24.09.2025 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xorvatiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari davlat reyestrida 2025-yil 10-oktabrda roʻyxatga olindi, roʻyxat raqami 4602-HR-2025-H]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Xorvatiya Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Xorvatiya Respublikasi oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlash istagidan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi diplomatik pasport egalari boʻlgan Xorvatiya Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining sayohatini osonlashtirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomon davlatining amaldagi diplomatik pasport egalari boʻlgan fuqarolari 180 (bir yuz sakson) kunlik har qanday davrda toʻqson (90) kundan oshmagan muddat davomida boshqa Tomon davlatining hududiga kirish, undan chiqish, tranzit oʻtish va unda boʻlishda viza talablaridan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomon davlatining amaldagi diplomatik pasport egalari boʻlgan fuqarolari, boshqa Tomon davlatining hududida joylashgan diplomatik vakolatxona, konsullik muassasasi yoki xalqaro tashkilot vakillari sifatida tayinlangan shaxslar, shuningdek, ular bilan birga yashovchi va amaldagi diplomatik pasportga ega boʻlgan oila aʼzolari, basharti ular boshqa Tomon davlatining hududiga kelganidan soʻng oʻttiz (30) kun ichida akkreditatsiya talablarini bajargan boʻlsalar, butun tayinlov muddati davomida vizasiz kirish, boʻlish va chiqish huquqiga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Tomon davlatining amaldagi diplomatik pasport egalari boʻlgan fuqarolari boshqa Tomon davlatining hududida boʻlishlari davomida pasportlari yoʻqolgan yoki shikastlangan taqdirda, bu haqda qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tegishli Tomon davlatining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi oʻz fuqarolariga yangi yoʻl hujjatini rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning 1 va 2-moddalarida nazarda tutilgan har bir Tomon davlatining fuqarolari boshqa Tomon davlatining hududiga xalqaro yoʻlovchi tashish uchun ochiq boʻlgan har qanday chegara oʻtkazish punktlari orqali kirishlari va chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon boshqa Tomon davlatining istalmagan shaxs deb hisoblangan fuqarosini oʻz davlatining hududiga kiritmaslik yoki unda boʻlish muddatini qisqartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim har bir Tomon davlatining fuqarolarini boshqa Tomon davlatining hududida amalda boʻlgan qonunlar va qoidalarga rioya qilish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Tomon milliy xavfsizlik, jamoat tartibi yoki jamoat salomatligini muhofaza qilish sabablariga koʻra mazkur Bitim qoʻllanilishini vaqtincha, toʻliq yoki qisman, toʻxtatib turish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim qoʻllanilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatib turishni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror boshqa Tomonga diplomatik kanallar orqali yozma ravishda, kuchga kirishidan kamida 72 (yetmish ikki) soat oldin xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har qanday Tomon tarafidan mazkur Bitim qoʻllanilishini toʻxtatib turish mazkur Bitimning 1 va 2-moddalarida nazarda tutilgan boshqa Tomon davlatining hududida boʻlib turgan fuqarolarning huquqlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim maqsadlarida Tomonlar oʻzlarining amalda qoʻllanilayotgan diplomatik pasportlari namunalarini hamda bunday hujjatlarning batafsil tavsifini ushbu Bitim imzolangandan soʻng 30 (oʻttiz) kundan kechiktirmay diplomatik kanallar orqali almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Tomon yangi diplomatik pasportlarni joriy etganda yoki amaldagilariga oʻzgartirish kiritganda, ularning namunalarini va batafsil tavsifini boshqa Tomonga diplomatik kanallar orqali, joriy etilishidan kamida 30 (oʻttiz) kun oldin taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashdan kelib chiqadigan har qanday nizolar Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuv va muzokaralar yoʻli bilan doʻstona hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlarning oʻzaro yozma roziligi bilan istalgan vaqtda oʻzgartirilishi mumkin. Har qanday bunday oʻzgartirish ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va mazkur Bitimning 11-moddasida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki protseduralar bajarilgani haqida bir-birlarini diplomatik kanallar orqali xabardor qilgan oxirgi yozma bildirishnoma qabul qilingan kundan boshlab 30 (oʻttizinchi) kunda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Tomon istalgan vaqtda boshqa Tomonga diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma yuborish orqali mazkur Bitimni tugatishi mumkin. Bunday holda, mazkur Bitim boshqa Tomon ushbu bildirishnomani olgan kundan boshlab 30 (oʻttiz) kundan keyin oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nyu-York shahrida, 2025-yil 24-sentabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, xorvat va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir. Mazkur Bitimni talqin qilishda kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)