Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qoʻriqlash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 20-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 7-aprelda maʼqullangan
Senat tomonidan 2026-yil 7-aprelda maʼqullangan
Mamlakatimizda qoʻriqlash faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, boshqa obyektlarni tajovuzlardan himoya qilish samaradorligini oshirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti sifatida qayta tashkil etilib, qoʻriqlash faoliyati sohasidagi aksariyat vakolatlar va vazifalar ushbu departamentga oʻtkazilganligi qonunchilikni oʻzaro muvofiqlashtirish zaruriyatini yuzaga keltirdi.
Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi, “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning vakolatlarini aniq belgilashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Mazkur Qonun qoʻriqlash faoliyati sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirishga, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini hamda boshqa obyektlarni tajovuzlardan himoya qilish ishlari samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9,171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda, № 7, 828, 829, 832-moddalar, № 8, 968, 971-moddalar, № 11, 1233, 1236, 1237-moddalar, № 12, 1322, 1327, 1328, 1329-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 248-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21) ushbu Kodeksning 561, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarda suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chogʻida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 911-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 912, 161-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188, 1882, 192-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi qoʻriqlash xizmatlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) huzuridagi qoʻriqlash xizmatlari (boʻlinmalari) boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ushbu Kodeksning 61-moddasida, 79-moddasining uchinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 901-moddasida, 911-moddasining toʻrtinchi qismida, 183, 1842,1843, 185-moddalarida, 1851-moddasida (bundan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar mustasno), 1852, 1853, 186-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 1881, 1883, 189, 1891, 191, 194, 195, 2101-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari huzuridagi qoʻriqlash xizmatlarining (boʻlinmalarining) mansabdor shaxslari”;
beshinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 2481-modda ikkinchi qismining beshinchi — sakkizinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, surishtiruv boʻlimlari boshliqlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Muhim davlat obyektlarini qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Muhim davlat obyektlarini qoʻriqlash boshqarmasi batalyonlari komandirlari va ularning oʻrinbosarlari”;
3) 284-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik shaxslarning qoʻriqlanadigan obyektlariga, boshqa mol-mulkiga tajovuz qilish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, huquqbuzar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari (xodimlari), ichki ishlar organlari xodimlari yoki harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasi ishchilari va xizmatchilari tomonidan huquqbuzarlikka barham berish, huquqbuzarning shaxsini aniqlash va huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga, ichki ishlar organlariga yoki harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasining xizmat binosiga ushlab keltirilishi mumkin”;
4) 287-modda birinchi qismining 1-bandidagi “210” raqami “210-moddalarida, 2101-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-407-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 588, 591-moddalar, № 10, 674-modda, № 12, 891-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 466-modda, № 6, 570-modda, № 10, 984-modda; 2023-yil, № 7, 537-modda; 2024-yil, № 3, 244-modda, № 9, 958, 964-moddalar, № 11, 1291-modda; 2025-yil, № 12, 1329-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 13-moddaning:
birinchi qismi “jazoni ijro etish muassasalari” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti va uning boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki ishlar organlari tizimiga oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda huquqlar va imtiyozlardan foydalanadigan qorovul qoʻshinlari ham kiradi”;
2) 16-modda birinchi qismining:
qirq uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qoʻriqlanishi lozim boʻlgan davlat obyektlarini, oʻta muhim va toifalangan obyektlarni hamda boshqa obyektlarni, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, savdo, xizmat koʻrsatish, koʻngilochar obyektlarni hamda qurilish obyektlarini qoʻriqlashni amalga oshirishi”;
ellik birinchi xatboshisidagi “huquqbuzarliklar profilaktikasi” degan soʻzlar “qoʻriqlash faoliyati, huquqbuzarliklar profilaktikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 17-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oʻttiz sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qoʻriqlanishi lozim boʻlgan davlat obyektlarini, oʻta muhim va toifalangan obyektlarni hamda boshqa obyektlarni, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, savdo, xizmat koʻrsatish, koʻngilochar obyektlarni hamda qurilish obyektlarini ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida qoʻriqlash”;
oʻttiz sakkizinchi — qirq ikkinchi xatboshilari tegishincha oʻttiz toʻqqizinchi — qirq uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻttiz toʻqqizinchi xatboshisidagi “tegishli tashkilotlarda” degan soʻzlar “idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarida hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarida nazorat tekshiruvlarini oʻtkazish, tegishli tashkilotlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar; 2025-yil, № 1, 3, 6-moddalar, № 2, 189, 197-moddalar, № 3, 376-modda, № 4, 519, 520, 521-moddalar, № 5, 644, 645-moddalar, № 10, 1155-modda, № 11, 1237-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 2-ilova 120-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Milliy gvardiyasi” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 3-ilova 15-pozitsiyasining “Xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Milliy gvardiyasi” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 15-iyunda qabul qilingan “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-778-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 6, 573-modda; 2024-yil, № 11, 1291-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 3-moddaning:
ikkinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiyasining shartnoma asosida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligining shartnoma asosida davlat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiyasining oʻta muhim hamda toifalangan obyektlarni” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligining oʻta muhim va toifalangan obyektlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 7-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiyasi” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiyasi” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) quyidagi mazmundagi 71-modda bilan toʻldirilsin:
“71-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qoʻriqlash faoliyati sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
qoʻriqlash faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan koʻrsatiladigan qoʻriqlash xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlaydi;
qoʻriqlanishi lozim boʻlgan davlat obyektlari, oʻta muhim va toifalangan obyektlar, shuningdek savdo, xizmat koʻrsatish, koʻngilochar, qurilish obyektlarida va boshqa obyektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti tomonidan qoʻriqlash xizmatlarini koʻrsatish tartibini tasdiqlaydi hamda qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiradi;
qoʻriqlash vositalarining va tizimlarining qoʻllanilishi sohasida yagona texnik siyosat yuritilishini, ulardan foydalanilishi ustidan samarali nazoratni, shuningdek qoʻriqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng miqyosda joriy etilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari hamda idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalari ishchilari va xizmatchilarining formali kiyim-boshi hamda farqlovchi belgilari namunalarini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qoʻriqlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomalarning namunaviy shaklini tasdiqlaydi;
saf boʻlinmalari, idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari, idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlashning texnik vositalaridan foydalangan holda qoʻriqlash xizmatlarini, shuningdek qoʻriqlash-texnik xizmatlarni koʻrsatadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentiga qoʻriqlash uchun topshirilgan obyektlarni qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlash talablari, tartibi hamda shartlarini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining oʻta muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlash-texnik xizmatlar koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarish uchun ruxsatnomalar beradi;
qoʻriqlash-texnik xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabardor qilish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
qoʻriqlanadigan obyektlar hududida jamoat tartibini saqlaydi, huquqbuzarliklarning oldini oladi va ularga chek qoʻyadi;
oʻzgalar mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlarning oldini olish boʻyicha profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi;
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari tomonidan qoʻllanilishiga ruxsat etilgan maxsus vositalarni olish, transportda tashish, saqlash, hisobga olish, taʼmirlash va yoʻq qilish qoidalarini tasdiqlaydi;
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchilari va xizmatchilarining xizmat-jangovar, ijtimoiy-huquqiy, axloqiy-ruhiy hamda jismoniy tayyorgarligini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari naryadlari tomonidan xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi tavsiyalarni ishlab chiqadi;
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchilari va xizmatchilarining boshlangʻich tayyorgarligini hamda ularning malakasi oshirilishini shartnoma asosida taʼminlaydi;
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining faoliyati tashkil etilishini nazorat qiladi, shuningdek davlat organlari va xoʻjalik birlashmalarining ushbu boʻlinmalar tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlarida qoʻriqlanish, nazorat-oʻtkazish rejimi, qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlanganlik holatini tekshiradi (ikki yilda bir marta);
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari shaxsiy tarkibining eng koʻp sonini belgilaydi;
qoʻriqlash faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
qoʻriqlash faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
4) 8-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
qoʻriqlash faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan koʻrsatiladigan qoʻriqlash xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlaydi;
davlat obyektlarini, oʻta muhim va toifalangan obyektlarni hamda boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, shuningdek xorijiy davlatlar hamda xalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalarini qoʻriqlashni amalga oshiradi;
qoʻriqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qoʻriqlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomalarning namunaviy shaklini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash boʻlinmalariga qoʻriqlash uchun topshirilgan obyektlarni qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlash talablari, tartibi hamda shartlarini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash boʻlinmalariga qoʻriqlash uchun topshirilgan obyektlar hududida jamoat tartibini saqlaydi, huquqbuzarliklarning oldini oladi va ularga chek qoʻyadi;
qoʻriqlash faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
qoʻriqlash faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
5) 11-moddaning:
birinchi qismidagi “Milliy gvardiyasi” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Milliy gvardiyasi” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “Milliy gvardiyasining” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 12-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Milliy gvardiyasining” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 13-moddaning:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qoʻriqlanishi lozim boʻlgan obyektlarda”;
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qoʻriqlanishi lozim boʻlgan obyektlarda, qonunchilikda belgilanadigan transportda tashiladigan yuklarni va boshqa obyektlarni qoʻriqlash, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boʻyicha”;
8) 21-moddaning:
uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining va Milliy gvardiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 29-moddaning matnidagi “Milliy gvardiyasi” degan soʻzlar “Ichki ishlar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 19-may,
OʻRQ-1146-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 03/26/1146/0514-son)