1-ILOVA
1. | Adabiyot va noshirlik |
2. | Akademik cholgʻu ijrochiligi |
3. | Amaliy sanʼat |
4. | Askiya, qiziqchilik va stendap |
5. | Baxshichilik va xalq ijodiyoti |
6. | Bolalar ijodkorligi |
7. | Gʻijjak cholgʻu ijrochiligi |
8. | Kino sanʼati |
9. | Kompozitor va bastakorlik |
10. | Maqom sanʼati |
11. | Milliy cholgʻu ijrochiligi |
12. | Moda va dizayn sanʼati |
13. | Musiqiy estrada |
14. | Opera sanʼati |
15. | Orkestr va xor |
16. | Raqamli sanʼat |
17. | Raqs sanʼati |
18. | Tasviriy sanʼat |
19. | Teatr sanʼati |
20. | Fortepiano ijrochiligi |
21. | Sirk sanʼati va maydon tomoshalari |
2-ILOVA
T/r | Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalaridagi ish staji | Shakllantirish lozim boʻlgan boshlangʻich toʻlov miqdori (uy-joy narxiga nisbatan) |
1. | 3 yildan 5 yilgacha | 15 foiz |
2. | 5 yildan 15 yilgacha | 25 foiz |
3. | 15 yildan 25 yilgacha | 30 foiz |
4. | 25 yildan ortiq boʻlganda | 35 foizi |
3-ILOVA
1. | “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni |
2. | “Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi” faxriy unvoni |
3. | “Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni |
4. | “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni |
5. | “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni |
6. | “Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni |
7. | “Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” faxriy unvoni |
8. | “Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni |
9. | “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni |
10. | “Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri” faxriy unvoni |
11. | “Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi” faxriy unvoni |
12. | “Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi” faxriy unvoni |
4-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbai | Masʼul ijrochilar |
1. | Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida ijodiy birlashmalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek, ularning ijodiy rahbarlari va hamrahbarlarini tayinlash. | Amaliy chora-tadbirlar, zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil iyun | - | Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Har bir ijodiy birlashmaning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha, zaruratga koʻra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. | Reja-grafik asosida | ||||
2. | Milliy ijodkorlar qurultoyini oʻtkazish. Bunda ijodiy birlashmalarning yil davomida eng yaxshi natija koʻrsatgan ijodkorlarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi tartibda ragʻbatlantirishni nazarda tutish: ijodkorlarning badiiy kechasi, mahorat maktabi va ijod uylarini tashkil etish; bir yil davomida har oyda 5 million soʻm miqdorida gonorar toʻlash; uch yil davomida Oʻzbekiston boʻylab samolyot, poyezd va jamoat transportidan bepul foydalanish, bunda tashish xarajatlari boʻyicha olinmay qolgan daromadlarni keyinchalik har oyda qoplab berish; davlat tibbiyot muassasalarida davolanish xarajatini toʻliq qoplash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2027-yil aprel | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. | Madaniyat, sanʼat va adabiyot vakillarini ijtimoiy himoya qilish, ijodiy birlashmalar tashkil qilish va qoʻllab-quvvatlash, sohaga oid tanlovlar oʻtkazish va ularni ragʻbatlantirishni kafolatlash, imtiyoz va ragʻbatlantirish choralarini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil noyabr | - | Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
4. | Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalaridagi nufuzli xalqaro va respublika tanlovlarida ijodkorlarning ishtirokini oshirish hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: xalqaro tanlov gʻoliblarining ijodiy va kasbiy faoliyatini ragʻbatlantirish hamda yutuqlarini keng targʻib etish; respublika tanlovi gʻoliblariga 100 million soʻmgacha, nufuzli xalqaro tanlov sovrindorlariga esa 300 million soʻmgacha mukofot berish va ishtirok etish xarajatlarini toʻliq qoplash; yosh isteʼdodlarning ustoz va murabbiylarining oylik maoshiga bir yil davomida 100 foizgacha ustama toʻlash; har yili 100 nafargacha yoshlarning davlat hisobidan madaniyat, sanʼat va adabiyot yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy davlatlarda taʼlim olishi, malaka oshirishi va stajirovka oʻtashini yoʻlga qoʻyish; 2 ta xalqaro nufuzli tanlovlarning franshizasini Oʻzbekistonga olib kirish, 1 ta respublika tanlovini xalqaro nufuzli tanlovga aylantirish; tanlovlarni muvofiqlashtirish, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish va tanlovlar gʻoliblari bilan muntazam ishlash tizimini yaratish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil iyul | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
5. | Yurtimizdagi yosh isteʼdodlarni aniqlab, yuzaga chiqaradigan, prodyuserlarni qoʻllab-quvvatlaydigan biznes loyihalarni koʻpaytirish maqsadida “Ijodga investitsiya” davlat maqsadli jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish va yiliga 200 milliard soʻmdan kam boʻlmagan mablagʻ berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini qabul qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil 25-iyun | Davlat budjeti mablagʻlari | Vazirlar Mahkamasi |
6. | Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish. Bunda asar mualliflarining huquqlarini himoya qilishda har bir asarning raqamli izini yaratish, ijod mahsulidan noqonuniy foydalanish va tarqatishni oldini olish, bu orqali ijodkorlar huquqini kafolatli himoyalash boʻyicha aniq mexanizmlarni belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil iyul | Davlat budjeti mablagʻlari | Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
7. | Shoir va yozuvchilarga har yili 50 ta asar uchun ijodiy buyurtma berish, oʻzbek adabiyotining eng yaxshi 10 ta asarini xorijiy tillarga tarjima qilish va mualliflar ishtirokida chet ellarda taqdimotlar oʻtkazish, Yozuvchilar uyushmasi tavsiyasi asosida kitoblarni nashr etishda qogʻoz bilan bogʻliq xarajatlarni davlat tomonidan qoplash tartibini belgilash. Ijodkorlar, ayniqsa, yosh isteʼdodlarning sheʼriyat bilan sanʼatni uygʻunlashtirgan sheʼriy konsertlarini tashkil etish. Bunda, birinchi navbatda, eng sara 100 ta loyihani Davlat budjetidan moliyalashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil iyul | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi |
8. | Chekka va olis hududlardagi 50 tadan 100 tagacha mahallalarda namunali mahalla kutubxonasi va zamonaviy kitob doʻkonlarini tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Ijrochilarning mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
Namunali mahalla kutubxonalarining badiiy, ilmiy-ommabop, maʼrifiy, hujjatli va biografik adabiyotlar bilan toʻldirilishini taʼminlash. | Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi manfaatdor vazirlik va idoralar | ||||
9. | Kutubxonalarning faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirish hamda kitob savdosi tizimini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda: kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; madaniyat markazlariga kitob savdosi vakolatini berish va kitob savdosini yaxshi yoʻlga qoʻygan xodimlarni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash; yangi adabiyotlarni hududlarda mualliflar ishtirokidagi targʻibotini amalga oshirish va uni ragʻbatlantirish; eng koʻp oʻqilgan kitoblar mualliflarini qoʻshimcha moliyaviy ragʻbatlantirish; mualliflik haqi va unga doir boshqa toʻlov turlarining eng kam va eng yuqori stavkalarini qayta koʻrib chiqish, jumladan, nazm, nasr, libretto kabi asarlar yaratishga buyurtmalarni bajarganlik uchun mualliflik haqi stavkalarini oshirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil dekabr | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi |
10. | Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillarining uy-joyga, shu jumladan, ijara asosida yashashga ehtiyojini aniqlash, ijtimoiy-ijodiy faolligini ragʻbatlantirish hamda shaffof va raqamlashtirilgan navbatga qoʻyish, shuningdek, subsidiyalarni toʻlash tartibini tasdiqlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini qabul qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil 25-iyun | Davlat budjeti mablagʻlari | Vazirlar Mahkamasi |
11. | Quyidagi imtiyozlarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplashni nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlash: faoliyatida yaxshi natijaga erishgan 1 ming nafar soha xodimlarining davolanish xarajatlarini Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtirish; 2 ming nafar ijodkorlarga tibbiy sugʻurta paketi taqdim etish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash; har yili 100 nafargacha sohada kamida 10 yil ishlagan shaxslarga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi sanatoriylariga bepul yoʻllanma berish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil 25-iyun | Davlat budjeti mablagʻlari | Vazirlar Mahkamasi |
12. | Raqs sanʼatini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini oʻz ichiga olgan qaror loyihasini ishlab chiqish. Qaror loyihasida Yangi Toshkentda qurilishi boshlangan maqom markazi yonida zamonaviy va muhtasham raqs saroyini barpo etishni nazarda tutish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil avgust | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
13. | Teatr, kino va konsertga bepul vaucher taqdim etish tartibini, jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish: har yili 500 ming oʻqituvchi, shifokor, davlat xizmatchisi, faol oʻquvchi va talabalarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 100 mingta oilaning bir nafar farzandiga va nogironligi bor bolalarga Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan vaucher ajratish; vaucherlarni ehtiyojmand oilalar uchun ijtimoiy karta orqali taqdim etish; | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil avgust | Davlat budjeti mablagʻlari, Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Madaniyat vazirligi |
vaucherni oʻz vaqtida rasmiylashtirish va taqdim etish uchun barcha madaniyat va sanʼat muassasalarini “Ijtimoiy karta” axborot tizimi bilan integratsiya qilish. | 2026-yil sentabr | Madaniyat vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi | |||
14. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda (Nukus shahri va viloyatlar markazlari bundan mustasno) konsert-tomosha tadbiri tashkil etilgan va bir tadbir doirasida 1 000 tadan ortiq bilet sotilgan taqdirda, konsert-tomosha tashkilotchilariga sotilgan biletlar qiymatining 20 foiziga teng boʻlgan miqdorda subsidiya berish nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil 25-iyun | Davlat budjeti mablagʻlari | Vazirlar Mahkamasi |
15. | Milliy toʻy marosimlarida maqom va xalq ashulalarining ijro etilishini targʻib qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | - | Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
16. | Joylarda konsert, teatr, madaniyat saroylari zallari faoliyatini toʻliq ishlatish maqsadida 2026-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent shahri, Samarqand va Namangan viloyatlari hokimliklari, keyinchalik qolgan hokimliklar huzurida alohida direksiya faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Bunda tuman (shahar)lar kesimida tadbirlar joyi va masʼullarini belgilagan holda konsert va tomoshalar oʻtkazish boʻyicha bir yillik dasturni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlashni yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar, zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil iyun | Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
17. | Davlat madaniyat obyektlarini modernizatsiya qilish boʻyicha ikki yillik dastur ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil iyul | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
18. | Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik musiqali teatri, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri va Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatriga moliyaviy, ijodiy va tashkiliy masalalarni mustaqil hal qilish vakolatini berish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil iyun | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
19. | Xususiy teatrlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqish: nodavlat teatr va teatr-studiyalariga davlat budjeti mablagʻlari hisobidan har yili ajratiladigan qoʻshimcha 10 milliard soʻm hisobidan quyidagi xarajatlarni qoplab berish: har yili 50 ta sahna asari yaratish xarajatlari; har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha xususiy binoni ijaraga olish xarajatlari; nodavlat teatr va teatr-studiyalarga spektakl namoyish etish uchun davlat madaniyat obyektlarini boʻsh vaqtlarda ijara toʻlovisiz foydalanish uchun berish. Bunda tomosha zallari uchun talabgorlar ikkita yoki undan koʻp boʻlgan taqdirda, ular orasida tanlov oʻtkazish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil 15-avgust | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
20. | Davlat va xususiy teatrlarga oʻzi faoliyat yuritayotgan joyda sahnalashtirilgan spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga qoʻshimcha 10 ming soʻm, boshqa hududga chiqqan holda namoyish etilgan taqdirda, 20 ming soʻm miqdorida subsidiya berish tartibini tasdiqlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil 25-iyun | Davlat budjeti mablagʻlari | Vazirlar Mahkamasi |
21. | Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik musiqali teatri va binosini mukammal taʼmirlash va teatr hududida qurilgan qoʻshimcha binoni rekonstruksiya qilish. | Amaliy chora-tadbirlar, zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-2027-yillar davomida | Davlat budjeti mablagʻlari, Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari | Madaniy meros agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
22. | Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri binosini rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash ishlarini yakuniga yetkazish hamda obyekt hududini obodonlashtirish. Bunda taʼmirlash ishlarini davom ettirish uchun dastlabki bosqichda 5 mlrd soʻm hamda loyiha-smeta hujjatlariga asosan 2026-2027-yillarda zarur mablagʻlarni ajratib borish. | Amaliy chora-tadbirlar, zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-2027-yillar davomida | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniy meros agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
23. | Nufuzli xalqaro tashkilotlar va taniqli ijodkorlar bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, dizayn, hunarmandchilik va zamonaviy sanʼat asarlarini namoyish etishga qaratilgan koʻrgazma va tadbirlar sonini oshirish. Bunda: Yevropa, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Janubiy va Sharqiy Osiyo hamda Yaqin Sharq mamlakatlari va Oʻzbekistonda mazkur koʻrgazmalarni tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish; ishlab chiqilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritish va tasdiqlash; tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabrdan boshlab doimiy | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi, Madaniy meros agentligi |
24. | Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha, jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda: xalqaro festivallar direksiyasining tashkiliy, ijodiy va institutsional salohiyatini oshirish; har bir hududda katta madaniy tadbirlarni yil davomida tashkil qilish boʻyicha dastur ishlab chiqish hamda ularni oʻtkazish boʻyicha amaliy choralarni belgilash; xalqaro yirik madaniy tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish va ularning sonini oshirib borish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil sentabr | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
25. | Toshkent shahridagi zamonaviy sanʼat markazining ochilish marosimini oʻtkazish. Bunda: zamonaviy sanʼat markazida ochilish marosimiga bagʻishlangan xalqaro koʻrgazma tashkil etish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish; xalqaro koʻrgazmani yuqori saviyada oʻtkazish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil sentabr | Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi | Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
26. | Har bir viloyatdagi 10 tadan umumtaʼlim maktabida tajriba tarzida musiqa, tasviriy sanʼat va texnologiya darslarini ilgʻor xorijiy tajribaga muvofiq “Art” oʻquv dasturi asosida takomillashtirilgan holda oʻqitishni yoʻlga qoʻyish. Bunda: 1 — 4-sinf oʻquvchilarni rasm, musiqa va oʻyinlar orqali ijodga, madaniyat va sanʼatga qiziqtirish; 5 — 7-sinf oʻquvchilarini ijodiy jamoada ishlash va oʻz fikrini erkin ifoda etishga oʻrgatish; 8-9-sinflarda dizayn, grafika va sunʼiy intellekt orqali kreativ loyihalarni ishlab chiqish; 10-11-sinflarda ushbu loyihalarni tayyor mahsulotga aylantirishni oʻrgatish. Pilot loyiha amalga oshiriladigan umumtaʼlim maktablarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan “art” yoʻnalishlariga mos holda jihozlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab | Mahalliy budjet mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
27. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga milliy cholgʻu asboblarini sotib olish xarajatlarining 30 foiz qismini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil 25-iyun | Davlat budjeti mablagʻlari | Vazirlar Mahkamasi |
28. | Har yili teatr, cholgʻu, xor va raqs yoʻnalishida umumtaʼlim maktablari oʻrtasida tuman, viloyat, respublika darajasida tanlovlarni oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻyish. Bunda ularning ijod mahsulini respublika boʻyicha targʻib qilish, sahna dekoratsiyalari va liboslari, musiqa asboblari olish uchun “Ijodga investitsiya” davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 500 million soʻmdan grant berish. Shuningdek, respublika tanlovi gʻoliblarini madaniyat va sanʼat oliygohlariga oʻqishga kirish uchun yoʻllanma berish. | Amaliy chora-tadbirlar, zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2027-yildan boshlab doimiy | “Ijodga investitsiya” davlat maqsadli jamgʻarmasi | Madaniyat vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
29. | Teatr, kino, musiqa, dizayn, animatsiya yoʻnalishida malakali mutaxassislar bilan birgalikda inklyuziv ijodiy ustaxona loyihasini yoʻlga qoʻyish. Bunda: | Amaliy chora-tadbirlar | Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Madaniyat vazirligi | |
inklyuziv ijodiy ustaxona loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish; | 2026-yil 1-avgust | ||||
tajriba-sinov tariqasida inklyuziv ijodiy ustaxona loyihasini Toshkent shahri va Samarqand viloyatlarida yoʻlga qoʻyish; | 2026-yil 1-sentabr | ||||
tajriba-sinov yakunlaridan kelib chiqqan holda inklyuziv ijodiy ustaxona loyihasini boshqa hududlarda yoʻlga qoʻyish. | 2027-yil 1-sentabrdan boshlab | ||||
30. | Yosh ijodkorlarning startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi 10 ta oliy taʼlim muassasasiga 50 milliard soʻm ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr | Davlat budjetidan 25 milliard soʻm, Oliy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasidan 25 milliard soʻm | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya |
31. | Respublikaning barcha hududlarida ochiq osmon ostidagi konsert va madaniy tadbirlarni oʻtkazishni kengaytirib, ularni muntazam tashkil etib borishni yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabrdan boshlab doimiy | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
32. | Madaniyat saroylari va teatrlarda kiyinish hamda sahna madaniyatiga amal qilish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | - | Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
33. | Kompozitor va bastakorlar faoliyatini moliyalashtirish, ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini kuchaytirish maqsadida ularga opera, simfoniya kabi mumtoz va zamonaviy janrlar boʻyicha har yili kamida 20 ta yangi asar yaratish uchun davlat buyurtmasi berib borish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar, zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil sentabrdan boshlab doimiy | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi |
34. | Jamoat joylari, aeroport, vokzal, metro, park, yirik savdo-servis obyektlari, kafe va restoranlarda milliy kuy-qoʻshiqlar yangrashini tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Davlat budjeti mablagʻlari | Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat vazirligi, Transport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
35. | Mamlakatimizda katta hurmat va eʼtibor qozongan ziyolilar boshchiligida “Men Oʻzbekiston farzandiman” ezgu gʻoyasi asosida mahalla va jamiyatda birdamlik, oilani mustahkamlash, halol mehnatni ulugʻlash, tabiatni asrash, atrof-muhitni toza saqlash, sogʻlom turmush tarziga amal qilish, isrofgarchilikni oldini olish, odamlar qalbida shukronalik, islohotlarga daxldorlik, milliy gʻurur tuygʻusini kuchaytirish kabi mavzularda asarlar yaratish hamda ularni raqamli maydonda keng targʻib qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Davlat budjeti mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi |
36. | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining telekanallarida ustoz sanʼatkorlarning hayoti va ijodiy merosini yoritishga bagʻishlangan maxsus koʻrsatuv va dasturlarni koʻpaytirish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Davlat budjeti mablagʻlari | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Madaniyat vazirligi |
37. | Mahallada, umumtaʼlim va musiqa maktablarida kastinglar oʻtkazib, yangi-yangi isteʼdodlarni kashf qilish hamda ularning oʻsishiga yordam berish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Ijrochilar mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
38. | Alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan oʻquvchi-yoshlarning ijodkorligini rivojlantirish. Bunda: inklyuziv vokal, audiokitob yaratish va tiflokino yaratish, pantomima kabi ijodiy faoliyatni qoʻllab-quvvatlash uchun maxsus inklyuziv studiyalar faoliyatini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish va buning uchun zarur boʻladigan jihozlarni xarid qilib borish; studiyalar uchun xoreograf, sahna nutqi, musiqa va ritm yoʻnalishida tajribali mutaxassislarni biriktirish; | Amaliy chora-tadbirlar | 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab | Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Madaniyat vazirligi |
eng yaxshi natija koʻrsatgan biriktirilgan mutaxassislarni erishilgan natijalariga qarab ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish; | 2026-yil dekabr | ||||
alohida taʼlim ehtiyojlariga ega oʻquvchilarda ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan soddalashtirilgan zamonaviy darsliklar, mashq daftarlari, oʻqituvchi metodika kitoblari hamda didaktik mahsulotlarni yaratish yoki xarid qilish. | 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab | Ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi | ||
39. | Madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarida 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab har bir talabaga taniqli ijodkorlarni biriktirib, dual taʼlimni yoʻlga qoʻyish. Bunda biriktirilgan ustozlarga oliygoh professor-oʻqituvchisiga teng miqdorda haq toʻlash yoki oliygohda dars beradigan boʻlsa, oyligiga 50 foiz ustama toʻlash tizimini yoʻlga qoʻyish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil avgust | Davlat budjeti mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi |
40. | Madaniyat va sanʼat oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlariga art-menejment, kreativ industriya, loyihalarni tijoratlashtirish singari zamonaviy mavzularni kiritish. Kino industriyasi, moda va dizayn, madaniyat menejmenti kabi yoʻnalishlarda xorijdan 50 nafar tajribali mutaxassis-oʻqituvchini olib kelish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
41. | Madaniyat va sanʼatda uzluksiz taʼlimni yoʻlga qoʻyish boʻyicha milliy dastur ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2027-yil mart | - | Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, manfaatdor vazirlik va idoralar |
42. | Sanʼat taʼlim yoʻnalishlariga magistratura bosqichiga qabul qilishda xorijiy til sertifikati talabini qayta koʻrib chiqish. | Idoraviy hujjat | 2026-yil avgust | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya |
43. | Mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlarni inobatga olgan holda Madaniyat sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2027-yil mart | - | Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
44. | Bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan loyihalarni jadallashtirish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil sentabr | - | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi |
45. | I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyining 1-blok binosini rekonstruksiya qilish va 60 yillik yubiley tadbirini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniy meros agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
46. | Kino sanoatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini, jumladan quyidagilarni inobatga olgan holda ishlab chiqish: davlat xizmatlari tizimida kinoni suratga olish lokatsiyalariga ruxsat berish, suratga olish joylarida ichki ishlar boʻlimlari tomonidan xavfsizlikni taʼminlash va hamkorlik qilish xizmatini joriy etish; kinostudiyalarni film yaratish uchun moliyaviy koʻmak mexanizmlarini takomillashtirish; xorijiy kompaniyalarning respublikada amalga oshirilgan xarajatlarini 25 foizdan 30 foizgacha kompensatsiya qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil sentabr | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
Milliy filmlar prokati tizimini isloh qilish. Bunda: kino prokati uchun bir martalik ruxsatnoma berish tartibini qayta koʻrib chiqish va ruxsatnoma berishni rad etish asoslarini aniq belgilash; kinoteatr (kinozal)lar mualliflik huquqini himoya qilish imkonini beruvchi raqamli (DCP va undan yuqori formatdagi) kino namoyish etish qurilmalari bilan jihozlangan taqdirda, ularni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foiz qismini, biroq bitta qurilma uchun 50 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish; belgilangan talablarga zid filmlarni namoyish etgan kinoteatrlarga nisbatan moliyaviy sanksiya qoʻllash va uni nazoratini yuritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil avgust | - | Kinematografiya agentligi, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi | |
48. | Kinoteatrlarini yagona tarmoqqa birlashtirish. Bunda: kinoteatrlarda chiptalar hisobini va tomoshabinlar statistikasini yuritish maqsadida yagona platforma joriy etish; yagona platforma orqali respublika boʻyicha barcha kinoteatrlarda chiptalarni elektron sotish imkonini yaratish; kinoteatrlar faoliyatini markazlashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil yakuniga qadar | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi |
49. | Kinoteatrlar tarmogʻini kengaytirish. Bunda: hududlarda madaniyat boʻlimlari binolarida boʻsh turgan zallarni kinoteatrga qayta jihozlash va ijara asosida imtiyozli berish; hududlarda mavjud barcha davlat kinoteatrlarini faoliyat turini oʻzgartirmagan holda xususiylashtirishni koʻrib chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar, zaruratga koʻra, normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil yakuniga qadar | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
50. | Davlat buyurtmasi tizimini isloh qilish, kino sohasida zamonaviy va shaffof tizimni yoʻlga qoʻyish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. Bunda, davlat buyurtmasi asosida olinadigan filmlar tanlovida film gʻoyasiga muvofiq tegishli soha mutaxassislaridan iborat haq toʻlanadigan bir martalik ekspert guruhlar tashkil qilib borish nazarda tutilsin. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil avgust | - | Kinematografiya agentligi, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi |
51. | “Kinematografiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish, bunda quyidagilarni nazarda tutish: kinoprokatni taqiqlovchi omillar roʻyxatini chegaralagan holda aniq belgilash; kinoprokat uchun yosh toifalari boʻyicha tasniflash va xalqaro standartlarga asoslangan yangi zamonaviy nazorat tizimini joriy etish; mualliflik huquqini kafolatlagan holda qaroqchilik (piratlik)ka qarshi kurashish va kinoteatr hamda internet platformalarda filmlarni namoyish etish qoidalarini belgilash; sohada yagona vakolatli organ maqomi, funksiyalarini aniq belgilab berish va kinostudiyalar faoliyatiga boshqa davlat organlari aralashuvini qatʼiy taqiqlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2027-yil aprel | - | Kinematografiya agentligi, Adliya vazirligi |
52. | “Doʻrmon kinoijodkorlar uyi” binosini taʼmirlash va hududini obodonlashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026 — 2028-yillar davomida | Davlat budjeti mablagʻlari | Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kinematografiya agentligi, Toshkent viloyati hokimligi |
53. | Inklyuziv jamiyat gʻoyalarini keng targʻib etish, yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning hayoti, yutuqlari va salohiyatini keng yoritish. Bunda: “Inson haqida” respublika qisqa metrajli filmlar tanlovini eʼlon qilish; Tanlovni oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash; Chekka hududlardagi isteʼdodlar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun “ijtimoiy lift” vazifasini bajaruvchi “Oʻzbekiston iqtidori” inklyuziv teleshou dasturini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-yil yanvar | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
5-ILOVA
“ | ||
1-QIV | IV QISM. TEATRLAR, KONSERT TOMOSHA VA BOSHQA TOMOSHABOB TEATR MUASSASALARI ARTISTLARI | |
1-90 | Balet artisti* | 3435 |
1-91 | Artist-professional badiiy jamoalarda raqs ijro etuvchilar* | 3435 |
1-92 | Artist-mimika va imo-ishora teatrlarida | 3435 |
1-93 | Artist-vokalchi (solist)-opera va balet teatrlari, musiqali va musiqali drama teatrlari, konsert tashkilotlari, televideniye va radio eshittirishlarda (Ayollar) | 3435 |
1-94 | Travestchi (oʻgʻil bolalar, oʻsmirlar, qizlar rolini ijro etuvchi artistlar) | |
* Davlat muassasalarida raqs sanʼati sohasida faoliyat yuritayotgan raqqos va raqqosalarning 20 yillik imtiyozli nafaqaga chiqish davrining dastlabki 15 yili raqqos va raqqosalik bilan, qolgan 5 yili baletmeyster va balet boʻyicha repetitor faoliyati bilan shugʻullanganligi inobatga olinadi. | ||
”. |