Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.03.2000 18.03.1994 yildagi 146-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.03.2000
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BANK TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh, PUL-KREDIT MUNOSABATLARINI BARQARORLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi 104-sonli “Bank tizimini isloh qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tizimini takomillashtirish, banklarning pul muomalasining ahvoli uchun javobgarliklarini va mustaqilliklarini oshirish, shuningdek, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zdehqonchiliksanoatbank”, “O‘ztadbirkorbank” va boshqa tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda jahondagi va MDH hududidagi eng yaxshi banklarning tajribasini o‘rgansin va bozor talablariga muvofiq o‘ziga qarashli banklarning boshqarish tuzilmasini va amaliy faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zjamg‘armabank”ka kredit-moliya muassasasi maqomi berilsin hamda unga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit resurslaridan jismoniy va yuridik shaxslarga kredit berish uchun foydalanishga, shuningdek, kredit resurslarini banklararo pul bozorida kimoshdi savdosi orqali sotishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik korxonalar barpo etish va rivojlantirish, fuqarolar tomonidan davlat mulkini xususiylashtirish, turar-joy binolarini qurish va ta’mirlash hamda aholining boshqa ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq xarajatlarga qarz berish doirasini kengaytirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi jamg‘armalari bo‘yicha, yuqori stavkasini cheklamagan holda, eng kam foiz stavkalarini mustaqil ravishda ko‘paytirishga ruxsat etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 1-apreldan boshlab aholi jamg‘armalari bo‘yicha amaldagi eng kam foiz stavkalari 2 baravar oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tijorat banklarining pul muomalasi uchun javobgarliklarini oshirish, shuningdek, berilayotgan kredit resurslarini pul massasi bilan o‘zaro bog‘lash hamda naqd pul mablag‘lari berishni jadallashtirish maqsadida Markaziy bankning ruxsatnomasi bo‘lgan banklarga xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlar bilan joriy kassa operatsiyalarini amalga oshirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibiga qat’iy rioya qilinishi ustidan nazorat respublika Markaziy bankining ichki xavfsizlik maxsus boshqarmasi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qalbaki pul o‘tkazish (avizo)larga va qonunga xilof ravishda naqd pulsiz hisob-kitoblarning naqd pulli hisob-kitoblarga aylanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha bank muassasalariga davlat korxonalari va tashkilotlaridan pul o‘tkazishni, ularning to‘planishi va amalga oshirish operatsiyalarining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmaganda, nodavlat tuzilmalarga o‘tkazishni taqiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabulyagrammalar (avizo ro‘yxatlari) berish asosida kvitovka usuli bilan olingan pul o‘tkazishlarning aynanligini qayta tekshirish majburiyligini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari bilan birgalikda Bank axborotlarini qayta ishlovchi kompyuter markazini barpo etsin va 1994-yilning 1-oktabriga qadar bank tizimini kompyuterlashtirishni, hisobga olishni, qalbaki pul o‘tkazish (avizo)larga yo‘l qo‘ymaslikni, kredit-to‘lov operatsiyalarining noqonuniyligining oldini olish va naqd pullarni inkassatsiya qilishni avtomatlashtirishni ta’minlovchi elektron pochtalarni joriy etishni tugallasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qalbaki hujjatlar bo‘yicha schyotlarga mablag‘larni o‘tkazishning belgilangan tartibini buzish hollari aniqlangan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob-kitob (joriy) schyotlarini yopib qo‘ysin va materiallarni tezlik bilan aybdorlarni qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank operatsiyalarini yuritish qoidalarini buzganlik uchun tijorat banklariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin, bunda bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomalar (litsenziyalar)ni qaytarib olish va bank muassasalari rahbarlarini egallab turgan lavozimlaridan bo‘shatishgacha bo‘lgan choralar ko‘rishni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda qalbaki avizolardan foydalanish, pulsiz hisob-kitoblarni naqd pulli hisob-kitoblarga aylanib qolish hollari sinchiklab o‘rganib chiqilsin va uning natijalari to‘g‘risida respublika hukumatiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshirilayotgan hisob-kitob operatsiyalarining va bank muassasalari tomonidan kassa operatsiyalarining yuritilishining qonuniyligini muntazam ravishda tanlab tekshirsin. Qonun buzishlar aniqlangan taqdirda tezkorlik bilan qonunga muvofiq choralar ko‘rilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki, bankka tushumlarni naqd topshirgan yuridik, jismoniy shaxslar naqd pul mablag‘larini darhol va cheklashlarsiz oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yalpi pul massalari o‘zgarishlarining cheklangan miqdorlarini yilning har choragida belgilash bo‘yicha taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yalpi pul massalari o‘zgarishlarining tasdiqlangan miqdorlariga muvofiq kredit va naqd pul emissiyasini qat’iy cheklasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xo‘jaligi tarmoqlari uchun imtiyozli kredit resurslarini markazlashtirilgan tartibda berishni to‘xtatsin, ilovada ko‘rsatilgan tarmoqlar bundan mustasnodir, bunda yillik daromadning hisob stavkasi kamida 50 foiz miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga tegishli hududlarda pul muomalasining ahvoli va emissiyaning qisqartirilishi uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bank kompyuter tizimini yaratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika valyuta fondidan Markaziy bank hisob-kitoblariga muvofiq qaytarib berish asosida zarur valyuta mablag‘larini, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi esa tegishli aloqa kanalini ajratsitlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank barqarorlashtirish jamg‘armasini yaratish hamda milliy valyuta kursini saqlab turish chora-tadbirlarini ta’minlash maqsadida bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oltin-valyuta zaxiralarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish mexanizmini ishlab chiqsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyun 310-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B.S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 18-martdagi 146-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli kreditlar oladigan vazirliklar, idoralar, konsernlar va uyushmalarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning nomi‎

Kredit berish maqsadi‎

Respublika tashqarisidan quyidagilarni olib kelish uchun:‎

“O‘zdonmahsulot” davlat konserni‎
don‎
O‘zbekbirlashuv‎
go‘sht, qand-shakar‎
“O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi‎
go‘sht, qand-shakar‎
“O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi
‎‎
go‘sht, don‎
‎“O‘zgo‘shtsutsanoat” davlat uyushmasi‎
go‘sht‎
“Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni‎ quvvatlarni kengaytirish uchun‎
Yoqilg‘i-energetika kompleksi‎ gaz uzatish tarmoqlarini, neftni qayta ishlash zavodlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun‎