1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Muddati | Masʼullar |
I. “Toshkent metropoliteni” AJ va uning korxonalarida korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish | ||||
1. | “Toshkent metropoliteni” AJ joriy holatini texnik jihatdan baholash uchun texnik audit oʻtkazish. | 1. “Toshkent metropoliteni” AJ joriy holatini texnik auditdan oʻtkazish uchun metropoliten mablagʻlari hisobidan tender orqali malakali kompaniyalarni jalb etish. | 2026-yil sentabr | Transport vazirligi, “Toshkent metropoliteni” AJ |
2. Malakali kompaniyalarni tanlab olish va shartnoma imzolash. | 2026-yil oktabr | |||
3. Texnik audit oʻtkazish. | 2027-yil fevral | |||
2. | Transformatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish uchun professional tashkilotni jalb etish. | “Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarni transformatsiya qilish jarayonlariga hamrohlik qilish va ushbu yoʻnalishdagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirib borish hamda zamonaviy korporativ boshqaruvni joriy etish uchun Jamiyat hisobidan nufuzli xalqaro konsalting tashkilotlarini jalb qilish. | 2026-yil iyul | Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Toshkent metropoliteni” AJ |
3. | “Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlar asosida tuzish va auditdan oʻtkazish. | 1. Mahalliy va xalqaro konsalting tashkilotlarini jalb qilish. | 2026-yil dekabr | Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Toshkent metropoliteni” AJ |
2. “Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq yuritish va eʼlon qilish boʻyicha grafik va chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. | 2027-yil yanvar | |||
3. Auditorlik kompaniyalarini jalb qilish. | 2027-yil dekabr | |||
4. “Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini auditning xalqaro standartlariga muvofiq auditorlik kompaniyalari tomonidan tashqi auditdan oʻtkazish. | 2028-yil fevral | |||
4. | “Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarda boshqaruvning zamonaviy tizimlarini joriy qilish. | 1. Mahalliy va xalqaro konsalting tashkilotlarni jalb qilgan holda “Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarning boshqaruv tizimlarini tahlil qilish. | 2026-yil dekabr | Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Toshkent metropoliteni” AJ |
2. “Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar kesimida ISO, ERP va boshqaruvning boshqa zamonaviy tizimlarini joriy qilish grafigi va chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. | 2027-yil yanvar | |||
3. ISO, ERP va boshqaruvning boshqa zamonaviy tizimlarini joriy qilish. | 2027-yil iyun | |||
5. | “Toshkent metropoliteni” AJ raisining moliya va transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga yuqori malakali va xorijiy tajribaga ega nomzodni tayinlash. | 1. “Toshkent metropoliteni” AJ boshqaruv raisining moliya va transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga nomzodga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish. | 2026-yil iyul | Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Toshkent metropoliteni” AJ |
2. Xedxanter tashkilotlar va xalqaro qidiruv tizimi platformalari orqali xorijiy mutaxassislarni jalb etish boʻyicha tanlov eʼlon qilish. | 2026-yil avgust | |||
3. Tanlov yakunlariga koʻra yuqori malakali va xorijiy tajribaga ega mutaxassisni jalb etish. | 2026-yil dekabr | |||
6. | “Toshkent metropoliteni” AJ boshqaruvi tarkibini xorijiy tajribaga ega aʼzolar bilan toʻldirish. | 1. Jalb qilinadigan mutaxassislarga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish. | 2026-yil iyul | Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Toshkent metropoliteni” AJ |
2. Xedxanter tashkilotlar va xalqaro qidiruv tizimi platformalari orqali xorijiy mutaxassislarni (jumladan, vatandoshlarni) jalb etish boʻyicha tanlov eʼlon qilish. | 2026-yil avgust | |||
3. “Toshkent metropoliteni” AJ boshqaruvi tarkibiga xorijiy mutaxassislarni jalb etish. | 2027-yil yanvar | |||
4. “Toshkent metropoliteni” AJ boshqaruvining kamida 2 nafar rahbar xodimini malakali xalqaro mutaxassislar orasidan toʻldirish. | 2027-yil dekabr | |||
7. | Metro poyezdlarining texnik harakat xavfsizligini taʼminlash, sohada rentabellik darajasini oshirish hamda temir yoʻl xoʻjaligini joriy saqlash boʻyicha xorij tajribasini oʻrganish. | 1. Sohaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yuzasidan rentabellik darajasini oshirish, ilgʻor xorij tajribasini oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2026-yil sentabr | “Toshkent metropoliteni” AJ, Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent davlat transport universiteti |
2. Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida tegishli vazirlik va idoralarning masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etish. | 2026-yil oktabr | |||
3. Oʻrganish natijalariga koʻra sohaning rentabellik darajasini oshirish boʻyicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil dekabr | |||
II. Metropoliten infratuzilmasini rivojlantirish | ||||
8. | Toshkent shahrining bosh rejasi va rivojlantirish dasturlariga muvofiq “Mingoʻrik — Chilonzor buyum bozori” metropoliten liniyasini barpo etish loyihasining loyihani baholash hujjatlarini ishlab chiqish. Bunda loyiha quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: a) birinchi bosqichda — “Mingoʻrik-Janubiy vokzal” yoʻnalishi (6,5 km); b) ikkinchi bosqichda — “Janubiy vokzal-Chilonzor buyum bozori” yoʻnalishi (5,5 km). | 1. “Mingoʻrik” bekatidan “Chilonzor buyum bozori” hududiga qadar metro yoʻlini barpo etish boʻyicha loyiha oldi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. | 2026-yil dekabr | “Toshkent metropoliteni” AJ, Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
2. Ishlab chiqilgan loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazish hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2027-yil fevral | |||
9. | Metropoliten harakat tarkibiga sifatli texnik xizmat koʻrsatish uchun elektrodepo majmuasini qurish boʻyicha texnik topshiriq va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. | 1. Metropoliten harakat tarkibiga sifatli texnik xizmat koʻrsatish uchun elektrodepo majmuasini qurish boʻyicha texnik topshiriq va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun 2026-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida hisob-kitoblarga muvofiq tegishli mablagʻlarni ajratish. | 2026-yil iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Toshkent metropoliteni” AJ |
2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2027-yil fevral | “Toshkent metropoliteni” AJ | ||
3. Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2027-yil aprel | “Toshkent metropoliteni” AJ, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi | ||
III. Yoʻlovchilar va harakat xavfsizligini taʼminlash | ||||
10. | Yerosti tonnellarining texnik va gidrogeologik holatini oʻrganib borish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish. | 1. Yerosti tonnellarining texnik va gidrogeologik holati boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun 2026-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida tegishli mablagʻlarni ajratish. | 2026-yil avgust | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Toshkent metropoliteni” AJ |
2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazish. | 2027-yil fevral | “Toshkent metropoliteni” AJ, Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi | ||
3. Ekspertizadan oʻtkazilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun 2027-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida mablagʻ ajratish. | 2027-yil aprel | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Toshkent metropoliteni” AJ | ||
4. Tender tanlovlari asosida pudrat tashkilotini tanlab olish. | 2027-yil iyun | “Toshkent metropoliteni” AJ | ||
5. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, jumladan: | 2027-yil dekabr | “Toshkent metropoliteni” AJ | ||
a) “Mustaqillik maydoni” — “Amir Temur xiyoboni” metro bekatlari oraligʻi — 1200 m; | 2027-yil avgust | |||
b) “Pushkin” — “Buyuk ipak yoʻli” metro bekatlari oraligʻi — 800 m; | 2027-yil oktabr | |||
v) “Minor” — “Bodomzor” metro bekatlari oraligʻi — 1200 m. | 2027-yil dekabr | |||
11. | Metropoliten hududlarini qoʻriqlash va xavfsizlik tizimini takomillashtirish, jumladan, “Oʻzbekiston” va “Chilonzor” deposi hududini zamonaviy qoʻriqlash texnik vositalari va videokuzatuv tizimi toʻplami bilan jihozlash. | 1. “Oʻzbekiston” va “Chilonzor” deposi hududini zamonaviy qoʻriqlash texnik vositalari va videokuzatuv tizimi toʻplami bilan jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash. | 2026-yil iyul | “Toshkent metropoliteni” AJ, Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
2. Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish. | 2026-yil oktabr | |||
3. Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Toshkent shahar mahalliy budjetidan tegishli mablagʻlarni ajratish. | 2026-yil oktabr | |||
4. Oʻzbekiston” va “Chilonzor” deposi hududini zamonaviy qoʻriqlash texnik vositalari va videokuzatuv tizimi toʻplami bilan jihozlash boʻyicha tender savdolarini oʻtkazish. | 2026-yil dekabr | |||
5. “Oʻzbekiston” va “Chilonzor” deposi hududini zamonaviy qoʻriqlash texnik vositalari va videokuzatuv tizimi toʻplami bilan jihozlash. | 2027-yil aprel | |||
12. | Metropoliten bekatlarida yoʻlovchilarning xavfsizlik darajasini oshirish va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida “Shahriston” metro bekati platformalarida tajriba-sinov tariqasida zamonaviy talablarga javob beradigan oynali himoya toʻsiqlarini (Platform screen doors) oʻrnatish. | 1. Oynali himoya toʻsiqlarini (Platform screen doors) oʻrnatish boʻyicha 2026-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida tegishli mablagʻlarni ajratish. | 2026-yil iyul | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Oynali himoya toʻsiqlarini oʻrnatish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. | 2026-yil noyabr | “Toshkent metropoliteni” AJ | ||
3. Oynali himoya toʻsiqlarini oʻrnatish. | 2027-yil mart | “Toshkent metropoliteni” AJ | ||
13. | “Toshkent metropoliteni” AJ ichki telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish va yangi xizmatlarni joriy etish orqali qoʻshimcha daromadlar tushumini oshirish. | 1. “Toshkent metropoliteni” AJ ichki telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish va yangi xizmatlarni joriy etish orqali qoʻshimcha daromad olish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. | 2026-yil noyabr | “Toshkent metropoliteni” AJ, Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK |
2. Ishlab chiqilgan takliflarni tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil dekabr | |||
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Oʻlchov birligi | Miqdori | Ijro muddati |
2026-yilda | ||||
I. Asosiy uzellar, agregatlar, ehtiyot qismlar va materiallar, metropoliten vagonlarini kapital hamda joriy taʼmirlash uchun jihozlarni xarid qilish | ||||
1. | 81-765 — 81-766 “Moskva” rusumli harakat tarkibi uchun akkumulyator xarid qilish. | dona | 150 | 2026-yil oktabr |
2. | “81-714 — 81-717” rusumli harakat tarkibi uchun gʻildirak juftligi oʻqini xarid qilish. | dona | 50 | 2026-yil noyabr |
II. Yoʻl va tonnel inshooti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish | ||||
3. | Rels tashuvchi arava xarid qilish. | dona | 15 | 2026-yil dekabr |
III. Elektr taʼminoti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish | ||||
4. | “AVM-10 (1000A)” va “AVM-15 (1600A)” avtomatlarni xarid qilish. | dona | 38 | 2026-yil oktabr |
5. | “DL-161-200” rusumli lavinali diodlarni xarid qilish. | dona | 1 824 | 2026-yil noyabr |
6. | “TRSZP-1600/10/0,67/0,67” rusumli tortuvchi transformator xarid qilish. | dona | 2 | 2026-yil dekabr |
7. | Yerosti “BNS VEM-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish. | dona | 100 | |
IV. Elektromexanika taʼminoti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish | ||||
8. | “Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishidagi tonnel suv quvurlari va fitinglarini almashtirish uchun yangilarini xarid qilish (089x4 mm GOST R 56594). | m | 5 000 | 2026-yil dekabr |
2027-yilda | ||||
I. Asosiy uzellar, agregatlar, ehtiyot qismlar va materiallar, metropoliten vagonlarini kapital hamda joriy taʼmirlash uchun jihozlarni xarid qilish | ||||
9. | 81-765-81-766 “Moskva” rusumli harakat tarkibi uchun yigʻilgan gʻildirak juftliklarini xarid qilish. | dona | 30 | 2027-yil mart |
10. | “81-765/766/767” rusumli vagon gʻildirak juftini yuvuvchi “MM704” rusumli mashina xarid qilish. | dona | 1 | 2027-yil avgust |
11. | Metropoliten xoʻjalik ishlarini amalga oshirish uchun AGM (kranli) motodrezinasini xarid qilish. | dona | 3 | 2027-yil sentabr |
12. | Vagonlarni taʼmirlash uchun 30 tonnalik mobil gidravlik koʻtarish moslamasini xarid qilish. | toʻplam | 1 | |
13. | Elektropnevmatik ventillarni tekshirish uchun stend xarid qilish. | dona | 1 | 2027-yil oktabr |
14. | Bosim rele datchiklarini va bosim signallarini tekshirish uchun stend xarid qilish. | dona | 1 | |
15. | Tok qabul qiluvchi pnevmatik havo yoʻllarini tekshirish uchun stend xarid qilish. | dona | 1 | 2027-yil noyabr |
16. | Mashinistlarni amaliy koʻnikmalarini oshirish maqsadida maxsus trenajyor xarid qilish. | dona | 1 | |
17. | Umumqoʻshin himoya toʻplami (OZK) xarid qilish. | toʻplam | 100 | |
18. | Ortiqcha havo bosimidan himoya qiluvchi va orqaga qaytaruvchi klapanlarni tekshirish uchun stend xarid qilish. | dona | 1 | 2027-yil dekabr |
19. | 81-765-81-766 “Moskva” rusumli vagon gʻildirak chap va oʻng disklarini (yaxlit tortilgan) xarid qilish. | dona | 100 | |
20. | “81-765.5” va “81-766.5” rusumidagi vagonlar uchun yigʻilgan oʻqli reduktor xarid qilish. | dona | 10 | |
21. | Metropoliten lokal tarmogʻini qurish va server tizimini takomillashtirish. | tizim | 1 | |
22. | Metro vagonlari gʻildirak juftliklarini relsosti charxlash dastgohini xarid qilish. | dona | 1 | |
23. | 81-765-81-766 “Moskva” rusumli harakat tarkibi uchun sovitish tizimini xarid qilish. | toʻplam | 20 | |
II. Signallashtirish, aloqa xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish | ||||
24. | “Chilonzor” va “Oʻzbekiston” elektrodeposida eskirgan signal va strelkalar markazlashuvi tizimini mikroprotsessorli tizimiga (MPS) almashtirish uchun tizim xarid qilish. | tizim | 2 | 2027-yil dekabr |
III. Yoʻl va tonnel inshooti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish | ||||
25. | “Chilonzor” va “Oʻzbekiston” elektrodeposi hududidagi strelkali oʻtkazgichlardagi yaroqsiz holga kelgan yogʻoch bruslarni temir beton bruslarga almashtirish. | toʻplam | 10 | 2027-yil avgust |
26. | “Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishi bekatlari aylanma yoʻllari uchun “R-50” rusumli 1/9 markali strelkali oʻtkazgichlariga kesib oʻtuvchi xarid qilish. | dona | 30 | |
27. | “Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishining harakat tarkiblari aylanishi uchun moʻljallangan yoʻllardagi “R-50” rusumli 1/9 markali strelkali oʻtkazgichlari uchun ramali relsni chap egri oʻtkir uchligi bilan birga hamda ramali relsni oʻng egri oʻtkir uchligi bilan birga xarid qilish. | dona | 55 | 2027-yil oktabr |
28. | Zamonaviy “Yoʻl oʻlchovchi vagon” xarid qilish. | dona | 1 | 2027-yil noyabr |
29. | “Chilonzor” elektrodeposi uchun “R-50” rusumli 1/5 markali strelka oʻtkazgichlarini xarid qilish. | toʻplam | 15 | |
30. | “Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishida harakat tarkiblarining aylanishi uchun moʻljallangan yoʻlga “R-50” rusumli 1/9 markali strelka oʻtkazgichlarini xarid qilish. | toʻplam | 16 | |
31. | “Chilonzor” yoʻnalishlari bekatlari uchun kirish-chiqish eshiklarini xarid qilish. | m2 | 842 | |
32. | “Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishidagi muddatini oʻtab boʻlgan relslarni almashtirish uchun “R-50” rusumidagi relslarni xarid qilish. | tonna | 2 000 | 2027-yil dekabr |
33. | Yerosti metro tonnelarining texnik va gidrogeologik holatini mukammal instrumental oʻrganish. | km | 73,2 | |
IV. Elektr taʼminoti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish | ||||
34. | “400/10/0,4” va “250/10/0,23” rusumli kuchlanish transformatorini xarid qilish. | dona | 6 | 2027-yil fevral |
35. | Akkumulyator batareyalari uchun “ZPU-2” rusumli zaryadlovchi qurilma xarid qilish va oʻrnatish. | dona | 29 | 2027-yil aprel |
36. | Yerosti “BNS VEM-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish. | dona | 109 | 2027-yil may |
37. | Yerosti “BNS VBCH-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish. | dona | 37 | 2027-yil iyun |
38. | “Chilonzor” va “Oʻzbekiston” elektrodeposida “VMPP-10” va “VPMP-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish. | dona | 14 | 2027-yil iyul |
39. | Avtomobil bazasida “KAEL-5” mobil laboratoriyasini xarid qilish. | toʻplam | 1 | 2027-yil avgust |
40. | “AVM-10 (1000A)” va “AVM-15 (1600A)” avtomatlarni xarid qilish. | dona | 38 | 2027-yil sentabr |
41. | “DL-161-200” rusumli lavinali diodlarni xarid qilish. | dona | 1 824 | 2027-yil oktabr |
42. | “TRSZP-1600/10/0,67/0,67” rusumli tortuvchi transformator xarid qilish. | dona | 2 | 2027-yil noyabr |
43. | “APvPU” 1x240 kabelini xarid qilish. | km | 12 | 2027-yil dekabr |
44. | “PKVtO 10 150/240” hamda “PStB 10-150/240” turdagi mufta xarid qilish. | dona | 120 | |
V. Elektromexanika taʼminoti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish | ||||
45. | “Gʻafur Gʻulom” bekati uchun yangi, zamonaviy va energotejamkor eskalatorlar xarid qilish. | dona | 3 | 2027-yil iyul |
46. | “Chilonzor” yoʻnalishidagi yerosti suvlarini haydash uchun suvosti nasoslarini xarid qilish. | dona | 15 | 2027-yil avgust |
47. | “Chilonzor”, “Oʻzbekiston” va “Yunusobod” yoʻnalishlaridagi yerosti suvlarini chiqarish uchun nasoslarini 30 kVt, 1500 ob/min elektrodvigateli bilan xarid qilish. | dona | 36 | 2027-yil sentabr |
48. | “Chilonzor”, “Oʻzbekiston” va “Yunusobod” yoʻnalishlarida eskirgan shamollatish qurilmasini almashtirish uchun elektr tejamkor shamollatish qurilmasini xarid qilish. | dona | 10 | 2027-yil noyabr |
49. | “Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishidagi tonnel suv quvurlari va fitinglarini almashtirish uchun yangilarini xarid qilish (089x4 mm GOST R 56594). | m | 13 000 | 2027-yil dekabr |
50. | “Chilonzor”, “Oʻzbekiston” va “Yunusobod” yoʻnalishi birlashgan nimtortish stansiyalari shamollatish tizimini yangi konditsioner tizimiga oʻzgartirish. | dona | 25 | |
51. | “Alisher Navoiy” bekati I vestibyul uchun yangi, zamonaviy va energotejamkor eskalatorlar xarid qilish. | dona | 4 | |
2028-yilda | ||||
I. Asosiy uzellar, agregatlar, ehtiyot qismlar va materiallar, metropoliten vagonlarini kapital hamda joriy taʼmirlash uchun jihozlarni xarid qilish | ||||
52. | 81-765-81-766 “Moskva” rusumli harakat tarkibi uchun yigʻilgan gʻildirak juftliklarini xarid qilish. | dona | 20 | 2028-yil iyul |
53. | Metrologik laboratoriya uchun koʻp maqsadli “FLUKE” kalibratorni xarid qilish. | dona | 1 | |
54. | Metropoliten xoʻjalik ishlarini amalga oshirish uchun AGM (kranli) motodrezinasini xarid qilish. | dona | 3 | 2028-yil avgust |
55. | Barcha turdagi podshipniklarni yuvuvchi “MORP-58” rusumli mashina xarid qilish. | dona | 1 | 2028-yil sentabr |
56. | Maʼnaviy eskirgan dastgohlar oʻrniga universal frezerlik, charxlash va tokarlik dastgohlarini xarid qilish. | dona | 3 | 2028-yil oktabr |
57. | Chilonzor elektrodeposida harakat tarkiblarini yuvish boʻlimidagi qurilmalarni yangilash. | toʻplam | 1 | 2028-yil noyabr |
II. Signallashtirish va aloqa xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish | ||||
58. | “Yunusobod” yoʻnalishining eskirgan MRS tizimini MPS tizimiga oʻtkazish (“Mingoʻrik” — “Shahriston” bekatlari oraligʻi). | tizim | 3 | 2028-yil noyabr |
59. | “Chilonzor”, “Oʻzbekiston” va “Yunusobod” yoʻnalishlaridagi eskirgan aloqa qurilmalarini zamonaviy aloqa qurilmalariga almashtirish. | tizim | 32 | 2028-yil dekabr |
60. | Axborot uzatish tarmogʻini oʻrnatish. | tizim | 32 | |
61. | Tonnel aloqa qurilmalarini oʻrnatish. | dona | 490 | |
62. | “VOLS-24” tolali optik kabelni tortish. | km | 95 | |
63. | Raqamli turdagi aloqa tarmogʻida ishlovchi dasturiy taʼminotga ega aloqa boshqaruv pultini (soʻzlashuv va aloqa qurilmalari) xarid qilish. | dona | 82 | |
64. | Raqamli turdagi aloqa tarmogʻida ishlovchi dasturiy taʼminotga ega aloqa boshqaruv pulti (soʻzlashuv va aloqa qurilmalari) uchun konsol xarid qilish. | dona | 120 | |
65. | Strelkali aloqa uchun qurilmalarni oʻrnatish. | dona | 111 | |
III. Yoʻl va tonnel inshooti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish | ||||
66. | “Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishidagi muddatini oʻtab boʻlgan relslarni almashtirish uchun “R-50” rusumidagi relslarni xarid qilish. | tonna | 1500 | 2028-yil iyun |
67. | “Chilonzor” yoʻnalishi uchun kontakt relsi plastik qobigʻi xarid qilish. | km | 30 | 2028-yil avgust |
68. | “Oʻzbekiston” va “Chilonzor” yoʻnalishlarida harakat tarkiblari aylanishi uchun moʻljallangan yoʻllardagi “R-50” rusumli 2/9 markali strelkali oʻtkazgichlari uchun oʻtkir burchakli hamda oʻtmas burchakli kesib oʻtuvchi (krestovina) xarid qilish. | dona | 40 | 2028-yil sentabr |
69. | “Oʻzbekiston” yoʻnalishlari bekatlari uchun kirish-chiqish eshiklarini xarid qilish. | m2 | 558 | 2028-yil noyabr |
IV. Elektr taʼminoti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish | ||||
70. | Akkumulyator batareyalari uchun “ZPU-2” rusumli zaryadlovchi qurilma xarid qilish va oʻrnatish. | dona | 29 | 2028-yil may |
71. | “Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishlarida “RU-825V” yacheykani mikroprotsessorli turiga rekonstruksiya qilish va oʻchirgichlarni almashtirish. | yacheyka | 101 | 2028-yil iyun |
72. | Yerosti “BNS VBCH-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish. | dona | 37 | |
73. | “Oʻzbekiston” yoʻnalishida masofadan boshqarish tizimini ostki tizim va releli himoya turidan mikroprotsessorli turiga rekonstruksiya qilish(xarid qilish, montaj va sozlash). | nimstansiya | 11 | 2028-yil sentabr |
74. | “AVM-10 (1000A)” va “AVM-15 (1600A)” avtomatlarni xarid qilish. | dona | 38 | |
75. | “DL-161-200” rusumli lavinali diodlarni xarid qilish. | dona | 1 824 | |
76. | Xizmat muddatini oʻtab boʻlgan “10 kV 1x70 SPE” rusumli elektr kabellarini almashtirish uchun yangi kabel sotib olish. | km | 19 | 2028-yil oktabr |
77. | Plazmali “CHPU SK 1530/25” rusumli metal kesuvchi dastgoh xarid qilish. | dona | 1 | |
78. | Yerosti “BNS VEM-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish. | dona | 110 | |
79. | 81-765-81-766 “Moskva” rusumli harakat tarkibi uchun havo kompressori xarid qilish. | dona | 10 | 2028-yil noyabr |
80. | “Chilonzor” yoʻnalishida masofadan boshqarish tizimini ostki tizim va releli himoya turidan mikroprotsessorli turiga rekonstruksiya qilish (xarid qilish, montaj va sozlash). | nimstansiya | 12 | 2028-yil dekabr |
81. | “Chilonzor” va “Oʻzbekiston” elektrodeposida “VMPP-10” va “VPMP-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish. | dona | 14 | |
V. Elektromexanika taʼminoti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish | ||||
82. | “Alisher Navoiy” bekati II vestibyul uchun yangi, zamonaviy va energotejamkor eskalatorlar xarid qilish. | dona | 3 | 2028-yil iyun |
83. | Mahalliy shamollatish tizimi ventilyatorlarini almashtirish uchun oʻrtacha va kichik bosimli ventilyator xarid qilish. | dona | 260 | 2028-yil oktabr |
84. | “Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishlarida eskirgan shamollatish qurilmasini almashtirish uchun elektr tejamkor shamollatish qurilmasini xarid qilish. | dona | 8 | 2028-yil dekabr |
85. | “Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishidagi tonnel suv quvurlari va fitinglarini almashtirish uchun yangilarini xarid qilish (089x4 mm GOST R 56594). | m | 13 000 | |
86. | Maxsus kameradagi havo tozalash filtrlarini yangisiga almashtirish. | dona | 2 224 | |
87. | Maxsus kameralar komanda punktida mahalliy aloqa va avtomat xabarlash tizimining zamonaviy markazlashgan turini oʻrnatish. | tizim | 1 | |
88. | Maxsus kameradagi yongʻinni avtomat oʻchirish tizimini yangilash. | tizim | 1 | |