1-ILOVA
T/r | Vazifalar qayta taqsimlanadigan davlat organi nomi | Vazifalar |
I. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi vazifalarini taqsimlash | ||
1. | Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasiga* | 1.1. Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi sohasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilish, oziq-ovqat xomashyosi va isteʼmol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish bilan shugʻullanuvchi subyektlar faoliyati, shuningdek, zarur xalqaro amaliyotlarni qoʻllash tajribasiga asoslangan standartlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish uslubiyatini ishlab chiqish va joriy qilishda ishtirok etish. |
1.2. Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va gigiyenasiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. | ||
1.3. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, shu jumladan, umumiy ovqatlanish sohasida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi boʻyicha belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazish va qonun buzilishlari boʻyicha belgilangan tartibda javobgarlik choralarini qoʻllash. | ||
1.4. Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va gigiyenasi sohasidagi majburiy talablarga taalluqliligi boʻyicha maxsus ekspertizalar tayinlash va oʻtkazish, oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli ruxsatnoma va sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish. | ||
1.5. Oziq-ovqat mahsulotlarining isteʼmoli bilan bogʻliq boʻlgan kasalliklar yuzaga kelishi sabablarini tahlil qilish, oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, tegishli axborot tizimlarini yuritish. | ||
1.6. Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va gigiyenasi boʻyicha laboratoriyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | ||
1.7. Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi sohasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va boshqarish jarayonida ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi siyosatni amalga oshirish. | ||
1.8. Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va gigiyenasi masalalari boʻyicha istiqbolli yoʻnalishlarni belgilash hamda fundamental, amaliy va ilmiy tadqiqotlar olib borish. | ||
1.9. Oziq-ovqat gigiyenasi va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi sohasida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida kadrlarning malakasini oshirish. | ||
1.10. Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va gigiyenasi sohasining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor usullarini tizimli asosda joriy etish. | ||
1.11. Oʻzbekiston Respublikasida sanitariya va fitosanitariya choralari boʻyicha Jahon savdo tashkilotiga aʼzo davlatlarni xabardor qilish va ularning asoslangan soʻrovlariga javob berish tartib-taomillarini joriy etish. | ||
1.12. Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan va respublika hududida ishlab chiqariladigan biologik faol qoʻshimchalar muomalasini tartibga solish. | ||
II. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi vazifalarini taqsimlash | ||
2. | Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasiga | 2.1. Veterinariya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, ushbu sohada davlat, xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish, veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish. |
2.2. Mamlakat hududlarini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni taʼminlash, hayvonlar kasalliklari profilaktikasining va ularni davolashning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish, mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarishni tashkil etishda ishtirok etish. | ||
2.3. Epizootik osoyishtalikni taʼminlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashxis qoʻyish va ularning tarqalishining oldini olishga doir profilaktika ishlarining samaradorligini monitoring qilish. | ||
2.4. Chorvachilik tarmoqlarida hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash ishlarini tashkil etish. | ||
2.5. Veterinariya va naslchilik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi hamda veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati va muomalasi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish. | ||
2.6. Chorvachilik mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirishni taʼminlash, shuningdek, standartlashtirishni taʼminlash va sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etishda ishtirok etish. | ||
2.7. Mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarishni tashkil etish. | ||
2.8. Veterinariya va qishloq xoʻjaligi sohalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy hamda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | ||
2.9. Veterinariya va chorvachilik sohalaridagi rahbar, mutaxassislar, oliy taʼlim hamda ilmiy tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi samaradorligini taʼminlash. | ||
3. | Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga | 3.1. Chorvachilik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, standartlashtirishni taʼminlash va sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etish, ushbu sohada davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xoʻjalik birlashmalarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish. |
3.2. Chorvachilikning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, qoramolchilik, qoʻychilik, qorakoʻlchilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilikni rivojlantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini muvofiqlashtirish hamda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. | ||
3.3. Chorvachilik va naslchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yagona mexanizmlarini amalga oshirish, chorvachilik xoʻjaliklariga ozuqa yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlarida chorva ozuqa ekinlarini joylashtirishni tashkil etish hamda yuqori hosildorlikka erishishni monitoring qilish. | ||
3.4. Chorvachilik va naslchilik-seleksiya sohalarida ilmiy, uslubiy va taʼlim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalari natijalari veterinariya va naslchilik-seleksiya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish. | ||
3.5. Chorvachilik tarmogʻiga xorijiy investitsiyalar va grant mablagʻlarini jalb qilish. | ||
3.6. Yaylov yerlaridan samarali va maqsadli foydalanish, ularni muhofaza qilish, degradatsiyasining oldini olish, oʻsimliklar tabiiy plantatsiyalarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish. | ||
3.7. Yaylovlarda oʻsimliklar urugʻchiligini rivojlantirish, yaylov yerlarini ijaraga berishni tashkil etish, shartnomaviy munosabatlarni monitoring qilish. | ||
3.8. Qorakoʻl zotining genofondini saqlash, takror koʻpaytirish, seleksiya-naslchilik rejalarini amaliyotga tatbiq etish hamda infratuzilmalarni yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | ||
4. | Qishloq xoʻjaligi vazirligiga | Barcha turdagi chorva hayvonlari, parranda, baliq va asalarilar boʻyicha tizimli ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqish va ushbu yoʻnalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish. |
III. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi vazifalarini taqsimlash | ||
5. | Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasiga | 5.1. Oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalarida yagona davlat siyosati va nazoratini amalga oshirish. |
5.2. Tuproq agrokimyoviy tahlillarini oʻtkazish va qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan barcha turdagi mineral va mikrobiologik oʻgʻitlar sifatini nazorat qilish, tuproq va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsid, nitrat va ogʻir metall tuzlari qoldiqlarini dala sharoitida radiologik-toksikologik tahlillardan oʻtkazish. | ||
5.3. Oʻsimliklar karantini va himoyasida prognoz tizimini takomillashtirish, zararli organizmlarga qarshi kurashishning uygʻunlashgan samarali usullarini belgilash hamda ijrosini nazorat qilish, monitoring olib borish, iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan zararli organizmlarning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish hamda yoʻq qilish. | ||
5.4. Oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari hamda mineral va mikrobiologik oʻgʻitlarning biologik samaradorligi boʻyicha sinovlarni tashkil qilish va roʻyxatdan oʻtkazish, qishloq xoʻjaligida kimyolashtirish va biologik vositalardan foydalanish sohasida normativ, reglament va standartlar ishlab chiqish hamda kimyolashtirish va biologik vositalar realizatsiyasi bilan shugʻullanuvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish. | ||
5.5. Fitosanitar xavfsizlikni taʼminlashda ilmiy, uslubiy va taʼlim salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy innovatsion yechimlar, rejalashtirish va boshqarish usullarini joriy etish, ilgʻor texnologiyalar hamda ish usullarini joriy etishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, sohada kadrlarni tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish. | ||
5.6. Dala chetlarida hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalarida mahsulotlar yetishtirish, qishloq xoʻjaligi subyektlariga urugʻ va koʻchatlar yetkazib berish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni eksportga yoʻnaltirishni tashkil qilish. | ||
5.7. Kimyolashtirish vositalarini va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, yangi texnikani va texnologik jarayonlarni hamda qishloq xoʻjaligida ularning qoʻllanish usullarini yaratishga, sinashga va joriy etishga doir ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik hamda loyihalashtirish ishlarini amalga oshirish, oʻsimliklarni himoya qilish sohasida mutaxassislar tayyorlanishini, qayta tayyorlanishini va ularning malakasi oshirilishini taʼminlash. | ||
6. | Qishloq xoʻjaligi vazirligiga | Oʻsimliklar klinikalari va biolaboratoriyalar tizimini rivojlantirish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish. |
2-ILOVA
3-ILOVA
T/r | Shtat birliklari qisqartiriladigan tashkilotlar | Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi | Qishloq xoʻjaligi vazirligi** | Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi*** | ||||||||||||||
Jami | Boshqaruv xodimlari | shu jumladan | Ishlab chiqarish xodimlari* | shu jumladan | Boshqaruv xodimlari | shu jumladan | Jami | Boshqaruv xodimlari | shu jumladan | Ishlab chiqarish xodimlari* | shu jumladan | |||||||
Davlat budjeti hisobidan | Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan | Davlat budjeti hisobidan | Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan | Davlat byudjeti hisobidan | Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan | Davlat budjeti hisobidan | Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan | Davlat budjeti hisobidan | Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan | |||||||||
Jami | 11 407 | 1 842 | 1 824 | 18 | 9 565 | 9 043 | 522 | 247 | 247 | - | 737 | 157 | 157 | - | 580 | 580 | - | |
1. | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi | 1 372 | 9 | 9 | - | 1 363 | 849 | 514 | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - |
2. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi | 6 880 | 1 281 | 1 281 | - | 5 599 | 5 599 | - | 234 | 234 | - | 737 | 157 | 157 | - | 580 | 580 | - |
2.1 | shu jumladan, boshqaruv organi boʻlmagan tizim tashkilotlari | 2 463 | 503 | 503 | - | 1 960 | 1 960 | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - |
3. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi | 3 155 | 552 | 534 | 18 | 2 603 | 2 595 | 8 | 13 | 13 | - | - | - | - | - | - | - | - |
3.1 | shu jumladan, tizim tashkilotlari | 443 | 202 | 202 | - | 241 | 241 | - | 13 | 13 | - | - | - | - | - | - | - | - |
4-ILOVA
5-ILOVA
T/r | Funksiyaning nomi* |
1. | Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va gigiyenasi sohasidagi majburiy talablarga taalluqliligi boʻyicha maxsus ekspertizalarni oʻtkazish |
2. | Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va gigiyenasi boʻyicha laboratoriya tekshiruvlarini oʻtkazish |
3. | Veterinariya-laboratoriya xizmatlarini koʻrsatish |
4. | Hayvonlarni emlash va davolash |
5. | Dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish |
6. | Chorvachilik tarmoqlarida hayvonlarni identifikatsiya qilish |
6-ILOVA
7-ILOVA
8-ILOVA
“ | ||||
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi | ||||
Qishloq xoʻjaligi vazirligi | 2 323 | 2 022 | 301 | |
shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni | 6 | 6 | ||
1. | Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi | 157 | 157 | |
shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni | 2 | 2 | ||
2. | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | 287 | 272 | 15 |
shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni | 3 | 2 | 1 | |
”; | ||||
“ | ||||
40. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi | ||||
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi | 1 339 | 1 321 | 18 | |
shu jumladan, rais oʻrinbosarlari soni | 5 | 5 | ||
”; | ||||
“ | |||
4.1 | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi | Chorvachilik agentligi | Agentstvo po jivotnovodstvu |
4.2 | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | Agentstvo razvitiya agropromishlennosti |
| ”; |
“ | |||
43. | Oʻzbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi | Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi | Komitet pishevoy bezopasnosti |
”. |