Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.11.2024 07.01.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 589
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yoʻriqnomasi, 07.01.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 589
Кучга кириш санаси
07.01.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.11.2024
Hujjat 18.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi tomonidan

1998-yil 10-dekabr, 04-02-05/809-son

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat

soliq qoʻmitasi tomonidan

1998-yil 10-dekabr, 98-156-son

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat

bojxona qoʻmitasi tomonidan

1998-yil 6-dekabr, 02/8-42-son

“TASDIQLANGAN”

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TAMAKI MAHSULOTLARI VA ALKOGOLLI ICHIMLIKLARIGA AKSIZ MARKALARINI QOʻLLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 7-yanvarda 589-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 23-sentabrdagi 178-son va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 13-sentabrdagi 2024-17-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3566, 31.10.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 14-avgustdagi 285-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va aksiz markalarini berish, qayd etish, saqlash va qaytarish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va uning hududiga olib kelinayotgan, aksiz markalari bilan majburiy markalanishi lozim boʻlgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning aksiz markalari bilan markalanishi ustidan nazorat oʻrnatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqarish, import qilish, saqlash, tashish va sotish ustidan davlat nazoratini oʻrnatish, shuningdek aksiz soligʻini toʻliq yigʻib olish, mazkur tovarlarning yashirin tarzda ishlab chiqarilishining yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinishining oldini olish maqsadida Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy organlari oʻz ishlarida mazkur Yoʻriqnomaga amal qilishlari va uning bajarilishini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1996-yilning 1-oktabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va uning hududiga olib kelinayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni, pivodan tashqari (keyingi oʻrinlarda aksiz tovarlar deb yuritiladi), belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan majburiy markalash joriy etildi va ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, aksiz markalarini yopishtirmagan holda tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash va sotish taqiqlab qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida eksport uchun ishlab chiqarilgan yoki xalqaro tranzit maqsadida olib kelingan, aksiz markalari bilan markalanmagan aksiz tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markalarini qalbakilashtirganlik uchun, shuningdek qalbaki aksiz markalarini sotganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonuniga muvofiq jinoiy javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. AKSIZ MARKALARINI BUYURTIRISH VA ULARNI BERISH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markalanadigan aksiz toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar “Davlat belgisi” DICHBning Toshkent bosma fabrikasiga mazkur Yoʻriqnomaga 1-ilovaga muvofiq shaklda aksiz markalarining turlari boʻyicha zarur miqdorini xarid qilishga (alkogolli mahsulot boʻyicha isteʼmol idishiga quyiladigan mahsulotning hajmini litrda koʻrsatgan holda) buyurtmanoma bilan, fabrikaning tegishli bank hisobvaragʻiga alkogolli mahsulot uchun buyurtirilayotgan aksiz markalari miqdori nominal qiymatining 50%i va tamaki mahsulotlari uchun aksiz markalarining toʻliq nominal qiymatini oʻtkazgandan keyin, murojaat etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasiga markalanadigan aksizli tovarlarni olib kiruvchi importchilar Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy organlariga turlari boʻyicha (alkogolli ichimlik boʻyicha — isteʼmol idishiga quyiladigan mahsulotning hajmini litrlarda koʻrsatgan holda) aksiz markalarining zarur miqdorini xarid qilishga mazkur Yoʻriqnomaga 1a-ilovaga binoan shaklda buyurtmanoma topshiradilar. Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy organlari taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida aksizli tovarlar uchun aksiz markalariga yigʻma buyurtmanoma tuzadilar va yozma shaklda, rahbariyatning imzosi bilan Davlat bojxona qoʻmitasiga taqdim etadilar. “Davlat belgisi” DICHBning Toshkent bosma fabrikasida buyurtmani joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markalanadigan aksizli mahsulot ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi korxonalarga aksiz markalarini berish “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmalari tomonidan buyurtmanoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Aksiz markalarini “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmalari buyurtmanomada ishlab chiqaruvchi korxonalar boʻyicha “Davlat belgisi” DICHBning Toshkent bosma fabrikasining va importchilar boʻyicha Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy organlarining belgilari mavjud boʻlganida beradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolli ichimliklarni mahalliy ishlab chiqaruvchilarga — aksiz markalarining buyurtirilayotgan miqdori nominal qiymatining 50 foizi toʻlanganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tamaki mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilarga — aksiz markalari buyurtirilayotgan miqdorining toʻliq nominal qiymati toʻlanganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilarga — aksiz markalari buyurtirilayotgan miqdorining toʻliq nominal qiymati va aksiz soligʻining butun summasi toʻlanganligi toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz soligʻi toʻlanayotganida aksiz markalarining qiymati hisobga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markalarining nominal qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Davlat belgisi” DICHBning hisob-kitoblari boʻyicha tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Aksiz markalarini olish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar “Davlat belgisi” DICHBning Toshkent bosma fabrikasiga 3 nusxada buyurtmanoma taqdim etadilar. Buyurtmanomaning “Aksiz markalari uchun haq toʻlangan” degan shtampi bosilgan va “Davlat belgisi” DICHBning masʼul shaxsi imzosi bilan tasdiqlangan birinchi va ikkinchi nusxalari xaridorga qaytariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz toʻlanadigan mahsulot importchilari Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy organlariga 3 nusxada buyurtmanoma taqdim etadilar. Buyurtmanomaning Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy organining “Aksiz markalari uchun haq toʻlangan” degan shtampi bosilgan va Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy organining masʼul xodimi imzosi bilan tasdiqlangan birinchi va ikkinchi nusxalari xaridorga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy organining xodimi markalarni xarid qilishga buyurtmanoma qabul qilganda xaridorni mazkur Yoʻriqnomaga 2-ilovaga koʻra shaklda importchining kodini koʻrsatgan holda maxsus jurnalda roʻyxatdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Importchilar Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy organlariga buyurtmanomadan tashqari “Davlat belgisi” DICHBning Toshkent bosma fabrikasi tegishli bank hisobvaragʻiga mablagʻlar oʻtkazilganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatini taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markalarini sotib oluvchining toʻlov hujjatida “Toʻlovning maqsadi” ustunida “Aksiz markalari uchun toʻlandi” degan yozuv boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar “Davlat belgisi” DICHBning Toshkent bosma fabrikasi yoki Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy organining belgisi qoʻyilgan aksiz markalarini xarid qilish uchun buyurtmanoma bilan “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmasiga murojaat qiladilar. Bank xodimi ishlab chiqaruvchi korxonaga yoki importchiga buyurtmanomada koʻrsatilgan miqdordagi aksiz markalarini beradi va bu haqda aksiz markalarini olish buyurtmanomasida qayd etadi. Buyurtmanomaning bir nusxasi bank xodimida qoladi, boshqasi esa ishlab chiqaruvchi korxonaga yoki importchiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Aksiz markalarini “Agrobank” ATBning tegishli mintaqaviy boʻlinmasigacha tashish va ularni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar aksiz markalarining nominal qiymatiga kiritilmaydi va ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda importchilar tomonidan ustama tarzida aksiz markalari qiymatidan yuqori qiymatda toʻlanadi, ustama miqdorini “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmalari tuzilgan shartnomaga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydilar. Ustama summasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda importchilar tomonidan alohida toʻlanadi va aksiz markalarini olishda “Agrobank” ATBning boʻlimlari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Ana shu tilga olingan xarajatlar, shuningdek aksiz markalarining nominal qiymati va aksiz tovarlarni markalash bilan bogʻliq xarajatlar ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda importchilarning davr xarajatlariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Aksiz markalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish BYDni toʻldirgan holda amalga oshiriladi. Import qilinadigan aksiz tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi ishlari uchun olib kelish importchi tomonidan aksiz markalari sotib olingan va qayd etilgan hududdagina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Respublikaga keltirilayotgan, aksiz markalari bilan markalangan aksiz tovarlarni markalarni importchi sotib olmagan va qayd etmagan boshqa hudud orqali bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish taqiqlanadi. Buning uchun javobgarlik Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy organlarining zimmasiga tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. AKSIZ MARKALARI BILAN MARKALASH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Aksiz tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish uchun moʻljallanayotgan tayyor mahsulotlarga aksiz markalarini ishlab chiqarish jarayonida yoki korxona hududining boshqa moslashtirilgan joyida markalash uchun belgilangan texnologiya asosida yopishtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Import boʻyicha keltirilayotgan aksiz tovarlarni aksiz markalari bilan markalash importchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan markalanmagan aksiz tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish va sotish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagi aksiz tovarlarni markalash majburiy emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadan tashqariga eksport qilinayotgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojsiz savdo qiluvchi doʻkonlar uchun respublika hududiga keltirilayotgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasi boʻlgan taqdirda, koʻrgazmalar oʻtkazish uchun keltirilayotgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tranzit boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinayotgan va olib chiqishga moʻljallangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga Oʻzbekiston Respublikasining qonunida belgilangan aksizsiz olib kirish meʼyorlari doirasida keltirilayotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududida ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan pivo Oʻzbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan markalanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Koʻrgazmalar oʻtkazish uchun respublikaga keltirilayotgan aksiz tovarlar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan boʻlsa, koʻrgazmalar tugaganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan majburiy tarzda markalanadi va ular boʻyicha umumiy belgilangan tartibda aksiz soligʻi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tamaki mahsulotlarini markalash qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pachkani ochgan taqdirda aksiz markasi yirtilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markasi quyidagi tarzda yopishtirilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yumshoq pachka. Yuqori tomonni yopuvchi aksiz markasidagi matn yoki rasm pachkaning old tomonidagi yoʻnalishda koʻrinishi kerak va pachkaning oʻrtasida (oʻng va chap chetidan, orqa va old tomonidan bir xil masofada) joylashtirilgan boʻlishi kerak. Pachka sellofan bilan (agar shu narsa koʻzda tutilgan boʻlsa) pachkaga yopishtirilgan aksiz markasi ustidan oʻralishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qopqogʻi ochiladigan pachka. Marka orqa tomonida joylashtirilgan boʻlishi, burchakni yopishi va pachkaning yon tomoniga ham oʻtgan boʻlishi kerak. Pachka sellofan bilan (agar shu narsa koʻzda tutilgan boʻlsa) pachkaga yopishtirilgan aksiz markasi ustidan oʻralishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) konvert shaklidagi (masalan, “Saraton”, “Astra”, “Prima”) pachka. Pachka ustidagi aksiz markasi ochiladigan qopqoqni birlashtirish markazi boʻylab orqa tomonida joylashtirilishi kerak, oʻng va chap chetidan, orqa va old tomonidan bir xil masofada boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida aytib oʻtilgan tartibni buzgan holda (masalan, sellofan plyonkani qirqib, uning ichiga aksiz markasi yopishtirilganda, marka sellofan ustidan yopishtirilganda, boshqa ishlab chiqaruvchilar yoki importchilarning markalari yopishtirilganda) aksiz markalari yopishtirilgan tamaki mahsulotlari markalanmagan hisoblanadi va ular belgilangan tartibda olib qoʻyiladi hamda yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Alkogolli ichimliklarni markalash qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markasi idishning zich qilib yopiladigan qopqoqchalari (yoki polietilen tiqinlari) ustidan ochiladigan tomonga bir meʼyorda yopishgan holda va qopqoq ochilganda yirtiladigan qilib yopishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Aksiz markalarini yopishtirishda tovardan olinganda uning yirtilmasligiga imkon bermaydigan yelimdan foydalanish kerak. Aksiz markalarini yopishtirish uchun qoʻllaniladigan yelim qurib qolmasligi va tovardan koʻchib ketmasligi uchun yuqori va past haroratlarga, turli namlik darajalariga chidamli boʻlishi; markadan qayta foydalanish uchun idishni yoki pachkani ochishda shikastlangan markalarni butun markalarga yigʻib boʻlmaslik kafolatini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa ishlab chiqaruvchilar yoki importchilarning yoxud alkogolli ichimliklar boshqa tovar guruhlarining aksiz markalari yopishtirilgan, idishning litrajiga muvofiq kelmaydigan, shuningdek mazkur bandda va ushbu Yoʻriqnomaning 22-bandida nazarda tutilgan tartibni buzgan holda aksiz markalari yopishtirilgan alkogolli ichimliklar markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qoʻyilishi hamda yoʻq qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Aksiz tovarlarni markalash boʻyicha talablar tegishli standartlarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ishlab chiqaruvchilar yoki importchilar sotib olgan aksiz markalarini qayta sotish, oʻzga shaxslarga boshqacha shakllarda berish yoki sotish mumkin emas, soliq organi yoki Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy organining qaytarib berishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. AKSIZ SOLIGʻINI TOʻLASH VA BYDJET BILAN HISOB-KITOB QILISH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Aksizli tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar aksiz soligʻi boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblarni qonunchilikka muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Importchilar aksiz soligʻini import qilinayotgan tovarning kontrakt qiymatidan va belgilangan stavkalardan kelib chiqib hisoblaydilar va toʻlaydilar. Tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotganda aksiz soligʻini qayta hisoblash aksiz markalarini sotib olishda ilgari toʻlangan aksiz soligʻini kiritgan holda olib kelinayotgan tovarning bojxona qiymatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Toʻlangan aksiz soligʻi faqat kontrakt bekor qilinganda, foydalanilmagan (shu jumladan shikastlangan) aksiz markalarini topshirish sharti bilan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markalari aksiz soligʻi toʻlanganligiga dalil boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat soliq organlari va Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy organlari aksiz soligʻini hisoblash uchun ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar tomonidan hisob-kitoblar oʻz vaqtida topshirilishini nazorat qiladilar, hisobga oladilar va aksiz soligʻi summalarining tushumiga doir hisobotlarni tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. AKSIZ MARKALARINI QAYD ETISH, HISOB-KITOB VA NAZORAT QILISH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qatʼiy hisobotdagi blankalar uchun boʻlgani singari aksiz markalari uchun ham buxgalterlik hisob-kitobi qoidalari qoʻllaniladi. Aksiz markalariga ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilarning kodlari yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun kodlar shunday mahsulot ishlab chiqarish huquqi uchun qonunda belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar boʻlgandagina beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mayda turkumdagi (10 ming pachka, donadan kam miqdorda) aksiz tovarlarni olib kelayotgan importchilar uchun yagona kod raqamlari — tamaki mahsulotlari uchun IM 9898 va alkogolli ichimliklar uchun IM 98098 raqamlari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Aksiz markalarining saqlanishi va ulardan maqsad boʻyicha foydalanilishi uchun masʼuliyat aksiz tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Aksiz markalari xizmatlar va tashish xarajatlari uchun bank ustamasini hisobga olmagan holda nominal qiymat boʻyicha ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar tomonidan hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Davlat soliq boshqarmasi (soliq inspeksiyasi) va Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy organi boshligʻining buyruqlari bilan aksiz markalarini hisobga olish va nazorat qilish uchun javobgar shaxs tayinlanadi. Aksiz markalarini hisobga olish va nazorat qilish ularning soni va qiymati boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Aksiz tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 5 sanasidan kechiktirmay 4-ilovaga muvofiq aksiz markalarining harakati toʻgʻrisidagi hisobotni Davlat soliq inspeksiyasiga yoki Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy organiga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Davlat soliq boshqarmalari (soliq inspeksiyalari) va Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy organlari aksiz markalaridan toʻgʻri foydalanilishi va ularning roʻyxatdan chiqarib tashlanishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Davlat soliq inspeksiyalari va Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy organlari oʻtgan oydan keyingi oyning har birinchi kunida “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmalarida ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar tomonidan berilgan (sotilgan) aksiz markalarining miqdorini solishtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmalari har chorakda, oʻtgan chorakdan keyingi oyning har 10-kunida joriy chorakning birinchi kunidagi holatiga koʻra aksiz markalarining aksiz tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar boʻylab harakati toʻgʻrisidagi hisobotni Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etadilar. Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy organlari ham xuddi shu tartibda importchilar boʻyicha Davlat bojxona qoʻmitasiga hisobot taqdim etadilar. Mazkur hisobotlar 4-ilovadagi shakl boʻyicha topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Aksiz markalarining tushumi va ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilarga berilishini hisobga olish tartibi “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmalarida “Agrobank” ATB tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qopqogʻi ochilmagan idishlardagi yoki pachkadagi aksiz markalarining soni ishlab chiqaruvchilarda yoki importchilarda shubha uygʻotsa, ularni tekshirish “Davlat belgisi” DIB va “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmalari vakillarining majburiy hozirligida amalga oshiriladi. “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmalari ishlab chiqaruvchilarga yoki importchilarga topshirilgunga qadar, shuningdek “Davlat belgisi” DIB aksiz markalarini banklarga topshirgunga qadar ularning yirtilmasdan saqlanishini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONALAR VA IMPORTCHILARNING AKSIZ MARKALARINI HISOBGA OLISHLARI VA SAQLASHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Aksiz tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki importchilar aksiz markalarining toʻgʻri hisobga olinishini, ulardan foydalanilishini (miqdori va qiymati boʻyicha), yirtilgan markalarni belgilangan tartibda roʻyxatdan chiqarib tashlashga qadar saqlanishini taʼminlashlari, ularning nazoratdan chiqib ketishiga yoʻl qoʻymasliklari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib olingan aksiz markalari nominal qiymati boʻyicha “Qatʼiy hisobot blankalari” 006-balans hisobvaragʻiga kirim qilinadi. Markalarning sarflanishi va kirim qilinishi qatʼiy hisobot blankalari uchun boʻlganidek tartibda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz tovarlarni bir vaqtning oʻzida ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan mahsulotlar boʻyicha aksiz markalarining harakatini alohida qayd etib borishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda ishlab chiqarish korxonalari maxsus buyruq chiqaradilar va unda moddiy javobgar shaxs hamda aksiz markalarini saqlash va sarflash qoidalari belgilab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. AKSIZ MARKALARINI HISOBDAN CHIQARISH VA QAYTARISH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Aksiz tovarlarni markalayotganda aksiz markalari yirtilib ketgan taqdirda tayyorlovchi korxonalar (importchilar) barcha yirtilib ketgan markalarni Davlat soliq boshqarmasiga (bu haqda soliq inspeksiyasiga xabar qilib) yoki Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy organlariga topshirishlari, bunda yirtilgan aksiz markalarini yoʻq qilib yuborish uchun qabul qilishni soʻrab ariza berishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Yirtilgan aksiz markalari quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda alohida varaqlarga 10 tadan yopishtirilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz markalarini yopishtirish burmalarsiz va gʻadir-budirliklarsiz amalga oshirilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markalar shunday yopishtirilishi kerakki, markaning markaziy qismi va raqamli rekvizitlar aniq koʻrinib turishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markalar yirtilganda uning ayrim qismlari birlashtirilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaytarib yuborilayotgan har bir yirtilgan markaning umumiy qismi uning dastlabki oʻlchovining kamida 2/3 qismini tashkil etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ishlab chiqaruvchi korxonalarga (import qiluvchilarga) yirtilgan aksiz markalari boʻyicha ularning nominal qiymati qaytarilmaydi, yirtilganlari oʻrniga yangi markalar berilmaydi. Zararlar korxona (import qiluvchi) faoliyatining natijalariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Davlat soliq boshqarmasining (shuningdek, soliq inspeksiyasining) yoki Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy organining aksiz markalari bilan ishlash vazifasi yuklatilgan mansabdor shaxsi ishlab chiqaruvchi korxona yoki importchining aksiz markalari uchun moddiy javobgar shaxsi ishtirokida yirtilgan markalarni roʻyxatdan chiqarish (yoʻq qilish) uchun 2 nusxada dalolatnoma tuzadi, unga oʻzi imzo chekadi va Davlat soliq boshqarmasining yoki Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy organining rahbariyatiga yoʻq qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun taqdim etadi. Yoʻq qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin dalolatnomaning bir nusxasi ishlab chiqaruvchi korxonaga yoki importchiga topshiriladi, soʻng esa hisobot boʻyicha roʻyxatdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Roʻyxatdan chiqarilgan aksiz markalarini yoʻq qilish soliq boshqarmasining yoki Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy organining Davlat soliq boshqarmasi yoki Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy organi boshligʻining buyrugʻi bilan tayinlanadigan, kamida uch kishidan iborat komissiyasi (komissiya tarkibiga soliq inspeksiyasining xodimi ham kiritiladi) tomonidan maxsus mashinalarda yoqib yuborish yoki maydalab tashlash bilan amalga oshiriladi va bu haqda dalolatnomaga tegishli yozuv yoziladi va u komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Foydalanilmagan aksiz markalarini qaytarish aksiz tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan yuridik shaxs sifatida faoliyat toʻxtatilganda, bankrot boʻlganda, litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki tugatilgan yoxud ishlab chiqaruvchi korxonaning tegishli mahsulotni ishlab chiqarishga litsenziyasining amal qilishi bekor qilinganda yoki importchi tomonidan kontrakt bekor qilinganda va aksiz markalari davlat standartlari talablariga nomuvofiq kelganda amalga oshirilishi mumkin. Bunda aksiz markalarini tayyorlash boʻyicha davlat standartlari talablari buzilgan taqdirda javobgarlik “Davlat belgisi” DIB zimmasiga yuklatiladi va qaytarilgan aksiz markalarining nominal qiymati uning xoʻjalik faoliyati natijalariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanilmagan aksiz markalarini qaytarish uchun ishlab chiqaruvchi korxona yoki importchi Davlat soliq inspeksiyasi yoki Davlat bojxona qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy organining boshligʻi nomiga ariza beradi va unda qaytarish sabablarini, shuningdek aksiz markalarining soni va turlarini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markalarini qaytarish Davlat soliq inspeksiyasi yoki Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy organi tomonidan yozib beriladigan qaytarish toʻgʻrisidagi kvitansiyaga muvofiq (5-ilova) ular ilgari sotib olingan “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlimida amalga oshiriladi. Qaytarish toʻgʻrisidagi kvitansiya 3 nusxada yoziladi, bir nusxasi Davlat soliq inspeksiyasida yoki Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy organida qoldiriladi, ikkinchi nusxasi aksiz markalari bilan birga bankka topshiriladi va uchinchi nusxa ishlab chiqaruvchi korxonada, importchida saqlanadi. Ishlab chiqaruvchi korxona, importchi aksiz markalarini bank qabul qilganidan soʻng bu haqda Davlat soliq inspeksiyasiga yoki Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy organiga qayd etish uchun xabar qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs sifatida oʻz faoliyatini toʻxtatgan yoki kontraktni bekor qilgan bankrot boʻlgan ishlab chiqaruvchi korxonaga yoki importchiga, shuningdek tegishli mahsulotni ishlab chiqarishga litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki tugatilgan yoxud litsenziyasi bekor qilingan ishlab chiqaruvchi korxonaga topshirilgan aksiz markalarining nominal qiymati qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nostandart aksiz markalarini sotib olgan va ularni “Agrobank” ATBning boʻlinmalariga qaytargan ishlab chiqaruvchi korxonalarga yoki importchilarga tegishli miqdorda yangi aksiz markalari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agrobank” ATB nostandart, shuningdek buyurtirilgan miqdordan ortiqcha olingan aksiz markalarini yoʻq qilib tashlash uchun “Davlat belgisi” DIBga qaytaradi va bu haqda Davlat soliq qoʻmitasiga va Davlat bojxona qoʻmitasiga xabar qiladi. “Davlat belgisi” DIB yangi markalarni berish orqali topshirilgan nostandart aksiz markalarini “Agrobank” ATBga beradi. Bunda ishlab chiqaruvchi korxonalarga yoki importchilarga qoplangan aksiz markalari tekinga, “Davlat belgisi” DIB hisobidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmalari xaridorlar topshirgan aksiz markalari miqdorini ularning turlariga koʻra kirim qilishlari va ularni yoʻq qilib yuborishga tayyorlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirim qilingan aksiz markalari “Agrobank” ATBning mintaqaviy boʻlinmalarida ushbu Yoʻriqnomaning 41, 42-bandlarida koʻzda tutilgan tartibda yoʻq qilinadi. Komissiya tarkibiga bank vakili ham kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. AKSIZ TOVARLARNI AKSIZ MARKALARI BILAN MARKALASH UCHUN JAVOBGARLIK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Oʻzbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan markalanishi lozim boʻlgan ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan aksiz tovarlarni markalash uchun javobgarlik ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar zimmasiga tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotilayotgan va uning hududiga olib kelinayotgan aksiz tovarlarni majburiy markalashni taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Oʻzbekiston Respublikasi hududida markalanishi lozim boʻlgan aksiz tovarlarning ularga aksiz markalarini yopishtirmay oborotga kiritilishi taqiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ushbu Yoʻriqnomaning talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonuniga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. AKSIZ MARKALARINING TURLARI VA BELGILARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Aksiz markalari ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan aksizli tovarlarning turlariga qarab quyidagi turlarga boʻlinadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Aksiz toʻlanadigan tovarlar

Harfli belgi

Kodli belgi

TAMAKI MAHSULOTLARI

Import qilingan:

IMPORT, TAMAKI MANSULOTLARI

IM

Import qiluvchining kodi

IMPORT, TAMAKI MANSULOTLARI

IM

9898

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan:

TAMAKI MANSULOTLARI

O`Z

Korxona kodi

ALKOGOLLI ICHIMLIKLAR

Import qilingan:

IMPORT, AROQ

IM

Import qiluvchining kodi

IMPORT, AROQ

IM

98098

IMPORT, KONYAK

IM

Import qiluvchining kodi

IMPORT, KONYAK

IM

98098

IMPORT, VINO

IM

Import qiluvchining kodi

IMPORT, VINO

IM

98098

IMPORT, SPIRTLI ICNIMLIKLAR

IM

Import qiluvchining kodi

IMPORT, SPIRTLI ICNIMLIKLAR

IM

98098

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan:

AROQ

O`Z

Korxona kodi

KONYAK

O`Z

Korxona kodi

VINO

O`Z

Korxona kodi

SPIRTLI ICNIMLIKLAR

O`Z

Korxona kodi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markalarida yozilgan harfiy va raqamli belgilarning taʼrifi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IM — mahsulot import boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O`Z — mahsulot Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98 — ikkita birinchi belgi — aksiz markasi bosib chiqarilgan yilning ikkita oxirgi raqamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01 yoki 001 — ikkita yoki uchta keyingi belgilar — tegishincha tamaki yoki alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga (importchilarga) beriladigan kod raqamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz markalaridagi 4 ta raqamli belgi tamaki mahsulotini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz markalaridagi 5 ta raqamli belgi alkogolli mahsulotni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98 bilan tugaydigan soʻnggi raqamlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mayda turkumdagi aksizli tovarlar keltirilganligini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli mahsulot uchun aksiz markalarida alkogolli ichimlik quyiladigan isteʼmol idishining hajmini litrlarda bildiradigan quyidagi yozuvlar qayd etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import boʻyicha olib kirilganda: “0,1 L gacha”, “0,11 L dan 0,25 L gacha”, “0,26 L dan 0,37 L gacha”, “0,38 L dan 0,5 L gacha”, “0,51 L dan 0,75 L gacha”, “0,76 L va yuqori”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilganda: “0,05 L”, “0,1 L”, “0,2 L”, “0,25 L”, “0,375 L”, “0,45 L”, “0,5 L”, “0,7 L”, “0,75 L”, “1,0 L”, “1,5 L”, “1,75 L”, “3 L”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996-yil 21-avgustda 275-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga nisbatan aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
____“Davlat belgisi” DICHBning Toshkent bosma
____fabrikasi direktoriga _____________________________________‎‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎____20__ y. “___” ____________da ____________-son bilan roʻyxatga olingan

Aksiz markalarini xarid qilishga
‎BUYURTMANOMA ‎‎

‎‎____________________________________________________________________
_________(tashkilotning toʻliq nomi, manzili, bank rekvizitlari)
‎‎____________________________________________________________________‎‎
‎‎____aksiz markalarini quyidagi miqdorda bosib chiqarishingizni soʻraydi:
_________‎‎‎‎_____ soʻmlik ________________ dona/litr* miqdoridagi _______________________,
‎‎‎_______________________________________________________________(marka turi)‎‎‎
______________‎‎soʻmlik ________________ dona/litr* miqdoridagi _______________________ ,
_______________________________________________________________(marka turi)
______________‎‎soʻmlik ________________ dona/litr* miqdoridagi _______________________ , ‎_______________________________________________________________(marka turi)‎‎
______________‎‎soʻmlik ________________ dona/litr* miqdoridagi _______________________ , ‎_______________________________________________________________(marka turi)‎‎
‎‎____Umumiy miqdori ___________________________________________ soʻmlik.
__________________________________(soʻz bilan) ‎‎
‎‎____‎‎Koʻrsatilgan miqdordagi aksiz markalari
‎‎____‎‎_______________________________________________________________ ni
___________(tovar nomi, shishalar, sigaret pachkalari soni)
____‎‎markalash uchun zarur.
‎‎____‎‎Aksiz markalarini xarid qilish uchun _______________________ hisob raqamiga pul
mablagʻi oʻtkazilgan.‎‎
‎‎____‎‎20__ y. “___” ____________dagi ________________ soʻmlik toʻlov hujjati.
‎‎____‎‎Tashkilot rahbari ______________________________________
____________________________(F.I.O., imzo)
‎‎____‎‎M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlganda)
‎‎____‎‎Bosh buxgalter _________________________________
______________________(F.I.O., imzo)

____“Davlat belgisi” DICHB Toshkent bosma fabrikasining uning tegishli bank hisob raqamiga mablagʻ oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi belgisi, masʼul shaxs imzosi, sana, muhr.

‎‎____Aksiz markalarini bergan bank xodimining imzosi va shtamp belgisi

____________________________________________________________________
_____________________(familiyasi, ismi, otasining ismi)
____‎‎20__ y. “___” ____________dagi _________-son ishonchnoma.
‎‎____Pasport seriyasi _____ №___________, ___________ tomonidan berilgan.
____Olindi _________________________________________________
___________(aksiz markalarini oluvchining lavozimi, ismi-sharifi)
‎‎____20__ y. “___” ____________da oldim.
____Imzo ___________________________
________(aksiz markalarini oluvchining imzosi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* kerakligining tagiga chizilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
______________________________________________________ boshligʻiga
________________(DBQ hududiy organining nomi)
‎‎____20__ y. “___” ____________da ____________-son bilan roʻyxatga olingan

‎‎(DBQ hududiy organi tomonidan toʻldiriladi)

Aksiz markalarini xarid qilishga
‎BUYURTMANOMA ‎‎

‎‎____________________________________________________________________
_________(tashkilotning toʻliq nomi, manzili, bank rekvizitlari)
‎‎____________________________________________________________________‎‎

____quyidagi miqdorda aksiz markalarini buyurtirishni soʻraydi:
_________‎‎‎‎_____ soʻmlik ________________ dona/litr* miqdoridagi _______________________,
‎‎‎_______________________________________________________________(marka turi)‎‎‎
______________‎‎soʻmlik ________________ dona/litr* miqdoridagi _______________________ ,
_______________________________________________________________(marka turi)
______________‎‎soʻmlik ________________ dona/litr* miqdoridagi _______________________ , ‎_______________________________________________________________(marka turi)‎‎
______________‎‎soʻmlik ________________ dona/litr* miqdoridagi _______________________ , ‎_______________________________________________________________(marka turi)‎‎
‎‎____Umumiy miqdori ___________________________________________ soʻmlik.
__________________________________(soʻz bilan) ‎‎
‎‎____‎‎Koʻrsatilgan miqdordagi aksiz markalari
‎‎____‎‎_______________________________________________________________ ni
___________(tovar nomi, shishalar, sigaret pachkalari soni)
____‎‎markalash uchun zarur.
‎‎____‎‎Aksiz markalarini xarid qilish uchun _______________________ hisob raqamiga pul
mablagʻi oʻtkazilgan.‎‎
‎‎____‎‎20__ y. “___” ____________dagi ________________ soʻmlik toʻlov hujjati.
____Import qilinayotgan tovarlar boʻyicha aksiz soligʻi _______________________ soʻm miqdorida ____________________ hisob raqamiga toʻlangan, 20__ y. “___” ____________dagi ________________-son toʻlov hujjati.
____Tashkilot rahbari ______________________________________
________________________________(F.I.O., imzo)
____M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlganda)
____Bosh buxgalter _________________________________
__________________________(F.I.O., imzo)

‎‎____Aksiz markalarini bergan bank xodimining imzosi va shtamp belgisi

____Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy organining “Davlat belgisi” DICHB Toshkent bosma fabrikasining tegishli bank hisob raqamiga mablagʻ oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi belgisi, masʼul shaxs imzosi, sana, muhr.
____Aksiz markalarini bergan bank xodimining imzosi va shtamp belgisi
____________________________________________________________________
____________________(familiyasi, ismi, otasining ismi)
____20__ y. “___” ____________ dagi _________-son ishonchnoma.
____Pasport seriyasi _____ №___________, ___________ tomonidan berilgan.
____Olindi _________________________________________________
___________(aksiz markalarini oluvchining lavozimi, ismi-sharifi)
____20__ y. “___” ____________ da oldim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* kerakligining tagiga chizilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markalari bilan markalanishi lozim boʻlgan aksiz toʻlanadigan tovarlar importchilarini qayd etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JURNALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Import qiluvchi nomi

Marka sotib

olish uchun buyurtma

berilgan sana va

roʻyxat raqami

Buyurtirilgan

aksiz markalari

Import qiluvchi kodi

Aksiz markasi haqi

toʻlanganligi toʻlov hujjati raqami va sanasi

Aksiz markalari uchun toʻlov summasi, ming soʻmda

“Davlat belgisi” DICHB bosma fabrikasining tegishli bank hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkazilgan sana

marka turi

soni

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar boʻyicha aksiz markalarining harakati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HISOBOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_____________________________ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) boʻyicha

(ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki importchilar nomi)

20___ _____ oyi uchun aniq koʻrsatilishi kerak

Marka

turlari

Hisobot davri boshidagi

qoldiq

Hisobot davrida tushdi

Hisobot davrida xarajat

qilindi

Hisobot davrida zararlandi va hisobdan

chiqarildi

Hisobot davri oxiridagi

qoldiq

sana dona

soʻmlardagi nominal

qiymat

sana dona

soʻmlardagi nominal

qiymat

sana dona

soʻmlardagi nominal

qiymat

sana dona

soʻmlardagi nominal

qiymat

sana dona

soʻmlardagi nominal

qiymat

1

2

3

4

4

5

6

7

8

9

10


Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq inspeksiyalarida va Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy organlarida hisobga olish va hisobot har oyda mahsuloti aksiz markalari bilan markalanadigan har bir ishlab chiqaruvchi (importchi) boʻyicha olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markalarining harakati toʻgʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga va Davlat bojxona qoʻmitasiga ushbu Yoʻriqnomaning 35-bandiga muvofiq (har chorakda) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
________________________________________________________________________‎

________________________________________________________________________
________________________(DSI yoki DBQ hududiy organining nomi koʻrsatiladi)


‎‎‎Aksiz markalarini qaytarish
‎KVITANSIYASI

‎‎________________________________________________________________________‎
‎‎________________________________________________________________________
____________‎(ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tashkilotning toʻliq nomi, manzili, bank rekvizitlari)

‎‎20__ yil _________________________dagi _____________________son roʻyxat raqami‎
‎(DSI yoki DBQ hududiy organi tomonidan toʻldiriladi)


‎‎‎(bank nomi)

____________ ____________________ dona miqdorida _________________ soʻmga,
___
(marka turi)‎‎‎‎
‎‎______________ _______________________ dona miqdorida ____________________ soʻmga,
___(marka turi)‎‎‎‎‎
‎‎______________ _______________________ dona miqdorida ____________________ soʻmga, ‎
___(marka turi)‎‎‎‎‎‎‎‎
‎‎‎‎______________ _______________________ dona miqdorida ____________________ soʻmga, ‎
___(marka turi)‎‎‎‎‎‎
‎‎‎‎______________ _______________________ dona miqdorida ____________________ soʻmga, ‎
___(marka turi)‎‎‎‎‎‎
‎‎‎‎______________ _______________________ dona miqdorida ____________________ soʻmga.
‎‎___(marka turi)‎‎‎‎‎‎
___Jami ‎‎
_____________________________________________________________________soʻm _____________________________________(soʻz bilan) ‎‎‎

________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Aksiz markalarini qabul qilgan bank xodimining imzosi‎‎

________________________________________________________________________________________________________________________________________________
______________________________(ismi sharifi aniq koʻrsatiladi)

‎‎
‎Shtamp belgisi‎

___Aksiz markalarini topshirgan shaxs imzosi__________________________________________
‎_________________________________________________________________________________
______________________________(ismi sharifi aniq koʻrsatiladi)
M.Oʻ. DSI yoki DBQ hududiy organining muhri, masʼul shaxsning imzosi, sana‎ M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlganda) oluvchi tashkilotning muhri, rahbar imzosi, sana‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 13-son, 148-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 12-13-son, 128-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 51-son, 548-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 28-modda)