1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbai |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish |
|||||
|
1. |
Tayanch doktorantura va doktoranturaga umumiy qabul kvotasining kamida 60 foizini ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid fan tarmogʻi va ixtisosliklarga ajratish. |
Idoraviy hujjat loyihasi |
Har yili sentabr |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
|
2. |
Izlanuvchilikka qabul qilishdan ilmiy darajaga tasdiqlashgacha boʻlgan barcha jarayonlarni qamrab oluvchi oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimini ishga tushirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2026-yil avgust |
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Fanlar akademiyasi (Ayupov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
|
3. |
Doktorantlarga stipendiya toʻlashning differensial tizimini joriy etish. Bunda 2027-yildan boshlab ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlar bazaviy stipendiyasi miqdorini 1,7 baravarga oshirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2027-yil yanvar |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Qoʻchqorov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
|
4. |
Doktoranturada ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga tadqiqot ishida zarur boʻladigan asbob-uskuna va boshqa tovarlarning xaridi uchun har oy bazaviy stipendiya miqdorining 30 foizi miqdorida qoʻshimcha mablagʻni doktorant tahsil olayotgan oliy taʼlim yoki ilmiy tashkilotga yoʻnaltirish. |
Idoraviy hujjat |
2027-yil yanvar |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Qoʻchqorov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), tasarrufida ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
|
5. |
Oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarga tayanch doktoranturaga qabul qilingan izlanuvchilar uchun birinchi oʻquv yilida sohaviy maxsus fanlar, ilmiy tadqiqot metodologiyasi va akademik yozish, statistika va maʼlumotlar tahlili fanlari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2027-yil yanvardan boshlab |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
6. |
Ilmiy darajalarni olish uchun tayyorlanadigan doktorlik dissertatsiyasi mavzulari elektron bazasini takomillashtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2026-yil iyun |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
7. |
Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklarda tahsil olayotgan doktorantlarga tegishli vazirlik va idoralarning maxsus stipendiyalarini joriy etish. |
Idoraviy hujjat loyihasi |
Doimiy |
Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid sohalardagi vazirlik va idoralar |
|
8. |
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash boʻyicha “Loyiha doirasida ilmiy daraja” amaliy tadqiqotlar dasturini joriy etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2027-yil yanvar |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
9. |
“Amaliy doktorantura (PhD)” dasturini joriy etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2027-yil yanvar |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
10. |
“Loyiha doirasida ilmiy daraja” va “Amaliy doktorantura (PhD)” dasturlarining integratsiyalashgan axborot tizimini joriy qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2027-yil yanvar |
Innovatsion rivojlanish agentligiga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan oʻtkazilgan mablagʻlar |
Innovatsion rivojlanish agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
|
11. |
Tadqiqot jarayonlarida tadbirkorlik subyektlari ishtirokini kengaytirish boʻyicha taqdim etilgan imtiyozlar yuzasidan amaldagi qonunchilikka tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2026-yil sentabr |
- |
Soliq qoʻmitasi (Pulatov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
|
12. |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasini transformatsiya qilish, jumladan, ilmiy klaster loyihalarini tashkil etish, davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan loyihalarni saralash va moliyalashtirish tartiblarini takomillashtirish, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2026-yil iyul |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Fanlar akademiyasi (Ayupov) |
|
13. |
Taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tahliliy va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, taʼlim jarayonida jahon ilm-fani va texnologiyalari yutuqlaridan keng foydalanish boʻyicha ilmiy ishlanmalar va tavsiyalar tayyorlash boʻyicha ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish. Bunda Markaz xodimlariga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan nazarda tutilgan koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda ustamalar toʻlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2026-yil iyul |
- |
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (Kurbanniyazov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
|
II. Oliy attestatsiya komissiyasi va ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish |
|||||
|
14. |
Ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlar (keyingi oʻrinlarda — ilmiy kengash) faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha reyting tizimini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2026-yil dekabr |
- |
Fanlar akademiyasi (Ayupov), Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi (Yuldashev) |
|
15. |
Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining yangi tarkibini tasdiqlash. Bunda dastlabki 2, 4 va 6 yilda yangilanadigan aʼzolarini aniq koʻrsatish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2026-yil iyun |
- |
Fanlar akademiyasi (Ayupov) |
|
16. |
Ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha maxsus elektron platformani ishlab chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2026-yil dekabr |
Fanlar akademiyasiga ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari |
Fanlar akademiyasi (Ayupov) |
|
17. |
Fanlar akademiyasiga ilmiy kengashlar reytingini yuritish va ilmiy ishlarni tanlov asosida ekspertizadan oʻtkazishda mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash uchun qoʻshimcha ravishda 5 milliard soʻm ajratish hamda ajratilgan mablagʻlarni Oliy attestatsiya komissiyasiga muntazam yoʻnaltirib borish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2027-yildan boshlab har yili |
Davlat budjeti mablagʻlari (2026-yilda Fanlar akademiyasi jamgʻarmasi hisobidan) |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Qoʻchqorov), Fanlar akademiyasi (Ayupov) |
|
18. |
Ilmiy rahbarlarga bir martalik ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni toʻlash tartibini ishlab chiqish. |
Idoraviy hujjat loyihasi |
2026-yil sentabr |
- |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Qoʻchqorov), Fanlar akademiyasi (Ayupov) |
|
19. |
Innovatsion rivojlanish agentligiga ilmiy rahbarlarga bir martalik ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni ajratish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2027-yildan boshlab har yili |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Qoʻchqorov), Innovatsion rivojlanish agentligi |
|
20. |
Ilmiy darajalar berish, shuningdek, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tuzishning yangi tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoraviy hujjat loyihasi |
2026-yil noyabr |
- |
Fanlar akademiyasi (Ayupov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
|
21. |
Oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar va Oliy attestatsiya komissiyasi oʻrtasida inson omilisiz raqamli hujjat aylanmasini tashkil etish. Bunda: ilmiy daraja va unvonlar berish, shuningdek, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tuzish jarayonlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bazasida tashkil etish va uzluksiz ishlashini taʼminlash; ilmiy daraja va unvonlar diplomini davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2026-yil dekabr |
Fanlar akademiyasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar |
Fanlar akademiyasi (Ayupov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
|
22. |
Ilmiy kengashlar tomonidan maʼqullangan ilmiy ishlarni tanlov asosida tekshirish va asoslarni koʻrsatgan holda ularning qarorini bekor qilish tartibini ishlab chiqish. |
Idoraviy hujjat loyihasi |
2026-yil noyabr |
- |
Fanlar akademiyasi (Ayupov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
|
23. |
Ilmiy daraja va unvonlarga qoʻyiladigan talablarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish. |
Idoraviy hujjat loyihasi |
2026-yil noyabr |
- |
Fanlar akademiyasi (Ayupov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
|
24. |
Dissertatsiya va avtoreferatlar mazmuni hamda ularni rasmiylashtirish talablarini xalqaro standartlar asosida qayta koʻrib chiqish. |
Idoraviy hujjat loyihasi |
2026-yil oktabr |
- |
Fanlar akademiyasi (Ayupov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
|
25. |
Respublikada ilmiy daraja va unvonga ega boʻlgan shaxslar reyestrini yaratish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2027-yil mart |
Fanlar akademiyasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar |
Fanlar akademiyasi (Ayupov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov) |
|
26. |
Dissertatsiyani ilmiy kengashga taqdim etish, ilmiy ish va avtoreferatni yuborish, retsenzent va opponentlar fikrlarini yuborish va baho berish, dissertatsiya himoyasini tashkil etish jarayonlari yagona onlayn tizim orqali amalga oshirilishini taʼminlash. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2026-yil dekabr |
Fanlar akademiyasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar |
Fanlar akademiyasi (Ayupov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |