Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.05.2005 04.11.1998 yildagi 462-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.05.2005
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AHOLINING UY-JOY-KOMMUNAL XIZMATLAR VA ELEKTR ENERGIYASI UChUN HISOB-KITOB QILIShLARINI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishlarini yaxshilash, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda aholini elektr energiyasi va gaz bilan uzluksiz ta’minlash, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ushbu masalalarni hal etishdagi rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligining uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini birgalikda nazorat qilib borish uchun uy-joylar egalari va kvartirani ijaraga oluvchilarning (bundan keyin uy egalari deb ataladi) o‘zini o‘zi boshqarish jamoat organlari — Uy joy egalari kengashlarini tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Uy egalari kengashlari uy egalari tomonidan uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun belgilangan to‘lovlar o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun birgalikda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Uy egalarining o‘zini o‘zi boshqarish jamoat organlari — Uy egalari kengashlari to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Uy egalari kengashlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharda — har bir ko‘p kvartirali uyda yoxud uy-joy mavzesida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylar joylashgan mahallada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda — fuqarolarning mavjud o‘zini o‘zi boshqarish organlari tasarrufidagi hududlarda (mahallalarda, qishloqlar va ovullarda) tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uy egalarining o‘zini o‘zi boshqarish jamoat organlarini — Uy egalari kengashlarini belgilangan tartibda tashkil qilish bo‘yicha barcha zarur tashkiliy tadbirlarning shu yil 1-dekabrgacha amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Energetika elektrlashtirish vazirligining “O‘zenergiyanazorat” korxonasi fuqarolarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yangidan tashkil qilinayotgan Uy egalari kengashlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 15-dekabrigacha, har bir uy egasi bo‘yicha uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun shu yilning 1-noyabrigacha bo‘lgan qarzlar yuzasidan 2-ilovadagi shaklga muvofiq solishtirish dalolatnomalarini tuzgan holda, hamma joyda xatlov o‘tkazsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 1-yanvargacha xatlov ma’lumotlarini umumlashtirsinlar, mavjud qarzlarni 2000-yil 1-yanvaridan kechikmay to‘latish chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar va ularni 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda uy-joy-kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni undirishning yangi tartibini shu yil 1-dekabrgacha ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Aholining elektr energiyasi uchun hisob-kitoblari O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligi 1997-yil 16-yanvarda 298-raqam 6ilan ro‘yxatdan o‘tkazgan “Maishiy abonentlar bilan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish qoidalari”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aholining uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun qarzlarini xatlov yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligining “O‘zenergiyanazorat” korxonasi bo‘linmalari hokimliklar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish opganlari bilan birgalikda o‘z tasarruflaridagi hududlarda har bir uy egasi bilan shu yilning 1-noyabrigacha bo‘lgan qarzlarni 2000-yil 1-yanvargacha to‘lash va penyalarni hisobdan chiqarish yuzasidan 4 va 5-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha shartnomalar tuzsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Penyalarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi sertifikat shakli 4a va 5a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligi Penyalarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi sertifikatlarni chiqarish, hisobga olish, saqlash va berish tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy egalari va kvartirani ijaraga oluvchilar uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun shu yilning 1-noyabrigacha yig‘ilib qolgan, to‘lov muddatlari o‘tib ketgan to‘lovlar bo‘yicha penyalar to‘lashdan ozod qilinadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun joriy yilning 1-noyabrigacha yig‘ilib qolgan to‘lov muddati o‘tib ketgan qarzlarni to‘lash uchun aholining “Indeksatsiya” maxsus schyotlaridagi omonatlaridan muddatidan oldin olingan mablag‘lar foydalanilishi mumkin. Ular tegishli bank tomonidan, omonatchilarning topshiriqnomasiga binoan, belgilangan namunadagi to‘lov topshiriqnomasi asosida naqdinasiz pul o‘tkazish yo‘li bilan uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilarga va elektr energiyasi bilan ta’minlovchilarga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi tomonidan uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun to‘lovlar faqat O‘zbekiston Respublika Davlat-tijorat Xalq banki bo‘limlari hamda tijorat banklari bo‘limlari opqali, ular bo‘lmagan qishloq joylarda esa — “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bo‘limlari orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki tijorat banklari bo‘limlari, “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bo‘limlari ish va to‘lovlarni qabul qilishning aholi uchun qulay bo‘lgan jadvallarini, shu jumladan, kechki vaqtlarda, shuningdek, shanba va yakshanba kunlarida tashkil qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Uy egalari kengashlarining uy-joy kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun to‘lovlar to‘lanishini nazorat qilish bo‘yicha ish tajribasini 1999-yil 1-martgacha umumlashtirsinlar va zarurat bo‘lganda ularning faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1999-yil 1-yanvargacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini elektr energiyasi uchun, yangi texnologiyadagi elektr hisoblagichlardan foydalangan holda, oldindan to‘lash tartibiga asoslangan kredit kartochkalari bo‘yicha haq to‘lashga o‘tkazish dasturi loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz va suv hisoblagichlarni joriy etish hamda aholi va korxonalar tomonidan ulardan foydalanilishi yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar o‘n kun muddatda amaldagi idoraviy me’yoriy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ushbu qarorning bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 4-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
462-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 4-noyabrdagi 462-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy egalarining o‘zini o‘zi boshqarish jamoat organlari — Uy egalari kengashlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Uy egalarining o‘zini o‘zi boshqarish jamoat organlari — Uy egalari kengashlari uy-joy egalarining o‘zini o‘zi boshqarish jamoat organi sifatida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Uy egalari kengashlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, uy-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, uy-joy fondidan foydalanishga, uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun to‘lovlarga doir boshqa me’yoriy hujjatlarga, mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Uy egalari kengashining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Uy-joy fondidan foydalanish, shuningdek, aholi tomonidan kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun haq to‘lanishi bilan bog‘liq masalalarni birgalikda hal etishda uy egalarining ishtirok etishini kengaytirish Uy egalari kengashining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Quyidagilar Uy egalari kengashining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy egalarini uy-joy-kommunal xizmatlarning har xil turlari va elektr energiyasi bilan ta’minlashni yaxshilash bilan bog‘liq masalalarni Uy egalari kengashi vakolati doirasida birgalikda hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy egalari tomonidan uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun o‘z vaqtida haq to‘lanishi ustidan jamoat nazoratini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy egalarini uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash uchun javobgar bo‘lgan tashkilotlarning faoliyati ustidan jamoat nazoratini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy egalarining uy-joy fondi va boshqa ko‘chmas mulkdagi umumiy ulushli mulkini mukammal tuzatish masalalarini birgalikda hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy egalari kengashiga kiruvchi uy egalari bilan pudratchilar o‘rtasida uy-joy-kommunal xizmatlar sifatli va uzluksiz ko‘rsatilishi, elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun shartnomalar tuzilishiga va ushbu shartnomalar bajarilishiga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy egalari kengashiga kiruvchi uy egalarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, sudlarda uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi bilan ta’minlanishga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishda ularning manfaatlarini ifodalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Uy egalari kengashining tashkil etilishi va uning ro‘yxatdan o‘tkazilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Uy egalari — turar joy egalarining o‘zini o‘zi boshqarish jamoat organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarda — har bir ko‘p kvartirali uyda, yoxud uy-joy mavzesida yoki yakka tartibda qurilgan uylar joylashgan mahallada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda — fuqarolarning mavjud o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla, qishloq va ovullar yig‘inlari) tasarrufidagi hududlarda majburiy tartibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Mazkur Nizomning 3.1-bandida belgilangan hududda yashovchi barcha uy egalari Uy egalari kengashi a’zolari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Uy egalari kengashlari uy-joylarning istalgan egasi, yoxud uy-joylardan foydalanish tashkilotlari rahbarlari yoxud mahalla qo‘mitalari, yoxud tuman (shahar) hokimligining tashabbusi bo‘yicha chaqiriladigan uy-joy egalari yig‘ilishining qarori bilan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Uy egalarining birinchi yig‘ilishida Uy egalari kengashini tashkil etish, Uy egalari kengashi paici va uning o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Uy egalari kengashi raisi etib Uy egalari kengashi a’zolari o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan uy-joy egalaridan biri saylanadi. Uy egalari kengashi raisi va uning o‘rinbosarlari yig‘ilishda hozir bo‘lgan Uy egalari kengashi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. Uy egalari kengashini ro‘yxatdan o‘tkazish Uy egalari kengashini tashkil etish, uning raisi va o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risida yig‘ilish qarori taqdim etilgan holda tegishli uy-joylardan foydalanish tashkilotlarida (uy-joylardan foydalanish boshqarmasi, tuzatish-foydalanish boshqarmasi, ijara korxonasi va boshqalar), yoxud mahalla qo‘mitalarida (uy-joylardan foydalanish tashkilotlari mavjud bo‘lmaganda) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Uy egalari kengashining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Rais va uning o‘rinbosarlari Uy egalari kengashi nomidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy egalari kengashining har bir a’zosi tomonidan uy-joy-kommunal xizmatlar sifatli ko‘rsatilishi va elektr energiyasi Uzluksiz berilishi uchun yagona pudratchi bilan shartnomalar to‘g‘ri tuzilishiga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy egalari nomidan yagona pudratchidan sud instansiyalariga da’vo arizalari berishgacha shartnoma bajarilishiga so‘zsiz rioya etilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy egalari kengashi vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish zaruriyatiga ko‘ra Uy egalari kengashi yig‘ilishini chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun to‘lovlarning holatini mustaqil ravishda yoki uy-joylardan foydalanish idoralari organlari va “O‘zenergiyanazorat” korxonasi bilan birgalikda xatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun o‘z vaqtida haq to‘lanishini ta’minlamagan Uy egalari kengashi a’zolariga nisbatan axloqiy ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlari ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy fondini ko‘zdan kechirish, joriy va mukammal tuzatish uchun uy-joylarni tanlash bo‘yicha komissiyalar ishida qatnashish, turar joylar va ularning asbob-uskunalarining texnikaviy holatini vaqti-vaqti bilan ommaviy jamoat tekshiruvidan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joylardan foydalanish tashkilotining xo‘jalik-moliya faoliyatini taftish qilishda o‘z vakolati doirasida qatnashish uchun o‘z vakilini ajratish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Rais va uning o‘rinbosarlari Uy egalari kengashi nomidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy egalari kengashi barcha a’zolari tomonidan uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha yagona pudratchi bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlariga qat’iy rioya etilishini kuzatib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy egalari kengashi a’zolaridan kimdir haq to‘lamagan taqdirda uy egalariga uy-joy-kommunal xizmatlar ko‘rsatish to‘xtatib qo‘yilishi va elektr energiyasidan foydalanish uzib qo‘yilishi ehtimoli to‘g‘risida Uy egalari kengashi barcha a’zolarini o‘z vaqtida xabardor qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy egalari kengashi a’zolarining uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun haq to‘lash bo‘yicha mavjud qarzlarini uzish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joylarni mukammal va joriy tuzatish bo‘yicha ishlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini “uzatib borishga majburdir. Uy egalari kengashi vakillari mukammal tuzatishdan keyin uy-joylarni foydalanishga qabul qilib olish bo‘yicha komissiyalar tarkibiga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy fondini joriy va mukammal tuzatishga, shuningdek, uni obodonlashtirish ishlarini o‘tkazishga davlat dotatsiyalari hisobiga ajratiladigan materiallar uy-joylardan foydalanish tashkiloti tomonidan sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ulushli mulkda bo‘lgan ko‘chmas mulk va uy-joy mukammal tuzatishga tayyorlanayotganligi to‘g‘risida uy-joylardan foydalanish tashkilotlarini xabardor qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy egalarini muntazam qabul qilishni tashkil etishga, uy-joylardan foydalanish tashkiloti tomonidan uy egalarining shikoyat va arizalari o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat o‘rnatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy xo‘jaligida issiqlik, elektr energiyasi, gaz va suv nobudgarchiligini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishida uy-joylardan foydalanish tashkilotiga yordam berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uylar atrofidagi uchastkalarni obodonlashtirish va ko‘kalamlashtirish, uy egalariga pay asoslarida tegishli bo‘lgan dov-daraxtlar asbob-uskunalar saqlanishini ta’minlash ishlarida ixtiyoriy ravishda qatnashishga uy egalarini jalb qilishda hokimliklarga, davlat hokimiyatining joylardagi boshqa organlariga, shuningdek, mahalla qo‘mitalariga ko‘maklashishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Uy-joylardan foydalanish tashkilotlari Uy egalari kengashiga ularning ishida yordam ko‘rsatishga, ularni o‘zaro ahdlashuvlar shartlari bajarilishiga tegishli zarur materiallar va hujjatlar bilan tanishtirishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 4-noyabrdagi 462-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎__________________________________________________ Uy egalari kengashi bo‘yicha uy-joy-kommunal

ko‘p kvartirali uy, uy-joy mavzesi yoki mahalla‎‎

‎‎xizmatlar va elektr energiyasidan foydalanganlik uchun uy egalari hisoblangan mulkdorlarning qarzlarini xatlash*

‎‎(1998-yil 1-noyabrdagi holatga ko‘ra, so‘m hisobida)

T/r‎‏
‎‏
‎‏

Uy egasining familiyasi, ismi, otasining ismi
‎‏
‎‏

‎‏uy manzili
‎‏
‎‏

qarzlarning hammasi‎‏

shu jumladan‎‎

‎‏o‘tgan yillardagi qarzlar
‎‏

‎‏1998-yil 10 oyidagi qarzlar
‎‏

uy-joy-kommunal xizmatlar uchun‎‎

elektr energiyasi uchun‎‎

ulardan:

ulardan:‎‎

hamma si ‎

o‘tgan yillardagi qarzlar‎

1998-yil 10 oyidagi qarzlar‎

penya‎

hammasi‎

o‘tgan yillardagi qarzlar‎

1998-yil 10 oyidagi qarzlar‎

penya‎

‎1
2‎
3‎
4‎
5‎
6‎

Jami‎

______________________tumani hokimligi vakili ‎‎________________________________________ Uy-joydan foydalanish tashkiloti (Uy-joydan foydalanish boshqarmasi, Uy-joyni tuzatish uchastkasi, ijara korxonasi) vakili

______________________Uy egalari kengashi raisi

_____________________________________ “O‘zenergiyanazorat” vakili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* uy-joyni tuzatish tashkiloti va “O‘zenergiyanazorat” bo‘linmalari kelgusida tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 4-noyabrdagi 462-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha uy-joy-kommunal xizmatlar va elektr energiyasidan foydalanganlik uchun uy egalari hisoblangan mulkdorlarning qarzlarini xatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(1998-yil 1-noyabrdagi holatga ko‘ra, ming so‘m hisobida)

T/r‎‏
‎‏
‎‏

‎‏Uy egasining familiyasi, ismi, otasining ismi ‎‏
‎‏

‎‏Qarzlar ning hammasi‎‏

shu jumladan‎‎

‎‏o‘tgan yillardagi qarzlar

‎‏1998-yil 10 oyidagi qarzlar

uy-joy-kommunal xizmatlar uchun

elektr energiyasi uchun

ulardan: ‎‎

ulardan: ‎‎

hamma si ‎

o‘tgan yillardagi qarzlar‎

1998-yil 10 oyidagi qarzlar‎

penya‎

hamma si ‎

o‘tgan yillardagi qarzlar‎

1998-yil 10 oyidagi qarzlar‎

penya‎

1‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎
viloyatlar:‎
2‎ Andijon‎
3‎ Buxoro ‎
4‎ Jizzax‎
5‎ Qashqadaryo‎
6‎ Navoiy‎
7‎ Namangan‎
8‎ Samarqand‎
9‎ Surxondaryo‎
10‎ Sirdaryo‎
11‎ Toshkent‎
12‎ Farg‘ona‎
13‎ Xorazm‎
14‎ Toshkent shahri‎
Respublika bo‘yicha jami
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 4-noyabrdagi 462-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140-son shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 2-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Xo‘jayev ko‘chasi, 2-uy, 36-xonadonda yashovchi Abdullayev Ahmad Qudratovich (keyingi o‘rinlarda — Uy egasi) bir tomondan va 10-uy-joylardan foydalanish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Uy-joylardan foydalanish tashkiloti) ikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Uy egasi quyidagi majburiyatlarni oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uy-joy-kommunal xizmatlar uchun yig‘ilib qolgan qarzlarni ilova qilinayotgan jadvalga muvofiq summada va muddatda 2000-yil 1-yanvargacha uzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uy-joylardan foydalanish tashkiloti tomonidan ko‘rsatilgan uy-joy-kommunal xizmatlar uchun joriy to‘lovlarni belgilangan tariflar va muddatlarga muvofiq to‘lash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Uy-joylardan foydalanish tashkiloti quyidagi majburiyatlarni oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uy egasiga uy-joy-kommunal xizmatlar uchun 1998-yil 1-noyabrdagi holatga ko‘ra muddati o‘tib ketgan to‘lovlar bo‘yicha yig‘ilib qolgan _______________ so‘m miqdoridagi penyalar hisobdan chiqarilganligini tasdiqlovchi sertifikat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) belgilangan jadvalga muvofiq Uy egalari kengashining barcha a’zolari tomonidan qarzlar uzilgan taqdirda uy-joy-kommunal xizmatlar uzluksiz ko‘rsatilishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muddati o‘tib ketgan qarzlar jadvalda belgilangan muddatlarda to‘lanmagan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy egasi muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlar uchun penyalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquqini yo‘qotadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati o‘tib ketgan har bir kun uchun vaqtida to‘lanmagan summaning 0,5 foizi miqdorida penya qo‘shiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joylardan foydalanish tashkiloti, haq to‘langandan so‘ng ulash sharti bilan, Uy egasini (uzib qo‘yishdan uch kun avval Uy egasini xabardor qilgan holda) suv va gaz ta’minoti manbalaridan uzib qo‘yish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy egasi gaz va suv ta’minoti manbalarini o‘zboshimchalik bilan ulab olgan taqdirda, u amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uy-joylardan foydalanish tashkiloti tomonidan uy-joy-kommunal xizmatlarning u yoki bu turlari ko‘rsatilmagan taqdirda Uy egalari kengashi nomidan uning raisi bilan Uy-joylardan foydalanish tashkiloti o‘rtasida tuzilgan Dalolatnoma asosida uy egalari o‘sha kunlar uchun haq to‘lamaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Uy-joylardan foydalanish tashkiloti nomidan ‎

Uy egasi
‎A. Q. Abdullayev

10-uy-joylardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i R. A. G‘aniyev ‎

________________________________‎

________________________________‎

imzo, muhr

imzo‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Uy-joy-kommunal xizmatlar uchun 1998-yil 1-noyabrigacha yig‘ilib qolgan qarzlarni uzish jadvali ‎‎

(so‘mlarda)‎‎

‎‏Xizmatlar nomi

‎‏1998-yil 1-noyabrdagi qarzlar‎

Qarzlarni har oyda uzish jadvali

1999-yil 1-yanvargacha‎

yanvar‎

fevral‎

...‎

2000-yil 1-yanvargacha ‎

Uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish‎ 1500‎
Suv ta’minoti‎ 150‎
Gaz ta’minoti‎ 180‎
Markaziy isitish‎ 210‎
Issiq suv ta’minoti‎ 90‎
Kanalizatsiya‎ 90‎
Axlatni olib ketish‎ 60‎
Boshqa xizmatlar (turi ko‘rsatilsin)‎ —‎
Jami:‎ 2280‎ 680‎ 135‎ 135‎ ...‎

115‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 4-noyabrdagi 462-son qaroriga
4a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA‎

‎‎Penyani hisobdan chiqarish to‘g‘risida
‎ SERTIFIKAT‎

Seriya GS ‎

№ 023548‎

‎‎Mazkur sertifikat bilan Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Xo‘jayev ko‘chasi, 2-uy, 36-xonadonda yashovchi Abdullayev Ahmad Qudratovichdan 1998-yil 2-dekabrdagi 140-son shartnomaga muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlar uchun 1998-yil 1-noyabrdagi holatga ko‘ra muddati o‘tgan to‘lovlar bo‘yicha yig‘ilib qolgan 1140 (bir ming bir yuz qirq) so‘m miqdorida olinadigan penya hisobdan chiqarilganligi tasdiqlanadi.

10-uy-joylardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i R, A. G‘aniyev ‎

1998-yil 3-dekabr‎

__________________________________‎

imzo‎

muhr‎

‎‎Uy-joy-kommunal xizmatlar uchun to‘lov bo‘yicha yig‘ilib qolgan qarzlarni to‘lash yuzasidan Shartnoma tuzilayotganda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 4-noyabrdagi 462-son qaroriga
5-ILOVA

230 A-son shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 2-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Xo‘jayev ko‘chasi, 2-uy, Z6-xonadonda yashovchi Abdullayev Ahmad Qudratovich {keyingi o‘rinlarda — Uy egasi) bir tomondan va Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Etkazib beruvchi) direktori A. S. Mahmudov ikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Uy egasi quyidagi majburiyatlarni oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) elektr energiyasi uchun yig‘ilib qolgan qarzni ilova qilinayotgan jadvalga muvofiq summada va muddatlarda 2000-yil 1-yanvargacha uzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Etkazib beruvchi tomonidan berilgan elektr energiyasi uchun joriy to‘lovlarni belgilangan tariflar va muddatlarga muvofiq to‘lash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Etkazib beruvchi quyidagi majburiyatlarni oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uy egasiga elektr energiyasi uchun 1998-yil 1-noyabrdagi holatga ko‘ra muddati o‘tib ketgan to‘lovlar bo‘yicha yig‘ilib qolgan _______________ so‘m miqdoridagi penyalar hisobdan chiqarilganligini tasdiqlovchi sertifikat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) belgilangan jadvalga muvofiq Uy egalari kengashining barcha a’zolari tomonidan qarzlar uzilgan taqdirda elektr energiyasi uzluksiz berilishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muddati o‘tib ketgan qarzlar jadvalda belgilangan muddatlarda to‘lanmagan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy egasi muddati o‘tib ketgan qarzlar uchun penyalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquqini yo‘qotadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligi 1997-yil 16-yanvarda 298-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazgan “Maishiy abonentlar bilan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish qoidalari”ga muvofiq muddati o‘tib ketgan har bir kun uchun penya hisoblab qo‘shiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etkazib beruvchi, haq to‘langandan so‘ng ulash sharti bilan, Uy egasini (uzib qo‘yishdan uch kun oldin Uy egasini xabardor qilgan holda) elektr ta’minoti manbalaridan uzib qo‘yish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy egasi elektr ta’minoti manbalarining o‘zboshimchalik bilan ulab olgan taqdirda, u amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Elektr energiyasi berishda uzilishlar bo‘lgan taqdirda ushbu kunlar uchun Uy egalari kengashi nomidan Rais bilan yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan Dalolatnoma asosida uy egalari o‘sha kunlar uchun haq to‘lamaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etkazib beruvchi nomidan ‎

Uy egasi
‎A. Q. Abdullayev‎

Toshkent shahar elektr energiyasi korxonasi direktori
‎A. S. Mahmudov ‎

______________‎

______________‎

imzo, muhr‎

imzo ‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA‎

‎‎Elektr energiyasi uchun 1998-yil 1-noyabrgacha yig‘ilib qolgan qarzlarni to‘lash jadvali

(so‘mlarda)‎

Xizmatlar nomi‎

1998-yil 1-noyabrdagi qarzlar

‎‎Qarzlarni har oyda uzish jadvali

1999-yil 1-yanvargacha‎

yanvar‎

fevral‎

...‎

2000-yil 1-yanvargacha ‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

Energiya bilan ta’minlash‎

1800‎

480‎

110‎

110‎

...‎

110‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 4-noyabrdagi 462-son qaroriga
5a-IL0VA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA‎

‎‎Penyani hisobdan chiqarish to‘g‘risida
‎SERTIFIKAT

Seriya DG‘‎

№ 125578‎

‎‎Mazkur sertifikat bilan Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Xo‘jayev ko‘chasi, 2-uy, 36-xonadonda yashovchi Abdullayev Ahmad Qudratovichga 1998-yil 2-dekabrdagi 230 A-son shartnomaga muvofiq elektr energiyasidan foydalanganlik uchun 1998-yil 1-noyabrdagi holatga ko‘ra muddati o‘tgan to‘lovlar bo‘yicha yig‘ilib qolgan 600 (olti yuz) so‘m miqdoridagi penya hisobdan chiqarilganligi tasdiqlanadi.

Toshkent shahar elektr energiyasi korxonasi direktori
‎A. S. Mahmudov ‎

1998-yil 3-dekabr‎

______________‎

imzo‎

muhr‎

‎‎Elekgr energiya uchun yig‘ilib qolgan qarzlarni to‘lash yuzasidan Shartnoma tuzilayotganda beriladi.