumkin. Havolaki belgilar soʻralayotgan huquqiy muhofaza hajmiga taʼsir etmaydi va faqat formulani toʻliqroq va aniqroq tushunish maqsadlarida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Usul belgisi sifatida harakatni (usul, operatsiya) tavsiflashda feʼllardan foydalanilganda ular aniqlik nisbatida, aniqlik maylida, uchinchi shaxsda bayon qilinadi (qizdiriladi, namlanadi, kuydiriladi va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Kelib chiqish tuzilmasi aniq boʻlgan kimyoviy birikmani tavsiflovchi foydali model formulasiga birikmaning nomlanishi yoki belgilanishi kiritiladi. Gen injeneriyasi mahsulotlariga taalluqli birikmalar uchun foydali model formulasiga ketma-ketliklar roʻyxatidagi nukleotidlar ketma-ketligi (nuklein kislotalar fragmenti holatida) raqamiga koʻrsatma va tabiiy xaritaning (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar holatida) soʻzli tavsifi, ketma-ketliklar roʻyxatidagi aminokislotalar ketma-ketligi raqamiga koʻrsatma hamda fizik-kimyoviy va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa tavsiflar kiritiladi. Tuzilmasi aniqlanmagan birikmalar uchun foydali model formulasiga nomlanishi, fizik-kimyoviy va ushbu birikmani farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa tavsiflar, masalan uni olish usulining belgilari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Kompozitsiyani tavsiflaydigan foydali model formulasiga kompozitsiyaga kiradigan ingrediyentlar va zarur boʻlganda ingrediyentlarning miqdoriy qiymatlariga tegishli belgilari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompozitsiyani tavsiflaydigan formulaga ingrediyentlarning miqdorini koʻrsatadigan belgilar kiritilganda ular bir xil birliklarda, odatda ikkita qiymatlarda, eng koʻp va eng kam (quyi va yuqori) miqdorlarda ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompozitsiya elementlari bittasining miqdori bitta qiymat orqali, boshqalari esa uning qiymatiga nisbatan interval koʻrinishida berilishi mumkin (masalan, ingrediyentlar miqdori kompozitsiya asosiy ingrediyentining 100 massa qismiga yoki 1 litr eritmaga nisbatan keltiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompozitsiya tarkibidagi antibiotiklar, fermentlar, anatoksinlar va boshqalar miqdori kompozitsiyaning boshqa komponentlari birliklaridan oʻzgacha birliklarda koʻrsatilishi mumkin (masalan, boshqa komponentlar massa soniga nisbatan ming birliklarda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Kompozitsiyaga oid foydali model qoʻshimcha ingrediyent kiritish bilan tavsiflanganda, formulaning farqlovchi belgisi “qoʻshimcha ravishda oʻz ichiga oladi” degan iborani qoʻllagan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazifasi yangi faol komponent bilan belgilanadigan boshqa komponentlar anʼanaviy qoʻllanadigan neytral qismlar boʻlganda formulada shu faol komponentni va uning miqdorini “samarali miqdor” koʻrinishida keltirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday kompozitsiyalarni tavsiflaydigan yana bir variant undagi faol komponentdan tashqari boshqa komponentlarni (neytral qismlarni) umumlashtirma tushuncha “maqsadli qoʻshimchalar” koʻrinishida ifodalanadi. Bunda faol komponentlar va maqsadli qoʻshimchalarning miqdoriy nisbatlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Foydali model belgisi sifatida murakkab tarkibli maʼlum modda koʻrsatilganda shu moddaning funksiyasini va xususiyatini koʻrsatib, maxsus nomini keltirish mumkin. Bunda foydali model tavsifida shu modda tavsiflanadigan adabiyot koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turlarini (liniyalari) tavsiflaydigan formula depozitariyning bosh harflari, saqlash uchun topshirilgan obyektga berilgan roʻyxat raqami va shtamm vazifasi koʻrsatilgan holda biologik obyektning oila turkumlari va turlariga oid lotin tilidagi nomini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Foydali model avvaldan maʼlum boʻlgan foydali modelni yangi maqsadda qoʻllashga oid boʻlganda quyidagi tuzilishdagi formula ishlatiladi: “(avval maʼlum boʻlgan foydali model nomi yoki tavsifi keltiriladi) (koʻrsatilgan foydali modelning yangi vazifasi keltiriladi) sifatida ishlatilishi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Foydali model mohiyatini tushuntiradigan materiallar grafik tasvir (chizma, sxema, grafika, epyura, rasm, ossilogramma kabilar) va jadval koʻrinishida bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelni chizmalar yoki sxemalar bilan ochib berishning iloji boʻlmaganda tasvirlar topshiriladi. Fotosuratlar tasvirlarga qoʻshimcha sifatida topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Referat foydali model tavsifining qisqartirilgan bayoni boʻlib, foydali model haqida maʼlumot olish uchun xizmat qiladi. Unda foydali model nomi, foydalanish sohasi, quyilgan vazifa, foydali model mohiyatining tavsifi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referatdagi foydali model mohiyati mustaqil bandning barcha muhim belgilarini saqlab qolgan holda foydali model formulasini erkin tarzda bayon etish orqali taʼriflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda foydali model referatiga chizma yoki kimyoviy formula kiritilishi mumkin. Referatga kiritilayotgan chizmalar bilan tavsifga ilova qilinadigan chizmalar bir-biriga mos kelishidan qatʼiy nazar alohida sahifada beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Referatda qoʻshimcha maʼlumotlar, xususan, bogʻliq bandlar, grafik tasvirlar, jadvallar mavjudligi va soni koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Referat matnining hajmi 1 000 ta belgidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Talabnomaga odob-axloq va ijtimoiy tartibga zid iboralar, chizmalar, rasmlar, fotosuratlar va boshqa materiallar; oʻzga shaxslarning mahsulotlari yoki texnologik jarayonlariga, shuningdek, talabnomalari va muhofaza hujjatlariga nisbatan bayon qilingan kamsituvchi fikrlar; foydali modelga ochiqdan-ochiq taalluqli boʻlmagan yoxud talabnoma materiallarini mazkur Reglamentning talablariga muvofiq deb eʼtirof etish uchun zarur boʻlmagan maʼlumotlar va fikrlar kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnika darajasi” boʻlimida maʼlum mahsulot yoki usulni taʼriflashda uning kamchiligini koʻrsatish yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan element deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Foydali modelning formulasi, tavsifi, tushuntirib beruvchi materiallari va referatida standartlashtirilgan atamalar va qisqartmalar, ular mavjud boʻlmaganda esa ilmiy-texnika adabiyotda umumqabul qilingan atama va qisqartmalar qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnikaviy adabiyotda keng qoʻllanilmaydigan atama va qisqartmalar ishlatilganda, ularning maʼnosi matnda birinchi marta qoʻllanilganda izohlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsif va formulada atamalarning yagonaligiga rioya qilinadi. Ushbu talab fizikaviy birliklar va foydalaniladigan shartli belgilarga ham taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fizikaviy miqdorlar imkon qadar amaldagi Xalqaro birliklar tizimi birliklari bilan ifoda etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Barcha hujjatlar bevosita reproduksiya qilinib, cheklanmagan miqdorda nusxa koʻchirish imkoniyati boʻlgan tarzda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Talabnomaning har bir hujjati alohida sahifadan boshlanadi. Hujjatlar qora rangli matnda A4 formatda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Talabnomaning har bir hujjati bir-biriga bogʻliq boʻlmagan birdan boshlanadigan raqamga ega boʻladi. Sahifalarning raqamlari ikkinchi sahifadan boshlab arab raqamlari bilan qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Hujjatda grafik belgi, lotincha nom, lotin va yunoncha harf, matematik va kimyoviy formula hamda simvollar yozilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Kimyoviy birikmaning tuzilish formulasi odatda alohida figura sifatida (grafik materiallar kabi) raqamlanib, izohli belgilar koʻrsatilgan holda alohida sahifada beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimyoviy tuzilish formulasini yozishda umumiy qoʻllanishdagi belgilar ishlatiladi, elementlar va radikallar oʻrtasidagi bogʻlanish aniq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxatini BIMTning tegishli standartiga muvofiq rasmiylashtirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Foydali modelning tavsifi, formulasi va referatida matematik formulalar mavjud boʻlganda barcha harfli belgilarga formulada qoʻllanilgan tartib boʻyicha izoh beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matematik belgilar matematik formulalarda qoʻllanadi, matnda esa ular soʻzlar bilan yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Grafik tasvirlar (chizmalar, sxemalar, grafiklar, rasmlar kabilar) chizmachilik asboblari yordamida yoki maxsus grafik chizmalar chizish dasturlarida aniq chiziqlar va shtrixlar bilan bajariladi, bunda boʻyashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Tasvirlarning masshtabi va aniqligi reproduksiya qilish paytida oʻlchamlar 2/3 gacha chiziqli kichraytirilganda hamma detallarni farqlab, aniqlash mumkin boʻladigan tarzda tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Har bir grafik tasvir arab raqamlari va “figura” soʻzi bilan (1-figura, 2-figura va boshqalar), ularning tavsif matnida keltirilishi ketma-ketligiga muvofiq alohida raqamlanadi. Grafik tasvir bitta figura bilan tavsiflanganda u raqamlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Ikki va undan ortiq sahifalarda joylashgan figuralar bitta figuraning boʻlaklarini tashkil etganda, har xil sahifalarda tasvirlangan figuralardan birortasi tushirib qoldirilmay birlashtirish mumkin boʻlgan holda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Chizmalar mazkur Reglamentning 134-135, 140-141-bandlari va texnik chizmalarni tayyorlash qoidalariga muvofiq bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Chizmadagi har bir element boshqa elementlarga nisbatan mutanosib holda bajariladi, bundan elementni aniq tasvirlash uchun proporsiyalarning bir-biridan farqlanishi zarur boʻlgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Chizmalar yozuvlarsiz bajariladi, “suv”, “bugʻ”, “ochiq”, “yopiq”, “A-A” (kesimni koʻrsatish uchun) kabi tushunish uchun oʻta zarur boʻlgan alohida yoki bir nechta soʻzlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140. Chizmalarda oʻlchamlar koʻrsatilmaydi, zarur boʻlgan hollarda ular tavsifda keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Chizmalarda tasvirlangan elementlar foydali modelning tavsifiga muvofiq arab raqamlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha figuralarda keltirilgan bir element bir xil raqam bilan belgilanadi. Tavsifda keltirilmagan element chizmaga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. Grafik tasvir sxema shaklida keltirilganda uni bajarishda standartlashtirilgan shartli grafik belgilar qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143. Sxema toʻgʻri burchaklar koʻrinishida elementlarning grafik belgilanishi sifatida taqdim etilganda, bevosita toʻgʻri burchakka raqamli belgidan tashqari elementning nomi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Chizmalar, sxemalar, tasvirlar foydali model tavsifi va formulasida keltirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Axborot manbalarining bibliografiya maʼlumotlari ular boʻyicha axborot manbaini topish mumkin boʻlgan holda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Vakil orqali topshirilgan talabnomaga unga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma ilova qilinadi. Ishonchnoma oddiy yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtning oʻzida yoki talabnoma topshirilgan sanadan ikki oydan kechiktirilmay taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Hujjatlarni topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. Davlat xizmatidan foydalanishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli organning maxsus axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezidentlar Davlat xizmatidan foydalanish uchun axborot tizimi orqali vakolatli organga talabnoma topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma vakolatli organga pochta aloqasi orqali ham topshirilishi mumkin. Bunda talabnoma vakolatli organ tomonidan darhol axborot tizimiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148. Talabnoma topshirilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Axborot tizimi va YIDXP oʻrtasida axborot almashinuvi “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. Arizani axborot tizimi yoki YIDXP orqali topshirishda ariza shakli toʻldirilganidan soʻng talabnoma beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, arizani tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilganda ariza uning nomidan Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs nomidan ariza tashkilot rahbari yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani pochta aloqasi orqali topshirishda u imzolash yoʻli bilan tasdiqlanadi. Bunda tegishli maʼlumotlar qoʻshimcha varaqlarda keltirilganda ularning har biri imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Davlat xizmatini koʻrsatishda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan miqdorda patent boji toʻlanadi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent boji yagona billing tizimi orqali elektron shaklda toʻlanadi.

152. Talabnoma beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek, davlat xizmatini koʻrsatish uchun patent bojini toʻlamaslik davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomani qabul qilishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Vakolatli organ talabnomani qabul qilib, roʻyxatga olgandan soʻng talabnoma beruvchiga talabnomaning qayd raqami, kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan xabarnomani tegishli ravishda axborot tizimi yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda yoxud pochta aloqasi boʻyicha yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Talabnoma boʻyicha ishlarni amalga oshirish

154. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami koʻrsatilishi shart. Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Talablarga javob bermaydigan materiallar topshirilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan tuzatilgan va yetishmagan materiallarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. Qonunning 20-moddasiga koʻra talabnoma beruvchi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran ikki oy mobaynida talabnomada koʻrsatilgan foydali modelning mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar (keyingi oʻrinlarda — tuzatishlar) kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganda talabnoma boʻyicha tuzatishlar mazkur Reglamentning 156-bandida nazarda tutilgan muddat oʻtgandan keyin ham, lekin patent berish haqidagi qaror qabul qilingunga qadar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Patent boji toʻlanmaganda, tegishli harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Toʻlangan patent boji belgilangan miqdorga mos boʻlmaganda, talabnoma beruvchi Markaz tomonidan bojning yetishmagan qismini toʻlash haqidagi xabarnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida kerakli summani toʻlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Talabnoma materiallariga mazkur Reglamentning 164-bandida nazarda tutilgan oʻzgartirishlardan boshqa tuzatishlar talabnoma beruvchi tomonidan mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq ariza berish orqali kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. Talabnoma materiallaridagi yaqqol koʻrinib turgan va texnik xatolar foydali model roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar toʻgʻrilanishi mumkin. Taklif qilingan tuzatishdan boshqacha boʻlishi mumkin emasligi soha mutaxassisi uchun umumiy bilimlardan maʼlum boʻlganda tuzatish yaqqol koʻrinib turgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Tuzatishlar imloviy xatoga, bibliografiya maʼlumotlarini koʻrsatishdagi xatolikka va boshqa shu kabi xatolarga oid boʻlganda tuzatish kiritish zarurligi almashtiriladigan sahifalarni taqdim etmasdan talabnoma beruvchining xatida bayon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Mazkur Reglamentning 24-bandiga muvofiq nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati oʻzgartirilganda, roʻyxat (.pdf va .docx formatlarda) qaytadan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Belgilangan talablarga rioya qilinmaganda talabnoma beruvchi taqdim etilgan talabnoma materiallariga tuzatishlar kiritish lozimligi yoki tegishli sabablarni koʻrsatib talabnoma materiallariga tuzatish kiritish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. Talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi yozuvlar talabnoma beruvchi tomonidan ariza topshirish orqali kiritiladi. Arizada huquq oʻzga shaxsga oʻtkazilishi koʻrsatilishida mazkur Reglamentning 27 va 30-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ariza bilan birga huquqni topshiruvchi va huquqni qabul qilib oluvchi tomonidan imzolangan huquq oʻtkazilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan talablarga rioya qilinganda talabnoma beruvchiga talabnoma materiallariga talabnoma beruvchining oʻzgartirilgani toʻgʻrisida qayd kiritilgani haqida xabar beriladi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchiga talabnoma materiallariga oʻzgartirish kiritilgani toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan sana huquq yangi talabnoma beruvchiga oʻtgan sana deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan talablarga rioya qilinmaganda, talabnoma beruvchi va huquqni qabul qilib oluvchiga taqdim etilgan hujjatlarga tuzatishlar kiritish zarurligi yoki talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini oʻzgartirish haqidagi qaydni kiritish mumkin emasligi toʻgʻrisida tegishli sabablar koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. Patent olish huquqi boshqa shaxsga oʻtkazilishi natijasida talabnoma beruvchini oʻzgartirish yoki talabnoma beruvchining nomi (ismi) foydali model davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166. Foydali model birligi talabi buzilganda, topshirilgan talabnoma talabnoma beruvchining iltimosiga asosan ikki yoki bir necha talabnomalarga ajratilishi mumkin (keyingi oʻrinlarda — ajratilgan alohida talabnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan alohida talabnomalar boʻyicha birinchi talabnomaning topshirish sanasi, foydali modelga topshirilayotgan talabnomaning ustuvorlik sanasi yoki birinchi talabnoma boʻyicha oldinroq ustuvorlikni belgilash huquqi mavjud boʻlganda ushbu ustuvorlik saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma erkin shaklda topshiriladi va mazkur Reglamentning 3-bobiga muvofiq rasmiylashtirilgan materiallar ilova qilinadi va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur band talablariga rioya qilinganda talabnomani ajratish toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantiriladi va talabnoma beruvchi bu haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167. Talabnoma bilan bogʻliq masalalar talabnoma beruvchi ishtirokida, qoida tariqasida, talabnoma materiallari boʻyicha ekspertiza tomonidan qoʻshimcha tushuntirishlar olish zarurati paydo boʻlgan holatda hamda foydali modelning patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozitsiyasini aniqlash uchun koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168. Masalalar talabnoma beruvchi ishtirokida tomonlar savollar bilan tanishib chiqqandan soʻng Markaz taklifiga yoki talabnoma beruvchining erkin shakldagi iltimosnomasiga binoan qoʻrib chiqiladi. Ekspertiza savollari qoʻshimcha ravishda uchrashuvning maqsadga muvofiqligi xabar qilingan soʻrovnomada, talabnoma beruvchining savollari esa bunday koʻrib chiqishni oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnoma yuborilganda talabnoma beruvchi talabnomani koʻrib chiqishda qatnashish niyatidan qatʼi nazar, soʻrovnomaga belgilangan muddatda javob berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169. Talabnoma beruvchi ishtirokida talabnomani koʻrib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170. Talabnoma beruvchi ishtirokida talabnoma muzokaralar yoʻli bilan yoki ekspert kengashida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savollar bevosita ekspertiza va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilinishi mumkin boʻlganda, ular oʻrtasida muzokaralar olib boriladi. Muzokaralar Markazning tegishli tarkibiy boʻlinmasi rahbari yoki Markaz rahbari tayinlagan masʼul xodim ishtirokida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalalarni hal qilish uchun mutaxassislar ishtiroki talab qilinganda, ekspert kengashi oʻtkaziladi.

171. Muzokaralar yoki ekspert kengashi natijalari boʻyicha ikki nusxada bayonnoma tuziladi va unda qatnashchilar, tomonlar keltirgan dalil va takliflar haqidagi maʼlumotlar hamda keyingi ish yuritish haqida xulosalar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savollarni koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning barchasi bayonnomani imzolaydi. Bayonnomaning bir nusxasi talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchisi talabnoma beruvchiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. Muhokama qilinayotgan masalalar boʻyicha bir xulosaga kelinmaganda, koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning alohida fikrlari bayonnomada qayd etiladi. Bayonnoma nusxasining talabnoma beruvchiga topshirilishi ish yuritish toʻxtatilgani toʻgʻrisidagi xabarnomaning (talabnoma chaqirib olinganda) yoki soʻrovnomaning oʻrnini bosishi mumkin (javob berishning belgilangan muddatlari buzilmaganda) va bu holat bayonnomada tegishli yozuv bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. Talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza talabnomani koʻrib chiqishning istalgan bosqichida, lekin foydali model davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar topshirilishi mumkin. Ariza inobatga olinganligi haqida xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174. Chaqirib olingan talabnoma boʻyicha huquqiy ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi va kelgusida talabnoma beruvchining huquqlari ushbu talabnomaga asoslanishi mumkin boʻlmaydi (keyingi talabnomani topshirishda chaqirib olingan talabnoma kelib tushgan sana boʻyicha yoki ushbu talabnomaga qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana boʻyicha ustuvorlik soʻrash mumkin emas).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modellarga topshirilgan boshqa talabnomalar boʻyicha davlat ekspertizasi oʻtkazilayotganda chaqirib olingan talabnoma inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Talabnomani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175. Talabnomaga axborot tizimida avtomatik ravishda ikki harfli va toʻqqiz xonali roʻyxat raqami beriladi, bunda harflar (FM) sanoat mulki obyekti — foydali modelni, talabnoma raqamidagi dastlabki toʻrtta son — talabnoma topshirilgan yilni, keyingi beshta son — shu yildagi har yili birdan boshlanadigan tartib raqamini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176. Talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish rasmiy ekspertiza hamda foydali model haqidagi talabnoma ekspertizasini (keyingi oʻrinlarda — talabnoma ekspertizasi) oʻtkazishdan iborat boʻlib, Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177. Rasmiy ekspertizaning vazifasi talabnoma materiallari tarkibi, zarur hujjatlar mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178. Rasmiy ekspertiza natijalari boʻyicha talabnoma beruvchiga Markazning talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilingani yoki koʻrib chiqish uchun qabul qilish rad etilgani haqidagi qarori yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179. Rasmiy ekspertiza talabnoma axborot tizimida qabul qilingan sanadan boshlab ikki oy oʻtgandan soʻng bir oy davomida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180. Talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga koʻra rasmiy ekspertiza belgilangan muddat oʻtmasdan boshlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabnoma beruvchi iltimosnoma berilgan paytdan boshlab talabnoma materiallariga belgilangan miqdorda qoʻshimcha patent boji toʻlamasdan oʻz tashabbusiga koʻra tuzatishlar kiritish imkoniyatidan mahrum boʻladi.

Talabnoma beruvchining rasmiy ekspertizani belgilangan muddat oʻtmasdan boshlash haqidagi iltimosnomasi chaqirib olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Talabnoma kelib tushgan sanadan ikki oy oʻtgandan keyin yoki talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra talabnoma rasmiy ekspertizasini muddatidan oldin boshlash haqidagi iltimosnoma berilgandan soʻng talabnoma materiallariga tuzatish va oʻzgartirishlar kiritishda belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent boji toʻlanmagani aniqlanganda, talabnomani koʻrib chiqishda tuzatish va oʻzgartirishlar eʼtiborga olinmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma materiallari boshqa tilda topshirilib, talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizani muddatdan ilgari boshlash haqidagi iltimosnoma mavjud boʻlganda, talabnoma beruvchi talabnoma materiallarining tarjimasi olinmagunga qadar rasmiy ekspertizani oʻtkazish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. Rasmiy ekspertiza oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma tarkibida mazkur Reglamentning 19 — 24-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomani rasmiylashtirishga oid talablarga rioya qilingani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 14-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda talabnoma topshirish tartibiga, jumladan, vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnomaning mavjudligi va toʻgʻri rasmiylashtirilishiga rioya qilingani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma foydali model sifatida muhofazalanadigan obyektlarga oid texnik yechimga berilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldinroq ustuvorlikni soʻrash asoslangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali modelni XPTning amaldagi tahriri boʻyicha toʻgʻri tasniflangani (talabnoma beruvchi tomonidan tasniflanmagan boʻlsa, tasniflanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomani topshirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlangani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183. Patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlanganda talabnoma beruvchiga uch oy ichida talabnomani topshirish uchun toʻlangan patent bojini va formulaning mustaqil bandlari sonini muvofiqlashtirish haqida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184. Belgilangan miqdordagi patent boji mazkur Reglamentning 183-bandida nazarda tutilgan muddatda toʻlanmaganda, foydali modellar guruhi uchun talabnoma yuzasidan ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan bandlar boʻyicha yoki tanlangan bandlar haqida koʻrsatilgan muddatda xabar berilmaganda, formulada birinchi boʻlib koʻrsatilgan bandlar boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185. Talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazishda talabnoma hujjatlari talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgani aniqlanganda talabnoma beruvchiga kamchiliklar koʻrsatilgan va huquqiy asoslar keltirilgan soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186. Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomada mazkur Reglamentning 19-bandida nazarda tutilgan hujjatlar yoki ulardan birining mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma vakil orqali topshirilganda ishonchnomaning mavjud emasligi yoki uni rasmiylashtirish qoidalari buzilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani toʻldirishda mazkur Reglamentning 25 — 34-bandlari talablariga rioya etilmagani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent bojlari toʻgʻri toʻlangani bilan bogʻliq masalalarni aniqlash zarurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa tilda topshirilgan materiallarning tarjimasi mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turi (liniyasi) saqlash uchun topshirilgani haqidagi hujjat mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma materiallaridan bevosita nusxa koʻchirishga, ularni saqlashga toʻsqinlik qiladigan va tavsifni nashr etishga tayyorlash imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar aniqlangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsifda mazkur Reglamentda nazarda tutilgan biron-bir boʻlimning mavjud emasligi (agar tegishli boʻlimda bayon qilinishi kerak boʻlgan maʼlumotlar boshqa boʻlimda keltirilgan boʻlsa, soʻrovnoma yuborilmaydi), shuningdek, formula yoki tavsifda biron-bir belgi xususiyatini ushbu belgi ochib berilgan adabiyot manbaiga havola qilish bilan almashtirilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomada hamma tanisha olmaydigan axborot manbaiga berilgan izohlar yoki undagi baʼzi maʼlumotlarni nashr etish mumkin emasligi haqida koʻrsatmalar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
formula bandini bitta jumla koʻrinishida bayon qilish talabi buzilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
formulada huquqiy muhofaza soʻralayotgan foydali model turi koʻrsatilmagani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
formulada tegishli obyekt belgilari oʻrniga uning ishlatishdagi koʻrsatkichlari va isteʼmol xususiyatlari, uni amalga oshirish va undan foydalanishda kelib chiqadigan samara va hodisalar haqida maʼlumotlar keltirilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma materiallarining bir-biriga mos emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma foydali model sifatida eʼtirof etilmaydigan obyektlarga berilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma boʻyicha ustuvorlik soʻrash bilan bogʻliq savollar paydo boʻlgani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187. Talabnoma beruvchi taqdim etgan javobda soʻralgan barcha hujjatlar va maʼlumotlar boʻlmaganda, soʻrovnoma takroran yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188. Rasmiy ekspertiza soʻrovnomasiga javob taqdim etilmaganda, javob berish uchun belgilangan muddat buzilganda yoki bu muddat ichida uni uzaytirish haqida iltimosnoma kelib tushmaganda, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi. Bunda talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga zid emasligi haqidagi xulosaga kelinganda, talabnoma topshirilgan sanani belgilash va talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi rasmiy ekspertizaning qarori qabul qilinadi va talabnoma beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190. Rasmiy ekspertiza tomonidan talabnoma materiallarining Qonun va mazkur Reglament qoidalariga zid ekanligining aniqlanishi talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191. Talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilish yoki talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda tegishli qarorni qabul qilish asoslari keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192. Talabnoma mohiyati biron-bir texnika sohasiga oidligini aniqlash maqsadida foydali model XPTning amaldagi tahriri boʻyicha tasniflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasniflash rasmiy ekspertiza va talabnoma ekspertizasini oʻtkazish bosqichlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193. Formula tasnif indekslarini tanlash uchun asos boʻladi. Talabnoma XPTning turli rubrikalariga tegishli bir necha obyektlarni oʻz ichiga olganda barcha mos tasnif indekslari aniqlanadi. Bunda birinchi indeks foydali model nomi bilan aniqlanadi. Rasmiy ekspertiza bosqichida aniqlangan tasnif indekslari talabnoma ekspertizasini oʻtkazish jarayonida oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194. Patent boji formuladagi bandlar uchun belgilangan miqdordan kam toʻlanganda patent boji va formulaning mustaqil bandlari sonini muvofiqlashtirish natijasida dastlab formula tarkibida boʻlgan baʼzi bandlar chiqarib tashlanishi mumkin. Bunda qarorda talabnoma faqat tuzatilgan formulaga nisbatan koʻrib chiqishga qabul qilingani koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195. Davlat ekspertizasi davomida formulaga kiritilgan tuzatishlar boshqa foydali modelga oid alohida bandlar paydo boʻlishiga olib kelmasligi kerak, talabnomaning dastlabki materiallarida mavjud foydali model mohiyatini oʻzgartirmagan holda kiritilgan bandlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196. Talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganda, talabnoma ekspertizasi talabnoma topshirilgan sanadan oʻn ikki oy oʻtgandan soʻng ikki oy davomida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent boji belgilangan miqdorda toʻlanganda, talabnoma beruvchi patent boji kelib tushganlik fakti haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent boji rasmiy ekspertizaning talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilingani toʻgʻrisidagi qarori talabnoma beruvchiga yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida toʻlanadi. Koʻrsatilgan muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197. Patent boji rasmiy ekspertizaning talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilingani toʻgʻrisidagi qarori talabnoma beruvchiga yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida toʻlanadi. Koʻrsatilgan muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va talabnoma beruvchiga bu toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198. Talabnoma ekspertizasini oʻtkazish uchun patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlanganda, patent bojini formulaning mustaqil va bogʻliq bandlari soniga uch oy ichida muvofiqlashtirish zarurligi haqida xabarnoma yuboriladi. Bunda talabnoma beruvchi ekspertiza oʻtkazilishi kerak boʻlgan foydali modellarga tegishli formula bandlarini koʻrsatadi yoki ekspertiza oʻtkazilmaydigan bandlar chiqarib tashlangan formulani taqdim etadi yoxud qoʻshimcha patent boji toʻlovini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199. Talabnoma foydali modellar guruhiga oid boʻlganda, talabnoma ekspertizasi talabnoma beruvchi tomonidan tanlangan bandlar yuzasidan yoki tanlangan bandlar haqida belgilangan muddatda xabar berilmaganda, formulaning birinchi boʻlib koʻrsatilgan bandlari yuzasidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200. Talabnoma beruvchi foydali model uchun talabnomani ixtiro uchun talabnomaga oʻzgartirganda, talabnomaning foydali model uchun talabnoma sifatida koʻrib chiqilishi toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. Talabnoma ekspertizasi doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali model ustuvorligini belgilash, agar u Qonunning 18-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlariga koʻra soʻralsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali model formulasini mazkur Reglamentning 94 — 120-bandlarida keltirilgan talablarga muvofiqligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha materiallarni mazkur Reglamentning 268 — 275-bandlariga muvofiq tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomaning dastlabki materiallarida yoki talabnomani koʻrib chiqishda eʼtiborga olingan qoʻshimcha materiallarda keltirilgan formulada taʼriflangan foydali modelning patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligini tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202. Talabnomaning ustuvorligi talabnoma vakolatli organga topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomada foydali modelning ustuvorligi Qonunning 18-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlariga koʻra soʻralmaganda, ustuvorlik tartibida ariza, tavsif, formula va chizmalar (agar ular foydali model mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa) boʻlgan talabnoma vakolatli organga topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203. Talabnoma beruvchi tomonidan konvensiya ustuvorligi soʻralayotganda quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parij konvensiyasiga aʼzo davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning nusxasi mavjudligi, agar koʻrsatilgan nusxa talabnoma vakolatli organga topshirilgan sanadan keyin topshirilgan boʻlsa, birinchi talabnomaning nusxasi taqdim etilishi kerak boʻlgan uch oy muddatga rioya qilingani (birinchi talabnomalar bir nechta boʻlganda koʻrsatilgan shart har bir talabnomaning nusxasi uchun bajariladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvensiya ustuvorligi soʻralayotgan talabnoma birinchi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran oʻn ikki oy muddatda topshirilishiga rioya qilingani, agar talabnoma koʻrsatilgan muddatdan kechikib topshirilgan boʻlsa, u tugagan sanadan boshlab ikki oylik muddatga rioya qilingani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvensiya ustuvorligini belgilash toʻgʻrisidagi ariza talabnoma vakolatli organga kelib tushgan sanadan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay taqdim etilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma berilgan foydali model birinchi talabnomada ochib berilgani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204. Talabnoma beruvchi tomonidan foydali model ustuvorligini oʻzining oldin topshirgan talabnomasiga nisbatan berilgan qoʻshimcha materiallar boʻyicha ustuvorlikni belgilash soʻralganda, quyidagi talablarga rioya qilingani tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organga talabnomada berilgan foydali model mohiyatini oʻzgartirishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha materiallar kelib tushgani sababli eʼtiborga olinishi mumkin emasligi haqidagi xabarnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida kelib tushgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldin topshirilgan talabnomaning mazmunini hisobga olgan holda kelib tushgan sanasi boʻyicha ustuvorlik soʻralayotgan qoʻshimcha materiallarda foydali model mohiyati ochib berilgani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205. Foydali model ustuvorligini oldin topshirilgan talabnoma topshirilgan sanadan belgilash soʻralganda quyidagi talablarga rioya qilingani tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma xuddi oʻsha avvalgi talabnomani topshirgan talabnoma beruvchi tomonidan topshirilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma vakolatli organga oldingi talabnoma topshirilgan sanadan oʻn ikki oy mobaynida kelib tushgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali model mohiyati oldin topshirilgan talabnomada ochib berilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldin topshirilgan talabnoma boʻyicha undan ilgariroq ustuvorlik soʻralmagani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206. Oldin topshirilgan bir nechta talabnomalar boʻyicha ustuvorlik soʻralganda, mazkur Reglamentning 205-bandi talablariga rioya qilingani ularning har biriga nisbatan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207. Topshirilayotgan talabnomaga oldin topshirilgan talabnomaning ustuvorligi belgilanganda, oldin topshirilgan talabnoma chaqirib olinadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208. Foydali model ustuvorligini ajratilgan talabnoma boʻyicha belgilash soʻralganda quyidagi talablarga rioya qilingani tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan talabnoma vakolatli organga foydali modelga yoki ixtiroga birinchi talabnoma ustidan shikoyat berish imkoniyati qolmagan patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar yoxud birinchi talabnoma boʻyicha patent berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda foydali model yoki ixtironi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish sanasigacha kelib tushgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan talabnomadagi foydali model mohiyati oldingi talabnomada, agar talabnoma konvensiya talabnomasidan ajratib olingan va ustuvorlik uning ustuvorlik sanasi boʻyicha soʻralayotgan boʻlsa, birinchi talabnomada ochib berilgani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209. Mazkur Reglamentning 203 — 208-bandlariga muvofiq foydali model ustuvorligini belgilash shartlariga rioya qilinganini tekshirishda ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma yoki ustuvorlik soʻrash uchun asos boʻlgan qoʻshimcha materiallar berilgan talabnoma chaqirib olinmaganiga eʼtibor qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210. Foydali modelning mohiyatini ochishda oldin topshirilgan talabnoma yoki unga kelib tushgan qoʻshimcha materiallar asosida ustuvorlik soʻralganda quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu materiallarda (oldin topshirilgan talabnomaning tavsifi, formulasi, qoʻshimcha materiallarning matnli qismi) talabnoma berilgan foydali modelning formulasiga kiritilgan barcha belgilar koʻrsatilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvorlik sanasi soʻralayotgan materiallarda foydali modelning mohiyati uni amalga oshirish uchun yetarli darajada ochib berilgani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Konvensiya ustuvorligi soʻralganda mazkur Reglamentning 210-bandidagi shartlar bajarilganligini tekshirishda Parij konvensiyasiga aʼzo davlatda berilgan birinchi talabnomaning tarjimasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212. Mazkur Reglamentning 203 — 208-bandlarida koʻrsatilgan talablar bajarilganda talabnomaning ustuvorligi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213. Mazkur Reglamentning 203 — 208-bandlarida koʻrsatilgan talablarning birortasi bajarilmaganda, talabnoma ustuvorligi Qonunning 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214. Ustuvorlik belgilangandan soʻng foydali modelning oʻzgartirilgan formulasi taqdim etilganda, soʻralayotgan ustuvorlikni belgilashga asoslar mavjudligini aniqlash uchun takroran tekshirish oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215. Tekshirish foydali model formulasining oxirgi variantiga nisbatan oʻtkaziladi. Bunda foydali model birligi talabiga rioya etilgani aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216. Foydali model birligi talabi buzilgani aniqlanganda, talabnoma beruvchiga soʻrovnomada bitta foydali modelga yoki yagona ijodkorlik fikrini tashkil etgan foydali modellar guruhiga tegishli aniqliklar kiritilgan tavsif va formulani taqdim etish taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzatilgan formula tarkibiga yangi bandlar kiritilganda, qoʻshimcha patent boji toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
217. Foydali model formulasini tekshirishda talabnomadagi foydali modelning muhim belgilari majmui koʻrsatilgan texnik natijaga erishish uchun yetarli ekani aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biron-bir muhim belgi formulaga kiritilmaganda, lekin tavsifda yoki formulaning bogʻliq bandida keltirilganda va ushbu muhim belgisiz texnik natijaga erishib boʻlmasligi aniqlanganda, talabnoma beruvchiga bunday belgini formulaning tegishli mustaqil bandiga kiritish taklif etiladi. Bunda texnik natijaga erishish uchun formulaga ushbu belgini kiritish zarurligini tasdiqlaydigan dalillar keltiriladi. Bunday dalillar tavsifda ochib berilgan belgilar va texnik natija orasidagi sabab-oqibat bogʻlanishiga yoki ekspertiza tomonidan oʻtkazilgan ilmiy-nazariy tahlilga asoslanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
218. Foydali model formulasini tekshirish undagi belgilarni mazkur Reglamentning 113 — 120-bandlariga muvofiq identifikatsiya qilish imkoniyatini aniqlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgini identifikatsiya qilish imkoniyatini taʼminlash uchun uning taʼrifini foydali model tavsifiga asosan tuzatish zarur boʻlganda, talabnoma beruvchiga bunday tuzatishni amalga oshirish taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
219. Belgini identifikatsiya qilish imkoniyati taʼminlanganda, lekin uni taʼriflash uchun maʼlum bir texnika sohasida qabul qilingan atamalarga mos boʻlmagan yoki eskirgan atamalar qoʻllanilganda, talabnoma beruvchiga formulaga tegishli tuzatishlarni kiritish tavsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220. Formuladagi belgini tekshirish jarayonida texnik natijaga erishish uchun yetarli boʻlgan belgilar yoki elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturni hamda bunday dasturda ishlatiladigan algoritmlarni jalb qilgan holda taʼriflanadigan foydali model formulasining belgilari mazkur Reglamentning 51 — 58-bandlarida keltirilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Formulada texnik natijaga erishilmaydigan yoki foydali modelni aks ettiradigan vositaga oid boʻlmagan belgilar mavjud boʻlganda, bunday belgini formuladan olib tashlash uchun tegishli tuzatishni amalga oshirish taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221. Tovar belgilari, geografik koʻrsatkichlar va boshqa xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalar foydali model formulasiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222. Formulada umumiy tushuncha bilan ifodalangan belgi mavjud boʻlganda mazkur Reglamentning 102-bandiga muvofiq undan foydalanish toʻgʻriligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgi funksiya va xususiyat bilan taʼriflanganda, belgi formulaning mustaqil bandiga kiritilgan boshqa muhim belgilar bilan birgalikda talabnomada koʻrsatilgan texnik natijaga erishish uchun yetarliligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223. Talabnomada koʻrsatilgan texnik natijaga erishish faqatgina eksperimental maʼlumotlar bilan tasdiqlanganida, tavsifda kerakli maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan misollar keltiriladi. Ushbu misollar asosidagi xulosalarga tayangan foydali model belgisini tavsiflashda aniq holatlar va umumlashtirishning oʻrinliligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
224. Ekspertiza tomonidan umumiy tushunchalar bilan ifodalangan belgidagi biror aniq holatda talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnik natijaga erishilmasligi aniqlanganda, tegishli dalillar keltirilib, ularni rad etish yoki tuzatish kiritish taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225. Formulani mazkur Reglamentning 113-bandi talabiga muvofiqligini tekshirishda foydali modelni taʼriflaydigan tushuncha uning tavsifida keltirilgani yoki chizmada ifodalangani aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
226. Talabnomada bir zvenoli yoki bitta mustaqil bandli koʻp zvenoli formula keltirilganda bunday formulada (mazkur Reglamentning 16 — 18-bandlari talablariga muvofiq) bitta foydali model taʼriflangani tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227. Mazkur Reglamentning 16 — 18-bandlari talablari buzilgani aniqlanganda, yuboriladigan soʻrovnomada bu haqida maʼlum qilinadi va tegishli patent bojini toʻlab, formulani tuzatish taklif qilinadi. Bunda tuzatilgan formulada foydali model birligi talabi bajarilishi va tuzatilgan formulaga avval mustaqil band sifatida koʻrsatilmagan yangi mustaqil bandlar kiritilganda, tegishli patent bojini toʻlash yoki talabnoma beruvchi formulani tuzatishni rad etganda keyingi koʻrib chiqishda eʼtiborga olinadigan foydali modelni koʻrsatish zarurligi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgini taʼriflashda talabnoma beruvchi muqobil tushunchadan nooʻrin foydalanganda yuzaga kelgan xato koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228. Bir nechta mustaqil bandli koʻp zvenoli formula taklif qilinganda, ularning har biri mazkur Reglamentning 102-bandi talablariga muvofiqligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229. Formulani tekshirishda qoʻshimcha ravishda quyidagilar eʼtiborga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp zvenoli formulaning bogʻliq bandlarida foydali modelning aniq hollarda amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
formulada mustaqil bandning belgilarini chiqarib tashlashni yoki almashtirishni nazarda tutadigan bogʻliq bandning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
230. Formulaning mustaqil bandlarida taʼriflangan foydali modellar oʻzaro yagona ijodkorlik fikrni tashkil qilgan holda bogʻliq boʻlganda yagona ijodkorlik fikri sharti bajarilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. Mustaqil bandlarda taʼriflangan foydali modellarni variantlarga tegishliligini tekshirishda foydali modellarning koʻrsatilgan vazifasi va texnik natijalar mosligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232. Foydali model formulasini tekshirishda formulaning tuzilishi va bayon qilinishi belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlanganda, formulani tuzatish taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233. Oʻzgartirilgan formulaga nisbatan mazkur Reglamentning 217 — 231-bandlariga muvofiq tekshirish oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirish uchun talabnoma beruvchi tomonidan oʻzgartirilgan formula qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234. Bir zvenoli yoki bitta mustaqil bandli koʻp zvenoli formulada bittadan ortiq foydali model borligi aniqlanganda, talabnoma beruvchiga koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan foydali modelni koʻrsatish taklif etiladi va ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirishni davom ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
235. Formulada muqobil tushuncha bilan ifodalangan belgi mavjud boʻlganda, patentga layoqatlilikni tekshirish bunday tushunchani ichiga olgan belgilarning har bir majmuiga nisbatan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
236. Muallif yoki talabnoma beruvchi foydali modelga taalluqli axborotni oshkor etgan sanadan eʼtiboran olti oylik muddatda vakolatli organga ushbu foydali modelga talabnoma topshirganda oshkor etilgan axborot texnika taraqqiyoti darajasiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237. Texnik yechimning taʼriflanishi boʻyicha uni tushunish mumkin boʻlmaganda, talabnoma beruvchiga aniqlangan kamchiliklarni koʻrsatib, huquqiy asosga ega dalillar keltirilgan, yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni taqdim etish taklif etilgan soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
238. Foydali modeldan foydalanish mumkinligini aniqlashda talabnoma materiallarida foydali modelning vazifasi koʻrsatilgani tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239. Formula bandlaridagi taʼriflarni amalga oshirish uchun talabnomaning uning ustuvorlik sanasida topshirilgan materiallarida vositalar va usullar bayon qilingani tekshiriladi. Talabnoma materiallarida bunday vositalar va usullar boʻlmaganda, ular haqidagi maʼlumotlar foydali model ustuvorligi sanasigacha ommaviy tarzda oshkor boʻlgan axborot manbalaridan maʼlum boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240. Formuladagi belgida keltirilgan tushunchalar foydali modelni amalga oshirish va koʻrsatilgan vazifani bajarish uchun faqat eksperimental maʼlumotlar orqali tasdiqlanganda, foydali model tavsifida keltirilgan misollar yetarliligi (mazkur Reglamentning 73-bandi) tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241. Foydali modelning ustuvorlik sanasida mazkur Reglamentning 238 — 240-bandlari talablariga rioya qilinganda formulaning mustaqil bandida taʼriflangan foydali model sanoatda qoʻllash mumkin deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan talablarning birontasi bajarilmaganda talabnoma beruvchiga ekspertizaning tegishli dalillariga nisbatan oʻz fikrini bildirish va formulani tuzatish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242. Sanoatda qoʻllash shartiga muvofiq emasligi aniqlangan foydali modelga nisbatan yangilik shartiga muvofiqlik yuzasidan tekshiruv oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243. Qonunning 7-moddasi ikkinchi qismiga binoan foydali modelning yangiligini tekshirish foydali model formulasining mustaqil bandidagi barcha belgilar majmuiga nisbatan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244. Axborot izlash formula, tavsif va chizma asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245. Talabnoma ekspertizasini oʻtkazish uchun patent boji toʻlangan sanagacha talabnoma beruvchi foydali model birligi talabi buzilgani haqidagi xabarnomaga belgilangan muddatda javob bermaganda, axborotni izlash ishlari formulada birinchi koʻrsatilgan foydali model (yagona ijodkorlik fikrini tashkil qilgan foydali modellar guruhi) boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246. Texnika taraqqiyoti darajasini aniqlashda ommaviy tarzda oshkor etilgan axborot manbaidagi maʼlumotlardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar axborot manbaini texnika taraqqiyoti darajasiga kiritishni belgilaydigan sana hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza hujjatlariga nashr qilingan tavsiflar uchun — ularda koʻrsatilgan nashr etish sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va boshqa bosma nashrlar uchun — ularda koʻrsatilgan nashr etishga imzo qoʻyilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nashr etishga imzo qoʻyilgan sana koʻrsatilmagan milliy bosma nashrlar va boshqa bosma nashrlar uchun — ular eʼlon qilingan kun, nashr qilinish yil va oy bilan belgilanganda — oyning oxirgi kuni, nashr qilinish yil bilan belgilanganda — 31-dekabr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash uchun topshirilgan maqola, sharhlar, monografiya va boshqa materiallar uchun — ularni depozitariyga topshirish sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlari haqidagi hisobotlar, tajriba-konstruktorlik ishlariga tushuntirish xatlar va tashkilotlarda boʻlgan konstruktorlik, texnologik va loyiha hujjatlardagi axborotlar uchun — ular tegishli tashkilotlarga kelib tushgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar uchun — ular vakolatli tashkilotda hisobga olingan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻlyozma huquqida chop etilgan dissertatsiya materiallari va dissertatsiya avtoreferatlari uchun — ularning tarqatilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovga qabul qilingan ishlar uchun — ular tanishish uchun ochiq namoyish qilingan va tanlov oʻtkazishga oid hujjatlar bilan tasdiqlangan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
internet tarmogʻi maʼlumotlari, vizual axborot manbalari (plakat, model, elektron axborot tashuvchi vosita, mahsulot va shu kabilar) uchun — ularni koʻrish mumkin boʻlgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazmaga qoʻyilgan eksponatlar uchun — ularni koʻrsatish boshlangan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻzaki maʼruzalar, soʻzga chiqishlar uchun — maʼruzalar, soʻzga chiqishlar sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radio, televideniye, kino orqali maʼlumotlar uchun — ommaga oshkor etilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika vositasidan foydalanish natijasida maʼlum boʻlgan maʼlumotlar uchun — ommaga oshkor etilgan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
247. Foydali modelning yangiligini aniqlash chogʻida birmuncha oldin ustuvorlikka ega boʻlgan holda, Oʻzbekiston Respublikasida topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
248. Tekshirishda aniqlangan talabnoma chaqirib olinmaganda yoki chaqirib olish muddati oʻtmaganda, talabnoma beruvchiga shunday talabnoma mavjudligi haqida (talabnoma beruvchini koʻrsatmasdan va mazmunini ochmasdan) va talabnoma ekspertizasi avvalroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma boʻyicha bir qarorga kelingunga qadar toʻxtatib turilishi haqida maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi talabnoma ekspertizasi toʻxtatib turilishidan norozi boʻlganda, foydali model yangilik shartiga muvofiq emas deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249. Oʻzbekiston Respublikasida muhofazaga olingan barcha foydali model va ixtirolar ustuvorlik sanasidan eʼtiboran texnika taraqqiyoti darajasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250. Axborotni izlash jarayonida xuddi shunday vazifani bajaradigan foydali model belgilariga oʻxshash boʻlgan belgilar bilan taʼriflanadigan vosita topilganda, axborotni izlash toʻxtatilmaydi va oxirigacha toʻliq hajmda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali model boshqa foydali model yoki ixtiro formulalaridagi mustaqil bandlarning mazmunlariga mos tushganda oʻxshash deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251. Texnika taraqqiyoti darajasidan foydali model formulasidagi barcha belgilar bilan aynan bir xil belgilardan iborat mahsulot yoki usul aniqlanganda, foydali model yangilik shartiga muvofiq emas deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan formulaning mustaqil bandida taʼriflangan foydali model yangilik shartiga muvofiq boʻlganda, bogʻliq bandlarga nisbatan texnika taraqqiyoti darajasi tahlili oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan formulaning mustaqil bandida taʼriflangan foydali modelning yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlanganda, talabnomani keyingi koʻrib chiqish mazkur Reglamentning 255-bandi va 258-bandining ikkinchi xatboshisiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254. Foydali modelning yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga ekspertiza dalillari bayon qilingan va bu dalillarga nisbatan oʻz fikr-mulohazalarini hamda zarur hollarda talabnomaning dastlabki materiallari asosida foydali modelning tuzatilgan formulasini taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255. Foydali model bogʻliq bandlarga ega koʻp zvenoli formula bilan taʼriflanganda va mustaqil bandning yangilik shartiga javob bermasligi sababli patentga layoqatli emasligi aniqlanganda, talabnoma beruvchiga bu haqida maʼlum qilinadi va talabnomani koʻrib chiqishni davom ettirishda foydali modelning tuzatilgan formulasini taqdim etish taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan mustaqil bandga nisbatan foydali modelning patentga layoqatliligi aniqlanganda, ushbu bogʻliq bandlardagi foydali model belgilarining taʼrifi foydali modelni amalga oshirishga yoki vazifasini bajarishiga toʻsqinlik qilmasligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan koʻp zvenoli formula bilan taʼriflangan foydali modelni patentga layoqatlilik shartlariga nisbatan tekshirish natijasi ijobiy boʻlgan holda, u patentga layoqatli deb tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258. Foydali modellar guruhiga oid talabnoma topshirilganda, patentga layoqatlilikni tekshirish guruhga kirgan har bir foydali modelga nisbatan oʻtkaziladi. Guruhning patentga layoqatliligi undagi barcha foydali modellar patentga layoqatli boʻlganda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modellardan biri patentga layoqatli emasligi aniqlanganda, talabnoma beruvchiga bu haqida maʼlum qilinadi va keltirilgan dalillar haqida oʻz fikrini bildirish hamda zarur holda patentga layoqatli boʻlmagan foydali model bandini formuladan chiqarib tashlash yoki bu bandlarni tuzatilgan holda taqdim etish taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
259. Mazkur Reglamentning 258-bandiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan foydali modelning oʻzgartirilgan formulasi taqdim etilganda, talabnomani ushbu formulada taʼriflangan foydali modelga nisbatan mazkur Reglamentning 214 — 234-bandlariga muvofiq qoʻrib chiqish davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi ekspertiza soʻrovnomasidagi fikrlarni rad etuvchi dalillarni va oʻzgartirilgan formulani keltirmasdan avvalgi formula bilan patent berishni talab qilganda, patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
260. Qonunning 20-moddasiga koʻra qoʻshimcha materiallarni taqdim etish soʻralgan soʻrovnoma bunday materiallarsiz talabnoma ekspertizasini oʻtkazish mumkin boʻlmaganda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261. Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali model formulasini mazkur Reglamentning 214 — 234-bandlariga muvofiq tekshirish natijalari boʻyicha aniqlash zarurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali modelning patentga layoqatliligini mazkur Reglamentning 235 — 259-bandlariga muvofiq tekshirish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish zarurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir xil ustuvorlik sanasiga ega boʻlgan aynan oʻxshash sanoat mulki obyektlariga talabnomalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq savollarni hal qilish zarurati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262. Talabnomani koʻrib chiqishda yuzaga keladigan boshqa turdagi masalalar mazkur Reglamentning 261-bandidagi asoslarga qoʻshimcha ravishda yuboriladigan soʻrovnomaga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263. Soʻrovnoma yoki xabarnomada keltiriladigan fikr va mulohazalar ilmiy-texnika yoki huquqiy tusdagi dalillar bilan asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264. Talabnoma beruvchi patentga layoqatliligi haqida xulosa olingan foydali model formulasiga identifikatsiya qilinmagan yoki talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan belgini yoxud taʼrifi axborot manbaiga havola qilish bilan almashtirilgan belgini kiritishni yoki talabnoma topshirilgandan keyin talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan va mazkur Reglamentning 214 — 234-bandlariga muvofiq eʼtiborga olinmagan yangi mustaqil bandni kiritishni talab qilganda, talabnoma beruvchiga ushbu belgini (band) oʻz tarkibiga kiritmagan formulani taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265. Soʻrovnomada axborot manbai keltirilganda ushbu manbani topish uchun zarur boʻlgan barcha bibliografik maʼlumotlar, shuningdek, talabnomani koʻrib chiqishda eʼtiborga olingan maʼlumotlar, ushbu manbadan topish uchun kerak boʻladigan boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266. Soʻrovnomani yuborish uchun foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirish natijalari boʻyicha formula, tavsif va chizmalarga tuzatishlar kiritish orqali aniqlashtirish zarurati asos boʻlganda, ularning tuzatilgan sahifalarini taqdim etish taklif qilinadi. Bunda soʻrovnomada talabnoma materiallarini tuzatishga oid toʻliq tushuntirishlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
267. Oʻzgartirilgan formula asosida patent berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish uchun formulani oʻzgartirish tavsifga va chizmaga tuzatishlar kiritishni taqozo etsa (shu jumladan, ekspertiza tomonidan avval koʻrsatilgan lekin tuzatilmagan kamchiliklar mavjud boʻlganda), materiallarni tuzatish toʻgʻrisidagi taklifni oʻz ichiga olgan soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268. Qoʻshimcha materiallar bilan birga tuzatilgan formula boʻlganda, dastlabki formulada mustaqil band sifatida ajratib koʻrsatilmagan bir yoki bir necha mustaqil bandlarni kiritish bilan tuzatilgani va patent boji toʻlangani tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269. Qoʻshimcha materiallar tarkibida talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan va formulaga kiritish talab etilgan belgilar mavjud boʻlganda, qoʻshimcha materiallar foydali model mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
270. Qoʻshimcha materiallarda keltirilgan va formulaga kiritilishi soʻralayotgan belgilar talabnoma vakolatli organga kelib tushgan sanada formulada yoki tavsifda ochib berilmaganda talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. Talabnomaning dastlabki materiallarida belgini bajarishning aniq holatlari ochilmasdan umumiy tushuncha bilan berilganda, formulaga kiritilishi kerak boʻlgan belgi deb hisoblangan bunday aniq holatlarning qoʻshimcha materiallarda taqdim etilishi foydali modelning mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272. Quyidagi qoʻshimcha materiallar foydali model mohiyatini oʻzgartirmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali modelni amalga oshirish sharoitlari haqidagi yangi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali modelni amalga oshirishdagi misollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha texnik natija olish imkoniyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqliklar kiritilgan grafik materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
formulaga kiritilmaydigan va undagi belgilarga taalluqli boʻlmagan boshqa materiallar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273. Qoʻshimcha materiallar foydali modelning mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etilganda, talabnoma beruvchiga bunday xulosaga kelish uchun qoʻshimcha materiallardagi qaysi maʼlumotlar asos boʻlgani haqida maʼlum qilinadi. Talabnomani keyingi koʻrib chiqish qoʻshimcha materiallarda berilgan formulaga nisbatan, lekin talabnoma topshirilgan ustuvorlik sanasidagi tavsifda va formulada ochib berilgan belgilar boʻyicha davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274. Foydali modelning vazifasini ifodalaydigan dastlabki umumiy tushuncha formulada boshqasi bilan almashtirilganda, ular bir xil maʼnoda va bir-biriga bogʻliq boʻlganda, yaʼni ular toʻliq yoki qisman mos kelganda, foydali modelga tegishli deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275. Quyidagi hollarda formulani oʻzgartirish talabnomadagi foydali modelga taalluqli deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali model obyektining turi (qurilma, usul, modda) oʻzgartirilganda, bunda yangidan koʻrsatilgan obyekt turi dastlabki foydali model formulasida keltirilgan belgilarga nisbatan koʻproq mos kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi talabnomadagi foydali model obyekti “yangi vazifada qoʻllash” koʻrsatilgan yangi vazifadagi obyekt bilan almashtirilganda, agar obyekt toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ustuvorlik sanasigacha ommaga maʼlum boʻlmagan hollarda obyektni qoʻllashga doir talabnoma berilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki koʻrsatilgan foydali model obyektini “yangi vazifada qoʻllash” foydali model obyektiga almashtirilganda, agar ustuvorlik sanasigacha ommaga maʼlum boʻlgan maʼlumotlardan talabnoma berilgan obyektdan faqat vazifasi bilan farqlanuvchi vosita maʼlumligi aniqlansa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276. Qonunning 19-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi patent berish haqidagi qaror qabul qilingunga qadar foydali model haqidagi talabnomani ixtiro haqidagi talabnomaga oʻzgartirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelga boʻlgan talabnoma ixtiroga patent berish haqidagi talabnomaga oʻzgartirilganda, uni foydali modelga talabnoma sifatida koʻrib chiqish toʻxtatiladi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday oʻzgartirishda foydali model talabnomasining ustuvorligi saqlanib qoladi va keyingi ish yuritish ixtiroga patent berish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
277. Foydali modelning patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi aniqlanganda, talabnoma beruvchiga taklif qilingan formula bilan foydali modelga patent berilishi mumkinligi haqida soʻrovnoma yuboriladi va ekspertiza xulosalariga nisbatan oʻz fikrini maʼlum qilish taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oy ichida talabnoma beruvchi oʻz fikrini maʼlum qilmaganda yoki ekspertizaning fikriga roziligi kelib tushganda, soʻrovnomada bayon qilingan formula bilan patent berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi va nashr etishda birinchi berilgan foydali model tavsifidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga zid emas haqidagi xulosaga kelinganda foydali modelga patent berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi va talabnoma beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279. Ekspertiza tomonidan talabnoma materiallarining Qonun va mazkur Reglament qoidalariga zid ekanligining aniqlanishi foydali modelga patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
280. Bitta mustaqil band va bogʻliq bandlarga ega boʻlgan koʻp zvenoli formulada taʼriflangan foydali modelning mustaqil bandi patentga layoqatlilikning bironta shartiga muvofiq emasligi aniqlanganda, patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. Foydali modellar guruhidan iborat boʻlgan koʻp zvenoli formulaning mustaqil bandlarida taʼriflangan foydali modellarning biri yoki har xil muqobil belgilarni oʻz ichiga olgan belgilar majmuida patentga layoqatlilikning shartlaridan biriga muvofiq emasligi aniqlanib, talabnoma beruvchi formulani tuzatishdan yoki ushbu foydali model belgisini formuladan chiqarib tashlashdan bosh tortganda, koʻrsatilgan belgilar majmuiga patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqariladi va unda patentga layoqatli deb aniqlangan boshqa foydali modellarning patentga layoqatli ekanligi eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282. Talabnoma beruvchining xohishiga koʻra davlat ekspertizasi Markaz tomonidan tezkor tartibda, yaʼni talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilingani toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekspertizasi oʻtkazish talabnoma beruvchining bu haqidagi iltimosnomasiga asosan tezkor tartibda oʻtkaziladi. Bunda ekspertizani tezkor tartibda oʻtkazish haqidagi iltimosnoma vakolatli organga talabnoma bilan bir paytda yoki u topshirilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida taqdim qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283. Davlat ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazishda axborotni izlash jarayoni talabnoma beruvchi va Markaz oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284. Davlat ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazishda axborotni izlash jarayonida rasmiy ekspertiza yakunlangan kundan boshlab oʻn kun ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazish haqidagi iltimosnoma rasmiy ekspertiza yakunlangandan soʻng kelib tushganda axborotni izlash jarayonida iltimosnoma kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
285. Axborotni izlash natijalari boʻyicha hisobot tuziladi va hisobot quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomaning topshirilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali modelning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot izlash sohalarini tasniflovchi XPT rubrikasining indeksi, XPT rubrikasiga bogʻliq holda izlash koʻlamiga kiritilishi zarur boʻlgan mamlakatlar patent hujjatlarining roʻyxati, tegishli mavzu boʻyicha axborot manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot izlash mavzusi boʻyicha hujjatlar va ularning aniq qismlariga bibliografik maʼlumotlar koʻrinishidagi havolalar (talabnoma boʻyicha ilgariroq ustuvorlik soʻralganda talabnoma topshirish sanasidan oldin, biroq talabnoma ustuvorligi sanasidan keyin nashr qilingan maʼlumotlar alohida belgilab qoʻyiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgariroq ustuvorlikka ega boʻlgan, biroq eʼlon qilinmagan talabnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot izlashning tugatilgan sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot izlashning hajmiga hamma foydalana oladigan har qanday axborot manbalari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286. Axborot izlash yakunlangandan soʻng uning natijalari asosida mazkur Reglamentning 197 — 281-bandlariga muvofiq foydali modelning patentga layoqatliligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
287. Belgilangan patent boji toʻlanganda vakolatli organ foydali modelni mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakldagi Foydali modellar davlat reyestrida avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkazadi. Bunda foydali modelga berilgan patent va uning ilovasi elektron shaklda axborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali model roʻyxatga olingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchining xohishiga koʻra foydali modelga berilgan patent va uning ilovasi pochta aloqasi orqali koʻrsatilgan manzilga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Xalqaro talabnomani topshirish va uni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288. RSTga muvofiq vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro talabnomani qabul qiluvchi idora, xalqaro talabnomada koʻrsatilgan va tanlangan idora funksiyasini bajaradi. Vakolatli organ xalqaro talabnoma boʻyicha ish yuritishda RST, RSTning Yoʻriqnomasi (keyingi oʻrinlarda — Yoʻriqnoma), BIMT Xalqaro byurosi tomonidan chop etiladigan tegishli qoʻllanmalar, shuningdek, Qonun va mazkur Reglamentga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289. Xalqaro talabnomani koʻrib chiqish boshlanadigan sana sifatida xalqaro talabnomaning ustuvorlik sanasidan eʼtiboran oʻttiz bir oy muddatdan keyingi sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro talabnomaning davlat ekspertizasini koʻrsatilgan muddatdan avval boshlash haqidagi iltimosnoma xalqaro chop etish sanasigacha berilganda, talabnomaning tarjimasi bilan birga xalqaro talabnomani qabul qiluvchi idora tomonidan tasdiqlangan va xalqaro topshirish sanasi belgilangan nusxasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290. Xalqaro talabnomani milliy fazaga oʻtkazish uchun talabnoma beruvchi tomonidan xalqaro talabnomaning ustuvorlik sanasidan eʼtiboran oʻttiz bir oy muddatda boshqa tilda topshirilgan xalqaro talabnoma arizasining tarjimasi, xalqaro talabnomaning nashr varagʻi, formulaning tarjimasi taqdim etiladi va bunda patent boji toʻlanadi. Xalqaro talabnoma arizasining tarjimasi oʻrniga mazkur Reglamentda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasida foydali modelga patent berish haqidagi ariza topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291. Xalqaro talabnoma arizasining tarjimasiga talabnoma materiallarining tarjimalari xalqaro talabnomani topshirish sanasida topshirilgan koʻrinishda ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgartirilgan formulali xalqaro talabnoma milliy fazaga oʻtkazilganda, oʻzgartirilgan formulaning tarjimasi kiritilgan oʻzgartirishlarga nisbatan tushuntirishlarning tarjimasi bilan birga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292. Xalqaro talabnoma foydali model formulasi, tavsif va chizmalarga RSTning 34(2b)-moddasiga muvofiq kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda, milliy fazaga oʻtkazilganda Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan qabul qilingan oʻzgartirishlar hisobga olingan xalqaro talabnomaning tarjimasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
293. Mazkur Reglamentning 289 — 292-bandlarida koʻrsatilgan materiallar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, xalqaro talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
294. Milliy fazaga oʻtish muddati oʻtkazib yuborilgandan soʻng oʻn ikki oy ichida taqdim etilgan materiallar belgilangan patent boji toʻlanganda koʻrib chiqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
295. Xalqaro talabnomaning rasmiy ekspertizasini oʻtkazishda mazkur Reglamentning 177, 180 — 195-bandlari talablariga rioya qilingani hamda quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizada keltirilgan maʼlumotlar xalqaro talabnomaning nashr varagʻida koʻrsatilgan bibliografiya maʼlumotlariga mosligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma beruvchining nomi oʻzgargani, mualliflar, soʻralayotgan ustuvorlik haqidagi hujjatlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro patent izlash hisobotining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasining mavjudligi (agar u oʻtkazilgan boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
296. Xalqaro patent izlash hisoboti va xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasida foydali model birligi talabi buzilgani haqidagi xulosa va ularning asoslanishi berilganda hamda talabnoma beruvchi tomonidan RSTning 17(3a) va 34(3a)-moddalarida nazarda tutilgan qoʻshimcha bojlar toʻlanmagani sababli xalqaro talabnomaning biron-bir qismlari boʻyicha xalqaro patent izlash hisoboti va xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi boʻlmaganda, ushbu qismlar boʻyicha patent bojini toʻlash sharti bilan ekspertiza tomonidan koʻrib chiqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent boji toʻlanmaganda xalqaro talabnomaning faqat xalqaro patent izlash hisobotida berilgan va xalqaro dastlabki ekspertiza oʻtkazilgan qismlari koʻrib chiqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297. Qonunning 20-moddasiga muvofiq soʻrovnomaga talabnoma beruvchi tomonidan toʻliq javob uch oy ichida taqdim etiladi. Ushbu muddat ichida soʻralgan materiallarni taqdim etish imkoniyati boʻlmaganda, talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra javob berish oʻn ikki oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma taqdim etilganda, belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi. Mazkur bandda nazarda tutilgan shartlarga rioya etilganda muddat uzaytiriladi va bu haqida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
298. Talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilganda tegishli ekspertiza muddati toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
299. Soʻrovnomaga belgilangan muddatda toʻliq javob berilmaganda yoki javobni topshirish muddatini uzaytirish shartlariga rioya etilmaganda, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300. Ekspertizaning soʻrovnomasiga javob xatini taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatlari talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra tiklanishi mumkin. Iltimosnoma talabnoma chaqirib olingan sanadan boshlab oʻn ikki oy ichida topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma bilan birgalikda soʻrovnomaga toʻliq javob xati taqdim etiladi va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning shartlariga rioya etilganda, talabnoma ish jarayoniga tiklanadi va bu haqida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301. Talabnoma beruvchi talabnomaga aloqador ish yuritish bilan axborot tizimi orqali tanishishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302. Soʻrovnoma, xabarnoma, davlat ekspertizasi qarorlari va foydali modelga beriladigan patent QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyish bilan tasdiqlanib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
303. Davlat ekspertizasi qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga belgilangan tartibda apellyatsiya berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Foydali modelga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabnoma beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazi, Adliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) axborot tizimi yoki YIDXP yoxud pochta aloqasi orqali talabnoma topshiradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Talabnoma beruvchi

Talabnoma topshirish uchun patent bojini toʻlaydi.

Talabnoma topshirish bilan bir vaqtda

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Talabnomani qabul qiladi.

2. Talabnomaning qayd raqami va kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan xabarnomani tegishli ravishda vakolatli organning axborot tizimi yoki YIDXP orqali talabnoma beruvchiga yuboradi.

Patent boji toʻlangandan soʻng avtomatik tarzda

4-bosqich

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi

1. Talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazadi.

2. Rasmiy ekspertiza natijasi boʻyicha talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilingani toʻgʻrisidagi qarorni talabnoma beruvchiga yuboradi.

Talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab 2 oydan soʻng bir oy davomida

5-bosqich

Talabnoma beruvchi

Foydali model haqidagi talabnomani ekspertizadan oʻtkazish uchun patent bojini toʻlaydi.

Talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror sanasidan boshlab 3 oy davomida

6-bosqich

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi

1. Foydali model haqidagi talabnomani ekspertizadan oʻtkazadi.

2. Ekspertiza natijasi boʻyicha soʻrovnoma yoki foydali modelga patent berish toʻgʻrisidagi qarorni talabnoma beruvchiga yuboradi.

Talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilinganda talabnoma topshirilgan sanadan oʻn ikki oy oʻtgandan soʻng 2 oy davomida (ekspertizani tezkor tartibda oʻtkazishda talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilingani toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran 1 oy davomida)

7-bosqich

Talabnoma beruvchi

Foydali modelni roʻyxatdan oʻtkazish, maʼlumotlarni eʼlon qilish, patent berish va patentning amal qilish muddati uchun patent bojini toʻlaydi.

Patent berish toʻgʻrisidagi qaror joʻnatilgan sanadan boshlab 3 oy davomida

8-bosqich

Vakolatli organ

Foydali modelni roʻyxatdan oʻtkazadi, maʼlumotlarni rasmiy axborotnomada eʼlon qiladi va muhofaza hujjatini beradi.

Patent boji toʻliq toʻlanganda avtomatik tarzda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Foydali modelga patent berish haqida

ARIZA

(21) Talabnomaning qayd raqami:

____________________________

(22) Talabnomaning kelib tushgan sanasi:

_____________________________

Yozishmalar uchun manzil:

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

(85) Xalqaro talabnomani milliy fazaga oʻtkazish sanasi:

_____________________________

Telefon: ____________________

(86) _______________________________________

(xalqaro talabnomaning qabul qiluvchi idora tomonidan belgilanadigan qayd raqami va xalqaro topshirish sanasi)

(87) _______________________________________

(xalqaro talabnomani xalqaro eʼlon qilish raqami va sanasi)

Foydali modelga patent berish haqida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

(54) Foydali modelning nomi:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(71) Talabnoma beruvchi:

__________________________________________________________

__________________________________________________________

__________________________________________________________

__________________________________________________________

__________________________________________________________

(jismoniy shaxslar uchun F.I.O. yoki yuridik shaxsning taʼsis hujjati boʻyicha toʻliq nomi)

STIR yoki JSHSHIR

(mahalliy talabnoma beruvchilar uchun):

____________________________

____________________________

____________________________

BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa):

____________________________

____________________________

Foydali model ustuvorligini quyidagi sanadan belgilashingizni soʻrayman:

□ birinchi talabnoma berilgan sanadan (“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunning (keyingi oʻrinlarda — Qonun) 18-moddasi ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi);

□ vakolatli organga oldinroq topshirilgan talabnomaning kelib tushish sanasidan (Qonunning 18-moddasi ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi);

□ oldin topshirilgan talabnomaga qoʻshimcha materiallarning kelib tushish sanasidan (Qonunning 18-moddasi ikkinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi);

□ ajratilgan alohida talabnomaga birinchi talabnomaning ustuvorlik sanasidan.

(31) Birinchi (oldin topshirilgan, dastlabki) talabnoma raqami

(32) Soʻralayotgan ustuvorlik sanasi

(33) BIMT ST.3 standarti boʻyicha talabnoma topshirayotgan tomonning mamlakat kodi

(konvensiya ustuvorligi soʻralganda)

□ (74) Vakil (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining roʻyxat raqami, pochta manzili)

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

Telefon:____________________

Ilova qilingan hujjatlarning roʻyxati:

Sahifalar soni

□ tavsif

□ formula (mustaqil bandlar soni, bogʻliq bandlar soni)

□ chizmalar va boshqa materiallar

□ referat

□ ishonchnoma

□ birinchi talabnomaning nusxasi (konvensiya ustuvorligi soʻralganda)

□ talabnomaning tarjimasi

Boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)

(72) Muallif

(F.I.O. rezidentlar uchun ish joyi, lavozimi va ilmiy darajasi koʻrsatiladi)

Turar joy manzili, BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi

(agar u oʻrnatilgan boʻlsa)

JSHSHIR

(rezidentlar uchun)

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

___________________________________________________________

___________________________________________________________

talabnoma beruvchi yoki vakil

QR-kod

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Talabnomaga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

ARIZA

Kelib tushgan sanasi

_____________________

Qayd raqami

_____________________

Talabnomaga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

(21) Talabnomaning qayd raqami

(22) Talabnomaning kelib tushgan sanasi

Mazkur arizani taqdim etgan holda talabnoma materiallariga quyidagi tuzatish, aniqlik va qoʻshimchalar kiritishingizni soʻrayman:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Tuzatish, aniqlik va qoʻshimchalar kiritilgan maʼlumotlar:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Arizaga ilovalar:

__________________________________________________________

__________________________________________________________

talabnoma beruvchi yoki vakil

QR-kod

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Foydali modelga patent berish haqidagi talabnomaga huquqni topshirish

DALOLATNOMASI

Foydali modelga patent berish haqidagi talabnomaga huquqni topshirish

DALOLATNOMASI

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Talabnomaning qayd raqami

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

Quyida huquqni topshirayotgan shaxs huquqni oluvchi shaxsga foydali modelga patent berish haqidagi talabnomaga boʻlgan huquqni imzolagan holda topshiradi.

Huquqni topshirayotgan shaxs:

STIR yoki JSHSHIR (rezidentlar uchun):

_________________________

BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa):

_________________________

Nomi (ismi):

_________________________________________________________________________________________

Pochta manzili:

_________________________________________________________________________________________

Telefon: _______________________

Huquqni oluvchi shaxs:

STIR yoki JSHSHIR (rezidentlar uchun):

_________________________

BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa):

_________________________

Nomi (ismi):

_________________________________________________________________________________________

Pochta manzili:

_________________________________________________________________________________________

Telefon: ________________________

Huquqni topshirayotgan shaxs imzosi*

Huquqni oluvchi shaxs imzosi*

_________________________

Imzolangan sana

_________________________

Imzolangan sana

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Yuridik shaxs nomidan tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi va ismi koʻrsatilgan holda imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Foydali modellar

DAVLAT REYESTRI

(11)

Patent raqami

(15)

Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana

(18)

Patent amal qilish muddatining tugashi

(19)

Nashr qilayotgan davlatning kodi

(21)

Talabnomaning qayd raqami

(22)

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

(23)

Boshqa sanalar, shu jumladan, oldin topshirilgan talabnomaga qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana

(31)

Ustuvorlik soʻralgan talabnomaning qayd raqami

(32)

Ustuvorlik soʻralgan talabnomaning kelib tushgan sanasi

(33)

Ustuvorligi belgilangan davlat kodi

(45)

Eʼlon qilingan sana va rasmiy axborotnoma raqami

(46)

Muhofaza hujjatini chop etish sanasi

(51)

XPT indekslari

(54)

Foydali model nomi

(62)

Ajratib olingan talabnoma boʻyicha birinchi talabnomaning qayd raqami va sanasi

(63)

Oldin topshirilgan talabnomaning qayd raqami va sanasi

(71)

Talabnoma topshiruvchilarning ismi (nomi), mamlakat kodi

(72)

Muallif ismi, mamlakat kodi

(73)

Huquq egasi

(74)

Vakil

(85)

RST shartnomasining 23 (1) yoki 40 (1)-moddalariga muvofiq xalqaro talabnomaning milliy fazaga oʻtgan sanasi

(86)

RST shartnomasi orqali topshirilgan talabnomaning maʼlumotlari, shu jumladan, xalqaro talabnoma topshirilgan sanasi, roʻyxatdan oʻtkazish raqami hamda ixtiyoriy ravishda eʼlon qilingan xalqaro talabnoma dastlab qaysi tilda topshirilgani (xalqaro talabnomalar asosida berilgan Oʻzbekiston Respublikasi patentlari uchun)

(87)

RST shartnomasi xalqaro talabnomasini nashr etishga oid maʼlumotlar, shu jumladan, xalqaro nashr sanasi, xalqaro nashr raqami va ixtiyoriy ravishda xalqaro talabnomaning nashr etilgan tili (xalqaro talabnomalar asosida berilgan Oʻzbekiston Respublikasi patentlari uchun)

(98)

Yozishmalar uchun manzil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur reyestrda ishlatilayotgan kodlar Butunjahon intellektual mulk tashkilotining standartlari bilan belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 297-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda — Qonun) asosan sanoat namunasiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnomani (keyingi oʻrinlarda — talabnoma) topshirish va davlat xizmatidan foydalanish boʻyicha boshqa harakatlar nomiga roʻyxatdan oʻtkazilishi soʻralayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda — talabnoma beruvchi) tomonidan bevosita yoxud uning vakili (patent vakili yoki ishonchli shaxs) orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qonunning 8-moddasiga muvofiq, agar sanoat namunasi sifatida koʻrsatilgan obyekt yangi va original (oʻziga xos) boʻlsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sanoat namunasining muhim belgilari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʻlgan maʼlumotlardan ayon boʻlmaganda, u yangi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sanoat namunasining muhim belgilar majmui buyum xususiyatlarining ijodiy jihatlari bilan bogʻliq boʻlganda, u original deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buyumning tashqi koʻrinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sanoat namunalari hajmli yoki yassi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hajmli sanoat namunalari uch oʻlchamli kompozitsiyalar va hajmli tuzilmalardan tashkil topadi (dastgoh, qoʻl soati, qishloq xoʻjaligi uskunasi, poyabzal kabi buyumlarning tashqi koʻrinishini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yassi sanoat namunalari ikki oʻlchamli tuzilmaga ega kompozitsiyalarni ifodalaydi, elementlarning oʻzaro chiziqli-grafik nisbati bilan taʼriflanadi va deyarli hajmga ega boʻlmaydi (gilam, roʻmol, mato kabi buyumlarning tashqi koʻrinishini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar sanoat namunalari deb eʼtirof etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matbaa mahsulotlari (shriftlari dekorativ xususiyatlarga ega boʻlmagan matnlar, jadvallar, grafiklar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektura obyektlari, sanoat, gidrotexnika va boshqa statsionar inshootlarga oid obyektlar (kichik arxitektura shakllari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki shu kabi moddalardan iborat oʻzgaruvchan shakldagi obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyumning faqat texnik vazifasi bilan bogʻliq boʻlgan yechimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Buyum deganda sanoat yoki hunarmandchilik sohasida ishlab chiqariladigan istalgan buyum, shu jumladan, tarkiblardan tuzilgan buyum hamda tarkiblardan tuzilgan buyumni yigʻish uchun mustaqil komponentlar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Talabnomaga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qonunning 17-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta sanoat namunasiga taalluqli boʻlishi kerak va shu namuna variantlarini qamrab olishi (sanoat namunasi birligi talabi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bitta sanoat namunasi deganda yagona buyumning yoki umumiy vazifaga ega boʻlgan buyumlar jamlamasining (toʻplamining) (mebel garniturasi, serviz kabi toʻplamlar) badiiy-konstruktorlik yechimi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yagona buyum deganda butun bir buyum (avtomobil) yoki butun buyumning biron-bir qismi boʻlgan buyum (gʻildirak, tashqi yoritish chirogʻi) tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sanoat namunasining variantlari deganda buyumning bir xil xususiyatlarini belgilovchi muhim belgilar majmui boʻyicha farqlanadigan aynan bitta buyumning (komplektning, toʻplamning) badiiy-konstruktorlik yechimi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Buyumning badiiy-konstruktorlik yechimi buyumning tashqi koʻrinishidagi oʻziga xos xususiyatlarni belgilaydigan muhim belgilar majmui bilan taʼriflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Buyumning tashqi koʻrinishini materialning shakli, konturlari, chiziqlari, ranglarning oʻzaro birikuvi, teksturasi yoki fakturasi, dekori, shu jumladan ornamenti tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sanoat namunalarini taʼriflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy kompozitsion elementlarning mavjudligi, tarkibi va soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy elementlarning shakli va konfiguratsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy elementlarning oʻzaro joylashuvi va boʻysunishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy elementlar plastikasining taʼrifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy elementlar grafikasi, rang-fakturasi va koloristik yechimining taʼrifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyum tayyorlangan material.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Talabnoma quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunasiga patent berish haqidagi ariza (keyingi oʻrinlarda — ariza);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyumning tashqi koʻrinishi haqida batafsil tasavvur beruvchi tasvirlar toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhim belgilar majmuini oʻz ichiga olgan sanoat namunasining tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunasining mohiyatini ochib berish uchun zarur boʻlgan holatlarda buyum umumiy koʻrinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfeksion xaritasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Boshqa tilda topshirilgan hujjatlar ularning tarjimalari boshqa tilda topshirilgan hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida topshirilganda vakolatli organga kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi, aks holda hujjatlar ularning tarjimalari kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasi (1883-yil) (keyingi oʻrinlarda — konvensiya) qatnashchisi boʻlgan davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusxasi va uning tarjimasi konvensiya ustuvorligini soʻrab topshirilgan talabnomaga (keyingi oʻrinlarda — konvensiya talabnomasi) ilova qilinadi. Ular konvensiya talabnomasi vakolatli organga kelib tushgan sanadan boshlab uch oy muddatdan kechiktirilmay topshiriladi. Birinchi talabnoma nusxasining tarjimasi talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Parij konvensiyasi qatnashchisi boʻlgan davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning topshirish sanasidan olti oy oʻtgandan keyin, lekin ikki oydan kechiktirmay topshirilgan talabnoma boʻyicha konvensiya ustuvorligi soʻralganda tegishli patent boji toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Konvensiya ustuvorligini belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma topshirishda (arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki vakolatli organga talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat davomida erkin shaklda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ariza mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada xorijiy ismlar va nomlarning transliteratsiyasi hamda sanoat namunasi nomining tarjimasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Arizaning 21-kodli “Talabnomaning qayd raqami” va 22-kodli “Talabnomaning kelib tushgan sanasi” grafalari ariza vakolatli organga kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Arizaning 75-kodli “Yozishmalar uchun manzil” grafasida xat oluvchining nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki ismi (jismoniy shaxslar uchun), shuningdek, joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochtasidan kamida biri koʻrsatiladi. Ushbu maʼlumotlar uchinchi shaxslar huquq egasi bilan bogʻlanishi uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Arizaning 54-kodli “Sanoat namunasining nomi” grafasida talabnoma berilgan sanoat namunasining nomi keltiriladi va ushbu nom sanoat namunasining tavsifidagi nom bilan bir xil boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Arizaning 71-kodli “Talabnoma beruvchi” grafasida talabnoma beruvchi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar keltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning rasmiy nomi (taʼsis hujjati boʻyicha) yoki jismoniy shaxsning toʻliq ismi, shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar uchun STIR yoki JSHSHIR, joylashgan joyi (pochta manzili) yoki turar joy manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezidentlar uchun BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent bir necha shaxs nomiga soʻralayotganda yuqorida keltirilgan maʼlumotlar ularning har biri uchun alohida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Arizaning ustuvorlikni belgilash soʻralayotgan grafasi vakolatli organga talabnoma kelib tushgan sanadan oldinroq ustuvorlik soʻralayotganda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaning 31-kodli “Birinchi talabnoma raqami” grafasida konvensiya ustuvorligini soʻrashga asos boʻlayotgan birinchi talabnoma (oldinroq topshirilgan, dastlabki) raqami koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaning 32-kodli “Soʻralayotgan ustuvorlik sanasi” grafasida soʻralayotgan ustuvorlik sanasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaning 33-kodli “Talabnoma berilgan mamlakatning BIMTning ST.3 standarti boʻyicha kodi” grafasida talabnoma berilgan mamlakatning BIMTning ST.3 standarti boʻyicha kodi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Talabnoma beruvchi tomonidan ishlar olib borish uning vakili orqali amalga oshirilganda, arizaning 74-kodli “Vakil” grafasida quyidagi maʼlumotlar keltiriladi: vakilning toʻliq nomi yoki ismi, roʻyxat raqami (patent vakili boʻlsa), joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Arizaning “Ilova qilingan hujjatlar” grafasida talabnomaga aloqador hujjatlar biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Arizaning 72-kodli “Muallif” grafasida quyidagi maʼlumotlar keltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joy manzili, shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar uchun JSHSHIR, ilmiy darajasi, BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezidentlar uchun BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sanoat namunasining nomi aniq, qisqa boʻlib, sanoat namunasining muhofaza hajmi va Sanoat namunalarining xalqaro tasnifiga (keyingi oʻrinlarda — SNXT) muvofiq boʻlishi, alohida holatlarda esa sohaga oid umumqabul qilingan terminologiyaga mos boʻlishi kerak. Nom buyumning vazifasini (bajaradigan funksiyasini) taʼriflashi, yaʼni turkum tushunchasini (“Muzlatkich”, “Jomadon”, “Koʻzoynak”) ifodalashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Nom buyumning foydalanish sohasini koʻrsatishi, yaʼni turiga doir tushunchani ifodalashi kerak (“Tibbiy qoʻlqop”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sanoat namunasining nomiga atoqli otlar, norasmiy iboralar, abbreviaturalar, reklama, tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari, geografik koʻrsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, firma nomlari, geografik nomlar, “va boshqalar” soʻzlari hamda sanoat namunasini aniqlash maqsadlariga xizmat qilmaydigan boshqa soʻzlar kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Sanoat namunasining nomi birlikda ifodalanadi, birlikda ishlatilmaydigan nomlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Sanoat namunasi variantlardan iborat boʻlganda, uning nomi birlikda keltiriladi, qavslarda esa variantlarning soni koʻrsatiladi: “Kir yuvish vositasining qadogʻi (2 ta variant)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Talabnoma buyumlarning jamlamasini (toʻplamini) ifoda qiladigan obyektning badiiy-konstruktorlik yechimiga berilayotganda sanoat namunasining nomiga “toʻplam”, “jamlama” soʻzlari kiritiladi (“Manzarali gʻishtlar toʻplami”, “Yoʻlak uchun plitka-modullar toʻplami”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi masalasi koʻrilganda, buyum tashqi koʻrinishining tasviri hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tasvir buyumning tashqi koʻrinishi toʻgʻrisida toʻliq tasavvur berishi kerak. Tasvirda barcha elementlar, shu jumladan, muhim belgilar roʻyxatida keltirilgan elementlar yaqqol koʻrinib turishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Qonunning 5-moddasiga muvofiq sanoat namunasi huquqiy muhofazasining hajmi buyumning (maket, rasm) tasvirida aks ettirilgan muhim belgilar majmui va ularning kombinatsiyasi bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Hajmli sanoat namunasi uchun buyumning old tomondan 3/4 tasvirdagi umumiy koʻrinishining tasviri, shuningdek buyum tashqi koʻrinishi toʻgʻrisida yetarlicha tasavvur beradigan boshqa koʻrinishlari (old tomonidan, yon tomonlaridan va shu kabilar) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Toʻqimachilik sanoati buyumlari uchun buyumning old va orqa tomonlaridan koʻrinishlari yetarli hisoblanadi. Zarur boʻlganda, tasvirlar manekenda keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Yassi sanoat namunasining tasviri umumiy rejadagi koʻrinishda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Toʻqimachilik buyumlari, dekorativ materiallar kabi yassi sanoat namunalarining tasvirlari takrorlanuvchi rapport bilan aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Buyumlar jamlamasi (toʻplami) umumiy koʻrinishdagi tasvirda toʻlaligicha, jamlamaga (toʻplamga) kiradigan barcha buyumlar bilan aks ettiriladi. Jamlamaga (toʻplamga) kiradigan har bir buyum qoʻshimcha ravishda alohida tasvirlarda keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyumlar jamlamasini (toʻplamini) toʻliq tarkibda umumiy koʻrinishdagi bitta tasvirda aks ettirish mumkin boʻlmagan holatlarda, jamlama (toʻplam) fragmentlari alohida tasvirlarda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Sanoat namunasining har bir variantining tasvirlari alohida toʻplam koʻrinishida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Yopiladigan, yigʻiladigan, shakli oʻzgaradigan va shu kabi buyumlar ushbu buyumlarning ochiq holatdagi koʻrinishdagi (muzlatkich, javon) yoki yigʻilgan holatdagi koʻrinishdagi (oshxona kombayni, changyutgich) tasvirlari orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Rang-grafikaga (badiiy-koloristika) oid yechim sanoat namunasining muhim belgilaridan biri boʻlganda mazkur Reglamentning 45 — 50-bandlarida nazarda tutilgan barcha tasvirlar rangli koʻrinishda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Tasvirlar tiniq va yorqin boʻlishi kerak. Sanoat namunasining tasvirlaridagi alohida detallari yorugʻlik tushuvchi va boshqa tomonlarda aniq koʻrinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Buyum bir tekis yorugʻlikda, sanoat namunasiga aloqasi yoʻq buyumlarsiz, neytral fonda tasvirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Tasvirlar quyidagi tartibda raqamlanadi: umumiy koʻrinish, boshqa koʻrinishlar, rangli tasvir, eng yaqin analog tasviri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir koʻrinishdagi tasvirlar bitta raqam ostida keltiriladi.

55. Tasvirda tasvir raqami hamda “umumiy koʻrinishi”, “yonidan koʻrinishi”, “oldidan koʻrinishi”, “orqadan koʻrinishi”, “yuqoridan koʻrinishi”, variantlar uchun esa “1-variant”, “2-variant” kabi izohlar ketma-ket keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Eng yaqin analog sifatida tanlab olingan buyum tasvirida tasvir raqami va “eng yaqin analog” izohi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Sanoat namunasining tavsifi buyumning tasvirlarda aks ettirilgan tashqi koʻrinishini ochib berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Tavsif sanoat namunasining nomini keltirish bilan boshlanadi. Sanoat namunasi tegishli boʻlgan SNXTning indeksi aniq boʻlganda, sinf va kichik sinf raqamlari keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsif quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunasining vazifasi va qoʻllanish sohasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunasining analogi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunasi tasviri va sanoat namunasi aks ettirilgan boshqa materiallarning (chizma, ergonomik sxema, konfeksion xarita — ular taqdim etilgan holatlarda) roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunasining mohiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunasining muhim belgilari majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Tavsifning “Sanoat namunasining vazifasi va qoʻllanish sohasi” boʻlimida sanoat namunasining vazifasi va qoʻllanish sohasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi hamda u asosan foydalaniladigan soha koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Tavsifning “Sanoat namunasining analogi” boʻlimida aniqlangan analoglarning taʼrifi, barcha analoglar aks ettirilgan axborot manbalarining bibliografik maʼlumotlari keltiriladi hamda ulardan qaysi biri talabnoma berilayotgan sanoat namunasiga eng yaqin ekani koʻrsatiladi (eng yaqin analog).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Sanoat namunasining analogi talabnoma berilayotgan sanoat namunasining ustuvorlik sanasigacha hamma foydalana oladigan axborot manbalaridan maʼlum, unga oʻzining muhim belgilari bilan oʻxshash hamda sanoat namunasi bilan funksional bir xil vazifani bajaradigan buyumning tashqi koʻrinishiga taalluqli boʻlgan badiiy-konstruktorlik yechim hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng yaqin analog muhim belgilar majmui boʻyicha talabnoma berilayotgan sanoat namunasiga yaqindan oʻxshash boʻlgan buyum hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Talabnomada sanoat namunasining bir nechta varianti mavjud boʻlganda, qoida tariqasida, barcha variantlar uchun eng yaqin boʻlgan bitta analog keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Analoglardan hech biri bir vaqtning oʻzida barcha variantlar uchun eng yaqin analog deb hisoblanmaganda har bir variant uchun alohida eng yaqin boʻlgan analog koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Tavsifning “Sanoat namunasi tasviri va sanoat namunasi aks ettirilgan boshqa materiallarning roʻyxati” boʻlimida tasvirlar, chizmalar, sxemalar, konfeksion xaritalar ularning raqamlanishiga muvofiq koʻrsatiladi hamda ular haqida qisqacha maʼlumot keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Sanoat namunasining mohiyati buyumning tashqi koʻrinishini belgilovchi tasvirlarda aks ettirilgan va muhim belgilar majmuida keltirilgan belgilarning talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan buyum xususiyatlarining majmuasi bilan taʼriflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Buyum tashqi koʻrinishining alohida xususiyatlarini belgilovchi belgilar, xususan, shakl, konfiguratsiya, naqsh va ranglar uygʻunligi (birikmasi) sanoat namunasining muhim belgilari sanaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Sanoat namunasining mohiyatini ochib berish uchun uning tasvirlarda aks ettirilgan muhim belgilari majmuining taʼrifi tasvirlarga, chizmalarga, ergonomik sxemalarga va konfeksion xaritalarga havola qilingan holda keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda eng yaqin analogdan farqlanadigan muhim belgilar alohida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Sanoat namunasining estetik va ergonomik xususiyatlari tavsifning “Sanoat namunasining mohiyati” boʻlimida qayd etiladi hamda ushbu xususiyatlarga ega boʻlgan buyumning tashqi koʻrinishi shakllanishiga muhim deb eʼtirof etilgan belgilarning taʼsiri izohlanadi. Bunday izoh ularning taʼsiri oʻz-oʻzidan ayon boʻlmaganda keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Estetik va ergonomik xususiyatlar quyidagilarda aks etishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha belgilarning asosiy belgi atrofida birlashgani natijasidagi kompozitsiya elementlarini izchil idrok etishga koʻmaklashadigan buyum qismlarining oʻzaro teng tobeligi taʼminlanganda (fazoviy tuzilishi rivojlangan obyekt uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqarish organlarining har biridan foydalanish ketma-ketligi va har biriga yetib borishni hisobga olgan holda boshqarish organlari qismlariga toʻliq yetib borish taʼminlanganda (uchuvchi kabinasi, avtomobil pultlari uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyum oʻrami qadimiy quticha koʻrinishida bezatilganda, yorligʻi esa eskirgan papirus koʻrinishida tayyorlanganda (noyob choy navlari va yuqori navli sharoblar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazifasining xususiyatlari va foydalanishdagi qulayliklar aniqlanganda (sport anjomlari va jihozlari, harbiy aslahalar, murakkab maishiy elektrotexnika vositalari uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinaning kuchi va quvvatini ifodalovchi qiyofa yaratilganda (ekskavator uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vizual qiyofa mashinaning sanoatga taalluqli boʻlmagan maishiy maqsadlarda qoʻllanishga moʻljallangani aks etganda (bogʻ-tomorqa uchun minitraktor);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning jismoniy nuqsonlarini psixologik jihatdan toʻldirish maqsadida mashinaning qiyofaviy taʼrifida ixtisoslashtirilgan vazifa yashirilganda (nogiron bolalar uchun velomobil).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsifning ushbu boʻlimida buyumning tashqi koʻrinishiga oid sanab oʻtilgan xususiyatlariga bogʻliq buyumning ustunliklari koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Asbob, dastgoh va shunga oʻxshash hajmli sanoat namunalarining tashqi koʻrinishini tavsiflashda ularning ergonomik xususiyatlarni tasdiqlash hamda inson va buyumning oʻzaro aloqalarining oʻziga xos xususiyatlarini ochib berish uchun sanoat namunasi sifatida talabnoma topshirilgan buyumning ishlashi yoki undan foydalanishni, buyum tashqi koʻrinishining eng muhim kompozitsion va funksional elementlari, boʻgʻinlari va detallarining oʻzaro taʼsirini taʼriflash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Jamlama (toʻplam) sanoat namunasini tavsiflashda uning tarkibiga kiruvchi va umumiy vazifani bajaruvchi barcha buyumlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyumlar jamlamasiga (toʻplami) kiradigan barcha elementlarning badiiy-konstruktorlik yechimi shakl hosil qilishning plastik va stilistik tamoyillari kabi yagona obrazlardan foydalangan holda bajarilishi hamda tasvirda va muhim belgilar majmuida oʻz aksini topishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamlamaning barcha buyumlari uchun umumiy boʻlgan belgilardan tashqari har bir buyumning oʻziga xos xususiyatlarini taʼriflaydigan belgilari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Talabnomada sanoat namunasining variantlari mavjud boʻlganda, muhim belgilar majmuida barcha variantlar uchun umumiy boʻlgan va ustun turuvchi yagona ijodiy fikrni tasdiqlovchi belgilar (asosiy kompozitsion elementlarva ularning joylashuvi, shakli, plastika jihatidan ishlov berilgani kabi tavsiflovchi belgilar) taʼriflanadi va variantlarni bir-biridan farqlovchi belgilar alohida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Variantlarni bir-biridan farqlovchi belgilar, qoida tariqasida, asosiylariga qoʻshimcha deb hisoblanadi va asosiy kompozitsion elementlarga ishlov berilganini, koloristik yechimni, qoʻshimcha qismlar va elementlarga ishlov berilganini taʼriflaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Sanoat namunasining mohiyati ochib berilayotganda, belgini uni qoʻllashning turli shakllarini taʼriflovchi muqobil tushunchalar koʻrinishida ifodalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgini qoʻllashning turli shakllari boshqa belgilar bilan birgalikda bir xil estetik va ergonomik xususiyatlarga ega boʻlgan buyumning tashqi koʻrinishini belgilaganda, sanoat namunasining har biriga koʻrsatib oʻtilgan amalga oshirish shakllarini tavsiflovchi belgilar xos boʻlgan variantlari taʼriflanadi (shaklni “doirasimon yoki kvadrat” yoki “doirasimon, kvadrat” deb taʼriflash notoʻgʻri hisoblanadi. Bitta variantda “doirasimon”, ikkinchi variantda esa “kvadrat” deb keltirish kerak).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Sanoat namunasini taʼriflashda buyumda yoki uning elementida mavjud boʻlgan soʻzli belgilarning semantik maʼnolarini ifodalaydigan belgilardan foydalanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Belgi taʼrifini ushbu belgi ochib berilgan axborot manbaiga havola qilingan holda almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Asosida rivojlangan hajmli-fazoviy tuzilma (dastgoh, qishloq xoʻjaligi mashinasi, mototsikl) boʻlgan murakkab kompozitsiyaga ega buyumlarning badiiy-konstruktorlik yechimlarini taʼriflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompozitsion elementlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elementlarning oʻzaro joylashganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompozitsion elementlarning shakli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Monoblok kompozitsiyali buyumlarning (televizor, mobil telefon) badiiy-konstruktorlik yechimlarini, shuningdek elementar geometrik hajmlarning oʻzaro nisbatlariga qurilgan yechimlarni (seksiyali mebel bloki) taʼriflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompozitsion elementlarning tarkibi va taqsimlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyumning frontal yuzasida joylashgan ushbu elementlarning plastikasi, grafik, rang va faktura yechimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Tekis kompozitsiyaga ega boʻlgan badiiy-konstruktorlik yechimlarni (roʻmol, mato, gilam) taʼriflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompozitsion tuzilishi;

ornament elementlari, mavzularining ritmik tashkil qilingani, chiziqli-grafik nisbatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ornament mavzularining ishlangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koloristik yechimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fakturasi (mato iplarining toʻqilmasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Kiyimning badiiy-konstruktorlik yechimini taʼriflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
modelning hajmini taʼriflovchi shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qismlarning oʻzaro nisbatini belgilovchi proporsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
modelning tekislik xarakteristikasi boʻlgan silueti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir elementning mutanosib ketma-ketligini belgilovchi ritmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiyimning istalgan qismida uning yuzasiga qoʻyiladigan detallar, ularning shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyumning utilitar qoʻllanishi nuqtai nazaridan funksional ahamiyatga ega boʻlmagan, model yechimida dekorativ vazifani bajaruvchi, uning ishlatilishi bir vaqtning oʻzida texnologik usul boʻlishi mumkin boʻlgan bezagi (kiyim chetlariga ishlov berish, detallarni birlashtiruvchi chokni mustahkamlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyumning tuzilmasiga uning alohida qismlarini birlashtirish va ajratish uchun kiradigan, shuningdek, dekorativ element vazifasini bajaradigan furnitura (tugma, ilgak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
material.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Poyabzalning badiiy-konstruktorlik yechimini taʼriflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
modelning hajmli xususiyati boʻlgan shakl, shu jumladan, kolodka shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
poyabzal yuqori va quyi qismining konstruksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konstruksiya elementlarining (boshligʻi, gulchini, qoʻnji, tagcharmi) tarkibi, shakli va oʻzaro joylashgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
material, dekorativ alohida xususiyatlari bilan birga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bezak detallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
furniturasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koloristik yechimi.

81. Buyumlar jamlamalarining (toʻplamlarining) badiiy-konstruktorlik yechimini taʼriflash uchun tegishli buyumlarning badiiy-konstruktorlik yechimini taʼriflash uchun ishlatiladigan belgilardan tashqari quyidagilarni aks ettiradigan belgilardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qismlar oʻzaro aloqalarining xususiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elementlarning oʻzaro teng tobeligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki elementlarning va ushbu elementlardan foydalanib yaratilgan buyumlarning hamda butun jamlamaning (toʻplamning) mutanosib tuzilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Bosma mahsulotlarning (muqovalar, etiketkalar, yorliqlar) badiiy-konstruktorlik yechimini taʼriflashda quyidagilar aks etadigan belgilardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompozitsion tuzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
grafik elementlar, tasviriy mavzular, ornamentga ishlov berilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shriftlar grafikasining joylashganligi va bajarilganligi (yozuvlarning maʼno va fonetikasi bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koloristik yechimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Tashqi koʻrinishi yopiq (yigʻilgan) va ochiq boʻlgan ikkita holatga ega buyumlarning (javon, muzlatkich) badiiy-konstruktorlik yechimini taʼriflashda buyumning tashqi va ichki koʻrinishidagi ishlov berilgan elementlar buyumning belgilari boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Badiiy-konstruktorlik yechimni taʼriflashda belgi buyumning yoki uning elementining tashqi koʻrinishi boshqa vazifani bajaradigan maʼlum buyumning tashqi koʻrinishi bilan mos kelishini koʻrsatish orqali ifodalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Talabnoma beruvchiga talabnoma berilayotgan badiiy-konstruktorlik yechim tarkibida talabnoma topshirilgan yoki muhofaza hujjatlari olingan boshqa sanoat mulki obyektlari mavjudligi maʼlum boʻlganda, ushbu hujjatlar toʻgʻrisidagi axborot manbalarini aniqlash uchun yetarli boʻlgan maʼlumotlarni koʻrsatish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Sanoat namunasining muhim belgilar majmui tasvirlarda aks ettirilgan va patent bilan taqdim qilinadigan huquqiy muhofaza hajmini belgilovchi belgilarni toʻgʻri talqin etish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Muhim belgilar majmuiga muhim hisoblangan va odatda sanoat namunasining mohiyatini ochib berishga nisbatan qisqaroq taʼriflangan barcha belgilar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Muhim belgilar majmuiga kiritilgan belgilar sanoat namunasining mohiyatini ochib berishda foydalanilgan tushunchalar bilan aks etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Roʻyxatga kiritilgan belgilarni buyumning tasvirlangan elementlarining nisbiy oʻlchamlari yoxud oʻlchamlarining vizual farqlanmaydigan nisbatlari bilan ifodalanmaydi. Tavsif roʻyxatiga standart usulda bajarilgan hamda buyumning tamgʻasi boʻlgan xizmat-isteʼmol ahamiyatiga ega boʻlgan grafik tasvirlar (usti, oʻgirilmasin, shtrix-kod) kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Muhim belgilar majmuiga kiritilgan belgilar buyumning tashqi koʻrinishini uning statik holatini taʼriflagan holda bayon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyumning tashqi koʻrinishini taʼriflashda uning shakli oʻzgarishi mumkinligi, shakl elementlarining holatini oʻzgartirish imkoniyati bilan bajarilgani kabilarni koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Sanoat namunasining belgilari muhim belgilar majmuida ushbu belgilarni taʼriflashda qoʻllangan tushunchalarning maʼnosi mutaxassis tomonidan buyum (maket, rasm) tasvirlaridagi elementlar tasvirlari bilan identifikatsiya qilish uchun bir maʼnoda tushunish imkoniyatini taʼminlaydigan holda ifodalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Muhim belgilar majmuidagi belgining taʼrifi buyum (maket, rasm) tasvirlariga havola qilish bilan almashtirilishi mumkin emas, bunday havolasiz belgini mazkur Reglamentning 91-bandi talablarini buzmagan holda taʼriflash imkoniyati boʻlmagan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Sanoat namunasining muhim belgilari majmui, odatda, sanoat namunasiga eng yaqin analog belgilariga mos keladigan muhim belgilarini, shu jumladan, uning vazifasini aks ettiruvchi turkum tushunchasini oʻz ichiga olgan cheklovchi qismdan va sanoat namunasini eng yaqin analogdan farqlaydigan muhim belgilarni oʻz ichiga olgan farqlovchi qismdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasining muhim belgilari majmuining cheklovchi qismi bayon qilingandan soʻng “shu bilan farqlanadiki” soʻz birikmasi kiritiladi va mohiyatan farqlovchi belgilar qismidagi belgilar keltirilgandan soʻng “mavjud”, “bajarilgan” soʻzlari bilan tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Analoglari mavjud boʻlmagan sanoat namunasi taʼriflanayotganda sanoat namunasining muhim belgilar majmui cheklovchi va farqlovchi qismlarga ajratilmagan holda keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Talabnomada sanoat namunasining variantlari mavjud boʻlganda muhim belgilar majmui barcha variantlar uchun umumiy boʻlgan muhim belgilardan (eng yaqin analogga mos keluvchi va farqlanuvchi) iborat qism koʻrinishida keltiriladi. Ushbu qismga sanoat namunasining vazifasini aks ettiruvchi turkum tushunchasi kiritiladi, undan keyin “1-variantda (2-variantda) ... mavjud (bajarilgan)” soʻzlar bilan koʻrsatilgan variantga xos boʻlgan muhim belgilar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Sanoat namunasining muhim belgilari majmui alohida sahifada taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Sanoat namunasining mohiyatini ochib berish va uning tashqi oʻlchamlari, mutanosib nisbatlarini aniqlash uchun zarur boʻlgan holatlarda umumiy koʻrinishning chizmasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chizmalar texnik chizmalarni tayyorlash qoidalari boʻyicha bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Talabnoma ergonomik ishlov berilgan buyumga taalluqli sanoat namunasiga berilganda, ushbu buyumning ergonomik sxemasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Chizma va sxemalar tavsif matniga qatʼiyan mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Chizma yoki sxemada buyum elementlarining predmetli-oʻlchamli tashkil qilinganligini tavsiflovchi (axborotni aks ettirish vositalari va boshqarish organlarini joylashtirish balandligi, kengligi, chuqurligi, ish yuzasi, shaklning yaqin joylashgan elementlari orasidagi masofa) va inson ish joyining funksional zonalarida asosiy elementlarning joylashuvi, buyumdan foydalanish qulayliklari toʻgʻrisida fikr yuritish imkonini beruvchi buyum va uning elementlarining tashqi oʻlchamlari koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Chizmalar yoki sxemalardagi asosiy shakl hosil qiluvchi elementlar tavsifdagilar bilan bir xil boʻlgan arab raqamlari bilan belgilanadi. Chizmaning (sxema) bir nechta shakllaridagi aynan bitta detal yoki qism bitta raqam bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Chizmalardagi (sxemalar) chiqarish chiziqlari aniq boʻlishi kerak. Raqamli va harfli belgilarni qavslar, aylanalar yoki qoʻshtirnoqlar ichida koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Chizmalar (sxemalar) tarkibida “ochiq”, “yopiq” kabi zarur boʻlgan soʻzlardan tashqari hech qanday yozuvlar boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Chizmadagi tasvir, qoida tariqasida, toʻgʻri burchakli (ortogonal) proyeksiyalarda (turli koʻrinishlar, qirqimlar, kesimlarda) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaqqol koʻrinib turishi uchun chizmadagi tasvir aksonometrik proyeksiyada taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chizmadagi har bir element boshqa barcha elementlarga nisbatan mutanosib holda bajariladi, elementni aniq tasvirlash uchun nisbatlarni farqlash zarur boʻlgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Chizmalar, sxemalar va izoh beruvchi rasmlar alohida sahifalarda taqdim etiladi hamda ushbu sahifalarning yuqori oʻng burchagida sanoat namunasining nomi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chizmaning bitta sahifasida bir nechta shaklni joylashtirish mumkin, bunda ular bir-biridan aniq ajratilgan boʻlishi kerak. Ikki va undan ortiq sahifalarda joylashtirilgan shakllar yagona shaklni tashkil qilganda ular ushbu yagona shaklning turli sahifalarida tasvirlangan biron-bir qismini qoldirmasdan birlashtirish mumkin boʻlgan holda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Har bir chizma (sxema) tasvir turidan qatʼi nazar, yagona raqamlash tartibida, tavsif matnida bayon qilinish navbatiga muvofiq shakl deb raqamlanadi (“1-shakl”, “2-shakl”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Yengil sanoat buyumlariga taalluqli sanoat namunasiga talabnoma topshirilganda zarur boʻlgan holatlarda talabnomaga konfeksion xarita, yaʼni buyumni tayyorlash uchun tavsiya etilgan toʻqimachilik, trikotaj materiallar, teri, furnitura, bezak kabilarning namunalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dekorativ materiallar, gilamlar, matolarning namunalari rasm rapporti oʻlchamida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Talabnomaga quyidagilar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat manfaatlariga va qabul qilingan odob-axloq meʼyorlariga (meʼyorlarning buzilishi jamiyatga yoki uning bir qismiga yoxud uning alohida vakillariga maʼnaviy zarar yetkazadigan umuminsoniy, fuqarolik, oila, diniy va boshqa axloq prinsiplariga) zid iboralar, chizmalar, rasmlar, tasvirlar va boshqa materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axloqsiz, jargon yoki beadab soʻzlar, iboralar, tasvirlar yoki shunday maʼnoga ega boʻlgan soʻzlar, iboralar, tasvirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunasiga toʻgʻridan-toʻgʻri taalluqli boʻlmagan yoxud talabnoma materiallarini mazkur Reglament talablariga muvofiq deb eʼtirof etish uchun zarur boʻlmagan fikrlar va maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Tavsifning “Sanoat namunasining analogi” boʻlimida keltirilgan maʼlum sanoat namunalarining kamchiliklarini koʻrsatish yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan element deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Sanoat namunasining tavsifi va uni izohlovchi materiallarda standartlashtirilgan atamalar va qisqartmalar, ular mavjud boʻlmagan hollarda esa ilmiy va texnik adabiyotlarda umumqabul qilingan atamalar va qisqartmalar qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adabiyotlarda keng qoʻllanmaydigan atamalar va qisqartmalar ishlatilganda, ularning maʼnosi matnda ilk bor foydalanilganda tushuntirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsifda foydalanilgan barcha shartli belgilar ochib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsifda yagona terminologiya talabiga rioya qilinadi, yaʼni aynan bir xil belgilar tavsif matnida bir xil nom bilan keltiriladi. Yagona terminologiya talabi fizik birliklarning oʻlchamlari va foydalaniladigan shartli belgilarga ham taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasining nomida maxsus belgilarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fizik kattaliklar amaldagi Xalqaro birliklar tizimining birliklarida ifodalanadi.

110. Talabnomaning har bir hujjati alohida sahifadan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Talabnoma har bir hujjatining sahifalari bir-biriga bogʻliq boʻlmagan birdan boshlanadigan raqamga ega boʻladi. Raqamlar ikkinchi sahifadan boshlab arab raqamlari bilan qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Axborot manbalarining bibliografik maʼlumotlari ular boʻyicha axborot manbaini topish mumkin boʻlgan holda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Vakil orqali topshirilgan talabnomaga unga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma ilova qilinadi. Ishonchnoma oddiy yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtning oʻzida yoki talabnoma topshirilgan sanadan ikki oydan kechiktirilmay taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Hujjatlarni topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Davlat xizmatidan foydalanishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar Davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning maxsus axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezidentlar axborot tizimi orqali vakolatli organga talabnoma topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma vakolatli organga pochta aloqasi orqali topshirilishi mumkin. Bunda talabnoma vakolatli organ tomonidan zudlik bilan axborot tizimiga kiritiladi.

115. Talabnoma topshirilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Axborot tizimi va YIDXP oʻrtasida axborot almashinuvi elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) davlat ekspertizasini oʻtkazish maqsadida axborot tizimidan doimiy foydalanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Arizani axborot tizimi yoki YIDXP orqali topshirishda ariza shakli toʻldirilganidan soʻng talabnoma beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, arizani tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilganda ariza uning nomidan Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs nomidan ariza tashkilot rahbari yoki boshqa vakil qilingan shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani pochta aloqasi orqali topshirishda u imzolash yoʻli bilan tasdiqlanadi. Bunda tegishli maʼlumotlar qoʻshimcha varaqlarda keltirilganda ularning har biri imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Davlat xizmatini koʻrsatishda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan miqdorda patent boji toʻlanadi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent boji yagona billing tizimi orqali elektron shaklda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Talabnoma beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek, davlat xizmatini koʻrsatish uchun patent bojini toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomani qabul qilishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Vakolatli organ talabnomani qabul qilib, roʻyxatga olgandan soʻng talabnoma beruvchiga talabnomaning qayd raqami va kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan xabarnomani tegishli ravishda axborot tizimi yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda yoxud pochta aloqasi boʻyicha yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Talabnoma boʻyicha ishlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami koʻrsatilishi shart. Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar koʻrib chiqilmasdan qaytarib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Talabnoma beruvchi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran ikki oy mobaynida talabnomada koʻrsatilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar (keyingi oʻrinlarda — tuzatishlar) kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganda talabnoma boʻyicha tuzatishlar mazkur Reglamentning 123-bandida nazarda tutilgan muddat oʻtgandan keyin ham, lekin patent berish haqidagi qaror chiqarilgunga qadar tegishli ariza berish yoʻli bilan kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Patent boji toʻlanmaganda yoki toʻlangan patent bojining miqdori belgilangan miqdordan kam boʻlganda, materiallar koʻrib chiqishga qabul qilinmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Talabnoma materiallariga mazkur Reglamentning 127-bandida nazarda tutilgan oʻzgartirishlardan boshqa tuzatishlar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq ariza berish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi yozuvlar talabnoma beruvchi tomonidan ariza topshirish yoʻli bilan kiritiladi. Arizada huquq oʻzga shaxsga oʻtkazilishi koʻrsatilishida mazkur Reglamentning 28 va 30-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ariza bilan birga huquqni topshiruvchi va huquqni qabul qilib oluvchi tomonidan imzolangan huquq oʻtkazilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Reglamentda belgilangan talablarga rioya qilinganda, talabnoma beruvchiga talabnoma materiallariga talabnoma beruvchining oʻzgartirilgani toʻgʻrisida qayd kiritilgani haqida xabar beriladi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchiga talabnoma materiallariga oʻzgartirish kiritilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan sana huquq yangi talabnoma beruvchiga oʻtgan sana deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Reglamentda belgilangan talablarga rioya qilinmaganda, talabnoma beruvchi va huquqni qabul qilib oluvchiga taqdim etilgan hujjatlarga aniqliklar va tuzatishlar kiritish zarurligi yoki talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini oʻzgartirish haqidagi qaydni kiritish mumkin emasligi toʻgʻrisida tegishli sabablar koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Talabnoma hujjatlaridagi oʻz-oʻzidan koʻrinib turgan va texnik xatolar sanoat namunasi roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar toʻgʻrilanishi mumkin. Taklif qilingan tuzatishdan boshqacha boʻlishi mumkin emasligi soha mutaxassisi uchun umumiy bilimlardan maʼlum boʻlganda tuzatish oʻz-oʻzidan koʻrinib turgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Tuzatish imloviy xatoga, bibliografiya maʼlumotini koʻrsatishdagi xatolikka va boshqa shu kabi xatolarga oid boʻlganda tuzatish kiritish zarurligi almashtiriladigan sahifani taqdim etmasdan talabnoma beruvchining xatida bayon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Mazkur Reglamentda belgilangan talablarga rioya qilinmaganda, talabnoma beruvchi taqdim etilgan talabnoma materiallariga tuzatishlar kiritish lozimligi yoki tegishli sabablarni koʻrsatib talabnoma materiallariga tuzatish kiritish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Patent olish huquqi boshqa shaxsga oʻtkazilishi natijasida talabnoma beruvchini oʻzgartirish yoki talabnoma beruvchining nomini (ismini) oʻzgartirish sanoat namunasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Sanoat namunasining birligi talabi buzilganda, topshirilgan talabnoma talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra ikki yoki bir necha talabnomalarga ajratilishi mumkin (keyingi oʻrinlarda — ajratilgan alohida talabnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan alohida talabnomalar boʻyicha birinchi talabnomaning topshirish sanasi, sanoat namunasiga topshirilayotgan talabnomaning ustuvorlik sanasi yoki birinchi talabnoma boʻyicha oldinroq ustuvorlikni belgilash huquqi mavjud boʻlganda ushbu ustuvorlik saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma erkin shaklda beriladi va mazkur Reglamentning 3-bobiga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar ilova qilinadi hamda belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur band talablariga rioya qilinganda, talabnomani ajratish toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantiriladi va talabnoma beruvchi bu haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Talabnoma bilan bogʻliq masalalar talabnoma beruvchi ishtirokida, qoida tariqasida, talabnoma topshirilgan belgi va tovarlar roʻyxati boʻyicha ekspertiza tomonidan qoʻshimcha tushuntirishlar olish zarurati paydo boʻlgan holatda hamda belgining roʻyxatdan oʻtkazish shartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozitsiyasini aniqlash uchun koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savollarni talabnoma beruvchi ishtirokida koʻrib chiqish tomonlar savollar bilan tanishib chiqqandan soʻng Markaz taklifiga yoki talabnoma beruvchining erkin shakldagi iltimosnomasiga binoan koʻrib chiqiladi. Ekspertizaning savollari qoʻshimcha ravishda uchrashuvning maqsadga muvofiqligi xabar qilingan ekspertiza soʻrovnomasida, talabnoma beruvchining savollari esa bunday koʻrib chiqishni oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza soʻrovnomasi yuborilganda, talabnoma beruvchi masalalarni koʻrib chiqishda qatnashish niyatidan qatʼi nazar soʻrovnomaga Qonunda belgilangan muddatda javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Talabnoma beruvchi ishtirokida masalalarni koʻrib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Bir nechta talabnoma beruvchilar nomidan ularning biri vakillik qilish uchun ishonchnomasi boʻlganda, talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Talabnoma beruvchi ishtirokida masalalar muzokaralar yoʻli bilan yoki ekspert kengashida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalalarni bevosita ekspertiza va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilinishi mumkin boʻlganda, ular oʻrtasida muzokaralar olib boriladi. Muzokaralar Markazning tegishli tarkibiy boʻlinmasi rahbari yoki Markaz rahbari tayinlagan boshqa masʼul xodim ishtirokida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalalarni hal qilish uchun mutaxassislar ishtiroki talab qilinganda, ekspert kengashi oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Muzokaralar yoki ekspert kengashi natijalari boʻyicha ikki nusxada belgilangan shakldagi bayonnoma tuziladi va unda qatnashchilar, tomonlar keltirgan dalil va takliflar haqidagi maʼlumotlar hamda keyingi ish yuritish haqida xulosalar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalalarni koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning barchasi bayonnomani imzolaydi. Bayonnomaning bir nusxasi talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchisi talabnoma beruvchiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Muhokama qilinayotgan masalalar boʻyicha bir xulosaga kelinmaganda, koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning alohida fikrlari bayonnomada qayd etiladi. Bayonnoma nusxasining talabnoma beruvchiga topshirilishi ish yuritish toʻxtatilgani toʻgʻrisidagi xabarnomaning (talabnoma chaqirib olinganda) yoki ekspertiza soʻrovnomasining oʻrnini bosishi mumkin (javob berishning belgilangan muddatlari buzilmaganda) va bu holat bayonnomada tegishli yozuv bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza talabnomani koʻrib chiqishning istalgan bosqichida, lekin sanoat namunasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar erkin shaklda topshirilishi mumkin. Talabnoma beruvchiga talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza inobatga olingani haqida xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140. Chaqirib olingan talabnoma boʻyicha huquqiy ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi va kelgusida talabnoma beruvchining huquqlari ushbu talabnomaga asoslanishi mumkin boʻlmaydi (keyingi talabnomani topshirishda chaqirib olingan talabnoma kelib tushgan sana boʻyicha yoki ushbu talabnomaga qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana boʻyicha ustuvorlik soʻrash mumkin emas).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunalariga topshirilgan boshqa talabnomalar boʻyicha davlat ekspertizasi oʻtkazilayotganda chaqirib olingan talabnoma inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Talabnomani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Talabnomaga axborot tizimida avtomatik ravishda ikki harfli va toʻqqiz xonali roʻyxat raqami beriladi, bunda harflar (SN) sanoat mulki obyekti — sanoat namunasini, talabnoma raqamidagi dastlabki toʻrtta son — talabnoma topshirilgan yilni, keyingi beshta son — shu yildagi har yili birdan boshlanadigan tartib raqamini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. Talabnoma materiallari vakolatli organga kelib tushgan sanadan eʼtiboran patent berilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar rasmiy nashrda eʼlon qilingunga qadar konfidensial hisoblanadi va talabnoma beruvchining roziligisiz maʼlum qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143. Talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish rasmiy ekspertizadan oʻtkazish hamda sanoat namunasiga talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizadan (keyingi oʻrinlarda — mohiyati boʻyicha ekspertiza) oʻtkazishdan iborat boʻlib, Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Rasmiy ekspertizaning vazifasi talabnoma materiallari tarkibi, zarur hujjatlar mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Rasmiy ekspertiza natijalari boʻyicha talabnoma beruvchiga Markazning talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilingani yoki koʻrib chiqish uchun qabul qilish rad etilgani haqidagi qarori yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Rasmiy ekspertiza talabnoma axborot tizimida qabul qilingan sanadan boshlab ikki oy oʻtgandan soʻng bir oy davomida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. Talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga koʻra rasmiy ekspertiza belgilangan muddat oʻtmasdan oldin boshlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabnoma beruvchi iltimosnoma berilgan paytdan boshlab talabnoma materiallariga belgilangan miqdorda qoʻshimcha patent boji toʻlamasdan oʻz tashabbusiga koʻra tuzatishlar kiritish imkoniyatidan mahrum boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchining rasmiy ekspertizani belgilangan muddat oʻtmasdan oldin boshlash haqidagi iltimosnomasi chaqirib olinmaydi.

148. Rasmiy ekspertiza jarayonida tekshirish quyidagi hujjatlar va maʼlumotlarga nisbatan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza;

sanoat namunasining mohiyatini tahlil qilmay turib hujjatlarga nisbatan belgilangan talablarga rioya qilingani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 14-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlarda talabnoma topshirish tartibiga rioya qilingani, shu jumladan, vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnomaning mavjudligi va toʻgʻri rasmiylashtirilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma berilgan yechim sanoat namunasi sifatida huquqiy muhofaza beriladigan obyektlarga mansubligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma boʻyicha ustuvorlik soʻralishining asoslanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunasini SNXTning amaldagi tahriri boʻyicha tasniflash toʻgʻri amalga oshirilgani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi tomonidan sanoat namunasi tasniflanmaganda tasniflash Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Talabnoma hujjatlari boshqa tilda berilganda, talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizani muddatdan ilgari boshlash haqidagi iltimosnoma boʻlganda talabnoma beruvchi talabnoma hujjatlarining tarjimasi olinmagunga qadar rasmiy ekspertizani oʻtkazish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. Patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlanganda, talabnoma beruvchi talabnomani topshirish uchun toʻlangan patent boji miqdorini va variantlar sonini muvofiqlashtirish haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi bitta sanoat namunasiga topshirilgan talabnoma boʻyicha belgilangan miqdordagi patent bojini belgilangan muddatda toʻlamaganda, yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmasligi, tarkibida sanoat namunasining variantlari boʻlgan talabnoma boʻyicha esa ekspertiza patent boji toʻlangan variantlar boʻyicha oʻtkazilishi haqida xabardor qilinadi. Bunda ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan variantlar boʻyicha yoki u oʻz tanlovi haqida koʻrsatilgan muddatda maʼlum qilmaganda tavsifda birinchi boʻlib koʻrsatilgan variantlar boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazishda talabnoma hujjatlari talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgani aniqlanganda talabnoma beruvchiga kamchiliklar koʻrsatilgan va huquqiy asoslar keltirilgan soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Reglamentning 21-bandida nazarda tutilgan hujjatlardan birining talabnomada mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa tilda topshirilgan materiallarning tarjimasi mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent boji toʻgʻri toʻlangani bilan bogʻliq savollarni aniqlash zarurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlardan bevosita nusxa koʻchirish, ularni eʼlon qilish va saqlashga toʻsqinlik qiladigan yoki manfaatdor shaxslarga ular bilan tanishish imkoniyatini bermaydigan (talabnoma materiallarini oʻqishni qiyinlashtiradigan tasvirlar, chizmalar, matn bosmasining sifatlari va boshqalar) rasmiylashtirishdagi kamchiliklarning aniqlangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunasining tavsifida mazkur Reglamentning 58-bandida nazarda tutilgan boʻlimlarning mavjud emasligi (tegishli boʻlimda bayon qilinishi nazarda tutilgan maʼlumotlar boshqa boʻlimda keltirilganda soʻrovnoma yuborilmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunasining tavsifida yoki muhim belgilar roʻyxatida biron-bir belgi taʼrifini ushbu belgi ochib berilgan adabiyot manbaiga havola qilish bilan almashtirilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomadagi ommabop boʻlmagan manbalarga havolalar yoki undagi baʼzi maʼlumotlarni eʼlon qilish mumkin emasligi (patent toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilishda muallifligi koʻrsatilishini istamagan mualliflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bundan mustasno) haqida koʻrsatmalarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhim belgilar roʻyxatida huquqiy muhofaza soʻralayotgan buyumga oid belgilarning koʻrsatilmagani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhim belgilar roʻyxatida tasvirlarda taqdim etilgan belgilarning soʻz bilan ifodalangan tavsifi mazkur Reglamentning 57 va 58-bandlarida belgilangan talablarga mos kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma hujjatlarining bir-biriga mos emasligi (arizada keltirilgan sanoat namunasining nomi tavsifda keltirilgan nomga mos emasligi; muhim belgilar majmuida koʻrsatilgan belgilarning tavsifda mavjud emasligi; tavsifda keltirilgan belgilarning muhim belgilar majmuiga kiritilmaganligi; tasvirlar, chizmalar, sxemalar va tavsifning bir-biriga mos kelmasligi kabilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomada ustuvorlik soʻrash bilan bogʻliq masalalarni aniqlashtirish zarurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma hujjatlarida mazkur Reglament talablariga mos kelmaydigan va talabnoma berilgan sanoat namunasi (sanoat namunasining variantlari) mohiyatini tahlil qilmasdan turib aniqlanadigan boshqa talablarning buzilishi holatlari mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Talabnomani topshirish uchun toʻlanadigan patent boji muhim belgilar majmuida taʼriflangan variantlar soniga muvofiq toʻlanmaganda, yuborilgan soʻrovnomada talabnoma beruvchiga muhim belgilar majmuiga tuzatishlar kiritish, sanoat namunasining birligi talabiga mos keladigan va patent boji toʻlangan variantlarni qoldirish yoxud muhim belgilar majmuida tuzatishlarni amalga oshirmasdan turib koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan yechimni tanlash taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi tuzatishlar va tanlovni amalga oshirishni rad etganda, unga ushbu soʻrovnomaning oʻzida faqat patent boji toʻlangan va tavsifda birinchi boʻlib koʻrsatilgan variantlar (shu jumladan, sanoat namunasining birligi talabiga muvofiqligi nuqtai nazaridan) koʻrib chiqilishi xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. Talabnoma beruvchi soʻralgan materiallarni yoki ularni topshirish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnomani mazkur Reglamentning 263-bandida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda belgilangan muddatda taqdim etmaganda, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Bunday holatda talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Sanoat namunasining qoʻllanish sohasini aniqlash maqsadida Markaz SNXTga muvofiq tasniflashni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. Tasniflash talabnomani rasmiy ekspertizadan va mohiyati boʻyicha ekspertizadan oʻtkazish bosqichlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Tasniflashda sanoat namunasining nomi, tasvirlari, tavsifi, chizmalari, sxemalari va konfeksion xaritalari tasnif indeksini tanlash uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Talabnoma SNXTning turli rubrikalariga tegishli bir necha obyektlarni qamrab olganda barcha tegishli tasnif indekslari belgilanadi. Bunda birinchi indeks sanoat namunasining nomiga muvofiq tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Rasmiy ekspertizada belgilangan tasnif indekslari mohiyati boʻyicha ekspertizada oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. Rasmiy ekspertiza natijasida talabnoma patentga layoqatli obyektlarga tegishli boʻlmagan yechimga berilgani aniqlanganda, talabnoma beruvchiga patent berishni rad etish uchun asos boʻladigan dalillar keltirilgan soʻrovnoma yuboriladi va ushbu dalillarni rad etish taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi ekspertizaning dalillarini rad etmaganda, patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Talabnoma berilgan yechim tasvirlarda aks etgan va muhim belgilar majmuida taʼriflangan koʻrinishda mazkur Reglamentning 12-bandida keltirilgan buyumlar roʻyxatiga mos boʻlganda patentga layoqatli sanoat namunasi deb eʼtirof etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Talabnoma berilgan sanoat namunasi mohiyatining tahlilisiz talabnomani koʻrib chiqish natijasida talabnoma sanoat namunasining birligi talabi buzilgan holda topshirilgani aniqlanganda (mazkur Reglamentning 14-bandi), talabnoma beruvchiga bu haqida xabar qilinadi va unga sanoat namunalarining qaysi biri koʻrib chiqilishi kerakligini maʼlum qilish va zarur boʻlganda talabnoma materiallariga aniqliklar kiritish taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Sanoat namunasining birligi talabiga rioya qilinganlik tasvirlarda aks etgan dastlab taqdim etilgan muhim belgilar majmuiga nisbatan tekshiriladi. Muhim belgilar majmui oʻzgartirilganda tekshirish talabnoma beruvchi tomonidan belgilangan tartibda soʻnggi taqdim etilgan tahrirdagi muhim belgilar majmuiga nisbatan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. Talabnoma beruvchiga mazkur Reglamentning 153-bandida nazarda tutilgan holat bilan bogʻliq soʻrovnoma joʻnatilganda sanoat namunasining birligi talabiga rioya qilingani faqat talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan va patent boji toʻlangan yechimlarga nisbatan tekshiriladi. Yechim tanlab olinmaganda, tekshirish tavsifda birinchi koʻrsatilgan yechimlarga nisbatan oʻtkaziladi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. Sanoat namunasining birligi talabining buzilishi aniqlangandan soʻng talabnoma beruvchi belgilangan muddatda sanoat namunalaridan va uning variantlaridan (agar birlik talabiga mos kelmaydigan yechimlar guruhida ularning mavjudligi aniqlangan va ularga boj toʻlangan boʻlsa) qaysi biri bundan keyin koʻrib chiqilishi kerakligini maʼlum qilmaganda va aniqlik kiritilgan hujjatlar taqdim etmaganda, ekspertiza faqat tavsifda birinchi koʻrsatilgan sanoat namunasiga nisbatan (yoki tavsifda birinchi koʻrsatilgan sanoat namunasining variantlariga nisbatan) davom ettiriladi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166. Qoʻshimcha materiallar umuman yoki qisman talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartirganda yoki mazkur Reglamentning 238 — 246-bandlarida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilinmagan holda taqdim etilganda, talabnoma beruvchi ular ekspertiza oʻtkazishda umuman yoki tegishli qismida eʼtiborga olinmasligi toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167. Talabnoma sanoat namunasi birligi talabiga muvofiqligi aniqlangan bir nechta yechimlarni oʻz ichiga olganda (yaʼni, ular sanoat namunasining variantlari boʻlganda), ekspertiza ularning har biri uchun oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168. Talabnomaning biron-bir yechimi patentga layoqatli obyektlarga tegishli emasligi aniqlanganda, talabnoma beruvchiga muhim belgilar majmuidan patentga layoqatsiz obyekt belgilarini chiqarib tashlash orqali unga tuzatish kiritish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169. Talabnoma barcha zarur hujjatlardan iborat boʻlganda, Reglamentda belgilangan talablarga rioya qilinganda va talabnoma berilgan taklif huquqiy muhofaza beriladigan obyektlarga tegishli boʻlganda, talabnoma beruvchiga Markazning talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qarori yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170. Talabnomani topshirishda patent boji muhim belgilar roʻyxatidagi variantlar soni uchun belgilanganidan kam miqdorda toʻlanganda va toʻlangan patent bojining miqdori va variantlar sonini muvofiqlashtirishda dastlab roʻyxatda mavjud boʻlgan variantlardan baʼzi birlari talabnoma beruvchi tomonidan chiqarib tashlanganda, qarorda talabnoma berilgan deb hisoblanadigan variantlarning tuzatish kiritilgan muhim belgilar roʻyxatiga nisbatangina koʻrib chiqishga qabul qilingani va ushbu talabnomaning keyingi koʻrib chiqilishida talabnoma beruvchi tomonidan roʻyxatga tuzatish kiritilsa, ushbu tuzatish roʻyxatda sanoat namunasining yangi variantlarining paydo boʻlishiga olib kelmasligi haqida koʻrsatib oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. Talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganda mohiyati boʻyicha ekspertiza talabnoma topshirilgan sanadan olti oy oʻtgandan soʻng belgilangan miqdordagi patent boji toʻlangan taqdirda, ikki oy davomida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. Talabnoma beruvchi patent bojini belgilangan miqdordan kam toʻlaganda, talabnoma beruvchi patent boji va variantlar sonini muvofiqlashtirish kerakligi haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabnoma beruvchi ekspertizadan oʻtkaziladigan sanoat namunalariga oid variantlarni koʻrsatishi yoki ekspertizadan oʻtkazilmaydigan variantlarni muhim belgilar roʻyxatidan chiqarib tashlashi yoki patent bojining yetishmayotgan qismini toʻlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. Patent bojining yetishmayotgan qism belgilangan muddatda toʻlanmaganda bitta sanoat namunasiga topshirilgan talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi, sanoat namunasining variantlari berilgan talabnoma boʻyicha esa mohiyati boʻyicha ekspertiza patent boji toʻlangan talabnomaning birinchi boʻlib koʻrsatilgan variantlariga nisbatan yoki sanoat namunasining talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan variantlariga nisbatan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174. Talabnomaning mohiyati boʻyicha ekspertizada quyidagilar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvorlik Qonunning 18-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlariga muvofiq soʻralayotganda sanoat namunasining ustuvorligi belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunasining muhim belgilari majmui mazkur Reglamentning 86 — 95-bandlari talablariga muvofiqligi tekshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma beruvchi tomonidan qoʻshimcha materiallar taqdim etilganda ular mazkur Reglamentning 238 — 246-bandlariga muvofiq tekshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyumning tasvirida keltirilgan hamda talabnoma materiallarida yoki qoʻshimcha materiallarda talabnoma beruvchi tomonidan taklif qilingan muhim belgilar majmuida taʼriflangan sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175. Sanoat namunasining ustuvorligi patent berish uchun talabnoma vakolatli organga kelib tushgan sana boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176. Talabnoma beruvchi konvensiya ustuvorligini soʻrayotganida quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma beruvchi tomonidan Parij konvensiyasiga aʼzo davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning nusxasi mavjudligi, agar koʻrsatilgan nusxa talabnoma vakolatli organga kelib tushgan sanadan keyin taqdim etilsa, talabnoma nusxasi taqdim etilishi kerak boʻlgan uch oy muddatga rioya qilingani. Birinchi talabnomalar bir nechta boʻlganda koʻrsatilgan shartlar har bir talabnomaning nusxasi uchun bajarilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma vakolatli organga kelib tushishi kerak boʻlgan va birinchi talabnoma topshirilgan sanadan boshlanadigan olti oy muddatga rioya qilingani. Talabnoma koʻrsatilgan muddatdan kechikib, lekin ushbu muddat tugagan sanadan ikki oy oʻtmasdan kelib tushganda, talabnomani koʻrsatilgan olti oy muddatda topshirish uchun talabnoma beruvchiga bogʻliq boʻlmagan toʻsqinlik qilgan vaziyatlar talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatib oʻtilgani tekshiriladi va ushbu vaziyatlarni hujjat bilan tasdiqlash zarurligi belgilanadi, agar bunday tasdiq mavjud boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konvensiya ustuvorligini belgilash toʻgʻrisidagi ariza talabnoma vakolatli organga kelib tushgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida taqdim etilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunasining birinchi talabnomada ifodalangani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177. Sanoat namunasining ustuvorligini oldinroq topshirilgan talabnomaga berilgan qoʻshimcha materiallar boʻyicha belgilash soʻralayotganda quyidagi talablarga rioya qilingani tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma qoʻshimcha materiallar talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartirishi tufayli eʼtiborga olinishi mumkin emasligi haqidagi xabarnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida vakolatli organga kelib tushgani. Qoʻshimcha materiallar sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etilgani haqidagi xulosa talabnomani ekspert kengashida koʻrib chiqish natijasida olingan va bayonnomada qayd etilganda yangi talabnomani berish uchun belgilangan uch oy muddat talabnoma beruvchi bayonnoma nusxasini olgan yoki ushbu nusxa unga bevosita topshirilgan sanadan hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha materiallarning kelib tushgan sanasi boʻyicha ustuvorlik soʻralayotganda ushbu qoʻshimcha materiallarda sanoat namunasidan ifodalangani. Bunda qoʻshimcha materiallar taqdim etilgan birinchi talabnomaning mazmuni hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178. Talabnoma beruvchi tomonidan sanoat namunasi ustuvorligi vakolatli organga uning oʻzi tomonidan oldinroq topshirilgan talabnoma sanasidan belgilash soʻralganda quyidagi talablarga rioya qilingani tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma sanoat namunasiga oldingi talabnoma topshirilgan sanadan olti oy mobaynida vakolatli organga kelib tushgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma xuddi oʻsha sanoat namunasiga oldingi talabnomani topshirgan talabnoma beruvchining oʻzi tomonidan topshirilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunasining mohiyati oldinroq topshirilgan talabnomada ifodalangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldinroq topshirilgan talabnoma boʻyicha undan oldinroq ustuvorlik soʻralmagani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday ustuvorlik soʻralganda oldinroq topshirilgan talabnoma chaqirib olingan boʻlsa, talabnoma beruvchiga bu haqida xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179. Ajratilgan talabnoma boʻyicha sanoat namunasiga ustuvorlik soʻralganda, quyidagi talablarga rioya qilinganlik tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan talabnoma sanoat namunasiga dastlabki talabnoma boʻyicha ustidan shikoyat berish imkoniyati qolmaganda patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar (yaʼni, talabnoma boʻyicha ish yuritishni davom ettirish imkoniyati mavjud boʻlgan davrda) yoki dastlabki talabnoma boʻyicha patent berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda sanoat namunasini tegishli davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish sanasigacha vakolatli organga kelib tushgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan talabnomadagi sanoat namunasi dastlabki talabnomada ifodalangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma konvensiya talabnomasidan ajratib olingan va ustuvorlik uning ustuvorlik sanasi boʻyicha soʻralayotganda sanoat namunasining birinchi talabnomada ochib berilgani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180. Mazkur Reglamentning 176 — 179-bandlariga muvofiq sanoat namunasi ustuvorligini belgilash shartlariga rioya qilingani tekshirishda ustuvorlik soʻrash uchun asos boʻlgan talabnoma yoki qoʻshimcha materiallar berilgan talabnoma chaqirib olinmagani yoki chaqirib olingan deb hisoblanmasligi tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Ustuvorlik soʻrash uchun asos boʻlgan oldin topshirilgan materiallarda (oldinroq topshirilgan talabnoma, qoʻshimcha materiallar) talabnoma berilgan sanoat namunasini ochib berish bilan bogʻliq talabga talabnoma beruvchining rioya qilganini belgilashda oldin topshirilgan materiallardagi tasvirlarda talabnoma berilgan sanoat namunasining muhim belgilari majmuiga kiritilgan va koʻrib chiqilayotgan talabnomada dastlab taqdim etilgan tasvirlarda aks etgan barcha belgilarning mavjudligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. Ustuvorlikni belgilashda kelib chiqadigan savollar talabnomaning mohiyati boʻyicha ekspertizasini tugallash uchun toʻsqinlik qilmaganda, ular talabnomani koʻrib chiqish bilan bogʻliq boshqa masalalar bilan bir vaqtda aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183. Talabnoma beruvchi tomonidan mazkur Reglamentning 176 — 179-bandlarida koʻrsatilgan talablar bajarilganda, talabnoma berilgan sanoat namunasiga nisbatan soʻralgan ustuvorlik belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184. Mazkur Reglamentning 176 — 179-bandlarida koʻrsatilgan talablarning hech boʻlmaganda bittasi bajarilmaganda, sanoat namunasining ustuvorligi Qonunning 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma vakolatli organga kelib tushgan sana boʻyicha (bu haqida talabnoma beruvchiga dastlab xabar berilgan holda) belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185. Ustuvorlik belgilangandan soʻng talabnoma beruvchi tomonidan sanoat namunasining oʻzgartirilgan muhim belgilar majmui taqdim etilganda, soʻralayotgan ustuvorlikni belgilashga asoslar mavjudligini aniqlash uchun takroran tekshirish oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186. Sanoat namunasining muhim belgilar majmuini tekshirish rasmiy ekspertiza tugallangan vaqtda talabnoma tarkibida boʻlgan belgilarga nisbatan oʻtkaziladi. Muhim belgilar majmui talabnoma beruvchi tomonidan bundan keyin oʻzgartirilganda mazkur Reglamentning 238 — 246-bandlarida koʻrsatilgan talablarga rioya qilinganlik sharti bilan oʻzgartirilgan muhim belgilar majmui tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187. Rasmiy ekspertizani oʻtkazishda sanoat namunasining birligi talabi buzilgani aniqlanganda va talabnomaning mohiyati boʻyicha ekspertizasini oʻtkazishni boshlash oldidan talabnoma beruvchi qaysi sanoat namunasi (yoki variantlari) topshirilgan talabnoma doirasida koʻrib chiqilishi kerakligini belgilangan muddatda xabar qilganda tekshirish ushbu sanoat namunasiga nisbatan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchidan belgilangan muddatda bunday xabar kelmaganda tekshirish tavsifda birinchi boʻlib koʻrsatilgan sanoat namunasiga (variantlariga) nisbatan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188. Tekshirishda talabnoma berilgan sanoat namunasining muhim belgilari mavjudligi aniqlanadi, bunda ularning majmui talabnoma beruvchi tomonidan alohida xususiyatlari koʻrsatilgan buyumning tasvirlarda aks ettirilgan tashqi koʻrinishini shakllantirish uchun yetarli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189. Tasvirlarda aks ettirilgan biron-bir belgi talabnoma beruvchi tomonidan muhim belgilar majmuiga kiritilmaganda, lekin ushbu belgi ekspertizaning fikriga koʻra, buyumning tashqi koʻrinishini shakllantirishga taʼsir koʻrsatganda talabnoma beruvchiga bunday belgini muhim belgilar majmuiga kiritish taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan buyumning tashqi koʻrinishining alohida xususiyatlariga ushbu belgining taʼsirini tasdiqlaydigan dalillar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi bunday tuzatish kiritishni rad etganda, keyinchalik sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishda buyumning tashqi koʻrinishidagi bunday alohida xususiyatning mavjudligi hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190. Muhim belgilar majmuida sanoat namunasining tavsifida ularga nisbatan buyum tashqi koʻrinishining oʻziga xos xususiyatlariga taʼsiri borligi koʻrsatilmagan belgilar mavjudligi aniqlanganda, bunday belgilarni muhim belgilar majmuida saqlab qolish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida talabnoma beruvchining fikri soʻralishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191. Sanoat namunasining muhim belgilar majmuini tekshirish undagi belgilarni mazkur Reglamentning 91-bandiga muvofiq vizual identifitsikatsiya qilish mumkinligini aniqlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192. Belgini identifikatsiya qilish imkoniyatiga shubha tugʻilganda, ekspertiza talabnoma beruvchidan bunday imkoniyatni tasdiqlaydigan tushuntirishlarni soʻrab olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193. Belgini identifikatsiya qilish uchun uning taʼrifini sanoat namunasining tasvirlari va tavsifiga asosan tuzatish zarur boʻlganda, bunday tuzatish amalga oshirish taklif etilgan soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194. Belgini taʼriflash uchun eskirgan atamalar, muayyan faoliyat yoki dizayn sohasida qabul qilingan atamalarga mos boʻlmagan soʻzlar qoʻllanilganda, muhim belgilar majmuiga tegishli tuzatishlarni kiritish tavsiya qilingan soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195. Belgini identifikatsiya qilish mumkin emasligi aniqlanganda va talabnoma beruvchi muhim belgilar majmuini tuzatishni rad etganda, talabnomani koʻrib chiqish davomida bunday belgi eʼtiborga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196. Agar muhim belgilar majmuini tekshirishda uning tuzilishi yoki bayon qilinishi mazkur Reglamentning 88 — 90, 93, 95-bandlarida qoʻyilgan talablarga mos emasligi aniqlansa, soʻrovnomada muhim belgilar majmuiga tuzatishlar kiritish taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197. Sanoat namunasining muhim belgilar roʻyxatini tekshirishda roʻyxatda buyum tashqi koʻrinishining alohida xususiyatlari koʻrinishida amalga oshiriladigan badiiy-konstruktorlik yechimiga taalluqli boʻlmagan belgilar aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198. Grafik, shrift yoki koloristik xususiyatlarga ega boʻlmagan faqat axborot-isteʼmol, axborot-reklama yoki boshqa maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan tasvirning elementlarida oʻz aksini topgan va roʻyxatdagi ushbu elementlarga tegishli belgilar bilan taʼriflanadigan belgilar buyumning badiiy-konstruktorlik yechimiga kirmaydi (davlat standarti, tayyorlangan joyi, ishlab chiqarilgan yili, dizayn muallifi, maxsus farqlanish belgilari kabi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasining muhim belgilar roʻyxatida bunday belgilar mavjud boʻlganda talabnoma beruvchiga roʻyxatga tuzatish kiritish va undan ushbu belgilarni chiqarib tashlash taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199. Roʻyxatdagi belgi mazkur Reglamentning 196 — 198-bandlarida keltirilgan shartlar buzilgan holda taʼriflangani aniqlanganda, lekin talabnoma beruvchi sanoat namunasining muhim belgilar roʻyxatiga tuzatish kiritishdan voz kechganda, talabnomani keyinchalik koʻrib chiqishda bunday belgi yoki roʻyxatga kiritilgan va uni taʼriflash uchun ishlatilgan tushunchalar eʼtiborga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200. Talabnomaning mohiyati boʻyicha ekspertizasini oʻtkazishda mazkur Reglamentning 152-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan talabnomaga qoʻyiladigan talablarning buzilgani aniqlanganda talabnoma beruvchiga soʻrovnoma joʻnatiladi. Talabnomani keyinchalik koʻrib chiqish, shu jumladan sanoat namunasining birligi talablariga rioya qilish nuqtai nazaridan koʻrib chiqish mazkur Reglamentning 153-bandida mazkur vaziyatga qoʻllanilishi koʻrsatilgan yechimlarga nisbatan oʻtkaziladi hamda mazkur Reglamentning 162-bandiga muvofiq xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. Mohiyati boʻyicha ekspertizani boshlashdan oldin muhim belgilar majmui sanoat namunasining birligiga qoʻyiladigan talabning buzilishi yoki patent boji kerakli miqdordan kam toʻlangani munosabati bilan koʻrilmayotgan variantlar belgilarini oʻz ichiga olganda, shuningdek, muhim belgilar majmuiga sanoat namunasining boj toʻlangan variantlari belgilarigina kirganda muhim belgilar majmuining tuzilmasi mazkur Reglamentning 94-bandi talablariga mos kelmaganda, talabnoma beruvchiga yuborilgan soʻrovnomada muhim belgilar majmuiga, undan koʻrilmayotgan variantlarning belgilarini chiqarib tashlagan holda yoki uni mazkur Reglamentning 94-bandida koʻrsatilgan shaklda taqdim etgan holda tuzatishlar kiritish taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202. Talabnoma beruvchi muhim belgilar majmuiga tuzatishlar kiritishga rozi boʻlmaganda, patentga layoqatlilikni tekshirish faqat koʻrib chiqilayotgan sanoat namunasiga (uning variantlariga) nisbatan oʻtkaziladi va bunda uning (ularning) muhim belgilar majmui qatoridagi tahlil maqsadlarida ekspertiza tomonidan ajratib olingan muhim belgilar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203. Roʻyxat bandlarida taʼriflangan sanoat namunalarining variantlarga toʻgʻri kiritilganini tekshirishda sanoat namunalarining vazifalari va asosiy kompozitsion elementlari bir-biriga mos kelishi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204. Variantlar yoki ulardan biri uchun bir nechta asosiy kompozitsion elementlar koʻrsatilganda, koʻrsatib oʻtilgan asosiy kompozitsion elementlar qatorida faqat ayrimlarining mos kelishi aniqlangan taqdirda asosiy kompozitsion elementlarning mos kelishi sharti buzilmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205. Sanoat namunasining birligi talabiga rioya qilinmagani aniqlanganda, talabnoma beruvchi mazkur Reglamentning 162 — 165-bandlarida keltirilgan tartibda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206. Muhim belgilar roʻyxatini tekshirishda uning mazkur Reglament talablari buzilgan holda tuzilgani aniqlanganda, biroq ular talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishga toʻsqinlik qilmaganda sanoat namunasining muhim belgilar roʻyxatiga tuzatish kiritish bilan bogʻliq barcha masalalar bunday roʻyxat bilan taʼriflangan sanoat namunasining patentga layoqatliligi toʻgʻrisida dastlabki xulosa qilinganidan soʻng talabnoma beruvchi bilan aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207. Sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirish uchun mazkur Reglamentning 188 — 206-bandlariga muvofiq tekshirish oʻtkazilgan muhim belgilar roʻyxati qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208. Sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishda yechimning sanoat namunalari deb eʼtirof etilmaydigan takliflar roʻyxatiga taalluqli emasligi takroran tekshiriladi hamda yangi va original ekanligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yechim sanoat namunalari deb eʼtirof etilmaydigan takliflar roʻyxatiga taalluqli deb taxmin qilinganda, tegishli dalillar bayon qilingan soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209. Yechimga nisbatan mazkur Reglamentning 12-bandiga asosan sanoat namunalari deb eʼtirof etilmaydigan takliflarga taalluqli degan xulosa chiqarilmaganda, yangi va originallik shartlariga muvofiqligi boʻyicha tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210. Sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishda ushbu sanoat namunasiga tegishli boʻlgan hamda muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan sanoat namunasining mohiyati ommaviy tarzda oshkor qilingan axborot manbalari, agar sanoat namunasiga talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan eʼtiboran olti oydan oʻtmasdan vakolatli organga topshirilgan boʻlsa, eʼtiborga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Qonunning 8-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq buyum tasvirlarida aks etgan va sanoat namunasining muhim belgilari roʻyxatida keltirilgan muhim belgilar majmui jahonda sanoat namunasining ustuvorlik sanasigacha hamma foydalana olishi mumkin boʻlgan maʼlumotlardan maʼlum boʻlmaganda sanoat namunasi yangi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212. Har bir shaxs oʻzi tanishishi mumkin boʻlgan yoki mazmuni qonuniy yoʻl bilan unga maʼlum qilinishi mumkin boʻlgan axborot manbaidagi maʼlumotlar ommaviy tarzda oshkor etilgan maʼlumotlar deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213. Quyidagilar axborot manbaidagi maʼlumotlarni ommaviy tarzda oshkor etilgan maʼlumotlar qatoriga kiritish mumkinligini belgilaydigan sana boʻlib hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza hujjatlarining nashr qilingan tavsiflari uchun — ularda koʻrsatilgan nashr qilish sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosma nashrlar uchun — ularda koʻrsatilgan nashr etishga imzolangan sana; nashr etishga ruxsat beruvchi imzolangan sana koʻrsatilmagan bosma nashrlar, shuningdek boshqa bosma nashrlar uchun — ular nashr qilingan sana, ushbu sanani aniqlash imkoniyati boʻlmaganda esa — nashr qilingan vaqti faqat yil va oy bilan belgilanganda oyning oxirgi kuni yoki nashrda koʻrsatilgan yilning 31-dekabri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqolalar, sharhlar, monografiyalar va boshqa materiallarning depozitga qoʻyilgan qoʻlyozmalari uchun — ular depozitga qoʻyilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlari haqidagi hisobotlar, tajriba-konstruktorlik ishlari hamda ilmiy-texnik axborot organlarida saqlanadigan boshqa konstruktorlik, texnologik va loyiha hujjatlariga tushuntirish xatlari uchun — ular ushbu organlarga kelib tushgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar uchun — ular vakolatli tashkilotda hisobga olingan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻlyozma huquqida chop etilgan dissertatsiya materiallari va dissertatsiya avtoreferatlari uchun — ular kutubxonaga kelib tushgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovga qabul qilingan ishlar uchun — ular tanishish uchun ochiq namoyish qilingan va tanlov oʻtkazishga oid hujjatlar bilan tasdiqlangan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vizual idrok etiladigan axborot manbalari (plakatlar, modellar, mahsulotlar) uchun — ularni koʻrish mumkin boʻlgan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazmaga qoʻyilgan eksponatlar uchun — ularni namoyish qilish boshlangan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
televideniye, kino orqali xabarlar uchun — bunday xabar berilgan sana, agar u belgilangan tartibda tegishli axborot tashuvchisida qayd etilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyum haqida undan foydalanish natijasida maʼlum boʻlgan maʼlumotlar uchun — ushbu maʼlumotlar hamma tanishish imkoniyatiga ega boʻlgan va hujjat bilan tasdiqlangan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214. Quyidagi shartlar bajarilganda sanoat namunasining yangiligini belgilashda oldinroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnomalar hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma Oʻzbekiston Respublikasida topshirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma boshqa shaxs tomonidan topshirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma chaqirib olinmaganda yoki chaqirib olingan deb hisoblanmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215. Talabnoma ariza, tasvirlar va muhim belgilar majmuini qamrab olgan tavsif kelib tushgan sanadan eʼtiboran ushbu talabnoma tarkibida boʻlgan tasvirlar va tavsifga nisbatan eʼtiborga olinadi. Ushbu sana koʻrilayotgan talabnomaning ustuvorlik sanasidan kechroq boʻlganda oldinroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma mazmunining ustuvorlikni belgilash uchun asos boʻlgan materiallar (birinchi talabnoma, oldinroq topshirilgan talabnoma, ushbu talabnomaga qoʻshimcha materiallar) mazmuni bilan mos tushgan qismi axborot manbalari qatoriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216. Sanoat namunasining yangiligini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasida patent berilgan (shu jumladan, talabnoma topshirgan shaxs tomonidan) sanoat namunalari ularning ustuvorlik sanasidan boshlab hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
217. Mazkur Reglamentning 211 — 216-bandlarida koʻrsatilgan axborot manbalarida talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan sanoat namunasining muhim belgilar majmuida taʼrifi va tasviri keltirilgan belgilarga oʻxshash badiiy-konstruktorlik yechim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniqlanganda, sanoat namunasi yangilik shartiga muvofiq emas deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
218. Koʻrib chiqilayotgan sanoat namunasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborot manbai oldinroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma boʻlganda ushbu talabnoma chaqirib olinmaganligi yoki chaqirib olingan deb hisoblanmasligi tekshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma chaqirib olinmagan boʻlsa, koʻrilayotgan sanoat namunasining talabnoma beruvchisiga bunday talabnoma mavjudligi haqida (uning talabnoma beruvchisini koʻrsatmagan va mazmunini ochmagan holda) va oldinroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma boʻyicha aniq qarorga kelingunga qadar uning talabnomasini koʻrish toʻxtatib turilishi haqida maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi talabnomani koʻrish toʻxtatib turilishiga norozilik bildirganda talabnoma berilgan sanoat namunasining yangilik shartiga muvofiq emasligi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
219. Sanoat namunasining yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlanganda ekspertizaning tegishli dalillari bayon qilingan va ushbu dalillarga nisbatan oʻz fikrini taqdim etish taklif qilingan soʻrovnomasi yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220. Sanoat namunasining yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlanganda originallik boʻyicha tekshiruv oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221. Qonunning 8-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq sanoat namunasining muhim belgilari buyum xususiyatlarining ijodiy jihatlari bilan bogʻliq boʻlganda u original hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222. Originallikni tekshirish talabnoma berilgan muhim belgilar majmuida taʼriflangan sanoat namunasiga nisbatan oʻtkaziladi. Originallikni tekshirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Reglamentning 60 — 62-bandlariga muvofiq eng yaqin analogni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasvirlarda taqdim etilgan va talabnoma beruvchi tomonidan muhim belgilar roʻyxatida taʼriflangan sanoat namunasini eng yaqin analogidan (muhim farqlovchi belgilardan) farqlaydigan muhim belgilarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrib chiqilayotgan sanoat namunasining muhim farqlovchi belgilari bilan mos keluvchi belgilarga ega boʻlgan yechimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ustuvorlik sanasigacha jahonda hamma foydalana olishi mumkin boʻlgan maʼlumotlardan aniqlash (axborot manbaida mavjud hamma foydalana olishi mumkin deb hisoblangan maʼlumotlarning sanasini aniqlashda mazkur Reglamentning 212-213-bandlaridan foydalaniladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrib chiqilayotgan sanoat namunasini uning muhim farqlovchi belgilaridan kelib chiqqan xususiyatlarini va koʻrib chiqilayotgan yechimlarning farqlovchi belgilari bilan mos keluvchi belgilardan kelib chiqib aniqlangan yechimlarning alohida xususiyatlarini taqqoslash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223. Sanoat namunasining muhim farqlovchi belgilaridan hech boʻlmaganda bittasi yangi boʻlganda u originallik shartiga muvofiq deb tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
224. Sanoat namunasining barcha muhim farqlovchi belgilari yangi boʻlmaganda, biroq ushbu belgilarning birikmasi koʻrib chiqilayotgan sanoat namunasiga yangi badiiy-konstruktorlik yechim berganda originallik shartiga muvofiq deb tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225. Oʻzining eng yaqin analogidan muhim belgilar majmuiga kiritilgan belgisi (belgilari) bilan farqlanadigan, biroq ushbu belgining (belgilarning) koʻrib chiqilayotgan buyumning alohida xususiyatlariga taʼsiri tasdiqlanmagan sanoat namunasi originallik shartiga muvofiq deb tan olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
226. Sanoat namunasini originallik shartiga muvofiq emas deb tan olishda ekspertiza buyumning alohida xususiyatlariga muhokama qilinayotgan belgilarning taʼsirini tasdiqlash uchun keltirilgan fikrlarni asossiz deb hisoblanishi toʻgʻrisidagi dalillarni quyidagi holatlarda keltirishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sanoat namunasi buyumning avvaldan maʼlum boʻlgan yechimidan koʻz bilan koʻrib farqlashga imkon bermaydigan alohida xususiyatlarga ega boʻlganda (sanoat namunasining buyumning avvaldan maʼlum boʻlgan yechimi bilan adashtirib yuborish darajasida oʻxshashligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sanoat namunasi buyumning avvaldan maʼlum boʻlgan yechimidan koʻz bilan koʻrib farqlash imkonini beradigan alohida xususiyatlarga ega boʻlib, biroq ushbu xususiyatlar ijodiylik xos boʻlmagan quyidagilar hisobiga yaratilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyumning faqat oʻlchamlarini (masshtabini) oʻzgartirish hisobiga, bunda buyumning qolgan barcha belgilari (buyum tarkibiy qismlarining shakllari va (yoki) elementlarining shakllari, nisbatlari, koloristik yechimi) saqlanib qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
butun buyumning faqat rangini (koloristik yechim bundan mustasno) oʻzgartirish hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyumni faqat oddiy geometrik figura yoki jism (aylana, halqa, koʻpburchak, shar, konus, piramida, prizma, parallelepiped kabi) koʻrinishida, ushbu geometrik figuralar yoki jismlarga biron-bir oʻzgartirish kiritmagan holda bajarilgani hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyum yechimida faqat bir turdagi elementlarning miqdorini (ammo ularning tuzilishi yoki joylashuv tizimini oʻzgartirmagan holda) oʻzgartirish hisobiga, bunda ushbu oʻzgartirish talabnoma beruvchi koʻrsatib oʻtgan buyum yechimlarining xususiyatlariga taʼsir qilmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
real hajmning kichraytirilgan yoki kattalashtirilgan (ham soddalashtirilgan, ham masshtabga rioya qilgan holda) nusxasini (oʻyinchoq, suvenir) yaratish hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan vazifani bajaradigan buyumlarga xos boʻlgan, ammo boshqa texnik asosda bajarilgan shakllarni faqat takrorlash hisobiga (anʼanaviy ravishda yogʻochdan tayyorlanadigan buyumga oʻxshatib polimer materialdan tayyorlangan buyum), yaʼni ushbu oʻzgarish talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan buyum yechimining alohida xususiyatlariga taʼsir koʻrsatmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif qilingan buyum oʻz tashqi koʻrinishini oʻziga oʻxshash boshqa avvaldan maʼlum obyektlardan oʻzlashtirgani hisobiga, agar bunday obyektlar taklif qilingan buyum vazifasi va oʻzaro vazifasi bilan farqlansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir-biridan alohida avvaldan maʼlum buyumlardan ularning tashqi koʻrinishini oʻzgartirmagan holda toʻplam tuzish hisobiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227. Sanoat namunasida originallik yoʻqligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga tegishli dalillar bayon qilingan va bu dalillarga nisbatan oʻz fikr-mulohazalarini va zarur holatda talabnomaning dastlabki materiallari asosida sanoat namunasining tuzatilgan muhim belgilari roʻyxatini taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228. Qonunning 20-moddasining uchinchi qismiga asosan qoʻshimcha materiallar, shu jumladan oʻzgartirilgan muhim belgilar majmui soʻralgan soʻrovnoma bunday materiallarsiz mohiyati boʻyicha ekspertizani oʻtkazish mumkin boʻlmagan holatlarda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday soʻrovnoma yuborish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent boji toʻgʻri toʻlangani bilan bogʻliq masalalarni aniqlash zarurati;

sanoat namunasining muhim belgilar majmuini mazkur Reglamentning 186 — 207-bandlariga muvofiq tekshirish natijalari boʻyicha aniqlash zarurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini mazkur Reglamentning 208-bandiga muvofiq tekshirish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish zarurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirish natijalari boʻyicha muhim belgilar majmuiga aniqliklar kiritish zarurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir xil ustuvorlik sanasiga ega boʻlgan aynan oʻxshash sanoat namunalariga talabnomalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq savollarni hal qilish zarurati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomani koʻrib chiqishda yuzaga keladigan ustuvorlikni belgilash, sanoat namunasining muhim belgisi taʼrifini aniqlashtirish kabi savollar, shuningdek taklif va mulohazalar yuqorida koʻrsatilgan asoslarga koʻra yuboriladigan soʻrovnomaga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnoma yuborish uchun yuqorida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlmaganda, talabnoma beruvchi yuzaga kelgan taklif va mulohazalar haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229. Mazkur Reglamentning 201-202-bandlarida nazarda tutilgan vaziyatda sanoat namunasining (uning variantlarining) patentga layoqatliligi aniqlangan holatda talabnoma beruvchiga bu haqida yuborilgan soʻrovnomada maʼlum qilinadi va mohiyati boʻyicha ekspertiza oʻtkazilmagan yechimlar belgilarini muhim belgilar majmuidan chiqarib tashlash takroran taklif etiladi. Bunda talabnoma beruvchi belgilangan muddatda soʻralgan materiallarni yoki koʻrsatilgan muddatni uzaytirish haqidagi iltimosnomani taqdim etmasa, talabnoma Qonunning 20-moddasi uchinchi qismiga muvofiq chaqirib olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
230. Talabnoma beruvchi identifikatsiya qilinmaydigan yoki talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan hamda talabnoma topshirilganidan keyin taklif qilingan va mazkur Reglamentning 241 — 244-bandiga muvofiq eʼtiborga olinmagan belgini muhim belgilar roʻyxatiga unga nisbatan patentga layoqatliligi haqida xulosa olingan holatda kiritishni talab qilsa, talabnoma beruvchiga tarkibida koʻrsatib oʻtilgan belgi boʻlmagan roʻyxatni taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi. Bunda talabnoma beruvchi soʻralayotgan materiallarni taqdim etmaganda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. Soʻrovnomada mohiyati boʻyicha ekspertizani oʻtkazish yoki yakuniga yetkazish uchun toʻsqinlik qiluvchi holatlarni bayon qilish bilan birga talabnomani koʻrib chiqishda yuzaga kelgan barcha masalalar, mulohazalar va takliflar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232. Muayyan masala boʻyicha soʻrovnomada keltiriladigan ekspertizaning fikr va mulohazalari tegishli dalillar, shu jumladan, huquqiy xarakterdagi dalillar bilan asoslanadi. Zarur holatlarda, badiiy-konstruktorlik masalalari boʻyicha adabiyotlarga, ilmiy-texnik adabiyotlarga, mazkur Reglament va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning qoidalariga havolalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233. Talabnoma beruvchiga muhim belgilar majmuiga, masalan, muhim belgi taʼrifini aniqlashtirish, talabnoma berilgan muhim belgilar majmuidan muhim boʻlmagan belgini chiqarib tashlash kabi tuzatishlar kiritish bilan bogʻliq takliflar yuborilayotganda, bunday tuzatishni kiritish va undan voz kechish qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi asosli ravishda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234. Soʻrovnomada axborot manbaiga havola qilinganda ushbu manbani topish uchun zarur boʻlgan barcha bibliografik maʼlumotlar, shuningdek, talabnomani koʻrib chiqishda eʼtiborga olingan maʼlumotlarni ushbu manbadan topish uchun kerak boʻladigan boshqa maʼlumotlar (sahifa, xatboshi, grafik tasvirlar, figuralarining raqami kabilar) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
235. Talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirish natijalari boʻyicha muhim belgilar roʻyxatini aniqlashtirish zarurati soʻrovnoma yuborish uchun asos boʻlganda va roʻyxatga kiritiladigan aniqliklar tavsifda, chizmada va ergonomik sxemada keltirilgan maʼlumotlarga tegishli izohlardan iborat boʻlganda talabnoma beruvchiga aniqliklar kiritilgan tavsif, chizma va ergonomik sxemani (oʻrnini bosuvchi sahifalarni) taqdim etish taklif qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
236. Soʻrovnomada talabnoma hujjatlarini tegishli tarzda tuzatish zarurligi batafsil izohlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237. Soʻralgan materiallar koʻrsatilgan muddatda kelib tushmaganda yoki belgilangan muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma taqdim etilmaganda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
238. Talabnoma beruvchining tashabbusi bilan talabnomaning rasmiy ekspertizasini muddatidan oldin boshlash haqidagi iltimosnoma berilgandan soʻng yoki bunday iltimosnoma berilmaganda talabnoma kelib tushgan sanadan ikki oy oʻtgandan keyin talabnoma hujjatlariga tuzatishlar kiritadigan (yaʼni, ularning tarkibiga kiritilishi lozim boʻlgan) qoʻshimcha materiallar kelib tushganda belgilangan miqdorda patent boji toʻlangani tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent boji toʻlanmaganda bunday materiallar talabnomani koʻrib chiqishda eʼtiborga olinmaydi va bu haqida talabnoma beruvchi xabardor qilinadi. Bunday xabarnoma yoʻllanadigan navbatdagi hujjat tarkibiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239. Talabnoma hujjatlaridagi oʻzgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan oʻzgartirishlarga oidligi masalasini hal qilishda quyidagilar eʼtiborga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma beruvchi xabarnoma (soʻrovnoma) olgandan soʻng yoki bunday xabarnoma (soʻrovnoma) olmasdan turib talabnoma hujjatlarini tayyorlashda yoʻl qoʻyilgan talablar buzilishini bartaraf etishga doir kiritilgan oʻzgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan deb hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma beruvchi xabarnomani (soʻrovnoma) olgandan soʻng yoki bunday xabarnoma (soʻrovnoma) olmasdan turib xabarnoma (soʻrovnoma) mazmuniga bogʻliq oʻzgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan deb hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan boshqa barcha oʻzgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240. Talabnoma beruvchi qoʻshimcha materiallarni belgilangan muddatlarga rioya qilmagan holda taqdim etganda, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchi xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241. Talabnoma beruvchining tashabbusi yoki soʻrovnomaga koʻra taqdim etilgan va koʻrib chiqishga qabul qilingan qoʻshimcha materiallar kelib tushganda ular talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartirmasligi tekshiriladi. Talabnomaning dastlabki materiallariga kiritilmagan belgilar qoʻshimcha materiallarda mavjud boʻlganda, ular talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartiradi deb tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242. Belgilar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan aniqlik kiritilgan muhim belgilar majmui tarkibida boʻlgan holatlardagina emas, balki talabnoma beruvchi bunday kiritishni koʻrsatib oʻtgan holatlarda ham sanoat namunasining muhim belgilar majmuiga kiritilishi kerak deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243. Qoʻshimcha materiallarda keltirilgan va muhim belgilar majmuiga kiritilishi lozim boʻlgan belgilar, agar ular patent berish uchun ariza, tasvirlar toʻplami va sanoat namunasining muhim belgilar majmuini oʻz ichiga olgan tavsif vakolatli organga kelib tushgan sanada talabnoma tarkibidagi tasvirlarda aks ettirilmagan boʻlsa, talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244. Muhim belgilar majmuiga kiritiladigan belgilarga taalluqli boʻlmagan va talabnomaning dastlabki materiallarida mavjud boʻlmagan sanoat namunasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartiradi deb hisoblanmaydi. Bunday maʼlumotlar sirasiga sanoat namunasini amalga oshirish shartlari toʻgʻrisidagi yangi (qoʻshimcha) maʼlumotlar, uni amalga oshirish misollari, aniqlashtirilgan grafika materiallari va boshqalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245. Qoʻshimcha materiallar sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etilgan holatlarda talabnoma beruvchi bunday xulosaga kelish uchun qoʻshimcha materiallarga kiritilgan qaysi maʼlumot asos boʻlgani haqida xabardor qilinadi. Bunda talabnomaning keyingi koʻrib chiqilishi ushbu qoʻshimcha materiallarda taqdim etilgan muhim belgilar roʻyxatiga nisbatan, ammo yuqorida koʻrsatilgan belgilarni inobatga olmagan holda davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246. Sanoat namunasining muhim belgilar roʻyxatiga oldin koʻrib chiqish uchun qabul qilingan roʻyxatga kiritilmagan sanoat namunasining varianti taʼriflangan yangi belgilar kiritilganda, belgilangan miqdorda patent boji toʻlangani tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
247. Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan va tasvirlarda aks ettirilgan muhim belgilar majmuida taʼrifi keltirilgan sanoat namunasi (sanoat namunasi variantlariga talabnoma berilganda, sanoat namunasining birligi talabi bajarilgan holatda — uning har bir varianti) patentga layoqatlilikning hamma shartlariga muvofiqligi aniqlanganda, talabnoma beruvchiga sanoat namunasiga patent berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va talabnoma beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
248. Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan muhim belgilar majmuiga kiritilgan va tasvirlarda aks ettirilgan muhim belgilar majmui bilan taʼriflangan sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlarining hech boʻlmaganda bittasiga mos emasligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga tegishli dalillar keltirilgan holda patent berilishi mumkin emasligi bildirilgan soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249. Talabnoma beruvchi sanoat namunasining patentga layoqatliligiga doir dalillarni taqdim etganda, ammo ular ekspertiza xulosasini oʻzgartirmaganda patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250. Qarorda axborot manbaiga havola keltirilganda uning bibliografik maʼlumotlarini koʻrsatishda mazkur Reglamentning 234-bandida koʻrsatilgan shartlarga amal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251. Sanoat namunasining variantlarini oʻz ichiga olgan talabnoma boʻyicha bir vaqtning oʻzida patentga layoqatli va patentga layoqatsiz yechimlarning mavjudligi aniqlanganda va bunday talabnoma boʻyicha talabnoma beruvchi unga yuborilgan soʻrovnomaga berilgan javobda muhim belgilar majmuidan patentga layoqatsiz variantlarni taʼriflaydigan belgilarni chiqarib tashlashdan bosh tortganda, patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday qarorda patentga layoqatli boʻlgan variantlar belgilab oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252. Koʻrilayotgan talabnoma boʻyicha sanoat namunasining patentga layoqatliligi aniqlanganda, ammo unga oʻxshash, oldinroq ustuvorlik sanasiga ega, sanasi mos kelganida esa oldinroq qayd etish raqamiga ega boʻlgan va chaqirib olinmagan yoki chaqirib olingan deb hisoblanmagan sanoat namunasiga boshqa talabnoma mavjud boʻlganda, koʻrilayotgan talabnomaning talabnoma beruvchisiga bu haqida xabar beriladi, shuningdek, uning talabnomasi boʻyicha Qonunning 18-moddasi uchinchi qismida belgilangan shartlar bajarilgan holda patent berish mumkinligi haqida maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253. Koʻrilayotgan talabnomaning talabnoma beruvchisiga oʻxshash sanoat namunasini oʻz ichiga olgan boshqa talabnomaning bibliografik maʼlumotlarini maʼlum qilish va sanoat namunasiga patent berish haqidagi maʼlumotlar eʼlon qilingunga qadar uning mazmunini ochishga faqat boshqa talabnomaning talabnoma beruvchisi roziligi boʻlgan holda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254. Tasvirlarda aks etgan muhim belgilar majmui bir xil boʻlgan sanoat namunalari oʻxshash deb tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255. Sanoat namunalarining oʻxshashligi talabnoma beruvchilar tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan soʻngi tahrirdagi muhim belgilar majmualari asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256. Oʻxshash sanoat namunalariga talabnomalar aynan bitta talabnoma beruvchi tomonidan topshirilganda unga yuboriladigan xabarnomada koʻrsatgan bitta talabnoma boʻyicha patent berilishi mumkinligi xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257. Talabnoma beruvchining xohishiga koʻra talabnomaning mohiyati boʻyicha ekspertizasi Markaz tomonidan tezkor tartibda talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilingani toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oy mobaynida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomaning mohiyati boʻyicha ekspertizasi talabnoma beruvchining bu haqidagi iltimosnomasiga asosan tezkor tartibda oʻtkaziladi. Bunda talabnomaning mohiyati boʻyicha ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazish haqidagi iltimosnoma talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran uch oy davomida Markazga taqdim qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258. Talabnomaning ekspertizasi tezkor tartibda oʻtkazishda axborotni izlash jarayoni sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishdan oldin amalga oshiriladi, bunda sanoat namunasining yangiligi va oʻziga xosligini aniqlash uchun taqqoslanadigan va sanoat namunasining ustuvorlik sanasigacha jahonda hamma foydalana olishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar qidiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotni izlash jarayoni talabnoma beruvchi va Markaz oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
259. Axborot qidiruvi sohasining tavsifi sifatida SNXT rubrikalarining indekslaridan foydalaniladi. Qidiruv sohasini aniqlashda buyumning umumiy yechimi va ushbu yechimni eng yaqin analogdan farqlab turadigan (agar u koʻrsatilgan boʻlsa) mustaqil badiiy-konstruktorlik va (yoki) ergonomik xususiyatlarni beruvchi alohida belgilari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
260. Axborotni izlash jarayoni rasmiy ekspertiza yakunlangan kundan boshlab oʻn besh kun ichida amalga oshiriladi va uning natijalari boʻyicha hisobot tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotni izlash natijalari boʻyicha hisobotda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma topshirish sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshirilgan sanoat namunasini tasniflashda belgilangan SNXT rubrikasi indekslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot izlash jarayoni oʻtkazilgan sanoat namunasining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot izlash jarayoni sohalarini tasniflovchi SNXT rubrikasi indekslari, SNXT rubrikalariga bogʻliq holda qidiruv koʻlamiga kiritilishi zarur boʻlgan mamlakatlar patent hujjatlarining roʻyxati, tegishli mavzu boʻyicha adabiyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot ishlash mavzusi boʻyicha hujjatlar va ularning aniq qismlariga bibliografik maʼlumotlar koʻrinishidagi havolalar. Havola sanoat namunasining muhim belgilar majmuining barcha bandlariga taalluqli boʻlmaganda belgilar majmuining tegishli aniq bandi koʻrsatiladi. Talabnoma boʻyicha oldinroq ustuvorlik soʻralgan holatlarda talabnoma topshirilgan sanadan oldin lekin talabnoma ustuvorligi sanasidan keyin nashr qilingan hujjatlar alohida belgilab qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot qidiruvi tugatilgan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot qidiruvi hajmiga hamma foydalana oladigan maʼlumotlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261. Tezkor davlat ekspertizasi doirasida axborot izlash jarayoni amalga oshirilgandan soʻng uning natijalari boʻyicha mazkur Reglamentning 209 — 227-bandlariga muvofiq sanoat namunasining patentga layoqatliligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262. Belgilangan patent boji toʻlanganda vakolatli organ sanoat namunasini mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakldagi Sanoat namunalari davlat reyestrida avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkazadi. Bunda sanoat namunasiga berilgan patent va uning ilovasi elektron shaklda axborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchining xohishiga koʻra patent va uning ilovasi pochta aloqasi orqali koʻrsatilgan manzilga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar

263. Qonunning 20-moddasiga muvofiq ekspertiza soʻrovnomasiga talabnoma beruvchi tomonidan javob uch oy ichida taqdim etiladi. Ushbu muddat ichida soʻralgan materiallarni taqdim etish imkoniyati boʻlmaganda, talabnoma beruvchining erkin shakldagi iltimosnomasiga koʻra javob berish oʻn ikki oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma taqdim etilganda belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi. Muddat uzaytirilgani haqida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264. Talabnoma beruvchiga davlat ekspertizasi soʻrovnomasi yuborilganda tegishli ekspertiza muddati toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265. Ekspertiza soʻrovnomasiga belgilangan muddatda toʻliq javob berilmaganda yoki javobni topshirish muddatini uzaytirish shartlariga rioya etilmaganda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266. Ekspertizaning soʻrovnomasiga javob xatini taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatlari talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra tiklanishi mumkin. Iltimosnoma talabnoma chaqirib olingan sanadan boshlab oʻn ikki oy ichida topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma bilan birgalikda ekspertiza soʻrovnomasiga toʻliq javob xati taqdim etiladi va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi. Muddatlar tiklanganligi haqida uch ish kuni ichida talabnoma beruvchiga xabarnoma yuboriladi.

267. Talabnoma beruvchi talabnomaga aloqador ish yuritish bilan axborot tizimi orqali tanishishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268. Soʻrovnoma, xabarnoma, davlat ekspertizasi qarorlari va sanoat namunasiga beriladigan patent QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyish bilan tasdiqlanib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269. Davlat ekspertizasi qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga belgilangan tartibda apellyatsiya berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
270. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Sanoat namunasiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabnoma beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazi, Adliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) axborot tizimi yoki YIDXP orqali yoxud pochta aloqasi boʻyicha talabnoma topshiradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Talabnoma beruvchi

Talabnoma topshirish uchun patent bojini toʻlaydi.

Talabnoma topshirish bilan bir vaqtda

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Talabnomani qabul qiladi.

2. Talabnomaning qayd raqami va kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan xabarnomani tegishli ravishda vakolatli organning axborot tizimi yoki YIDXP orqali talabnoma beruvchiga yuboradi.

Patent boji toʻlanganidan soʻng avtomatik tarzda

4-bosqich

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi

1. Talabnomaning rasmiy ekspertizasini amalga oshiradi.

2. Rasmiy ekspertiza natijasi boʻyicha talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilingani toʻgʻrisidagi qarorni talabnoma beruvchiga yuboradi.

Talabnoma kelib tushgan kundan boshlab 2 oydan soʻng

(ekspertizani tezkor tartibda oʻtkazishda iltimosnoma kelib tushgan sanadan soʻng) 1 oy davomida

5-bosqich

Talabnoma beruvchi

Talabnomaning mohiyati boʻyicha ekspertiza oʻtkazish uchun patengt boji toʻlovini amalga oshiradi.

Talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilingani toʻgʻrisidagi qaror sanasidan boshlab 3 oy davomida

6-bosqich

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi

1. Talabnomaning mohiyati boʻyicha ekspertizani oʻtkazadi.

2. Ekspertiza natijasi boʻyicha sanoat namunasini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni talabnoma beruvchiga yuboradi.

Talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab 6 oydan soʻng (ekspertizani tezkor tartibda oʻtkazishda talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilingani toʻgʻrisidagi qaror sanasidan boshlab 1 oy) 2 oy davomida

7-bosqich

Talabnoma beruvchi

Sanoat namunasini roʻyxatdan oʻtkazish, muhofaza hujjatini berish va muhofaza hujjatining amal qilish muddati uchun patent bojini toʻlaydi.

Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror joʻnatilgan sanadan boshlab 3 oy davomida

8-bosqich

Vakolatli organ

Sanoat namunasini roʻyxatdan oʻtkazadi, maʼlumotlarni rasmiy axborotnomada eʼlon qiladi va muhofaza hujjatini beradi.

Patent boji toʻliq toʻlanganda avtomatik tarzda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Sanoat namunasiga patent berish uchun

ARIZA

(21) Talabnomaning qayd raqami:

(22) Talabnomaning kelib tushgan sanasi:

(75) Yozishmalar uchun manzil

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

Telefon:

____________________________

Sanoat namunasiga patent berish uchun

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

(54) Sanoat namunasining nomi:

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

(71) Talabnoma beruvchi:

__________________________________________________________

__________________________________________________________

__________________________________________________________

__________________________________________________________

(yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari boʻyicha toʻliq nomlari, joylashgan yeri yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. hamda yashash joyi manzillari koʻrsatiladi)

STIR yoki JSHSHIR (rezidentlar uchun):

____________________________

____________________________

____________________________

Mazkur shaxs quyidagi boʻlib hisoblanadi:

BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar kod oʻrnatilgan boʻlsa):

____________________________

____________________________

____________________________

□ muallif;

□ muallifning huquqiy vorisi;

□ ish beruvchi;

□ ish beruvchining huquqiy vorisi.

Sanoat namunasi ustuvorligini quyidagi sanadan belgilashingizni soʻrayman:

□ birinchi talabnoma berilgan sanasidan (“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunning (keyingi oʻrinlarda — Qonun) 18-moddasi ikkinchi qismi birinchi xatboshisi);

□ vakolatli organga oldinroq topshirilgan talabnomaning kelib tushish sanasidan (Qonunning 18-moddasi ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi);

□ oldinroq topshirilgan talabnomaga qoʻshimcha materiallarning kelib tushish sanasidan (Qonunning 18-moddasi ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi);

□ ajratilgan talabnomaga birinchi talabnomaning ustuvorlik sanasidan.

(31) Birinchi (oldinroq topshirilgan, dastlabki) talabnoma raqami

(32) Soʻralayotgan ustuvorlik sanasi

(33) BIMT ST.3 standarti boʻyicha talabnoma topshirayotgan tomonning mamlakat kodi

(konvensiya ustuvorligi soʻralganda)

□ (74) Vakil (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining roʻyxat raqami, pochta manzili)

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

Telefon: ____________________

Ilova qilingan hujjatlarning roʻyxati:

Sahifalar soni

□ tavsif

□ buyum (maket, rasm)ning fotosuratlari majmui

□ umumiy koʻrinishi

□ qoʻshimcha koʻrinishlar

□ eng yaqin analog tasviri

□ buyum umumiy koʻrinishi chizmalari

□ ergonomik sxemasi

□ konfeksion kartasi

□ patent bojini toʻlashdan ozod etish

□ patent boji miqdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat

□ birinchi talabnomaning nusxasi (konvensiya ustuvorligi soʻralganida)

Boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)

(72) Muallif

(F.I.O. rezidentlar uchun ilmiy darajasi koʻrsatiladi)

Turar joy manzili, BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi

(agar u oʻrnatilgan boʻlsa)

JSHSHIR (rezidentlar uchun)

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

QR-kod

___________________________________________________________

___________________________________________________________

talabnoma beruvchi yoki vakil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Talabnoma materiallariga tuzatish, aniqlik va qoʻshimchalar kiritish haqida

ARIZA

Kelib tushgan sanasi

__________________

Qayd raqami

_______________

Talabnoma materiallariga tuzatish, aniqlik va qoʻshimchalar kiritish haqida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Talabnomaning qayd raqami

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

Mazkur arizani taqdim etgan holda talabnoma materiallariga quyidagi tuzatish, aniqlik
va qoʻshimchalar kiritishingizni soʻrayman:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Tuzatish, aniqlik va qoʻshimchalar kiritilgan maʼlumotlar:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Arizaga ilovalar:

QR-kod

___________________________________________________________

___________________________________________________________

talabnoma beruvchi yoki vakil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnomaga huquqni topshirish

DALOLATNOMASI

Sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnomaga huquqni topshirish

DALOLATNOMASI

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Talabnomaning qayd raqami

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

Quyida huquq topshirayotgan shaxs huquqni oluvchi shaxsga sanoat namunasiga patent berish haqida topshirilgan talabnomaga huquqni imzo chekkan holda topshiradi.

Huquqni topshirayotgan shaxs:

STIR yoki JSHSHIR (rezidentlar uchun):

_________________________

BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa):

_________________________

Nomi (ismi):

_________________________________________________________________________________________

Pochta manzili:

_________________________________________________________________________________________

Telefon: _______________________

Huquqni qabul qilib oluvchi shaxs:

STIR yoki JSHSHIR (rezidentlar uchun):

_________________________

BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa):

_________________________

Nomi (ismi):

_________________________________________________________________________________________

Pochta manzili:

_________________________________________________________________________________________

Telefon: ________________________

Huquqni topshirayotgan shaxs imzosi*

Huquqni qabul qilib oluvchi shaxs imzosi*

_________________________

_________________________

Imzolangan sana

Imzolangan sana

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Yuridik shaxs nomidan tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi va ismi koʻrsatilgan holda imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Sanoat namunalari

DAVLAT REYESTRI

(11)

Patent raqami

(12)

Hujjat turining soʻzli shakli

(15)

Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana

(18)

Patent amal qilish muddatining tugashi

(19)

Nashr qilayotgan davlatning kodi

(21)

Talabnomaning qayd raqami

(22)

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

(23)

Boshqa sanalar, shu jumladan, oldin topshirilgan talabnomaga qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana

(31)

Ustuvorlik soʻralgan talabnomaning qayd raqami

(32)

Ustuvorlik soʻralgan talabnomaning kelib tushgan sanasi

(33)

Ustuvorligi belgilangan davlat kodi

(45)

Eʼlon qilingan sana va rasmiy axborotnoma raqami

(51)

SNXT sinfi

(54)

Sanoat namunasi nomi

(55)

Sanoat namunasining tasviri

(57)

Muhim belgilar roʻyxati

(62)

Ajratib olingan talabnoma boʻyicha birinchi talabnomaning qayd raqami va sanasi

(63)

Oldin topshirilgan talabnomaning qayd raqami va sanasi

(71)

Talabnoma topshiruvchilarning ismi (nomi)

(72)

Muallif

(73)

Huquq egasi

(74)

Vakil

(75)

Yozishmalar uchun manzil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur reyestrda ishlatilayotgan kodlar Butunjahon intellektual mulk tashkilotining standartlari asosida belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 297-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seleksiya yutugʻiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) Oʻzbekiston Respublikasining “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda — Qonun) asosan seleksiya yutugʻiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Seleksiya yutugʻiga patent berish haqidagi talabnomani (keyingi oʻrinlarda — talabnoma) topshirish va davlat xizmatidan foydalanish boʻyicha boshqa harakatlar roʻyxatdan oʻtkazilishi soʻralayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda — talabnoma beruvchi) tomonidan bevosita yoki vakili (patent vakili yoxud ishonchli shaxs) orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Seleksiya yutugʻining patentga layoqatlilik shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qonunning 8-moddasi birinchi qismiga muvofiq seleksiya yutugʻi yangilik, farqlanish, turdoshlik va barqarorlik mezonlariga, uning nomi esa belgilangan talablarga javob bersa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qonunning 9-moddasiga muvofiq urugʻlik, navning koʻchat materiali yoki zotning nasl materiali patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida — kamida bir yildan oldin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa davlat hududida — kamida toʻrt yildan yoki tok, yogʻochbop, manzarali, mevali daraxtlar va oʻrmon daraxtlarining navlariga taalluqli boʻlganda olti yildan oldin muallif, uning merosxoʻri tomonidan yoxud ularning roziligi bilan sotilmagan va foydalanish uchun boshqa shaxslarga berilmagan boʻlsa, yangi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qonunning 10-moddasiga muvofiq seleksiya yutugʻiga patent berish haqidagi talabnoma topshirish sanasiga boshqa har qanday barchaga maʼlum seleksiya yutugʻidan aniq-ravshan farqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seleksiya yutugʻi, patent berish haqidagi talabnoma har qanday mamlakatda topshirilgan va bu talabnomaga muvofiq patent yoki muhofazaning shunga oʻxshash boshqa bir shakli berilgan boʻlsa yoxud seleksiya yutugʻi shu mamlakatning seleksiya yutuqlari rasmiy reyestriga kiritilgan boʻlsa, talabnoma topshirilgan sanada barchaga maʼlum deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barchaga maʼlumlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetishtirish, takror yetishtirish, nav yoki nasllik konditsiyasiga yetkazish va ushbu maqsadlarda keyinchalik koʻpaytirish, saqlash va asrash natijasida barchaga maʼlum bilim darajasining bir qismiga aylangan seleksiya yutugʻiga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotishga taklif etilgan, sotilgan, mamlakatga olib kirilgan yoki mamlakatdan olib chiqib ketilgan seleksiya yutugʻiga nisbatan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qonunning 11-moddasiga muvofiq koʻpaytirishning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda muayyan navli oʻsimliklar yoki muayyan zotli hayvonlar seleksiyalashtirish belgilariga koʻra bir xillikka ega boʻlsa, seleksiya yutugʻi turdosh hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Seleksiya yutugʻi bir necha marta koʻpaytirilganidan keyin yoki alohida sikl boʻyicha koʻpaytirilganda, koʻpaytirishning har bir sikli oxirida uning asosiy belgilari oʻzgarishsiz qolsa, u barqaror hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Talabnomaga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qonunning 17-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta seleksiya yutugʻiga tegishli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Talabnoma quyidagi materiallarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya yutugʻiga patent berish haqida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya yutugʻining nomi toʻgʻrisidagi taklif;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya yutugʻining tavsifi (texnik anketa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya yutugʻi namunalarining fotosuratlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya yutugʻi sinovlariga doir hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya yutugʻining ustuvorligini tasdiqlovchi hujjat (oldinroq ustuvorlik soʻralganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent bojini toʻlashdan ozod qilish, shuningdek, uning miqdorini kamaytirish asoslarini tasdiqlovchi hujjat (agar mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Boshqa tilda topshirilgan hujjatlar ularning tarjimalari boshqa tilda topshirilgan hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida topshirilganda, vakolatli organga kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi, aks holda hujjatlar ularning tarjimalari kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oldinroq ustuvorlik soʻralganda talabnoma vakolatli organga kelib tushgan sanadan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan boshqa davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusxasi va uning tarjimasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oldinroq ustuvorlikni belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma topshirilayotganda taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartlar Qonunning 18-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq bajarilgan holda talabnoma beruvchi birinchi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran uch yil mobaynida qoʻshimcha hujjatlar va sinov uchun zarur materiallarni taqdim etmaslik huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Seleksiya yutugʻiga patent berish haqidagi ariza mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Arizaning 21-kodli “Talabnomaning qayd raqami”, 22-kodli “Talabnomaning kelib tushgan sanasi” grafalari ariza vakolatli organga kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Arizaning 71-kodli “Talabnoma beruvchi” grafasida talabnoma beruvchi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar keltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning rasmiy nomi (taʼsis hujjati boʻyicha) yoki jismoniy shaxsning toʻliq ismi, shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar uchun STIR yoki JSHSHIR, joylashgan joyi yoki turar joyi manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezidentlar uchun ismlar va nomlarning transliteratsiyasi hamda BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent bir necha shaxs nomiga soʻralayotganda ushbu maʼlumotlar ularning har biri uchun alohida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Arizaning ustuvorlikni belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnoma koʻrsatilgan grafasi vakolatli organga talabnoma kelib tushgan sanadan oldinroq ustuvorlik soʻralayotganda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-kodli grafasida uning asosida ustuvorlik soʻralayotgan birinchi talabnomaning qayd raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-kodli grafasida oldinroq berilgan talabnoma kelib tushgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-kodli grafasida birinchi talabnoma topshirilgan mamlakatning BIMT ST.3 standarti boʻyicha kodi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Arizaning 54a-kodli “Turkum/turning nomi” grafasida zoologik yoki botanik turkum va turning nomi keltiriladi, shuningdek, seleksiya yutugʻi taksonomik birligining (turkum, tur, kenja tur) lotincha nomi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navni, zotni taksonomik mansubligi boʻyicha ham, ishlab chiqarishda qoʻllanishi boʻyicha ham aniq identifikatsiya qilish uchun turkum/tur nomi toʻliq keltiriladi (masalan, bugʻdoy — yumshoq, kuzgi; makkajoʻxori — gibrid F1; tovuq — tuxum qoʻyadigan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaning 54b-kodli “Taklif qilinayotgan nom” grafasida talabnoma berilgan seleksiya yutugʻining nomi Qonunning 13-moddasi va mazkur Reglamentning 24 — 26-bandlari talablariga muvofiq keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Arizaning “Yozishmalar uchun manzil” grafasida xat oluvchining nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki ismi (jismoniy shaxslar uchun), shuningdek, joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochtasidan kamida biri koʻrsatiladi. Ushbu maʼlumotlar uchinchi shaxslar huquq egasi bilan bogʻlanishi uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Talabnoma beruvchi tomonidan ishlar uning vakili orqali amalga oshirilganda, arizaning 74-kodli “Vakil” grafasida quyidagi maʼlumotlar keltiriladi: vakilning toʻliq nomi yoki ismi, roʻyxat raqami (patent vakili boʻlsa), joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Arizaning “Ilova qilingan materiallar” grafasida talabnomaga aloqador materiallar biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Arizaning 72-kodli “Muallif” grafasida quyidagi maʼlumotlar keltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar uchun JSHSHIR, ish joyi, lavozimi va ilmiy darajasi, BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezidentlar uchun BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Seleksiya yutugʻining nomi seleksiya yutugʻiga mos va qisqa boʻlishi, shu yoki shunga yaqin botanik yoxud zoologik turdagi mavjud seleksiya yutuqlarining nomidan farqlanib turishi kerak. Seleksiya yutugʻining nomi faqat raqamlardan iborat boʻlib qolmasligi, seleksiya yutugʻining xususiyatlari, kelib chiqishi, ahamiyati va muallifning (hammuallifning) shaxsi haqida yanglishishlarga olib kelmasligi, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Seleksiya yutugʻining nomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlik, ekiladigan, naslchilik material uchun qoʻllanadigan atamalar va belgilardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
botanik yoki zoologik turkum, tur yoki boshqa taksonomik birliklarning lotincha yoxud umumqabul qilingan nomlari, shuningdek, bu nomlarning qismlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat geografik belgilardan tarkib topgan nomlardan, navning kelib chiqishi yoki oʻstirilishiga nisbatan shubha tugʻdirmaydigan joylar yoki hududlarga taalluqli geografik belgilar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya yutugʻining belgilari yoki xususiyatlari haqida yanglish tasavvur keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan nomlardan foydalanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Talabnoma Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarda topshirilganda seleksiya yutugʻining nomi barcha talabnomalarda bir xil boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Nav yoki zot tavsifi texnik anketa koʻrinishida mazkur Reglamentga 3 va 4-ilovalarda keltirilgan shakllar boʻyicha taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Texnika anketaning 1-bandida talabnoma beruvchining nomi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oʻsimlik navi texnik anketaning 2-bandida nav mansub boʻlgan botanik turkum/turning nomi keltiriladi, shuningdek, seleksiya yutugʻi taksonomik birligining lotincha nomi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Hayvon zoti texnik anketaning 2-bandida zot mansub boʻlgan zoologik turkum/turning nomi keltiriladi, shuningdek, seleksiya yutugʻi taksonomik birligining lotincha nomi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayvon zoti texnik anketasining 2(a) va 2(b)-bandlarida tegishincha zot toifasi va mahsuldorlik yoʻnalishi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Texnik anketaning 3-bandida seleksiya yutugʻining taklif qilinayotgan nomi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Texnik anketaning 4-bandida seleksiya yutugʻining tarixi, yetishtirish, yaratish, aniqlash metodi, chatishtirilgan yili, dastlabki (ota-ona) shakllari, qoʻllab-quvvatlash va koʻpaytirish xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Texnik anketaning 5-bandida seleksiya yutugʻi belgilarining roʻyxati belgilangan tartibda keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nav yoki zot belgilarining nomi, ularning ifodalanganlik darajasi va indeksi keltiriladi. Ushbu belgining ifodalanganlik darajasiga mos boʻlgan indeks tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Texnik anketaning 6-bandida oʻxshash seleksiya yutugʻining nomi va uni talabnoma berilgan seleksiya yutugʻidan farqlaydigan belgilar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻxshash seleksiya yutugʻi deb talabnoma topshirilgan sanagacha hammaga maʼlum boʻlgan maʼlumotlardan ayon boʻlgan xuddi shunday botanik yoki zoologik turkum/turga aytiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik anketaning 6(a)-bandida oʻxshash seleksiya yutugʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborot manbaining bibliografik maʼlumotlari keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Texnik anketaning 7(a)-bandida quyidagi maʼlumotlar keltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nav uchun — talabnoma berilgan nav chidamli boʻlgan zararkunandalar va kasalliklar nomlari, zotlar/shtammlar koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zot uchun — talabnoma berilgan zotni oziqlantirish darajasi, uni boqish va ishlatish boʻyicha alohida talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7(b)-bandda sinov oʻtkazishning alohida shart-sharoitlari (agar ular boʻlsa) (nav uchun — sugʻorish, oʻgʻit solish kabi) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7(v)-bandda nav yoki zotni xoʻjalik belgilarining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha tavsiflaydigan qoʻshimcha maʼlumotlar, mahsulot sifati, navning tezpisharligi, sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamliligi, zotning chorvachilik mahsulotlarining yangi sifatlarini taʼminlaydigan texnologik xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoki urgʻochilarning mahsuldorligi, oʻsish intensivligi, unumdorligi va boshqalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Talabnoma koʻp liniyali nav, zot yoki populyatsiyaga (oʻzini oʻzi changlatadigan va vegetativ koʻpayadigan oʻsimliklarga) berilganda ushbu nav yoki zotning barcha liniyalari tavsifga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Namunalarning fotosuratlari (umumiy koʻrinishi, olddan, chapdan, oʻngdan, orqadan, tepadan, pastdan koʻrinishlari) oʻsimlik navi yoki hayvon zotining belgilari toʻgʻrisida yetarlicha tasavvur berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tasvirlar aniq va yorqin boʻlishi kerak. Oʻsimlik navi yoki hayvon zotining alohida detallari yorugʻlik tushuvchi va boshqa tomonlarda aniq koʻrinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fotosuratlar bir tekis yorugʻlikda, seleksiya yutugʻiga aloqasi boʻlmagan buyumlarsiz, neytral fonda bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tasvirlar quyidagi tartibda raqamlanadi: umumiy koʻrinishi, yondan, orqa tomonidan koʻrinishi, boshqa koʻrinishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir koʻrinishdagi tasvirlar bitta raqam ostida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tasvirlarda tasvir raqami, seleksiya yutugʻining nomi, shuningdek, “umumiy koʻrinish”, “yondan koʻrinish”, “olddan koʻrinish”, “orqadan koʻrinish” kabi izohlar ketma-ket koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Oʻsimlik naviga topshirilgan talabnoma tarkibiga xoʻjalikda foydalanish fazasidagi normal rivojlangan oʻsimlikning va gullarning (gʻuncha, gul — tepadan, yondan, pastdan koʻrinishi), toʻpgulning, oʻsimlikning reproduktiv qismlarining (boshoq, soʻta, popuk, don, meva, reza meva, tugunak, ildizmeva va boshqalar) rangli fotosuratlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari quyidagi oʻsimliklar boʻyicha qoʻshimcha tasvirlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻoʻza boʻyicha — oʻsimlikning rangli tasviri, simpodial usulda shoxlaydigan navlar boʻyicha — ikkita namunali shoxning tasviri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tamaki va maxorka boʻyicha — normal rivojlangan oʻsimlikning toʻpguli va oʻrta qismidagi bargi bilan tasviri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp yillik mevali oʻsimliklar boʻyicha — butun daraxt yoki tup va uning alohida qismlarining (bir yillik koʻchat, meva beradigan organlar, novda, barg, shingillar, mevalar kabilar) tasviri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Hayvon zotlariga berilgan talabnomalar tarkibiga hayvonning tashqi koʻrinishi va shu zot uchun tipik boʻlgan xususiyatlarini taʼriflaydigan tasvirlar kiradi (nasldor hayvon, urgʻochi, jinsiy yetilgan yoshdagi chorva, qorakoʻlchilikda — qorakoʻl terilari, tut ipak qurtining gibridlari (zotlari) boʻyicha — pilla).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Talabnomada odob-axloq va ijtimoiy qoidalarga zid iboralar, chizmalar, rasmlar, fotosuratlar va boshqa materiallar, oʻzga shaxslarning mahsulotlari, shuningdek, talabnomalari va patentlariga nisbatan bayon qilingan oʻrinsiz fikrlar, seleksiya yutugʻiga taalluqli boʻlmagan yoxud talabnoma hujjatlarini mazkur Reglament talablariga muvofiq deb eʼtirof etish uchun zarur boʻlmagan maʼlumotlar va fikrlar boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnika anketada oʻxshash nav, zotning belgilarini taʼriflashda maʼlum seleksiya yutugʻining kamchiligini koʻrsatish yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan element deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Talabnoma materiallarida standartlashtirilgan atamalar va qisqartmalar, ular mavjud boʻlmagan hollarda esa ilmiy-texnik adabiyotda umumqabul qilingan atamalar va qisqartmalar qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnik adabiyotlarda keng qoʻllanilmaydigan atamalar va qisqartmalar ishlatilganda ularning maʼnosi matnda ilk bor foydalanilganda tushuntirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik anketada foydalanilgan barcha shartli belgilar ochib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik anketada yagona terminologiya talabiga rioya qilinadi, yaʼni aynan bir xil belgilar texnik anketa matnida bir xil nom bilan keltiriladi. Yagona terminologiya talabi fizik birliklarning oʻlchamlari va foydalaniladigan shartli belgilarga ham taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fizik kattaliklar amaldagi Xalqaro birliklar tizimining birliklarida ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Talabnomaning barcha materiallari bevosita reproduksiya qilinib, cheklanmagan miqdorda nusxa koʻchirish imkoniyati boʻlgan tarzda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Talabnomaning har bir hujjati alohida sahifadan boshlanadi. Hujjatlar A4 formatda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Talabnoma har bir hujjati bir-biriga bogʻliq boʻlmagan birdan boshlanadigan raqamga ega boʻladi. Sahifalarning raqamlari ikkinchi sahifadan boshlab arab raqamlari bilan qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Axborot manbalarining bibliografik maʼlumotlari ular boʻyicha axborot manbasini topish mumkin boʻlgan holda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Vakil orqali topshirilgan talabnomaga unga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma ilova qilinadi. Ishonchnoma oddiy yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtning oʻzida yoki talabnoma topshirilgan sanadan ikki oydan kechiktirilmay taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Hujjatlarni topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Davlat xizmatidan foydalanishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar Davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning maxsus axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezidentlar davlat xizmatidan foydalanish uchun axborot tizimi orqali vakolatli organga talabnoma topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma vakolatli organga pochta aloqasi orqali topshirilishi mumkin. Bunda talabnoma vakolatli organ tomonidan zudlik bilan axborot tizimiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Talabnoma topshirilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Axborot tizimi va YIDXP oʻrtasida axborot almashinuvi elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Arizani axborot tizimi yoki YIDXP orqali topshirishda ariza shakli toʻldirilgandan soʻng talabnoma beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, arizani tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilganda, ariza uning nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs nomidan ariza tashkilot rahbari yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani pochta aloqasi orqali topshirishda u imzolash yoʻli bilan tasdiqlanadi. Bunda tegishli maʼlumotlar qoʻshimcha varaqlarda keltirilganda, ularning har biri imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchilar ikki va undan ortiq boʻlganda, arizani talabnoma beruvchilardan birining tasdiqlashi yetarli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Davlat xizmatini koʻrsatishda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan miqdorda patent boji toʻlanadi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent boji yagona billing tizimi orqali elektron shaklda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Talabnoma beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek davlat xizmati koʻrsatish uchun patent bojini toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomani qabul qilishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Vakolatli organ talabnomani qabul qilib, roʻyxatga olgandan soʻng talabnoma beruvchiga talabnomaning qayd raqami, kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan xabarnomani tegishli ravishda axborot tizimi yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda yoxud pochta aloqasi boʻyicha yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Talabnoma boʻyicha ishlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materialda talabnoma raqami koʻrsatilishi shart. Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar koʻrib chiqilmasdan qaytarib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Talablarga javob bermaydigan materiallar topshirilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan tashkilotlar) tomonidan tuzatilgan va yetishmagan materiallarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Qonunning 20-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran ikki oy mobaynida talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutugʻining mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlar (keyingi oʻrinlarda — tuzatishlar) kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganda talabnoma boʻyicha tuzatishlar mazkur Reglamentning 59-bandida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin ham, lekin patent berish haqidagi qaror qabul qilingunga qadar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Patent boji toʻlanmaganda tegishli harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Toʻlangan patent boji belgilangan miqdorga mos boʻlmaganda, talabnoma beruvchi bojning yetishmagan qismini toʻlash haqidagi xabarnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida bojning yetishmagan qismini toʻlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Talabnoma materiallariga mazkur Reglamentning 66-bandida nazarda tutilgan oʻzgartirishlardan boshqa tuzatishlar talabnoma beruvchi tomonidan mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq ariza berish yoʻli orqali kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Talabnoma materiallaridagi yaqqol koʻrinib turgan va texnik xatolar seleksiya yutugʻi roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar toʻgʻirlanishi mumkin. Taklif qilingan tuzatishdan boshqacha boʻlishi mumkin emasligi soha mutaxassisi uchun umumiy bilimlardan maʼlum boʻlganda, tuzatish yaqqol koʻrinib turgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Tuzatishlar imloviy xatolarga, bibliografiya maʼlumotlarini koʻrsatishdagi xatoliklarga va boshqa shu kabi xatolarga oid boʻlganda tuzatish kiritish zarurligi almashtiriladigan sahifalarni taqdim etmasdan talabnoma beruvchining xatida bayon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Belgilangan talablarga rioya qilinmaganda, talabnoma beruvchi taqdim etilgan talabnoma materiallariga tuzatishlar kiritish lozimligi yoki tegishli sabablarni koʻrsatib talabnoma materiallariga tuzatish kiritish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi yozuvlar talabnoma beruvchi tomonidan ariza topshirish orqali kiritiladi. Arizada huquq oʻzga shaxsga oʻtkazilishi koʻrsatilganda, mazkur Reglamentning 17 va 20-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ariza bilan birga huquqni topshiruvchi va huquqni qabul qilib oluvchi tomonidan imzolangan huquq oʻtkazilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma mazkur Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shaklda taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan talablarga rioya qilinganda, talabnoma beruvchiga talabnoma materiallariga talabnoma beruvchining oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida qayd kiritilganligi haqida xabar beriladi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchiga talabnoma materiallariga oʻzgartirish kiritilgani toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan sana huquq yangi talabnoma beruvchiga oʻtgan sana deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan talablarga rioya qilinmaganda talabnoma beruvchi va huquqni qabul qilib oluvchiga taqdim etilgan hujjatlarga tuzatishlar kiritish zarurligi yoki talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini oʻzgartirish haqidagi qaydni kiritish mumkin emasligi toʻgʻrisida tegishli sabablar koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Patent olish huquqi boshqa shaxsga oʻtkazilishi natijasida talabnoma beruvchini oʻzgartirish yoki talabnoma beruvchining nomi (ismi) seleksiya yutugʻi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar amalga oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Qonunning 20-moddasi beshinchi qismiga muvofiq oʻtkazib yuborilgan muddatlar tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazib yuborilgan muddat ushbu muddat tugagan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilgan talabnoma beruvchining erkin shakldagi iltimosnomasiga koʻra belgilangan patent boji toʻlangan taqdirda tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazib yuborilgan muddat tiklangani toʻgʻrisida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Talabnoma bilan bogʻliq masalalar talabnoma beruvchi ishtirokida, qoida tariqasida, seleksiya yutugʻi boʻyicha ekspertiza tomonidan qoʻshimcha tushuntirishlar olish zarurati paydo boʻlgan holatda hamda seleksiya yutugʻining patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozitsiyasini aniqlash uchun koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalalarni talabnoma beruvchi ishtirokida tomonlar ular bilan tanishib chiqqandan soʻng ekspertiza taklifiga yoki talabnoma beruvchining iltimosiga binoan koʻrib chiqiladi. Ekspertizaning masalalari qoʻshimcha ravishda uchrashuvning maqsadga muvofiqligi xabar qilingan ekspertiza soʻrovnomasida, talabnoma beruvchining masalalari esa bunday koʻrib chiqishni oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza soʻrovnomasi yuborilganda masalalari beruvchi savollarni koʻrib chiqishda qatnashish niyatidan qatʼi nazar, soʻrovnomaga belgilangan muddatda javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Talabnoma beruvchi ishtirokida masalalarni koʻrib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Talabnoma beruvchi ishtirokida masalalar muzokaralar yoʻli bilan yoki ekspert kengashida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalalar bevosita ekspertiza va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilinishi mumkin boʻlganda, ular oʻrtasida muzokaralar olib boriladi. Muzokaralar Markaz yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotning tegishli tarkibiy boʻlinmasi rahbari yoki Markaz yoki ixtisoslashtirilgan tashkilot rahbari tayinlagan boshqa masʼul xodim ishtirokida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalalarni hal qilish uchun mutaxassislar ishtiroki talab qilinganda ekspert kengashi oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Muzokaralar yoki ekspert kengashi natijalari boʻyicha ikki nusxada bayonnoma tuziladi va unda qatnashchilar, tomonlar keltirgan dalil va takliflar haqidagi maʼlumotlar hamda keyingi ish yuritish haqida xulosalar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalalarni koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning barchasi bayonnomani imzolaydi. Bayonnomaning bir nusxasi talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchisi talabnoma beruvchiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Muhokama qilinayotgan masalalar boʻyicha bir xulosaga kelinmaganda, koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning alohida fikrlari bayonnomada qayd etiladi. Bayonnoma nusxasining talabnoma beruvchiga topshirilishi ish yuritish toʻxtatilgan toʻgʻrisidagi xabarnomaning (talabnoma chaqirib olinganda) yoki ekspertiza soʻrovnomasining oʻrnini bosishi mumkin (javob berishning belgilangan muddatlari buzilmaganda) va bu holat bayonnomada tegishli yozuv bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza erkin shaklda talabnomani koʻrib chiqishning istalgan bosqichida, lekin seleksiya yutugʻiga patent berish yoki berishni rad etish haqida qaror qabul qilingunga qadar topshirilishi mumkin. Talabnoma beruvchiga talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza inobatga olingan haqida xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Chaqirib olingan talabnoma boʻyicha yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi va kelgusida talabnoma beruvchining huquqlari ushbu talabnomaga asoslanishi mumkin boʻlmaydi (keyingi talabnomani topshirishda chaqirib olingan talabnoma kelib tushgan sana boʻyicha yoki ushbu talabnomaga qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana boʻyicha ustuvorlik soʻrash mumkin emas).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqirib olingan yoki chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma seleksiya yutugʻi boʻyicha kelib tushgan boshqa talabnomalarni ekspertizadan oʻtkazish jarayonida ularning yangiligini aniqlashda hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Talabnomani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Talabnomaga axborot tizimida avtomatik ravishda ikki harfli va toʻqqiz xonali roʻyxat raqami beriladi, bunda harflar (OʻN) — oʻsimlik navini, (HZ) — hayvon zotini, talabnoma raqamidagi dastlabki toʻrtta son — talabnoma topshirilgan yilni, keyingi beshta son — shu yildagi har yili birdan boshlanadigan tartib raqamini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Talabnoma materiallari vakolatli organga kelib tushgan sanadan eʼtiboran u haqidagi maʼlumotlar rasman eʼlon qilingunga qadar konfidensial hisoblanadi va talabnoma beruvchining roziligisiz maʼlum qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Seleksiya yutugʻining davlat ekspertizasi talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazish va seleksiya yutugʻi yangilik ekanligini ekspertiza qilishdan hamda farqlanish, turdoshlik va barqarorlikni aniqlash maqsadida sinovdan oʻtkazishdan iborat patentga layoqatlilik ekspertizasini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur Reglamentda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, rasmiy ekspertiza bosqichidagi talabnoma boʻyicha yozishmalar Markaz, patentga layoqatlilik ekspertizasi bosqichidagi talabnoma boʻyicha yozishmalar ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Rasmiy ekspertizaning vazifasi talabnoma materiallari tarkibi, zarur hujjatlar mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdan iborat boʻlib, Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Rasmiy ekspertiza natijalari boʻyicha talabnoma beruvchiga Markazning talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilingan yoki koʻrib chiqish uchun qabul qilish rad etilgani haqidagi qarori yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Rasmiy ekspertiza talabnoma axborot tizimida qabul qilingan sanadan boshlab ikki oy oʻtgandan soʻng bir oy davomida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra rasmiy ekspertiza belgilangan muddat oʻtmasdan oldin boshlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabnoma beruvchi iltimosnoma berilgan paytdan boshlab talabnoma materiallariga belgilangan miqdorda qoʻshimcha patent boji toʻlamasdan oʻz tashabbusiga koʻra tuzatishlar kiritish imkoniyatidan mahrum boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchining rasmiy ekspertizani belgilangan muddat oʻtmasdan oldin boshlash haqidagi iltimosnomasi chaqirib olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Rasmiy ekspertiza oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya yutugʻining Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan zoologik turkum va turlarga mansubligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma tarkibida boʻlishi yoki unga ilova qilinishi lozim boʻlgan materiallarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma boʻyicha ustuvorlik soʻralishining asoslangani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Talabnoma hujjatlari boshqa tilda berilganda talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizani muddatdan ilgari boshlash haqidagi iltimosnoma boʻlganda, talabnoma beruvchi talabnoma hujjatlarining tarjimasi olinmagunga qadar rasmiy ekspertizani oʻtkazish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlanganda talabnoma beruvchi patent bojining yetishmayotgan qismini toʻlash zarurligi, aks holda yuridik ahamiyatga ega xatti-harakatlar amalga oshirilmasligi haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazishda talabnoma hujjatlari talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgani aniqlanganda, talabnoma beruvchiga kamchiliklar koʻrsatilgan va huquqiy asoslar keltirilgan soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Reglamentning 11-bandida nazarda tutilgan hujjatlardan birontasining talabnomada mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa tilda topshirilgan materiallarning tarjimasi mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent boji toʻgʻri toʻlangani bilan bogʻliq masalalarni aniqlash zarurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlardan bevosita nusxa koʻchirish, ularni eʼlon qilish va saqlashga toʻsqinlik qiladigan yoki manfaatdor shaxslarga ular bilan tanishish imkoniyatini bermaydigan rasmiylashtirishdagi kamchiliklarning aniqlangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma materiallaridagi maʼlumotlarning bir-biriga mos emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik anketada mazkur Reglamentning 28 va 36-bandlarida hamda 3 va 4-ilovalarida nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlarning mavjud emasligi (agar tegishli boʻlimda bayon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar boshqa boʻlimda keltirilgan boʻlsa, bu holda soʻrovnoma yuborilmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya yutugʻining nomi mazkur Reglamentning 24 va 26-bandlarida belgilangan talablarga mos emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomada soʻralayotgan oldinroq ustuvorlikni belgilash bilan bogʻliq masalalarni aniqlash zarurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patentga layoqatlilikga nisbatan oʻtkaziladigan ekspertizasiz aniqlanadigan talabnoma hujjatlarga qoʻyilgan boshqa talablar buzilishi holatlarining mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Talabnoma beruvchi soʻralgan materiallarni yoki ularni topshirish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnomani mazkur Reglamentning 106-bandida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda belgilangan muddatda taqdim etmaganda, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Bunday holatda talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Rasmiy ekspertiza natijasida talabnoma Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinmaydigan zoologik turkum va turga nisbatan berilgani aniqlansa, talabnoma materiallari koʻrib chiqilmaydi. Bunday holatda talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi va talabnoma beruvchi bu haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Talabnoma tarkibida barcha zarur hujjatlar mavjud boʻlib, ularga nisbatan mazkur Reglamentda belgilangan talablarga rioya qilingan boʻlsa, talabnoma beruvchiga talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilingani va uning yangilik ekanligini ekspertiza qilish uchun patent boji toʻlangani lozimligi toʻgʻrisida qaror yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Talabnomada seleksiya yutugʻining ustuvorligi Qonunning 18-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlariga binoan soʻralmayotgan boʻlsa, uning ustuvorligi talabnomaning vakolatli organga kelib tushgan sanasi boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hujjatlar bir vaqtda topshirilmaganda ustuvorlik oxirgi topshirilgan hujjat kelib tushgan sana boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Seleksiya yutugʻining ustuvorligi talabnoma beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi seleksiya yutuqlarining huquqiy muhofazasi toʻgʻrisida shartnoma tuzgan boshqa davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning topshirilish sanasi boʻyicha belgilanishi mumkin. Bunda Qonunning 18-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan talablarga rioya qilingan va talabnoma beruvchi tomonidan soʻralayotgan ustuvorlikni tasdiqlaydigan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Birinchi talabnoma boʻyicha ustuvorlik soʻralganda quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma beruvchi tomonidan boshqa davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusxasi mavjudligi. Ushbu nusxa talabnoma vakolatli organga kelib tushgan sanadan keyin taqdim etilgan boʻlsa, talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma nusxasi taqdim etilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch oy muddatga rioya qilinganligi (agar birinchi talabnomalar bir nechta boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan shartlar har bir talabnomaning nusxasiga nisbatan amal qiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma beruvchi tomonidan birinchi talabnoma topshirilgan sanadan boshlab oʻn ikki oy muddatga rioya qilgani (ushbu muddat mobaynida ustuvorlik soʻralgan talabnoma vakolatli organga kelib tushishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya yutugʻi nomi va talabnoma berilayotgan seleksiya yutugʻi belgilarining birinchi talabnomadagi seleksiya yutugʻi nomi va belgilariga mosligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Ustuvorlikni belgilashda yuzaga keladigan masalalar ekspertizani oʻtkazishga toʻsqinlik qilmaganda, ularga talabnomani koʻrib chiqish bilan bogʻliq boshqa masalalar bilan bir paytda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Mazkur Reglamentning 92 va 93-bandlarida koʻrsatilgan talablarga rioya qilinganda seleksiya yutugʻiga nisbatan soʻralayotgan ustuvorlik belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Mazkur Reglamentning 92 va 93-bandlarida koʻrsatilgan talablardan loaqal bittasiga rioya qilinmagani aniqlanganda, soʻralayotgan ustuvorlikni belgilash rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Qonunning 4-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq talabnoma berilgan seleksiya yutugʻining patentga layoqatlilik ekspertizasi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patentga layoqatlilik ekspertizasi seleksiya yutugʻining yangiligini ekspertiza qilishdan va farqlanish, turdoshlik va barqarorlikka sinovlardan oʻtkazishdan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Seleksiya yutugʻining yangiligini ekspertiza qilish belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seleksiya yutugʻining yangiligini ekspertiza qilish uchun patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlanganda talabnoma beruvchi patent boji summasini belgilangan miqdorga yetkazish zarurligi, aks holda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Qonunning 22-moddasi birinchi qismiga muvofiq seleksiya yutugʻining yangiligi ekspertizasi ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan mavjud hujjatlar va dalil-isbotlar asosida, shu jumladan, oʻz tashabbusi bilan olingan axborotlar asosida oʻtkaziladi. Seleksiya yutugʻining yangiligi ekspertizasi bir oy muddatda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan tashkilot Markazga talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutugʻining yangilik mezoniga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz talabnoma beruvchini yangilikka ekspertiza natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganda talabnoma berilgan seleksiya yutugʻining farqlanish, turdoshlik va barqarorlikka tekshiruvlardan iborat sinovlari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farqlanish, turdoshlik va barqarorlikka oʻtkaziladigan sinov uchun belgilangan miqdordan kam patent boji toʻlangan boʻlsa, talabnoma beruvchi patent boji summasini belgilangan miqdorga yetkazish zarurligi, aks holda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Qonunning 23-moddasiga muvofiq talabnoma berilgan seleksiya yutugʻining sinovlari ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan belgilangan uslub va muddatlarda roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat nav sinash stansiyalari va uchastkalarida hamda boshqa tashkilotlarda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seleksiya yutugʻining sinovlarini oʻtkazish muddatlari nav va zot xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi, biroq toʻrt yildan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi sinov oʻtkazish uchun kerakli miqdordagi urugʻlik, koʻchat yoki nasl mahsulotlarini ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan koʻrsatilgan manzilga belgilangan muddatda taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan tashkilot talabnoma beruvchi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning vakolatli organlari tomonidan taqdim etilgan sinov natijalaridan foydalanishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Qonunning 23-moddasi beshinchi qismiga muvofiq ixtisoslashtirilgan tashkilot sinov natijalariga koʻra seleksiya yutugʻining patentga layoqatlilik mezonlariga mosligi toʻgʻrisida xulosa chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Seleksiya yutugʻining patentga layoqatlilik mezonlariga, nomining esa belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanganda ixtisoslashtirilgan tashkilot patentga layoqatlilik mezonlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi va seleksiya yutugʻining rasmiy tavsifini Markazga yuboradi. Markaz, oʻz navbatida, ixtisoslashtirilgan tashkilotning xulosasi asosida oʻsimliklar navi yoki hayvonlar zotiga patent berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Belgilangan patent boji toʻlanganda vakolatli organ seleksiya yutugʻini mazkur Reglamentga 7 va 8-ilovalarga muvofiq shakldagi Oʻsimlik navlari davlat reyestri hamda Hayvon zotlari davlat reyestrida avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkazadi. Bunda seleksiya yutugʻiga berilgan patent va unga ilova elektron shaklda axborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seleksiya yutugʻi roʻyxatga olingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchining xohishiga koʻra seleksiya yutugʻiga berilgan patent va uniga ilova pochta aloqasi orqali koʻrsatilgan manzilga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Seleksiya yutugʻining patentga layoqatlilik mezonlaridan loaqal bittasiga muvofiq emasligi aniqlanganda, ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan uning farqlanish, turdoshlik, barqarorlik mezonlariga javob bermasligi toʻgʻrisida tegishli asoslar keltirilgan xulosasi yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz ixtisoslashtirilgan tashkilotning xulosasi asosida oʻsimliklar navi yoki hayvonlar zotiga patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va uni ixtisoslashtirilgan tashkilotning seleksiya yutugʻining farqlanish, turdoshlik, barqarorlik mezonlariga javob bermasligi toʻgʻrisidagi xulosasi ilova qilingan holda talabnoma beruvchiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Qonunning 20-moddasiga muvofiq ekspertiza soʻrovnomasiga talabnoma beruvchi tomonidan javob uch oy ichida taqdim etiladi. Ushbu muddat ichida soʻralgan materiallarni taqdim etish imkoniyati boʻlmaganda, talabnoma beruvchining erkin shakldagi iltimosnomasiga koʻra javob berish olti oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma taqdim etilganda belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi. Muddat uzaytirilganligi haqida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Talabnoma beruvchiga davlat ekspertizasi soʻrovnomasi yuborilganda tegishli ekspertiza muddati toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Ekspertiza soʻrovnomasiga belgilangan muddatda toʻliq javob berilmaganda, yoki javobni topshirish muddatini uzaytirish shartlariga rioya etilmaganda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Ekspertizaning soʻrovnomasiga javob xatini taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatlari talabnoma beruvchining erkin shakldagi iltimosnomasiga koʻra tiklanishi mumkin. Iltimosnoma talabnoma chaqirib olingan sanadan boshlab olti oy ichida topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma bilan birgalikda ekspertiza soʻrovnomasiga toʻliq javob xati taqdim etiladi va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi. Muddatlar tiklanganligi haqida uch ish kuni ichida talabnoma beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Talabnoma beruvchi talabnomaga aloqador ish yuritish bilan axborot tizimi orqali tanishishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Soʻrovnoma, xabarnoma, davlat ekspertizasi qarorlari va seleksiya yutuqlariga beriladigan patent QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyish bilan tasdiqlanib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Davlat ekspertizasi qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga belgilangan tartibda apellyatsiya berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seleksiya yutugʻiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Seleksiya yutugʻiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabnoma beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazi, Adliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) axborot tizimi yoki YIDXP orqali yoxud pochta aloqasi boʻyicha talabnoma topshiradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Talabnoma beruvchi

Talabnoma topshirish uchun patent bojini toʻlaydi.

Talabnoma topshirish bilan bir vaqtda

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Talabnomani qabul qiladi.

2. Talabnomaning qayd raqami va kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan xabarnomani tegishli ravishda vakolatli organning axborot tizimi yoki YIDXP orqali talabnoma beruvchiga yuboradi.

Patent boji toʻlangandan soʻng avtomatik tarzda

4-bosqich

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi

(keyingi oʻrinlarda — Markaz)

1. Talabnomaning rasmiy ekspertizasini oʻtkazadi.

2. Talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilingani toʻgʻrisidagi qarorni talabnoma beruvchiga yuboradi.

Talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab 2 oydan soʻng 1 oy davomida

5-bosqich

Talabnoma beruvchi

Talabnomaning yangilik ekspertizasini amalga oshirish uchun patent bojini toʻlaydi.

Talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilingani toʻgʻrisidagi qaror sanasidan boshlab 3 oy ichida

6-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi yoki Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan tashkilotlar)

1. Talabnomaning yangilik ekspertizasini oʻtkazadi.

2. Ekspertiza natijasi boʻyicha xulosani Markazga yuboradi.

Patent boji toʻlangandan soʻng 1 oy ichida

7-bosqich

Markaz

Talabnoma beruvchini seleksiya yutugʻining yangilik mezoniga muvofiqligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.

Xulosa olingandan soʻng darhol

8-bosqich

Talabnoma beruvchi

Farqlanish, turdoshlik va barqarorlik sinovlarini oʻtkazish uchun patent bojini toʻlaydi.

Xabarnoma yuborilganidan soʻng 3 oy ichida

9-bosqich

Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar

Farqlanish, turdoshlik va barqarorlik sinovlarini oʻtkazadi va sinov natijalari toʻgʻrisidagi xulosani Markazga yuboradi.

Patent boji toʻlanganidan soʻng nav va zot xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadigan muddatlarda, biroq 4 yildan oshmagan muddatlarda

10-bosqich

Markaz

Patent berish yoki patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va talabnoma beruvchiga yuboradi.

Xulosa olingandan soʻng darhol

11-bosqich

Talabnoma beruvchi

Seleksiya yutugʻini roʻyxatdan oʻtkazish, maʼlumotlarni eʼlon qilish, patent berish va patentning amal qilish muddati uchun patent bojini toʻlaydi.

Xabarnoma yuborilgandan soʻng 3 oy ichida

12-bosqich

Vakolatli organ

Seleksiya yutugʻini roʻyxatdan oʻtkazadi, patent berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi va muhofaza hujjatini yuboradi.

Patent boji toʻlangandan soʻng avtomatik tarzda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seleksiya yutugʻiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Seleksiya yutugʻiga patent berish haqidagi

ARIZA

(22) Kelib tushgan sana

____________________________

(21) Talabnomaning qayd raqami

______________________________

Oʻsimliklar navi yoki hayvonlar zotiga patent berish haqidagi

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

(71) Talabnoma beruvchi(lar):

___________________________________________

STIR yoki JSHSHIR (rezidentlar uchun):

___________________________________________

BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa):

_____________________________________ nomi ostida topshirilgan seleksiya yutugʻining ustuvorligini birinchi talabnomaning topshirish sanasi boʻyicha belgilashingizni soʻrayman.

(31) Birinchi talabnomaning qayd raqami

(32) Soʻralayotgan ustuvorlik sanasi

(33) Mamlakat kodi

(54) a) turkum/tur ________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

(lotincha)

b) Taklif qilinayotgan nom ________________________________________________________________

(74) Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomi, roʻyxat raqami)

Telefon:

E-mail:

Patent vakilining joylashgan joyi (pochta manzili)

(98) Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining pochta manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomi)

Telefon:

E-mail:

Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati:

Sahifalar soni

nav, zot tavsifi (texnikaviy anketasi)

namunalarning fotosuratlari

talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazilgan sinovlar haqidagi hujjatlar

patent vakili yoki ishonchli shaxsning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma

patent bojini toʻlashdan ozod etilganlik uchun asos yoki boj miqdorini kamaytirish uchun asos

talabnomaning tarjimasi

boshqa hujjatlar

(72) Muallif

(F.I.O. rezidentlar uchun ish joyi, lavozimi va ilmiy darajasi koʻrsatiladi)

Turar joy manzili, BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa)

JSHSHIR (rezidentlar uchun)

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

QR-kod

__________________________________________________________

__________________________________________________________

talabnoma beruvchi yoki vakil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seleksiya yutugʻiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Talabnoma raqami _________________________

OʻSIMLIK NAVI TEXNIK ANKETASI

1. Talabnoma beruvchi ______________________________________________________________________

2. Tur nomi _______________________________________________________________________________

(oʻzbek tilida)

_________________________________________________________________________________________

(lotin tilida)

3. Taklif qilinayotgan nom _________________________________________________________________

4. Oʻsimlik navining kelib chiqishi, yetishtirish, yaratish, aniqlash metodi, chatishtirilgan yili, dastlabki (ota-ona) shakllari, qoʻllab-quvvatlash va koʻpaytirish xususiyatlari, seleksiya raqami

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

5. Oʻsimlik navining belgilari

T/r
Belgi
Ifodalanganlik darajasi

Indeks

6. Oʻxshash oʻsimlik navining nomi va uni talabnoma berilgan navdan farqlaydigan belgilar:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(navning nomi)

Belgining tartib raqami

Belgi

6a. Axborot manbaining bibliografik maʼlumotlari

_________________________________________________________________________________________

7. Qoʻshimcha maʼlumotlar:

_________________________________________________________________________________________

7a. Nav chidamli boʻlgan zararkunandalar va kasalliklar nomlari, zotlar/shtammlar:

_________________________________________________________________________________________

7b. Navning farqlanish, turdoshlik va barqarorlikka sinovlarining alohida shartlari:

_________________________________________________________________________________________

7v. Boshqa maʼlumotlar:

_________________________________________________________________________________________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seleksiya yutugʻiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Talabnoma raqami _________________________

HAYVON ZOTINING TEXNIK ANKETASI

1. Talabnoma beruvchi ______________________________________________________________________

2. Zoologik turkum/tur nomi

_________________________________________________________________________________________

(oʻzbek tilida)

_________________________________________________________________________________________

(lotin tilida)

2a. Zotning toifasi:

_________________________________________________________________________________________

2b. Mahsuldorlik yoʻnalishi:

_________________________________________________________________________________________

3. Taklif qilinayotgan nom

_________________________________________________________________________________________

4. Zot tarixi, yetishtirish, yaratish, aniqlash metodi, chatishtirilgan yili, dastlabki (ota-ona) shakllari, qoʻllab-quvvatlash va koʻpaytirish xususiyatlari, seleksiya raqami

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

5. Zotning belgilari

T/r

Belgi
Ifodalanganlik darajasi

Indeks

6. Oʻxshash zotning nomi va uni talabnoma berilgan zotdan farqlaydigan belgilar:

_________________________________________________________________________________________

(zotning nomi)

Belgining tartib raqami

Belgi

6a. Axborot manbaining bibliografik maʼlumotlari

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

7. Qoʻshimcha maʼlumotlar: __________________________________________________________________

7a. Oziqlantirish darajasi, uni boqish va ishlatish boʻyicha alohida talablar:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

7b. Zotning farqlanish, turdoshlik va barqarorlikka sinovlarining alohida shartlari:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

7v. Boshqa maʼlumotlar:

_________________________________________________________________________________________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seleksiya yutugʻiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Talabnomaga qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida

ARIZA

Kelib tushgan sanasi

__________________

Qayd raqami

_______________

Talabnomaga qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Talabnomaning qayd raqami

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

Mazkur arizani taqdim etgan holda talabnoma materiallariga quyidagi tuzatish, aniqlik va toʻldirishlar kiritishingizni soʻrayman:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Tuzatish, aniqlik va toʻldirishlar kiritilgan maʼlumotlar:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Arizaga ilovalar:

QR-kod

___________________________________________________________

___________________________________________________________

talabnoma beruvchi yoki vakil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seleksiya yutugʻiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA

Seleksiya yutugʻiga patent berish haqidagi talabnomaga huquqni topshirish

DALOLATNOMASI

Seleksiya yutugʻiga patent berish haqidagi talabnomaga huquqni topshirish

DALOLATNOMASI

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Talabnomaning qayd raqami

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

Quyida huquq topshirayotgan shaxs huquqni oluvchi shaxsga seleksiya yutugʻiga patent berish haqidagi talabnomaga boʻlgan huquqni imzolagan holda topshiradi.

Huquqni topshirayotgan shaxs:

STIR yoki JSHSHIR (rezidentlar uchun):

_________________________________________________________________________________________

BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa):

_________________________________________________________________________________________

Nomi (ismi): _____________________________________________________________________________

Pochta manzili: ___________________________________________________________________________

Telefon:__________________________________________________________

Huquqni qabul qilib oluvchi shaxs:

STIR yoki JSHSHIR (rezidentlar uchun):

________________________________________________________________________________________

BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa):

________________________________________________________________________________________

Nomi (ismi): ____________________________________________________________________________

Pochta manzili:

________________________________________________________________________________________

Telefon: __________________________

Huquqni topshirayotgan shaxs imzosi

Huquqni qabul qilib oluvchi shaxs imzosi*

_________________________________

_________________________________

_________________________________

_________________________________

Imzolangan sana

Imzolangan sana

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Yuridik shaxs nomidan tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi va ismi koʻrsatilgan holda imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seleksiya yutugʻiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
7-ILOVA

Oʻsimlik navlari

DAVLAT REYESTRI

(11)

Patent raqami

(12)

Hujjat turining soʻzli shakli

(15)

Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana

(18)

Patent amal qilish muddatining tugashi

(19)

Nashr qilayotgan davlatning kodi

(21)

Talabnomaning qayd raqami

(22)

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

(23)

Boshqa sanalar, shu jumladan, oldin topshirilgan talabnomaga qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana

(31)

Ustuvorlik soʻralgan talabnomaning qayd raqami

(32)

Ustuvorlik soʻralgan talabnomaning kelib tushgan sanasi

(33)

Birinchi talabnoma topshirilgan mamlakat kodi

(45)

Eʼlon qilingan sana va rasmiy axborotnoma raqami

(54)

Oʻsimlik navining nomi

(57)

Seleksiya yutugʻining belgilari

(71)

Talabnoma topshiruvchilarning ismi (nomi)

(72)

Muallif

(73)

Huquq egasi

(74)

Vakil

(98)

Yozishmalar uchun manzil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur reyestrda ishlatilayotgan kodlar Butunjahon intellektual mulk tashkilotining standartlari bilan belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seleksiya yutugʻiga patent berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Hayvon zotlari

DAVLAT REYESTRI

(11)

Patent raqami

(12)

Hujjat turining soʻzli shakli

(15)

Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana

(18)

Patent amal qilish muddatining tugashi

(19)

Nashr qilayotgan davlatning kodi

(21)

Talabnomaning qayd raqami

(22)

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

(23)

Boshqa sanalar, shu jumladan, oldin topshirilgan talabnomaga qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana

(31)

Ustuvorlik soʻralgan talabnomaning qayd raqami

(32)

Ustuvorlik soʻralgan talabnomaning kelib tushgan sanasi

(33)

Birinchi talabnoma topshirilgan mamlakat kodi

(45)

Eʼlon qilingan sana va rasmiy axborotnoma raqami

(54)

Hayvon zotining nomi

(57)

Seleksiya yutugʻining belgilari

(71)

Talabnoma topshiruvchilarning ismi (nomi)

(72)

Muallif

(73)

Huquq egasi

(74)

Vakil

(98)

Yozishmalar uchun manzil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur reyestrda ishlatilayotgan kodlar Butunjahon intellektual mulk tashkilotining standartlari bilan belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 297-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlariga oid patentlarni oʻz kuchida saqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi va “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq intellektual mulk obyektlariga oid patentlarni oʻz kuchida saqlash boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xizmati vakolatli organ tomonidan quyidagi intellektual mulk obyektlariga oid patentlarni oʻz kuchida saqlash boʻyicha koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro;

foydali model;

sanoat namunasi;

seleksiya yutugʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi

5. Intellektual mulk obyektiga oid patentni oʻz kuchida saqlash toʻgʻrisidagi ariza intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquq egasi hisoblangan yuridik va jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) tomonidan bevosita yoki oʻz vakili (patent vakili yoki ishonchli shaxs) orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ixtiro patentini oʻz kuchida saqlash patentning amal qilish muddati uchinchi yilidan boshlab har yili joriy yilning oxirgi uch oyi davomida (patentning amal qilish muddati tugagunga qadar) beriladigan arizaga muvofiq kelgusi yil uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Foydali model patentini oʻz kuchida saqlash patentning amal qilish muddati birinchi yilidan boshlab har yili joriy yilning oxirgi uch oyi davomida (patentning amal qilish muddati tugagunga qadar) beriladigan arizaga muvofiq kelgusi yil uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sanoat namunasi patentini oʻz kuchida saqlash patentning amal qilish muddati uchinchi yilidan boshlab har yili joriy yilning oxirgi uch oyi davomida (patentning amal qilish muddati tugagunga qadar) beriladigan arizaga muvofiq kelgusi yil uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Seleksiya yutugʻi patentini oʻz kuchida saqlash patentning amal qilish muddati birinchi yilidan boshlab har yili joriy yilning oxirgi uch oyi davomida (patentning amal qilish muddati tugagunga qadar) beriladigan arizaga muvofiq kelgusi yil uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ixtiro va sanoat namunasi patentini patent amal qilish muddatining toʻrtinchi yiliga qadar oʻz kuchida saqlash, foydali model va seleksiya yutugʻi patentini patent amal qilish muddatining ikkinchi yiliga qadar oʻz kuchida saqlash ushbu obyektlarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bir vaqtda vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Intellektual mulk obyektiga oid patentni oʻz kuchida saqlash toʻgʻrisidagi ariza mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza bitta intellektual mulk obyektiga tegishli boʻlishi va unda xorijiy ismlar va nomlarning transliteratsiyasi keltirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vakil orqali berilgan arizaga vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma ilova qilinadi. Ishonchnoma oddiy yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnoma ariza bilan bir vaqtda taqdim etiladi.

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda ariza vakolatli organda roʻyxatga olingan patent vakili orqali beriladi.

13. Davlat xizmatidan foydalanishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar — Davlat xizmatlari markazi, vakolatli organning maxsus axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezidentlar — axborot tizimi orqali vakolatli organga ariza beradi.

Ariza berilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

14. Arizani axborot tizimi yoki YIDXP orqali berishda ariza shakli toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, arizani tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilganda, ariza uning nomidan Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs nomidan ariza tashkilot rahbari yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat xizmatini koʻrsatishda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan miqdorda patent boji toʻlanadi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent boji toʻlovi Yagona billing tizimi orqali elektron shaklda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek, davlat xizmatini koʻrsatish uchun patent bojini toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.

17. Ariza vakolatli organning axborot tizimi tomonidan avtomatik tarzda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza tasdiqlanib, belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganda, axborot tizimi mustaqil tarzda patentni oʻz kuchida saqlashni amalga oshiradi va bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli davlat reyestriga kiritadi hamda ariza beruvchining axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishonchli vakil orqali berilgan arizalar qoʻshimcha ravishda ishonchnomaning belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilgani yuzasidan vakolatli organ tomonidan uch ish kuni ichida tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruv davomida ishonchnoma belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgani aniqlanganda, ariza beruvchiga soʻrovnoma yuboriladi.

Soʻrovnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida ariza beruvchi koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi lozim.

Ariza beruvchiga soʻrovnoma yuborilganda arizani koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomaga belgilangan muddatda toʻliq javob taqdim etilmaganda, ariza chaqirib olingan deb hisoblanadi.

Ishonchnoma belgilangan talablarga muvofiq boʻlganda patentni oʻz kuchida saqlash amalga oshiriladi va bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli davlat reyestriga kiritiladi hamda ariza beruvchining axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar

19. Ariza beruvchi arizaga aloqador ish yuritish bilan axborot tizimi orqali tanishib chiqishi mumkin.

20. Vakolatli organning patentni oʻz kuchida saqlashni rad etish boʻyicha harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.

Intellektual mulk obyektlariga oid patentlarni oʻz kuchida saqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Intellektual mulk obyektlariga oid patentlarni oʻz kuchida saqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazi, Adliya vazirligining (vakolatli organ) axborot tizimi yoki YIDXP orqali ariza beradi.

Zarurat yuzaga kelganda

2-bosqich

Ariza beruvchi

Intellektual mulk obyektiga oid patentni oʻz kuchida saqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish uchun patent bojini toʻlaydi.

Ariza berish bilan bir vaqtda

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Arizani qabul qiladi.

2. Intellektual mulk obyektiga oid patentni oʻz kuchida saqlashni amalga oshiradi va bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli davlat reyestriga kiritadi.

3. Intellektual mulk obyektiga oid patent oʻz kuchida ekani toʻgʻrisidagi xabarnomani axborot tizimi orqali ariza beruvchiga yuboradi.

Patent boji toʻlangandan soʻng avtomatik tarzda

(vakil orqali berilgan arizalar uch ish kuni ichida)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlariga oid patentlarni oʻz kuchida saqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Intellektual mulk obyektiga oid patentni oʻz kuchida saqlash toʻgʻrisida

ARIZA

Arizaning kelib tushgan sanasi:

_________________________________________

(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda toʻldiriladi)

Arizaning qayd raqami:

_________________________________________

(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda toʻldiriladi)

Intellektual mulk obyektiga oid patentni oʻz kuchida saqlash toʻgʻrisida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Ariza beruvchi:

___________________________________________________________

___________________________________________________________

___________________________________________________________

(yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari boʻyicha toʻliq nomi, joylashgan joyi yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. hamda yashash joyi manzillari koʻrsatiladi)

Telefon: ____________________________________

STIR yoki JSHSHIR (rezidentlar uchun):

___________________________

BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi

(agar u oʻrnatilgan boʻlsa):

___________________________

Intellektual mulk obyekti turi

Muhofaza hujjatining raqami

• ixtiro

• foydali model

• sanoat namunasi

• seleksiya yutugʻi

___________________________________________

• Oʻz kuchida saqlash soʻralgan muddat

____________ dan ____________ gacha

(bir yil)

___________________________________________________________

___________________________________________________________

___________________________________________________________

ariza beruvchi yoki vakil

QR-kod

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 297-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlarining dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy muhofazasi toʻgʻrisida”gi, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi, “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi, “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi va “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlarining dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Reglament vakolatli organning maxsus axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali QR-kod bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda berilgan muhofaza hujjatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmati vakolatli organ tomonidan quyidagi intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlarining dublikatini berish boʻyicha koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali model;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya yutugʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geografik koʻrsatkich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar kelib chiqqan joy nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlari hamda uning dublikati bir xil yuridik kuchga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatining dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquq egasi hisoblangan yuridik va jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) tomonidan bevosita yoki oʻz vakili (patent vakili yoki ishonchli shaxs) orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Intellektual mulk obyektiga oid muhofaza hujjatining dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vakil orqali berilgan arizaga vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma ilova qilinadi. Ishonchnoma oddiy yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnoma ariza bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda ariza vakolatli organda roʻyxatga olingan patent vakili orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat xizmatidan foydalanishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar — Davlat xizmatlari markazi, axborot tizimi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezidentlar — axborot tizimi orqali vakolatli organga ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza berilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Arizani axborot tizimi yoki YIDXP orqali berishda ariza shakli toʻldirilganidan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, arizani tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilganda, ariza uning nomidan Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs nomidan ariza tashkilot rahbari yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat xizmatini koʻrsatishda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻimni toʻlash va uning toʻlangani Yagona billing tizimi orqali elektron shaklda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun undirilgan yigʻim quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (yigʻim toʻlangani Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablagʻlar — Adliya vazirligining Intellektual mulkni rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga;

b) axborot tizimi orqali murojaat etilganda:

v) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlangani Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — Adliya vazirligining Intellektual mulkni rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek, davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatli organ arizani qabul qilib, roʻyxatga olgandan soʻng ariza beruvchiga arizaning qayd raqami va kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan xabarnomani tegishli ravishda axborot tizimi yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza vakolatli organga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqish davomida tegishli davlat reyestrlarida muhofaza hujjatlariga oid yozuvlarning mavjudligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli vakil orqali berilgan arizalar qoʻshimcha ravishda ishonchnomaning belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilgani yuzasidan vakolatli organ tomonidan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruv davomida ishonchnoma belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgani aniqlanganda, ariza beruvchiga soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida ariza beruvchi koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchiga soʻrovnoma yuborilganda, arizani koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomaga belgilangan muddatda toʻliq javob taqdim etilmaganda, ariza chaqirib olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat reyestrlarida muhofaza hujjatlariga oid tegishli yozuvlar mavjudligi aniqlanmagan taqdirda, vakolatli organ tomonidan muhofaza hujjati dublikatini berish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat reyestrlarida muhofaza hujjatlariga oid tegishli yozuvlar mavjudligi aniqlanganda, vakolatli organ tomonidan muhofaza hujjati dublikati shakllantiriladi hamda QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda ariza beruvchining axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza hujjatlari dublikatlarining shakli va ularda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ariza beruvchi arizaga aloqador ish yuritish bilan axborot tizimi orqali tanishib chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vakolatli organning intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlarining dublikatini berishni rad etish boʻyicha harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlarining dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlarining dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazi, Adliya vazirligining (vakolatli organ) axborot tizimi yoki YIDXP orqali ariza beradi.

Zarurat yuzaga kelganda

2-bosqich

Ariza beruvchi

Intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlarining dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlaydi.

Ariza berish bilan bir vaqtda

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Arizani qabul qiladi.

2. Intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlarining dublikatini shakllantiradi.

3. Muhofaza hujjati dublikatini elektron shaklda ariza beruvchining axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Ariza qabul qilingandan soʻng uch ish kuni ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlarining dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatining dublikatini berish toʻgʻrisidagi

ARIZA

Arizaning kelib tushgan sanasi:

__________________________________________

(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda toʻldiriladi)

Arizaning qayd raqami:

__________________________________________

(vakolatli organ tomonidan avtomatik tarzda toʻldiriladi)

Intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatining dublikatini berish toʻgʻrisida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Ariza beruvchi:

___________________________________________________________

___________________________________________________________

___________________________________________________________

___________________________________________________________

(yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari boʻyicha toʻliq nomi, joylashgan joyi yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. hamda yashash joyi manzillari koʻrsatiladi)

Telefon:______________________________________________

STIR yoki JSHSHIR

(rezidentlar uchun):

_____________________________

Intellektual mulk obyekti turi

Muhofaza hujjatining raqami

• ixtiro

• foydali model

• sanoat namunasi

• seleksiya yutugʻi

• tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi;

• geografik koʻrsatkich;

• tovar kelib chiqqan joy nomi;

• elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalari

____________________________________________

___________________________________________________________

___________________________________________________________

QR-kod

___________________________________________________________

___________________________________________________________

ariza beruvchi yoki vakil

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 09/26/297/0582-son)