18.05.2026 yildagi 250-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-308-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, xorijiy davlatlarda oʻzbek tilida taʼlim olayotgan oʻquvchilarning oʻzbek tiliga boʻlgan qiziqishini va oʻzbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-308-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini (keyingi oʻrinlarda — xalqaro olimpiada) har yili oʻtkazib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiada gʻoliblarini respublika oliy taʼlim tashkilotlarining “Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili va adabiyoti” taʼlim yoʻnalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiadani tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiadaning dasturi va logotipini ishlab chiqish hamda gʻoliblarga beriladigan medallar eskizini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiadani tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiada oʻtkaziladigan joy, ishtirokchilarni roʻyxatga olish va xalqaro olimpiadani oʻtkazish muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xalqaro ekspertlarni shartnoma asosida jalb etgan holda, xalqaro olimpiadaning Hakamlar hayʼati va apellyatsiya komissiyasi tarkibini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiadani oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha barcha masalalarni tezkorlik bilan hal etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining Fan olimpiadalari markazi Tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiadada 14 — 18 yoshdagi chet elda istiqomat qiladigan vatandoshlar ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiadada ishtirok etadigan xorijiy ishtirokchilar va jamoa rahbarlarini kutib olish, mehmonxonaga joylashtirish, ovqatlantirish, shaharda harakatlanish uchun transport vositalaridan foydalanish, ekskursiyalar tashkil etish, xalqaro olimpiada ishtirokchilari va gʻoliblariga beriladigan sertifikatlar, medallar va diplomlar, esdalik sovgʻalarini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar “Vatandoshlar” jamoat fondi, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiada har yili oktabr oyiga qadar oʻtkaziladi hamda gʻoliblar tantanali tarzda taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yildan boshlab xalqaro olimpiadani tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq har yilgi xarajatlar smetasini Tashkiliy qoʻmitaga kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlar hayʼati tomonidan xalqaro olimpiada uchun nazorat materiallari bazasini shakllantirish hamda ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda xalqaro olimpiada ishtirokchilarini roʻyxatga olish, xalqaro olimpiada, tadbirlar oʻtkaziladigan hamda Oʻzbekistonning boshqa diqqatga sazovor joylari toʻgʻrisida maʼlumotlarni olish imkonini beruvchi maxsus platformani ishga tushirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiadani tashkil etish va oʻtkazish jarayonlariga mahalliy va xorijiy volontyorlarni jalb etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashqi ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmita tomonidan taqdim etilgan xalqaro olimpiada haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekistonning xorijdagi elchixonalari va konsullik muassasalariga yetkazgan holda, xalqaro olimpiadani xorijiy davlatlarda targʻib qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiadada ishtirok etuvchi vatandoshlar uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari, konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirmasdan, zaruratga koʻra, I. Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda xalqaro olimpiada jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 18-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-maydagi 250-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini (keyingi oʻrinlarda — xalqaro olimpiada) tashkil etish, oʻtkazish hamda gʻoliblarni taqdirlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro olimpiadada 14 — 18 yoshdagi chet elda istiqomat qiluvchi vatandosh boʻlgan maktab oʻquvchilari yakka tartibda yoki terma jamoa sifatida oʻz xohishlariga koʻra, ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchi — mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan talablarga javob beruvchi va platforma orqali roʻyxatdan oʻtgan oʻquvchi yoki terma jamoa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat materiallari — xalqaro olimpiada davomida ishtirokchilarning bilim va koʻnikmalarini baholash uchun ishlatiladigan yozma ish va test topshiriqlari toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash mezoni — xalqaro olimpiada ishtirokchilarining natijalarini aniqlashda qoʻllanadigan talablar va koʻrsatkichlar tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platforma — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining xalqaro olimpiada ishtirokchilarini roʻyxatga olish, maʼlumotlarni qabul qilish va maʼlumot almashishga moʻljallangan maxsus elektron tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalqaro olimpiada yagona ilmiy-uslubiy yondashuv, adolatlilik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalqaro olimpiada ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xalqaro olimpiadaning maqsadi va asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalqaro olimpiadaning maqsadi xorijiy davlatlarda oʻzbek tili yoki xorijiy tillarda taʼlim olayotgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻzbek tilini oʻrganishni keng targʻib qilish va xorijiy davlatlarda oʻquvchilarning oʻzbek tilini chuqur oʻrganishga qiziqishlarini oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalqaro olimpiadaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlardagi taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tili fanini zamonaviy talablar darajasida oʻqitishga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarda taʼlim olayotgan vatandosh maktab oʻquvchilari orasida oʻzbek tilini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqni oshirish va ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarda oʻzbek tili fani oʻqitilayotgan taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik oʻrnatish va oʻquvchilarning xalqaro miqyosda bilimini sinovdan oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tashkiliy qoʻmita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xalqaro olimpiadaning belgilangan talablar asosida oʻtkazilishi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining Fan olimpiadalari markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz), “Vatandoshlar” jamoat fondi (keyingi oʻrinlarda — Fond) hamda tegishli davlat tashkilotlari mutaxassislaridan iborat tarkibda tuziladigan Tashkiliy qoʻmita tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiadani tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiadaning dasturi va logotipini ishlab chiqish hamda gʻoliblarga beriladigan medallar eskizini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiadani tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiada oʻtkaziladigan joy, ishtirokchilarni roʻyxatga olish va xalqaro olimpiadani oʻtkazish muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiadaning Hakamlar hayʼati va apellyatsiya komissiyasi tarkibini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiadani oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha barcha masalalarni tezkorlik bilan hal etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmita xalqaro olimpiadani yuqori saviyada oʻtkazish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markaz va Fond birgalikda Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilangan xalqaro olimpiada boʻlib oʻtadigan manzillarni (imtihon boʻlib oʻtadigan joy va mehmonxonalar) tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Hakamlar hayʼati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xalqaro olimpiada gʻoliblarini aniqlashda xolislik, adolat va shaffoflikni taʼminlash maqsadida xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislardan iborat Hakamlar hayʼati tashkil etiladi va uning tarkibi Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlar hayʼati aʼzolari orasidan hayʼat raisi saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hakamlar hayʼatining faoliyati Markaz tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hakamlar hayʼati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiada jarayonida beriladigan nazorat materiallarini ishlab chiqadi va ekspertizadan oʻtkazadi, topshiriqlarning murakkabligiga qoʻyiladigan talablarning darajasiga muvofiq boʻlishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilar tomonidan bajarilgan ishlarni tasdiqlangan baholash mezonlari asosida tekshiradi, baholaydi va gʻoliblarni aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilarga xalqaro olimpiadaning tartib-qoidalari toʻgʻrisida tushuntirish beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiadaning boshlanishi va tugash vaqtini eʼlon qiladi hamda xalqaro olimpiada jarayonini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiada jarayonida belgilangan tartib-qoidalarga amal qilmagan ishtirokchilarni xalqaro olimpiadadan dalolatnoma tuzib, chetlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiada yakunlari yuzasidan belgilangan tartibda qarorlarni tayyorlaydi va rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiada natijalarini xalqaro olimpiada ishtirokchilari va jamoa rahbarlari ishtirokida eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiada natijalari haqida Tashkiliy qoʻmitaga batafsil hisobot beradi va zarur hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Hakamlar hayʼati aʼzolari xalqaro olimpiada gʻoliblarini xolisona aniqlashda va nazorat materiallarining maxfiyligini taʼminlashda shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Xalqaro olimpiadani oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tashkiliy qoʻmita xalqaro olimpiada boʻlib oʻtadigan muddatlar hamda joyni belgilaydi va bu haqida eʼlon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xalqaro olimpiada ishtirokchilari platforma orqali roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Roʻyxatga olish davomida ishtirokchilar quyidagi maʼlumotlarni platformaga yuklaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiadada ishtirok etuvchi oʻquvchi yoki terma jamoa tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terma jamoa aʼzolari haqida maʼlumotlar (tugʻilgan kun, oy, yil, taʼlim tashkiloti, taʼlim tili, fuqaroligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilarning shaxsiy ehtiyojlari haqida maʼlumotlar (sogʻligʻi, ovqatlanish va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xalqaro olimpiada har yili oktabr oyiga qadar ikki bosqichda (test topshiriqlari va yozma ish shaklida) oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xalqaro olimpiadada ishtirokchilar jamoaviy yoki yakka tartibda offlayn va onlayn shaklda ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xalqaro olimpiadada xorijiy davlat terma jamoalari tarkibi 6 nafargacha ishtirokchi va 1 nafar jamoa rahbaridan iborat boʻladi. Xalqaro olimpiadada bitta davlatdan 3 tagacha terma jamoa ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Birinchi bosqichda (test) ishtirokchilar umumiy 50 ball bilan baholanadigan 30 ta test topshiriqlarini 120 daqiqa ichida bajaradilar. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test topshiriqlarining dastlabki 10 tasi oddiy qiyinchilik darajasidagi yopiq test boʻlib, har bir toʻgʻri javob uchun 0,9 ball bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyingi 10 tasi oʻrta qiyinlik darajasidagi yopiq test boʻlib, har bir toʻgʻri javob uchun 1,5 ball bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan 10 tasi yuqori qiyinlik darajasidagi yopiq test boʻlib, har bir toʻgʻri javob uchun 2,6 ball bilan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ishtirokchilarning test topshiriqlariga bergan javoblar varagʻida bitta savolga ikki va undan ortiq javoblar toʻgʻri deb belgilangan boʻlsa, ularning birontasi ham inobatga olinmaydi hamda ushbu savolning javobi uchun 0 ball qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ikkinchi bosqichda (yozma ish) ishtirokchilar Hakamlar hayʼati tomonidan taqdim etilgan 5 tagacha yozma ish (esse) mavzulari orasidan qurʼa tashlash yoʻli bilan tanlangan bitta mavzu asosida ijodiy ish yozadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma ish bajarish uchun 180 daqiqa vaqt ajratiladi va umumiy 50 ball bilan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar tomonidan yozilgan ishlar mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan yozma ish boʻyicha baholash mezonlari asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ikki bosqich yakunlariga koʻra sovrinli oʻrinlar uchun bir nechta ishtirokchilarning ballari teng boʻlgan taqdirda, yozma ish (ikkinchi bosqich) boʻyicha koʻp ball toʻplagan ishtirokchiga ustunlik beriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozma ish boʻyicha ballar teng boʻlganda, test topshiriqlarining yuqori qiyinlik darajasidagi topshiriqlar boʻyicha koʻp ball toʻplagan ishtirokchiga ustunlik beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻzda tutilgan barcha holatlar boʻyicha gʻolib oʻrinlar uchun ishtirokchilarning natijalari teng boʻlgan taqdirda, Hakamlar hayʼati tomonidan qoʻshimcha test savollari berish orqali gʻolib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xalqaro olimpiada oʻtkaziladigan auditoriyalar videokuzatuv kameralari bilan jihozlanadi. Auditoriyada telefon va turli aloqa vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalari vakillariga xalqaro olimpiada jarayoniga xalaqit qilmagan holda kuzatishlariga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xalqaro olimpiadada offlayn ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan ishtirokchilar quyidagi talablarga javob beradigan joylarda xalqaro olimpiadada ishtirok etishlari mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq ovozli videokuzatuv ostidagi xonada joylashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiada boʻlib oʻtadigan muddatda mazkur xonaning ovozli videokuzatuvlarini onlayn shaklda markazlashgan holda xalqaro olimpiada boʻlib oʻtadigan manzilda uzatilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro olimpiada jarayonlari yakunlangandan soʻng ishtirokchilarning bajargan ishlarini videokuzatuv ostidagi xonaning oʻzida skaner qilish va Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilangan elektron manzilga yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xalqaro olimpiada oʻtkaziladigan jarayonda ishtirokchilarning oʻzaro gaplashishi, aloqa vositalari va qoʻshimcha manbalardan foydalanishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatlar uchun ishtirokchi xalqaro olimpiadadan chetlashtiriladi, bajargan ishlari tekshirilmaydi va baholanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xalqaro olimpiada yakunida ishtirokchilarning toʻplagan ballariga koʻra gʻoliblar aniqlanadi va gʻoliblar ulushi ishtirokchilarning 60 foizidan ortiq boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro olimpiada gʻoliblariga oltin, kumush, bronza medallari hamda tegishli diplom va sertifikatlar topshiriladi. Medallar soni mos ravishda 1:2:3 nisbatda boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tashkiliy qoʻmita xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishda yagona ilmiy-uslubiy yondashuvni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Apellyatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Apellyatsiya komissiyasi Hakamlar hayʼati tarkibiga kirmagan uch nafargacha mutaxassislardan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan xalqaro olimpiada ishtirokchilarining arizalari xalqaro olimpiada natijalari eʼlon qilingan kunning oʻzida qabul qilinadi. Apellyatsiya jarayonida Hakamlar hayʼati aʼzolari, ishtirokchi va jamoa rahbari ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Apellyatsiyaga xalqaro olimpiada ishtirokchilarining faqatgina oʻzlari tomonidan bajarilgan ishlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha arizalari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Apellyatsiya komissiyasi ishtirokchilar arizalarini mazkur Nizom talablari hamda baholash mezonlari asosida koʻrib chiqadi va Hakamlar hayʼati qarorini oʻzgartirish, bekor qilish yoki oʻzgartirishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Apellyatsiya komissiyasi Hakamlar hayʼati qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, ushbu qaror boʻyicha Hakamlar hayʼatiga izoh beradi. Bunda Hakamlar hayʼati qarori qayta tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror ariza bilan murojaat etgan ishtirokchi, jamoa rahbari va Hakamlar hayʼatiga qaror qabul qilingan kunda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tashkiliy qoʻmita Hakamlar hayʼati va apellyatsiya komissiyasi qarorlari asosida shakllangan yakuniy natijalarni xalqaro olimpiada boʻlib oʻtgan kunda eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Xalqaro olimpiada gʻoliblarini taqdirlash va moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Xalqaro olimpiada ishtirokchilari sertifikatlar, gʻolib va sovrindorlari Tashkiliy qoʻmita tomonidan oltin, kumush, bronza medallari, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xalqaro olimpiada gʻoliblari, sovrindorlari va ishtirokchilariga tashkilotchilar yoki homiylar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Xalqaro olimpiadada oltin, kumush, bronza medallarini qoʻlga kiritgan gʻoliblar respublika oliy taʼlim tashkilotlarining “Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili va adabiyoti” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida oʻqishga kirish boʻyicha imtiyozdan uch yil mobaynida foydalanish huquqini qoʻlga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Xalqaro olimpiadada ishtirok etadigan ishtirokchilar va terma jamoa rahbarlarini kutib olish, mehmonxonaga joylashtirish, ovqatlantirish, shaharda harakatlanish uchun transport vositalaridan foydalanish, ekskursiyalar tashkil etish, xalqaro olimpiada ishtirokchilari va gʻoliblariga sertifikatlar, medallar va diplomlar, esdalik sovgʻalarini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar Fond mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini tashkil etish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Masʼullar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi (keyingi oʻrinlarda — xalqaro olimpiada) Hakamlar hayʼatini shakllantiradi, xalqaro olimpiada boʻlib oʻtadigan muddatlar hamda joyni belgilaydi va bu haqida eʼlon beradi.

Har yili 1-mayga qadar

2-bosqich

Ishtirokchilar (14 — 18 yoshdagi chet elda istiqomat qiluvchi vatandosh boʻlgan maktab oʻquvchilari)

Maxsus platformada roʻyxatdan oʻtadi.

Har yili iyul — avgust oylarida

3-bosqich

Hakamlar hayʼati

Xalqaro olimpiada nazorat materiallarini tayyorlaydi.

Har yili 1-avgustga qadar

4-bosqich

Fan olimpiadalari markazi,

“Vatandoshlar” jamoat fondi

Xalqaro olimpiada boʻlib oʻtadigan manzillarni (imtihon boʻlib oʻtadigan joy va mehmonxonalar) tayyorlaydi.

Har yili 1-sentabrga qadar

5-bosqich

Tashkiliy qoʻmita,

Fan olimpiadalari markazi,

“Vatandoshlar” jamoat fondi

Xalqaro olimpiadani yuqori saviyada tashkil etadi, oʻtkazadi va gʻoliblarni aniqlaydi.

Har yili oktabr oyiga qadar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi ikkinchi bosqichi (yozma ish) boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BAHOLASH MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

4 ball

3 ball

2 ball

1 ball

0 ball

Topshiriq talablarining bajarilganligi

Esse toʻliq publitsistik uslubda yozilgan.

Ayrim oʻrinlarda publitsistik uslubdan chekinilgan.

Esse qisman publitsistik uslubda yozilgan.

Esse toʻliq badiiy uslubida yozilgan.

Esse toʻliq soʻzlashuv uslubida yozilgan.

Vaziyat yuzasidan har ikkala qarash hamda talabgorning shaxsiy qarashlari toʻla yoritilgan.

Vaziyat yuzasidan har ikkala qarash yoritilgan, talabgorning shaxsiy fikri yoritilmagan.

Vaziyat yuzasidan qarashlarning bittasi toʻla yoritilgan.

Vaziyat yuzasidan qarashlarning faqat bittasi qisman yoritilgan.

Vaziyat yuzasidan qarashlar yoritilmagan.

Berilgan vaziyat yuzasidan har ikkala qarashlar hayotiy misollar bilan dalillangan.

Faqat bitta qarash dalillangan.

Har ikkala qarash uchun keltirilgan ayrim dalillar vaziyatga mos emas.

Har ikkala qarash uchun keltirilgan dalillar vaziyatga mos emas.

Har ikkala dalillanmagan qarash.

Matn yaxlitligi (nutq kompozitsiyasi, nutqning mantiqiyligi)

Kirish, asosiy qism va xulosa toʻla yoritib berilgan.

Kirish ikki-uch jumladan iborat. Berilgan vaziyat matni aynan koʻchirilmagan.

Asosiy qism kamida uchta xatboshidan iborat.

Xulosa ikki-uch jumladan iborat.

Kirish qismi mavjud. Asosiy qism ikki xatboshidan iborat, qisman yoritilgan.

Xulosa yozilgan, mezonga mos.

Kirish qismi mavjud. Asosiy qism ikki xatboshidan kam, mavzu yetarlicha yoritilmagan. Xulosa yozilgan, mezonga mos emas.

Kirish qismida berilgan vaziyat. aynan koʻchirilgan. Asosiy qism ikki xatboshidan kam, mavzu yetarlicha yoritilmagan.

Xulosa yozilmagan.

Kirish qismi yozilmagan. Asosiy qism talabga mutlaqo mos kelmagan.

Xulosa yozilmagan.

Mantiqiy-qurilish (matn qismlari yoki gap qurilishi)da xatolik kuzatilmagan. Esse xatboshilarga toʻgʻri ajratilgan.

Mantiqiy-qurilish (matn qismlari yoki gap qurilishi)da yoki Esseni xatboshilarga ajratishda (1-2-oʻrinda) xatolikka yoʻl qoʻyilgan.

Mantiqiy-qurilish (matn qismlari yoki gap qurilishi)da yoki Esseni xatboshilarga ajratishda (3-4-oʻrinda) xatolikka yoʻl qoʻyilgan.

Mantiqiy-qurilish (matn qismlari yoki gap qurilishi)da yoki Esseni xatboshilarga ajratishda (5-6-oʻrinda) xatolikka yoʻl qoʻyilgan.

Mantiqiy-qurilish matn qismlari yoki gap qurilishi)da 7 va undan koʻp oʻrinda xatolikka yoʻl qoʻyilgan.

Esse xatboshilarga umuman ajratilmagan.

Mantiqiy-mazmuniy izchillikka toʻliq rioya qilingan. Fikrlar takrori kuzatilmagan.

Fikrlar takrori uchragan (1-2-oʻrinda), mantiqiy-mazmuniy izchillik uzilmagan.

Fikrlar takrori uchragan (3-4-oʻrinda), mantiqiy-mazmuniy izchillik buzilgan.

Fikrlar takrori uchragan (5-6-oʻrinda), mantiqiy-mazmuniy izchillik buzilgan.

Fikrlar takrori 7 va undan ortiq oʻrinda uchragan, mantiqiy- mazmuniy izchillik buzilgan.

Savodxonlik (nutqning toʻgʻriligi)

Imlo bilan bogʻliq xatolik umuman uchramagan.

Imlo bilan bogʻliq xatolik 1-2-oʻrinda uchragan.

Imlo bilan bogʻliq xatolik 3-4-oʻrinda uchragan.

Imlo bilan bogʻliq xatolik 5-6-oʻrinda uchragan.

Imlo bilan bogʻliq xatolik 7 va undan ortiq oʻrinda uchragan.

Punktuatsion xatolik umuman uchramagan.

Punktuatsion xatolik 1-2-oʻrinda uchragan.

Punktuatsion xatolik 3-4-oʻrinda uchragan.

Punktuatsion xatolik 5-6-oʻrinda uchragan.

Punktuatsion xatolik 7 va undan ortiq oʻrinda uchragan.

Til birliklari uslubiyati (nutqning joʻyaliligi)

Qoʻshimcha qoʻllash bilan bogʻliq xatolik umuman uchramagan.

Qoʻshimcha qoʻllash bilan bogʻliq xatolik 1-2-oʻrinda uchragan.

Qoʻshimcha qoʻllash bilan bogʻliq xatolik 3-4-oʻrinda uchragan.

Qoʻshimcha qoʻllash bilan bogʻliq xatolik 5-6-oʻrinda uchragan.

Qoʻshimcha qoʻllash bilan bogʻliq xatolik 7 va undan ortiq oʻrinda uchragan.

Soʻz qoʻllash bilan bogʻliq uslubiy xatolik kuzatilmagan.

Soʻz qoʻllash bilan bogʻliq uslubiy xatolik 1-2-oʻrinda kuzatilgan

Soʻz qoʻllash bilan bogʻliq uslubiy xatolik 3-4-oʻrinda kuzatilgan.

Soʻz qoʻllash bilan bogʻliq uslubiy xatolik 5-6-oʻrinda kuzatilgan.

Soʻz qoʻllash bilan bogʻliq uslubiy xatolik 7 va undan koʻp oʻrinda kuzatilgan.

Lugʻat boyligi (nutqning boyligi, ifodaliligi va sofligi)

Leksik xilma-xillik kuzatilgan: tasviriy ifodalar, vaziyatga mos maxsus leksik birliklar va boshqa barqaror birikma (maqol, matal hikmatli soʻzlar va ibora)lardan unumli foydalanilgan.

Leksik xilma-xillik kuzatilmagan: tasviriy ifodalar, vaziyatga mos maxsus leksik birliklar va boshqa barqaror birikmalardan ayrim oʻrinlarda foydalanilgan.

Leksik xilma-xillik kuzatilgan: tasviriy ifodalar, vaziyatga mos maxsus leksik birliklar va boshqa barqaror birikmalardan foydalanilgan ayrim oʻrinlarda nooʻrin foydalanilgan.

Leksik xilma-xillik kuzatilmagan: tasviriy ifodalar, vaziyatga mos maxsus leksik birliklar va boshqa barqaror birikmalardan nooʻrin foydalanilgan.

Leksik xilma-xillik kuzatilmagan: tasviriy ifodalar, vaziyatga mos maxsus leksik birliklar va boshqa barqaror birikmalardan foydalanilmagan.

Nooʻrin qoʻllangan shevaga oid soʻz yoki qoʻshimchalar, vulgarizm, varvarizm, parazit soʻzlar uchramaydi.

Shevaga oid soʻz yoki qoʻshimchalar, vulgarizm, varvarizm, parazit soʻzlarning qoʻllanishiga oid xatoliklar 1-2-oʻrinda uchragan, ammo uslubiy gʻalizlik yuzaga kelmagan.

Shevaga oid soʻz yoki qoʻshimchalar, vulgarizm, varvarizm, parazit soʻzlarning qoʻllanishiga oid xatoliklar 3-4-oʻrinda uchragan, uslubiy gʻalizlik yuzaga kelgan.

Shevaga oid soʻz yoki qoʻshimchalar, vulgarizm, varvarizm, parazit soʻzlarning qoʻllanishiga oid xatoliklar 5-6-oʻrinda uchragan, uslubiy gʻalizlik yuzaga kelgan.

Shevaga oid soʻz yoki qoʻshimchalar, vulgarizm, varvarizm, parazit soʻzlarning qoʻllanishiga oid xatoliklar 7 va undan koʻp oʻrinda uchragan, uslubiy gʻalizlik yuzaga kelgan.

Husnixat

2 ball

1,5 ball

1 ball

0,5 ball

0 ball

Esse husnixat talabida yozilgan, tuzatishlardan xoli boʻlsa.

Esse husnixat talabida yozilgan, 1-2-oʻrinda tuzatishlar mavjud boʻlsa.

Esse husnixat talabida yozilgan, 3-4-oʻrinda tuzatishlar mavjud boʻlsa.

Esse husnixat talabiga mos kelmasa, 5-6-oʻrinda tuzatishlar mavjud boʻlsa.

Esse husnixat talabiga mos kelmasa, yozuv tushunarsiz, 7 va undan ortiq tuzatishlar mavjud boʻlsa.

JAMI: 50 ball

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Quyidagi hollarda yozma ish tekshirilmaydi va ishtirokchi 4 ball bilan baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
esse yozilgan, lekin mavzuga mos boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
essening hajmi 100 ta soʻzdan kam boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
esse boshqa manbadan koʻchirilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Esseni yozish uchun ajratiladigan umumiy vaqt — 180 daqiqa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Esse matni tarkibiy qismlar kesimida: kirish 15 — 25 ta soʻz, asosiy qism 200 tagacha soʻz, xulosa 15 — 25 ta soʻz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Esse matnining belgilangan soʻz hajmidan ortiq qismi baholanmaydi (jumla yakuni bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Esse yozilmagan boʻlsa, 0 ball beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-maydagi 250-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

E.G. Karimova

—

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

O.B. Sattarov

—

“Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruvi raisi, Tashkiliy qoʻmita hamraisi

3.

E.E. Adilov

—

sogʻliqni saqlash vaziri

4.

S.B. Radjabov

—

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

B.J. Aʼloyev

—

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

O.R. Fazilkarimov

—

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

7.

A.Z. Saʼdullayev

—

Yoshlar ishlari agentligi direktori

8.

Sh.S. Sirojiddinov

—

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori

9.

S.B. Shakirova

—

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori

10.

T.Yu. Shermatov

—

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining Fan olimpiadalari markazi direktori, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2026-y., 09/26/250/0494-son)