O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Qo‘riqlash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 20-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 7-aprelda ma’qullangan
Senat tomonidan 2026-yil 7-aprelda ma’qullangan
Mamlakatimizda qo‘riqlash faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, boshqa obyektlarni tajovuzlardan himoya qilish samaradorligini oshirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti sifatida qayta tashkil etilib, qo‘riqlash faoliyati sohasidagi aksariyat vakolatlar va vazifalar ushbu departamentga o‘tkazilganligi qonunchilikni o‘zaro muvofiqlashtirish zaruriyatini yuzaga keltirdi.
Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi, “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga qo‘riqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning vakolatlarini aniq belgilashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Mazkur Qonun qo‘riqlash faoliyati sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirishga, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini hamda boshqa obyektlarni tajovuzlardan himoya qilish ishlari samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9,171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda, № 7, 828, 829, 832-moddalar, № 8, 968, 971-moddalar, № 11, 1233, 1236, 1237-moddalar, № 12, 1322, 1327, 1328, 1329-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 248-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 21-band bilan to‘ldirilsin:
“21) ushbu Kodeksning 561, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va to‘rtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish, suvto‘plagich inshootlarda suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va to‘rtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chog‘ida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 911-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 912, 161-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188, 1882, 192-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamentining Davlat organlari obyektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi qo‘riqlash xizmatlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) huzuridagi qo‘riqlash xizmatlari (bo‘linmalari) boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ushbu Kodeksning 61-moddasida, 79-moddasining uchinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 901-moddasida, 911-moddasining to‘rtinchi qismida, 183, 1842,1843, 185-moddalarida, 1851-moddasida (bundan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar mustasno), 1852, 1853, 186-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 1881, 1883, 189, 1891, 191, 194, 195, 2101-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlash xizmatlarining (bo‘linmalarining) mansabdor shaxslari”;
beshinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 2481-modda ikkinchi qismining beshinchi — sakkizinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, surishtiruv bo‘limlari boshliqlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Muhim davlat obyektlarini qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Muhim davlat obyektlarini qo‘riqlash boshqarmasi batalyonlari komandirlari va ularning o‘rinbosarlari”;
3) 284-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik shaxslarning qo‘riqlanadigan obyektlariga, boshqa mol-mulkiga tajovuz qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, huquqbuzar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari (xodimlari), ichki ishlar organlari xodimlari yoki harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmasi ishchilari va xizmatchilari tomonidan huquqbuzarlikka barham berish, huquqbuzarning shaxsini aniqlash va huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga, ichki ishlar organlariga yoki harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmasining xizmat binosiga ushlab keltirilishi mumkin”;
4) 287-modda birinchi qismining 1-bandidagi “210” raqami “210-moddalarida, 2101-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 588, 591-moddalar, № 10, 674-modda, № 12, 891-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 466-modda, № 6, 570-modda, № 10, 984-modda; 2023-yil, № 7, 537-modda; 2024-yil, № 3, 244-modda, № 9, 958, 964-moddalar, № 11, 1291-modda; 2025-yil, № 12, 1329-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 13-moddaning:
birinchi qismi “jazoni ijro etish muassasalari” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti va uning bo‘linmalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki ishlar organlari tizimiga o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda huquqlar va imtiyozlardan foydalanadigan qorovul qo‘shinlari ham kiradi”;
2) 16-modda birinchi qismining:
qirq uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan davlat obyektlarini, o‘ta muhim va toifalangan obyektlarni hamda boshqa obyektlarni, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, savdo, xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar obyektlarni hamda qurilish obyektlarini qo‘riqlashni amalga oshirishi”;
ellik birinchi xatboshisidagi “huquqbuzarliklar profilaktikasi” degan so‘zlar “qo‘riqlash faoliyati, huquqbuzarliklar profilaktikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 17-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi o‘ttiz sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan davlat obyektlarini, o‘ta muhim va toifalangan obyektlarni hamda boshqa obyektlarni, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, savdo, xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar obyektlarni hamda qurilish obyektlarini ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida qo‘riqlash”;
o‘ttiz sakkizinchi — qirq ikkinchi xatboshilari tegishincha o‘ttiz to‘qqizinchi — qirq uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘ttiz to‘qqizinchi xatboshisidagi “tegishli tashkilotlarda” degan so‘zlar “idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalarida hamda idoraviy qorovullik bo‘linmalarida nazorat tekshiruvlarini o‘tkazish, tegishli tashkilotlarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-701-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar; 2025-yil, № 1, 3, 6-moddalar, № 2, 189, 197-moddalar, № 3, 376-modda, № 4, 519, 520, 521-moddalar, № 5, 644, 645-moddalar, № 10, 1155-modda, № 11, 1237-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 2-ilova 120-pozitsiyasining “Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Milliy gvardiyasi” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 3-ilova 15-pozitsiyasining “Xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “Milliy gvardiyasi” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-iyunda qabul qilingan “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-778-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 6, 573-modda; 2024-yil, № 11, 1291-modda) quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 3-moddaning:
ikkinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiyasining shartnoma asosida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligining shartnoma asosida davlat organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiyasining o‘ta muhim hamda toifalangan obyektlarni” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligining o‘ta muhim va toifalangan obyektlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 7-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiyasi” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiyasi” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) quyidagi mazmundagi 71-modda bilan to‘ldirilsin:
“71-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qo‘riqlash faoliyati sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
qo‘riqlash faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘riqlash xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlaydi;
qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan davlat obyektlari, o‘ta muhim va toifalangan obyektlar, shuningdek savdo, xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar, qurilish obyektlarida va boshqa obyektlarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti tomonidan qo‘riqlash xizmatlarini ko‘rsatish tartibini tasdiqlaydi hamda qo‘riqlash faoliyatini amalga oshiradi;
qo‘riqlash vositalarining va tizimlarining qo‘llanilishi sohasida yagona texnik siyosat yuritilishini, ulardan foydalanilishi ustidan samarali nazoratni, shuningdek qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng miqyosda joriy etilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari hamda idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan qorovullik bo‘linmalari ishchilari va xizmatchilarining formali kiyim-boshi hamda farqlovchi belgilari namunalarini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qo‘riqlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarning namunaviy shaklini tasdiqlaydi;
saf bo‘linmalari, idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari, idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan qorovullik bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlashning texnik vositalaridan foydalangan holda qo‘riqlash xizmatlarini, shuningdek qo‘riqlash-texnik xizmatlarni ko‘rsatadi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamentiga qo‘riqlash uchun topshirilgan obyektlarni qo‘riqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlash talablari, tartibi hamda shartlarini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasining o‘ta muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlash-texnik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun ruxsatnomalar beradi;
qo‘riqlash-texnik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabardor qilish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
qo‘riqlanadigan obyektlar hududida jamoat tartibini saqlaydi, huquqbuzarliklarning oldini oladi va ularga chek qo‘yadi;
o‘zgalar mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi;
idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalarining hamda idoraviy qorovullik bo‘linmalarining ishchilari va xizmatchilari tomonidan qo‘llanilishiga ruxsat etilgan maxsus vositalarni olish, transportda tashish, saqlash, hisobga olish, ta’mirlash va yo‘q qilish qoidalarini tasdiqlaydi;
idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari hamda idoraviy qorovullik bo‘linmalari ishchilari va xizmatchilarining xizmat-jangovar, ijtimoiy-huquqiy, axloqiy-ruhiy hamda jismoniy tayyorgarligini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari hamda idoraviy qorovullik bo‘linmalari naryadlari tomonidan xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi tavsiyalarni ishlab chiqadi;
idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari hamda idoraviy qorovullik bo‘linmalari ishchilari va xizmatchilarining boshlang‘ich tayyorgarligini hamda ularning malakasi oshirilishini shartnoma asosida ta’minlaydi;
idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalarining hamda idoraviy qorovullik bo‘linmalarining faoliyati tashkil etilishini nazorat qiladi, shuningdek davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarining ushbu bo‘linmalar tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlarida qo‘riqlanish, nazorat-o‘tkazish rejimi, qo‘riqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlanganlik holatini tekshiradi (ikki yilda bir marta);
idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari shaxsiy tarkibining eng ko‘p sonini belgilaydi;
qo‘riqlash faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
qo‘riqlash faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
4) 8-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
qo‘riqlash faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘riqlash xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlaydi;
davlat obyektlarini, o‘ta muhim va toifalangan obyektlarni hamda boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, shuningdek xorijiy davlatlar hamda xalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalarini qo‘riqlashni amalga oshiradi;
qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qo‘riqlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarning namunaviy shaklini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalariga qo‘riqlash uchun topshirilgan obyektlarni qo‘riqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlash talablari, tartibi hamda shartlarini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalariga qo‘riqlash uchun topshirilgan obyektlar hududida jamoat tartibini saqlaydi, huquqbuzarliklarning oldini oladi va ularga chek qo‘yadi;
qo‘riqlash faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
qo‘riqlash faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
5) 11-moddaning:
birinchi qismidagi “Milliy gvardiyasi” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Milliy gvardiyasi” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Milliy gvardiyasining” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 12-moddaning to‘rtinchi qismidagi “Milliy gvardiyasining” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 13-moddaning:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan obyektlarda”;
to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan obyektlarda, qonunchilikda belgilanadigan transportda tashiladigan yuklarni va boshqa obyektlarni qo‘riqlash, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha”;
8) 21-moddaning:
uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining va Milliy gvardiyasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 29-moddaning matnidagi “Milliy gvardiyasi” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 19-may,
O‘RQ-1146-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 03/26/1146/0514-son)