Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.03.2008 22.03.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1330
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 22.03.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1330
Кучга кириш санаси
01.04.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.03.2008
Hujjat 01.04.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ADVOKATLIK BYuROLARI, ADVOKATLAR HAYʼATLARI, ADVOKATLIK FIRMALARI VA ADVOKATLAR TOMONIDAN BUDJETGA SOLIQLAR VA BOShQA MAJBURIY TOʻLOVLARNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 22-martda 1330-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 28-fevraldagi 17, 20-26-4 va 2008-05-sonli “Advokatlik byurolari, advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1330-2, 07.03.2008-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi, “Advokatura toʻgʻrisida”gi, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarni ijtimoiy muhofazasi toʻgʻrisida”gi va “Nodavlat notijorat tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Advokatlik byurolari, advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 29-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vaziri A. POLVON-ZODA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 29-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-mx-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasining raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 29-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-29-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2004-yil 29-fevraldagi 41-son, 66-mx-son va 2004-29-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik byurolari, advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi, “Advokatura toʻgʻrisida”gi, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi va “Nodavlat notijorat tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilib, advokatlik byurolari, advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq Advokatura notijorat tashkilotdir va faoliyatni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi. U advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziya olgan advokatlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan oʻzini oʻzi boshqarish tashkilotidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Advokaturaning tashkiliy tuzilmalari boʻlib advokatlar kollegiyalari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari (keyingi oʻrinlarda — advokatlik tuzilmalari) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan jismoniy shaxs oʻz advokatlik byurosini ochib, yakka tartibda faoliyat koʻrsatishga yoxud ixtiyoriylik asosida boshqa advokatlar (sheriklar) bilan hayʼatlar va firmalar tuzishga, shuningdek, advokatlik firmalari va kollegiyalariga aʼzo (muassis) sifatida kirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq advokatlar byurolari, hayʼatlari va firmalari roʻyxatdan oʻtgan kundan eʼtiboran yuridik shaxs maqomini oladilar hamda koʻrsatilgan yuridik yordam uchun fuqarolardan va yuridik shaxslardan tushadigan pul mablagʻlari (daromadlar) hisobiga faoliyat koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga muvofiq, nodavlat notijorat tashkilotlarining mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish va aʼzolik badallari, agar ular ustavda nazarda tutilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislardan, qatnashchilardan (aʼzolardan) bir marotaba va muntazam ravishda keladigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiyoriy mulkiy badallar va ehsonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatidan olingan, faqat ustav maqsadlari uchun ishlatiladigan daromadlar (foyda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qatnashchilar (aʼzolar), yaʼni advokatlarning jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan yuridik yordam uchun oladigan daromadlarining bir qismi koʻrinishidagi muntazam tushumlari advokatlik tuzilmalarini mablagʻ bilan taʼminlashning asosiy manbasi hisoblanadi. Koʻrsatilgan yuridik yordam uchun kelib tushgan mablagʻlardan advokatlik tuzilmasini saqlab turish uchun ajratmalar miqdori advokatlik tuzilmasining taʼsis hujjatida (ustavida) yoki qatnashchilar (aʼzolar) ning boshqa qarorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Advokatlik tuzilmasini saqlash uchun xarajatlarga maʼmuriy va xoʻjalik xarajatlari, shuningdek uni saqlash uchun qilingan boshqa xarajatlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Advokatlik tuzilmasini saqlash uchun xarajatlar tarkibiga quyidagi xarajatlar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maʼmuriy va xoʻjalik (texnik) xodimlarni saqlab turish, jumladan kompensatsiya va kafolatli toʻlovlar bilan birgalikda ular mehnatiga haq toʻlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kommunal xizmatlar, shuningdek, telefon, telekommunikatsiya va axborot xizmatlari uchun haq toʻlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) inventar, materiallar, kanselyariya, ofis uchun va boshqa jihozlarni xarid qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) transport vositalari, texnikalarni saqlash, ijaraga olishga va boshqa xizmatlarga haq toʻlashga, benzin va yoqilgʻi moylash mahsulotlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) advokatlarni (advokatura xodimlarini) oʻqitishga, gazetalar, jurnallar va boshqa davriy nashrlarga obuna boʻlishga, boshqa joriy xarajatlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) joriy taʼmirlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) texnika va asbob-uskunalarni, orgtexnika vositalari, kompyuterlar va boshqa asosiy vositalarni xarid qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) qurilish va kapital taʼmirlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) advokatlik tuzilmasini saqlab turish uchun boshqa xarajatlarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, advokatlik tuzilmasini saqlab turish uchun xarajatlar tarkibiga, shuningdek, mablagʻlari advokatlarning ijtimoiy ehtiyojlariga ishlatiladigan Advokaturani ijtimoiy himoya qilish jamgʻarmasini shakllantirish boʻyicha xarajatlar kiradi. Advokaturani ijtimoiy himoya qilish jamgʻarmasining mablagʻlari quyidagilarga sarflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) advokatlik tuzilmasining advokatlariga nafaqalar, kompensatsiya va kafolatli toʻlovlarni toʻlash, ularning taʼtili uchun haq toʻlashga. Bunda advokatlik tuzilmalari taʼtil uchun haq toʻlash maqsadida mablagʻlarni (masalan, ish haqining miqdoridan kelib chiqqan holda) jamlashga haqlidirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) moddiy yordam sifatida beriladigan turli xil pullik nafaqalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sanatoriya-kurortda davolanish uchun va dam olish uylariga yoʻllanmalarni toʻlashga, statsionar va ambulator davolanish haqini toʻlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ovqatlanish uchun qoʻshimcha toʻlovlarga, yoʻl chiptalarini berish yoki ularning qiymatini qoplashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) advokatlarning hayoti va sogʻligʻini sugʻurta qilish badallarini toʻlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) turistik yoʻllanmalar, sport seksiyalariga abonementlarni toʻlashga va boshqa shu kabi xarajatlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Oʻzbekiston Advokatlar assotsiatsiyasiga aʼzolik badalini advokat hisobidan toʻlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) advokatlarning boshqa ijtimoiy ehtiyojlariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Foyda soligʻi va yagona soliq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 31-moddasiga muvofiq tijorat bilan shugʻullanmaydigan yuridik shaxslar, ularning tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlaridan (foydalaridan) tashqari foyda soligʻidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash tartibining 1-bandiga muvofiq, soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Advokatlik tuzilmalari nodavlat notijorat tashkilotlar sifatida, foyda soligʻini toʻlashdan ozod etiladilar hamda yagona soliq toʻlovchisi hisoblanmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq, advokatlarning mehnatiga koʻrsatilgan yuridik yordam uchun jismoniy va yuridik shaxslardan advokatlar byurolari, hayʼatlari va firmalariga kelib tushgan mablagʻlar hisobidan haq toʻlanadi. Bunda yuridik xizmat uchun haq toʻlash advokat bilan mijoz oʻrtasida ixtiyoriy ravishda tuziladigan bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam uchun kelib tushgan mablagʻlar advokatlik tuzilmalarining daromadlari hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻlarning advokatlik tuzilmasini saqlab turish uchun oʻtkaziladigan (ushlab qolinadigan) qismi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad boʻlib hisoblanmaydi. Ushbu mablagʻlarga mazkur Yoʻriqnomaning 3 va 4-bandlariga muvofiq advokatlik tuzilmasini saqlab turish uchun muntazam tushumlar sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agar advokatlik tuzilmalari tadbirkorlik faoliyati, yaʼni advokatlik faoliyatidan tashqari boshqa (advokatning yuridik yordam koʻrsatishi bilan bogʻliq boʻlmagan) faoliyat bilan shugʻullansalar, ushbu faoliyatdan olingan daromadlar (foyda) belgilangan tartibda foyda soligʻi yoki yagona soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega boʻlgan jismoniy shaxslar — advokatlar jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni toʻlovchilardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Advokatlar mehnatiga haq toʻlash shaklida olinadigan daromadlardan jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni ushlab qolish va uni budjetga oʻtkazish advokatlik tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Advokatlar mehnatiga haq toʻlash shaklida olinadigan daromadlarni aniqlash uchun asos boʻlib advokatlarning mehnatga haq toʻlash fondi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni aniqlash maqsadida, advokatlarning mehnatga haq toʻlash fondi, belgilangan stavkalarda ajratiladigan ijtimoiy sugʻurta badallarini chegirib tashlagan holda quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F = (Y x 100) / (100 + C), bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F — advokatlarning mehnatga haq toʻlash fondi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Y — advokat tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam uchun olingan mablagʻlar (advokat gonorari) hamda mazkur Yoʻriqnomaning 3 va 4-bandiga muvofiq advokatlik tuzilmasini saqlab turish uchun oʻtkaziladigan mablagʻlar oʻrtasidagi farq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — mehnatga haq toʻlash fondidan olinadigan ijtimoiy sugʻurta badalining foizdagi stavkasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, koʻrsatilgan yuridik yordam uchun advokatning gonorari 100000 soʻmni tashkil etgan. Bunda, advokatlik tuzilmasining tegishli qaroriga koʻra, advokatlik tuzilmasini saqlab turish uchun muntazam tushum sifatida 30 000 soʻm ushlab qolingan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga muvofiq, advokatlik tuzilmalari mehnatga haq toʻlash fondidan 25 foizli stavkada ijtimoiy sugʻurta badalini toʻlaydilar. Bunday holda, mehnatga haq toʻlash fondi quyidagicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(100000 – 30000) x 100 / (100 + 25) = (70 000 x 100) / 125 = 56 000 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatga haq toʻlash fondi va mehnatga haq toʻlash shaklida olinadigan daromadlarni aniqlashning namunaviy sxemasi mazkur Yoʻriqnomaning ilovasida keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarishda mehnatga haq toʻlash shaklida olinadigan daromadlar tarkibiga mazkur Yoʻriqnomaning 12-bandi asosida aniqlanadigan mehnatga haq toʻlash fondidan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 49-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan daromadlar ham kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni ushlab qolish va budjetga oʻtkazish uchun advokatlik tuzilmalari javobgardir. Soliq summasi ushlab qolinmaganda, ular ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan bogʻliq jarima va penyalarni budjetga toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq ushlab qolinganda advokatlik tuzilmalari ushlab qolingan soliq summasini toʻlov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida budjetga oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Advokatlik tuzilmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqini toʻlash chogʻida advokatning talabiga koʻra unga uning daromadi summasi va turi, shuningdek, ushlab qolingan soliq summasi (agar soliq ushlab qolingan boʻlsa) koʻrsatilgan maʼlumotnomani berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy boʻlmagan ish joyidan olingan daromadlar toʻgʻrisida jismoniy shaxsning roʻyxat raqami, familiyasi, ismi va otasining ismi, doimiy yashash manzili, hisobot yilida qilgan daromadining umumiy summasi va ushlab qolingan soliqning umumiy summasi koʻrsatilgan maʼlumotnomani qonun hujjatlarida belgilangan shaklda moliya yili tugaganidan soʻng oʻttiz kun ichida soliq organlariga taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yollanib ishlaydiganlarga mehnat haqi tarzida hisoblab chiqarilgan va amalda toʻlangan summalar hamda boshqa daromadlar, shuningdek, bu daromadlarning soliq summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan shaklda yilning har choragida, yilning hisobot choragidan keyingi oyning 15-kuniga qadar soliq organlariga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qoʻshimcha qiymat soligʻi va aksiz soligʻi, bojxona toʻlovlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 66-moddasiga muvofiq, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik tuzilmalari qoʻshimcha qiymat soligʻini toʻlovchi hisoblanmaydilar, mazkur Yoʻriqnomaning 18 va 19-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar advokatlik tuzilmalari tadbirkorlik faoliyati, yaʼni advokatlik faoliyatidan tashqari boshqa (advokatning yuridik yordam koʻrsatishi bilan bogʻliq boʻlmagan) faoliyat bilan shugʻullansalar, ushbu faoliyat doirasidagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi boʻyicha oborot belgilangan tartibda qoʻshimcha qiymat soligʻiga tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Advokatlik tuzilmalari tovarlarni import qilishda bojxona toʻlovlarini (shu jumladan qoʻshimcha qiymat va aksiz soligʻini) belgilangan tartibda toʻlaydilar, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Boshqa soliqlarni hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 110-moddasiga muvofiq tovarlar ishlab chiqaruvchi, ishlar bajaruvchi, xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar ekologiya soligʻi toʻlovchilardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik yordam advokat bilan mijoz oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida advokat (jismoniy shaxs) tomonidan koʻrsatilishini inobatga olib, ushbu yuridik yordam ekologiya soligʻiga tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bevosita advokatlik tuzilmasi tomonidan tovarlar ishlab chiqarilsa, ishlar bajarilsa va xizmatlar koʻrsatilsa, ushbu faoliyatdan belgilangan tartibda ekologiya soligʻi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 92, 102 va 119-moddalariga muvofiq advokatlik tuzilmalari nodavlat notijorat tashkilotlar sifatida mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlashdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar advokatlik tuzilmalari tadbirkorlik faoliyati, yaʼni advokatlik faoliyatidan tashqari boshqa (advokatning yuridik yordam koʻrsatishi bilan bogʻliq boʻlmagan) faoliyat bilan shugʻullansalar, ushbu faoliyat uchun foydalanilgan mol-mulk, yer uchastkalari va suv resurslari belgilangan tartibda mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblash chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (2002-yil 15-fevral, roʻyxat raqami 1100-son — Meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 3-son)ning 1-bandiga muvofiq, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlovchilar tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik tuzilmalari obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlovchi hisoblanmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar advokatlik tuzilmalari tadbirkorlik faoliyati, yaʼni advokatlik faoliyatidan tashqari boshqa (advokatning yuridik yordam koʻrsatishi bilan bogʻliq boʻlmagan) faoliyat bilan shugʻullansalar, ushbu faoliyatdan olingan sof foyda belgilangan tartibda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻiga tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Oʻzbekiston Respublikasi Pensiya jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va badallar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yuridik yordam advokat va mijoz oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida advokat (jismoniy shaxs) tomonidan koʻrsatilganligi sababli, advokatlik tuzilmasining advokatlari tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam hajmidan Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bevosita advokatlik tuzilmasi tomonidan tovarlar ishlab chiqarilsa, ishlar bajarilsa va xizmatlar koʻrsatilsa, ushbu tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi hajmidan belgilangan tartibda Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 361-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va sarflash foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 29-bandiga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlar tijorat va xoʻjalik faoliyati boʻlmagan faoliyatdan olingan daromadlar va tushumlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatning koʻrsatilgan yuridik yordam uchun olgan gonorari, ustavda nazarda tutilgan kirish va aʼzolik badallari, ixtiyoriy mulkiy badallar va ehsonlar, advokatlardan bir marotaba va muntazam ravishda keladigan tushumlar tijorat yoki xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar yoki tushumlar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Advokatlik tuzilmalari yagona ijtimoiy toʻlov oʻrniga mehnatga haq toʻlash fondidan 25 foizlik majburiy ijtimoiy sugʻurta badallarini toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mehnatga haq toʻlash fondidan ajratmalar hamda fuqarolarning ish haqidan majburiy sugʻurta badallari, soliqlar ushlanishini hisobga olmasdan, ish haqi (daromad) ning barcha turlariga (shu jumladan advokaturani ijtimoiy himoya qilish jamgʻarmasidan toʻlanadigan toʻlovlarga) hisoblanadi, qonunchilikda belgilangan toʻlovlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mehnatga haq toʻlash fondidan ajratiladigan majburiy ajratmalar summasi quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CF = ((Y + V) x S) / (100 + C), bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CF — advokatlarning mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasidan ajratiladigan ijtimoiy sugʻurta badali summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Y — advokat tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam uchun olingan mablagʻlar (advokat gonorari) hamda mazkur Yoʻriqnomaning 3 va 4-bandiga muvofiq advokatlik tuzilmasini saqlab turish uchun oʻtkaziladigan mablagʻlar oʻrtasidagi farq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V — Advokaturani ijtimoiy himoya qilish jamgʻarmasidan ajratiladigan va sugʻurta badallari hisoblanishi nazarda tutilgan toʻlovlar. Bunda sugʻurta badallari hisoblanishi nazarda tutilmaydigan toʻlovlar, advokatlik tuzilmalari tomonidan ijtimoiy sugʻurta badallarini hisoblab chiqarish va toʻlashda hisobga olinmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — mehnatga haq toʻlash fondidan olinadigan ijtimoiy sugʻurta badalining foizdagi stavkasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, koʻrsatilgan yuridik yordam uchun advokatning gonorari 100000 soʻmni tashkil etgan. Bunda advokatlik tuzilmasining tegishli qaroriga koʻra, advokatlik tuzilmasni saqlab turish uchun muntazam tushum sifatida 30 000 soʻm ushlab qolingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, advokatlik tuzilmasi tomonidan advokat hisobiga Advokaturani ijtimoiy himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlaridan 2000 soʻm miqdorida aʼzolik badali toʻlangan, shuningdek, 3000 soʻm miqdorida moddiy yordam berilgan. Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiyani hisoblab chiqarishda hamda sugʻurta badallarini hisoblashda hisobga olinmaydigan ish haqi va daromadlar turlari roʻyxatiga muvofiq moddiy yordam boʻyicha ijtimoiy sugʻurta badali hisoblanmaydi. Aʼzolik badali muntazam ravishda advokat hisobiga toʻlanishini inobatga olib, ushbu toʻlov advokatning daromadi hisoblanadi va u boʻyicha ijtimoiy sugʻurta badali hisoblanadi (bunda aʼzolik badali pensiyani hisoblashda ham hisobga olinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga muvofiq, advokatlik tuzilmalari mehnatga haq toʻlash fondidan 25 foizli stavkada ijtimoiy sugʻurta badalini toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda, mehnatga haq toʻlash fondidan ajratiladigan ijtimoiy sugʻurta badali summasi quyidagicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
((100000 – 30000) + 2000) x 25 / (100 + 25) =
(72 000 x 25) / 125 = 14 400 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning ish haqidan majburiy ijtimoiy sugʻurta badali summasi quyidagicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CF1= ((Y-CF) + V) x C1/100, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CF1 — ish haqidan majburiy ijtimoiy sugʻurta badali summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
C1 — ish haqidan majburiy ijtimoiy sugʻurta badalining foizdagi stavkasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan misolda fuqarolarning ish haqidan 2,5 foizli majburiy sugʻurta badali summasi quyidagicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
((70000-14400)+2000) x 2,5/100 = 57600 x 2,5/100 = 1440 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Mazkur Yoʻriqnoma talablariga rioya etilishi ustidan nazorat, advokatlik tuzilmalarining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Soliqlar va majburiy toʻlovlarni mazkur Yoʻriqnomaga asosan toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va budjetga toʻlanishi ustidan nazorat belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar sifatida advokatlik tuzilmalari tomonidan oʻzlarining taʼsis shartnomalari va ustavlariga rioya etilishi ustidan nazoratni olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik tuzilmalari mazkur Yoʻriqnoma talablariga rioya etmaganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi hamda Oʻzbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik byurolari, advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlarning mehnatga haq toʻlash fondini hisoblab chiqarishning namunaviy sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 148-modda; 2007-y., 24-son, 253-modda)