19.03.1994 yildagi 151-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“OʻZBEKISTON — TOJIKISTON” HAMDOʻSTLIK UYUSHMASINING NIZOMINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston—Tojikiston” Hamdoʻstlik Uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi 22-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston—Tojikiston” hamdoʻstlik Uyushmasining Nizomi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Uyushma raisi A. Hamidovga Uyushma Nizomini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. JOʻRABEKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151-son

Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 19-martdagi 151-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston—Tojikiston” hamdoʻstlik Uyushmasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NI3OMI

I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. “Oʻzbekiston—Tojikiston hamdoʻstlik Uyushmasi (keyingi oʻrinlarda “Uyushma” deb ataladi) mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy tijorat-ishlab chiqarish birlashmasi hisoblanadi hamda Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 21-yanvardagi 22-son qarori bilan Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni Oʻzbekiston hududida ham, undan tashqarida ham mustahkamlash, ikkala davlat oʻrtasida oʻzaro foydali qoʻshma korxonalar va firmalar tashkil etish, oʻz huquqlarini himoya qilish boʻyicha qatnashchilarning faoliyatlarini muvofiqlashtirish, tegishli davlat organlari va boshqa organlarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda umumiy manfaatlarni ifodalash maqsadida tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Uyushma oʻz faoliyatini xoʻjalik hisobi, oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash prinsiplari asosida amalga oshiradi, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Uyushma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlariga, taʼsis shartnomasiga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Uyushma yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz nomi qayd etilgan dumaloq muhrga, shtamp, rasmiy ish qogʻozlari, emblema, tovar belgisiga va boshqa rekvizitlarga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Uyushmaning manzili — Toshkent shahri, Chimkent trakti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. FAOLIYAT MAQSADLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Uyushma oʻz mahsulotlari, xizmatlariga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishni va olingan foyda asosida mehnat jamoalarining, birgalikdagi faoliyat qatnashchilarining iqtisodiy hamda ijtimoiy manfaatlarini roʻyobga chiqarishni, ishlab chiqarish obyektlari qurishni oʻz oldiga vazifa qilib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Uyushma faoliyatining maqsadlari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikdagi tijorat, xoʻjalik va boshqa loyihalarni oʻzaro foydalilik asosda mablagʻ bilan taʼminlashni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning fondlarini rivojlantirish va shakllantirishga, ishlab chiqarish, savdo hamda omborxona maydonlarini ijaraga olish va sotib olishga, tomonlarning birgalikdagi faoliyatlari doirasida ham, oʻz xoʻjalik faoliyatlari doirasida ham uskunalar, xom ashyo va materiallarni xarid qilishga yoʻnaltiriladigan foizsiz kreditlar va qaytarib olinmaydigan ssudalar berish asosida bir-biriga moliyaviy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulushli asosda tashkil etilgan qoʻshma, aralash ishlab chiqarishlar negizida xalq isteʼmol tovarlari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy firmalar va vakolatxonalar bilan birgalikda qoʻshma korxonalar tashkil qilish, Uyushma ehtiyojlari uchun oʻzining va qarz olingan valyuta mablagʻlari hisobiga tovarlar eksporti, shuningdek, tovarlar, ish (xizmat)lar importini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Uyushma Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. USTAV FONDI VA ULUSHNI BIR-BIRIGA BERISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Ustav fondining miqdori muassasalarning qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Ustav fondiga ulush Uyushma faoliyatining maqsad va tusiga muvofiq keladigan natura shaklidagi mulk (bino, inshoot, asbob-uskuna va boshqa moddiy boyliklar, shuningdek, mulkiy huquq shu jumladan, intellektual mulk huquqi) bilan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilayotgan mulkiy ulushni (mulk huquqini) baholash Uyushma muassislari tomonidan kelishib aniqlanadigan tartibdagi pul belgilarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Mulk faqat foydalanish uchun berilgan taqdirda muassis ulushining miqdori va tegishincha uning hissasi bu mulkdan foydalanish uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Uyushmaga foydalanish uchun berilgan mulkning nobud boʻlishi yoki shikastlanishi ehtimolidan koʻriladigan zararni yuklash tartibi muassis (qatnashchilar) bilan tuzilgan shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Ustav fondiga ulush qoʻshish muddatlari buzilgan hollarda muassis (qatnashchi)ga qoʻshgan ulushi foydadan tushgan ulush va foizlarsiz qaytarib beriladi va u Uyushmadan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. Muassis (qatnashchi) umumiy majlisning roziligi bilan oʻz ulushini toʻliq yoki qisman bir yoki bir necha muassisga yoki uchinchi shaxslarga berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulushni qoʻlga kiritgan shaxs, ulushni bergan taʼsischi (qatnashchi)ning huquqiy vorisi boʻlib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulushni (uning hissasini) uchinchi shaxslarga berishga muassis (qatnashchi) Ustav fondiga ulushni toʻliq toʻlagandan keyingina ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.7. Uyushma muassislari (qatnashchilari) ulushni (uning bir qismini) berayotgan muassisning ulushini olishda Ustav fondidagi ulushlariga mutanosib ustunlik huquqidan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.8. Oʻzining ulushini bermoqchi boʻlgan muassis (qatnashchi) bu haqida Uyushma raisiga yozma shaklda xabar qilishga, u esa masalani koʻrib chiqish uchun umumiy majlisga taqdim etishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassis (qatnashchi) Uyushmadan chiqqanda ulushni toʻlash hisobot yili yakunlanishiga koʻra foydadan tegishli ulushni qoʻshib hisoblab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. UYUSHMANING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Uyushma, mulkdor sifatida, oʻz balansidagi mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini, shuningdek, oʻz faoliyatining maqsadlariga, mulkning vazifalariga muvofiq va umumiy majlisning qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan doirada boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Uyushma quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni qoʻlga kiritish va majburiyatlar olish, sud organlarida daʼvogar va javobgar boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotish va xarid qilish, oʻziga tegishli mulkni almashtirish va ijaraga berish, tekinga berish, shu jumladan, vaqtincha foydalanishga berish, shuningdek, agarda u maʼnaviy eskirgan va foydalanishga yaroqsiz boʻlsa, balansdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga, bajariladigan ish va koʻrsatiladigan xizmatlarga narxlarni mustaqil belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ham, uning tashqarisida ham yuridik shaxs huquqiga ega boʻladigan shuʼba korxonalar, firmalar, vakolatxonalar, doʻkonlar va boshqa alohida boʻlinmalarni mustaqil yoki boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan birgalikda tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Uyushma oʻz xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan qonun va boshqa normativ hujjatlarga, barcha tomonidan tan olingan xalqaro normalar va qoidalarga rioya qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi guvohnomasini belgilangan tartibda olishga va belgilangan hisobotni tegishli organlarga taqdim qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sanitariya-gigiyena, ekologiya talablariga va boshqa talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida ekspertiza xulosalarini olishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Uyushma Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq oʻz faoliyatining natijalari, shuningdek, soliq toʻlovlari boʻyicha javobgarlikni toʻliq oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Shartnoma majburiyatlari buzilgan hollarda Uyushma Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va shartnomalarda nazarda tutilgan mulkiy va boshqacha javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlari buzilganligi uchun jarima sanksiyalari toʻlash, shuningdek, yetkazilgan zararni qoplash Uyushmani majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. UYUSHMAGA AʼZOLIK, AʼZOLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, birgalikdagi xoʻjalik faoliyatida qatnashish xohishini bildirgan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar Uyushma aʼzolari boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Uyushma aʼzoligiga (Uyushma qatnashchilari) qabul qilish umumiy majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Uyushma aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma ishlarini boshqarishda mazkur Nizomda belgilanadigan tartibda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma faoliyatidan olingan foydaning oʻziga tegishli qismini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma faoliyati toʻgʻrisida qatnashchilar yigʻilishi belgilangan tartibda toʻliq axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma ishlab chiqarayotgan mahsulotni imtiyozli tartibda sotib olish va uning xizmatlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaning boshqaruv va nazorat organlariga saylash va saylanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ulushini (uning bir qismini) boshqa qatnashchilarga yoki uchinchi shaxslarga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Uyushmadan chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsis hujjatlarida, qatnashchilar yigʻilishining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish huquqiga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.4. Uyushma qatnashchisi Uyushma qatnashchilari yigʻilishining qonunga yoki taʼsis hujjatlariga xilof tarzda qabul qilgan qarorlarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida sud organlariga murojaat qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.5. Uyushma qatnashchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulushlar va qoʻshimcha badallarni taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda va usullarda qatnashchilar yigʻilishining qarorlariga muvofiq toʻlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsis hujjatlari qoidalariga rioya qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaga nisbatan oʻz zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarishga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnashchilar yigʻilishining mazkur Nizomda nazarda tutilgan doirada qabul qilgan qarorlarini bajarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaning oʻz faoliyatini amalga oshirishida yordam berishga va Uyushmaga zarar yetkazuvchi har qanday faoliyatdan oʻzlarini tiyishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.6. Oʻz majburiyatlarini muntazam bajarmay kelgan yoki talab darajasida bajarmagan yoki oʻz xatti-harakatlari bilan Uyushma maqsadiga erishish yoʻlida toʻsiq boʻladigan Uyushma aʼzosi Uyushmadan chiqarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. BOSHQARUV VA NAZORAT ORGANLARI. UYUSHMA BOSHQARUVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Uyushma Boshqaruvi Uyushmaning yuqori organi hisoblanadi va Uyushma faoliyatiga oid istalgan masala yuzasidan mazkur Nizomda aytib oʻtilgan vakolat doirasida qarorlar qabul qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir qatnashchi Boshqaruvga oʻz vakillarini tayinlaydi va ularni istalgan vaqtda Boshqaruvdan chaqirib olish hamda yangilarini tayinlash huquqiga ega boʻladi. Boshqaruv Rais tomonidan zaruriyat tugʻilgan hollarda, ammo har yilning choragida kamida 2-marta chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv aʼzolari Boshqaruvning chaqirilishi toʻgʻrisida uning yigʻilishidan kamida ikki hafta oldin yozma ravishda xabardor qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Boshqaruv vakolatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga keyinchalik Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaga yangi aʼzolar qabul qilish va Uyushmaga aʼzolikni toʻxtatishga aloqador masalalarni hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaning filiallarini taʼsis qilish haqidagi, shuningdek, uning aksionerlik jamiyatlarida va boshqa tashkilotlarda ishtirok etishi toʻgʻrisidagi masalalarni hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻriqnoma materiallarni, hal etilayotgan vazifalarga koʻra tashkil etiladigan tarkibiy boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizomlarni va mazkur Nizom bilan boshqariladigan faoliyatning tanlangan yoʻnalishlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili foyda va zararlar schyotlari balansini, Uyushmaning yillik hisobotini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sof foydani taqsimlash va undan foydalanishga oid qarorlar qabul qilish, dividendlarning miqdorlarini va ularni toʻlash muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi shaxslar oldida majburiyatlar olish, kafillik berish va milliy hamda xorijiy valyutalarda kredit shartnomalari tuzish, shuningdek, kreditorga Uyushma mulkini garovga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish komissiyasini tayinlash va uning hisobotini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Boshqaruv, uning yigʻilishida Boshqaruv aʼzolarining kamida 2/3 qismi qatnashsa, koʻrib chiqishga kiritilgan masalalarni hal qilishga vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Boshqaruvning har bir aʼzosi bir ovozga ega boʻladi. Ovozlar teng boʻlganda Raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. Boshqaruv muhokamaga qoʻyiladigan masalalarni tayyorlashni va qabul qilingan qarorlarning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi masʼul kotibni saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.5. Rais:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma nomidan ishonchnomasiz ish koʻrish, mamlakatimizdagi va xorijdagi barcha korxonalar, firmalar hamda tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma mulkini tasarruf qilish, shartnomalar, kontraktlar va bitimlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchnomalar berish, banklarda hisob-kitob va boshqa schyotlarni ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaning barcha xodimlari uchun bajarish majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaning ijro etuvchi apparati xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish, ularni mehnat qonunchiligiga muvofiq ragʻbatlantirish va ularga jazo choralarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaning rahbar xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash va ularning vakolatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ham, uning tashqarisida ham yuridik va jismoniy shaxslarga Uyushma nomidan talab hamda daʼvolar qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.5.1. Uyushmaning joriy faoliyatini, shu jumladan, uning ishlab chiqarish-tijorat, valyuta-moliya, shartnoma-huquqiy, reklama faoliyatini Uyushmaning shtatdagi va shtatsiz mutaxassislaridan tarkib topgan ijro etuvchi apparati bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.6. Uyushma Boshqaruvi tomonidan rais va komissiya aʼzolaridan iborat tarkibda taftish komissiyasi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi shu taftish komissiyasi aʼzolaridan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.6.1. Taftish komissiyasi Uyushmaning balansini, pul mablagʻlari sarflanishining toʻgʻriligini, shuningdek, qonunchilik va mazkur Nizomga rioya qilinishini tekshirish uchun tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.6.2. Taftish komissiyasining aʼzolari Boshqaruv aʼzolari boʻlishlari, shuningdek, Uyushmaning ijro etuvchi apparatida biror lavozimni egallashlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish komissiyasi aʼzolariga taqdirlash pullari toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.6.3. Taftish komissiyasi oʻz ishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Boshqaruvga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. UYUSHMANING MULKI, FONDLARI VA FOYDASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Uyushmaning mulki asosiy vositalar va oborot mablagʻlardan, shuningdek, qiymati uyushmaning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2. Uyushma mulkini shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislar (qatnashchilar)ning pul yoki moddiy ulushlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatining barcha turlaridan, shuningdek, qiymatli qogʻozlardan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar va boshqa kreditorlarning kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.3. Uyushmaning barcha mulki, shu jumladan, ishlab chiqarilgan mahsulot, xoʻjalik faoliyati natijasida olingan daromadlar, Uyushmaning vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy boʻlinmalarining mulki uning mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.4. Uyushma oladigan foydaga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda soliq solinadi. Soliqlar va budjetga boshqa toʻlovlardan, xodimlarga ish haqi toʻlash va kreditorlar bilan hisob-kitoblardan soʻng qolgan foyda toʻliq Uyushma tasarrufiga oʻtadi va u undan oʻz ixtiyoriga koʻra foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma olgan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash, uni ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlantirish uchun foyda va boshqa tushumlar hisobiga mehnatga haq toʻlash fondi, zaxira (sugʻurta) jamgʻarmasi, ishlab chiqarishni, fan va texnikani rivojlantirish jamgʻarmasi, maxsus maqsadli, shuningdek, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish, ijtimoiy himoya qilish va boshqa jamgʻarmalar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.5. Mehnatga haq toʻlash fondini, ishlab chiqarishni rivojlantirish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va boshqa jamgʻarmalarni tashkil etish, shuningdek, ulardan foydalanish tartibi umumiy yigʻilish tasdiqlaydigan Nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.6. Uyushmaning davlat organlariga majburiy toʻlovlar toʻlangandan, tegishli jamgʻarmalarga ajratmalar ajratilgandan, xodimlarga ish haqi toʻlangandan hamda kreditorlar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qoladigan foydasi umumiy yigʻilish qaroriga koʻra qatnashchilar oʻrtasida Ustav fondiga toʻlangan ulushlariga koʻra mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.7. Uyushma oʻz mulkining bir qismini tovarlarni birgalikda ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish maqsadida davlat, kooperativ, jamoa va boshqa tashkilotlar mulki bilan birlashtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.8. Ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish, mehnat jamoalarini ijtimoiy rivojlantirish maqsadida qoʻshimcha pul mablagʻlarini jalb qilish uchun Uyushma Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda qiymatli qogʻozlarni chiqarish va sotish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. UYUSHMANING XOʻJALIK, IQTISODIY VA MOLIYAVIY FAOLIYATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1. Uyushmaning foydasi Uyushma xoʻjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy umumlashtiruvchi koʻrsatkichi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.2. Foydaning valyuta qismi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan toʻlovlar toʻlangandan soʻng, Uyushma boshqaruvi qarori boʻyicha taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.3. Uyushma xoʻjalik faoliyatining barcha sohalarida boshqa korxonalar, tashkilotlar va fuqarolar bilan munosabatlari shartnomalar asosida koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma shartnoma mavzuyini tanlashda, majburiyatlarni va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan va Uyushmaning maqsad hamda vazifalariga muvofiq keladigan istalgan boshqa xoʻjaliklar bilan oʻzaro munosabatlarini belgilashda erkindir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.4. Uyushma oʻz mahsulotlari, ishlari, xizmatlarini, ishlab chiqarish chiqitlarini mustaqil yoki shartnoma asosida belgilanadigan narx va tariflar boʻyicha, shuningdek, davlat narxlarida, agar bu Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmasa, sotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz mahsulotlari, ishlari va xizmatlariga milliy va xorijiy valyutadagi narxlar hamda tariflar Uyushma Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. HISOB, HISOBOT VA UYUSHMANING JAVOBGARLIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.1. Uyushma ish natijalarining hisobini, ishlab chiqarish jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda joriy, buxgalteriya va statistika hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmada, uning shuʼba korxonalari, filiallari va vakolatxonalarida hujjatlar aylanishining tashkil etilishini Rais belgilaydi, hisobning holati va toʻgʻriligi, buxgalteriya hisoboti va boshqa hisobotning oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik Rais va bosh buxgalter zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmada moliyaviy yil 1-yanvar — 31-dekabr qilib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaning yillik hisoboti va balansi Taftish komissiyasi (tashqi auditorlik xizmati)ning xulosasi bilan tasdiqlash uchun qatnashchilar majlisiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.2. Uyushma kredit-hisob-kitob va soliq intizomining buzilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma yerdan va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof muhitni ifloslanishdan muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena normalari talablarini buzish, shuningdek, xodimlar, aholi va mahsulot isteʼmolchilari sogʻligʻini muhofaza qilish talablariga rioya qilinmaganligi sababli yetkazilgan zararni, belgilangan jarimalarni toʻlashdan tashqari, qoplashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. UYUSHMA FAOLIYATINI NAZORAT QILISH VA AUDIT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.1. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi hujjatlariga koʻra korxonalar va tashkilotlar faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish vazifasi yuklatilgan soliq, moliya organlari va davlatning boshqa organlari Uyushmada bunday tekshirishlarni zaruriyat tugʻilganda va qatʼiy oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.2. Uyushma moliyaviy hisobotni tekshirish va tasdiqlash uchun oʻz hisobidan maxsus muassasani yollashi mumkin (tashqi audit).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. FORS-MAJOR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.1. Uyushma qatnashchisi mazkur Nizom boʻyicha majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun, agar bu bajarmaganlik mazkur Nizom tasdiqlangandan soʻng u nazarda tutishi ham, oqilona chora-tadbirlar bilan bartaraf etishi ham mumkin boʻlmagan favqulodda tusdagi hodisalar (masalan, tabiiy ofat) natijasida nomaʼlum kuch taʼsiri oqibatida sodir boʻlgan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.2. Koʻrsatib oʻtilgan holatlar sodir boʻlganda qatnashchi darhol, lekin 15 kundan kechikmay, bu haqda Uyushmani yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaning talabi bilan qatnashchi koʻrsatib oʻtilgan holatlarni tasdiqlovchi dalil keltirishi kerak. Bildirishnomada holatlarning tusi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, ularning oʻz majburiyatlarini ularni bajarish muddatlariga taʼsirini baholash koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.3. Bu holatlar toʻxtagandan keyin qatnashchi bu haqda Uyushmani yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bildirishnomada mazkur Nizom boʻyicha qabul qilingan majburiyatning bajarilishi nazarda tutilayotgan muddat koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII. UYUSHMA FAOLIYATINING TOʻXTATILISHI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12.1. Uyushma faoliyatining toʻxtatilishi uni tugatish yoki qayta tashkil etish (birga qoʻshish, birlashtirish, boʻlish, ajratish va qayta tuzish) yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmani qayta tashkil etishda taʼsis hujjatlariga va davlat roʻyxatiga olish reyestriga zarur oʻzgartirishlar kiritiladi, tugatishda esa reyestrda tegishli yozuv qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12.2. Uyushmani tugatish uning qatnashchilari yigʻilishining, hukumatning, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, sudning qarori bilan amalga oshiriladi.